Научная статья на тему 'O’QUVCHI-YOSHLARNI MUMTOZ MUSIQA ASARLARI VA XALQ OG’ZAKI IJODI NAMUNALARI BILAN TANISHTIRISHNING AHAMIYATI'

O’QUVCHI-YOSHLARNI MUMTOZ MUSIQA ASARLARI VA XALQ OG’ZAKI IJODI NAMUNALARI BILAN TANISHTIRISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1391
87
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Buxoro Shashmaqomi / Xorazm maqomlari / Fargʻona — Toshkent maqom yoʻllari / doston / ertak / maqol / qo’shiq / topishmoq / mafkura / psixologiya / ustoz-shogird an’analari. / Bukhara makam’s / Khorezm makam’s / Fergana Tashkent makam ways / epics / fairy tales / proverbs / songs / riddles / ideology / psychology / teacher-student traditions.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shavkatjon Xadjiyevich Kamolov

Ushbu maqolada o’quvchi – yoshlarning musiqiy savodxonligini oshirishda milliy musiqa san’atimiz yirik namunalarining o’rni, maqom va xalq og’zaki ijodining ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati keng yoritilgan. Maqom va musiqiy folklorning tarixi va o’rganilishi tadbiq etilgan. O’rta asr musiqashunoslarining ilmiy-musiqiy merosi va zamonaviy o’zbek kompozitorlarining ijodida milliy musiqa san’atimiz namunalarining qo’llanilishi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF INTRODUCING STUDENTS WITH CLASSICAL MUSIC WORKS AND PATTERNS

This article discusses the role of major examples of our national music in the development of musical literacy of students, the makam and educational value of folklore. The history and study of makam and musical folklore are applied. The scientific and musical heritage of medieval musicologists and the use of examples of our national music in the works of modern Uzbek composers are discussed.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHI-YOSHLARNI MUMTOZ MUSIQA ASARLARI VA XALQ OG’ZAKI IJODI NAMUNALARI BILAN TANISHTIRISHNING AHAMIYATI»

O'QUVCHI-YOSHLARNI MUMTOZ MUSIQA ASARLARI VA XALQ OG'ZAKI IJODI NAMUNALARI BILAN TANISHTIRISHNING AHAMIYATI

Shavkatjon Xadjiyevich Kamolov

Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi kafedrasi

o'qituvchisi s.x.kamolov@buxdu.uz

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'quvchi - yoshlarning musiqiy savodxonligini oshirishda milliy musiqa san'atimiz yirik namunalarining o'rni, maqom va xalq og'zaki ijodining ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyati keng yoritilgan. Maqom va musiqiy folklorning tarixi va o'rganilishi tadbiq etilgan. O'rta asr musiqashunoslarining ilmiy-musiqiy merosi va zamonaviy o'zbek kompozitorlarining ijodida milliy musiqa san'atimiz namunalarining qo'llanilishi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Buxoro Shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Farg'ona — Toshkent maqom yo'llari, doston, ertak, maqol, qo'shiq, topishmoq, mafkura, psixologiya, ustoz-shogird an'analari.

THE IMPORTANCE OF INTRODUCING STUDENTS WITH CLASSICAL

MUSIC WORKS AND PATTERNS

Shavkatjon Khadjiyevich Kamolov

Bukhara State University, Faculty of Art History Lecturer at the Department of Music

Education s.x.kamolov@buxdu.uz

ABSTRACT

This article discusses the role of major examples of our national music in the development of musical literacy of students, the makam and educational value of folklore. The history and study of makam and musical folklore are applied. The scientific and musical heritage of medieval musicologists and the use of examples of our national music in the works of modern Uzbek composers are discussed.

Keywords: Bukhara makam's, Khorezm makam's, Fergana - Tashkent makam ways, epics, fairy tales, proverbs, songs, riddles, ideology, psychology, teacher-student traditions.

KIRISH

Barcha o'quv fanlari qatori musiqiy ta'limda ham Davlat ta'lim standartlarining joriy etilishi darslarda milliy musiqa merosimiz tuzilishda mavjud bo'lgan kuy va qo'shiqlardan to'laqonli foydalanishni taqazo etadi. Chunki milliy merosimiz tizimidagi kuy va qo'shiqlar o'zining musiqiy g'oyasi, badiiy tuzilmasi va ta'sirchanlik vositasi bilan ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Jumladan, bunday xususiyatlar xalq kuy va qo'shiqlar xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlarida maqom, ashula, katta ashula, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatda o'z aksini topdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ma'lumki sobiq ittifoq davrida milliy musiqiy me'rosimizga, ayniqsa, maqomlarimizga yetarlicha e'tibor yo'q edi. Mustaqilligimizdan keyin esa ma'naviy qadriyatlarimizga e'tibor anchagina kuchaydi. Chunonchi, hozirgi kunda musiqa madaniyati darslarida tuzilishi va kuylanishiga ko'ra unga murakkab bo'lmagan xalq kuy va qo'shiqlari zamonaviy kompozitorlik ijodiy namunalari bilan birga o'rgatila boshlandi. Ayniqsa boshlang'ich sinfdan boshlab asta-sekin xalq musiqasi turlarining nisbatan murakkab tur va janrlari (epik qo'shiqlar, alla, lapar va turli marosim qo'shiqlari) o'rganila boshlandi. 6-7 sinflarda esa maqom yo'llarida yaratilgan asarlarni o'rganish o'z samarasini ko'rsatib kelmoqda.

Tajribalar shuni ko'rsatadiki, yangi avlodni tarbiyalashda va ularning axloqiy barkamol, ma'naviy sog'lom bo'lib yetishishlarida mumtoz ashulalarimizning tarbiyaviy ahamiyati nihoyatda katta. Bunda musiqa madaniyati darsi o'qituvchisining mahorati, bilim saviyasining o'tkirligi muhim o'rin egallaydi. Chunki o'qituvchi avvalambor musiqa asarini birorta cholg'u asbobida jozibali chalib o'quvchilarga eshittirishi kerak. Shundan so'ng esa uni yoqimli kuylab berishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Jumladan, darsning musiqa tinglash jarayonidagi badiiy va tarbiyaviy jihatlari tomonidan barcha talablarga mos va musiqa madaniyati darslari dasturida berilgan "Firuz-1" ashulasini tinglash borasida fikr yuritmoqchimiz. O'qituvchi bu mumtoz ashulani eshittirish uchun avvalo uning nomini e'lon qilib yaratilish tarixi, ijrochilari, ijro xususiyatlari tarbiyaviy ahamiyati haqida hikoya qilib beradi.

O'qituvchi "Firuz-1" qo'shig'i tarixi haqida gapirar ekan shunday deydi: Muhammad Rahimxon Feruz (1863-1910) yillarda Xiva xonligini 47 yil boshqargan adolatli xon bo'libgina qolmay, o'zbek milliy madaniyatini yuksak pog'onaga ko'targan ma'rifatparvar shaxsdir. U o'z davrida adabiyot va san'atni rivojlantirishda hissa qo'shgan buyuk shoir va xondir. U Ogahiy, Bayoniy, Komil Xorazmiy kabi shoirlarga ergashib g'azallar mashq eta boshlaydi. Uning noziktab

g'azallarini ko'rgan saroy shoiri Komil Xorazmiy xonga Feruz taxallusini taklif etadi.

Feruz - "baxtli", "to'leli", "g'olib" degan ma'nolarni anglatadi. Feruz o'z zamonasida ajabtovur musiqashunos va bastakor edi. U shoir va san'atkor Komil Xorazmiyning tashviqi bilan eng qadimiy "Shashmaqom" kuylarini to'liq o'rgandi va "Navo", "Segoh", "Dugoh" maqomlariga bog'lab kuy yaratadi. O'sha davrda Ogahiy g'azali Feruz musiqasiga "Feruz-1" ashulasini yaratilib saroy hofizlari ijrosida mahorat bilan kuylangan.

Hozirgi kunda maqomlar o'z salmog'i va mazmuni bilan ko'pgina musulmon Sharq xalqlari musiqa merosining asosiy kismini tashkil etadi. Ular shaklan va usluban rangbarang ohangdor kuy va ashula yo'llaridan iborat. Xususan, o'zbek mumtoz musiqasida Buxoro Shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Farg'ona — Toshkent maqom yo'llari, shuningdek, yovvoyi maqom, surnay, dutor maqom yo'llari yuzaga kelgan. Milliy musiqa merosining salmoqli qismini tashkil etgan maqom nomidagi cholg'u va aytim musiqa asarlari o'tmish bastakorlik ijodiyotining mumtoz mahsuli bo'lib, asrlar davomida og'zaki an'anada sayqal topib bizgacha yetib kelgan.

Xalq og'zaki ijodi - folklor termini inglizcha "folk" - xalq va "lore" - donolik so'zlaridan yasalgan bo'lib, xalq donishmandligi, donoligi ma'nolarini anglatadi. Qadimgi ilk kishilar yozuvni bilmagan zamonlarda o'z fikrlarini og'zaki bayon etganlar. Shundan ularning og'zaki badiiy ijodi paydo bo'lgan. U o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan so'z san'ati bo'lib, uning barcha namunalari jonli ijro jarayonidagina yashaydi. Shuning uchun so'z va kuy omuhtaligi ustun bo'lsa, ayrimlarida sahna san'ati harakatlari ustun turadi. Folklor barcha san'at turlari ko'rinishlarini o'ziga mujassamlashtirgan. Folklorning bir talay namunalari so'z va kuy uyg'unligida ijro etiladi. Doston va termalarni do'mbira jo'rligida kuylash an'anaviy bo'lsa, qo'shiqlar dutor va doira jo'rligida, chog'uchilar ansambli jo'rligida kuylangan. Boshqa bir folklor asarlarida so'z yetakchi o'rinni egallaydi. Ertak, afsona, rivoyat, lof, naql, latifa, topishmoq va maqol janrlari shunday xarakterga ega.

MUHOKAMA

Xususan, maqom ijrochilarining respublika tanlovlari 1983 yildan e'tiboran har 4 yilda muntazam o'tkazib kelinmoqda. Maqom masalalariga bag'ishlangan ko'plab ilmiy-ijodiy konferensiyalar ("Rajabiyxonlik", 1993, 1996, 1999), seminarlar, xalqaro musiqashunoslik simpoziumlari (Samarqand, 1978, 1983, 1987, 2001; Berlin 1988, Finlyandiya 1996, Istanbul 1999) o'tkazilmoqda. Maqomlarning ilmiy, nazariy hamda amaliy asoslari mamlakatning boshlang'ich, o'rta maxsus, oliy musika va san'at ta'limi muassasalarida o'qitilib, malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. 1987 yildan YUNESKO huzuridagi An'anaviy musiqa bo'yicha xalqaro uyushma (IFMC) qoshidagi "Maqam" ilmiy guruhi faoliyat ko'rsatmoqda.

Folklor urug', qabila, elat yoki xalqning milliy og'zaki badiiy ijodiyoti bo'lib, o'sha xalq yoki millatning mafkurasi va psixologiyasini aks ettiradi. Unda voqelikni ifodalashning doston, ertak, maqol, qo'shiq, topishmoq singari xilma-xil janrlari shakllangan. Xalq og'zaki badiiy ijodi asarlari uzoq muddatli ijodiy jarayonda, og'izdan-og'izga, avloddan avlodga, ustozdan shogirdga o'tib yuzaga keladi va yashaydi, ularning aniq bir muallifi noma'lumdir. Shuni aytish o'rinliki, folklor musiqa san'ati qadim zamonlarda jamoaning ommaviy ijodi sifatida yuzaga kelib, uning ilk namunalari jamoa ijrosiga mo'ljallangan. o'sha davrlarda yakka ijrochilar jamoa ijrochilaridan ajralib chiqmagan edi. Biroq davr o'tishi bilan, ijrochilik mahoratlari oshishi bilan jamoalar orasidan yakka ijrochilar ajralib chiqa boshladilar.

NATIJA

XX asr boshlaridan shu kunga qadar o'zbek bastakorlari va kompozitorlari maqomlardan unumli foydalanib kelmoqdalar. Maqom negizi va uslubida bastalangan Hoji Abdulaziz, Sodirxon hofiz, Y. Rajabiy, F. Sodiqov, K. Jabborov, S. Kalonov, O. Hotamov, F. Mamadaliyev va boshqalarning kuy va ashulalari, V.Uspenskiyning "Farhod va Shirin" musiqali dramasi, R. Glier va T. Sodiqovlarning "Layli va Majnun", M. Ashrafiyning "Dilorom" operalari, M. Burhonovning "Alisher Navoiyga qasida"si, M. Mahmudovning "Navo", M. Tojiyevning 3,9 va 11simfoniyalari, shuningdek, poema, syuita, oratoriya, kantata, xor kabi janrlarni ijodiy o'zlashtirishda o'zbek maqomi qonuniyatlari hamda o'ziga xos ifoda vositalari muhim omil bo'lib xizmat qildi. Ko'hna maqom san'ati o'zining barkamol badiiy-estetik ahami-yatini tiklab, zamonaviy musiqiy jarayonning ajralmas tarkibiy qismi sifatida o'zining beqiyos ijodiy, ijroviy va ilmiy salohiyatini namoyon etmoqda.

Folklor asarlari ham, barcha san'at namunalari kabi o'zlarining tuzilishi, badiiy xususiyatlari, qo'llanish o'rni va bajargan vazifalariga ko'ra muayyan janrlarga bo'linadi. Janr va janriy xilma-xillik tushunchalari hayotni badiiy tasvirlash shakllari sifatida juda uzoq davrlar mobaynida vujudga kelgan barqaror shakllar bo'lib, u juda sekinlik bilan o'zgarib boradi. Qadimgi grek faylasufi Aristotel, nemis faylasufi Gegel, rus demokrati Belinskiylar badiiy ijodning uch turi - epos, lirika va drama mavjudligini e'tirof etadilar. Janr deganda folklorshunslikda badiiy shakl tiplari-ertak, doston, maqol, loflar, qo'shiqlar tushuniladi.

O'zbek folklori janrlari ijodkorlar faoliyati bilan chambarchas bog'liq. Topishmoq, maqol singari janrlar ommaviy xarakterga ega bo'lsa, doston, og'zaki drama, ertak askiya ijrosi professional tayyorgarlikni taqozo etadi.

Shu sababli o'zbek folklorida xalq ijodkorlarining professionallashuvi nihoyatda rivojlangan baxshilar, ertakchilar, askiyabozlar, qiziqchilar, dorbozlar ijrochiligi

rivojlangan professional san'at hisoblanadi. O'zbek folklori janrlari ijro usullari, ya'ni yakka ijro, jamoaviy ijro, sozli va sozsiz ijroga ko'ra farqlanadilar.

Ertak afsona va rivoyat aytilsa "hikoya" qilinsa, doston ham kuylash, ham aytishga mo'ljallangan. Lapar kuylab va raqsga tushib ijro etilsa, og'zaki drama so'z va harakat omuxtaligi zamirida ko'rsatishga, namoyish qilishga mo'ljallanadi. Latifa va lof yakka ijroda kuylanadi. Qo'shiqning shunday turlari borki, yakka ijroda, qolganlari jamoa ijrosida kuylanadi. Askiya va og'zaki drama ham jamoa ijrosiga mo'ljallangan.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, musiqa madaniyati o'qituvchisi maqom yo'lida yaratilgan ashulalar va xalq og'zaki ijodi namunalarini musiqa tinglash jarayonida qo'llasa uning yaratilish tarixi, tarbiyaviy ahamiyati, ijro xususiyatlari haqida qisqacha ma'lumotlar berib asarni mahorat bilan ijro etib ko'rsatsa yoki yozuvda eshittirsa o'quvchilarning bunday qadimiy va serjilo mumtoz ashulalarimizga bo'lgan munosabatlari shakllanib, ularni tinglash va kuylashga istagi paydo bo'ladi.

REFERENCES

1. Sh. M. Mirziyoev, Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent "O'zbekiston" - 2017 y.

2. I. A. Akbarov, Musiqa lug'ati. Toshkent "G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti" - 1987 y.

3. F. M. Karamatov, O'zbek xalq musiqa merosi. Toshkent "G'afur G'ulom nomidagi nashriyoti" - 1978 y.

4. Yarashev, J. T. (2019). Research on Bukhara music heritage through axiologic features. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

5. Мухамедов, Т. Д. (2020). Способы направления студентов на информационные технологии. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).

6. Мухамедов, Т. Д. (2021). СПОСОБЫ И СРЕДСТВА РАЗВИТИЯ МУЗЫКАЛЬНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ УЧАЩИХСЯ НА УРОКАХ МУЗЫКИ. Проблемы науки, 43.

7. Жураев, Б. Т. (2016). Некоторые вопросы наставничества в педагогическом наследии Хусаина Воиза Кошифи. In Социально-культурная деятельность: векторы исследовательских и практических перспектив (pp. 103-105).

8. Жураев, Б. Т. (2019). Сомонийлар даврида педагогик фикрлар тараккиёти. Pedagogik mahorat (Ilmiy-nazariy va metodik jurnal), 67-70.

9. Ходжаев, Б. К., & Жураев, Б. Т. (2020). ШКОЛЬНЫЙ МУЗЕЙ КАК СРЕДСТВО НРАВСТВЕННО-ЭСТЕТИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ ШКОЛЬНИКОВ. Вестник

науки и образования, (10-4 (88)).

10. К, Ш. (2019). Ахлокий поклик рухий камолот асоси. "Жауон маданий цивилизацияси контекстида хожагон,нацшбандия тасаввуфий таълимотлари илмий-маънавий меросининг умумбашарий ауамияти", 1 бет.

11. К, Ш. (2019). Мусика таълими жараёнида мустакил ишларнинг самарадорлигини ошириш. "Бухоро шашмацоми: тарихий-назарий ва амалий масалалари ", 2 бет.

12. Камолов, Ш. (2018). Касб-хунар коллежларида муаммоли таълимдан фойдаланиш. Международный сборник научных статей по теме: "Перспективы развития психологии на современном этапе", 2 бет.

13. Нусратов, А. Н. (2019). ОСОБЕННОСТИ ВОСПИТАНИЯ И ШКОЛЫ В XVI-XVII вв. В БУХАРСКОМ ХАНСТВЕ. In Россия-Узбекистан. Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития (pp. 57-58).

14. Нусратов, А. Н. (2017). РАЗРАБОТКА ИНДИВИДУАЛЬНОГО СТИЛЯ УЧИТЕЛЯ СОВРЕМЕННОЙ ШКОЛЫ. Научные школы. Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч.-творч. форума. 31 окт.-3 нояб. 2017 г./Челяб. гос. ин-т культуры; сост. ЕВ Швачко.-Челябинск: ЧГИК, 2017.— 394 с. ISBN 978-5-94839-629-3.

15. Нусратов А. Н. XVI АСР БУХОРО ХОНЛИГИДА ИЖТИМОИЙ-СИЁСИЙ ДАЁТ ВА ПЕДАГОГИК ТАФАККУР ТАРАККИЁТИНИ ЁРИТИШДА" МУЗАККИРИ АДБОБ" АСАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ ИМКОНИЯТЛАРИ //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. Special Issue 2.

16. NUSRATOV A. N. POSSIBILITIES OF USING UBAYDI'S CREATION IN STUDYING THE CONTENT OF PEDAGOGICAL IDEAS //E-Conference Globe. -2021. - С. 33-38.

17. Nusratov A. N. The specific effect of the representatives of the shaybanid dynasty on the social-spiritual life and development of pedagogical ideas of the Bukhara Khanate of the 16th century //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 11. - С. 644-649.

18. Хасанов, Х. Р. (2020). Культура и искусство в эпоху Амира Темура и темуридов. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).

19. Ярашев, Ж. Т. (2021). МУЗЫКАЛЬНАЯ ТЕРАПИЯ. Scientific progress, 1(5).

20. Yarashev, J. Т. (2013). "Bukhorcha" and "Mavrigi" song classes-as a national and noetic spiritual values of the Uzbek nation. ТРАДИЦИОННАЯ И СОВРЕМЕННАЯ КУЛЬТУРА: ИСТОРИЯ, АКТУАЛЬНОЕ ПОЛОЖЕНИЕ, ПЕРСПЕКТИВЫ, 114.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.