Научная статья на тему 'YUQORI ENERGIYALI UNIVERSAL CHOPIQ TRAKTORINING GIDRAVLIK OSMA TIZIMINING EKSPERIMENT TADQIQODLAR NATIJALARI TAHLILI'

YUQORI ENERGIYALI UNIVERSAL CHOPIQ TRAKTORINING GIDRAVLIK OSMA TIZIMINING EKSPERIMENT TADQIQODLAR NATIJALARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yuqori energiyali / universal-chopiq traktor / osma tizim / gidravlik tizim. / энергонасыщенный / универсально-пропашной трактор / навесная система / гидравлическая система.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Astanov Bekzod Jangiboevich

Ushbu maqolada yuqori energiyali universal chopiq traktorining gidravlik osma tizimini eksperiment tadqiqodlari rejalashtirish, tadqiqod natijalariga statistik ishlov berish va ularni solishtirma tahlillari keltirilgan. Solishtirma taqqoslash natijalariga ko‘ra, gidravlik osma tizimning eksperiment tadqiqodlari natijalari nazariy tadqiqodlar natijalari bilan adekvat ekanligini ko‘rsatdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Analysis of the results of experimental studies of the hydraulic hinged system of an energy-saturated universal tractor

В статье представлено планирование экспериментов, статистическая обработка и сравнительный анализ результатов экспериментальных исследований гидравлической навесной системы энергонасыщенного универсально-пропашного трактора. По результатам сравнительного анализа результатов экспериментальных и теоретических исследований гидравлической навесной системы, показана их адекватность.

Текст научной работы на тему «YUQORI ENERGIYALI UNIVERSAL CHOPIQ TRAKTORINING GIDRAVLIK OSMA TIZIMINING EKSPERIMENT TADQIQODLAR NATIJALARI TAHLILI»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

UDK 629.112+62-822

YUQORI ENERGIYALI UNIVERSAL CHOPIQ TRAKTORINING GIDRAVLIK OSMA TIZIMINING EKSPERIMENT TADQIQODLAR NATIJALARI TAHLILI

Astanov Bekzod Jangiboevich O'zR FA M.T. O'rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustaxkamligi instituti

katta ilmiy xodim, PhD, e-mail: [email protected]

Annotatsiya. Ushbu maqolada yuqori energiyali universal chopiq traktorining gidravlik osma tizimini eksperiment tadqiqodlari rejalashtirish, tadqiqod natijalariga statistik ishlov berish va ularni solishtirma tahlillari keltirilgan. Solishtirma taqqoslash natijalariga ko'ra, gidravlik osma tizimning eksperiment tadqiqodlari natijalari nazariy tadqiqodlar natijalari bilan adekvat ekanligini ko'rsatdi.

Аннотация. В статье представлено планирование экспериментов, статистическая обработка и сравнительный анализ результатов экспериментальных исследований гидравлической навесной системы энергонасыщенного универсально-пропашного трактора. По результатам сравнительного анализа результатов экспериментальных и теоретических исследований гидравлической навесной системы, показана их адекватность.

Abstract. The article presents the planning of experiments, statistical processing and comparative analysis of the results of experimental studies of the hydraulic hinged system of an energy-saturated universal tractor. According to the results of a comparative analysis of the results of experimental and theoretical studies of the hydraulic hinged system, their adequacy is shown.

Kalit so'zlar: yuqori energiyali, universal-chopiq traktor, osma tizim, gidravlik tizim.

Ключевые слова: энергонасыщенный, универсально-пропашной трактор, навесная система, гидравлическая система.

Key words: energy-saturated, universal-plough tractor, hinged system, hydraulic systems.

Keng qamrovli agregatlar bilan ishlay oladigan yuqori energiyali universal-chopiq traktorning kuchaytirilgan gidravlik osma tizim (GOT) eksprimental tadqiq qilishda tadqiqotlarini rejalashtirish orqali olingan natijalarning ishonchliligini oshirish hamda tajribalarni o'tkazishning minimal sonini aniqlash talab etiladi. Oqibatda eksperiment muddati va unga ketadigan sarflar ham kamayadi. Eksperimentlarni rejalashtirish, tayyorlash va o'tkazish masalalariga bag'ishlangan bir qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. [4, 5, 6, 7, 8].

Eksperimentdan olingan ma'lumotlarning ishonchlilik mezonlari, har bir kuzatuv va o'lchovlarning barcha bosqichlarida hisobga olinishi kerak bo'lgan umumiy xatolikni belgilaydi.

Umumiy xatolik nazorat qurilmalarining o'lchov xatoliklari va yozish xatoliklaridan iborat bo'lib, ular o'lchash va qayd qilish uskunalarining metrologik xususiyatlariga bog'liq [1, 8].

Nazorat o'lchov asboblarida o'lchashning quyidagi xatoliklari mavjud [1, 8]:

- o'lchov vaqtida chiziqlar uzunligidagi kesimlar noaniqligi;

- nol qatorning siljishi;

- chiziq yozuvining qiyaligi va ordinatalar qiyaligining ta'sirlari yig'indisi.

Kalibrlash xatoliklarini ajratish, datchik va galvanometrlar xatoliklarini qo'shish,

shuningdek elektr ta'minoti kuchlanishining beqarorligi xam xatoliklar keltirib chiqaradi. Kalibrlashda kelib chiqqan xatoliklar 1,1...1,5 % ni o'z ichiga oladi. Kuchlanishning beqarorligidan kelib chiqqan xatolik 0.1% dan oshmaydi.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

Shuning uchun, yozuvning xatolik chegarasi o'lchash va o'lchov xatoliklariga bog'liqligi, eng katta xatolikni tavsiya qilgan birinchi qoidaga muvofiq [1, 5] eng katta xato 3 % deb qabul qilinadi.

[1, 5, 8] ishlarda takroriy tajribalar soni, o'lchov standartlariga va natijalarning ishonchliligiga bog'liqligi ko'rsatilgan.

Standart yoki o'rta kvadratik chetlashish bir nechta o'lchovlarning o'rtacha arifmetik qiymati aniqlik darajasini belgilaydi va quyidagi formula bilan aniqlanadi [1, 6, 8]:

a =

Zfc -a)'

n -1

(1)

bu yerda at - har qanday o'lchov natijasi; a - o'rtacha kvadratik o'lcham; n - o'lchovlar soni.

Natijalar ishonchliligi deb, bir xil sharoitda takroran o'tkazilgan tajribalar natijalarini olish ehtimolliga aytiladi [6].

Tajriba natijalari nisbiy o'zgarishi, katta bo'lishi va tajriba ishonchli bo'lishi uchun tajribalarning o'tkazilish soni shunchalik ko'p bo'lishi kerak. Ushbu bog'lanish 1-jadvalda keltirilgan.

Ushbu jadvalga muvofiq eng kam miqdordagi sinovlar sonini tanlash uchun standart a ulushlaridan olingan ishonchlilik N va xatolik^ berilishi kerak [6, 8].

1-jadval

Xatolik A Tajribalar ishonchliligi, N

0,5 0,6 0,7 0,8 0,9 0,95 0.99 0,999

3,0 1 1 1 1 2 3 4 5

2,0 1 1 1 2 3 4 5 7

1,0 2 2 3 4 5 7 11 17

0,5 3 4 b 9 13 18 31 50

0,4 4 b 8 12 19 27 46 74

0,3 6 9 13 20 32 46 78 127

0,2 13 19 29 43 70 99 171 277

0,1 47 72 169 266 273 387 668 1089

0,05 183 285 431 659 1084 1540 2659 43387

0,01 4543 7090 10732 16436 27171 38416 66358 108307

Standartda o'rnatilgan qiymat ma'lum bo'lmasa ma'lumot [6, 7, 8] adabiyotdan olinadi va keltirilgan xatolik statistikaga juda yaqin bo'lishi nazarda tutiladi, bunda:

An «±3a, (2)

Mashinaning konstruksiyasiga bog'liq o'lchashlarda taklif etiladigan ishonchlilik N=0,9 ga teng bo'lishi tavsiya qilinadi [1, 8], boshqa vaqtdagi o'lchashlarda va asosan keyingi hisoblarda N=0.99 olinadi. 1-jadvaldagi ma'lumotlarga asoslanib, takroriy sinovlar sonini aniqlaymiz:

- GOT gidroyuritmalar dinamikasining eksperimental va nazariy tadqiqotlarni solishtirish uchun 1-jadvaldan N=0,95; p=3 tanlab olindi.

GOTni turli og'irlikdagi yuklamalar bilan harakatlanish natijasida tizimdagi ishchi suyuqlikning bosimini o'zgarishini aniqlash uchun, gidrosilindr kirish va chiqish kanalariga bosim datchiklari va manometr o'rnatildi (1-rasm). Traktor dvigateli yurgizilganda, tirsakli valning bir minutdagi aylanishlari soni 2200 ga yetkaziladi. Taqsimlagich zolotnigi "KO'TARISh" holatiga keltirilib, taqsimlagich dastagi porshen yo'li 190-200 oralig'iga yetgunga qadar, qo'l yordamida taqsimlagich dastagi ushlab turiladi. GOT yuksiz va 1000 kg

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI dan 3000 kg gachabo'lgan og'irlikdagi yuklanishlarda gidrosilindrdagi bosimlar aniqlandi.

b)

1-rasm. Gidravlik osma tizimda turli xil yuklanishlarda eksperiment tadqiqodlarini o'tkazish jarayoni: a) Bosim datchiklarini o'rtatish b) o'lchov vositalarini gidravlik

tizimga o'rnatilish

TTZ-1033 yuqori energiyali universal-chopiq traktori GOTida olib borilgan eksperiment tadqiqotlaridan olingan ma'lumotlarga statistik ishlov berish qoidalari qo'llanildi. Bunda, o'rtacha arifmetik qiymat quyidagicha [1, 5, 6]:

— X, + X9 + Xi h-----h X_

a = —1-2-3-n

Z x,

n n

bu yerda n- tajribalar soni; xi - tajribalar sonining o'rtacha yig'indisi. O'rtacha kvadratik chetlashish

(3)

a =

Z(x -x)2

dispersiya

variatsiya koeffitsienti o'rtacha arifmetik qiymat xatoligi

o'rtacha tanlovning nisbiy xatoliklari

a2 =

n -1

Z(x- x )2

n -1

V = a 100%, x

a

a- = —j=-

x 4П

a-

a-% = ^X- 100

х

X

(4)

(5)

(6)

(8) (9)

aniqlandi. Bu natijalar eksperiment natijalarini

va maksimal chetlashishlari ishonchliligini belgilab berdi.

Statistik tahlil natijalaridan turli xil og'irlikdagi yuklanishda o'tkazilgan sinov natijalarining suyuqlik ishchi bosimining maksimal qiymatiga nisbatan olindi. Statistik tahlil natijalari (2-rasm) shuni ko'rsatadiki, 1000 kg og'irlikdagi yukni ko'tarishda maksimal bosimning o'rtacha qiymati 6,99 MPa, standart og'ish 0.21, dispersiya 0.04, maksimal og'ish 0.24 MPa, variatsiya koeffitsienti 3,18, o'rtacha qiymatning mumkin bo'lgan og'ishi 0,12,

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI o'rtacha qiymatni baholashda nisbiy xatolik 1.8% ni tashkil qiladi. 1500 kg og'irlikdagi yukni ko'tarishda o'rtacha maksimal bosim 6.49 MPa, standart og'ish - 1.11, dispersiya - 1.12, variatsiya koeffitsienti - 10.2, maksimal og'ish - 0.85 MPa, o'rtacha qiymatning mumkin bo'lgan og'ishi - 0.64, nisbiy o'rtacha qiymatni baholashda xatolik 5.9% ni tashkil qiladi. 2000 kg og'irlikdagi yukni ko'tarishda o'rtacha maksimal bosim 14.6 MPa, standart og'ish - 0.76, dispersiya - 0.58, variatsiya koeffitsienti - 5.4, maksimal og'ish - 0.55 MPa, o'rtacha qiymatning mumkin bo'lgan og'ishi - 0.44, nisbiy o'rtacha qiymatni baholashda xatolik 3.1% ni tashkil qiladi. 3000 kg og'irlikdagi yukni ko'tarishda o'rtacha maksimal bosim 17.9 MPa, standart og'ish - 0,29, dispersiya - 0,08, variatsiya koeffitsienti - 1,7, maksimal og'ish - 0.34 MPa, o'rtacha qiymatning mumkin bo'lgan og'ishi - 0.17, nisbiy o'rtacha qiymatni baholashda xatolik 0.9% ni tashkil qiladi. Ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, variatsiya qatorining o'zgaruvchanligi ahamiyatsiz deb hisoblanadi va tanlangan o'rtacha qiymatlar eksperimental ma'lumotlar diapazonini etarli darajada ifodalaydi.

v g

2-rasm. Turli xil yuklanishda olingan natijalar tahlili ( a)1000 kg, b) 1500 kg, v)2000 kg va g) 3000 kg): 1, 2, 3 - tajribalar; 4 - o'rtacha arifmetik qiymat

Eksperimental tajribalarini statistik ishlov berish orqali olingan natijalarning o'rtacha arifmetik qiymatlari nazariy hisoblash natijalari bilan solishtirilgan tahlillar bilan solishtirildi (3-rasm) [9].

3-rasmdagi grafiklar taxlili shuni kursatadiki, GOTga 1000 kg yuk qo'yilganda (3-rasm, a), uning ishga tushish vaqti nazariy hisobda 0.65 sekund, eksperimental tadqiqotda 0.6 sekund, o'zaro adekvatligi 8%. O'tish jarayoni vaqti nazariy hisobda 1.33 sekund, eksperi-mental tadqiqotda 1.45 sekund, o'zaro adekvatligi 8%. GOTdagi bosimning maksimal oshishi nazariy xisobda 6.5 MPa, eksperimental tadqiqotda 6.69 MPa, natijalar adekvatligi 3.1 %. GOTga 1500 kg qo'yilganda (3-rasm, b), ishga tushish vaqti, mos ravishda, 0.83 sekund va 0.8 sekund,

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

adekvatlik 6.6% , o'tish jarayoni vaqti mos ravishda 1.63 sekund va 1.78 sekund, adekvatlik 9%, bosimning maksimal oshishi mos ravishda 9.7 MPa va 10.5 MPa ni, adekvatlik 8 %. GOTga 2000 kg yuklama qo'yilganda (3-rasm, v), ishga tushish vaqti, mos ravishda 1.1 sekund va 1 sekund, adekvatlik 10%, o'tish jarayoni vaqti mos ravishda 1.9 sekund va 2.1 sekund, adekvatlik 9%, bosimning maksimal oshishi mos ravishda 13.6 MPa va 14.1 MPa, adekvatlik 3.5 %. GOTga 3000 kg yuklama qo'yilganda (3-rasm, g), ishga tushish vaqti, mos ravishda 1.65 sekund va 1.75 sekund, adekvatlik 6%, o'tish jarayoni vaqti, mos ravishda 2.65 sekund va 2.45 sekund, adekvatlik 8%, bosimning maksimal oshishi, mos ravishda 18.3 MPa va 17.5 MPa, adekvatlik 4.4 % tashkil etadi.

v g

3-rasm. GOTning turli xil yuklanishlardagi dinamik tasnifi: a-1000 kg yuklanishda; b-1500 kg yuklanishda; v-2000 kg yuklanishda; g-3000 kg yuklanishda; 1- nazariy; 2 -

eksperiment.

Shunday qilib, solishtirma taqqoslash natijalariga ko'ra, gidravlik osma tizimning ishga tushish vaqti maksimal solishtirma farqi 10% ni, o'tish jarayonning vaqti maksimal solishtirma farqi 9% ni va bosimning maksimal oshishining solishtirma farqi esa 8 % ni tashkil etadi va ishlab chiqilgan matematik model real jarayonlarni adekvat yoritilishi mumkinligini ko'rsatadi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

ADABIYOTLAR

1. Astanov B.J. "Yuqori energiyali universal-chopiq traktorlarining gidravlik osma tizimi parametrlarini asoslash" Dissertatsiya (PhD). Toshkent-2019.

2. Устройство навесное заднее сельскохозяйственных тракторов. Типы, основные параметры и размеры. ГОСТ 10677-2001.

3. Определение мощности и грузоподъемности гидравлической навесной системы. Тракторы сельскохозяйственные. ГОСТ 30746-2001.

4. Аугамбаев М., Иванов А.З., Терехок Ю.И. Основы планирования научно-

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

исследовательского эксперимента. -Т.: Укитувчи, 2004. -336 с.

5. Афанасьев Н.Ю. Вычислительные и экспериментальные методы научного эксперимента: учебная пособие // - М.: КНОРУС, 2017.- 336 с.

6. Веденяпин Г.В. Общая методика экспериментального исследивания и обработки опытных данных. -М.: Колос, 1973. - 199с.

7. Корсун А.И., Худойбердиев Т.С., Аширбеков И.А. Научные исследования агроинженерии / учебное пособие. -Тошкент: Изд-во "Фан ва технология", 2009. - 180 с.

8. Шермухамедов А.А. Разработка научных основ моделирования рабочих процессов в гидравлических приводах грузовых мобильных машин, эксплуатируемых в экстремальных условиях. дисс... д-ра. техн. наук. док.дисс., - Т., ТАДИ.- 2000г. - 265 с.

9. Шермухамедов А.А., Аннакулова Г.К., Астанов Б.Ж. Анализ теоретических и экспериментальных результатов гидравлической навесной системы энергонасыщенного универсально-пропашного трактора // ЭUROPEAN RESEARCH: сборник статьей XX Международной научно-практической конференции. - Пенза: МЦНС «Наука и Просвещение». - 2019. - С. 66-690.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.