Научная статья на тему 'MUSIQA O'QITUVCHISI VA UNING KASBIY MAHORATI'

MUSIQA O'QITUVCHISI VA UNING KASBIY MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

2878
760
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musiqa o`qituvchisi / kasbiy mahorat / barkamol avlod / ma’naviyat / musiqa madaniyati / music teacher / professionalism / harmoniously developed generation / spirituality / culture of musics

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Primov Rashid Toshkulovich, Kayumov Javohir Sodiqkhoja ugli

Ushbu maqolada musiqa o‘qituvchisining kasbiy mahorati, innavatsion faoliyati hamda psixologik bilimdonligi va madaniyati haqida fikr mulohazalar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MUSICIAN TEACHER IN HIS PROFESSIONAL SKILLS

This article discusses the professionalism, innovation, and psychological knowledge and culture of a music teacher

Текст научной работы на тему «MUSIQA O'QITUVCHISI VA UNING KASBIY MAHORATI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2020

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 MUSIQA O'QITUVCHISI VA UNING KASBIY MAHORATI

Rashid Toshqulovich Primov

Qarshi davlar universiteti katta o'qituvchisi

Javohir Sodiqxo'ja o'g'li Qayumov

Chirchiq davlat pedagogika instituti o' qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada musiqa o'qituvchisining kasbiy mahorati, innavatsion faoliyati hamda psixologik bilimdonligi va madaniyati haqida fikr mulohazalar bildirilgan.

Kalit so'zlar: musiqa o'qituvchisi, kasbiy mahorat, barkamol avlod, ma'naviyat, musiqa madaniyati

MUSICIAN TEACHER IN HIS PROFESSIONAL SKILLS

Rashid Toshkulovich Primov

Senior teacher of Karshi State University

Javohir Sodiqkhoja ugli Kayumov

Teacher of Chirchik State Pedagogical Institute

ABSTRACT

This article discusses the professionalism, innovation, and psychological knowledge and culture of a music teacher.

Keywords: music teacher, professionalism, harmoniously developed generation, spirituality, culture of musics

KIRISH

Jamiyatimiz taraqqiyotida ma'naviy va jismoniy sog'lom avlodni tarbiyalash dolzarb masalalar darajasiga ko'tarilgan bir paytda hayotning o'zi har bir kishidan, ayniqsa yoshlardan ma'naviy sog'lomlik va ma'rifiy yetuklikni talab qilmoqda.

Bugungi kunda sog'lom avlodni tarbiyalash, erkin fuqaro ma'naviyatini shakllantirish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yuksak darajaga ko'tarish orqali komil insonlarni voyaga etkazishga yanada yuksak e'tibor berilmoqda.

Ta'kidlash o'rinliki, mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq Ozbekistonning birinchi Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan barkamol avlod orzusi davlat siyosatining dolzarb masalalaridan biri sifatida kun tartibiga qo'yildi. Yoshlar tarbiyasi mustaqilligimiz mustahkamligi, abadiyligi, vatanimiz taraqqiyotini ta'minlovchi asosiy kuch ekanligiga o'tgan yillar davomida to'liq ishonch hosil qildik.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ozbekistonning birinchi Prezidenti I. A. Karimov takidlaganidek: "Ma'naviyat -insonni ruhiy poklanish, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baqquvat, iymon -e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch , uning barcha qarashlarining mezonidir". Musiqa insoniyat ma'naviy madaniyatining muhim tarkibiy qismi sifatida shakllangan. Musiqa mohiyatiga ko'ra inson omilini tadqiq qilish va dunyoni badiiy o'zlashtirishning muhim usullaridan hisoblanib, inson ruhiy, axloqiy kamoloti va ma'naviyatining shakllanishida, yoshlarning ma'naviy tarbiyasida yetakchi omillardan biridir.

O'qituvchining yuqori darajadagi psixologik savodi va madaniyati o'quv tarbiyaviy ishlar jarayonida barcha turdagi psixologik vazifalarni samarali amalga oshirishga yordam beradi. Shuning uchun o'quvchilar musiqiy madaniyatini shakllantirish barcha musiqiy faoliyatlar jarayonida o'quvchilarni diqqatini to'plash, ularning ham aqliy ham hissiy idrok etishini tashkil etish, xotirasini, ijodiy taffakurini rivojlantirish, ularning aqliy, irodaviy va boshqa xususiyatlarini shaklalantirish kabi psixologik jarayonlardan samarali foydalanishga bevosita bog'liqdir.

Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy qirralaridan biri bo'lib atrofdagi go'zal narsalarni to'g'ri idrok etishda qadrlashga o'rgatadi, inson yuksak did bilan qurolantiradi va ma'naviy dunyoqarashini shakllantiradi. "Musiqa inson his -tuyg'ularini, orzu-umidlarini, xohish-istaklarini o'ziga xos badiiy tilda ifoda etadi va kishining his-tuyg'ulariga faol ta'sir etadi. Musiqa ham fan, ham san'atdir"

Musiqa murakkab psixologik- fizologik jarayon hisoblangani bois musiqa darslarida vokal - xor ishlari, o'quvchilarni ahloqiy - estetik tarbiya uchun o'qitishning eng foal shakli sanaladi. Musiqani tinglashda o'quvchilarning diqqat

e'tibori kuchayadi, xotirasi, nutqi rivojlanib, dunyoqarashi shakillanib boradi, faolligi oshib yoqtirgan musiqalarini eshitganda zavqlanish hissi paydo bo'ladi.

NATIJALAR

"Psixolog A.Lyublinskayaning fikricha, go'dakning 10-12-kunlarida eshitish organi ishga tushar ekan. Ikki oylik go'dak esa, musiqa tovushlarini eshitganda, qimirlamay, jim bo'lib qolar ekan. 4-5-oylarida bola tovush kelayotgan tomonga qaray boshlaydi."

Bundan ko'rinadiki, ilk bolalik davrlaridayoq go'daklarda musiqa tovushlariga nisbatan shaxsiy munosabat shakllana boradi. Birinchi yilining oxirlarida bolaning umumiy eshitish hissi shakllanadi. Bolakay kattalardan har xil musiqani tinglab uni o'ziga xos intonatsion (o'xshash ovozlar chiqarib) xirgoyi qiladi. Musiqaga nisbatan emotsional munosabat bildirish, eshitish hissiyotlarini rivojlantirish ilk bolalikdan musiqiy tarbiyani amalga oshirishga hizmat qiladi.

Aytishlaricha, musiqani barcha eshitadi, biroq uni hamma ham tinglab idrok eta olmaydi. Musiqa tinglash va uni idrok etish musiqa faoliyatining shunday turiki, u bolalikdan tarbiyalanadi va singdirib boriladi. Musiqani tinglash jarayonida idrok etish darajasi tinglovchining umumiy madaniyati va musiqiy tayyorgarlik darajasiga bog'liqdir. Musiqiy asarning to'liq va chuqur idrok etilishi, shuningdek, kompozitor va ijrochi mahoratidan ham dalolat beradi. Ana shu tarzda, tinglash jarayoni tinglovchining tarbiyasi, individual qobiliyatlari va tayyorgarligi bilan ajralmas holat deb xulosa qilish mumkin. Musiqani idrok etish psixologik jarayon bo'lib undan ma'naviy oziqa olish uchun inson go'zallikni his eta oladigan sof qalb egasi, o'z kasbiga, Vataniga mehr qo'ygan yuksak madaniyatli shaxs bo'lmog'i kerak.

Yuqorida qayd etganimizdek, musiqa asarni ongli idrok etish asar mazmunini ochishda va o'quvchilarga musiqiy tajribalarni to'plashda, ularning ma'naviy dunyosini boyitishda yordam beradi. Musiqa tarbiyasi emotsional onglilik prinsipining uyg'unlashishi, ko'payishi orqali tinglanadigan asarni to'g'ri baholay olish imkoniyatlarini rivojlantiradi. Badiiy va texnik bosqich prinsipi asarning badiiy va ifodali ijro etish uchun malakali kadrlarni talab etadi. O'quvchilarda kuylash malakalarini egallashlariga e'tibor beradi. O'quvchilarga musiqaning rivojlanish prinsiplari to'g'risidagi tasavvurlarini shakllantirish, qobiliyatlarining rivojlantirilishi natijasida ular yangi musiqiy tushunchalarni bilib olishadi.

"Barchamizga ayonki, kuy-qo'shiqqa, san'atga muhabbat, musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi. Uyida dutor, doira yoki boshqa cholg'u asbobi bo'lmagan, musiqaning hayotbaxsh ta'sirini o'z hayotida

sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin, desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san'ati navqiron avlodimizning yuksak ma'naviyat ruhida kamol topishida boshqa san'at turlariga qaraganda ko'proq va kuchliroq ta'sir ko'rsatmoqda".

Mamlakatimiz ta'lim muassasalarida barkamol avlodni tarbiyash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotgani ma'lum. Bugungi kunda Vatan musiqa oqituvchilari zimmasiga yoshlarni yuksak ma'naviyat ruhida barkamol insonlar qilib voyaga etkazish vazifasini yuklamoqda.

Barkamol avlodni yuksak ma'naviyat ruhida tarbiyalashda musiqaning orni, usullari va samarali yo llarini ishlab chiqishda musiqa o qituvchisining kasbiy mahorati qoyidagi vazifalarlardan iboratdir.

- barkamol avlodni milliy an'analar, milliy g urur, faxr tuyg ulari ruhida tarbiyalashda musiqa darslari va tadbirlarning samarali yollarini ishlab chiqish;

- musiqa darslari vositasida oquvchilarda yuksak ma' naviyat, milliy qadriyatlar tushunchalarini singdirishning turli shakl va metodlarini qo' llash;

- ajdodlarimizning musiqiy meroslari bilan yaqindan tanishish, musiqashunos olimlarning ushbu mavzuga oid fikrlarini organib chiqish;

- musiqa darslarini rejalashtirilishda musiqa darslari faoliyat turlari va ularni xususiyatlari orqali oquvchilarda badiiy didni ostirishga etibor qaratish;

- bolalar qoshiqlari orqali vatanparvarlik, tinchliksevarlik, dostlik tuygularini shakllantirish, yuksaltirish yollarini ishlab chiqish;

- musiqiy - badiiy vositalar orqali osmir yoshlarda milliy istiqlol goyalarini shakllantirish;

- musiqa darslari jarayonida bolalar qo shiqlari, folklor asarlari vositasida barkamol avlodni tarbiyalshda ma'lum yutuqlarga erishish;

- musiqa oqituvchisining har tomonlama bilimli bolishida oz fanini chuqur ozlashtirish , innovatsion faoliyatida natijalarga erishish;

- musiqa darslari jarayonida milliy-ma'naviy qadriyatlardan foydalanish;

- o'quvchilar ma'naviyatini yuksaltirishga qaratilgan musiqiy tadbirlar muntazam o'tkazib borish.

MUHOKAMA

Inson kamolotida musiqa tarbiyasini amalga oshirish, bevosita, ta'lim metodikasiga bog'liq bo'lib, musiqa tarbiyasi metodikasi fanlar silsilasida o'z o'rniga ega. Musiqa tarbiyasi metodikasi mazmuni, metodlarini yanada takomillashtirish maqsadida uning qonuniyatlarini o'rganadigan ushbu fan tarbiya

muassasalarida estetika, musiqashunoslik, fiziologiya, ruxshunoslik fanlarining umumlashtirilgan tajribalariga tayanadi. Musiqa tarbiya metodikasi ayniqsa, estetika, musiqashunoslik fanlari bilan uzviylikda tarbiyaning mazmun va metodlariga bevosita ta'sir ko'rsatadi.

Musiqa tarbiyasi metodikasining mohiyati, musiqa san'ati hamda madaniyati o'sib kelayotgan yosh avlod uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib, ushbu fanning rivojlanishi jamiyatda ta'lim va musiqa san'atining takomillashuvi bilan uyg'undir. Ushbu fan onglilik, badiiy va texnik rivojlanish kabi umumiy tamoyillarga asoslanib, bu tamoyillar o'quvchilarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish, musiqaga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytirish, ularda badiilikni tarbiyalashga hizmat qiladi.

Musiqa tarbiyasi metodikasi - bu pedagogikaning bir qismi hisoblanib, pedagogika fani sifatida tajribada sinalgan ishlarni nazariy qismlarini - usul, uslub, vositalarini umumlashtirib, amaliyotda samarali natijalar bergan o'qitish metodlarini taqdim etadi. Ushbu metodlar o'quv-tarbiyaviy jarayonning tuzilishini umumlashtirib, unga kiruvchi alohida va bir butun vazifalarni hal etish bilan shug'ullanadi.

Musiqaning tarbiya metodlari deganda, maktab bolalarining bilim, mahorat va malakalarini egallashda, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda va dunyoqarashini tarkib toptirishda musiqa o qituvchisining qo'llagan ish usullari tushuniladi. Metodika asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san'atshunoslikning tadqiqot natijalariga asoslanadi. U musiqa o'qitishning qonun -qoidalarini ta'riflab beradi, kelajak yosh avlodni tarbiyalashda qo'llanadigan zamonaviy metodlarni belgilaydi. Metodika, ta'lim-tarbiya jarayonida musiqa oqituvchisining bolalar bilan ishlash usullarining, mazmunini anglatadi.

Musiqa tarbiya metodikasi tarbiya jarayonida o'quvchilarda musiqiy va ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi, musiqiy qobiliyat va ovozning rivojlanishi, musiqani idrok etishning yosh va yakka tartibdagi xususiyatlari, o'quvchilarning rivojlanishida musiqiy faoliyatlarning turli shakllarda foydalanish imkoniyatlari bilan bog'liqdir.

Musiqa o'qitish metodikasi musiqa oqituvchisidan yuqori darajada kasbiy mahorat, iste'dod, qobiliyatlar va ishtiyoqlar mavjud bo'lishini talab etadi, chunki, san'at pedagogikasi mashaqqatli va juda mas'uliyatli sohadir. Musiqani o'qitish metodikasi, yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, musiqa mashg'ulotlarining tashkil etish usullari va yo'llarini o'rgatadi.

Musiqa o'qitish metodikasi birdaniga shakllangan fan emas, balki bunga qadar mazkur fan shakllanishining ijodiy va murakkab taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan.

Respublikamizda musiqa o'qitish metodikasini shakllantirishda mahalliy olimlar, metodistlar, tajribali musiqa rahbarilarning qator izlanishlari, o'quv qo'llanmalarining ahamiyati katta bo'ldi.

Metodikaning vazifalariga esa, o'quv tarbiya jarayonini turlicha shakllantirish, yanada rivojlantirish, musiqa darslaridan tashqari musiqa mashg'ulotlari, sinfdan va maktabdan tashqari ishlariga to'garaklar, bayramlar, ko'ngilochar kechalar kiradi. Musiqa tarbiyasi metodikasi musiqa faniga yaqin bo'lgan adabiyot va tasviriy san'at, tarix bilan bog'liq holda o'rganishni taqozo etadi. Bu esa o'quvchilarning tarbiyasini har tomonlama samarali amalga oshirishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.

Musiqa ta'lim tarbiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda dars yetakchi omil hisoblanadi. Chunki musiqa san'ati o'quvchilarning keng miqyosda ma'naviy va axloqiy tarbiyalashda eng kuchli vositalaridan biridir. Yoshlarni musiqa orqali ma'naviy va axloqiy tarbiyalashning muhim pedagogik tamoyillaridan biri tarbiya usullariga ma'naviy va ijodiy yondashish zaruriyatidir.

Umumta'lim maktablari musiqa madaniyati darslari jarayonida o'quvchilarining musiqa madaniyatini shakllantirishda, o'quv jarayonini innavatsion texnologiyalar asosida tashkil etish ta' lim samaradorligiga erishishning muhim pedagogik omillaridan biridir. Musiqa o'qituvchisi kasbiy faoliyatida innavatsion texnologiyalarni o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga kuchayib bormoqda. Albatta musiqa madaniyati darslarini ham zamonaviy talablar asosida tashkil etish hamda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanilish hozirgi kun talabidir. Bunday ishlarni kerak bo'lsa dastlabki bug'un hisoblangan maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlash davr talabidir. Bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi.

Musiqa o'qituvchilari kasbiy mahorati o'ziga xos xususiyatlari musiqa madaniyati darslariga ijodiy yondashuvni, dars jarayonida yangi zamonaviy uslub va vositalarndan samarali foydalanishni talab etadi. Shuning uchun musiqa o'qituvchisining dars jarayonida axborot va pedagogik texnologoyalarni qo'llashi haqidagi bilimlar bilan qurollantirish musiqa - pedagogikasida muhim o'rin tutadi.

Musiqiy ta'limda axborot texnologiyalarni qo'llash ya'ni, komp'yuter texnologiyari va ta'limning texhik vositalaridan foydalanish o'quvchilarning musiqaga qiziqishi hamda ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga

ega. Musiqa o'qituvchisi kasbiy faoliyatida musiqiy talimda axborot texnologiyalarni qo'llash quyidagi musiqiy-pedagogik masalalarni echishda amaliy yordam beradi.

- musiqaga qiziqish o'yg'tish; -musiqaning ifoda vositalarini aniqlash; -asarlarni tinglash orqali janrlarni taqqoslash; -musiqiy asarlarni ongli va hissiy idrok qilish; -musiqiy-ijodiy faolligini oshirish;

-yangi musiqa asarlarini uzoq va mazmunli eslab qolish; -musiqa asarlari mazmuni haqida mustaqil fikr yuritish;

- musiqa asarlarini mustaqil kuylashga orgatish;

Musiqa madaniyati darslarida innavatsion texnologiyalarni qo'llan dars samaradorligini oshiribgina qolmay o'qituvchining kasbiy malakalarini shakllantirishga ham ko'maklashadi. Shuningdek darslarda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish pedagogik mahoratni muvaffaqiyatli egallashga yordam berdi. Pedagogik texnologiyada jamoa bilan kirishib ketishi, o'z ishini kuchli va zaif tomonlarini bilishi, o'z bilimlarini doimo to'ldirib borishi o'qituvchining kasbiy mahoratini oshirish yo'lidan muvafaqqiyatli olg'a siljishini ta'minlaydi. Musiqa pedagokasida fanning zamonaviy tizimini tuzilishi uning metodikasidan keng tarbiya nazariyasi va amaliyotiga o'tish maqsadga muvofiq ekanligini isbot qilmoqda. Musiqa o'qituvchisi o'qitishning turli usullariga murojaat qilmog'i lozim. U davlat tomonidan chiqarilgan dastur asosida tuziladigan rejasiga suyanib qolmasdan, o'zi darsga ijodiy yondoshib istalgan faoliyat turidan darsni boshlashi, musiqa o'qitishning optimal metodlaridan umumiy foydalanib o'zi ijod qila bilishi lozim.

Shuningdek, musiqa o'qituvchisi kasbiy mahoratida darsning noan'anaviy usularidan foydalanib darsni ijodiy tashkil qilish orqali o'quvchilarni bilimga qiziqtirishi katta o'rin tutadi. Bunda noan'anaviy usullardan "dars-konsert", "dars munozara" kabi integrallashgan dars shakllarini o'quv jarayonida qo'llash o'quvchilarni musiqiy qobiliyatini rivojlantiradi, ularni mustaqil fikrlash doirasini, dunyoqarashini kengaytiradi. Bunday darslarda bola o'zini erkin his qiladi. Bu darsda o'qituvchi o'tilgan mavzuni to'g'ridan-to'g'ri bayon qilish bilan cheklanib qolmasdan balki o'qitishning turli-tuman faoliyatlarini tashkil qiladi. Dars mazmuni bilan bog'liq bo'lgan ko'rgazmalar va suratlardan (musiqa savodiga oid jadvallar, o'rganiladigan qo'shiqning musiqasi va matni yozilgan plakat, ashula yoki biror musiqa obrazlarini ifodalovchi badiiy rasmlar va qo'shiq to'plamlari, o'quv filmlari va hokozolar) mumkin qadar ko'proq foydalanishi maqsadga mivofiqdir.

Dars samaradorligini oshirishda o'qituvchiga tayyorgarligi yaxshi bo'lgan o'quvchilarga va musiqa sohasida muvafaqqiyat qozongan iqtidorli sinflar uchun dastur talabini bir oz oshirish huquqi berish muhim ahamiyatga ega. Ayni vaqtda o'quvchilaraga yakka tartibda musiqa o'rgatish, tashkillashtirishga e'tibor berish, bu ishga ota-onalar jamoatchiligini ham jalb etish lozim. O'qitish davrida musiqa sohasida muntazam ravishda ish olib borilishi natijasida o'quvchilar musiqa savodiga ega bo'lib, musiqani sevadigan, yirik musiqa asarlarini, shuningdek, konsertlarni, radio va televideniye orqali beriladigan musiqali eshittirishlarni mehr qo'yib tinglaydigan, badiiy havaskorlik to'garaklarida yetarli tayyorgarlik bilan faol qatnashadigan kishilar bo'lib yetishadilar. Bu tadbirlarni amalga oshirishda sinf rahbarlari va ota-onalar musiqa o'qituvchisiga yaqindan yordam berishlari zarurdir. Hozirgi zamonaviy ta'lim tizimida zamonaviy texnik vositalar: DVD, MP -3, televizor, kompyuterlardan foydalanib musiqiy darslarni tashkil etish, texnika yangiliklaridan hamda ijtimoiy fanlar pedagogika, xususiy mutaxasislik bo'yicha ilg'or texnologiyalar asosida darslarni olib borish ko'zda tutilgan.

Ma'lumki, bugungi kun ta'limi oldida qo'yilgan zamonaviy talablardan yana biri musiqa o'qituvchilarining kasbiy mahoratida psixologik bimdonligi, savodxonligi va madaniyatini o'zliksiz oshirib borishdan iboratdir. Musiqa madaniyati darslarida o'quvchilarning musiqiy faoliyatlarini tashkil etishda ya'ni jamoa bo'lib kuylashi, musiqa tinglashi, bolalar cholg'u asboblarida jo'r bo'lishi va musiqiy ritmik xarakatlar bajarishida asosan yoshiga xos xususiyatlarini hisobga olish, rag'barlantirishning o'ziga xos psixologik mexanizimidan foydalanish, idrok etish qobiliyati, eshitish xotirasini mashq qildirish, fikrlash va ijodiy yondovushini yo'naltirish o'qituvchining darsni psixologik talablarga asosan tashkil etishiga ko'p jihatdan bog'lidir.

Musiqa madaniyati darslariga psixologik nuqtai nazar bilan qaraganda, darsning asosiy vazifasi va qator maqsadlarini samarali amalga oshirish musiqa o'qituvchisidan jismoniy, ijodiy mehnat, astoydil kuch-quvvat, his-tuyg'u va irodaviy zo'r berishni talab etadi. Amalyot shuni ko'rsatadiki, barcha musiqa o'qituvchilari ham maktabda o'quv-tarbiyaviy ishlarni, darslarning maqsad va vazifalarini bir xilda tushunmaydilar.

Aslida o'qituvchi o'z diqqatini o'quvchi shaxsining qabul qilish xususiyatlariga, diqqati faolligiga, darsning didaktik tomoniga, o'quvchining ma'lumotlilik darajasiga qoniqish doirasiga, musiqa o'qitishning usullarini va optimal metodlarini tanlashga va boshqalarga jalb qilmog'i muhimdir.

Musiqa madaniyati darslarida o'qituvchi o'quvchilarning musiqiy madaniyatini shakllantirishda musiqa o'qitishning asosiy tamoyillarini shakllantirishga, o'quv

materialini o'rgatishda tizimli ravishda yondoshib har bir o'quvchining xotirasi, fikrlashi, tasavvur qilishi, his qilishi va boshqa psixologik jarayonlari va xususiyatlarini rivojlantirishga xarakat qilmog'i lozim. Yangi mavzuni o'zrgatish va mustahkamlashda faqat qaytadan takrorlash emas, balki ijodiy fikr almashishga psixologik yo'naltirilgan bo'lmog'i lozim. Yangi bilim berishning asosiy qismi esa o'quvchilarga tayyor ko'rinishda emas mustaqil ijodiy izlanishlari jarayonida o'zlashtirilishi zarur.

Bizning ko'zatishimizga ko'ra o'quvchilarning musiqiy madaniyatini shakllanishi, musiqiy faoliyatini ko'chayishi, o'qishga ijodiy munosabatini shakllanishi, o'quvchilarning o'z-o'zini boshqarish qobiliyatini o'sishida o'qituvchining o'z muhitini yaxshi bilib ish ko'rishi hal qiluvchi rol' o'ynaydi. Shuning uchun o'qituvchi oldida turgan asosiy psixologik vazifalar o'quvchilarga tabiiy ravishda o'qishga ehtiyoj hosil qilish, ongli ravishda faol harakatni rivojlantirish, aqliy ehtiyojlarni shakllantirish, o'z-o'zini nazorat qilish, o'z-o'zini tahlil qilish va o'z-o'zini baholashni to'g'ri tashkil etishdan iboratdir.

XULOSA

Mamlakatimizga barkamol avlodni tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi bo'lgan nafosat tarbiyasini amalga oshirishda davlat va jamiyat tomonidan qo'yilgan katta ma'sulyatni bajarish musiqa o'qituvchisidan o'quvchilarning psixologik xususiyatlarnii yaxshi bilishni talab etadi.

Ma'lumki umumta'lim maktablarining 1-7 sinflarida musiqa madaniyati darslari o'tiladi. O'quvchilarning darslarga faol qiziqtirish musiqiy qobilyatlarni rivojlantirish musiqani idrok etish va musiqa savodiga o'rgatib borish asosiy vazifa hisoblanadi. Musiqa o'qituvchisi bu vazifani amalga oshirishda har bir sinf o'quvchilarning psixologik xususiyatlari haqida bilimga ega bo'lishi maqsadga muvofiqdir.

1-sinf o'quvchilarining ma'lum darajada xotirasi yaxshi rivojlanmagan, diqqat e'tiborini noturg'un bo'ladi. O'qituvchi o'quvchilarning hayotiy tajribalari, tasavvurlariga asoslanib musiqa zamirida ma'lum his-tuyg'u, fikr aks etishi haqida tushuntirishi lozim. 2-sinf o'quvchilarining ham diqqati turg'unligi yaxshi shakllanmagan bo'ladi. Musiqa idroki yaxshi rivojlantirishda esa o'yin metodidan foydalanish ijobiy natijalar beradi. 3-sinf o'quvchilarining diqqat e'tibori turg'un, xotirasi rivojlanganligi sababli davrs ijodiy yondoshish har bir musiqiy faoliyatni mavzuga bog'lab tushuntirish muhimdir. 5-sinfda esa o'quvchilar psixologik jihatdan ancha o'zgargan diqqat e'tibori ancha turg'unlashgan idrok etgan asarlari haqida fikr yuritadigan bo'ladi. 6-sinfga kelib o'quvchilarda o'spirinlik davri boshlanadi. 7-

sinfda esa o'spirinlik davri ko'chayadi. Bu davrlarda o'quvchi organizimiga faol fiziologik o'zgarishlar paydo bo'ladi, ya'ni mu'tatsiya davri boshlanadi. Dars davomida o'quvchilarning diqqat e'tibori tarqaladi shuning uchun ular bilan jiddiy munosabatda bo'lish, do'stona suhbatlashish har bir o'quvchi faoliyatidagi psixologik jarayonlarni o'rganishni talab etadi. Chunki bu yoshda o'quvchilar kattalar munosabatiga jiddiy e'tibor beradi va ular bilan munosabatda bo'lishni istaydilar. Ularning intizomida o'zgarishlar bo'ladi, istagi va qobilyatlari o'rtasida tafavvutlar sodir bo'lib turadi. Ularning mustaqil fikr yuritish va ijodiy xususiyatlardan foydalanib musiqa san'atiga doir vazifalarni topshirish mumkin. Bularning hammasi musiqa o'qituvchilaridan yuqori darajada psixologik bilimni talab etadi.

Musiqa madaniyati fani o'qituvchisi har bir sinf o'quvchilarining yosh psixologik xususiyatlarini shuningdek sinfdagi har bir o'quvchining o'ziga xos psixologik xususiyatlarini barcha musiqiy faoliyatlarini bajarish jarayonida tahlil qilishi va umumlashtirish asosida belgilashi lozim.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, o'quvchilarda inson manaviyatining tarkbiy qismi bo'lgan musiqa madaniyatini shakllantirish musiqa tarbiyasining bosh maqsadi hisoblanadi. Bu maqsadni amalga oshirish musiqa o'qituvchisi va uning kasbiy mahoratiga bevosita bog'liqdir.

REFERENCES

1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. T., Ma'naviyat, 2008, 176-b.

2. Асафьев Б. В. Музыкальная форма как процесс. Л.: Госуд. муз. изд., 1971г. с 372

3. Soipova D. Musiqa o'qitish nazariyasi va metodikasi. T., 2009. 225-b.

4. Махкамова, Ш. Р. (2020). МУСИКД ИЛМИ ВА ИСЛОМ ДИНИ: ТАЛЛИН МУАММОСИ. Academic Research in Educational Sc iences, 1 (3), 1331-1334.

5. К,ораев, С. Б. (2020). Профессионал таълимда укув амалиётларини ташкил этишнинг узига хос хусусиятлари. Academic research in educational sciences, 1(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.