ZAMONAVIY DUNYODA MUSIQA SOHASINING MODERNIZATSIYALASHUVI
MASALALARI Soyibjon Niyozov
O'zDSMI "Milliy qo'shiqchilik" kafedrasi professori, O'zbekiston xalq hofizi. https://doi.org/10.5281/zenodo.14510861
Annotatsiya: Bugungi kunda xorijiy mamlakatlarda musiqa sohasi zamonaviy usullarda rivojlanmoqda va uning o'ziga xos tomonlari olimlar tomonidan o'rganilmoqda. Ushbu maqolada zamonaviy musiqa sohasining modernizatsiyalashuvi masalalari tahliliy fikrlar bilan yoritilgan.
Kalit so'zlar: Modernizatsiya, musiqiy, ta'lim, prodyuserlik, ijod, rejissura, musiqa biznesi, xonandalik, innovatsiya.
ВОПРОСЫ МОДЕРНИЗАЦИИ МУЗЫКАЛЬНОЙ ИНДУСТРИИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ
Аннотация: Сегодня сфера музыки в зарубежных странах развивается по-современному, а ее специфические аспекты изучаются учеными. В данной статье аналитически освещаются вопросы модернизации современной музыкальной сферы.
Ключевые слова: Модернизация, музыка, образование, производство, творчество, режиссура, музыкальный бизнес, пение, инновации.
ISSUES OF MODERNIZATION OF THE MUSIC INDUSTRY IN THE MODERN
WORLD
Abstract: Today, the field of music in foreign countries is developing in a modern way, and its specific aspects are being studied by scientists. This article analytically covers the issues of modernization of the modern musical sphere.
Keywords: Modernization, music, education, production, creativity, directing, music business, singing, innovation.
KIRISH
Muhtaram Prezidentimizning 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-sonli "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori o'zbek milliy mumtoz musiqasi tarixida yangi davrni boshlab bergan muhim amaliy hujjat bo'ldi desak adashmagan bo'lamiz. Unda milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish, jamiyat hayotida tutgan o'rnini oshirish va uni xorijiy mamlakatlar bo'ylab tan olinishiga sharoit yaratish borasida muhim vazifalar belgilab berilgan. Ushbu qarorda maqom san'atini rivojlantirish bo'yicha qator ko'rsatmalar va topshiriqlar keltirib o'tilgan. Ulardan biri o'zbek milliy maqom san'ati markazi faoliyatini tashkil etish bo'ldi va uning asosiy vazifalari aniq belgilab berildi:
- O'zbekistonda maqom san'atini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablari va an'analarni, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar merosini chuqur ilmiy asosda o'rganish va qayta tiklash;
- o'zbek maqom san'ati mumtoz va zamonaviy ijro namunalarining "oltin fondi"ni yaratish;
- xalqimiz, xususan, yosh avlodni maqom san'ati bilan keng tanishtirish orqali ularda milliy o'zlikni anglash tuyg'usi yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptirish;
- maqom san'ati bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va targ'ib qilish bo'yicha xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish;
- mumtoz musiqa merosimiz namunalarini notaga olish, mavjud yozuvlarni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish, maqom san'atining ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog'liq jihatlarini yurtimiz olimlari va chet ellik mutaxassislar ishtirokida chuqur o'rganib, yangi ilmiy tadqiqotlar yaratish;
- maqom san'atini radio-televideniye, ommaviy axborot vositalari va internet orqali O'zbekiston va chet ellarda keng targ'ib etish1.
ASOSIY QISM
Maqom san'atini oliy ta'lim tizimida ham chuqur o'rganish, ilmiy tadqiq etish va targ'ib qilish maqsadida O'zbekiston davlat konservatoriyasining "Musiqiy sharqshunoslik" kafedrasi negizida "O'zbek maqomi tarixi va nazariyasi" kafedrasi tashkil etildi. Viloyatlarda joylashgan pedagogik ta'lim muassasalarida maqom san'atini maxsus fan sifatida o'qitilishi va sohani rivojlantirish maqsadida darslik, o'quv qo'llanma, monografiya, ilmiy-uslubiy qo'llanmalar yaratish belgilandi.
O'zbek maqom san'atining vujudga kelish tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi va diyorimizda yashab faoliyat olib borgan qomusiy olimlarimizning asarlarida ham ushbu san'at to'g'risida qimmatli ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Maqom o'zi nima? Maqom atamasi arabcha so'z bo'lib, "istiqomat o'rni", "turar joy" ma'nolarida keladi. Musiqa istilohida esa maqom musiqa cholg'ularida kuy va ashulalarni tashkil etadigan tovushlarning joylashadigan o'rni, ya'ni pardalardir. Musiqa risolalarining ba'zilarida maqomlar turlicha ta'riflanadi. X-XIII asr yozma manbalarida maqomlarga noaniq ta'rif beriladi. Shuning uchun so'nggi davrda yozilgan musiqa nazariy asarlariga murojaat etamiz. XV asr musiqa nazariyotchisi Zaynulobiddin Husayniyning "Qonun"ida maqomga quyidagicha ta'rif berilgan: "Sozning dastasiga bog'lanadigan halqasimon to'siqlar (so'zma-so'z "halqalar")ni "maqom" deydilar2". Bundan ko'rinadiki, maqom musiqa cholg'ulari dastasiga bog'lanadigan pardalardir. Shuning uchun Sheroziy va Jomiyning risolalarida "maqom" so'zining ekvivalenti sifatida "parda" atamasi qo'llaniladi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi va xayrixohligi bilan o'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish bo'yicha izchil islohotlar davom etib kelmoqda. Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo'lgan milliy maqom san'atini keng targ'ib etish, uning o'ziga xos ijro maktablari va an'analarini yangi bosqichda ravnaq toptirish hamda xalqaro nufuzini oshirish yo'lida juda katta ishlar olib borilmoqda.
Xorij mamlakatlarida san'at sohasi biznesi juda katta taraqqiy topgan bo'lib, bu soha bilan professional darajada shug'ullanganlar ijodiy jihatdan juda katta sarmoyalarga ega bo'lishgan. Bizda esa asrlardan buyon davom etib kelayotgan an'analarga sodiq bo'lgan holda, san'at sohasi, ayniqsa, musiqa san'ati bilan shug'ullanuvchilar orasida asosiy maqsad daromad topish emas, balki, yurtga xizmat qilish, o'z san'atini namoyish qilish orqali obro' topish kabi ezgu niyatlarni amalga oshirish maqsadida qilingan harakatlari hanuzgacha xalqimizning har bir xonadonida sezilmoqda. Musiqa biznesi haqidagi tushunchalar asosan to'ylarga borib xizmat evaziga topilgan pullar to'g'risidagi tushunchalar bilan bir o'ringa qo'yilib kelgan. Aslida esa, musiqa biznesi ko'pqirrali faoliyat bo'lib, unda o'ziga xos yondashuvni talab etadigan jarayondir. Musiqiy jarayonlarga prodyuserlarning aralashuvi bu sohani taraqqiy etib, o'zbek san'atini jahonga tarannum qilinishiga katta turtki bo'lmoqda. Xorijda prodyuser musiqa ishlovchi insondir. Aslida
1 "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 17.11.2017 yildagi PQ-3391-son.
2 I.Rajabov. "Maqomlar". "San'at" nashriyoti. Toshkent 2006. 63-b.
u loyihani amalga oshirishi uchun homiylik, investitsiya vositalarini topuvchi shaxs hisoblanadi, shuningdek tashkilotchi, direktor, imijmeyker, shou-dasturai sahnalashtiruvchi va boshqa vazifalami ham tashkillashtiruvchi deb qaraladi.
Musiqa prodyuseri - musiqa loyihasini ishlab chiqish, loyihaning ommaboplik xususiyatini ishlab chiqish, shuningdek tegishli ishlarni tashkil qilish, moliyalashtirish va nazorat qilish kabi ishlarga mas'ul shaxs. U yaxlit loyiha, albomlar, qo'shiqlar, kliplar, konsert dasturlarini tayyorlash ustida ish olib boradi. Dastlab prodyuser musiqa yozish, repertuar uslubini belgilash, she'r, musiqa tanlash ishlarini, aranjirovka qilishni nazoratga oladi. Bundan tashqari u klip yoki konsert uchun ssenariy tanlashi mumkin. Shuningdek, musiqa prodyuseri loyihaning umumiy yo'nalishini belgilashi, imidjini ishlab chiqishi, yangi obraz yaratish ustida ish olib borishi ham mumkin. Musiqa prodyuseri qo'shiqni yozib olish, kliplarni suratga olish, ba'zan konsertlar loyihasini ham o'z nazoratida tutadi. U loyiha uchun texnik xodimlar, assistentlar, montajchilar, ssenariy mualliflari, operatorlar, rejissyorlar, ovoz operatori va rejissyorlari, saund-prodyuserlarni tanlaydi. Odatda yirik ovoz yozish studiyalarida o'z musiqa prodyuserlari bo'ladi, ba'zan musiqachi yoki xonanda o'ziga ma'qul bo'lgan boshqa prodyuserlarni taklif qilishi, ba'zilar esa o'z loyihasini amalga oshirish uchun o'zlari mustaqil prodyuserlik qilishlari ham mumkin. Musiqa prodyuserining ishini badiiy rahbar ishi bilan tenglashtirish mumkin. Ammo badiiy rahbardan farqli u loyihaning nafaqat ijodiy qismiga rahbarlik qiladi, balki bu ishlami moddiy - texnik ta'minoti bilan ham shug'ullanadi. Ko'pgina hollarda prodyuserlashni moliyalashtirish ishlari bilan aralashtirib yuboradilar. Prodyuserlash loyihani bozorda sotishdagi eng muhim omillaridan biridir.
Musiqiy prodyuserlash loyihani takomillashtirishga xizmat qiladigan murakkab va ko'p bosqichli jarayondir. Moliyalashtirish esa, yuqorida aytib o'tganimidek, o'zaro foydali shartlarda moliya jalb qilishdir. Loyihani talabga muvofiq qilish uchun u quyidagi shartlarga javob berishi kerak; 1. Loyiha g'oyasining o'ziga xos originalligi; 2. Ijrochilarni yorqin vokal imkoniyatlari, yaxshi qo'shiq ayta olish mahorati; 3. Eng yaxshi kompozitor, bastakor, aranjirovkachilar bilan hamkorlik loyihani amalga oshirishdagi muhim vazifalardan hisoblanadi.
Musiqa prodyuseri yetarli tajribaga ega bo'lgach, ijrochiga qaysi qo' shiq mos kelishi va uni mashhur qilib yuborishini darhol belgilay oladigan qobiliyat bo'lishi kerak. Shuning uchun musiqa (prodyuserining butun faoliyati maksimal darajada yaxshi qo'shiqlar yaratishga qaratiladi. Qo'shiq yozish paytida ba'zilari chiqitga chiqib ketadi, ba'zilari esa hammaga yoqadigan bo'lib chiqishi ham mumkin. Bir narsani esdan chiqarmaslik kerakki, bitta qo'shiqni yozib, efirga uzatishga juda ko'p mablag' sarflanadi. Shuning uchun ham u o'zini oqlashi kerak. Musiqa prodyuseri esa buni oldindan ko'ra olishi lozim bo'ladi. Musiqa prodyuseri loyihani amalga oshirishiga mas'ul bo'lgan asosiy shaxslardan biri hisoblanib, hamma jarayonlarni to'g'ri hisobga olgan holda yondoshishi maqsadga muvofiqdir. Musiqa haqida umumiy fikrlarni aytib o'tamiz. XULOSA
Musiqaning ifodali imkoniyatlari kengdir. Unda hayot va o'lim, qahramonlarcha kurash, orzu, qayg'u, shikoyat, tuhmat, hazil kabi mavzularni ifodalash mumkin. Musiqaning buyumni ko'rsatib, tasvirlab beruvchi vositasi yo'q, lekin u tomoshabin sezgisiga, ongiga ta'sir qilibgina qolmasdan, uni tasavvur qilishga unday oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 17.11.2017 yildagi PQ-3391-son.
2. I.Rajabov. "Maqomlar". "San'at" nashriyoti. Toshkent 2006. 63-b.
3. O.EpMaKOBa. Креативный продюсер. -М., 2006.
4. Иванова Г., Огурчикова П., Сидоренко В. «Основы продюсерства» аудиовизуальная сфера. 2003.
5. Криштул Б И. Кинопродюсер. -М., 2000.
6. Кокарев И Е. Кино как бизнес. -М., 1999.