TEXNOLOGIYA
UDK 67.025
YANGI TUZILISHDAGI SANOATBOP TRIKOTAJ TO'QIMALARINI OLISH USULI
BO'YICHA ADABIYOTLAT TAHLILI
Qurbonov Bahodir Mamadaliyevich Namangan to'qimachilik sanoati instituti, assistent, Bahodirkurbanov [email protected]
Ergashev Jamoliddin Samatovich Namangan to'qimachilik sanoati instituti, t.f.d., prof
O'ralov Lazizbek Sayibnazar o'g'li Namangan to'qimachilik sanoati instituti, t.f.f.d. (PhD), katta o'qituvchi, lazizbekoralov 1 @gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada yangi tuzilishdagi sanoatbop trikotaj to'qimalarini o'rganish maqsadida ularni olish usuli bo'yicha adabiyotlar tahlili hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Аннотация. В данной статье разработаны анализ литературы и рекомендации по способу их получения с целью изучения промышленных трикотажных полотен новой структуры.
Annotation. In this article, an analysis of the literature and recommendations on the method of obtaining them are developed in order to study industrial knitted fabrics of a new structure.
Kalit so'zlar: to'qimachilik, mahalliy, xom ashyo, yangi tuzilish, takomillashtirish, sanoatbop, assortiment, lastik, rapport, tadqiqot, to'quv.
Ключевые слова: текстиль, местное, сырье, новая структура, улучшение, промышленное, ассортимент, шина, отчет, исследование, ткачество.
Key words: textile, local, raw material, new structure, improvement, industrial, assortment, tire, report, research, weaving.
KIRISH
Jahonda to'qimachilik mahsulotlari sifatini va raqobatbardoshligini oshirish, texnologik jarayonlarni takomillashtirish, ikki qatlamli trikotaj mahsulotlarni yaratish asosida ularning assortimentini kengaytirish, ularni mahalliy xom ashyolardan samarali foydalanish texnologiyasini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. To'qimachilik bozor hajmi so'ngi yillarda yuqori darajada o'sib bormoqda. 2023-yilda jahon to'qimachilik sanoati hajmi 638 milliard AQSH dollordan 2024-yil 689 milliard AQSH dollorgacha o'sishi kutilmoqda. Textile Global Market hisobotiga ko'ra 2028-yilga borib to'qimachilik mahsulotlari hajmi 903,45 milliardga borishini hisobga olsak, [1] bu yo'nalishni rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishni taqozo etadi. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda xom ashyodan samarali foydalanish hisobiga ishlab chiqarilgan trikotaj mahsulotlariga bo'lgan talab ortib bormoqda. Bu borada, jumladan yangi tuzilishdagi trikotaj to'qimalarini assortimentini kengaytirish, ularni zamonaviy texnologiyalar orqali ishlab chiqarish, energiya sarfini kamaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Respublikamizda sanoatni rivojlantirish bo'yicha keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. "0'zbekiston-2030" strategiyasida, "...Mahalliy xom ashyo bazasidan samarali foydalanish va ilg'or texnikalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish..." [2] bo'yicha vazifasi belgilangan. Ushbu vazifani amalga oshirishda, xususan, trikotaj to'qimalarini ishlab chiqarishda resurstejamkor texnologiyani ishlab chiqish, trikotaj to'quv mashinalarini imkoniyatlarini kengaytirish, gigienik va estetik xususiyatlarini saqlab xom ashyo sarfi kamaygan trikotaj mahsulotlari assortimenti, yangi to'qima turlari, ikki ignadonli aylana to'quv mashinalarida
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
tayyorlanuvchi yengillashtirilgan va g'ovaklilik darajasi yuqori bo'lgan, import o'rnini bosuvchi xalqaro standartlarga javob beruvchi raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish muhim hisoblanadi.
ASOSIY QISM
Sanoatbop trikotaj mahsulotlarini assortimentini kengaytirish, ularni olish usulini ishlab chiqish, yangi to'qimalami ishlab chiqarish bo'yicha chet el olimlari:
prof. A.S.Dalidovich, I.I.Shalov, L.A.Kudryaven, L.V.Shukunova, V.M.Lazarenka, N.A.Grechuhena, V.Kumar, V.R.Sampath, S.A.Frydrych, V.A.Zinoveva va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan.
Mamalakatimizda trikotaj mahsulotlari assortimentini kengaytirish, yangi tuzilishdagi trikotaj to'qimalarini ishlab chiqarish orqali mahsulot tannarxini kamaytirish bo'yicha: M.M.Muqimov, N.R.Xanxadjayeva, Q.M.Xoliqov, A.T.Jo'raboev, Sh.Sh.Shog'ofurovlar, S.Rahmatovalarni fundamental ishlari bizga ma'lum.
Bugungi kunda yangi tuzilishdagi ikki qatlamli sanoatbop trikotaj to'qimalarini ishlab chiqarish hisobiga trikotaj mahsulotlarini assortimentini kengaytirish dolzarb muammolardan hisoblanadi.
O'ralov Lazizbek Sayibnazar o'g'li o'zining ilmiy ishida ikki aylana ignadonli trikotaj to'quv mashinasida yangi tuzilishdagi ikki qatlamli g'ovakli naqsh trikotaj to'qimalarini ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirish bo'yicha tadqiqot ishini olib borgan.
I variant
II variant
III variant
1-rasm. Ikki qatlamli g'ovakli naqshli trikotaj to'qimalarini grafik yozuvi
Trikotaj to'qimalar assortimentini kengaytirish, shuningdek, Mayer rusumli ikki aylana ignadonli trikotaj to'quv mashinaning texnologik imkoniyatlarini keng foydalanish maqsadida ikki qatlamli trikotaj to'qima tuzilishining 5 ta varianti va uni to'qish usuli ishlab chiqildi. Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining ishlab chiqilgan variantlari bir-biridan mustaqil qatlamlarini biriktirish usuli va qo'llanilgan naqshi bilan farq qiladi. Xom ashyo sifatida paxta ipi va polyester iplaridan foydalanilgan.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
I variant
II variant
2-rasm. Namunalarning tashqi ko'rinishi
I variantda glad, lastik hamda arqoq ipi orqali rapportlar hisobiga rombsimon shakl hosil qilingan.
II variantda nabroskalar hamda glad to'qimasi orqali rapportlar hisobiga gulli shakl hosil qilingan.
III variantda glad hamda lastik to'qimasi orqali rapportlar hisobiga yuraksimon shakl hosil qilingan.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
IV variantda lastik hamda glad to'qimasini almashtirish orqali naqsh hosil qilingan.
V variantda I variant namunaga nisbatan rapportlar soni yuqoriligi orqali naqsh hosil qilingan [3-4-5].
Olingan namunalarni ichki kiyimlar ishlab chiqarish uchun tavsiya etilgan. Rahmatova Sadoqat Umarjonovna o'zining ilmiy ishida turli xom ashyolardan olingan ikki qatlamli trikotaj to'qimalarini asos ipi yordamida ishlab chiqqan.
A» 1• f • t_i_i 1'i » a tJ*JjM±± ...... i........% nnnnr ••• •
* ♦ » f • • ♦ f » i » i » > » t » JJi'i'i « ♦ '9*7
• on*. Clnno«........It* Of
i ) ) * r f 7 p a <a h iî H 1518171219 20 2122 23 ¿5
J k j ■ 5 c 7 c i II 1* J* *
t»i.l.l.l.l.l.|.i • I • I ' t»f » I ' t «
.......... ......rif'i ft I i • •••••
i J Î < 5 6 7 6 J 10 11 12 UM 15 li 171813 20 21 22 23 2* 25 28 2' 2125 3C 3-rasm. trikotaj namunalarining grafik yozuvi
Olingan trikotaj to'qimalar turli mahalliy xom ashyolardan samarali foydalanib, yassi va aylana ignadonli trikotaj to'quv mashinalarida olish mumkin va ustki ayollar trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo'ljallangan.
[6] Abukoma ishda ikki qatlamli trikotaj to'qimasi taqdim etilgan, bu yerda trikotaj to'qimasi bir-biriga nisbatan bitta igna qadamiga siljigan va o'zaro to'liq bo'lmagan lastik halqalari yordamida biriktirilgan ikkita to'liq bo'lmagan glad qatlamidan tarkib topgan. Ushbu tuzilishga ega bo'lgan to'qimaning bitta qatorini shakllantirish uchun uchta halqa hosil qilish tizimi kerak bo'ladi. Birinchi halqa hosil qilish tizimida tovonchalari yuqori pozisiyada joylashgan disk ignalarida to'liq bo'lmagan glad to'qiladi, ikkinchi tizimda tovonchasi yuqori pozisiyada joylashgan silindr ignalarida xuddi shuningdek to'liq bo'lmagan glad to'qiladi, lekin tovonchalari yuqori pozisiyada joylashgan disk ignalarida hosil bo'lgan, to'liq bo'lmagan gladga nisbatan bitta igna qadamiga surilgan, uchinchi tizimda esa tovonchalari pastki pozisiyada joylashgan disk va silindr ignalariga biriktiruvchi ip qo'yiladi.
Biriktiruvchi ip to'liq bo'lmagan lastik halqalari bilan ikkita qatlam to'liq bo'lmagan gladni bog'laydi. Biriktiruvchi ip trikotaj to'qimasining ikkita qatlami orasiga protyajka ko'rinishida qo'yiladi va bo'ylamasiga yo'l-yo'l hosil qilgan holda to'qimaning ikkala tomoniga chiqadi. Buning natijasida ikki qatlamli trikotaj to'qimalari assortimentini kengaytirish, shakl saqlash xususiyatini oshirish va trikotaj to'qimasining ikkala tomonidan foydalanish hamda uning cho'ziluvchanligini kamaytirish imkoniyati ta'minlanadi.
Uchta tizim iplaridan hosil bo'lgan, balandligi bo'yicha rapporti 1 qator va eni bo'yicha rapporti 8 ta halqa ustunidan iborat bo'lgan ikki qatlamli trikotaj to'qimasining grafik yozuvi 3-rasmda taqdim etilgan. I1-I8 halqa ustunchalari silindr ignalarida, I1'-I8' halqa ustunchalari esa disk ignalarida shakllangan.
Taqdim etilgan trikotaj to'qimasi interlok mashinasida olingan. Ushbu trikotaj to'qimasini ishlab chiqarish uchun ikkita pozisiyadagi silindr ignalari kerak bo'ladi.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
18 7
TEXNOLOGIYA
4-rasm. Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining grafik yozuvi
Tovonchalari yuqori sathda joylashgan I1'-I6', I8' disk ignalari, tovonchalari pastki sathda joylashgan I7' ignalari 1.8-rasmda tasvirlangan. Silindr I1-I7 ignalarining tovonchalari yuqori sathda, I8 ignalarning tovonchalari esa pastki sathda joylashgan [7-8].
Trikotaj to'qimasini ishlab chiqarish quyidagicha amalga oshiriladi: birinchi halqa hosil qilish tizimida tovonchalari yuqori sathda joylashgan disk ignalari (I1'-I6', I8') to'liq bo'lmagan glad halqalarini to'qiydi, silindr ignalari ishchi holatdan o'chirib qo'yiladi; ikkinchi halqa hosil qilish tizimida-aksincha, disk ignalari ishchi holatdan o'chirib qo'yiladi, tovonchalari yuqori sathda joylashgan (I1-I7) silindr ignalarida esa to'liq bo'lmagan glad halqalari hosil bo'ladi; uchinchi halqa hosil qilish tizimida to'liq bo'lmagan glad to'qimasidan shakllantirilgan ikkita qatlam to'liq bo'lmagan lastik halqalari yordamida biriktiriladi.
Ko'rib chiqilgan ikki qatlamli trikotaj qatlamlarini biriktirish usullardan tashqari tadqiqot ishlarida qoplamali va tikma biriktirish usullari ham uchraydi [9-10].
Yuqorida keltirilgan adabiyotlar tahlilidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, O'ralov Lazizbek o'zining ilmiy ishida ikki qatlamli trikotaj to'qimalarining yangi namunalarini ishlab chiqqan bo'lib, ushbu namunalardan ichki kiyimlar ishlab chiqarishga tavsiya etgan.
Rahmatova Sadoqat o'zining ishida ikki qatlamli trikotaj to'qimalarini assortimentini kengaytirihsga qaratgan va ishlab chiqilgan yangi namunalardan ayollar kiyimi ishlab chiqarishga tavsiya etgan [11].
Abukoma o'zining tadqiqot ishida ikki qatlamli trikotaj to'qmalarini olish usullari ustida ilmiy ishlar olib borgan.
XULOSA
Bugungi kunda yangi trikotaj to'qimalarini olish texnologiyasini yaratish orqali sanoatbop mahsulotlar assortimentini kengaytirish, bu orqali trikotaj mahsulotlarini eksport hajmini oshirish borasida yetarlicha ishlar olib borilmayapti. O'ylaymizki, ushbu yo'nalishda ilmiy ishlarni olib borish hamda eksport hajmini oshirish bugungi kundagi dolzarb muammolardan biridir.
ADABIYOTLAR
1. https://www.researchandmarkets.com/reports/5939119/textile-global-market-report
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-sentabrdagi "0'zbekiston-2030" strategiyasi to'g'risidagi PF-158-son Farmoni.
3. Шогофуров Ш. Ш., Уралов Л. С. Анализ подребительского спроса на женскую домашнюю одежду //Экономика и социум. - 2020. - №. 2 (69). - С. 471-474.
4. Tursunqulova, M. S., O'ralov, L. S., Ohunov, R. N., Hamdamov, H. A., & Xoliqov, Q. M. (2022). Yangi tuzilishdagi ikki qatlamli arqoqli trikotaj to 'qimalarning fizik-mexanik ko
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
'rsatgichlari tahli" l.". Фан ва технологиялар тарацциёти". Илмий-техникавий журнал, 7, 103-111.
5. Tursunqulova, M. S., O'ralov, L. S., Ohunov, R. N., Hamdamov, H. A., & Xoliqov, Q. M. Ikki qatlamli jakkard trikotaj to 'qimalari tahlili. Машинасозлик илмий-техника журнали, 2181-1539.
6. Patent № 2430201 (Rossiya), Dvuxsloyniy trikotaj. Abakumova I.V., Kareeva A. Zayavl. 23.07.2010. Opubl. 27.09.2011.
7. Obidov A., Karimov N. Research capacity of the fiber of long fiber separating drums from waste fibers composition //International Conference «Science and practice: a new level of integration in the modern world». Conference Proceedings. London. - 2018. - №. 82. - С. 337344.
8. Tursunqulova M. S. et al. Yangi tuzilishdagi ikki qatlamli arqoqli trikotaj to 'qimalarning fizik-mexanik ko 'rsatgichlari tahli" l." //Фан ва технологиялар тараккиёти". Илмий-техникавий журнал. - 2022. - Т. 7. - С. 103-111.
9. Tursunqulova M. S. et al. Ikki qatlamli jakkard trikotaj to 'qimalari tahlili //Машинасозлик илмий-техника журнали. - С. 2181-1539.
10. O'ralov L. S. Jakard to 'qimadagi tukli trikotaj polotnolaridan foydalanib ayollar uy kiyimini tayorlash texnologiya jarayonlari tadqiqill //Magistrlik Akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Namangan-2020.
11. Obidov A., Karimov N. Research capacity of the fiber of long fiber separating drums from waste fibers composition //International Conference «Science and practice: a new level of integration in the modern world». Conference Proceedings. London. - 2018. - №. 82. - С. 337344.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son