Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA MUSIQA TA`LIM TARBIYASINING DOLZARBLIGI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA MUSIQA TA`LIM TARBIYASINING DOLZARBLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5696
295
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Axborot-kompyuter taxnologiya (AKT) / prezentasiya / animasiya / musiqa tinglash / qo`shiq kuylash / musiqiy – didaktik o`yin. / Information-computer technology (ICT) / presentation / animation / listening to music / music-didactic game.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mahfuza Mahamadjonovna Xalilova

Maqolada maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarning musiqa ta`limi faoliyatlari, jumladan didaktik o`yinlar orqali musiqiy bilim berish va ularni qo`llash usullari haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF MUSIC EDUCATION IN PRESCHOOL ORGANIZATION

The article discusses the methods of teaching and using music in educational education of preschool children through educational games.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA MUSIQA TA`LIM TARBIYASINING DOLZARBLIGI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA MUSIQA TALIM TARBIYASINING DOLZARBLIGI

Mahfuza Mahamadjonovna Xalilova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Musiqa ta'limi kafedrasi

o'qituvchisi

ANNOTASIYA

Maqolada maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarning musiqa talimi faoliyatlari, jumladan didaktik o'yinlar orqali musiqiy bilim berish va ularni qo'llash usullari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Axborot-kompyuter taxnologiya (AKT), prezentasiya, animasiya, musiqa tinglash, qo'shiq kuylash, musiqiy - didaktik o'yin.

THE IMPORTANCE OF MUSIC EDUCATION IN PRESCHOOL

ORGANIZATION

Mahfuza Mahamadjonovna Khalilova

Teacher of the Department of Music Education of Chirchik State Pedagogical Institute

of Tashkent region

ABSTRACT

The article discusses the methods of teaching and using music in educational education of preschool children through educational games.

Keywords: Information-computer technology (ICT), presentation, animation, listening to music, music-didactic game.

KIRISH

Maktabgacha ta'lim tashkilotida, ya'ni kichik yoshdagi bolalarni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda musiqaning o' rni beqiyosdir.

Prezidentimiz ham "Kuy, qo^shiqqa, san^atga muhabbat, musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi. Uyida dutor, doira yoki boshqa cholg^u asbobi bolmagan, musiqaning hayotbaxsh ta^sirini o^z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin, desak, mubolag^a bolmaydi " - deya musiqiy madaniyatning tarbiyaviy kuchiga yuksak baho beradilar. Ajdodlarimiz ham musiqiy tarbiyaning tarbiyaviy kuchiga alohida e'tibor bilan qarashgan. MTT yoshdagi bolalarga berilayotgan musiqiy ta'limning sifati, samaradorligi butkul musiqa rahbari zimmasida bo'lib, uning o'z kasbini sevishiga,

www.scientificprogress.uz

pedagogik mahoratiga, izlanuvchanligiga, fidoiyligiga, o'z mas'uliyatini qay darajada his etishiga bog'liq. Bu sharafli vazifani bajarishda unga tashkilot tarbiyachilari ham yaqindan ko'makdosh sanaladi. Har bir musiqa rahbari musiqiy tarbiya berishda tarbiyalanuvchilarni egallashlari lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar mezoni talablarini yaxshi bilishi hamda mashg'ulotlar shu mezonlar asosida va darajasida bo'lishini ta'minlashi kerak. Shunday ekan kichkintoylarning har tomonlama rivojlantirishda musiqa mashg'ulotining munosib o'rni borligini hisobga olgan holda dasturlarni shunga mos ravishda tayyorlashi lozim.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Musiqa san'ati insonning yoshligidan kuchli ta'sir o'tkazib, uning umumiy madaniy rivojida katta o'rin tutadi. Jamiyat madaniy hayotida yanada kengroq o'rin tutayotgan musiqa- kishiga butun hayoti davomida uning doimiy hamrohi hisoblanadi. Musiqa san'ati inson yuragiga juda chuqur kirib borib, ana shu qalb tug'yonini yorqin ifodalash qudratiga ega. Demak, ajdodlarimizga munosib voris tarbiyalashda musiqaning alohida o'rni borligi ayni haqiqat, bolani har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashdek sharafli ishni to'g'ri yo'lga qo'yish biz pedagoglarga hamda bo'lajak kadrlar zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi.

Yunon faylasufi Platonning fikricha, davlatning kuch-qudrati unda qanday musiqa, qaysi ohang va qay ritmda yangrayotganligiga to'g'ridan - to'g'ri bog'liq. Davlat uchun insonni yuksaklikka ko'tarishga yordam beruvchi musiqa kerak deb hisoblagan .

Musiqaga yoshlikdan uyg'ongan qiziqish kishining keyingi rivojida kuchli ta'sir o'tkazadi, ko'nikma va malakalarni shakillantiradi, yuksak ma'naviy didni o'stiradi. Musiqaning bola hissiyoti va shakillanishiga, uning mazmunini tushunish va his etishga katta ta'sirini hisobga olganda haqqoniy va voqeylikni to'g'ri aks ettirgan musiqali asardan o'rinli foydalanish alohida o'rin tutadi. Musiqali obrazlar shakillanishining asosiy manbayi tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrof-olamdagi go'zallikni idrok etishiga bevosita bog'liqdir.

Ibn Sino ham musiqaning hissiy ta'sir kuchini e'tirof etgan holda uni o'zining tib kitoblarida aks ettirgan hamda ruhiy kasalliklarni davolashda shifo dasturi sifatida tavsiya qilgan. "Tib qonuni" asarida bir o'rinda musiqaning ruhiy ta'sir kuchiga baho berib, go'dakning tarbiyasidagi ahamiyatini shunday ta'riflaganlar: "Go'dakning tanasi chiniqishi uchun ikki narsa zarur: biri uni asta qimirlatib tebratish, ikkinchisi onasining qo'shig'i (allasi). Birinchisi tanasiga, ikkinchisi - ruhiga tegishlidir".

Mustaqil O'zbekistonning kelajagi, ertangi kun taraqqiyoti egalari bo'lmish bolalarni estetik va ma'naviy boy, tarbiyali shaxs sifatida tarbiyalash muhim masaladir. Bu maqsadni amalga oshirishda musiqaning ham alohida o'rni va o'ziga xos xususiyatlari bor. Maktabgacha tarbiya muassasalarida musiqiy tarbiya — bu bir aniq maqsadga

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

yo'naltirilgan, ya'ni maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik rivojini amalga oshirish, bolani shaxs sifatida tarbiyalash, uni dunyoqarashini kengaytirish, o'z iqtidorini namoyon qila olishga, musiqani his qilishga, ijodk etishga, musiqaga emotsional javob qaytara olishga o'rgatishdan iboratdir.

MUHOKAMA

Har bir mutaxasis bolaga musiqaning qaysi yo'nalishini o'rganishidan qat'iy nazar uning yosh xususiyatlarini, psixologik rivojini nazarda tutishi lozim.Unda uzluksiz davom etadigan bir butun ta'lim-tarbiya jarayonining belgilovchi ilk turi "maktabgacha ta'lim" deb ataladi. Birgina shu yondashuvning o'ziyoq tarbiyaga mehribonlik va adolat bilan qarashni talab etadi. Negaki, bugunki yosh avlodlarni XXI asrda kuchga to'lib, sog'lom, bilimli, aqlli bo'lib jamiyatimizning faol a'zolariga aylantirishdek ulkan vazifa musiqa rahbari va tarbiyachi zimmasida turibdi.

San'at insonparvarlik va odamiylik hamkorligi ruhida uning hissiyotini o'stirishda yordam berib, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Hozirgi zamon yoshlariga estetik idroklarini tarbiyalash borasida g'amxurlik qilar ekanmiz, san'at bilan muomala qilishdan hosil bo'ladigan his-hayajondan uni o'z hayoti va faoliyatida foydalana olishga o'rgatishimiz kerak.

Bolalarda kichik yoshlik chog'idan musiqani idrok etish, his etish, turmush va san'atdagi go'zallikni ko'ra olish ishtiyoqi tarbiyalanadi va bu kabi go'zallikni yaratishga intilish kuchayadi. Bolaning badiiy faoliyatga bo'lgan qiziqishi ortadi. Unda badiiy-ijodkorlik qobiliyati rivojlanadi. Musiqiy-estetik tarbiya demokratik jamiyat kishisini garmonik tarbiyalash yo'lida olib borilayotgan ulkan ishning tarkibiy qismiga aylanmog'i kerak. Ma'lumki, bunday vazifalar bolalarni musiqa sohasidagi faoliyatlarga jalb etish, musiqaga nisbatan estetik idrok etishni va emotsional o'zlashtirishni rivojlantirish, muhabbatni tarbiyalash, musiqiy qobiliyatlarini o'stirish, musiqiy didni shakllantirish, bolalarning badiiy ijodkorligi hamda iqtidorini rivojlantirish kerak.

Musiqa — san'atning bir turi. U san'atning yana boshqa turlari bilan musiqa chambarchas bog'liqdir. Masalan: musiqa mashg'ulotlarini vokal, raqs, she'riyat (adabiyot), badiiy san'at, tasviriy san'at, va boshqalar bilan bog'langan xolda olib borish nazarda tutilgan. Bolalar ijrochiligi — tinglash, kuylash, musiqiy ritmik harakatlar, musiqa cholg'ularida ijroga o'rgatish va boshqa faoliyatlari hozirgi kunda o'zining dolzarbligi bilan ko'pgina pedagog-olimlarning diqqat markazidadir.

Shuning uchun biz kelajak avlodni musiqiy bilimga ega bo'lishlariga zamin yaratar ekanmiz, ularning musiqiy-estetik tarbiyalariga alohida e'tiborimizni qaratmog'imiz zarur. Buning uchun «Ta'lim to'g'risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta'kidlab o'tilganidek, nafaqat bola shaxsi, balki musiqa rahbari shaxsini, uning ma'naviy-madaniy qiyofasini shakllantirishimiz, milliy

qadriyatlarimiz, uif-odatlarimiz, milliy-musiqiy an'analaгimizga amal qilgan holda bo'lajak musiqa гahbaгlaгmizni yosh avlodni tartiyalashga loyiq hamda munosib inson qilib shakllantirishimiz keгak. Albatta, boshlang'ich sinflaгda ham musiqa fani kichik yoshdagi bolalaг uchun eng qiziqañi fanlaгdan biгi sanaladi. "Musiqa madaniyati" o'quv fanida ham kichik yoshdagi bolalami estetik taгbiyalashga alohida еЧ^г qaгatilub tayanch dastuг ishlab chiqildi. Ushbu dastuгda umumiy o'rta ta'lim maktablaгida musiqiy ta'lim-taгbiyaga qo'yiladigan maxsus talablaг ham dastuming asosiy qismlari qatoгidan o'гin olgan. Unga ko'ra bolalami musiqiy-estetik taгbiya uchun quyidagilaTga гioya qilish keгak:

- Musiqiy faoliyatlami atгof muhit hamda zamon bilan hamohangligi;

- Musiqaning san'at sifatida o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olish;

- Bolalaming musiqiy rivojlanishlarida uzviylikni ta'minlash;

- Bolalaming qobiliyat va imkoniyatlaridan qat'i nazar ulaming musiqiy taгbiyalaгiga qo'yiladigan majburiyatlar

- Bolalami quvnoq, g'amgin, yengil va vazmin musiqani tinglashga past va yuqori registmi eshita olishga, musiqa tilini tushunishga, past ovozli va baland ovozli musiqaga mos chapak chalish o^ali musiqa dinamikasini ajгatishni o'гgatish;

- Kattalaг ketidan musiqani taqlid qilib, intonatsion mos ravishda qaytara olish;

- Musiqa Tahbari boshchiligida гaqs haгakatlaгini bajarish;

- Kompozitoгlaг, musiqiy cholg'u asboblari haqida tushincha beгish;

- Bolalami musiqani diqqat bilan tinglashga o^gatish, yengil va oson xalq qo'shiq hamda kuylarini musiqasiga mos ritmik haгakatlaг bajaгib ijгo etishga o^gatish.

NATIJA

Musiqia rahbari quyidagi vazifalarni amalga oshirishi lozim:

1 Musiqaga muhabbat va qiziqishni o'stiгish.

2. Bolalaming musiqiy tajribasini boyitish (musiqiy asarlar asosida).

3. Bolalami oddiy musiqiy tushuncha^ bilan tanishtiгish, musiqa tinglash, kuylash, musiqiy ritmikasi borasida malakalami гivojlantiгish.

4. Bolalaгda emotsional hisni shakllantirish. Ulaгda lad hissi, ritm tuyg'usini o'stiгish va ha^atni o'tiгish.

5. Musiqiy didni o'stirish (musiqiy taassuгotlaг asosida).

6. Bolalaráa ijodkoгlikni o'stiгish (baгcha faoliyatlaг asosida).

XULOSA

Musiqa rahbari o'z dasturiga o'zbek bastakoriaming bolalaг uchun yozilgan kuy va qo'shiqlaridan kiгitishi lozim. Musiqiy asarlar bolalaming psixologik xususiyatlarini, ulaming qiziqishlari va dunyoqaгasЫaгini hisobga olgan holda tanlanishi kerak.

Frensis Galton o'zining "Talantning tug'maligi, uning Qonuniyatlari va oqibatlari" (1869) nomli kitobida "... buyuklik va iste'dod avloddan avlodga o'tadi, muhit esa bunda ikkinchi darajali omildir...", - deb aytgan. Biroq ko'pgina mashxur ijrochilar buyuklikning sababi to'qson foiz mehnatdandir va qolgan foizlarigina qobiliyatga bog'liqligini ta'kidlashgan.

REFERENCES

1. G.Sharipova.G'.Najmekdinov Musiqa o'qitish metodikasi praktikumi

2. Apraksina.O.A.Maktablarda musiqiy tarbiya metodikasi

3. D.Soipova Musiqadan o'qitish nazariyasi va metodikasi

4. M.S. Muxiddinova "Мактабгача таълим ташкилотларида ахборот-компьютер технологияларини мусика тарбияси воситаси сифатида куллашнинг хусусиятлари" 2020 yil

5. Sh.R.Mahkamova "Имконияти чекланган болалар ва хар томонлама етук авлодни тарбиялашда мусиканинг урни" 2020

6.M.A.Asadullaeva "Ёшларни маънавий тарбиялашда кушикчилик санъатининг тутган урни" 2020 yil

7. Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi:www.uzedu.uz

8. G.M.Sharipova.Musiqa o'qitish metodikasi

9. Ijtimoiy axborot talim portali: www.ZiyoNET.uz

10. Mahkamova, S. R., & Shahzod, G. (2021). O 'QUVCHILAR TARBIYASIDA MUSIQA FANINING TUTGAN O 'RNI. Scientific progress, 7(5).

11. Mahkamova, S. R., & Obidova, S. P. (2021). MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA BOLALARNI MUSIQIY TARBIYALASH VA TA'LIM BERISH. Scientific progress, 1(3).

12. Махкамова, Ш. Р. (2020). ХАЗРАТ НАВОИЙНИНГ МУСИКИЙ ТАФАККУРИ. Science and Education, 1(Special Issue 4), 215-222.

13. Махкамова, Ш. Р. (2020). МУСИНА ИЛМИ ВА ИСЛОМ ДИНИ: ТАЛЛИН МУАММОСИ. Academic research in educational sciences, (3).

14. Махкамова, Ш. Р., & Асадуллаева, М. А. (2020). «ВЕЛИКИЙ ШЁЛКОВЫЙ ПУТЬ»: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ КУЛЬТУР ЗАПАДА И ВОСТОКА В КОНТЕКСТЕ ПРОБЛЕМЫ МОДЕРНИЗАЦИИ МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ. Science and Education, 1 (Special Issue 4).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.