Научная статья на тему 'MUMTOZ MUSIQA VOSITALARIDA O’QUVCHILARDA MILLIY G’OYA VA MAFKURANI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI'

MUMTOZ MUSIQA VOSITALARIDA O’QUVCHILARDA MILLIY G’OYA VA MAFKURANI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
758
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy-iqtisodiy / madaniy-ma’rifiy / tarixiy / milliy / ma’naviy qadriyat / ta’lim / tarbiya. / socio-economic / cultural-educational / historical / national / spiritual value / education / upbringing.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Sobit Аbdivali Oʼgʼli Pardayev, Madina Fazliddin Qizi Karimova

Ushbu maqolada bugungi “Yangi O`zbekiston”ning musiqa aynan mumtoz navolariga qaratilayotgan e`tibor va shu o`rinda musiqaning vositalari yordamida yosh avlod qalbida milliy g’oya va mafkurani shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL AND PRACTICAL FOUNDATIONS OF FORMATION OF NATIONAL IDEAS AND IDEOLOGY IN STUDENTS USING CLASSICAL MUSIC

In this article, the attention paid to the classical music of today's "New Uzbekistan" and the theoretical and practical foundations of the formation of the national idea and ideology in the hearts of the young generation with the help of music tools are revealed.

Текст научной работы на тему «MUMTOZ MUSIQA VOSITALARIDA O’QUVCHILARDA MILLIY G’OYA VA MAFKURANI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

MUMTOZ MUSIQA VOSITALARIDA O'QUVCHILARDA MILLIY G'OYA VA MAFKURANI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY

ASOSLARI

Sobit Abdivali o'g'li Pardayev Madina Fazliddin qizi Karimova

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika O'zbekiston-Finlandiya pedagogika

instituti "Musiqa ta'limi" kafedrasi instituti "Musiqa ta' limi" yo 'nalishi o'qituvchisi 1 -bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bugungi "Yangi O'zbekiston"ning musiqa aynan mumtoz navolariga qaratilayotgan e'tibor va shu o'rinda musiqaning vositalari yordamida yosh avlod qalbida milliy g'oya va mafkurani shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari ochib berilgan.

Katil so'zlar: ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy, tarixiy, milliy, ma'naviy qadriyat, ta'lim, tarbiya.

THEORETICAL AND PRACTICAL FOUNDATIONS OF FORMATION OF NATIONAL IDEAS AND IDEOLOGY IN STUDENTS USING CLASSICAL

MUSIC

ABSTRACT

In this article, the attention paid to the classical music of today's "New Uzbekistan" and the theoretical and practical foundations of the formation of the national idea and ideology in the hearts of the young generation with the help of music tools are revealed.

Key words: socio-economic, cultural-educational, historical, national, spiritual value, education, upbringing.

2022-2026 yillarga moljalgan "Yangi Ozbekiston taraqqiyot 2022-2026-yillarga moljalgan "Yangi Ozbekiston taraqqiyot strategiyasi" ning 5-yo'nalish 71-78 maqsadlariga tayangan holda va albatta Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotga 5-muhim tashabbus doiasida yani yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish va "Yangi Ozbekiston" yoshlarini kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, milliy musiqa sanatimizga bolgan mehr-muhammatini oshirish, bizga qoldirilgan ota bobolarimiz tomonidan manaviy-musiqiy

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

me'rosimizmi butun dunyoga tanitish va targ'ib qilishda aynan milliy musiqamizning o'rni beqiyodir.

Mamlakatimizda jamiyat hayotining ma'naviy-ma'rifiy asoslarini mustahkamlash, milliy istiqlol g'oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini hayotga joriy etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va mas'uliyat hissini oshirish, yot g'oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga yo'naltirilgan targ'ibot tizimi O'zbekistonda jamiyat ma'naviy-axloqiy rivojlanishining muhim omiliga aylandi. «hozirgi yoshlar tarbiyasi biz uchun o'z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo'qotmaydigan masala bo'lib qolmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda barchamiz shuningdek ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko'y va albatta targ'ibotchi sifatida biz talabalar ham bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak» kabi vazifalarning samarali amalga oshirilishi yoshlarda yuksak ma'naviyat, mustaqil fikrlash va Vatan taqdiri va istiqboli uchun mas'uliyatning tarbiyalanishiga bog'liq" ekanligi takidlab o'tilgan.

O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish sharofati bilan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy o'zgarishlar natijasida tarixiy, milliy, ma'naviy qadriyatlarni tiklash, o'rganish, ulardan ta'limiy va tarbiyaviy maqsadlarda keng foydalanish imkoniyatlari yaratildi. Jamiyat taraqqiyotini yuqori darajaga olib chiqish muammolari bosqichma-bosqich hal etilmoqda.

Buni musiqa ta'limi sohasida yaqqol ko'rishimiz mumkin edi. Musiqa sohasida deyarli barcha o'quv dasturlari, o'quv mashg'ulotlari repertuarlari yevropa madaniyati ta'sirida yozilgan va kommunistik mafkura bilan yo'g'rilgan asarlardan iborat edi. Muayyan xalqning milliy ruhi, madaniyati, tarixi, turmush tarzi, urf-odatlari, hayotiy falsafasi va nihoyat eng muhimi shu xalqning qalbini, milliy qiyofasini o'zida mujassam etuvchi milliy musiqa, mumtoz va maqomlarni o'rganish, ularni yoshlar qalbiga, ongi va shuuriga singdirishga e'tibor atayin sust edi.

Albatta, eski mafkuradan qutilish, ta'lim-tarbiya mazmunini mustahkamlash g'oyalari, milliy istiqlol mafkurasi negizida shakllantirish birdaniga amalga oshiriladigan ish emas. Bu yo'lda dastlabki qadamlar tashlandi, eng asosiysi uni amalga oshirish tamoyillari, nazariy asoslari belgilandi.

Bizga ma'lumki u yoki bu xalq, millat to'g'risida ma'lum tasavvurga ega bo'lish uchun, uning madaniy merosi, san'ati, adabiyotidan xabardor bo'lish kifoyadir. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, xalqning muayyan tarixiy bosqichlarini, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy turmush tarzi, hayotiy qarashlari, orzu umidlari, urf-odatlarini o'zida mujassam etgan xalq qo'shiqlari, mumtoz va maqom ashulalarini o'rganish yetarlidir. Chunki xalq musiqa san'ati umuminsoniy g'oyalarni tarannum etishi bilan o'zida, milliy g'oya va mafkuraning eng muhim tendensiyalarini ifoda etadi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Xalq musiqa merosi musiqa merosiga mansub turli janrlarda yaratilgan namunalarni o'rganish, g'oyaviy- badiiy mazmunini tahlil qilish, shuni ko'rsatadiki ularda Vatan, tabiat,insoniy fazilatlardan halollik, mehnatsevarlik, ona tabiatga, insonlarga mehr-muhabbat, tinchlik, adolat Vatan ravnaqi uchun o'zini safarbar etish g'oyalari tarannum etiladi. Mana shunday badiiy, yetuk qiymatga ega san'at namunalari yosh avlodni milliy g'oya va mafkura ruhida, qolaversa barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shunday ekan, Respublikamizda amaliy qilinayotgan ta'limning barcha bo'g'inlarida, xususan musiqiy ta'lim-tarbiyaning eng asosiy shakllantiruvchi bo'lmish umumiy o'rta ta'limda o'quvchilarni milliy musiqa merosimizning eng noyob namunalari hisoblanmish-xalq qo'shiqlari, ashulalari, kuylari va xalq mumtoz musiqasining asosi bo'lgan maqom san'ati bilan chuqur tanishtirib boorish, shu orqali ularda yuksak madaniyat va ma'naviyatni shakllantirishga dolzarb vazifa sifatida qaralmog'i lozim bo'ladi. Bu maqsadni amalga oshirilishi birinchidan, ta'limni milliy negizini mustahkamlashga xizmat qilsa, ikkinchidan yosh avlodni milliy o'zlikni teranroq his etishlariga olib keladi, uchinchidan yoshlarni milliy g'oya va mafkura ruhida tarbiyalash imkoniyatlarini oshirishga olib keladi. Bu esa umumta'lim maktablarining musiqa fani bo'yicha o'quv dasturlari va darsliklari repertuarlariga kiritilgan, kuylash va tinglash uchun tavsiya etilgan asarlar repertuarlarini qayta ko'rib chiqishni, o'zbek xalq qo'shiqlari, mumtoz musiqa haqidagi bilim va malakalarni berishga mo'ljallangan o'quv materiallarini ma'lum sinf va chorak mavzulari doirasida cheklanib qolmasligiga e'tiborni qaratish, nisbatan ancha murakkab ijod mahsuli bo'lgan mumtoz kuy-qo'shiqlar orqali ta'limiy-tarbiyaviy ishlarni sinf va sinfdan tashqari shakllarini uzviylikda va tizimli ravishda yo'lga qo'yishini talab qiladi. O'z-o'zidan ravshanki, bu jarayonda xalq musiqa ijodiyoti, xususan mumtoz musiqa haqida beriladigan o'quv materiallari hajmini kengaytirish, mazmunan yanada boyitish, o'quv soatlari miqdorini ham ko'paytirish lozim bo'ladi.

O'zbek xalqining musiqa merosida xalq qo'shiqlari qatorida bebaho ijod namunasi bo'lgan mumtoz kuy-qo'shiqlar ham salmoqli o'rin egallaydi. O'zbek mumtoz qo'shiqlari milliy qo'shiqchilik rivojini yuksaltirishda eng muhim asos bo'lishi bilan birga shaxs, xususan, o'sib kelayotgan o'quvchi-yoshlarni badiiy-estetik, madaniy, ma'naviy tarbiyasida ham yuksak ta'sirchanlik kasb etadi.

Umumta'lim maktablaridagi musiqa darslari va darsdan tashqari faoliyatda aniq maqsadga yo'naltirilgan mashg'ulotlar jarayonida o'quvchilarni o'zbek maqom tarkibiga kiruvchi ashulalar, cholg'u ijrochiligi namunalari bilan yaqindan tanishtirib borish orqali ular tomonidan xalq musiqa merosiga hurmat, qiziqish, ularni mehr qo'yib o'rganish, kelgusida davom ettiradiga darajada bo'lish ko'nikma va malakalarini hosil

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

qilish bilan birga, zamonaviy yoshlar tarbiyasiga qo'yiladigan ijtimoiy buyurtmani bajarish, ya'ni ularda milliy g'oya va mafkurani shakllantirishga erishish mumkin.

Shuni e'tirof etish joizki, o'zbek xalq mumtoz ashulalari, qo'shiqlari negizida xalq og'zaki ijodi yoki mumtoz she'riyat namunalari (aksariyat g'azal janriga oid she'rlar)ga xos adabiy matn yotadi. Bundan tashqari hozirgi zamonaviy bastakorlarning ham ko'pchiligi xalq qo'shiqlarini, mumtoz va maqom kuy-qo'shiqlari ohanglaridan ijodiy ilhomlanib yangi kuy-qo'shiqlar yaratib kelishmoqda.

Mumtoz adabiyot vakillari tomonidan yaratilgan she'riy asarlar yuksak ijod namunasi sifatida ko'p asrlar davomida xalqimiz tomonidan e'zozlanib kelinadi. Ularning badiiy asar sifatida yuksak mahorat va istetod egasi ekanligi, ular mazmunida ifoda etilgan g'oyalar, ilohiy ishq tarifi bayon etilgan lerik kechinmalar, nozik his -tuyg'ular, g'oyat nafis tasvirlar, o'xshatishlar, tasbehlar, ranglar tasviri har qanday kishi qalbida o'ziga xos, ajib hissiyotlar uyg'otadi. Bunday asarlarni qayta-qayta o'qiysan va har gal ular seni qalbingda o'zgacha tuyg'ular vujudga keltiradi. Shoirning betimsol xayolati, o'z xayolotida siymosini chizgan mashuqasining olijanob fazilatlariyu, kishi erkini zabt etuvchi tashqi ko'rinishi, harakat va qiliqlari beixtiyor o'quvchining ham qalbini rom etadi. Bunday she'riy matnga bastalangan kuy-musiqaning sehrli ta'siri uyg'unlashib, inson hissiyotiga nisbiy, emotsional ta'sir etish jihatidan estetik tarbiyaning qudratli vositalaridan biriga aylanadi. Musiqa qo'shiqning badiiy-emotsional ta'sirchanligi va estetik-tarbiyaning mavqeyini kuchaytiradi. Bu esa ijrochilarni ham, tinglovchilarni ham, badiiy-estetik zavqlanishi, qalbida olijanob his-tuyg'ular uyg'onishi, hayotga muhabbati oshishi, go'zallikka intilishi va go'zallik yaratishga ishtiyoqini kuchaytiradi. Bularnig barchasi estetik tarbiyalanganlik tushunchasida o'z in'ekosini topadi desak aslo xato bo'lmaydi. Shuning uchun ham mumtoz musiqa asarlaridan (kuy-qo'shiqlar), ularning ma'naviy va estetik tarbiya imkoniyatlaridan pedagogik maqsadlarda foydalanish yaxshi samara beradi. Bu o'rinda ashula matnidagi tarbiyaviy jihatlarni, asarni musiqiy ijod mahsuli sifatidagi badiiy qimmati, uning tuzulishi, janriy xususiyatlari, ijrochilik talablari, ijro etuvchilar imkoniyatlariga mosligi jihatidan o'quvchilarning musiqaviy idrok etish imkoniyatlariga mosligi nuqtai-nazaridan tanlash, ularning mohir ijodkorlari haqida ma'lumotlar bilan to'ldirish, imkon qadar namunalarini mahoratli hofizlarning ijro-yozuvlarini tinglashlariga, so'gra tahliliy suhbatlar o'tkazilishiga jiddiy yondoshish lozim bo'ladi.

Inson o'z tabiatiga ko'ra doimo go'zallikka intilib yashaydi. Shuning uchun ham go'zallikka intilish mayli bilan yashaydigan insonni yoshligidan go'zallik qonunlari bo'yicha tarbiyalash, undagi go'zallikni his etish, baholash, unga o'z munosabatini bildira olish, go'zallik yaratishga bo'lgan iste'dodini ro'yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish estetik tarbiyaning bosh maqsadini va vazifasini belgilaydi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Respublikamizda mumtoz musiqa, maqom musiqalarini xalqimiz hayotiga, yoshlar ma'naviyatiga kengroq miqyosda olib kirish, ularni targ'ib va tashviq qilish bo'yicha bir qator ma'naviy-madaniy tadbirlar o'tkazib kelinayotganligi quvonarli hol. Har yili o'tkaziladigan "Kelajak ovozi", "Diyorim ohanglari", "Talantlarni izlaymiz", "Katta ashulachilar tanlovi", Komiljon Otaniyozov, Ma'murjon Uzoqov nomidagi ko'rik tanlovlarni o'tkazib kelinishi shuningdek, O'zbekiston Milliy Konservatoriyasi, Toshkent madaniyat va san'at institutida mumtoz va maqom ijrochiligi bo'yicha mutaxassislar tayyorlash yo'nalishlari faoliyat ko'rsatayotganligini ijobiy baholash mumkin. Mumtoz musiqa uning umumjahon musiqa madaniyati, xususan Sharq xalqlari madaniy hayotida tutgan o'rni ularning o'zaro mushtaraklik jihatlarini (cholg'ular turdoshligi, musiqiy atamalar va iboralardagi nomlanishlar o'xshashligi, ijrochilik an'analari, uslublaridagi mutanosiblik, rivojlanish tendensiyalari) ochib berish, bu o'rinda azaliy aloqalarni tiklash va yanada yuqori miqyosda rivojlantirish maqsadida har 2 yilda o'tkazib kelinayotgan "Sharq taronalari" xalqaro Samarqand festevalining ham ahamiyatini alohida ta'kidlash o'rinlidir. Bunday tadbirlar, anjumanlarning foydali tomonlari shundan iborat bo'lmoqdaki, ularda uslubchi va nazariyotchi olimlar-musiqashunoslar aynan maqom va mumtoz ijod, ularning shakllanishi, mushtaraklik jihatlari, ijro an'analari va uslublari haqida fikrlarini bildirib, musiqa ilmi rivojiga munosib hissa qo'shib kelmoqdalar. Mumtoz musiqadan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish borasida ham e'tiborga molik ilmiy-tadqiqotlarqilinayotganligi ham xalq musiqa merosini o'rganish, uni xalqimiz ma'naviyatiga tadbiq qilish sohasida hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ishlar mazmuniga mos keladi. Jumladan san'atshunos olim R.Abdullayevning katta ashula janri, S.Begmatovning Farg'ona vodiysi qo'shiqchilik an'anlari, O.Matyoqubovning og'zaki an'anadagi professional (mumtoz va maqom) musiqa ijrochiligining nazariy masalalari haqidagi, F.Karamatov, X.Ikromov, T.G'ofurbekovlarning milliy musiqamizning mahalliy uslublari, ularning rivojlanish tendensiyalari, cholg'ular tarixi haqidagi tadqiqotlari shular jumlasidandir. Musiqa pedagogikasi va estetik tarbiya muammolariga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlarni o'rganish shuni ko'rsatadiki adabiyot va san'at turlari vositasida ish tutish mohiyatan bir-biriga yaqin turadi. Ular san'atning muayyan shakllari bo'lganligi va inson ruhiyatiga emotsional ta'sir kuchi bir-biriga yaqinligi uchun ham ish uslublari, shakl va mazmuni, beriladigan tavsiyalarida ham yaqinlik ko'zga tashlanadi. Aslida san'atning qo'shiqchilik bilan bog'liq turlarini bevosita adabiyot (she'riyat) bilan bog'liqligi ham bunda asosisy omil hisoblanadi. Xalq qo'shiqchiligi, ayrim vohalarga xos janrlar vositasida estetik tarbiyalash muammolariga bag'ishlangan bir qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bu o'rinda B.X.Madrimovning "Xorazm musiqa folklori vositasida o'quvchilarni estetik tarbiyalashning pedagogik asoslari", O.A.Vasilechenkoning "Maktab musiqiy-xor ijrochiligi jarayonida o'smir-yoshlarni

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

estetik didni shakllantirish", Sh.Janaydarovning "O'quvchi-yoshlarni musiqa vositasida vatanparvarlik va baynalminallik ruhida tarbiyalash", F.Jurayevning "O'quvchi-yoshlarni o'zbek cholg'u asboblari tugaraklarida ommaviy-musiqiy, estetik tarbiyasini yo'lga qo'yish va takomillashtirish", D.M.Kamolovaning "Musiqa san'ati vositasida o'smir-yoshlarni g'oyaviy axloqiy tarbiyalash" , B.Azimovninig "Xalq musiqasi vositasida yoshlarni axloqiy tarbiyalash"(Kasb-hunar ta'limi o'quvchilari misolida) kabilarni alohida ko'rsatish mumkin. Bu ishlarda asosan umumiy o'rta talabalarga estetik tarbiya berishning mohiyati, vazifalari turlicha va har bir sohaning o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olgan holda tadqiq etilgan. Bunday ishlarga G.Ch.Najmiddinovning "O'zbekiston Respublikasi pedagogika oliy o'quv yurtlari talabalarida kasbga qiziqtirish va shakllantirish", R.Mamatqulovaning "Milliy ma'naviy meros asosida universitet talabalarida xulq-odob fazilatlarini tarbiyalash", X.Nurmatovning "Boshlang'ich sinf o'quvchilarini musiqa darslarida o'zbek xalq qo'shiqlari vositasida estetik tarbiyalash muammolari", E.M.Fayzullayevning bo'lajak musiqa o'qituvchilarini badiiy didini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari (o'zbek mumtoz musiqasi misolida), S.E.Romanovaning "Qoraqalpoq milliy-musiqiy an'analari asosida bo'lajak musiqa o'qituvchilarini ma'naviy tarbiyalashning pedagogik asoslari", M.B.Qosimovaning "Musiqiy folklor qo'shiqlar vositasida talaba-yoshlarni estetik tarbiyalash" kabi olib borilgan ilmiy izlanishlarni misol qilib keltirish mumkin.

Lekin bu ilmiy tadqiqotlarda o'quvchi-yoshlarni hamda talaba-yoshlarni milliy musiqiy meros yoki uning ayrim turlari bo'yicha(folklor, mumtoz va maqom)milliy g'oya va mafkura ruhida tarbiyalash muammosi alohida ilmiy tadqiq etilmagan. Biz o'zimizning mazkur tadqiqot mavzusini tanlashda bu bo'shliqni baho li qudrat to'ldirishga ya'ni o'zbek mumtoz kuy-qo'shiqlarining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, ularning tarbiyaviy imkoniyatlarini milliy g'oya va mafkuraga mansub jihatlarini, o'quvchilarda milliy g'oya va mafkuni yetakchi unsurlarini shakllantirishd a ijobiy ahamiyat kasb etuvchi xususiyatlarini ko'rsatish, uni nazariy va amaliy jihatdan asoslashga harakat qildik.

Xalq qo'shiqlari ham mumtoz ashulalar va kuylar faqat xalq ijodi namunasigina bo'lib qolmay, ayni vaqtda xalqning mehr-muhabbatiga sazovor bo'lgan, bir necha asrlar mobaynida avloddan-avlodga o'tib o'z qimmatini yo'qotmay kelayotgan adabiy-badiiy voqelikka mansub ijod va san'at deb baholanmog'i zarur. Ayrim ilmiy tadqiqotlar, maqola va uslubiy adabiyotlarda xalq musiqasi degan tushunchani faqatgina folklor sifatida talqin qilish holatlari uchraydi. Bu esa shu yo'nalishda ish olib borayotgan musiqa ta'limi mutaxassilari va badiiy havaskorlik to'garaklari rahbarlarini bir yoqlama ish tutishlariga sabab bo'lmoqda. Biz esa xalq ijodiyotining yuksak namunasi bo'lgan, davr sinovlaridan o'tib, keng omma tomonidan etirof etilgan kuy-qo'shiqlarni tanlab olib, ularning tarbiyaviy, estetik qiymatini tahlil qilib, ularni

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

o'quvchi-yoshlarni ma'naviy olamlarini boyitish, shu orqali ularda milliy qadriyatlarga qiziqishni oshirishni asosiy maqsad qilib keldik. Chunki , "mumtoz" atamasining ham asl ma'nosi "tanlangan", "yetuk", "e'tirof etilgan" degan ma'nolarni anglatadi. Bu esa qo'shiqchilikning ashula, katta ashula, ayrim qo'shiq, alla, dostonchilik qo'shiqlari, maqom tarkibiga kirgan asarlarni mumtoz ijod namunasi ded baholash, ya'ni yuksak badiiy ijod namunasi bo'lgan asarlarga nisbat berish to'g'ri bo'lishligini anglatadi. Fikrimizni isboti sifatida shuni ta'kidlashni lozim topamizki, xalqimiz musiqa san'atining "gultoji" bo'lgan "shashmaqom" to'plamining kirish so'zida maqomlar xalq ijodiyotining mahsuli ekanligi, u xalq musiqasining eng noyob, mukammal namunalari sifatida talqin etiladi.

Musiqa san'ati, xususan maqom musiqasi tadqiqiga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlar orasida I.Rajabovninig "Maqomlar masalasiga doir" managrafiyasi alohida o'rin tutadi. Unda xalq musiqa san'atining eng noyob badiiy qiymati va shakllanish bosqichlaridan o'tgan maqomlarning tarixi, ularning turkumlari tuzulishi, lad-tonallik xususiyatlari nazariy tahlil qilingan. Bu kitob o'zbek mumtoz musiqaning asosi bo'lmish maqom kuy-qo'shiqlari haqida atroflicha ilmiy ma'lumot olishda muhim manba hisoblanadi.

Biz tadqiqiy izlanishlarimizga kirishar ekanmiz, umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarga berilayotgan o'zbek musiqa merosi bo'yicha berilayotgan bilim va tushunchalar, amaliy ijrochilik bilan bog'liq o'quv materiallari mazmuni va mashg'ulotlar sifatini kuzatdik. Tahliliy xulosalarimiz bu borada jiddiy kamchiliklar va muammolar borligini ko'rsatdi. Bu avvalo, umumta'lim maktablarida faoliyat olib borayotgan musiqa o'qituvchilarini o'zbek mumtoz musiqasi bo'yicha yetarli nazariy va amaliy ijrochilik malakalariga, pedagogik faoliyatga tayyor emasliklarida emasligi ma'lum bo'ldi, buning asosiy sababi musiqa o'qituvchilari tayyorlashga yo'naltirilgan pedagogik, oily o'quv yurtlarida talabalarni mumtoz musiqa bo'yicha kasbiy tayyorlashga e'tibor va yetarli shart-sharoitlarni yaratilmaganligidir.

Mumtoz kuy-qo'shiqlarni og'zaki an'anadagi professional ijod namunalari sifatida etirof etilishi nuqtayi-nazaridan qaraydigan bo'lsak, yarim yil, hatto bir yillik olingan tahsil talabalarni bu san'at yo'nalishi bo'yicha kasbiy faoliyatga tayyorlash mumkin bo'lmagan holatdir. Qolaversa mumtoz qo'shiq namunalarini ijro etish uchun keng diapazonli ovoz, yuqori ijrochilik mahorati va ular haqidagi nazariy ma'lumotlarni egallash va o'quvchilarga o'rgatishning o'ziga xos metodikasidan yetarli bilim va malakalarga ega bo'lishlikni talab etadi.

Bu haqda taniqli san'atshunos olim T.G'ofurbekovning quyidagi fikrlari ham bizning mulohazalarimizni tasdiqlaydi. "O'zbek xalq g'oyat boy va qadimiy musiqiy merosga ega. U maktablarimizda, oliy va o'rta ta'lim muassasalarida o'rgatilmasa, qayerda, qachon o'rganiladi. Ahvol shu tarzda ketaversa bu bebaho boylik ta'lim va

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

tarbiya tizimidan uzoqlashib, begonalashib ketmaydi-mi?...bugungi yoshlarimiz an'anaviy ma'nodagi musiqani, maqom va mumtoz kuy-qo'shiqlarni, ko'p ovozli hamda zamonaviy musiqani birdek bilishi, tushunishi zarur"1.

Ushbu so'zlar hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining musiqa fani bo'yicha o'quv dasturi va rejasida 6-sinfda yil mavzusi "Mumtoz musiqa" deb nomlanadi. Faqat manashu sinfning 1 -2-sinfida o'quvchilarga mumtoz musiqa haqida qisqacha ma'lumot beradi. Ajratilgan soatlar hajmi va o'quv materiallari o'quvchilarda bu bebaho san'at haqida dastlabki tasavvurlarni hosil qilish uchun kamlik qiladi.

To'g'ri o'quv dasturida tinglash va kuylash uchun tavsiya etilgan repertuar tarkibida mumtoz asarlarga deyarli barcha sinflarda o'rin berilgan. Lekin tavsiya etilgan mumtoz asarlarni tinglash uchun zarur musiqiy "fonetika" larni mavjud emasligi bu masalani dolzarbligicha qolishiga sabab bo'lmoqda.

Sanab o'tilgan muammolar respublikamizdagi mavjud ta'limning barcha bo'g'inlarida estetik tarbiyaga e'tiborni tubdan o'zgartirish, ayniqsa musiqa ta'lim-tarbiyasida o'sib kelayotgan yosh avlodni birinchi navbatta milliy musuqa merosi bilan shu jamladan mumtoz va maqom san'ati bilan chuqur tanishtirib berish, shu orqali ularda milliy g'oya va mafkurani shakllantirish ishlariga jiddiy va mas'uliyat va yondoshish lozimligini ko'rsatadi. Buning uchun mumtoz musiqa vositasida milliy g'oya va mafkurani shakllantirishning o'ziga xos metodik tizimi ishlab chiqilishi va amaliyotga tadbiq etilishi lozimligi o'z-o'zidan ayondir.

Shulardan kelib chiqib musiqa mashg'ulotlari jarayonida, xususan umumta'lim maktablarida ya'ni bizning ilmiy izlanishlarimiz manbai bo'lgan musiqa bo'yicha dars va darsdan tashqari faoliyatda o'quvchilarni milliy g'oya va mafkura ruhida tarbiyalash borasida quyidagi ishlarni amalga oshirishni maqsadga muvofiq bo'ladi deb aytishimiz mumkin:

1. Umumta'lim maktablaridagi musiqa madaniyati mashg'ulotlarida bosh vazifa qilib o'quvchilarni milliy musiqa merosi bilan chuqur tanishtirib borish, shu orqali ularda milliy ong, tafakkur, dunyoqarashni shakllantirish lozim;

2. Estetik tarbiyaga xalqimizning milliy madaniyati qadriyatlari san'atiga tayangan holda yondoshish;

3. O'zbek xalqining tarixi an'analari, urf-odatlarini mujassam etuvchi xalq qo'shiqlari bilan bir qatorda yuksak ijod namunalari bo'lgan mumtoz kuy-qo'shiqlardan foydalanishning shakl, usul vositalarini aniqlash va joriy etish;

4. Mumtoz musiqaga mansub turli janr va mavzulardagi kuy-qo'shiqlarni tarbiyaviy va didaktik imkoniyatlarini, ularning o'ziga xos xususiyatlarini yorituvchi dastur, metodik qo'llanmalarni ishlab chiqish;

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

5.Uumumta'lim maktablarida musiqa ta'limining dars va darsdan tashqari holdagi faoliyatda estetik tarbiyani uzluksizligi va uzviyligini yo'lga qo'yish bilan respublikamizda ta'lim-tarbiya tizimi oldiga qo'ygan ustuvor maqsadlarga erishishini ko'zlab ish yurutishiga kirishishi;

6. Musiqa o'qituvchilari tayyorlashga yo'naltirilgan pedagogika oliy o'quv yurtlarining musiqiy ta'lim ixtisosliklari o'quv rejasida "an'anaviy ijrochilik va maqom asoslari" hamda "o'zbek mumtoz qo'shiqchiligi" fanlarini o'qitish mazmuni va hajmini ko'paytirish, bo'lajak pedagoglarni mumtoz musiqa bilan ishlash faoliyatiga tayyorlash ishlarida tubdan burulish yasash;

7. Oliy pedagogik ta'lim tizimida talabalarni turli musiqiy va ommaviy tadbirlar, konsertlar, ko'rik tanlovlarga faol jalb etish, bu tadbirlarni konsert dasturlarida amaliy ijro yo'nalishi bo'yicha qatnashishlarini yo'lga qo'yish lozim. Aynan manashu faoliyatda ularning o'z ustida mustaqil va individual ishlash va erishgan natijalarini keng jamoatchilik oldida namoyish qilishga bo'lgan intilish holatlari rivojlanadi. Bu o'z mazmuniga ko'ra "an'anaviy"lik tamoyillariga mos xususiyat bo'lib, talabani mumtoz kuy-qo'shiqlarni o'rganish borasida mustaqil shug'ullanish, izlanish, qidirib topish, o'zgalar yordamidan foydalanish, xullas o'z mahoratini takomillashtirib borishlariga olib keladi.

Ta'lim jarayonida mumtoz kuy-qo'shiqlarni bo'lajak musiqa o'qituvchilari tomonidan samarali o'zlashtirilishi ko'p jihatdan ushbu yo'nalishdagi faoliyatni qanday tashkil etilishiga bog'liq bo'ladi. Bo'lajak musiqa o'qituvchilarining yuksak badiiy qimmatga ega asar namunalarini o'zlashtirish darajalari, ularni maktab faoliyati davomida o'quvchilarni asar badiiy qimmatini baholay olish, ularni farqlash, she'riy matnda ifodalangan g'oyaviy-badiiy mazmunni anglashlari uchun zarur bilim va tushunchalarni berish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Umumta'lim maktablarida mumtoz namunalarni to'laligicha o'rgatish, o'quvchilar tomonidan ijro etish shartli vazifa qilib qo'yilmaydi. Balki shunga erishish kerakki, o'quvchi mumtoz musiqani mukammal ijod namunasi ekanligini bilsin, badiiy saviyasi past va yuqori istedod mahsuli bo'lgan asarlarni farqiga borish, qo'shiq, yalla, lapar yoki zamonaviy estrada qo'shiqlariga nisbatan mumtoz kuy-qo'shiqlarni ancha "jiddiy" ,"murakkab" shu bilan birga ijrochilikda ma'lum tajriba va mahorat, istedodni talab etishini his etish ko'nikmalariga ega bo'lishlarini taqazo etadi. Shuning uchun ham maktab musiqa darslarida tavsiya etilgan mumtoz namunalarni asosan tinglash, tahlil qilish, ijro uslublariga, har bir ijrochining mahorati, ovozni ishlatish, ohangdorlik, o'ziga xos nola, qochirim kabi musiqiy bezaklarning o'z o'rnida qo'llanishi, usullar (retm)ga e'tiborlarini qaratish asosiy o'rin tutadi.

O'quvchilar yuksak badiiy qimmatga ega mumtoz kuy-qo'shiqlarni tanlash, ular haqida suhbatlar jarayonida, asarlar ijrochilari, yaratilish tarixi haqida ko'proq bilishga

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

qiziqadilar. Manashu istakning o'ziyoq ta'limni muvaffaqiyatli tashkil etishning eng muhim "boshlang'ich omillar"idan hisoblanadi.

Qayd etilganlar umumta'lim maktablarida mumtoz musiqa bilan o'quvchilarni tanishtirib borish mazmunini takomillashtirish jarayonini muvaffaqiyatini ta'minlash bilan birga ta'lim-tarbiya tizimida barkamol avladni milliy qadriyatlarga sodiq, axloqiy yetuk, nozik didli, milliy g'oya va mafkura tamoyillariga javob bera oluvchi kelajagimiz bunyodkorlarini yetishtirish imkonini beradi. Shundan kelib chiqqan holda o'zbek mumtoz musiqa san'atini shaxs kamolotidagi o'rni va ahamiyatini, undan tarbiyaviy maqsadlar foydalanishning mazmuni, mohiyati, shakl va uslublarini ishlab chiqishga harakat qildik. Bizga ma'lumki har qanday qo'shiqda u yaralgan davrning o'chmas izi bo'ladi. Tarixiy, mumtoz, folklor sarasiga kiruvchi qo'shiq namunalari kishilarga yuksak estetik zavq-shavq baxsh etishi bilan birga o'quvchi-yoshlarga xalq ruhiyatini, o'ziga xos madaniyati, san'ati, turmush tarzi, urf-odatlari, o'ziga xos etnik xususiyatlari, raqs, cholg'ulari, milliy kiyinishlari (liboslari) haqida mukammal bilim, tushunchalarga ega bo'lib borishlariga zamin yaratadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan "o'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risi"dagi PQ3391-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotga 5-ta muhim tashabbus doiasida ya'ni yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha amalga oshirilgan va qaror ijrosi sifatida, va albatta 2022-2026 yillarga mo'ljalgan "Yangi O'zbekiston taraqqiyot 2022-2026 yillarga mo'ljalgan "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi" ning 5-yo'nalish 71-78 maqsadlariga tayangan holda olib chiqilgan mavzuyimiz bugungi kunda o'z dolzarbligini belgilaydi.

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmoyishlar bugungi kunda biz yoshlarga qaratilayotgan e'tibor va imkoniyatlar eshigini ochib berganligi, bu ulkan imkoniyatlardan yoqori darajada foydalanishimizni belgilab beradi, va albatta yurtimiz bayrog'ini yurori marralarga kutarishimizda biz yoshlarga mustahkam poydevor vazifasini bajaradi. Biz yoshlar ushbu bildiriliyotgan ishonchga munosib farzand ekanligimizni isbotlaydigan, milliy mumtoz musiqa san'atimizni dunyolarga dovrug'ini tanitadigan avlod ekanligimizni kuch-qudratga egamiz va yurtboshimizga munosib farzand bo'lamiz va butun o'zbek millati yoshlarini ilm va ijod yo'lida birdam va hamqadam bo'lishga chorlab qolamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. 2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan yangi o'zbekiston taraqqiyot strategiyasi to'g'risida PF-60-son 2022 yil 28 yanvar.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi PF-4947-son Farmoni// Xalq so'zi gazetasi 2017 yil 8 fevral

3.Qosimova Z.X. Talaba yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning pedagogik asoslari. (Oliy o'quv yurtlari ma'naviy-ma'rifiy ishlari misolida). Pedagogika Fan. nomz. ilmiy dar. olish uchun tayyorlangan diss-ya. -T. 2004. 117-b.

4. Alimasov V. Ommaviy madaniyat OG'Umi?// "Ishonch" gazetasi, 2018 yil 19

iyun.

5.Saidov U. Madaniyat sohasidagi globallashuv jarayonlari va ma'naviy tahdidlar. - Toshkent: "Akademiya", 2011. - 56 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.