Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI MILLIY-G’URUR VA IFTIXOR RUHIDA TARBIYALASHDA MILLIY MUSIQA SAN’ATIDAN FOYDALANISH USULLARI'

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI MILLIY-G’URUR VA IFTIXOR RUHIDA TARBIYALASHDA MILLIY MUSIQA SAN’ATIDAN FOYDALANISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

674
101
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musiqa madaniyati / san‟at / ritm / pedagokika / musiqiy ta‟lim / music culture / art / rhythm / pedagogy / music education

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Moxinbonu Xushnudbek Qizi Kasimova

Ushbu maqolada boshlang‟ich sinf o‟quvchilarini milliy-g‟urur va iftixor ruhida tarbiyalashda milliy musiqa san‟atidan foydalanish usullari va musiqa ta‟limi haqida ma‟lumotlar keltirib o‟tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO USE THE ART OF NATIONAL MUSIC IN EDUCATING PRIMARY SCHOOL STUDENTS IN THE SPIRIT OF NATIONAL PRIDE

This article provides information on how to use the art of national music and music education in educating primary school students in a spirit of national pride.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI MILLIY-G’URUR VA IFTIXOR RUHIDA TARBIYALASHDA MILLIY MUSIQA SAN’ATIDAN FOYDALANISH USULLARI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-114-117

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI MILLIY-G'URUR VA IFTIXOR RUHIDA TARBIYALASHDA MILLIY MUSIQA SAN'ATIDAN FOYDALANISH USULLARI

Moxinbonu Xushnudbek qizi Kasimova

Namangan davlat universiteti magistranti

ANNONATSIYA

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini milliy-g'urur va iftixor ruhida tarbiyalashda milliy musiqa san'atidan foydalanish usullari va musiqa ta'limi haqida ma'lumotlar keltirib o'tilgan

Kalit so'zlar: musiqa madaniyati, san'at, ritm, pedagokika, musiqiy ta'lim.

WAYS TO USE THE ART OF NATIONAL MUSIC IN EDUCATING PRIMARY SCHOOL STUDENTS IN THE SPIRIT OF NATIONAL PRIDE

ABSTRACT

This article provides information on how to use the art of national music and music education in educating primary school students in a spirit of national pride.

Keywords: music culture, art, rhythm, pedagogy, music education.

KIRISH

Yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda, maktabda o'qitiladigan barcha fanlar qatori, nafosat tarbiyasining, tarkibiy qismi bo'lgan, musiqa madaniyati darslarini ahamiyati katta. Musiqa inson his - tuyg'ularini, orzu -istaklarini o'ziga xos badiiy tilda ifoda etadi va bolaning hissiyotlariga faol ta'sir ko'rsatadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Musiqa fani maktabda boshqa fanlarni o'zlashtirishga ham bevosita ta'sir ko'rsatadi. Musiqa jonli san'at turi sifatida davr, hayot, tabiat va inson his -tuygularini, orzu- istaklarini aks ettiradi. Uni quvontiradi, o'ylantiradi va hayotdan ozuqa olishga xizmat qiladi. Bobomiz Shayx Sa'diy «Musiqa odam ruxining yo'ldoshidir» -degan edi. Shunday ekan, biz musiqa o'qitishni, boshlang'ich sinf o'quvchilaridan boshlashimiz lozim. Chunki, boshlang'ich sinfda maktabda musiqa ta'limotini poydevori quyiladi. Boshlang'ich maktabda musiqa o'qitishning asosiy maqsadi - boshlang'ich sinf o'quvchilarga musiqa san'ati go'zallik qonunlari asosida

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-114-117

o'rganish malakasini singdirish va ularga musiqa madaniyatini tarkib toptirishdir. Boshlang'ich sinflardagi musiqa madaniyati darslari, umumiy ta'limning axloqiy -estetik tarbiya berish tizimining ajralmas bir qismi bo'lib hisoblanadi.

Milliy qadriyatlar boshlang'ich sinf o'quvchilarini kundalik faoliyatida odat, an'ana tusiga kirib qolgandagina, u ma'naviy shakllanishga bevosita ta'sir etadi. Qadriyatlarning bolalarga bo'lgan ta'siri kattalarga bo'lgan ta'siridan ancha ustun turadi, chunki kattalarning dunyoqarashi va e'tiqodlari, odatlari qaror topgan bo'lsa, bolalarda endilikda ularning poydevori qo'yilayotgan bo'ladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari o'z tabiatiga ko'ra ta'sirchan bo'lganliklari uchun ularga borliq va undagi voqealarning ta'siri kuchlidir. Borliqdagi voqea va hodisalar turli-tuman bo'lganidek, qadriyatlarning shakl va mazmuni ham rang-barangdir. Ayniqsa, o'zbek oilalarida qadim-qadimdan meros sifatida o'tib kelayotgan o'git va nasixat qilish usuli bolalarda insoniy fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Chunonchi;

- insonlarni inson tomonidan qadrlash;

- insoniylik burchini anglash;

- halol va rostgo'y bo'lish;

- yaxshilik haqida teran fikr yuritish kabilar meros sifatida alohida ahamiyatga

ega.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini "Odobnoma", "O'qish", "Atrofimizdagi olam", "Mehnat", "Jismoniy tarbiya", "Musiqa", "Tasviriy san'at" kabi darslarda milliy qadriyatlar, an'ana va urf-odatlarimiz asosida tarbiyalash maqsadga muvofiq bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Musiqa madaniy hayotimizda keng o'rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san'at turidir. Har bir insonni ma'naviy shakllanishida oilani, maktabni, jamiyatni ahamiyati katta. Chunki insonni insoniylik xususiyatlari jamiyatda tarkib topadi. Yosh avlodni kamolot sari yetaklashda tarbiyani ko'plab omillari qatori musiqa tarbiyasi alohida o'rin tutadi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo'lib, insonni atrofdagi go'zal narsalarni to'g'ri idrok etishga va qadrlashga o'rgatadi. Musiqa inson ruhiyatiga kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lib, uni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy g'oyaviy tarbiyalashni muhim vositasidir. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va unga ma'naviy ozuqa beradi. Maktabda musiqa o'qitishning asosiy maqsadi o'quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirish

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-114-117

ulami zamon talabiga javob bera oladigan barkamol inson qilib voyaga yetkazish. Maktabda musiqa darslarini o'qitishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -o'quvchilarni musiqa san'atiga bo'lgan qiziqishi va mehr-muhabbatini oshirish; -musiqiy faoliyatlar jarayonida o'quvchilarni musiqiy qobiliyatlari musiqiy o'quvi, ovozi, diqqat-e'tibori va ijodkorlik his-tuyg'ularini o'stirish; - musiqiy asarlarini badiiy-g'oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik ruhda tarbiyalash; - musiqa darslarida o'quvchilami kasb-hunarga yo'naltirish, mehnatga muhabbat, Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat tuyg'ularini shakllantirish. Mazkur maqsad va vazifalami amalga oshirish o'qituvchining kasbiy va pedagogik mahoratlariga bog'liq. Har qanday san'atkor ham, maktabda musiqa madaniyati darslarini olib borolmaydi. Buning uchun musiqa o'qituvchisi pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi va shu qatori boshqa yo'nalishlardan xabardor bo'lishi kerak.

O'quvchilaming musiqiy ijodkorligini taassurotini boyitishda, tasavvurlarini kengaytirishda musiqa tinglash faoliyatini ahamiyati katta. Musiqa tinglash darsining boshidan oxirigacha amalga oshadi, chunki musiqa madaniyati darslarining barcha faoliyat turlari (qo'shiq kuylash, musiqiy ritmik harakatlar bajarish, musiqa tinglash) musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. Musiqa madaniyati darslari boshlang'ich sinf o'quvchilarini atrofdagi go'zal narsalami idrok eta olishga va ma'naviy dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiladi. «Boshlang'ich ta'lim uchun Davlat Ta'lim standartlari» asosida barcha fanlar qatori musiqa fanidan ham dastur ishlab chiqildi. Yangi dastur mazmunida milliy musiqamiz merosidan to'laqonli foydalanish, ommaviy xalqkuylari va qo'shiqlari, lapar, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqa o'z aksini topgan. Dasturning bosh mavzusi «Musiqa va hayot» yil, chorak, dars mavzulari, yil mavzusiga bo'ysunadi va mantiqiy uzviy birlashib mazmunan bir butunlikni tashkil qiladi. Yangi dastur mazmunida dars o'tish uchun, musiqa o'qituvchisi o'zining musiqiy - nazariy bilimlarini takomillashtirishi lozim, chunki o'quvchilarning musiqa darsiga bo'lgan qiziqishini ustirishda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruxida tarbiyalashda va ulami ma'naviyatli, ma'rifatli qilib voyaga yetkazishda o'qituvchi yetakchi bo'lib hisoblanadi.

XULOSA

Demak, mana shunday tarbiya manbalariga boshlang'ich sinf o'quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, imkoniyatni kuchaytirish va kerakli shart-sharoitlarni yaratish o'quv muassasalarida pedagoglar, oilada esa har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-114-117

REFERENCES

1. S. Yo'ldosheva "Xalq urf-odatlari va an'analari". «Ijod dunyosi» nashriyoti, Toshkent, 2003 yil.

2. «Boshlang'ich ta'lim» jurnali. 2007-yil 2-soni.

3. "Boshlang'ich sinflarda ta'lim va tarbiya". Namangan, 1992 yil.

4.M.Ismoilova «Xalq qo'shiqlari vositasidao'quvchilaming ma'naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish» o 'quv qo'ilanma. - T.: «Istiqlol» nashriyoti, 2000 y.

5. G.M.Sharipova. «Boshlang'ich sinflarda musiqa o'qitish uchun metodik qo'llanma». -T .: RTM nashriyoti, 2001 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.