AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
UDK. 629. 112+62-822
YUQORI ENERGIYALI UNIVERSAL CHOPIQ TRAKTORINING GIDRAVLIK OSMA TIZIMINING HISOBLASH USLUBLARI TAHLILI
Astanov Bekzod Jangiboevich O'zR FA M.T. O'rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti
katta ilmiy xodim, PhD, e-mail: [email protected]
Annotatsiya. Ushbu maqolada traktorlarning gidravlik osma tizimi (GOT)ning hisob uslublari taxlili keltirilgan. Xususan, ushbu tahlilda GOTning ratsional parametrlarini tanlashda va ishlab chiqilgan kinematik sxemalarni tahlil qilishda, mavjud hisob usullarining aksariyati grafoanalitik usullarda bajarilganligi hamda matematik modellarning aksariyati GOTning alohida qismlari uchun tuzilganligi bayon qilingan.
Аннотатция. В стате представлен анализ методов расчета гидронавесной системы (ГНС) тракторов. В частности, на основе анализа установлено, что при выборе рационалных параметров ГНС и анализе кинематических схем, в основном используются графоаналитические методы, а математические модели разработаны для отдельных частей ГНС.
Abstract. The article presents an analysis of methods for calculation the hydraulic hinged system (HHS) of tractors. In particular, based on the analysis, it was found that when choosing rational parameters of the HHS and analyzing kinematic schemes, graphoanalytic methods are mainly used, and mathematical models are developed for individual parts of the HHS.
Kalit so'zlar: yuqori energiyali, universal-chopiq traktor, kinematika, tahlil, gidravlik osma tizim.
Ключевые слова: энергонасыщенный, универсално-пропашной трактор, кинематика, анализ, гидравлическая навесной система.
Key words: energy-saturated, universal-plough tractor, kinematics, analysis, hydraulic hinged system.
Respublikamiz agrosanoatida mashinalar ish sifatini oshirish, mehnat sarfini kamaytirish, resurslarni tejash, ilg'or texnologiyalar va usullar asosida texnikalarning talab darajadagi ish sifatini ta'minlash yo'llarini ishlab chiqish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, agrosanoat komplekslarida birlamchi vazifa to'rt g'ildirakli universal-chopiq traktorlar bazasida 6 va 8 qatorli tizim texnologiyalarini joriy etishdan iborat. Keng qamrovli agregatlar bilan ishlay oladigan universal-chopiq traktorlardan foydalanish, mehnat unumdorligining oshishiga, energiya resurslarining tejalishiga va yurish tizimining tuproqqa ta'sirining kamayishiga olib keladi [1].
MTAning vazifalaridan kelib chiqib, takomillashtirilgan universal chopiq traktorlari GOTini ishlab chiqishda quyidagilar ta'minlanishi kerak [1, 2]:
- yuk ko'tarish bo'yicha talablarni bajarishda GOT elementlaridagi yuklanishlarni minimallashtirish;
- yuk ko'tarish qobiliyatining kerakli zahirasini ta'minlash uchun osma agregatning ko'tarish jarayonini optimallashtirish;
- transport rejimida osma agregat og'irligi traktorning oldingi va orqa g'ildiraklari orasida ratsional taqsimlanishini ta'minlash.
Yuqorida sanab o'tilgan talablarni qondirish uchun, yuqori energiyali universal-chopiq traktorlarning gidroyuritmalari va osma mexanizmini loyihalashda ularning ratsional parametrlarini aniqlash lozim bo'ladi [1, 2].
Shu maqsadda, osma agregatlar nazariyasi va ulardan foydalanish amaliyoti doirasidagi
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI eng muhim ishlarda osma mexanizmlar va gidroyuritmalarning ratsional parametrlarini aniqlash masalasiga har xil nuqtai- nazarlardan yondashuvlar mavjud [1].
D.A.Chudakovning [2] osma agregatlar kinematikasi va dinamikasi sohasidagi tadqiqotlari: GOTlarga qo'yiladigan asosiy talablarni tuzish; traktor uch nuqtali mexanizm kinematikasi va kuchini tahlil qilishning grafoanalitik usulini ishlab chiqish; osma agregetlar tarkibidagi traktorning turg'unligi masalalarini to'laroq yoritish va osma mashinalarni gidravlik boshqarish tizimining asosiy parametrlarini tanlashga bag'ishlangan. D.A.Chudakov ishlab chiqqan osma agregatlar nazariyasi hozirgi vaqtda ham yuqori energiyali universal chopiq traktorlarining GOTini loyihalashda asos hisoblanadi.
Traktorlar osma mexanizmlarining kinematik sxemalarining tahlilini Guskov [3], Kalbus [4], G.V. Kumar Prasanna[5], L. Negut [6], H. Bentaher [7], V. Matikainen [8] ishlarida ko'rishimiz mumkin.
[3] ishda DT-54A «Belarus» i DT-20 G markali traktorlarning GOT osma mexanizmining kinematikasi eksperimentlar asosida tadqiq etilganda, osma mexanizmdan samarali foydalanish yetarli emasligi aniqlangan. Ushbu kamchilikni bartaraf etish uchun traktorning konstruktiv parametrlarini e'tiborga olgan holda, pastki tortqining aylanish o'qini mahkamlaydigan nuqtasidan, yuqorigi tortqini oldingi sharnirlarini traktorga mahkamlaydigan nuqtasini o'ng tomonga siljitish orqali o'zgartirib, maqbul yechimga keltirish mumkinligi aniqlangan. Ushbu nuqtaning maqbul joylashini aniqlash uchun grafik usul taklif etilgan.
[4] ishda MTZ-50 traktori plug bilan agregatlanib, ish ko'rsat-kichlari ta'sirida osma mexanizm oniy aylanish markazining holati grafoanalitik usulda tahlil qilingan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida, ko'rib chiqilgan traktor agregati uchun maqbul oniy aylanish markazi koordinatalari aniqlangan.
[5] ishda Hindiston 2WD traktorining uch nuqtali GOT konstruk-siyasini kinematik tahlil qilish orqali uning yuqori va pastki nuqtalari aniqlangan. Yuqori richag turli nuqtalarga burilishini va pastki tortqilarning uzunligini rostlash orqali I va II sinfdagi osma tizimlar barcha talablarga javob berishi aniqlangan.
[6] ishda S-650 traktori osma mexanizmining parametrlarini noto'g'ri ko'rsatilganligi aniqlangan. Bu masalani yechishda grafoanalitik usul bilan bajarilgan nazariy natijalar gorizontal va vertikal tekislikda plug bilan agregatlangan traktor osma mexanizmi oniy aylanish markazining ratsional holatini aniqlashda foydalanilgan.
[7] ishda, tuproqqa ishlov berishda GOTning geometrik parametr-laridagi o'zgarishni hisobga olgan holda dinamik hisoblash dasturi ishlab chiqilgan.
[8] ishda osma mexanizmning kinematik o'zgarishi uchun konstruktiv yechim bayon etilgan. Osma mexanizmning to'g'ri burchak ostida harakatla-nishiga oid yechimlar olingan.
Traktorlarning tirkab tortish xususiyatlarini tadqiq qilish va tuproqqa ishlov berish chuqurligini avtomatik rostlash tizimlaridan foydalanishda GOT parametrlarini to'g'ri tanlash masalalarini A.B. Lure [10], Ye.Ya Strok [11] ishlarida ko'rishimiz mumkin.
Osma mexanizm va gidroyuritmalarning yuklanishlarida bosimli quvurlardagi bosim miqdorining o'tish jarayoni dinamikasini o'rganishni aniqlash quyidagi ishlarda keltirilgan.
S.Liviu ishi [2]da osma agregatning ko'tarish jarayonini dinamik tadqiq qilish uslubi ishlab chiqilgan. Bu jarayonni ifodalovchi differensial tenglamalarning alohida yechimlari asosida osma agregat transport holatiga ko'tarilganida, ixtiyoriy vaqtda quvurdagi suyuqlik bosimini aniqlash formulasi keltirilgan:
"Ik
pn = kq++ Ä-h + Pt.s
Fc2 Fc rez Fc Fc
t
+ A0e 2m sin(wt +
bunda
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
Epr 1
q"
a Piq-
A0 - ^ q
1
E np Fc ( k 2 ~(—;
mQ mq
bu yerda k-yo'qotishlar koeffitsienti; q-nasosning suyuqlik sarfi; Fc-kuch silindri porsheni yuzasi; Is-ko'tarilish vaqtida osma mexanizmning uzatishlar soni; Q-gidroyuritmadagi suyuqlikning boshlang'ich hajmi; Epr-ishchi suyuqlik, metall quvurlari va yuqori bosimli shlanglarni hisobga olgan holda zanjirning keltirilgan elastiklik moduli; Rrez-osma agregatga ta'sir ko'rsatuvchi hamma kuchlar proeksiyalarining teng ta'sir etuvchisi; Pt.sh va Pt.s-osma mexanizm sharnirlaridagi va kuch silindrining zichlagichlaridagi ishqalanish kuchlari; m-osma agregatning keltirilgan massasi.
Tenglamaning birinchi hadi-bosim "statik" yuklamalarning o'zgaruv-chilariga bog'liqligini, ikkinchi hadi - osma mashina joyidan qo'zg'alganda ko'tarilishining boshlanishida yuzaga keladigan dinamik yuklamani ifoda-laydi. Keltirilgan tenglama asosida traktorning osma qurilmasiga tushadigan yuklamalar miqdorining o'zgarishiga ko'rsatadigan ta'sirini tadqiq qilish imkoni tug'iladi [1, 2].
Bu ishlarda keltirilgan kuchlar va macsalarni hisoblashda osma mexanizmning uzatishlar soni grafik usul bilan aniqlangan. Keltirilgan massa, garchi uning qiymatlari osma agregat ko'tarilayotgan vaqtda ikki barobardan ortiq ko'paysada, o'zgarmas kattalik, deb olingan. Bu esa hisoblarda katta xatoliklarni keltirib chiqargan [1, 2].
Xuddi shu vaziyat A.B. Lurening osma agregatlar dinamikasini bir necha erkinlik darajalari bo'lgan dinamik sistema sifatida tadqiq qilishga bag'ishlangan ishida ham e'tiborga olinmagan [1, 2]. Osma agregatni ko'tarib olish bilan kechadigan o'tish jarayonlarini tadqiq qilishda o'tish sonlari jiddiy o'zgaradi. GT bosimli quvurlardagi bosim miqdorining eksperimental egri chiziqlari va [12] ishlarida berilgan hisobiy natijalar jiddiy farq qiladi.
Traktorlarning GOTlari yuritmalarini dinamik hisoblash ishlari bo'yicha S.V.Kobwzev [13], Lovkis [14], A.V. Solamadze [15], Ye.N. senta [16], Z.Tkâc [17], J. Zhao [18]lar tadqiqot ishlari olib borishgan. Jumladan, [4314] ishda gidroyuritmalar elementlarining konstruksiyasi va asosiy hisoblari tahlili hamda ularni ishlatish jarayonlaridagi tasniflari keltirilgan. Qishloq xo'jalik texnikalarining faol ishchi organlari gidroyuritmalarini nazariy, hisobiy va loyihaviy masalalari ko'rilgan. [16] ish GOT osma mexanizmining rostlovchi qurilmasining to'g'ri chiziqli bo'lmagan matematik modeli, ko'p parametrli optimallashtirish va sintez qilish asosida ish jarayonini tadqiq qilish va yaxshilashga bag'ishlangan. [15] ishda GOTning gidrotaqsimlagichini differensial tenglamalar sistemasi "Delphi" muhitida sonli usullar bilan yechish dasturi ishlab chiqilgan. Gidrotaqsimlagichning konstruktiv parametrlari o'zgarishiga dinamik sistemaning sezgirligi tahlil qilingan. [17] ishda traktorning GOTi nasosining dinamik yuklanishi taxlil qilingan. Traktor plug bilan agregatlangan holda, tuproqning fizik-mexanik xususiyatlariga qarab parametrlari o'rganilgan.
[18] ishda ko'p yo'nalishli klapanning ishlash prinsipi va xususiyatlari, uning bosim va oqim tenglamalari, oqimning uzluksiz tenglamalarining tahlili keltirilgan. Kuch balans tenglamasi, klapanning statik va dinamik tavsiflari "Matlab/Simulink" dasturida to'rtinchi darajali "Runge-Kutta" usuli yordamida modellashtirilgan.
[13] ishda asosiy elementlari ikki pog'onali gidrosilindr va ko'tariladigan ob'ekt bo'lgan tizim ko'rib chiqilgan. Gidrosilindrning pog'onalari almashlab ulanganda ko'tariladigan ob'ektga ko'rsatilgan dinamik ta'sir (zarb)ning xususiyati va miqdori sonli modellashtirish usuli bilan tadqiq qilingan. Gidravlik suyuqlikning siqiluvchanligi va gidrosilindr elementlari orasidagi ishqalanish e'tiborga olingan tadqiqotlar natijasida zarbaning miqdori sonli aniqlangan.
Traktorlar GOTlarining dinamik jarayonlarini tadqiqi bo'yicha G.P. Miswn [20], Z.Ya.Lure [19], V.B.Papov [2], Morselli [22], Kim [23], L.Hujo [24], Javad Tarighi [25], Jörg
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
Seeger [26] va K.Ya. Nekrashevich [21] lar ish olib borishgan.
[20] ishda osma agregatlarning har qanday yuklanish sharoitlarida agregatning ishlashini ta'minlaydigan boshqarish tizimining parametrlariga cheklovlarni izlash usuli ishlab chiqilgan.
[19] ishlarda ishlab chiqilgan matematik model asosida traktor GOTining kuzatuvchi gidroagregatining dinamik tadqiqoti natijalari, nasos agregati chiqish bosimining o'tish jarayonlari, gidrotaqsimlagich va gidrosilindr porsheni ko'chishini, hamda komponentlar chiziqsizlik qonuniyatlarga bo'ysinishining gidroagregat dinamikasiga ta'sirini ko'rsatuvchi boshqa o'zgaruvchilarning ko'chishini, ishchi suyuqlikning ikki fazaliligini, sarf koeffitsientlarning o'zgaruvchanligini va boshqalarni tadqiq qilish natijalari keltirilgan. Bosim cho'qqilari pasayishining dinamik mezonlari bo'yicha optimallashtirishni hisoblagan holda, gidroagregatni sintez qilish masalalarining yechimi ko'rib chiqilgan.
[2] ishlarda mobil energetika vositasining mavjud ko'taruvchi osma mexanizmlari tahlil qilingan. Ko'taruvchi osma mexanizmlar energiya tashuvchilarining tegishli ish rejimini tavsiflovchi chiqish parametrlarini hisoblash uchun kerakli tahliliy ifodalar aniqlangan. Universal energetik vositalarni ko'taruvchi osma mexanizmlarini ko'p mezonlar asosida parametrik optimallashtirish vazifasi ko'rib chiqilgan. Mobil energetik vositalarining loyihalash uslubi ishlab chiqilgan. [2] ishda uch nuqtali osma mexanizmlar matematik modeli keltirilgan, turli xil harakatlantiruvchi energiya vositalari (qishloq xo'jalik traktorlari, universal energetik vositalar) uchun tekis sakkiz zvenoli mexanizmlar kinematik xususiyatlariga tegishli analitik tenglamalar ishlab chiqilgan.
[22] ishda traktorlar uchun elektrogidravlik, uch nuqtali GOTning dinamik modeli taklif etilgan. Modellashtirish usuli Gamilton sistemasiga va kichik sistemalar orasidagi o'zaro aloqalarga asoslangan.
[23] ishda yuklanishga sezgir bo'lgan nasosning dinamikasini hisobga olgan holda, yuklanishga sezgir bo'lgan GTning chiziqsiz matematik modeli keltirilgan. Ushbu modelni ekspluatatsiya sharoitlari uchun chiziqli holatga keltirish asosida Raus-Gurvisning barqarorlik mezonidan foydalanilgan holda tahlil qilingan.
[26] ishda "Xerion" traktori GTi uchun gidravlik sxema kichik bloklarga bo'linib so'ngra har bir kichik qismlar uchun matematik modellar ishlab chiqilgan.
[21] ishda gidravlik tizimning tuzilishi va ishlash prinsipi, yuklanishni moslashtirish prinsipidan foydalanilish bayon etilgan. GT holatini aniqlashtira oladigan differensial va algebraik tenglamalar hamda avtomatik boshqaruv tizim algoritmining bir varianti taqdim etilgan.
[24] ishda gidrostatik simulyator yordamida, laboratoriya sharoitida traktorning uch nuqtali GOTiga shudgorlash vaqtida tushadigan kuch va bosimni aniqlash amalga oshirilgan.
[25] maqolada Iran Tractor Manufacturing Co. tomonidan ishlab chiqilgan yangi og'ir ITM1500 traktori uch nuqtali GOT statik va dinamik shartlar bo'yicha tahlil qilingan. Cosmos Works dasturi orqali tortish kuchlarini hisobga olgan holda pastki tortqilarning optimal o'lchamlari aniqlashtirilgan.
Traktorlardagi pnevmogidravlik osma tizimlar S.V. Molokonov [27] va Janis Laceklis-Bertmanis[28] lar ishlarida tadqiq qilingan.
[27] ishda 1.4 klassga tegishli g'ildirakli traktorning osma tizimidagi pnevmogidravlik osma tizim osma mexanizmining bikirligini aniqlashning nazariy-eksperiment usullari hamda pnevmogidravlik osma tizimiga ega bo'lgan g'ildirakli mashina traktor agregatlarining samaradorligini oshirishda kinematik va kuch omillari ko'rsatadigan ta'sirini differensiallab baholash masalalari ko'rilgan.
[28] ishda traktorlar uchun gidropnevmatik uch nuqtali tizimning modeli berilgan. Ushbu model tortish agregati tebranishlarining so'nishini boshqarish masalasiga muvofiq ishlab chiqilgan. Traktor GOTi gidrosilindrining reaksiya kuchlari aniqlangan.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI
Traktor GOTlarini hisoblash usullarini tadqiq qilish bo'yicha ko'rib chiqilgan ishlar asosida quyidagicha xulosaga kelish mumkin:
- GOTning ratsional parametrlarini tanlash va tanlangan sxemalarni tahlil qilish, ko'pincha, grafoanalitik usullar bilan bajarilgan;
- GOTning osma mexanizmi uzatishlar soni va geometrik parametrlarini baholaydigan analitik bog'lanishlar aniqlanmagan;
- GOTning alohida qismlari uchun matematik modellar tuzilgan va analitik usullarda yechilgan, lekin GOTning ratsional parametrlarini ish jarayonini hisobga olgan holda EHM dan foydalanib, kompleks hisoblash uslubi ishlab chiqilmagan;
- GOT gidrosilindri shtokiga qo'yilgan qarshilik kuchini aniqlashda osma mexanizm kinematik parametrlari bilan birgalikda zvenolarga ta'sir etuvchi faol kuchlar va momentlar aksariyat ishlarda e'tiborga olinmagan;
- mavjud hisoblash uslublari yangi takomillashtirilgan universal-chopiq traktorlarining GOTi ishlash jarayonini to'liq tadqiq qilish imkonini bermaydi.
Hozirgi vaqtda yangi texnikani yaratishda matematik modellashtirishdan foydalanish zamon talabidir. Matematik modellashtirish texnikalarning bo'lajak ishlarini prognoz qilish imkonini beradi. GOTlarni kompyuter yordamida avtomatlashtirilgan loyihalash uslubini ishlab chiqish, konstruksiyasini asoslash, uni konveyerga qo'yilishini tezlashtirish, mahsulotni raqobatbardoshligini oshirish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, traktorlardagi GOTni laboratoriya va dala sinovlarini o'tkazishda sinov vaqtlarini va xarajatlarini tejash imkonini yaratadi. Biroq, bu dasturlar litsenziyasini sotib olish qimmatligi tufayli, mahalliy dasturlarni ishlab chiqarishga alohida e'tibor qaratish lozim.
Shunday qilib, GOTning ratsional parametrlarini tanlashda va ishlab chiqilgan kinematik sxemalarni tahlil qilishda mavjud hisob usullarining tahlili ularning aksariyati grafoanalitik usullarda bajarilganligini ko'rsatadi. GOTning alohida qismlari uchun matematik modellar tuzilgan va analitik usullarda yechilgan, lekin GOTning ratsional parametrlarini ish jarayonini hisobga olgan holda, EHM dan foydalanib, kompleks hisoblash uslubi ishlab chiqilmagan.
Mavjud hisoblash uslublari yangi loyihalanayotgan yuqori energiyali universal-chopiq traktorlarining GOTi ishlash jarayonini to'liq tadqiq qilish imkonini bermaydi.
ADABIYOTLAR
1. Astanov B.J. "Yuqori energiyali universal-chopiq traktorlarining gidravlik osma tizimi parametrlarini asoslash" Dissertatsiya (PhD). Toshkent-2019.
2. Попов В.Б. Математическое моделирование подъемно-навесных устройств мобильных энергетических средств // - Вестн. Гомел. гос. техн. ун-та им. П.О. Сухого. 2016. - 251 с.
3. Гуськов В.В. Тракторы. Конструирование и расчет. Часть 3, -Минск Высш. шк.,
1981.- 380с.
4. Кальбус Г.Л. Гидропривод и навесные устройства тракторов. -М., «Колос»,
1982. - 235 с.
5. Крахмаль В.К. Исследование работы пахотного агрегата с трактором класса 1,4 ТС при изменении положения мнговенного центра вращения в продольно-вертикальной плоскости: афтореф. дисс... канд. тех. наук. / 05.05.03 / - К., 1972. -18 с.
6. Prasanna Kumar G.V. Geometric performance parameters of three-point hitch linkage system of a 2WD Indian tractor // Res. Agr. Eng., Vol. 61, 2015 (1): P.47-53,
7. Negut L. Consideratii cu privire la cinematica ridicatorului hidraulis cu prindere in trei puncte ca mechanism de aggregate a plugulin de tractor // Constructia de Masini. 25 (1973), Nr.10.
8. Bentaher, H., Hamza, E., Kantchev, G., Maalej, A., Arnold, W. Three-point hitch-
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI mechanism instrumentation for tillage power optimization // Biosystems engineering 2008. 100, Р. 24-30.
9. Matikainen V., Backman J., Visala A. Cartesian control of an advanced tractors rear hitch - geometric solution // IFAC Proceedings Volumes, Volume 46, Issue 18, August 2013, P. 270-275.
10. Лурье А.Б. Статическая динамика сельскохозяйственных агрегатов. -М.: Колос, 1981. - 382 с.
11. Строк Е.Я., Бельчик Л.Д. Разработка перспективных конструкций систем управления навесным устройством трактора // Тр. XI Междунар. науч.-техн. конф. "Машиностроение и техносфера XXI века". - Донецк: ДонНТУ, 2004. - Т. 3. - С. 162 -166.
12. Зуйков А.Л. Гидравлика. Напорные и открытие потоки. Гидравлика сооружений. -Т.2, Изд.3, 2018. -400 с.
13. Кобызев С. В., Ломакин В. В. Анализ, прогнозирование и управление ударным воздействием на объект подъема при переключении ступеней гидроцилиндра // Аэрокосмический научный журнал. МГТУ им. Н.Э. Баумана. Электрон. журн. 2016. - № 06. - С. 49-68
14. Ловкис З.В. Гидроприводы сельскохозяйственной техники: конструкция и расчет. -М.: Агропромиздат, 1990. - 239 с.
15. Соламадзе А.В. Исследование динамики гидропривода подъемно-навесного устройств сельскохозяйственных машин // Исследования и разработки в области машиностроения, энергетики и управления: материалы VII Междунар. межвуз. науч.-техн. конф. студентов, магистрантов и аспирантов, Гомель, 3-4 мая 2007 г. - Гомель: ГГТУ им. П.О. Сухого, 2007. - С. 48- 51.
16. Цента Е.М. Полшшення робочого процесу гидроагрегата навюного обладнання трактора шляхом синтезу коригувальних пристро'1'в: автореф. дисс. на здобуття наук. ступеня канд. техн. наук: спец. 05.05.17 - гiдравлiчнi машини та пдропневмоагрегати / Свген Миколайович Цента; Нащон. техн. ун-т «Харювський пол^ехшчний шститут». - Харюв, 2013. - 21 с.
17. Abraham R., Jablonicky J. Klusa J. Measurement of pressure in hydraulics system of the ZTS 160 45 tractor // Research in Agricultural Engineering 51(No. 4):2018. Р. 140-144
18. Zhao J., Zewen Song Zongshun Zhu, Mao E. Simulation and experiment on multidirectional valve of heavy tractor electro-hydraulic hitch // Nongye Jixie Xuebao // Transactions of the Chinese Society of Agricultural Machinery
19. Лурье З.Я., Макей В.А., Цента Е.Н. Математическое моделирование динамики гидроагрегата навесного оборудования трактора// Восточно - Европейский журнал передовых технологий. - № 4 (32), том 2, 2008. - С.36-41.
20. Мицын Г.П. Повышение эффективности тракторных агрегатов путем совершенствования навесных систем: дис... канд. техн. наук: 05.20.01, 05.05.03. -Челябинск, 2002. - 146 с.: ил. РГБ ОД, 61 03-5/1330-3
21. Некрашевич К.Я. Математическая модель гидросистемы, реализованной с применением комбинированного принципа адаптации к нагрузке // Динамика, прочность машин и конструкций. 2014. - № 1 (26). - С. 23-31.
22. Morselli R., Zanasi R., Ferracin P. Dynamic Model of an Electro-hydraulic Three Point Hitch// American Control Conference, Minneapolis, MN, USA, 2006.Р. 14-16
23. Kim S.D., Cho H.S., Lee C.O. Stability Analysis of a Load-Sensing Hyd-raulic System // The Journal of Power and Energy, Part A of the Proceedings of the Institution of Mechanical Engineers, Vol 202, Issue 2, 1988, P. 79-88.
24. Hujo L., Jablonicky J., Tkac Z., Daniela Uhrinova The action of force measurement
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI for the three-point hitch of a tractor // Agronomy Research 15(1):2017. Р. 162-169.
25. Javad Tarighi, Hamid Reza Ghasemzadeh, Manochehr Bahrami, Shamsollah Abdollahpour, Asghar Mahmoudi Optimization of a Lower Hitch Link for a Heavy Duty Tractor Using Finite Element Method // Journal of Failure Analysis and Prevention 16(1). 2015. P. 123128
26. Jörg Seeger, Ludger Frerichs Modell bildung und Simulation des Hydraulik systems des Xerion //Agrartechnische Forschung 4 (1998) H. 1, S. 37-45
27. Молоканов С.В. Повышение эффективности использования МТА с колесными тракторами класса 1,4 за счет применения пневмогидравлической навесной системы. автореферат дисс. канд.техн.наук, 05.20.01. -Волгогород. 2003. -23 с.
28. Laceklis-BertmanisJanis, Kronbergs Eriks Model of hydropneumatic three-point hitch / Engineering for Rural development Jelgava, 23.-24.05.2013. P. 49-54
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son