Научная статья на тему 'ARALASH TRIKOTAJ TO‘QIMALARINING FIZIK-MEXANIK XUSUSIYATLARI'

ARALASH TRIKOTAJ TO‘QIMALARINING FIZIK-MEXANIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
6
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fizik-mexanik / chidamlilik / ctandart / havo o‘tkazuvchanlik / mato / uzilish kuchi / namuna / bo‘yiga / eniga / havo o‘tkazuvchanlik. / физико-механический / прочность / стандарт / воздухопроницаемость / ткань / предел прочности / рисунок / длина / ширина / воздухопроницаемость.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Mirxojaev Mirjamol Mirkarimovich, Ergasheva Shaxzoda Xamidullaevna, Olimjonov Dilshodbek Xasanboy O‘g‘li

Ushbu maqolada aralash trikotaj to‘qimalarining fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash maqsadida uchta variant trikotaj to‘qimalar to‘qib olindi, ularning xususiyatlarini aniqlandi va eng yaxshi namuna ishlab chiqarishga tavsiya yetildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Physical-mechanical properties of mixed knitted fabrics

В этой статье физик-механик изучает варианты вязания крючком, изучает точные характеристики и дает рекомендации по вязанию крючком.

Текст научной работы на тему «ARALASH TRIKOTAJ TO‘QIMALARINING FIZIK-MEXANIK XUSUSIYATLARI»

MEXANIKA

UDK 677.025

ARALASH TRIKOTAJ TO'QIMALARINING FIZIK-MEXANIK XUSUSIYATLARI

Mirxojaev Mirjamol Mirkarimovich Namangan to'qimachilik sanoati instituti, t.f.f.d (Phd), dotsent, [email protected]

Ergasheva Shaxzoda Xamidullaevna Namangan to'qimachilik sanoati instituti, tayanch doktorant, https://shahzodaxamidullayevna.gmail.com

Olimjonov Dilshodbek Xasanboy o'g'li Namangan to'qimachilik sanoati instituti, tayanch doktorant, Manager. 1 [email protected]

Annotatsiya. Ushbu maqolada aralash trikotaj to'qimalarining fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash maqsadida uchta variant trikotaj to'qimalar to'qib olindi, ularning xususiyatlarini aniqlandi va eng yaxshi namuna ishlab chiqarishga tavsiya yetildi.

Аннотация. В этой статье физик-механик изучает варианты вязания крючком, изучает точные характеристики и дает рекомендации по вязанию крючком.

Annotation. In this article, a mechanical physicist examines crochet options, examines the exact characteristics, and gives recommendations on crochet.

Kalit so'zlar: fizik-mexanik, chidamlilik, ctandart, havo o'tkazuvchanlik, mato, uzilish kuchi, namuna, bo'yiga, eniga, havo o'tkazuvchanlik.

Ключевые слова: физико-механический, прочность, стандарт, воздухопроницаемость, ткань, предел прочности, рисунок, длина, ширина, воздухопроницаемость.

Keywords: physical-mechanical, durability, standard, air permeability, fabric, tensile strength, sample, length, width, air permeability.

KIRISH. Trikotaj to'qimalarining fizik-mexanik xususiyatlarini tavsiflovchi ko'rsatkichlar orasidan quyidagi ko'rsatkichlar: mustahkamlik va uzilishdagi uzayish, uzilish kuchidan kam bo'lgan kuchlanish ta'sirida cho'zilishi, bir martalik va takror cho'zilishga chidamlilik, g'ijimlanish va yemirilishga chidamlilik, issiq sharoitda ishlov berilganda kirishishi kabilar qabul qilingan.

Aralash trikotaj to'qimalar tarkibidagi poliakrilnitril ipini to'qimaning fizik-mexanik xususiyatlariga ta'sirini o'rganish maqsadida glad asosida olingan aralash trikotaj to'qima namunalarining 3 ta variant namunalarini fizik-mexanik xususiyatlari Namangan muxandislik texnologiya instituti sinov laboratoriyasida o'rnatilgan zamonaviy uskunalarda eksperimental usulda aniqlandi va olingan natijalar jadvalda keltirildi [1-2-3].

ASOSIY QISM. Havo o'tkazuvchanlik deganda materiallarning o'zidan havo o'tkazishi tushiniladi. Havo o'tkazuvchanlik materialning ikkala tomoni bo'yicha berilgan bosim farqida 1 sekund ichida 1 sm2 matodan o'tayotgan havo miqdorini ko'rsatuvchi koeffitsient bilan tavsiflanadi.

To'qib olingan aralash trikotaj to'qimalarning havo o'tkazuvchanlik xususiyati YG461E modelli uskunada GB/5453 (ISO 9237) standarti asosida sinovdan o'tkazildi [4-5-6]. Standard bo'yicha tayyor kiyim -kechak matolari uchun bosim - 100 Pa, diapazon o'lchami - 0 8.0 mm bo'lgan normal sharoitda sinovdan o'tkazildi.

Havo o'tkazuvchanlik koeffitsienti V (sm3/sm2-sek) quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi.

V - berilgan bosim farqida mato orasidan o'tatyotgan havo miqdori AR, sm3; S - mato maydoni,

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

MEXANIKA

sm2; T - mato orasidan o'tayotgan havoni o'tish vaqti, sek.

Aralash trikotaj to'qimalarini fizik-mexanik ko'rsatkichlari

1-jadval

Ko'rsatkichlar Variantlar Standartlar

I II III

Ipning turi va chiziqli zichligi Poliakrilnitril 35teks x2

Havo o'tkazuvchanlik V(sm3/sm2-sek) 43,5 40,4 41,8 GOST 12088-77 30-100

Uzilish kuchi R (N) bo'yiga 544 543 425 Kamida 80 N GOST 28554

eniga 233 181 169

Uzulishgacha cho'zilish L (%) bo'yiga 56,8 29,15 39,8 0 dan 100 % gacha GOST 28554 I va II

eniga 63,7 49,4 27,6

Qaytmas deformatsiya Sn (%) bo'yiga 13,7 12,5 9,9 gost 28882-90 20% gacha

eniga 17,8 16,8 14,9

Qaytar deformatsiya So (%) bo'yiga 86,3 87,5 90,1 GOST 28882-90 80 % dan yuqori

eniga 82,8 83,2 85,1

Matoni kirishishi K (%) bo'yiga 2 3 4 GOST 26667-85 Ko'pi b-n 5-8%

eniga 5 6 5 Ko'pi b-n 8-10%

Ishqalanishga chidamligi I (ming.aylana) 38,3 41,1 37,8 GOST 16486-93 30-60

To'qib olingan aralash trikotaj to'qimalarini havo o'tkazuvchanlik xususiyatlari 40,4 sm3/sm2sek dan 41,8 sm3/sm2sek gacha o'zgaradi.

II; 40.4

I; 43.5

\

_\

1-rasm. Aralash trikotaj to'qimalarini havo o'tkazuvchanlik gistogrammasi

Eng kam havo o'tkazuvchanlik trikotaj to'qimalarining II variantida kuzatildi va uning miqdori 40,4 sm3/sm2-sek ni tashkil etdi. Bu ko'rsatkich I variant to'qimasiga nisbatan 3,1 sm3/sm2-sek ga kam. Eng yuqori havo o'tkazuvchanlik trikotaj to'qima namunalarining I variantida kuzatildi va uning miqdori 43,5 sm3/sm2-sek ni tashkil etdi (1-rasm).

Uzilish kuchi tavsifi trikotaj matolari sifatini baholash uchun qabul qilinadigan aosiy ko'rsatkich hisoblanadi. Trikotaj matolari uchun qo'llaniladigan barcha GOST va TSH larga uzilishdagi uzayish va uzilish kuchi bo'yicha me'yoriy ko'rsatkichlar kiritilgan. Uzilish kuchi

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

/

MEXANIKA

deganda ma'lum o'lcham va tezlikda namunalarni cho'zilishida uni uzish uchun sarf qilinadigan kuch tushuniladi. Uzish kuchi nbyuton birligida ifodalanadi. Taqdim etilgan namunalarning uzilish kuchi standart uslub bo'yicha "YG-026T"-rusumli dinomometr yordamida aniqlandi.

To'qimalarni pishiqligi, ya'ni uzilish kuchini tahlili shuni ko'rsatadiki, bo'yi bo'yicha eng pishiq to'qima I variant, uning ko'rsatkichi 544 N ga teng bo'lib, III variantga nisbatan 28% ga pishiqligi yuqori ekanligi ma'lum bo'ldi (1-jadval). Buning sababi, to'qima tuzilishlarini o'zgarib borishi xisobiga trikotaj to'qimalarning I variantga nisbatan II va III variantlarda halqa qadami o'zgarib borgan. To'qimani eni bo'yicha pishiqligi ham I variantda kuzatildi, bu to'qimani eni bo'yicha uzilish kuchi 233 N ni tashkil etdi [7-8-9].

Trikotaj to'qimasining II variantini bo'yi bo'yicha cho'zilishi eng kam miqdorda bo'lib, u 29,1 % ni tashkil etdi. Trikotaj to'qimalarining eni bo'yicha cho'zilishi 49,4 % dan 99,55 % gacha o'zgardi. Eng ko'p eni bo'yicha cho'ziluvchanlik trikotajning III variantida kuzatildi va u 99,55 % ni tashkil etdi. Eng kam eni bo'yicha cho'ziluvchanlik esa trikotaj to'qimasining II variantida kuzatildi va u 49,4 % ni tashkil etdi. Trikotaj to'qimasi II variantini eni bo'yicha cho'zilishi III variantga nisbatan 26,9 % ga kam. Xulosa qilib aytish mumkinki, trikotajning bo'yi va eni bo'yicha cho'zilish miqdori trikotaj to'qima tuzilishiga va uning tarkibidagi iplar turiga bog'liq bo'ladi.

Mahsulotlarni loyihalashda trikotaj matolari qanday qayishqoqlik xususiyatlarga ega bo' lishini bilish muhim.

To'liq deformatsiya s quyidagi qismlardan iborat bo'ladi: qayishqoq qismi Sq tajribadan o'tkazilayotgan namunalardan yuklar olib tashlangandan so'ng, yuqori tezlikda qaytadi; elastik deformatsiya Se kichik tezlikda rivojlanadi, relaksatsiya jarayoni o'tishi bilan bog'liq; plastik deformatsiya Sp, namunalardan yuklar olib tashlangandan so'ng qaytmaydi.

S = SK +£3 +£n,% (2)

Deformatsiyalanish xususiyati model YG026A-III rusumli uskunada aniqlandi. Namunalar 30x5 sm uzunlikda tayyorlanib, 30 daqiqa davomida 454 g x 3 (13 N) kuch ta'sir ettirilib tadqiqot olib borildi.

Olingan natijalarga ko'ra naqshli trikotaj to'qima namunalarida bo'ylamasiga qaytar deformatsiya ulushi 86,3 % dan 90,1 % chegarada o'zgaradi, eni bo'yicha qaytar deformatsiya ulushi esa 82,8 % dan 85,2 % gacha o'zgaradi (2-rasm). Qaytar deformatsiya ulushining bunday ko'rsatkichlari naqshli trikotaj to'qimalari cho'zilgandan so'ng, dastlabki holatiga tez qaytishi haqida dalolat beradi.

Trikotaj matolariga namlab ishlov berish jarayonida (yuvish, ivitish) o'lchamlarining kamayishi-kirishish, ortishi esa tortilish deb ataladi.

Trikotaj matolari to'quvchilik gazlamalariga nisbatan sezilarli darajada yuqori cho'ziluvchan bo'lib, xatto kichik kuchlanishlar ta'sirida ham, yuqori siljuvchan tuzilishga ega. Trikotaj matolarini pardozlash uchun mo'ljallangan mashinalarning ishlash printsipi to'quvchilik gazlamalarini pardozlash uchun mo'ljallangan mashinalardan deyarli farq qilmaydi. Belgilab qo'yilganki, yuqori darajada kirishishning asosiy sabablaridan biri trikotaj matolarining pardozlash operatsiyalarida haddan ziyod deformatsiyalanishi hisoblanadi [10-11].

Trikotaj matolariga ishlov berilganda trikotaj qancha kam kirishsa, uning shakl saqlash xususiyatlari shuncha yuqori bo'ladi. Aralash trikotaj to'qimalari tarkibidagi poliakrilnitril va poliestr iplarining miqdorini, kirishuvchanlik xususiyatiga ta'sirini o'rganish maqsadida tadqiqotlar olib borildi. Aralash trikotaj to'qima namunalarining kirishish jarayoni tadqiqoti natijalaridan ma'lum bo'ldiki, bunda bo'yiga kirishish 2 % dan 4 % gacha, eniga esa 5 % dan 6 % gacha o'zgardi (1-jadval).

Trikotaj mahsulotlaridan foydalanish jarayonida matolar atrofidagi jismlar bilan tutashganda yemirilishga uchraydi va natijada mahsulotning ayrim qismlari kiyishga yaroqsiz

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

MEXANIKA

holatga keladi.

2-rasm. Trikotaj to'qimalarini qaytar va qaytmas deformatsiya gistogrammasi

Olingan aralash trikotaj to'qimalarini ishqalanishga chidamliligi yuqori bo'lgan variantlar bu II variantdir. II variantni ishqalanishga chidamliligi 41,1 ming.ayl. ni tashkil etsa, I variantning ishqalanishga chidamligi 38,3 ming.ayl. ni tashkil etib, III variantni ishqalanishga chidamliligi II variantni ishqalanishga chidamliligiga qaraganda 3,3 ming.ayl. kam ekanligi ma'lum bo'ldi (3-rasm).

3-rasm. Trikotaj to'qimalarini ishqalanishga chidamliligi o'zgarish gistogrammasi

Yuqorida keltirilgan aralash trikotaj to'qimalarini fizik-mexanik xususiyatlarini tahlilidan ma'lum bo'ldiki, trikotaj to'qima tuzilishlarini o'zgarishi, trikotaj to'qimasini havo o'tkazuvchanlik xususiyatlariga, pishiqligiga, cho'ziluvchanlik va ishqalanishga chidamlilik xususiyatlariga ijobiy ta'sir etadi.

Trikotaj to'qimalarini poliakrilnitril iplaridan to'qib olinishda to'qima tuzilishlarini o'zgarishi, gigienik va shakl saqlash xususiyatlari yuqori, pishiqligi va tashqi ko'rinishi chiroyli bo'lgan trikotaj mahsulotlarini olish imkonini beradi.

Xulosa

1. Aralash trikotajni ishlab chiqarishda xomashyo sarfini kamaytirish, trikotaj yuzasidagi protyajkalar sonini kamaytirish; asos to'qima tuzilishini o'zgartirish; aralash trikotaj to'qimalaridan donali trikotaj olish va chiziqli zichligi yuqori bo'lgan iplardan foydalanish hisobiga erishish mumkinligi aniqlandi.

2. Yassi ignadonli LONG XING LXA-252 (Xitoy) rusumidagi to'quv mashinasida

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

MEXANIKA

poliakrilnitril ipidan glad, lastik trikotaj to'qimalaridan foydalanib yangi tuzilishdagi aralash trikotaj to'qimalari to'qib olindi.

3. To'qib olingan trikotaj namunalarining texnologik ko'rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlari aniqlandi va tahlil qilindi.

4. Ishlab chiqarishda keng foydalanilayotgan glad, lastik trikotaj to'qimalaridan foydalanib olingan aralash trikotaj yangi tuzilishlarini ishlab chiqish orqali shakl saqlash va gigienik xususiyatlarini oshirishga, trikotaj mahsulotlarining tannarxini kamaytirishga erishish mumkinligi aniqlandi.

ADABIYOTLAR

1. Tursunqulova M. S. et al. Yangi tuzilishdagi ikki qatlamli arqoqli trikotaj to'qimalarning fizik-mexanik ko'rsatgichlari tahli" l." //Fan va texnologiyalar taraqqiyoti". Ilmiy-texnikaviy jurnal. - 2022. - T. 7. - S. 103-111.

2. Uralov L. et al. Study of technological performance of two-layer knitted fabrics //American Institute of Physics Conference Series. - 2023. - T. 2789. - №. 1. - S. 040127.

3. Soyibnazar og O. L. et al. Evaluation of quality indicators of double-layer porous knitted fabrics //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. - 2022. - T. 10. -

5. 520-522.

4. Umarjonovna R. S. et al. Physical-mechanical analysis of performance pattern knitted fabrics //International journal of human computing studies. - 2021. - T. 3. - №. 1. - S. 109-113.

5. Madaminovich K. K., Samadovich E. J., Mamadalievich K. B. Oralov son of Lazizbek Sayibnazar."THEORETICAL STUDY OF THE QUALITY INDICATORS OF TWO-LAYER KNITTED FABRICS OF A NEW STRUCTURE BASED ON A MATHEMATICAL MODEL" //American Journal of Technology and Applied Sciences. ISSN (E). - S. 2832-1766.

6. Sheraliyeva R., O'ralov L. Study of technological indicators of two-layer knitted fabrics obtained on long Xing LXA 252 knitting machine //Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology. - 2024. - T. 9. - №. 2. - S. 37-41.

7. O'ralov L. S. Jakard to'qimadagi tukli trikotaj polotnolaridan foydalanib ayollar uy kiyimini tayorlash texnologiya jarayonlari tadqiqill //Magistrlik Akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Namangan-2020.

8. Oralov L. S. U., Khalikov Q. M. NEW CONSTRUCTION I STUDY OF MOISTURE TRANSMISSION IK PROPERTIES OF DOUBLE-LAYER POROUS KNITTED FABRIC //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2023. - T. 3. - №.

6. - S. 444-448.

9. Uralov L., Dadamirzayeva S., Abdulhayev M. Calculation methods for modeling the air permeability of knitted fabric from multifilament yarn //American Institute of Physics Conference Series. - 2024. - T. 3045. - №. 1. - S. 030045.

10. O'ralov L., Xoliqov Q. IKKI QATLAMLI G'OVAKLI NAQSHLI TRIKOTAJ TO'QIMALARINING SIFAT KO'RSATGICHLARINI MATEMATIK MODEL ASOSIDA NAZARIY TADQIQ ETISH //Innovatsionnwe issledovaniya v sovremennom mire: teoriya i praktika. - 2023. - T. 2. - №. 26. - S. 23-26.

11. O'ralov L., Xoliqov Q. YANGI TUZILISHDAGI IKKI QATLAMLI G'OVAKLI NAQSHLI TRIKOTAJ TO'QIMALARINING SIFAT KO'RSATGICHLARINI MATEMATIK MODEL ASOSIDA NAZARIY TADQIQ ETISH //Evraziyskiy jurnal akademicheskix issledovaniy. - 2023. - T. 3. - №. 11. - S. 124-127.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.