O'ZBEK MILLIY MUSIQA SAN'ATIDA MAQOMNING O'RNI VA O'ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI Sh.Dadayev
O'zDSMI "Milliy qo'shiqchilik" kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.14510912
Annotatsiya: Bugun biz bunyod etayotgan yangi hayot, yangi jamiyatning ma'naviy asoslarini yanada mustahkamlashda maqom san'ati muhim ahamiyatga egadir. Maqolada o'zbek maqom taraqqiyotida amalga oshirilgan jarayonlar, islohotlar haqida so'z yuritilgan. Keltirilgan ma'lumotlar maqomning bugungi kundagi ahamiyati, amalga oshirilgan loyihalar, uning jamiyat hayotida tutgan o'rni xususida tahliliy fikrlar keltirib o'tilgan.
Kalit so'zlar: O'zbek maqom san'ati, musiqa, shashmaqom, ijtimoiy-madaniy jarayonlar, ijtimoiylashuv, integratsiya, modernizatsiya, maqom teatri, madaniy aloqalar, xalqaro festival.
РОЛЬ СТАТУСА И ЕГО ХАРАКТЕРИСТИКИ В УЗБЕКСКОМ НАЦИОНАЛЬНОМ МУЗЫКАЛЬНОМ ИСКУССТВЕ
Аннотация: Статусное искусство важно для дальнейшего укрепления духовных основ новой жизни и нового общества, которое мы строим сегодня. В статье говорится о процессах и реформах, реализуемых в развитии статуса узбеков. Даны аналитические заключения о значении статуса сегодня, реализуемых проектах и его роли в жизни общества.
Ключевые слова: Узбекское статусное искусство, музыка, шашмаком, социокультурные процессы, социализация, интеграция, модернизация, статусный театр, культурные связи, международный фестиваль.
THE ROLE AND SPECIFIC FEATURES OF MAQOM IN UZBEK NATIONAL
MUSICAL ART
Abstrack: Status art is important for further strengthening the spiritual foundations of the new life and new society that we are building today. The article talks about the processes and reforms being implemented in the development of the status of Uzbeks. Analytical conclusions are given on the meaning of status today, ongoing projects and its role in the life of society.
Keywords: Uzbek status art, music, shashmakom, sociocultural processes, socialization, integration, modernization, status theater, cultural relations, international festival.
KIRISH
Barchamizga ma'lumki, san'at turlari ichida hammaga eng yaqin va tanish bo'lgani musiqa san'atidir. Musiqaning nazariy asosi yettita notadan iborat bo'lsa ham, uning ustida tom-tom ilmiy va nazariy xulosalar chiqarish borasida haligacha izlanishlar olib borilmoqda. Turmushning hamma qirralarida, moddiy va nomoddiy sohada ham musiqa san'ati kishilarni ezgulikka, yaxshilikka, ulug'likka chorlovchi, mehnatga undovchi, insonlarda estetik zavq uyg'otuvchi vosita sifatida qaraladi.
Muhtaram Prezidentimizning 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-sonli "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori o'zbek milliy mumtoz musiqasi tarixida yangi davrni boshlab bergan muhim amaliy hujjat bo'ldi desak adashmagan bo'lamiz. Unda milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish, jamiyat hayotida tutgan o'rnini
oshirish va uni xorijiy mamlakatlar bo'ylab tan olinishiga sharoit yaratish borasida muhim vazifalar belgilab berilgan1. ASOSIY QISM
Musiqa insonlarning og'ir damlarida dardkash, quvonchli kunlarida hamroh bo'lib, ularning ma'naviyatini yaxshilik tomonga yo'naltirishga xizmat qiladi va qilayotir. Faqat san'at jabhalarida emas, balki hayotning boshqa sohalarida ham musiqa muhim vazifalarni bajargan. Lekin teatrda ham, radio, televideniyeda ham musiqa yordamchi komponentlardan biri hisoblanadi, deyishadi. Bu bilan musiqa san'atlar ichida ikkinchi darajali ekan, degan fikr kelib chiqmasligi lozim. Musiqa san'ati alohida san'at turi bo'lib, san'atning boshqa turlariga singib ketgan. Raqs, teatr va boshqa san'at turlarini musiqasiz tasavvur qilib ko'rish mumkinmi? Albatta, mumkin emas. «Musiqa» yunoncha «musa» turli-tuman tovushlar bilan badiiy obraz yaratib beruvchi, g'oyaviy emotsional mazmunga ega bo'lgan san'atning bir turidir, qisqacha qilib aytganda, musiqa - tovushlar yig'indisi, degan ma'noni anglatadi. Agar xoreografiya, raqs san'ati qo'l, yuz, mimika xatti-harakatlari orqali badiiy obraz yaratuvchi san'at turi hisoblansa, musiqa tovushlar orqali yaratilgan san'at turi hisoblanadi.
Arabcha maqom ( , - o'rin, joy, tovush, parda, daraja va h.k., ko'plik shakli maqomot - ùUlià ) atamasi o'tmishda turli ma'noda ishlatilib kelingan. "Musiqa istilohida esa maqom -musiqa cholg'ularida kuy va ashulalarni tashkil etadigan tovushlarning joylashadigan o'rni, ya'ni pardalardir. Maqom - ma'lum lad2 asosiga mos keladigan va muayyan pardadan boshlanadigan kuy va ashulalar majmuasidir. Hozirgi kunga qadar maqom kuy va ashula yo'llari turkumi ma'nosini ifodalab keldi"3. Kasbiy musiqaning yuksak namunalari bo'lgan maqomlar aksariyat musulmon Sharq xalqlari mumtoz musiqa merosining salmoqli qismini tashkil etadi.
Maqom san'ati o'zining ko'p asrlik tarixiga ega. Bu tarixni o'zaro farqli ikki yirik davrga ajratish mumkin. Birinchi davr mazmunini maqomlarning makon-zamon nuqtai nazaridan juda qadimiy kelib chiqish ildizlari, dastlabki kuy-ohang qatlamlarini o'rganish masalalari tashkil etadi. Tabiiyki, bu davrda hozirda ma'lum tom ma'nodagi maqomlar bo'lmagan, albatta. Chunki maqom tizimlarining shakllanish jarayonlari ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning ma'lum bosqichi bilan shartlangan. Zotan, tayanch manbalari juda qadim bo'lgan maqomlar "xalqlarning o'ziga xos musiqa boyliklari asosida kasbiy sozanda va xonandalar tomonidan yaratilgan va uzoq madaniy-tarixiy taraqqiyot jarayonida mustaqil musiqa janri sifatida yuzaga kelgan"4. Bunda saroy madaniyati ham zarur obektiv omil sifatida muhim o'rin tutgan edi.
Xorij tajribalarini o'rgangan holda insoniyat qo'lga kiritgan mumtoz badiiy an'analarni tadqiq etish, shu jumladan, ko'p asrlik milliy musiqiy an'analarning tarixiy kelib chiqish sabablarini ochib berish, ularning boqiylikka dahldor xususiyatlari va zamonaviy ijodiy talqinlarga asos jihatlarini aniqlashga katta e'tibor berilmoqda. Har bir xalqning milliy mentalitetini teran anglatuvchi musiqa sohasidagi an'analar mohiyatini teran anglash, ularning ijodiy tafakkur tadrijida tutgan o'rni hamda umumbashariy qadriyatlarga uyg'unligini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
1 "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 17.11.2017 yildagi PQ-3391-son.
2Ladning turli ma'nolari bor. Bu yerda oktava diapazonidagi tovushlar maj muasi, 8 pog'onali diatonik lad uyushmalari ko'zda tutiladi.
3 Rajabov I. Maqomlar.- Toshkent, 2006, 63-64 betlar.
4 Ibrohimov O. Maqom asoslari. O'quv qo'llanma. -Toshkent:. nashriyoti, 2018. -159-b
O'zbek milliy mumtoz musiqasini ilmiy tomonlarini o'rganish, uning ilg'or an'analarini asrash va xalqaro miqyosda targ'ib qilish borasida jahonning nufuzli tashkilotlari, jahon hamjamiyati yirik ilmiy markazlari va taniqli olimlar tomonidan bir qator ilmiy va amaliy ishlar bajarilgan. 2003-yili "Shashmaqom" turkumi UNESCO xalqaro tashkiloti tomonidan jahon nomoddiy madaniy merosining durdonasi sifatida e'tirof qilindi hamda 2008-yili nomoddiy madaniy meros bо'yicha hukumatlararo qо'mitasining 3-sessiyasida insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro'yxatiga kiritildi. Endilikda nufuzli tashkilot qabul qilgan maxsus dastur asosida "Shashmaqom" an'analarini saqlash va jahon Ьо'у^Ь keng targ'ibi uchun katta imkoniyatlar ochildi.
Insonning jamiyatda tutgan mavqei, madaniy-tarbiyaviy, g'oyaviy-tashkilotchilik rolida musiqa yuksak o'rinda turadi. Har bir xalqning musiqasi milliy xususiyatlarga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Xalq musiqasi uzoq yillar mobaynida shakllanib, xalqning boy xazinasiga aylandi. Xalq musiqasi bilan mustahkam bog'langan holda professional musiqa ham taraqqiy qilib keldiki, uning vujudga kelishiga mohir sozanda, bastakorlar o'z hissalarini qo'shdilar. Musiqa san'ati sahna asarlari: teatr, drama, musiqali drama, opera, operetta, balet, kino va boshqa san'atlar ichida muhim rol o'ynaydi. Musiqa san'atning boshqa turlarida qollanilganda uning vazifalari turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, ommaviy bayram va tomoshalarda musiqaning turli janrlari ishtirok etishi mumkin. Undan tashqari, bunday tadbirlarda musiqali jamoalar, vokal cholg'u ansambllari, musiqalardan parchalar, alohida musiqali nomerlar, boshqaruvchilarning chiqishlari uchun musiqa, xullas, voqeaning rivojlanishi uchun, tadbir yoki tomoshaning temporitmini ushlab turishi uchun musiqa san'atidan foydalaniladi. Sahnalashtirish san'atida musiqa quyidagi vazifalarni bajaradi:
- Musiqa - qatnashuvchilar, ishtirokchi obrazlarini xarakterlab beradi.
- Harakat vaqti, joyini ifodalashi mumkin.
- Tomoshabinga ko'rinmayotgan voqealami ilg'ab olishga, tez tushuna olishiga ko'maklashadi.
- Harakat, voqeada sahnaviy muhit yaratadi.
- Monolog va dialoglarning emotsionalligi (hissiyot, hayajonliligini) kuchaytiradi. - So'z bilan ifodalash qiyin bo'lgan daqiqalarni tasvirlab bera olishi mumkin.
- Xatti-harakat, voqealarni to ldirishi, boyitishi mumkin.
Musiqa albatta plastika, raqs, chiroq va boshqa ta'sirchan vositalar uyg'unligida ham badiiy obraz yaratish imkoniyatlariga ega. Musiqalashtirilmagan spektakl yoki bayram tomoshabinga kerakli natijani bera olmaydi. «Musiqaning to'g'ri tanlanishi, uni kerakli joyda ishlatilishi, uning g'oyaviy va mavzu jihatdan tomosha ruhiyatiga mos kelishi bastakor tadbir yoki tomoshaning oliy maqsadini to'g'ri anglay olganligidan dalolatdir. Prodyuser musiqani, biror cholg'u asboblarini chalishni yoki qo'shiq kuylashni bilmasa ham, uning elementar nazariyasini, ularni bir-biridan farqlay oladigan va boshqa sahnalashtirish uchun muhim tomonlarini bilib olishlari zarur. Rejissyor musiqani chala olmasa ham, kuylashni bilmasa ham, tayyor musiqa asarlarini tanlay olishi va uni kerakli joyga qo'llay olishni bilishi, bir so'z bilan aytganda uni tushunishi zarurdir. Prodyuser esa mana shunday holatda musiqachini yoki xonanda yo ijodiy guruhdan eng sarasini tanlab olib, uning ustida ish olib borishi kerak boladi.
XULOSA
Avvallari ovoz yozish juda katta qiyinchiliklar evaziga hal qilingan. Ammo hozirgi kunda kompyuterlarga turli programmalarni o'rnatish orqali oddiy sharoitda ham «mini studiyalar» sifatida foydalanib kelinmoqda. Kompyuterga maxsus programmalar kiritilib (masalan, nuendo,
cubase, protools) va h.k.), ularga qo'shimcha qurilmalar (masalan, tovush kartasi) o'rnatish orqali turli effektli ovoz yozish imkoniyatlari kengaymoqda. Prodyuserlik faoliyatga tegishli bo'lgan sohalarda tahsil olayotgan talabalar albatta texnik moslamalardan foydalanishni bilishlari shart. Masalan, uning o'zi ovoz kuchaytirgich apparatini qo'yishni bilmasa ham, uni sozlash va boshqarishni imkon darajada bilishi kerak boladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-son.
2. Rajabov I. Maqomlar.- Toshkent, 2006, 63-64 betlar.
3. Ibrohimov O. Maqom asoslari. O'quv qo'llanma. -Toshkent:. nashriyoti, 2018. -159-b
4. Rajabov. "Maqomlar". "San'at" nashriyoti. Toshkent 2006. 403-b.