MARKAZIY OSIYO MUSIQA ILMI VA MUSIQA SOZLARI HAQIDAGI BILIMLARNI O'QUVCHI YOSHLARNING MUSIQA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDAGI O'RNI VA AHAMIYATI
Azamat Sharifovich Rajabov Jasurbek Soli o'g'li Subxonov
Buxoro davlat universiteti Buxoro davlat universiteti
San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi
kafedrasi katta o'qituvchisi yo'nalishi talabasi
raj abovazamat266@mail. com jasurbeksubxonov@gmail.com
ANNOTASIYA
Ushbu maqolada markaziy osiyo musiqa ilmi va musiqa sozlari haqidagi bilimlarni o'quvchi yoshlarning musiqa madaniyatini shakllantirishdagi o'rni va ahamiyati ifodalangan.Musiqa qadim zamonlardan boshlab kuchli tarbiya vositasi sifatida ta'lim - tarbiyaning barcha tizimlarida keng qo'llanilgan. Ko'zga ko'ringan davlat arboblari, olimlar, pedagoglar san'atining barcha turlariga, jumladan musiqa san'atiga ham insonlarning ongi va ruhiyatiga chuqur ta'sir qilib, ularda yuksak ma'naviy madaniyatni shakllantirish hamda rivojlantirish vositasi sifatida qaralgan va bunga katta e'tibor berilganligi mazkur maqolada keng yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: Musiqa madaniyati, ma'naviyat, ma'rifat, tafakkur, milliy qadriyat.
THE ROLE AND IMPORTANCE OF CENTRAL ASIAN MUSIC SCIENCE AND MUSICAL WORDS IN THE FORMATION OF MUSIC CULTURE BY
STUDENTS
Azamat Sharifovich Rajabov Jasurbek Soli ugli Subkhonov
Bukhara State University Bukhara State University
Senior Lecturer, Department of Music Student of music education at the
Education, Faculty of Art History Faculty of Art History
raj abovazamat266@mail. com jasurbeksubxonov@gmail.com
ABSTRACT
This article describes the role and importance of Central Asian music science and knowledge of musical words in the formation of musical culture of young people. Music has been widely used in all systems of education since ancient times as a powerful educational tool. Prominent statesmen, scientists, educators have seen all kinds of art, including music, as a means of forming and developing a high spiritual
www.scientificprogress.uz
culture, which has a profound effect on the minds and psyche of the people. This article gives you a brief overview on fraud.
Keywords: Music culture, spirituality, enlightenment, thinking, national values.
KIRISH
Respublikamizning madaniy taraqqiyoti bevosita uning ma'naviy - axloqiy negizlarining rivojlanishi bilan chambarchas bog'liqdir. Mamlakatimizdagi ijtimoiy -siyosiy o'zgarishlar -O'zbekistonning o'z mustaqilligini e'lon qilishi, tarixiy xotira, an'ana va qadriyatlarning tiklanishi munosabati bilan ijtimoiy fanlar, jumladan, musiqiy fanlar oldida yangi vazifalar paydo bo'ladi. Mafkura sohasida, go'zallik qonun -qoidalarini tushunish va tushuntirish sohasida izlanishlar davom etmoqda.
Mamlakatimiz rivojiga hissa qo'shadigan, kelajagimiz poydevori - yoshlarni har jihatdan komil inson, ma'naviy madaniy shakllangan barkamol shaxs qilib tarbiyalashda barcha fanlar qatori musiqa fanining ham o'rni benihoyadir. Bu jihatlarni tarkib toptirish ushun avvalo, ma'naviy madaniyatning asl mohiyatini tushunib yetmog'imiz lozim.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bugungi kunda "ma'naviyat" nima?" degan savolga xilma - xil javoblar paydo bo'lmoqda: "Ma'naviyat insonning ijtimoiy - madaniy mavjudod sifatidagi mohiyatidir, ya'ni insonning asl insoniy hislatlari va fazilatlarining uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan majmuidir".
"Ma'naviyat - madaniyat mazmunidan umuminsoniy qadriyatlarning majmuini va ularning muayyan tarzda o'zaro uyg'unlashtirib xalqning tarixiy tajribasi va hozirgi zamin taraqqiyoti zaruriyatini anglash darajasida kelib chiqib talqin qilinishi va aks ettirilishidir".
"Ma'naviyat - millatning asrlar davomida shakllangan, ildizlari uning tarixiy tajrbalari va ijtimoiy -madaniy rivojlanishi bilan uzviy bog'liq bo'lgan ichki (aqlliy) intelektual va sobit hissiy (emosional) dunyosidir" Ma'naviyat - kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, ahloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui. Shu nuqtai nazardan qaraganda, I.A.Karimovning "ma'naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da'vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon - irodasini, e'tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg'otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur qilaman", - degan fikrlari diqqatga sazavordir.
Ma'naviyat insonning butun umri davomida uning kuchga kuch qo'shishga, aql - idrok va zakovatini kengaytirib, mustahkamlashga hizmat qiladi. Ma'naviyat va ma'naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbaidir. Demak, ma'naviyat ko'p qirrali qadriyatdir. "Yer, oila, ota - ona, bolalar, qarindosh - urug'lar, qo'ni - qo'shnilar, xalq, vijdon, mustaqil davlatimizga sadoqat,
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5
insonlarga hurmat, ishonch, xotira, erkinlik - ma'naviyatning ma'nosi ana shunday keng... Inson o'zini xalqning bir zarrasi deb sezganidagina, u haqda o'ylab, mehnat qilib yashagandagina ma'naviyat bilan tutashadi". (I.Karimov. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. - Toshkent, "O'zbekiston", 1992,72 bet) O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti ma'naviyat deganda insonni inson, millatni millat qilib turgan axloqiy fazilatlarning majmuasini nazarda tutadi.
Mustaqillik ayni paytda ma'naviyatning ajralmas qismi bo'lgan milliy til va madaniyatni taraqqiy yetish, milliy o'z - o'zini anglash, milliy his - tuyg'ular, g'ururni, vatanparvarlikni o'stirish va mustahkamlashga ham yo'l ochganini ta'kidlash zarur. Ammo, shuni ta'kidlash lozimki, lotincha atamani qabul qilgan xalqlarda ham keyingi vaqtlarda bu tushunchaga kengroq mazmun berilib, ma'rifatlik, bilimlik, tarbiya ko'rganlik ma'nolarida qo'llana boshlangan.
Madaniyat insonning faoliyati jarayoni, uning natijasida yaratilgan ma'naviy qadriyat bo'lib, o'z navbatida shaxsning shakllanishi va kamol topishida muhim omil hisoblangan ijtimoiy hodisadir. Ma'naviy boyliklar olimlar, musavvirlar, bastakorlar, shoir va yozuvchilar, nazariyotchilar, xullas, xalq tomonidan yaratiladi. Madaniy ma'naviyatni yaratish, o'zlashtirish va rivojlantirish jarayonida jamiyat taraqqiy etadi, mehnat unumdorligi ortadi, ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanadi, kishilarning ma'naviy qiyofasi shakllanadi, ahloq - odobi, did va farosati, estetik zavqi, ijodiy kuchi va qobiliyatlari taraqqiy etadi.
Ma'naviy madaniyatni o'rganishda, avvalo ma'naviyat va madaniyatning qadimiyligi, o'zaro munosabati hamda inson hayoti, shaxs xulq - atvorining ma'naviy qaror topish bosqichlari hisoblanadi. Uni o'rganishda avvalo, madaniyat eng umumiy tarzda inson va jamiyatning o'zgaruvchanlik faoliyatining barcha turlari hamda faoliyat natijalarining majmui ekanligini unutmaslik lozim. Muayyan madaniyatning qamrovi behad keng bo'lib, u insonlar tomonidan yaratilgan ma'naviy boyliklarni, ijtimoiy ongning ilmiy, badiiy, huquqiy, diniy, axloqiy, falsafiy, va boshqa shakllarini, dunyoqarash va tafakkurning barcha shakl va tomonlarini, jamiyatdagi g'oyalar va ta'limotlarni, badiiy asarlar, estetik qarashlarni ham qamrab oladi. Bundan tashqari, ma'lumot berish, ta'lim - tarbiya, falsafa, din, huquq, etika, estetika, san'at va adabiyot singarilar ham manaviy madaniyatga kiradi.
Musiqa qadim zamonlardan boshlab kuchli tarbiya vositasi sifatida ta'lim -tarbiyaning barcha tizimlarida keng qo'llanilgan. Ko'zga ko'ringan davlat arboblari, olimlar, pedagoglar san'atining barcha turlariga, jumladan musiqa san'atiga ham insonlarning ongi va ruhiyatiga chuqur ta'sir qilib, ularda yuksak ma'naviy madaniyatni shakllantirish hamda rivojlantirish vositasi sifatida qarashganlar va bunga katta e'tibor berganlar. Musiqa san'atining har bir janri shunday mavzular majmuini o'z ichiga
oladiki, unda mamlakatning boshidan kechirgan u yoki bu davri xalqning yoki millatning ma'naviy ruhi hamda madaniyati ifodalanadi.
Musiqa san'ati mustaqil Respublikamiz fuqarolari ma'naviy dunyosini boyitish, ularni go'zal narsalarning hammasidan bahramand qilish kabi ijobiy xususiyatlarga ega. Ma'naviy g'oyasi yuksak, badiiy jozibali musiqa asarlari kishilar qalbiga tezroq yo'l topish, estetik hissiyotiga kuchli ta'sir qilish, hayotiy voqea - hodisalarni chuqur mushohada qilishga da'vat etishi kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Shuning uchun asarlarining kishilarni yuksak ma'naviy - madaniy ruhda tarbiyalashdagi badiiy ta'sir etishdek vositali xususiyatidan imkoni boricha kengroq foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Musiqa sozlarida ijro etilgan asarlarning kuchi uning xalqchil va tushunarliligida, kishilar ichki - ruhiy dunyosiga emosional ta'sir ko'rsata olishidadir. Ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalashda musiqa san'atining ana shu xususiyatini hisobga olish muhimdir. Ma'naviy tarbiyada o'zbek xalqining boy ma'naviy merosidan keng foydalanish uning ta'sirchanligi va samaradorligini oshirishda muhim omil bo'la oladi.
MUHOKAMA
Milliy dastur yuksak ma'naviy va madaniy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashni taqozo etar ekan, bu borada musiqiy merosimizning o'rni ham ahamiyatlidir. Kundalik hayotimizda jamiyat madaniyatini vujudga keltirishda uning ma'naviy hayotida, davrimizga munosib har tomonlama barkamol badiiy didli, sog'lom fikrli yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazishda musiqa madaniyatining o'rni ahamiyatli bo'lib qolmoqda.
Jumladan o'zbek musiqa madaniyatining poydevorini vujudga keltirishda mehnatkash xalq tomonidan yaratilgan kuy va qo'shiqlar kishi qalbini o'ziga rom qilib, asarlar o'sha xalq uchun ilhom manbai bo'lgan. Inson qalbi go'zallikka tashnalik sezish bilan bir vaqtda, go'zallik muhitidan ozuqa oladi.
Musiqa - san'atning ifodali turi tizimiga kiradi. Musiqa ham voqyea - hodisalarni ifodali ettiradi. Ammo u me'morchilikdagi kabi fazo va moddiy ashyo o'lchovlari bilan belgilanmaydi. Musiqa ko'rish orqali emas, balki eshitish vositasida idrok etiladi. Musiqa mavzui o'z xususiyatiga ega bo'lib, inson va voqyelikdai barcha tomonlarni qamrab ololmagani uchun, eng avvalo, inson ichki ma'naviy dunyosini, uning tuyg'u va kayfiyatini ifodalaydi, musiqa musavvirlik va haykaltaroshlikdan farqli tarzda dunyo haqida tasavvurlar emas, balki tuyg'ular va kayfiyatlar hosil qiladi. Musiqa voqyelikning his - tuyg'uli qiyofasini yaratadi.
Musiqada tuyg'ular hayotiy tuyg'ularning aynan o'zi bo'lmay, ular tanlab olingan, tasodifiy lahzalardan tozalangan, muayyan orzular nuqtai nazaridan anglangan bo'ladi. Musiqa inson hissiyotlari holatiing barcha rango - rang tovlanishlarini aks
ettirishga qodir. U eng murakkab tuyg'ular, eng nozik kechinmalar va kayfiyat holatlarini ham ifoda eta oladi. Musiqa vaqt mezoniga amal qilib, kechinmalarning o'zgarib turishlari, avjlanishi va pasayishi jarayonlarini qamrab oladi. Musiqa murakkab ijtimoiy tuyg'ularni, eng avvalo, hayotdagi nutq ohanglari yoki harakat vazinlari aks etadigan axloqiy ( sevgi, nafrat, g'urur, qo'rquv), estetik (san'at yoki tabiat nafosati, ulug'vorlik, fojiali, kulguli) tuyg'ularni ifodalaydi. Musiqa kayfiyat holatini ifodalashda keng imkoniyatlarga ega. Inson kayfiyati murakkab hissiyot bo'lib, u hyech narsa bilan bog'lanmagan. Kayfiyat umumlashgan hususiyatlarga ega bo'lib, undan ikkilamchi tomonlar chiqarib tashlanadi va insonning voqyelikka bo'lgan tuyg'u munosabatini belgilaydigan eng muhim tomonlari ajratib olinadi.
Musiqaning kuch - qudrati shundaki, u shodlanish, qayg'urish, hayol surish, bardamlik, tushkunlik va shunga o'xshash inson ruhiy holatlarini hususiy va umumiy tarzda o'zaro bog'liqlikda, bir - biriga singib ketishida namoyish qila oladi. Musiqa inson ichki dunyosining hissiyotli tomonlari bilan birga ma'naviy olamini butanlaycha ifoda etib, uning aqliy va iroda qudratini, yaxlit qiyofasini yarata oladi. U ruhiy tizim hususiyatlarini ifodalash, milliy ruh holatlarini vujudga keltirish imkoniyatiga ham ega.
NATIJA
Buyuk bastakorlar ijodida u yoki bu xalqqa hos bo'lgan ruhiy tizm hususiyatlari, tuyg'u holatlari va voqyelikni in'ikos etish imkoniyatlari beqiyosligi yaqqol ko'rinadi. Milliy ruh hususiyatlarini musiqa vositalarida aks ettirish jarayonida xalq musiqaviy ijodi katta o'rin tutadi.
Musiqa madaniyati o'quvchilarning ma'naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g'urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o'stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa madaniyatining yangi mazmuni yosh avlodni milliy musiqiy merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishni nazarda tutadi. Bunda talabalar musiqa san'atini butun nafosati bilan o'rganishlari asosiy maqsad hisoblanadi. Shuningdek talabalar musiqiy iqtidorini rivojlantirish, musiqa san'atiga mexr va ishtiyoqni oshirish, musiqa san'atiga qiziquvchi talabalarning iqtidorini rivojlantirish uchun zaruriy shart - sharoitlar yaratib berish, ularning badiiy ehtiyojlarini qondirish musiqa ta'lim - tarbiyasining asosiy vazifasini tashkil etadi.
Musiqa ta'lim - tarbiyasini rivojlantirish bo'yicha davlat ta'lim standartlari asosiy mezon bo'lib hisoblanadi. Musiqa madaniyati talabalarning ma'naviy madaniyatini shakllantirishga, milliy g'urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o'stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Barcha o'quv fanlari qatori musiqiy
ta'limda ham davlat at'lim standartlarining joriy etilishi milliy musiqiy meroslardan to'laqonli foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo'shiqlarida, honanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari, maqom, shashmaqom, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatda o'z aksini topdi.
Musiqa san'atining bu kabi imkoniyatlarini yangi avlodni tarbiyalashda ularning barkamol bo'lib yetishtirishda o'ziga hos va takrorlanmas manba bo'lib hizmat qiladi. San'at inson munosabatlari go'zalligini - fidoiylik, oliyjanoblik, ezgulik, yaxshilik, adolat, jasorat, vatanparvarlik kabi tushuncha shaklidagi holatlarni badiiy ifodalash orqali aks ettiradi.
Ayni mahalda san'at ijtimoiy yovuzliklarni, razillik va munofiqlik, pastkashlik va riyo, tubanlik va yolg'onchilik kabi hunuk hodisalar vositasida ham insonning tuyg'ulariga ta'sir etib uni tarbiyalaydi. San'atda go'zallik, ko'pincha fojia, ulug'vorlik kulgi orqali qaror topadi. Fojiyaviylik, ulug'vorlik va kulgilik tushunchalari san'atda alohida qimmatga ega. Bizga ma'lumki, u yoki bu musiqa asarini ijro etishda ijrochilar va cholg'uchilardan mohirlik vaustalik talab qilinadi. Bizga ma'lumki, musiqa janrlari ichida eng murakkab ammo ko'ngilning istalgan burchagiga yetib bora oladigan hususiyatga ega bo'lgan turi bu sozandalik ya'ni xalq cholg'u asboblarida chalishdir.
Sozandalik - o'zbek musiqa ijrochiligi san'atining qadimiy turlaridan biri bo'lib, insoniyat hayoti, ma'naviyatimiz ruhiyati va rivojiga beqiyos madad beruvchi omildir. Sozandallik shu boisdan ham uzoq o'tmishdan o'ziga hos an'analar vujudga kelgan. Bu an'analar xalq orasida ardoqlanib, turli ko'rinish, uslub va yo'nalishlarda rivojlanib, avlodlardan avlodlarga o'tib, o'z ma'naviy salohiyatini saqlab kelmoqda. Boshqacha qilib aytganda, sozandalik san'ati - jonli jarayondir.
Musiqa san'atining beqiyos va o'lmas an'analarini o'zlarida mujassam qilib, ularni zamonaga mos tarzda rivojlantirish zabardast va ulkan qalb egalariga xosdir. Ularning ijodi, ijro yo'llari va talqin uslublarini o'rganish, musiqaning cheksiz sir sinoatlaridan voqif bo'lish, madaniy boyligimizni qadrlash bilan birga yosh avlodni ona - Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalashda ham keng imkoniyatlarni ochib beradi.
Sozandalikning eng asosiy muhim tomonlaridan yana biri ko'ngilda ezgu his -tuyg'ularni kamol toptirib, insonni hayotni sevishga, ardoqlashga undashidir. Shu boisdan sozandalar azal - azaldan ma'naviyat kuchlari sifatida e'zozlanib kelingan. V.A.Suxamlinskiy aytganidek, xalq musiqa merosi bitmas - tuganmas hazina bo'lib, yoshlarni ma'naviy kamolotga yetqazuvchi badiiy - estetik manba hisoblanadi.
Agar bolaning yoshlik chog'idanoq qalbiga musiqa asarining go'zalligi ta'sir ettirilsa, agar bola tovushlarda inson his - tuyg'ularining ko'p qirrali ma'nolarini sezsa, u hyech qanday boshqa vositalar bilan erishib bo'lmaydigan madaniyat cho'qqisiga ko'tariladi. Musiqa ohangi go'zallikni his etish bola qarshisida o'z go'zalligini yaratadi,
kichik inson o'z obro' - etiborini anglaydi. Musiqa tarbiyasi bu musiqachini tarbiyalash degan gap emas, balki birinchi galda insoni tarbiyalash demakdir, - degan.
XULOSA
Chunki cholg'uda ijro etiladigan har bir kuy ohang o'zining ma'lum bir mazmun mohiyatiga ega bo'lib, u insonga tovush orqali ta'sir etadi va badiiy obraz yaratadi. Kuyning yana bir o'ziga hos hususiyati shundaki, so'z be oqibat qolganda kuy yordamga kelardi va ko'ngilni eng hilvatli joylarini ham zabt etish imkoniyatiga egadir.
Shuni ta'kidlash kerakki, ma'naviy madaniy tarbiya bugungi kunning eng dolzarb masalasi. Bu ishga yurtimizning barcha ziyolilari - san'atkorlar, o'qituvchilar, jurnalistlar, yozuvchilar, vrachlar, artistlar, barcha rahbarlar birdek mas'uldirlar.
REFERENCES
1. Umurova, M. Y., & Nurullaeva, N. K. (2020). ТЕОРИЯ И МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ И ВОСПИТАНИЯ (ПО ОБЛАСТЯМ И УРОВНЯМ ОБРАЗОВАНИЯ). Проблемы педагогики, 40.
2. Yorievna, U. M. R., & Karimovna, N. N. (2020). Innovative approach to the development of musical abilities in children with disabilities health opportunities. Проблемы педагогики, (2 (47)).
3. Yoshiyevna, U. M. R., & O'G'Li, R. A. R. (2021). MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA "VENA KLASSIK MAKTABI" NAMOYONDALARI HAYOTI VA IJODIYIY FAOLIYATI BILAN TANISHTIRISH USLUBLARI. Scientific progress, 1(3).
4. Yoshiyena, U. M. (2020). THE IMPORTANCE OF USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN SPECIAL EDUCATIONAL SCHOOLS. Вестник науки и образования, (22-2 (100)).
5. Rajabov, A. (2020). The development of music and instrumental performance in Central Asia. International Journal of Applied Research, 6(5).
6. Radjabov, A., & Kenjabonu, T. (2021). CONTENT OF PREPARATION OF STUDENTS FOR DEVELOPMENT IN ACCOUNT PROCESS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 1(01), 54-61.
7. Ражабов, А. Ш. (2020). Дирижирование, хор и управление им. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).
8. Yarashev, J. T. (2019). Research on Bukhara music heritage through axiologic features. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).
9. Yarashev, J. Т. (2013). "Bukhorcha" and "Mavrigi" song classes-as a national and noetic spiritual values of the Uzbek nation. ТРАДИЦИОННАЯ И СОВРЕМЕННАЯ КУЛЬТУРА: ИСТОРИЯ, АКТУАЛЬНОЕ ПОЛОЖЕНИЕ, ПЕРСПЕКТИВЫ, 114.
10. Yarashev, J. (2019). Artistic and Aesthetic Features of' BuchofTune. Eastern European Scientific Journal, 118-122.
11. ОЛИМОВ, Ш. Ш., & ХОДЖИЕВА, М. Ш. (2020). Возможности применения педагогических технологий в образовательном процессе. In Молодежь и XXI век-2020 (pp. 228-231).
12. Ходжиева, М. Ш. (2020). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ АКСИОЛОГИЧЕСКОГО ПОДХОДА К ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Научный журнал, (9 (54)).
13. Tuyevich, K. В., & Shukurovna, K. M. (2020). COMMUNICATION AND DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL CULTURE OF THE FUTURE TEACHER. Вопросы науки и образования, (35 (119)).
14. Suleymanovna, E. L., & Shukurovna, K. M. PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF DEFINING A CHILD'S READINESS FOR LEARNING.
15. Tosheva, D. (2016). National-cultural outlook onto the zoonym component aphorisms. Journal of Social Sciences and Humanities Research, 4(03), 22-25.
16. Toshova, D., Tosheva, D., Hamidova, D., & Toshova, S. (2019). IMPROVING EARLY LEARNING: DIVERSITY AND TRANSITIONS OF SCHOOLS, TEACHERS AND CLASSES. Theoretical & Applied Science, (7), 109-119.
17. Абдуллаев, К. Ф., & Жураев, Б. Т. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ ПРАВИЛЬНОЙ ОСАНКИ РЕБЕНКА В СЕМЬЕ. Вестник науки и образования, (21-3 (99)).
18. Жураев, Б. Т. (2020). ВОПРОСЫ НРАВСТВЕННОГО И КУЛЬТУРНОГО ВОСПИТАНИЯ В ЭПОХУ САМАНИДОВ (НА ПРИМЕРЕ ТВОРЧЕСТВА АЛ-БУХАРИ И АЛ-ФАРАБИ). In Современное общество: актуальные проблемы и перспективы развития в социокультурном пространстве (pp. 66-71).
19. Жураев, Б. Т. (2020). ПАМЯТНИКИ БУХАРЫ-ИСТОЧНИК ВОСПИТАНИЯ МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ. Проблемы современной науки и образования, (11 (156)).
20. Жураев, Б. Т. (2020). ВОПРОСЫ НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ В ЭПОХУ САМАНИДОВ. Наука, техника и образование, (3 (67)).
21. Y, J. (2018). Мусикий таълимда аксиологик ёндашув. Педагогик майорат, (10), 230-232.
22. Р, А. (2019). Укувчиларда мусикий тассаввур шаклланишининг психологик асослари. Педагогик махорат, (6), 129-132.