TEXNOLOGIYA
UDK 677.025
ORQA QATLAM HALQA IPI UZUNLIGINI IKKI QATLAMLI TRIKOTAJNING FIZIK-MEXANIK XUSUSIYaTLARIGA TA'SIRINI TADQIQI
Jo'raboev Abdurashid To'ramirzaevich Namangan to'qimachilik sanoati intituti, t.f.f.d, katta o'qituvchi, lazizbekoralov 1 @gmail. com
Annotatsiya. Ushbu maqolada Orqa qatlam halqa ipi uzunligini ikki qatlamli trikotaj to'qimalarining fizik-mexanik xususiyatlariga ta'sirini tadqiq etish maqsadida 7 ta variant namunalar ishlab chiqildi va ularning xususiyatlari tahlil qilindi hamda eng yaxshi variant ishlab chiqarishga tavsiya etildi.
Аннотация. В данной статье с целью изучения влияния длины петельной нити изнаночного слоя на физико-механические свойства двухслойных трикотажных полотен были разработаны 7 вариантов образцов и проанализированы их характеристики, а также рекомендован лучший вариант для производство.
Annotation. In this article, in order to study the influence of the length of the back layer loop thread on the physical and mechanical properties of double-layer knitted fabrics, 7 sample options were developed and their characteristics were analyzed, and the best option was recommended for production.
Kalit so'zlar: havo o'tkazuvchanlik, standart, fizik-mexanik, xususiyatlari, uzilishdagi uzayish, qaytar deformatsiya, uzilish kuchi, gistogrammasi, orqa qatlam, old qatlam, ishqalanishga chidamlilik.
Ключевые слова. воздухопроницаемость, стандарт, физико-механические, свойства, удлинение при разрыве, обратная деформация, предел прочности, гистограмма, задний слой, лицевой слой, стойкость к истиранию.
Keywords: air permeability, standard, physico-mechanical, properties, elongation at break, return deformation, breaking strength, histogram, back layer, front layer, abrasion resistance.
KIRISH
Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining fizik-mexanik xususiyatlari TTESI huzuridagi "Centex Uz" laboratoriyasida standart usulda sinovdan o'tkazildi, olingan natijalar 1-jadvalda keltirilgan.
Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining ko'pgina xususiyatlatlari bevosita uning qalinlik ko'rsatkichiga bog'liq bo'ladi.
Ularga havo o'tkazuvchanlik, issiqlik saqlash, ishqalanishga chidamlilik xususiyatlari
kiradi.
Kiyimga gigienik nuqtai nazardan baho berishda to'qimachilik materiallarining havo o'tkazuvchanlik xususiyati nihoyatda muhim ahamiyatga ega, chunki bu kiyim ostidagi havo ventilyatsiyasi bilan bog'liq va sezilarli darajada materialning issiqliq saqlash xususiyatini aniqlaydi.
ASOSIY QISM
To'qimachilik materiallarining havo o'tkazuvchanlik ko'rsatkichi ko'pincha g'ovaklilik va ochiq teshiklar kattaligi, shuningdek, trikotaj qalinligiga bog'liq bo'ladi [1-2].
1-jadval
Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining fizik-mexanik xususiyatlari_
Ko'rsatkichlar Variantlar
I II III IV V VI VII
Iplar turi va Orqa qatlam Yigirilgan poliakrilonitril (PAN) ipi 31 teks x 2
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
chiziqli zichligi, teks
Old qatlam Yigirilgan paxta ipi 31 teks x 2
To'qima tuzilishidagi iplar miqdori,% Orqa qatlam 68 66,5 64,4 63 62 61 60
Old qatlam 32 33,5 35,6 37 38 39 40
Halqa ipi uzunligi, L,mm Orqa qatlam 15,4 15,4 15,4 15,4 15,4 15,4 15,4
Old qatlam 6,18 6,78 7,0 7,5 7,82 8,4 9,16
Havo o'tkazuvchanlik, V 36,51 45,34 64 74,4 90,7 108,7 126,7
Ishqalanishga chidamlilik I, ming aylana Orqa qatlam 24 24 24 23 23 21 22
Old qatlam 31 33 32 31 34 32 31
Uzilish kuchi R, N Bo'yi bo'yicha 304,5 309 285, 5 275 271 270 206,5
Eni bo'yicha 267 249,5 227 176,5 175 168 161
Uzilishdagi uzayish L,% Bo'yi bo'yicha 11,5 13 14,8 16,2 18,3 20,1 21,6
Eni bo'yicha 13 17,5 27,5 32,5 38 44,5 48
Qaytmas deformatsiya Bo'yi bo'yicha 27 22 19 27 16 18 22
Eni bo'yicha 15 18 18 21 19 23 20
Qaytar deformatsiya Bo'yi bo'yicha 73 78 81 83 84 82 78
Eni bo'yicha 85 82 82 79 81 77 80
Kirishish K,% Bo'yi bo'yicha 2,4 5,2 5,6 6,3 7,1 8,0 8,3
Eni bo'yicha 1,6 2 0,8 2,4 3,6 4,4 3,2
Issiqlik saqlash R, % 55,8 55,6 49,3 48,8 38,6 31,7 29,5
Materialning qanchalik g'ovaklilik ko'rsatkichi yuqori bo'lsa, shunchalik vazn to'ldirilishi kichik va havo o'tkazuvchanligi yuqori bo'ladi.
Ikki qatlamli trikotaj to'qima namunalarining havo o'tkazuvchanlik ko'rsatkichi "AR-360 SM"-rusumli asbobda aniqlandi.
Ikki qatlamli trikotaj matolarining havo o'tkazuvchanliligi uning orqa qatlamini shakllantiruvchi halqa ipi uzunligiga bog'liq bo'lgan holda, 39,ldan to 126,7 sm3/sm- sekund gacha oraliqda o'zgaradi. Teskari qatlam halqa ipi uzunligi minimal bo'lgan va 6,18 mm ni tashkil etgan I-variant ikki qatlamli trikotaj to'qimasi eng kichik havo o'tkazuvchanlik ko'rsatkichiga ega bo'ldi. Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining VII-variant namunasi eng yuqori havo o'tkazuvchanlik ko'rsatkichiga ega bo'ldi va 126,7 sm3/sm2sekundni tashkil etdi, bu yerda teskari qatlamni shakllantiruvchi halqa ipi uzunligi eng maksimal va 9,6 mm ni tashkil etadi (1-rasm).
Sinovdan o'tkazilayotgan ikki qatlamli trikotaj to'qimasi namunalarining havo o'tkazuvchanlik ko'rsatkichi ustki trikotaj mahsulotlariga qo'yiladigan talablarga javob beradi.
Buyumdan foydalanish jarayonida trikotaj matosi atrofdagi pretmetlarga tegib turishida ishqalanishga duch keladi va ishqalanish natijasida buyumning ayrim qismlari foydalanishga yaroqsiz bo'lib qoladi. Trikotaj matolarining ishqalanishga chidamlilik ko'rsatkichini baholash
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
me'zoni sifatida sinovdan o'tkazilayotgan namuna ishqalanishga duch kelmasdan avval olingan asbobning aylanish soni qabul qilingan.
1-rasm. Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining havo o'tkazuvchanlik ko'rsatkichlari
Trikotj matolarining ishqalanishga chidamlilik ko'rsatkichi xomashyo va to'qima turi, to'qish zichligiga bog'liq bo'lgan holda, juda keng oraliqda o'zgaradi.
Sinovdan o'tkazilayotgan namunalarning ishqalanishga chidamlilik ko'rsatkichi ustki buyumlar uchun mo'ljallangan trikotaj matolarining ishqalanishga chidamlilik ko'rsatkichi normalariga muvofiq keladi [3-4]. Zichligi yuqori bo'lgan ikki qatlamli trikotaj namunalari eng yuqori ishqalanishga chidamlilik ko'rsatkichiga ega bo'ldi (2-rasm).
Tasma ko'rinishidagi namunalarni cho'zib, uzilish kuchi R va nisbiy uzilishdagi uzayishi L aniqlanadi. Trikotaj to'qimasining ushbu ko'rsatkichlari yigirilgan ip, to'qima xususiyatlari va trikotajning texnologik ko'rsatkichlariga bog'liq bo'ladi.
2-rasm. Ikki qatlamli trikotaj to'qimalarining ishqalanishga chidamlilik ko'rsatkichi
o'zgarishining gistogrammasi
Ikki qatlamli trikotaj to'qimalarini uzilish kuchi miqdori qatlamlarni ishtirok etish darajasi, qatlamlarni shakllantirayotgan halqa ipi uzunligigining o'zaro bir-biriga qanchalik yaqinligiga bog'liq bo'ladi.
Trikotaj to'qimasining halqa qatori yo'nalishi bo'yicha pishiqligi halqa ustunchalarini bog'lab turgan iplarning cho'zilishiga qarshilik ko'rsatayotgan kuchlarning miqdori orqali aniqlanadi. Trikotaj to'qimasining eni bo'yicha pishiqligi uzunlik birligiga nisbatan halqa
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
qatori soniga, ya'ni vertikal bo'yicha zichligi va xar bir halqa qatoridagi iplar soniga bog'liq bo'ladi.
Taqdim etilayotgan namunalarning uzilish kuchi standart usulda "AG-1"-rusumli dinomometrda aniqlandi. Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining orqa qatlamini shakllantiruvchi halqa ipi uzunligi ortishi bilan trikotaj to'qimasining zichligi bo'ylamasi va eni bo'yicha kamayib boradi, bu esa trikotajning pishiqlik ko'rsatkichini kamaishiga olib keladi.
Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining orqa qatlamini shakllantiruvchi halqa ipi uzunligi L=6,18 mm bo'lganda, bo'ylamasi bo'yicha pishiqligi R=304,5N, eni bo'yicha esa R=267 N tashkil etadi, halqa ipi uzunligi L=9,16 mm bo'lganda, bo'ylamasi bo'yicha pishiqligi R=216,5 Nni tashkil etadi, ya'ni ikki qatlamli trikotaj to'qimasini I-variantiga nisbatan 28,99 % ga, eni bo'yicha esa, 39,7 % ga kamayadi (1-jadval, 4-rasm).
Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining orqa qatlamini shakllantiruvchi halqa ipi uzunligi ortishi bilan uzilish kuchining asosiy qismi trikotaj to'qimasining old qatlamiga to'g'ri keladi.
Ikki qatlamli trikotaj to'qimasi eksperimental namunalarining uzilish kuchi ko'rsatkichlarining tahlilidan kelib chiqqan holda, shunday xulosaga kelish mumkinki, bunda uzilish kuchi GOST talablariga to'liq javob beradi, chunki barcha namunalarda bu ko'rsatkich 80N dan kam bo'lmagan miqdorni tashkil etgan.
EYHH EVHHlIA 3HH EVHHlIA
□ I □ II Dill BlV «V □ VI «VII
4-rasm. Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining uzilish kuchi o'zgarish gistogrammasi
Trikotaj matolarining cho'ziluvchanlik ko'rsatkichi 20-200 % chegara oralig'ida
bo'ladi.
6 N kuchlanishda barcha turdagi trikotaj matolari cho'ziluvchanlik ko'rsatkichlari bo'yicha uchta guruhga bo'linadi. Birinchi guruhga cho'ziluvchanlik ko'rsatkichi 40 % dan oshmagan matolar kiradi, ikkinchi guruhga cho'ziluvchanlik ko'rsatkichi 40 dan to 100 % gacha va uchunchi guruhga 100 % dan yuqori cho'ziluvchanlik ko'rsatkichlariga ega bo'lgan matolar kiradi.
Sinovdan o'tkazilayotgan ikki qatlamli trikotaj namunalarining uzilish kuchidan kam bo'lgan (6 N) kuchlanish ta'sirida bo'ylamasi va eni bo'yicha cho'ziluvchanligi birinchi guruh cho'ziluvchanlik guruhiga taaluqli ekanligi ma'lum bo'ldi (5-rasm).
Trikotaj mahsulotlaridan (buyumlaridan) foydalanilgandan so'ng, o'zining dastlabki o'lchamlari va shaklini saqlab qolish xususiyati trikotaj matolari sifat ko'rsatkichlari uchun o'ta muhim ahamiyatga ega.
Tadqiq qilinayotgan ikki qatlamli trikotaj to'qimasi namunalarining qaytar va qaytmas deformatsiya ko'rsatkichlari aniqlandi.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
5-rasm. Ikki qatlamli trkotaj to'qimalarining uzilishdagi uzayish ko'rsatkichi o'zgarish
gistogrammasi
Ustki trikotaj buyumlari uchun mo'ljallangan trikotaj matolarining qoldiq deformatsiyasi 5-20 % dan oshmasligi kerak [5]. Ikki qatlamli trikotaj to'qima namunalarining bo'ylamasi bo'yicha qaytar deformatsiya ulushi 73 % dan to 84 % gacha bo'lgan oraliqda o'zgargan bo'lsa, eni bo'yicha qaytar deformatsiya ulushi 77 % dan to 85 % gacha bo'lgan oraliqda o'zgaradi (6-rasm).
Trikotaj mahsulotlaridan foydalanish jarayonida trikotaj to'qimalarining muhim ahamiyatga ega bo'lgan xususiyatlaridan biri bu nam-issiq ishlov berish ta'siridan so'ng ularning
chiziqli o'lchamlarini saqlab qolishi hisoblanadi. /•- -
6-rasm. Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining shakl saqlash ko'rsatkichlari
Ivitib qo'yish, yuvish, kimyoviy tozalashda va atmasfera namligi ta'sirida trikotaj matolarining chiziqli o'lchamlari o'zgaradi, ya'ni kirishish yuzaga keladi.
Matolarning kirishish ko'rsatkichi va qayishqoqlik xususiyatini trikotaj buyumlarini loyihalashda hisobga olish kerak bo'ladi. Namlab ishlov berilgandan so'ng trikotajning chiziqli o'lchamlarini (kirishi va cho'zilish) o'zgarishi "Ustki va qo'lqopli trikotaj buyumlari uchun
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
mo'ljallangan trikotaj matolari" GOST 26667 standartida o'rnatilgan normalarga muvofiq kelishi kerak. "Namlatib ishlov berilgandan so'ng chiziqli o'lchamlarini o'lchash normalari" [6].
Yassi ignadonli mashinada yigirilgan paxta ipidan ishlab chiqarilgan ikki qatlamli trikotaj to'qimasi uchun bo'ylamasi bo'yicha kirishish me'yori 6-8 % ni, eni bo'yicha 8-10 % ni tashkil etadi, protyajkalar me'yori esa, 5% dan oshmaydi. Sinovdan o'tkazilayotgan trikotaj to'qima namunalarining kirishish ko'rsatkichi tahlili shuni ko'rsatdiki, bunda barcha namunalar GOSTda o'rnatilgan me'yorlarga muvofiq keladi (1-jadval, 6-rasm). To'qimachilik materiallari, shu bilan bir qatorda trikotaj mahsulotlari uchun mo'ljallangan trikotaj matolari ham, foydalanish jarayonida komfort sharoitni ta'minlashi kerak. Faslga bog'liq bo'lgan holda buyumlar insonlarni sovuqdan himoyalashi yoki aksincha issiqlikni yaxshi chiqarishga imkon yaratishi kerak.
Inson tanasi va atrof muhit orasidagi kiyim orqali o'tadigan issiqlik almashinuvi haddan tashqari murakkab jarayon hisoblanadi. Qizib turgan odam organizmidan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori kamroq qizib turgan issiqlikka bevosita kiyim materiali orqali uzatiladi. Ushbu turdagi issiqlik uzatilishi issiqlik o'tkazuvchanlik deb nomlanadi.
Issiqlik o'tkazuvchanlik darajasi issiqlik o'tkazish koeffitsienti X bilan tavsiflanadi va quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
K=~
bu yerda: Q - issiqlik oqimi quvvati, Vt/soat; S - material qalinligi, m; S - materialning yuza maydoni, m2; t, — t, - materialning yuza qatlami harorati, °S.
Issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsienti harorat gradienti 1°S bo'lganda 1 m2 material yuzasidan o'tuvchi, qalinligi 1 m bo'lgan issiqlik oqimi quvvatini o'zida nomoyon qiladi. U material tarkibiga - uning tuzilishi, namligi, zichligiga bog'liq bo'ladi.
Ko'pincha to'qimachilik materiallarining issiqlik saqlash xususiyatini tavsiflash maqsadida issiklik o'tkazuvchanlik koeffitsienti emas, balki issiqlikni o'tkazishga qarshiligi R yoki issiklik uzatish koeffitsienti ax qo'llaniladi.
VII VI
% V
£
£ IV
s zP
* III
m
II
29,5
31,7
38,6
48,8
49,3
55,6
55,8
0 10 20 30 40 50
□ HCCHK^HK yTKa3Hmra KypcarH^raH K;apmH.nHK R, %
60
I
7-rasm. Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining issiqlik o'tkazishga ko'rsatilgan qarshilikni
o'zgarish gistogrammasi
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA XULOSA
Eksperimental trikotaj namunalarning issiqlik o'tkazishga qarshiligi 29,5 % dan to 55,8 % gacha oraliqda o'zgaradi. Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining orqa qatlamini shakllantiruvchi halqa ipi uzunligi ortishi bilan trikotaj to'qimasining qalinligi kamayadi, havo o'tkazuvchanligi esa oshadi, buning natijasida trikotajni issiqlik o'tkazishga qarshilik ko'rsatkichi kamayadi (1-jadval, 7-rasm).
ADABIYOTLAR
1. Каримов, Р. К., Алиева, Д. Г., Обидов, Д. Х., & Мамадалиева, Д. А. (2018). Динамика изменения относительной влажности хлопчатобумажной пряжи и готовых изделий по технологическим переходам. Universum: технические науки, (9 (54)), 17-20.
2. Suyarkulovna T. M. et al. Poyabzal ustligi uchun ikki qatlamli g 'ovakli trikotaj to'qimalarining nam o 'tkazuvchanlik xossasini tadqiq qilish //Interpretation and researches. -2023. - T. 2. - №. 3. - S. 17-33.
3. Tursunkulova M., Lazizbek L., Xoliqov Q. Ikki qatlamli trikotaj to'qimasidan poyabzal ustligi uchun qollaniladigan materiallarning texnologik va fizik-mexanik ko'rsatgichlari tahlili //Interpretation and researches. - 2023. - T. 2. - №. 3.
4. O'ralov, L. S. "Jakard to'qimadagi tukli trikotaj polotnolaridan foydalanib ayollar uy kiyimini tayorlash texnologiya jarayonlari tadqiqill." Magistrlik Akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Namangan-2020.
5. Obidov D. X. et al. Tissue Indicators Affecting Tissue Properties //JournalNX. - T. 7. - №. 10. - S. 169-173.
6. Каримов Н. М. и др. Пневматическая транспортировка хлопка-сырца на хлопкозаводах //Инновационные Подходы В Современной Науке. - 2021. - С. 61-70.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son