AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
УДК 631.348.
YUQORI ENERGIYALI UNIVERSAL CHOPIQ TRAKTORINING GIDRAVLIK OSMA
TIZIMINING EKSPERIMENTAL TADQIQI
Astanov B.J.
O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti [email protected]
Annotatsiya. Ushbu maqolada gidravlik osma tizimning maksimal yuk ko‘taruvchanligi, osma mexanizmning bir holatdan boshqa holatga o‘tishidagi vaqti, gidravlik osma tizimni yuk ko‘targan holatdagi barqarorligini hamda turli xil og‘irliklar bilan yuklanganda gidravlik tizimdagi bosimni o‘zgarishini aniqlashtirish uchun eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish bo‘yicha dasturi va uslubi hamda natijalari keltirilgan.
Аннотация. В статье представлем максимальная грузоподъемност, время перехода навесной системы с одного положения на другой, устойчивость гидросистемы при поднятом положении, программа, методика проведения экспериментов а также
рузультаты, проведенных эксприментов по определению изменений давления в гидравлической системе при различных нагрузках.
Abstract. The article presents the maximum load capacity, the time of transition of the hinged system from one position to another, the stability of the hydraulic system at the raised position, the program, the methodology of experiments, as well as the results of experiments conducted to determine pressure changes in the hydraulic system under various loads.
Kalit so‘zlar: Yuqori energiyali, universal-chopiq traktor, kinematika, gidravlik osma tizim, gidravlik tizim.
Ключевые слова: энергонасыщенный, универсально-пропашной трактор,
кинематика, гидравлической навесной система, гидравлической систем.
Key words: energy-saturated, universal-plough tractor, kinematics, hydraulic hinged system, hydraulic systems.
Respublikamiz agrosanoatida mashinalar ish sifatini oshirish, mehnat sarfini kamaytirish, resurslarni tejash, ilg‘or texnologiyalar va usullar asosida texnikalarning talab darajadagi ish sifatini ta’minlash yo‘llarini ishlab chiqish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, agrosanoat komplekslarida birlamchi vazifa to‘rt g‘ildirakli universal-chopiq traktorlar bazasida 6 va 8 qatorli tizim texnologiyalarini joriy etishdan iborat. Keng qamrovli agregatlar bilan ishlay oladigan universal-chopiq traktorlardan foydalanish, mehnat unumdorligining oshishiga, energiya resurslarining tejalishiga va yurish tizimining tuproqqa ta’sirining kamayishiga olib keladi [1].
Yuqoridagi muammolarni yuqori energiyali (энергонасыщенный) universal-chopiq traktorlaridan foydalanish orqali bartaraf etiladi. Bundan tashqari oldingi traktorlarga nisbatan ish unumdorligi 1.4-1.6 barobarga oshirish imkoniyati yaratiladi [2].
Universal-chopiq traktorlarining yuqori energiyaliligi mavjud sinfdagi traktorning dvigateb quvvatini oshirish va shu dvigatelga mos holda uning boshqa uzellarini modernizatsiya qilish orqali tortish kuchini oshirilishi bilan e’tirof etiladi [2].
Traktorning yuqori energiyaligi traktor dvigatelining quvvatini uning umumiy og‘irligiga nisbati bilan baholanadi [2]. Ya’ni
ET
N
GT
de
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
bu yerda Ndv- traktor dvigatelb quvvati, kVt; GT - traktorning umumiy og‘irligi, t.
Yuqorida qo‘yilgan muammolarni hal qilish uchun respublikamiz olimlari tomonidan klirensi rostlanuvchan, old ko‘prigi pog‘anasiz o‘zgaruvchan, mahalliy yuqori energiyali universal-chopiq traktorini loyihalash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va sinov-konstruktorlik ishlari amalga oshirildi.
Ushbu loyihalangan traktorning dvigatel quvvati 100 o.k.dan 120 o.k.ga o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lgan, yagona uzatmalar qutili, old ko‘prik klirensi o‘zgaruvchan, yangi avlod TTZ 1033 markali yuqori energiyali universal-chopiq (1-rasm) traktori hisoblanadi. Yangi avlod traktorlarining loyihalanishi mamlakatimizni o‘rta tortish (1,4-2,0) klassdagi traktorlar bilan ta’minlash muammosini hal qilish imkoniyati yaratiladi va zamonaviy keng qamrovli agregatlar bilan paxta va baland poyali o‘simliklarni yetishtirishda (erni chuqur haydashdan tashqari) barcha jarayonlarni mexanizatsiyalash hamda osma va tirkamali agregatlarni ishlatishdan tashqari, bir necha turdagi kovshli va greyferli yuk ortgichlar bilan ham agregatlana olish imkoniyatini beradi [5].
1-rasm. Loyihalanayotgan TTZ 1033 yuqori energiyali universal-chopiq traktorining
konstruktiv tuzilishi
Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida, yangi loyihalanayotgan yuqori energiyali universal-chopiq traktori gidravlik osma tizim (GOT)i osma mexanizmi uchun takomillashtirilgan 3 t (2-rasm) yuklanishlarga mo‘ljallangan kinematik sxemalari hamda gidravlik tizim (GT)lari uchun gidravlik sxemalar (3-rasm) ishlab chiqildi.
Loyihalanayotgan yuqori energiyali universal-chopiq traktoriga, mavjud tajribalarni hisobga olgan holda, uch nuqtali osma mexanizm o‘rnatildi (2-rasm). Yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish zarurligini hisobga olgan holda, kuchaytirilgan GOT qurilmalari bilan jihozlandi [1] va osma mexanizmining kinematik sxemasini ishlab chiqish GOST 10677-2001 shartlariga muvofiq
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
amalga oshirildi [6].
Ishlab chiqilgan ushbu traktorning GOTni eksprimental tadqiq qilishda quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:
- GOTning maksimal yuk ko‘taruvchanligini aniqlash;
- GOT gidrotsilindri porshenining to‘liq yo‘liga mos keladigan osma mexanizmdagi yuk bilan pastki chekka holatidan yuqori chekka holatiga harakatlanishiga ketadigan vaqtni aniqlash;
- GOTdagi ishchi suyuqlikning maksimal bosimini aniqlash;
- GOTning yuk ko‘tarishdagi barqarorligini aniqlash;
- GOTni turli og‘irlikdagi yuklamalar bilan harakatlanish natijasida tizimdagi ishchi suyuqlikning bosimini o‘zgarishini aniqlash.
2-rasm. Yuqori energiyali universal-chopiq traktorlari uchun osma mexanizmining
kinematik sxemasi
Eksperiment tadqiqotlari "O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sinash va sertifikatsiyalash davlat markazi"ning (O‘QXTTSSDM) laboratoriya va dala poligonida hamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani "Islombek baraka" fermer xo‘jaligining paxta dala maydonlarida havo harorati o‘rtacha +33 - +35°S atrofida bo‘lgan vaqtda o‘tkazildi. Sinov ishlaridan oldin GTdagi moyning xarorati +65°S ga yetkazildi. Sinov tadqiqotlari GOST 30746 ga muvofiq ravishda amalga oshirildi [3]. Sinov tadqiqot ishlari traktor dvigatelining 2200 ayl/min bo‘lganda amalga oshirildi.
Sinov tadqiqotlarida foydalanilgan TTZ 1033 universal-chopiq traktori GTi NSH-32 gidravlik nasosdan, R80 gidrotaqsimlagichdan, ikkita TS80-200 ishchi tsilindrlardan, suyuqlik bakidan, filtirlardan hamda yuqori bosimli shlanglar va o‘tkazish quvurlaridan tashkil topgan (3-rasm) [4-5].
Sinov tadqiqotlarini o‘tkazishda GOT gidrotsilindrlarining kirish va chiqish kanallariga diafragmali bosim datchiklar (3-rasm) o‘rnatildi.
Sinov tadqiqotlarini o‘tkazishda bir qator zamonaviy o‘lchov-asboblaridan foydalanildi. Gidravlik tizimdagi suyuqlik bosimining o‘zgarishini aniqlovchi "Sendor Sensor" firmasining SS302 modelli bosim datchiklari 1, "Arduino" analog-raqamli o‘zgartirgich (ATSP) 2 ga kabel 3 orqali bevosita EHM 4 ga ulanib, datchikdan olingan ma’lumotlar maxsus "Arduino" dasturda qayd qilinib borildi (4-rasm).
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
3-rasm. GOTga diafragmali bosim o‘lchov datchiklarini o‘rnatish sxemasi
4-rasm. Bosimni qayd qilish datchigini analog-raqamli o‘zgartirgich va EHM bilan ulab
tekshirish jarayoni
TTZ-1033 yuqori energiyali universal-chopiq traktori GOTida olib borilgan eksperiment tadqiqotlar natijasida quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlandi:
1-jadval
Eksperimental tadqiqotlarining natijalari
Olib borilgan eksperiment tadqiqotlar Ko‘rsatkichlar
Gidrotaqsimlagich zolotnigining neytral jarayonga avtomat qaytish bosimi, MPa 16.5
Saqlagich klapanining to‘liq ochilishidagi bosim, (gidravlik tizimning maksimal bosimi), MPa 18
Dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi, min1 2200
Osma tizim yuklanmagan paytdagi ko‘tarish vaqti, sekund 1,1
Tushirilgan holatda osma tizim pastki tortqisi ilmoq o‘qidan tayanch yuzagacha bo‘lgan masofa, mm 515
Osma tizim ko‘tarilgan holatida tayanch yuzadan ilgak o‘qigacha bo‘lgan maksimal masofa, mm: -«stop» klapani ishga tushish paytida (gidrotsilindr TS90 shtoki 180 mm chiqqanda) -«stop» klapani ishga tushirilgandan keyin (gidrotsilindr TS90 shtoki 200 1060
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
mm chiqqanda) 1085
Qiya sinchning uzunligi, mm 560
Maksimal ko‘tariluvchi og‘irlik massasi, kg 3000
GOT platformasi maksimal yukni ko‘tarish vaqti, sekund 2,3
Gidravlik tizimning shartli hajmiy koeffitsiyenti 0,45
Maksimal yuk ko‘tarilgan holatda yerdan ilgak markazigacha bo‘lgan balandlik, mm 570
30 min.da ko‘tarilgan yuk balandligining kamayishi, h, mm 11,0
2-jadval
GOT ning yuk bilan ko‘tarilgan holatda barqarorligi___________________
O‘lchov qiymati Vaqt, s
5 10 15 20 25 30
Ko‘tarilgan yukning vaqt birligi ichida pasayish masofasi balandligi, hoc, mm 1085 1081 1079 1076 1074 1074
3-jadval
GOT ning yuk ko‘tarish vaqtidagi ko‘rsatkichlari
Nomlanishi Natija ko‘rsatkich ari
Ko‘tariluvchi kuchning og‘irligi, kg Yuk -siz 1000 1500 2000 2500 3000
Yukni ko‘tarish vaqtida gidrotsilindr shtokining 200 mm ga yetganda gidravlik tizimda yuzaga keluvchi maksimal bosim, MPa 3,8 6,69 10,5 14,1 16,1 17,5
Gidravlik osma tizim ko‘tarilgan yukni ushlab turish vaqtida tizimda hosil bo‘ladigan ishchi bosim, MPa 3,2 4,9 7,5 9,1 11,5 13,6
Yukni ko‘tarish vaqti, sekund, dvigatel valining aylanishlar soni 2200 min1 1,1 1,2 1,32 1,68 1,8 2,3
Shunday qilib eksprimentlar tadqiqodlari davomida GOTning maksimal yuk ko‘taruvchanligi, GTining maksimal bosimi, osma mexanizmning bir holatdan boshqa holatga o‘tishidagi vaqti, GOTni yuk ko‘targan holatdagi barqarorligini hamda GOT turli xil og‘irliklar bilan yuklanganda GTdagi bosimni o‘zgarishini aniqlashtirish uchun eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish bo‘yicha dastur va uslub ishlab chiqildi.
Eksperiment tadqiqotlarida GOTning maksimal yuk ko‘taruvchanligi 3000 kg, uning maksimal bosimi 18 MPa, GOTmaksimal yuklanganda uning barqarorlik holatidan chetlashish qiymati 30 minutda 11 mm bo‘lishi aniqlandi. GOT 1000 kg og‘irlik bilan yuklanganda gidrotsilindr shtoki 200 mm ga yetganda GTdagi bosim 6.69 MPa, 1500 kg da 10.5 MPa, 2000 kg da 14.1 MPa, 2500 kg da 16.1 MPa, 3000 kg da esa 17.3 MPa ga teng ekanligi aniqlandi.
ADABIYOTLAR
1. Ахметов А.А., Ахмедов Ш.А. Хлопководческий универсально-пропашной трактор с регулируемым клиренсом. -Ташкент: Фан, 2016.- 160 с.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
2. Агеев Л.Е., Бахриев С.Х. Эксплуатация энергонасыщенность тракторов. -М.: Агропромиздат, 1991.-271 с.
3. Определение мощности и грузоподъемности гидравлической навесной системы. Тракторы сельскохозяйственные. ГОСТ 30746-2001.
4. Ахметов А.А.Универсально-пропашных тракторы для междурядной обработки посевов хлопчатника. - Ташкент: Фан, 2017. - 240 с.
5. Astanov B.J. “Yuqori energiyali universal-chopiq traktorlarining gidravlik osma tizimi parametrlarini asoslash” Dissertattsiya (PhD). Toshkent-2019.
6. Устройство навесное заднее сельскохозяйственных тракторов. Типы, основные параметры и размеры. ГОСТ 10677-2001.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024