Научная статья на тему 'ZAMONAVIY YASSI IGNADOGLI TRIKOTAJ TO‘QUV MASHINASIDA YANGI TUZILISHDAGI NAQSHLI DONALI TRIKOTAJ TO‘QIMALARIDAN RESURSTEJAMKOR MAXSULOTLAR ISHLAB CHIQARISHNI DASTURIY TAMINOTINI YARATISH'

ZAMONAVIY YASSI IGNADOGLI TRIKOTAJ TO‘QUV MASHINASIDA YANGI TUZILISHDAGI NAQSHLI DONALI TRIKOTAJ TO‘QIMALARIDAN RESURSTEJAMKOR MAXSULOTLAR ISHLAB CHIQARISHNI DASTURIY TAMINOTINI YARATISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yarim muntazam / muntazam / variant / donali trikotaj / resurstejamkor / aso s t o‘ qima / ustki / xomashyo / mahsulotlar / lastik / yelement. / Полурегулярный / обычный / вариант / зернистый трикотай / ресурсосберегающий / базовая ткань / вершина / сырье / продукты / шина / элемент.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы —

Trikotaj toʻqimalari assortimentlarini kengaytirish, iste'mol talabini qondirish va xomashyosarfini kamaytirish maqsadida yassi ikki ignadonli mashinaning texnologik imkoniyatlaridan toʻla foydalangan holda, engillashtirilgan usulda olingan trikotaj toʻqimalaridan yarim muntazam va muntazam usulda donali kiyim boʻlaklarini ishlab chiqish taklif etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Creation of software support for the production of resource-effective products from patterned knitted fabrics of a new structure on a modern flat needle knitting machine

С целью расширения ассортимента трикотажных полотен, удовлетворения спроса потребителей и снижения расхода сырья предложено вырабатывать изделия зернистой одежды полурегулярным и регулярным способом из трикотажных полотен, полученных облегченным способом, используя в полной мере технологические возможности плосковязальной двухигольной машины.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY YASSI IGNADOGLI TRIKOTAJ TO‘QUV MASHINASIDA YANGI TUZILISHDAGI NAQSHLI DONALI TRIKOTAJ TO‘QIMALARIDAN RESURSTEJAMKOR MAXSULOTLAR ISHLAB CHIQARISHNI DASTURIY TAMINOTINI YARATISH»

TEXNOLOGIYA

UDK677.025

ZAMONAVIY YASSI IGNADOGLI TRIKOTAJ TO'QUV MASHINASIDA YANGI TUZILISHDAGI NAQSHLI DONALI TRIKOTAJ TO'QIMALARIDAN RESURSTEJAMKOR MAXSULOTLAR ISHLAB CHIQARISHNI DASTURIY

TAMINOTINI YARATISH

Xojimatova Durdona Adxamjon qizi Namangan to'qimachilik sanoati instituti, assistenti, dhoj imatova@mail. ru

Annotatsiya. Trikotaj to'qimalari assortimentlarini kengaytirish, iste'mol talabini qondirish va xomashyosarfini kamaytirish maqsadida yassi ikki ignadonli mashinaning texnologik imkoniyatlaridan to'la foydalangan holda, engillashtirilgan usulda olingan trikotaj to'qimalaridan yarim muntazam va muntazam usulda donali kiyim bo'laklarini ishlab chiqish taklif etildi.

Аннотация. С целью расширения ассортимента трикотажных полотен, удовлетворения спроса потребителей и снижения расхода сырья предложено вырабатывать изделия зернистой одежды полурегулярным и регулярным способом из трикотажных полотен, полученных облегченным способом, используя в полной мере технологические возможности плосковязальной двухигольной машины.

Annotation. In order to expand the assortment of knitted tissues, meet consumer demand and reduce raw materials, it was proposed to develop pieces of granular clothing in a semi-regular and regular way from knitted tissues obtained in a lightened way, taking full advantage of the technological capabilities of a flat two-needle machine.

Kalit so'zlar. Yarim muntazam, muntazam, variant, donali trikotaj, resurstejamkor, asos to'qima, ustki, xomashyo, mahsulotlar, lastik, yelement.

Ключевые слова. Полурегулярный, обычный, вариант, зернистый трикотай, ресурсосберегающий, базовая ткань, вершина, сырье, продукты, шина, элемент.

Keywords. Semi-regular, regular, variant, granular knitwear, resource-saving, base fabric, upper, raw materials, products, tire, element.

KIRISH. PAN tolasi asosida olingan trikotaj to'qima paketidan tayyorlangan ayollar ustki kiyimini tekshirish korxona sharoitida amalga oshirildi.

Tajribada ko'riladigan yangi tuzilishdagi trikotaj to'qimasidan bichish va yarim muntazam usulda donali tayyorlangan ayollar ustki kiyimi zamonaviy kom'pyuter texnologiyalariga asoslangan NamMTI sinov laboratoriyasida mavjud trikotaj-to'quv mashinalarida va resurstejamkor texnologiya asosida ishlab chiqildi.

Ushbu tajriba sinov partiyasini korxona sharoitida ishlab chiqarishni takomillashtirish, bir xil sharoitda amaldagi texnologiya va taklif etilayotgan yangi texnoliya bo'yicha xomashyo sarfi kam, trikotaj buyumlari paketidan tayyorlangan ayollar ustki kiyimlarining gigienik, estetik va ekspluatatsion talablarini tadqiq qilishdan iborat. Tayyor mahsulotlarni foydalanish sinoviga berishdan avval ularning namunadagiga mosligi va tayyorlanish sifati vizual baholanadi.

ASOSIY QISM. Trikotaj buyumlar tayyorlash texnologiyasi usullari bo'yicha bichilgan, yarim muntazam va muntazam turlarga bo'linadi. Yarim muntazam va muntazam kiyimlar alohida maxsus xususiyatga ega bo'lib, ularning ostki detallariga ishlov berish talab etilmaydi. Muntazam va yarim muntazam buyumlar bichilgan buyumlarga nisbatan muhim ustunlikka ega: ular tejamkor bo'lib buyumga texnologik ishlov berish jarayonini ancha qisqartirishga olib keladi. Muntazam to'qish usuli bilan cho'ntak, yoqa, klapan, belbog' kabi detallar olinadi.

Trikotaj buyumlarini loyihalash bosqichlarida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, mahsulotlar dizayni, donali trikotaj ishlab chiqarish dasturini takomillashtirish,

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

loyihalangan eskizlardan eng optimal variantlarini tanlash talab etiladi.

Muntazam usulda kiyim tayyorlash uchun "HqPDS" dasturidan foydalanib, 164-88-92 o'lchamli tipovoy qomatga standart andoza tayyorlandi.

1-rasm. "HqPDS" dasturi jemfer bo'laklarini qurish

-te [ol ✓ 1

S \ -N. • 1

□ m o

m o • 3:1

O ♦ O

s- g m M

/Té

m il ~l

s :: « fl

üi> J£>

X Lfr 3- rl

«'o »'o

3« ÏTb m d

s m m. R;l

<21 w Ul

■s *

11 ©

2-rasm. "HqPDS" dasturi jemfer yeng chizmasini qurish

Yangi tuzilishdagi trikotaj to'qimalar olish hisobiga tayyorlangan kiyim paketi, kichik va o'rta yoshdagi ayollar uchun mo'ljallangan. Kiyim bo'laklari muntazam usulda olingan, kiyim keng siluetli bo'lib, uzunligi bo'ksagacha, o'tkazma yengli, ketlofka bilan biriktirilgan. Kiyim old va ort bo'lak, yeng va yoqadan tashkil topgan.

Aralash trikotaj to'qimalar va ularni olish texnologiyasi

Trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishda resurstejamkor texnologiyalardan foydalanish yo'nalishi 4 ta guruhga bo'linib, ular tukli trikotaj to'qimalaridan, ikki qatlamli trikotaj to'qimalaridan, turli rapportdagi interlok to'qimalaridan, aralash trikotaj to'qimalaridan foydalanish hisobiga xomashyo sarfini kamaytirishdan iboratdir. Ma'lumki, trikotaj tuzilishi elementlari turli shaklda: halqa, tashlama, protyajkalar ko'rinishida bo'lishi mumkin. Halqa tuzilishi elementlarini ma'lum ketma-ketlikda bog'lanishi natijasida trikotaj shakllanadi, bog'lanish tipi esa, ya'ni ushbu elementlarning o'zaro bog'liqligi trikotaj to'qimasida tavsiflanadi. Trikotajni olish uchun foydalaniladigan ip bilan bir qatorda to'qima tuzilishi xam uning muhim ahamiyatga ega bo'lgan tavsifi hisoblanadi va u cho'ziluvchanlik, yechilib ketish, yuza zichligi, qalinlik, shakl saqlash kabi trikotajning xususiyalarini aniqlaydi.

Trikotaj ko'pgina turli-tuman to'qimalar bilan tavsiflanadi. Turli xil to'qimalardan foydalangan holda, turli xususiyatga ega bo'lgan, naqshli yoki turli tuzilishga ega bo'lgan trikotaj olish mumkin.

Aralash trikotaj to'qimalarining tasniflarini bir qancha olimlar tomonidan taqdim etilgan, professorlar L.A. Kudryavin, I.I. SHalov, A.I. Koblyakov, Gusevalar taklif etgan to'qimalar

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

xozirgi kunga qadar asos to'qimalar qilib foydalanilmoqda.

Yuqorida tabkidlab o'tilgan va ilmiy tadqiqot olib borayotgan bir nechta olimlar tomonidan taqdim etilgan tasniflarni ko'rishimiz mumkin:

-trikotaj tuzilishidagi elementlari tasnifi va ularning shartli belgilari taqdim etilgan. Barcha bo'g'in elementlari sinflarga, kichik sinflarga, guruhlarga, kichik guruhlarga, qatorlarga va turlarga bo'lingan hamda raqamli shartlar ko'rinishida yozishni taklif etgan.

-aralash trikotaj to'qima olish usuli bo'yicha aralash to'qimalarni oddiy, hosilali-aralash, naqshli va murakkab aralash to'qimalarga bo'lib, ko'ndalang va bo'ylamasiga to'qilgan trikotaj to'qimalari tasnifini taqdim etdi. Keyinchalik mazkur nazariya ishda yanada rivojlantirildi, ishlarda esa aralash to'qimalarning alohida kichik sinflari yaratildi.

-aralash to'qimalarga bir nechta sinfga taalluqli to'qimalar majmuidan tarkib topgan, lekin umumiy tasnifda ko'rsatilgan bosh, hosilali yoki naqshli to'qima sinflaridan birortasiga kiritilmagan to'qimalar kirishi mumkinligini ta'kidlab o'tildi.

Yassi ignadonli mashinada turli harakatlanish traektoriyasi uchun ikkala ignadon ignalarini guruhlarga ajratish va ignalar guruhi soni bo'yicha ip yuritgich yordamida iplarni xar bir guruh ignalariga qo'yish usuli, trikotaj to'qimasini olishning texnik yechimi nuqtai nazaridan eng maqbul usul hisoblanadi. Bunda karetkaning bir marta yurishida qarama-qarshi tomondagi ignadon ignalari orqasidan o'tkazilib, muvofiq ravishda ignadon ignalariga ip yuritgich orqali qo'yilgan iplar trikotajning halqa qatorlari shakllantiradi [1-2].

Xomashyo sarfini kamaytirish va trikotaj to'qimalari assortimentini kengaytirish, shakl saqlash xususiyatini yaxshilash, shuningdek LONG-XING LXA-252 rusumli (Xitoy) yassi ignadonli mashinaning texnologik imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida aralash trikotaj to'qima tuzilishining 2 ta varianti va uni to'qish usuli ishlab chiqildi. Aralash trikotaj to'qimasining ishlab chiqilgan variantlari bir-biridan tuzilishi, naqsh rapporti va bir qator texnologik va fizik-mexanik ko'rsatkichlari bo'yicha farq qiladi [3-4].

Asos to'qima sifatida lastik trikotaj to'qimasi ishlab chiqarildi. Oddiy aralash trikotaj to'qimalariga shunday to'qimalar kiradiki, bunda kichik sinfga taaluqli bo'lgan bir necha bosh, hosilali yoki naqshli to'qima elementlari, bosh, yoki hosilali to'qima sinfi bilan rapportda ketma-ket o'zaro o'rin almashib to'qiladi. Kichik sinf to'qimalari ketma-ket o'zaro o'rin almashib to'qiladi, lekin xar bir halqalar qatorida to'qimaning kichik sinfi bir xil bo'ladi.

Xomashyo sifatida chiziqli zichligi 35 teks x 2 poliakrilnitril ipidan foydalanilgan. Taklif etilayotgan aralash trikotaj to'qimasining grafik yozuvlari 3-rasmda keltirilgan.

a)

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

v)

2-rasm. Aralash trikotaj to'qimalarining tuzilishi va grafik yozuvi

Trikotaj to'qimasining I-variantida igna oralab lastik trikotaj to'qimasi to'qilgan. To'qimani hosil qilishda ikkala ignadon ignalari bir xil rapportda ishtirok etadi. To'qimani birinchi qatorini hosil qilish uchun orqa ignadonning 1-ignasida va old ignadonning 2-ignasida halqa hosil qilinmoqda. To'qish jarayoni shu tarzda bir xil rapportda davom ettirilgan. Yabni orqa ignadonning 3, 5, 7 ignalarida, old ignadonning 4, 6, 8 ignalarida halqa hosil qilinmoqda. 2-qatorni hosil qilishda 1-qatorda halqa hosil qilish jarayonida ishtirok etgan ignadon ignalari ishtirok etmaydi, old ignadonning 1, 3, 5, 7 ignalari, orqa ignadonning 2, 4, 6, 8 ignalarida halqa hosil qilinmoqda. Bu to'qish usuli orqali halqa qatorlarini bir-birini to'ldirib, trikotaj to'qimasini ikkala tomonida xam halqa qatorlari to'liq joylashganligini kuzatishimiz mumkin. Ushbu to'qima xozirgi kunda trikotaj korxonalarida katta xajmda ishlab chiqarilayotganligi sababli asos to'qima sifatida qabul qilindi. (2.a-rasm)

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

Trikotaj to'qimasini old va orqa tomonlaridagi ignalarning bir xil xarakatini o'zgartirish orqali uning sifat ko'rsatkichlarini yaxshilash va xomashyo sarfini kamaytirish maqsadida I-variant to'qimasi asosida ishlab chiqarilgan aralash trikotajning II-variantida old ignadon ignalarida asos to'qimasida to'qilgani kabi to'qilmoqda. Tuzilish o'zgarishi asosan orqa ignadon ignalarida amalga oshirilmoqda. 1-qatorda orqa ignadon 4, 6, 7 ignalarida, 2-qatorning 1, 2 ,3, 5, 8 ignalarida halqa hosil qilinmoqda. 3-qatorda igna oralatib old ignadonda glad trikotaj to'qimasi to'qilgan. 4-qatorda esa qatordagi glad trikotaj to'qimasini hosil qilgan old ignadonining juft ignalaridan tashqari ikkala ignadonning barcha ignalari to'qish jarayonida ishlamoqda va lastik 2+1 to'qimasi hosil qilinmoqda. Trikotaj to'qimasidagi protyajkalarni uzunligini o'zgartirish yani kichiklashtirish yoki kattalashtirish orqali shakl saqlash xususiyati yaxshilandi va xomashyo sarfi kamaydi. (2.b-rasm)

Aralash trikotaj to'qimasining III-variantida glad va lastik trikotaj o'rilishlaridan hosil qilindi. To'qimaning 1 qatorini hosil qilishda old ignadonda igna oralab, orqa ignadonda esa 2, 3, 4 ignalarda halqa hosil qilinib 5, 6, 7 ignalar halqa hosil qilmaydi. Old ignadon ignalarida esa xuddi 1-variant singari igna oralab 2, 4, 6, 8 ignalarda to'qildi. Yabni ignadon bo'yicha rapportni xisoblaydigan bo'lsak old ignadonda 2 ga, orqa ignadonda 6 ga teng bo'lmoqda. 2- qatorda orqa ignadonning 1, 5, 6, 7 ignalarida, old ignadon ignalarining 1, 3, 5, 7 larida to'qildi. Ikkita qatordagi ignalarining ishlash jarayoninii tahlili qiladigan bo'lsak, barcha ignalar 1 tadan halqa hosil qilish jarayonida ishtirok etadi. Qatorlarning halqa protyajkalari kesishishi natijasida ikkala qator halqalari parallel xolatga keladi, natijada old va orqa qatorlarda to'liq halqalar hosil qiladi. 3 va 4 qatorda xam xuddi shu tariqa davom ettiriladi, qatorlar bo'yicha rapport 2 ga teng bo'ldi. (2.v-rasm)

Aralash trikotaj to'qimasining barcha namunalari bir xil texnologik sharoitda olindi [5].Texnologik parametrlarini to'qima tuzilishi hisobiga yaxshilashga qaratilganligi sababli, xomashyo takibi va xususiyatlari bir xil xususiyatli iplardan ishlab chiqarildi. I variant bo'lgan lastik immitatsiyasi trikotaj to'qimasi ishlab chiqarish korxonalarida keng qo'llanilgani va bosh to'qimalardan biri bo'lgani sababli asos to'qima sifatida olindi.

Xulosa

1. Aralash trikotajni ishlab chiqarishda xomashyo sarfini kamaytirish, trikotaj yuzasidagi protyajkalar sonini kamaytirish; asos to'qima tuzilishini o'zgartirish; aralash trikotaj to'qimalaridan donali trikotaj olish va chiziqli zichligi yuqori bo'lgan iplardan foydalanish hisobiga erishish mumkinligi aniqlandi.

2. Yassi ignadonli LONG XING LXA-252 (Xitoy) rusumidagi to'quv mashinasida poliakrilnitril ipidan glad, lastik trikotaj to'qimalaridan foydalanib yangi tuzilishdagi aralash trikotaj to'qimalari to'qib olindi.

3. To'qib olingan trikotaj namunalarining texnologik ko'rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlari aniqlandi va tahlil qilindi.

ADABIYOTLAR

1. Sheraliyeva R., O'ralov L. Study of technological indicators of two-layer knitted fabrics obtained on long Xing LXA 252 knitting machine //Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology. - 2024. - T. 9. - №. 2. - S. 37-41.

2. Sayibnazar O. L. STUDY OF PHYSICAL-MECHANICAL INDICATORS OF DOUBLE-LAYER KNITTED FABRICS FOR OUTERWEAR //International Journal of Engineering Mathematics (Online). - 2024. - T. 6. - №. 2.

3. Uralov L. et al. Study of technological performance of two-layer knitted fabrics //American Institute of Physics Conference Series. - 2023. - T. 2789. - №. 1. - S. 040127.

4. O'ralov L., Xoliqov Q. YANGI TUZILISHDAGI IKKI QATLAMLI G'OVAKLI NAQSHLI TRIKOTAJ TO'QIMALARINING SIFAT KO'RSATGICHLARINI MATEMATIK

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

MODEL ASOSIDA NAZARIY TADQIQ ETISH //Evraziyskiy jurnal akademicheskix issledovaniy. - 2023. - T. 3. - №. 11. - S. 124-127.

5. Madaminovich K. K., Samadovich E. J., Mamadalievich K. B. Oralov son of Lazizbek Sayibnazar"THEORETICAL STUDY OF THE QUALITY INDICATORS OF TWO-LAYER KNITTED FABRICS OF A NEW STRUCTURE BASED ON A MATHEMATICAL MODEL" //American Journal of Technology and Applied Sciences. ISSN (E). - S. 2832-1766.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.