TEXNOLOGIYA
UDK 677.025
IKKI QATLAMLI TRIKOTAJ TO'QIMALARINI OLISH TEXNOLOGIYASI
Obidov Donyorbek Xolmamat o'g'li Namangan to'qimachilik sanoati instituti, t.f.f.d., katta o'qituvchi, [email protected]
Annoatasiya. Ushbu maqolada ikki qatlamli trikotaj to'qimalarini olish texnlogiyasi ishlab chiqarish maqsadid ikki qatlamli trikotaj to'qimalari tahlil qilingan hamda muqobil variantlari tavsiya etilgan.
Аннотация. В данной статье проанализирована технология получения двухслойных трикотажных полотен с целью производства двухслойных трикотажных полотен и рекомендованы альтернативные варианты.
Annotation. In this article, the technology of obtaining two-layer knitted fabrics is analyzed for the purpose of production of two-layer knitted fabrics and alternative options are recommended.
Kalit so'zlar: aralash trikotaj, assortiment, old va orqa, xom ashyo, old ignadon, glad, yuza zichlik, naqsh, yassi.
Ключевые слова: смешанное вязание, ассортимент, перед и изнанка, сырье, лицевая игла, глади, поверхностная плотность, узор, гладь.
Keywords: mixed knitting, assortment, front and back, raw material, front needle, glad, surface density, pattern, flat.
KIRISH
Trikotaj to'qimalrining yangi assortimentini yaratishning eng istiqbolli yo'nalishlaridan biri turli usullar yordamida mavjud to'qimalar va ularning elementlaridan foydalanib, aralash trikotaj to'qimalarni ishlab chiqarish hisoblanadi.
[1] ilmiy ishlarda trikotaj to'qimasining bitta qatlami press halqalardan, ikkinchi qatlami esa, oddiy halqalardan tarkib topgan, qatlamlari asos ipi yordamida biriktirilgan ikki qatlamli trikotaj to'qimasini olish usuli taqdim etilgan. Ushbu ikki qatlamli trikotaj to'qimasining old va orqa tomonlari turli tashqi ko'rinishga ega ekanligi bilan oldingi variantlardan farq qiladi (1-rasm).
ASOSIY QISM
Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining orqa tomonida asosan uzaytirilgan press halqalari 1 dan tashkil topgan old halqa ustunchalari ko'rinib turadi. Trikotajda bu halqa ustunchalari orqa halqa ustunchalari bilan birga-bir tartibda joylashadi. Orqa xalqa ustunchalari kichiklashtirilgan halqa 2 va kengaytirilgan xalqa 3 dan tashkil topgan (1, a-rasm). Ikki qatlamli trikotaj
to'qimasining old tomonida asosan oddiy 2 va kengaytirilgan halqa 3 lardan tashkil topgan old halqa ustunchalari ko'rinib turadi. Old xalqa ustunchalarida katta o'lchamdagi xalqalar, kichik xalqalar bilan bitta xalqa oralab joylashadi (1, b-rasm).
Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining old tomonida old xalqa ustunchalari, uzaytirilgan press xalqa 1 dan tashkil topgan orqa xalqa ustunchalari bilan bitta xalqa oralatib joylashadi. Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining old tomonida orqa halqa ustunchalari deyarli bilinmaydi. Ikki qatlamli trikotaj to'qimalrini ikki ignadonli trikotaj to'quv mashinalarida ishlab chiqarish jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega: xuddi lastik to'qimasini ishlab chiqarishdek, ignadonlarning birida old tomon halqalari shakllantiriladi (1, v-rasm). Bir-biridan farqi shundan iboratki, bunda ikinchi ignadonda press halqalar shakllantirilgan vaqtda, birinchi ignadonda halqalar tortiladi va kichiklashtiriladi; qachonki, ikkinchi ignadonda yarim halqalar yig'ilib qolganda, birinchi ignadonda uzaytirilgan keng halqalar shakllanadi.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
II '
5F-©-5-@—
v
a b
1-rasm. Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining tuzilishi va grafik yozuvi
Tahlil qilinayotgan [2] ilmiy ishda xar bir halqa P o'zini yarim halqasi N ga ega bo'lgan va press halqalar qatoridan tashkil topgan trikotajning bir tomoni, press xalqalar qatoridan tashkil topgan trikotajning ikkinchi tomoni bilan almashinib keladigan ikki qatlamli trikotaj to'qimasining olish usuli taqdim etilgan (2, a-rasm).
11 vWy^
b a
2-rasm. Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining tuzilishi va grafik yozuvi
Ikki qatlamli trikotaj to'qimasi yassi ignadonli mashinada quyidagicha olinadi. Halqa hosil qilish tizimi chap tomondan o'ng tomonga harakatlanishida press halqalar qatori to'qiladi, press yarim halqalar old ignadon ignalarida, orqa ignadon ignalarida esa, yopiq halqalar shakllantiriladi. Buning uchun old ignadon ignalari to'liq tugatilmagan sathga ko'tariladi (2, b-rasm, I qator).
Halqa hosil qilish tizimining o'ngdan chap tomonga haraktlanashida press yarim halqalar orqa ignadon ignalarida, yopiq xalqalar esa old ignadon ignalarida shakllantiriladi.
Trikotaj to'qimasi yarim halqalar bilan biriktirilgan ikkita qatlamdan tarkib topgan. Yarim halqalar eski xalqalar orqasida yashiringanligi va old tomonda ko'rinmasligi sababli, ushbu to'qimalardan foydalangan holda, turli rangli iplarni qo'llab, rangli naqsh samarasiga erishish mumkin.
Xom ashyo sarfini kamaytirish, trikotaj to'qimalari assortimentini kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida yassi ikki ignadonli to'quv mashinasida yangi tuzilishga ega bo'lgan ikki qatlamli trikotaj to'qimasini olish usuli ishlab chiqilgan [3]. Trikotaj to'qimasining qatlamlari asos ipi yordamida pressli usulda biriktirilgan.
To'qima tuzilishida bitta mustaqil qatlam ipidan shakllantirilgan yarim halqalar mavjudligi asos ipi yordamida pressli biriktirilgan ikki qatlamli trikotaj to'qimalarining barcha tuzilishlari uchun umumiy hisoblanadi. Ushbu yarim halqalar qarama-qarshi tomon halqa qatori protyajkalari ustida yotadi.
Yassi ignadonli mashinada ishlab chiqarilgan ikki qatlamli trikotaj to'qimasining tuzilishi va grafik yozuvi 3-rasmda ko'rsatilgan.
Ikki qatlamli trikotaj to'qima tuzilishida press halqa qatorlari ip 1 dan shakllantirilgan, bu yerda yarim halqalar 2 old ignadon ignalarida shakllantirilgan, to'qimaning keyingi ikkinchi qatorida old ignadon ignalarida ip 3 dan glad qatorlari to'qilgan (3, a-rasm).
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
TEXNOLOGIYA
To'qimaning uchinchi qatorida ip 4 dan press halqa qatorlari shakllantiriladi, bu yerda yarim halqalar 5 orqa ignadon ignalarida to'qiladi. Trikotajning to'rtinchi qatorida orqa ignadon ignalarida ip 6 dan glad halqa qatorlari shakllantiriladi. Old tomon halqalari 7 xuddi shu qatorda orqa tomon halqalari 8 bilan asos ipidan xosil qilingan yarim halqalar 5 yordamida biriktiriladi.
a
3-rasm. Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining tuzilishi va grafik yozuvi
Taqdim etilgan trikotaj to'qimasi yassi ignadonli mashinada quyidagicha olinadi.
Yassi ignadonli mashinaning halqa hosil qilish tizimi chapdan o'ngga tomonga harakatlanishida orqa ignadon ignalarida yopiq halqalar, old ignadon ignalarida esa, press yarim halqalari shakllantiriladi (I halqa qatori 3, b-rasm). Yassi ignadonli mashinaning halqa hosil qilish tizimi qarama-qarshi tomonga harakatlanashida old ignadon ignalarida glad halqa qatori shakllantiriladi (II halqa qatori).
Keyingi III halqa qatorida press halqa qatori shakllantiriladi, bunda yopiq halqalar old ignadon ignalarida, press yarim halqalar esa, orqa ignadon ignalarida shakllantiriladi.
To'rtinchi halqa qatorida orqa ignadon ignalarida glad halqa qatori shakllantiriladi.
Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining olish usulini o'ziga xosligi shundan iboratki, bunda ishlab chiqarilayotgan trikotaj to'qimasi tuzilishida to'qimaning ikkala tarafiga ham, ko'ndalang glad qatori kiritiladi. Bu ikki qatlamli trikotaj to'qimasining sifat ko'rsatkichlarini yaxshilaydi, ishlab chiqarish jarayoni sezilarli darajada qisqartiriladi, xom ashyo sarfi kamayadi.
Taqdim etilayotgan trikotaj to'qimasidan ustki trikotaj mahsulotlari va bolalar assortimentini ishlab chiqarishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Trikotaj to'qimasining halqa tuzilishi shu bilan tavsiflanadiki, bunda uning yuza birligiga nisbatan iplar bilan to'ldirilishi to'quvchilik dastgohlarida olingan gazlamalarga nisbatan kam. SHu sabab, trikotaj matolarida hajmdorlik yuqori (trikotaj zichligi 0,2-0,3g/sm3, gazlama zichligi 1,1-1,3g/sm3 ni tashkil etadi [4]. Bunda to'quv dastgohlarida olingan to'qimalarga qaraganda, trikotaj usulda olingan to'qimalarning yuza zichlik birligiga nisbatan iplar sarfi bir muncha kam. Oxirgisi trikotaj uslubda ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan afzallikni aniqlovchi me'zonlardan biri bo'lib hisoblanadi.
Trikotaj to'qimalari assortimentini kengaytirish, xom ashyo sarfini kamaytirish va sifat ko'rsatkichlarini yaxshilash maqsadida Long Xing rusumli mashinada ikki qatlamli trikotaj to'qimasining 3 ta variant namunalari ishlab chiqarildi.
Trikotaj to'qimasining ikkita mustaqil qatlamlarini o'zaro biriktirish asos ipi yordamida pressli usulda amalga oshiriladi.
Yassi ignadonli mashinada olingan ikki qatlamli trikotaj to'qimasining grafik yozuvi 5-rasmda keltirilgan.
Trikotaj to'qimasining old va orqa qatlamlari 31teks x 2 chiziqli zichlikka ega bo'lgan
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
yigirilgan poliakrilonitril ipidan to'qildi.
Ishlab chiqarilgan ikki qatlamli trikotaj to'qimasining texnologik ko'rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlari TTESI huzuridagi "CentexUz" laboratoriyasida standart usulda sinovdan o'tkazildi, olingan natijalar 1-jadvalda keltirildi [5-6].
I Variant II Variant
III Variant
4-rasm. Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining grafikli yozuvi
Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining hajm zichligi ni taqqoslab, quyidagi natijalar olindi: 357,1 gr/sm2 yuza zichlikka va 2,05 mm qalinlikka ega bo'lgan III variant trikotaj to'qimasining hajm zichligi 174,2 mg/ sm3 ni tashkil etgan bo'lsa, 390 gr/m2 yuza zichlikka va 1,9 mm qalinlikka ega bo'lgan II variant trikotaj to'qimasining hajm zichligi 205 mg/ sm3 ni tashkil etdi, 487,6 gr/m2 yuza zichlikka va 1,9 mm qalinlikka ega bo'lgan I variant trikotaj to'qimasining hajm zichligi esa, 256,6 mg/sm3 ni tashkil etdi.
U holda II variant trikotaj to'qimasining absolyut hajmiy yengillik ko'rsatgichi I variant trikotaj to'qimasi bilan qiyosiy taqqoslanganda quyidagilarni tashkil etdi:
II variant trikotaj to'qimasining absolyut hajmiy yengillik ko'rsatgichi I variant trikotaj to'qimasi bilan qiyosiy taqqoslanganda quyidagilardan iborat bo'ldi:
bu yerda: Atf-absolyut hajm yengillik, mg/ sm3;
variant trikotaj to'qimasining hajm zichligi, mg/sm3; ■ ■....- II variant trikotaj to'qimasining hajm zichligi , mg/sm3;
1-jadval
_Ikki qatlamli trikotaj to'qimasining texnologik ko'rsatkichlari_
Ko' rsatkichlar
Variantlar
I
II
III
Iplar turi va chiziqli zichligi, teks
Old qatlam
PAN 31 teks x 2
PAN 31 teks x 2
PAN 31 teks x 2
Orqa qatlam
PAN 31 teks x 2
PAN 31 teks x 2
PAN 31 teks x 2
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
Halqa qadami A, mm Old qatlam 1,5 2,5 1,67
Orqa qatlam 1,67 2,0 1,67
Halqa qator balandligi V, mm Old qatlam 1,25 1,25 1,45
Orqa qatlam 1,16 1,25 1,43
Gorizontal bo'yicha zichlik Rg, xalqa Old qatlam 33 20 30
Orqa qatlam 30 25 30
Vertikal bo'yicha zichlik, Rv, xalqa Old qatlam 40 40 35
Orqa qatlam 38 40 35
Halqa ipi uzunligi L,mm Old qatlam 5,8 10,7 3,5/10,45
Orqa qatlam 11,3 11,5 4,3/11,6
Trikotaj to'qimasining yuza zichligi .V -, g/sm2 487,6 390 357,1
Trikotajni qalinligi T,mm 1,9 1,9 2,05
Trikotaj to'qimasining hajm zichligi j, mg/sm3 256,6 205 174,2
Absolyut hajmiy yengillik j, r.:.r ■' - 51,6 82,4
Nisbiy yengillik i, % - 20,2 32,1
600
487,6
500 400 300 200 100 0
I II III
вариантлар
■ Юза зичлиги Ms, гр/м2 i Хажм зичлиги мгЗ/м2
5-rasm. Ikki qatlamli trikotaj to'qimalarining yuza va hajm zichligi o'zgarish
gistogrammasi
II-variant trikotaj to'qimasining nisbiy yengilligi I variant trikotaj to'qimasiga nisbatan quyidagilarni tashkil etadi:
III-variant trikotaj to'qimasining nisbiy yengilligi I variant trikotaj to'qimasiga nisbatan quyidagilarni tashkil etadi:
Bu yerda Sm- III- variant trikotaj to'qimasining hajm zichligi, mg/sm3.
1-jadvalda keltrilgan texnologik ko'rsatkichlarni tadqiq etish natijalari bo'yicha shuni belgilab qo'yish lozimki, bunda ikki qatlamli trikotaj to'qima namunalari hajm zichligi ko'rsatkichi bo'yicha o'zaro qiyosiy taqqoslanganda III-variant trikotaj to'qimasi eng kichik
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
hajm zichligi ko'rsatkichiga ega bo'ldi (6-rasm). Old va orqa ignadon ignalarida shakllantirilgan Ш-variant trikotaj to'qimasi tuzilishiga glad halqa qatori kiritilgan.
XULOSA
1. Trikotaj to'qimalarini yangi assortimentini yaratishning eng istiqbolli yo'nalishlaridan biri turli usullar yordamida va ularning elementlaridan foydalanib, aralash trikotaj to'qimalarni ishlab chiqarishligi aniqlandi.
2. Takdim etilgan to'qima tuzilishini shakllantirish metodologiyasidan foydalanib, yuqori sifatga ega bo'lgan xom ashyo sarfi, fizik-mexanik va istemolchilik xususiyatlari turlicha bo'lgan naqshli va aralash to'qimalar asosida ikki katlamli trikotaj to'qimalarining yangi turlari yaratildi.
3. Yassi ikki ignadonli to'quv mashinasining texnologik imkoniyatlaridan to'liq foydalanib yarim fang, fang va aralash trikotaj to'qimalari asosida shakl saqlash xususiyati yuqori bo'lgan arqoqli ikki qatlamli trikotaj to'qimalarini tuzilishi va olish usullari ishlab chiqildi.
ADABIYOTLAR
1. Обидов Д., Акрамов А. М., Алиева Д. Г. ВЛИЯНИЕ ВЛАЖНОСТИ НА МЕХАНИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ХЛОПЧАТОБУМАЖНОЙ ПРЯЖИ //НАУКА И ПРОСВЕЩЕНИЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ. - 2021.
- С. 35-38.
2. Эркинов З. Э. У. и др. Выработка крученой пряжи из однониточной пряжи разного способа и системы прядения //Символ науки. - 2018. - №. 7. - С. 47-50.
3. Каримов Р. К. и др. Динамика изменения относительной влажности хлопчатобумажной пряжи и готовых изделий по технологическим переходам //Universum: технические науки. - 2018. - №. 9 (54). - С. 17-20.
4. Алиева Д. Г., Акрамов А. М. Значение влажности в текстильной промышленности //Интернаука. - 2020. - №. 26-2. - С. 6-8.
5. Umarjonovna R. S. et al. Analysis of the Effect of Physical-mechanical Performance of Two-level Knitted Fabrics on Shape Stability //International Journal on Orange Technologies.
- 2021. - T. 3. - №. 2. - S. 43-47.
6. Umarjonovna R. S. et al. Physical-mechanical analysis of performance pattern knitted fabrics //International journal of human computing studies. - 2021. - T. 3. - №. 1. - S. 109-113.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son