UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLLARI
Sadritdin Niyozivich Gulov
Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi kafedrasi
o'qituvchisi s.n. gulov@buxdu. uz
ANNOTATSIYA
Bugungi kunda musiqa ta'lim-tarbiyasining maqsadi va vazifasi nihoyatda muhim. Yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan hamda umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan va qadrlaydigan madaniyatli inson darajasida voyaga etkazishdan iborat. Buning uchun har bir o'quvchining musiqiy iqtidorini rivojlantirib, musiqa san'atiga mehr va ishtiyoqini oshirish, musiqadan zaruriy bilim va amaliy malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli o'quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish- maktab musiqa ta'lim-tarbiyasining asosiy vazifasidir.
Kalit so'zlar: ayniqsa, cholg'uchilik, xonandalik, xor dirijerligi, milliy musiqa, muloqot, qobiliyat, ijodkor, ilg'or, tajriba, ta'lim-tarbiyasi.
BASIC FORMS OF ORGANIZATION OF MUSIC CULTURE CLASSES IN
SECONDARY SCHOOLS
Sadritdin Niyozivich Gulov
Teacher of the Department of Music Education, Faculty of Art History, Bukhara State
University s.n. gulov@buxdu. uz
ABSTRACT
Today, the purpose and mission of music education is extremely important. It is about bringing up the younger generation at the level of a cultured person who can inherit our national musical heritage and appreciate and appreciate the richness of universal music. To this end, the main task of school music education is to develop the musical talent of each student, to increase their love and passion for the art of music, to form the necessary knowledge and practical skills in music, to create the necessary conditions for musical development of gifted students.
Keywords: especially instrumentation, singing, choral conducting, national music, communication, talent, creativity, advanced, experience, education.
KIRISH
Musiqa muallimiga qo'yiladigan asosiy talablar: Har bir kasb o'ziga xos xususiyatga ega. Musiqa muallimining o'z "sirlari" bor. Musiqa muallimi musiqaga muhabbat, haqiqiy musiqa tarbiyasisiz komil inson sifatida shakllantirish mumkin emasligi to'g'risidagi g'oya va tasavvurlar bilan yashaydi. Bu kasbning murakkabligi shu bilan belgilanadiki, deb ta'kidlaydi taniqli pedagog O.A.Apraksina - "o'qituvchi" va "musiqachi" tushunchalariga kiruvchi har bir elementning mustahkam o'zaro bog'liqligidadir. Bu tushunchalar har biri o'z navbatida ko'p qirralidir. Musiqa muallimi o'quv-tarbiyaviy ishlarni olib boradi, o'quvchilarning qarashlarini shakllantiradi, ularning ma'naviy ehtiyojini, didini tarbiyalaydi. Uning faqat o'z fanini biluvchi chuqur ma'lumotli kishi bo'lishi kamlik qiladi, shuningdek, o'qituvchi shaxs sifatida ham shakllangan bo'lishi kerak.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Hozirgi zamon musiqa muallimi yuksak madaniyatli, o'z kasbiga cheksiz sadoqat, ilg'or pedagogik tafakkur egasi bo'lmog'i lozim. U o'zining uzluksiz kasbiy madaniy rivojlantirish qobiliyatiga ega bo'lishi shart. U musiqa, nafosat, pedagogika va psixologiya-fiziologiya fanlaridan, xususan, musiqa o'qitish uslubiyotidan kompleks tarzda chuqur bilim va malakalar egasi bo'lmog'i darkor. Ayniqsa, musiqa o'qituvchisi ixtisosida zarur me'yorda cholg'uchilik, xonandalik, xor dirijerligi va musiqa nazariyotchiligi sifatlari mujassam bo'lmog'i lozim. U milliy musiqa hamda o'zbek adabiy tilini mukammal bilmog'i, umumbashariy musiqa madaniyatidan, kundalik musiqiy-madaniy hayotdan voqif bo'lishi shart. Musiqa muallimi pedagogik muloqot ustasi bo'lishi, har qanday vaziyatda ham pedagogik ta'sir usullaridan unumli foydalanish qobiliyatiga ega bo'lmog'i lozim.
Musiqa muallimi ilmiy tafakkur egasi, ilg'or tajribalar shaydosi, izlanuvchan va ijodkor bo'lib, musiqa o'qitishning yangi shakl va usullarini kashf etishga intilmog'i lozim. U musiqa ta'lim-tarbiyasi mazmunini boshqa fanlar mazmuni va kundalik hayot bilan bog'lab, boyitib olib borishi darkor. Izlanuvchan va ijodkor muallimning ilg'or tajribasi va kashf etgan yangi usullari maktabdagi musiqa ta'lim-tarbiyasini doimiy ravishda takomillashtirib rivojlantirishning asosiy tayanchi va ilhom manbaidir. Bilimdon va tajribali musiqa muallimi san'at ziyolisi sifatida maktabda musiqiy-ma'rifiy ishlarning sarkoridir.
Boshlang'ich maktab (1- 4-sinflar). Boshlang'ich maktabda o'quvchi musiqa madaniyatining asosiy poydevori shakllanadi. Ammo maktabgacha tarbiya inson shaxsi shakllanishining muhim, mas'uliyatli davri sifatida mustaqil ahamiyat kasb etadi, chunki u boshlang'ich ta'limning tayyorgarlik bosqichidir. Boshlang'ich maktab musiqa darslarida bolalarning aqliy rivojlanishlari me'yoriga mos oddiy musiqiy bilim,
tushuncha va malakalar tarkib toptiriladi. Musiqani tinglash, qo'shiq aytish, raqs tushish, oddiy cholg'ularda chalish orqali badiiy idrok etish, musiqadan olgan taassurotlari va bilganlari haqida gapirib berish, asarni badiiy baholash, musiqa ijodkorligi malaka ko'nikmalarini rivojlantirish amaliyotlari vositasida o'quvchilarda musiqaga havas va badiiy ehtiyoj uyg'otadi.
Ta'lim jarayonida o'quvchilar quyidagilar haqida bilim, malakalarga ega bo'ladilar:
Bolalar kuy-qo'shiqlari, musiqali o'yinlar, raqs va qo'shiqlar, xushnavoz milliy cholg'ularimiz (1-sinf);
Yakkanavozlik; cholg'u dastasi; kuy nima? Kuyning ifoda tili (2-sinf);
Cholg'u turlari (cholg'ular bazmi); kuy va usul, tempning, kuyning takrorlanishi, uning o'zgarmas va o'zgaruvchan qaytarilishi, band va naqarot (3-sinf);
O'zbek xalq musiqasi; ommaviy xalq qo'shiqlari (alla, yalla, lapar, terma, qo'shiq aytim) va ommaviy kuylar; o'zbek kasbiy musiqasi (ashula, katta ashula); kompozitorlik musiqa ijodi haqida tushuncha; xalq musiqasi kompozitorlar ijodida (4-sinf).
Mavzu mazmunidagi amaliy mashg'ulotlar jarayonida nota yozuvi, oddiy kuylar tuzilishi misolida o'rganiladi, notaga qarab kuylashning dastlabki malakalari hosil etiladi.
Xullas, musiqaning madaniy hayotda tutgan o'rni muhim bo'lib, musiqiy ta'lim-tarbiyani amalga oshirishda uning bosh maqsad va vazifalarini to'liq anglab mashg'ulotlarni samarali tashkil etish, o'qituvchining dolzarb vazifalaridandir. Musiqa pedagogikasi, uslubiy va moddiy ta'minot, musiqa folklori, iqtidori cheklangan bolalar, vorislik qilish, spetsifik xususiyatlar, aralash dars, faol, emotsional ta'sir, ruhiy ta'sir, ta'lim-tarbiya kontseptsiyasi, pedagogik tafakkur egasi, badiiy ehtiyoj, badiiy baholash, kuyning o'zgarmas va o'zgaruvchan qaytarilishi, notaga qarab kuylash.
Musiqa madaniyati o'quv predmeti o'quvchilarning ma'naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g'urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga mahorat, nafosat, badiiy didni o'stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa madaniyati o'quv fani umumiy ta'lim maktablarida o'qitiladigan barcha o'quv fanlari, jumladan adabiyot, tasviriy san'at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog'lanadi.
MUHOKAMA
Barcha o'quv fanlari qatori musiqiy ta'limda ham milliy musiqiy meroslardan to'laqonli foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo'shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari, maqom, shashmaqom, dostonlar hamda bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatda o'z aksini topadi. Musiqa san'atining bu kabi
imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda, ularning barkamol bo'lib yetishishlarida o'ziga xos va takrorlanmas manba bo'lib xizmat qiladi.
Musiqa ta'limidan davlat ta'lim standartlari asosida yangi ta'lim mazmuni o'quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirishni ta'minlaydi. O'quvchilarning musiqiy-yestetik rivojlanishlari uchun o'qituvchi o'zining ish faoliyatida sidqidildan tayyorlanib, darslarni yuksak metodik darajada o'tilishini ta'minlashi lozim. Zero, dars o'qituvchidan katta irodaviy kuch, izlanish, hozirjavoblik hamda turli pedagogik vaziyatlarga tezda munosabat bildirishini talab etadi. Samarasiz, omadsiz dars, kamchiliklar uzoq vaqt o'qituvchiga orom, halovat bermaydi, ortga nazar solib uning sabablarini qidirishga ehtiyoj sezadi.
Musiqa madaniyati darsi - maktabda musiqa tarbiyasini tashkil etishning asosiy shaklidir. Musiqiy to'garaklar, fakultativ mashg'ulotlar ham amaliyotda bo'lsada, dars hech qachon o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. Musiqa madaniyati darslari musiqiy faoliyatning turli shakllarini o'z ichiga oladi. Bular - ommaviy jamoaviy aytim, musiqiy ritmik harakatlarni bajarish, musiqa tinglash, savodxonlik, musiqa ijodkorligi, bolalar cholg'u asboblarida chalish faoliyatidir.
Musiqa darslari boshqa fanlar darslaridan o'zining badiiyligi, qiziqarliligi va bolalarda ko'proq ijodiy zavq, emotsional tuyg'ular va obrazli kechinmalar uyg'otishi bilan ajralib turadi. Musiqa, ayniqsa, bolalarning aqliy va axloqiy rivojlanishiga katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Zero, "Musiqa tarbiyasisiz bolalarga aqliy tarbiyani etarli darajada bajarib bo'lmaydi". Shuning uchun musiqa darslari, eng avvalo, tarbiya darsidir. Badiiy tarbiya uning mantiqiy mazmunidir.
NATIJA
Musiqa darslari quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
Birinchidan, u muciqa tarixi, nazariyasi va ijrochiligiga doir turli namunalardan-xor mashg'ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, musiqa tahlili va adabiyoti, bolalar cholg'u asboblarida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlaridan iboratdir. Shuning uchun u aralash dars tipiga kiradi.
Ikkinchidan, musiqa boshqa san'at turlaridan o'zining ifoda vositalari, "tili" bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot, badiiy so'z , tasviriy san'at ranglar va grafik chiziqlar, raqs, badiiy harakatlar bilan ifodalansa, musiqa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. Agar tasviriy san'at va haykaltaroshlik asarlarini ko'rish orqali, badiiy adabiyotni o'qish va eshitish vositasida, kino va teatrni ko'rish va eshitish orqali idrok etsak, musiqani faqatgina diqqat bilan tinglabgina idrok eta olamiz.
Buning uchun hatto ko'zi ojiz kishilardan ham yetuk musiqa ijrochilarining yetishib chiqishlari bejiz emas. "Faqat musiqiy quloqgina musiqaviy hissiyotni uyg'ota oladi".
Musiqa aniq vaqt o'lchovi bilan bog'layotgan san'atdir. Ijro etilayotgan musiqa tempiga sozlanib, uning har bir elementini ilib olib tinglamasa, asar mukammal idrok etilmaydi. Shuning uchun klassik asarlarni ham bir qayta tinglaganda uning yangi badiiy qirralarini his etamiz.
Musiqa vositasida ifodalanadigan his-tuyg'ularni so'z bilan ifodalash qiyin. "Qachonki so'z ojizlik qilsa, musiqa yordamga keladi"
Uchinchidan, musiqa bolalarga faol estetik ta'sir ko'rsatadi, quvontiradi, ijobiy kechinmalar uyg'otadi. Yahshi, mazmunli, qiziqarli muciqa darsid an bolalar quvnoq, xursand bo'lib, xordiq chiqaradilar. Demak, agar musiqa darsi oxirgi darsda qo'yilgan bo'lganda ham, bolalar hordiq chiqarib, charchoqlari tarqaladi.
XULOSA
Xulosa, musiqa darsi o'zining aralash dars tipi (tuzilmasiga ega), ifoda vositasi (tili) va aktiv psixologik ta'siri bilan farq qiladi. Demak, musiqa darslari bolalarning shaxsiyati va dunyoqarashining shakllanishida muhim rol o'ynaydi.
REFERENCES
1. Sharipova G. "Musiqa va uning o'qitish metodikasi" Toshkent-2006;
2. Hasanova X. "Qo'shiqlar sehri" Toshkent-2012;
3. Karimova D., Yakubova Sh. "Bolalar musiqa asarlari ustida ishlash" Toshkent-2016;
4. Umumta'lim maktablarining musiqa darsliklari (1-5 sinflar)
5. http : //www.ZiyoNET
6. http://www.Google.ru.
7. Гулов, С. Н. (2018). РОЛЬ ЛИДЕРА НАЦИИ В РАЗВИТИИ ЭЛЕКТРОННЫХ СРЕДСТВ МАССОВОЙ ИНФОРМАЦИИ. Вестник Таджикского национального университета. Серия филологических наук, (2), 256-259.
8. Гулов, С. Н. (2020). СОВРЕМЕННОЕ ПРЕПОДАВАНИЕ МУЗЫКИ. ПОДХОДЫ И ИННОВАЦИИ. Проблемы педагогики, (3 (48)).
9. Гулов, С. Н. (2020). МУЗЫКА И ЕЁ ВОЗДЕЙСТВИЕ НА ПСИХИЧЕСКУЮ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ЧЕЛОВЕКА. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).
10. Хасанов, Х. Р. (2020). Культура и искусство в эпоху Амира Темура и темуридов. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).
11. Yarashev, J. Т. (2013). "Bukhorcha" and "Mavrigi" song classes-as a national and noetic spiritual values of the Uzbek nation. ТРАДИЦИОННАЯ И СОВРЕМЕННАЯ КУЛЬТУРА: ИСТОРИЯ, АКТУАЛЬНОЕ ПОЛОЖЕНИЕ, ПЕРСПЕКТИВЫ, 114.
12. Yarashev, J. T. (2019). Research on Bukhara music heritage through axiologic features. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).
13. Миршаев, У. М., & Миршаева, Д. А. (2020). Роль народных песен в нравственном воспитании учащихся. Проблемы педагогики, (3 (48)).
14. Миршаев, У. М. (2020). Музыкально-эстетическое воспитание и современные требования к учителю музыки. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).
15. Mirshayev, U., Sh, S., Cherniavskyi, V., Asadova, S., & Aslanova, N. (2019). The important tendencies in the development of creative and creative potentials in youth. International Journal of Recent Technology and Engineering, 8(3-3), 497-500.
16. Gaibullaevich, N. F. (2021). METHODOLOGICAL REQUIREMENTS FOR THE SELECTION OF BUKHARA FOLK SONGS IN MUSIC EDUCATION. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 1(01), 83-88.
17. Nurullaev, F. G., Nurullaeva, N. K., & Sh, N. K. (2021, January). FORMATION OF AESTHETIC EDUCATION OF CHILDREN ON THE EXAMPLE OF BUKHARA FOLKLORE SONGS. In Euro-Asia Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 3436).
18. Gaybullaevich, N. F. THE ROLE OF FOLKLORE IN THE RAISING OF CHILDREN.
19. Madrimov, B. K. (2021). Professional Training Is An Incentive For Moral And Aesthetic Education. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(02), 109-113.
20. Khudoinazarovich, M. B. (2021). AESTHETIC EDUCATION OF SCHOOLCHILDREN OF UZBEK MUSIC AND FOLK SONGS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 1(01), 62-65.
21. Khudoynazarovich, M. B. (2020). HISTORICAL STAGES IN THE DEVELOPMENT OF UZBEK FOLK ART. World Bulletin of Social Sciences, 7(1), 32-33.
22. Norova, S. U. (2021). Imam Abu Hamid Al-Ghazali. Teacher-Student Coaching Relations. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 441-445.
23. Норова, Ш. У. (2020). Повышение профессиональной компетентности путем подготовки молодежи к хоровой деятельности. Наука, техника и образование, (10 (74)).
24. Umirzakovna, N. S. (2021). WAYS TO IMPROVE LEARNING EFFICIENCY USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 1(01), 41-47.