Научная статья на тему 'G‘O‘ZA QATOR ORALARIDAGI KO‘NDALANG POLLARNI BUZADIGAN MOSLAMANING PARAMETRLARINI ANIQLASH'

G‘O‘ZA QATOR ORALARIDAGI KO‘NDALANG POLLARNI BUZADIGAN MOSLAMANING PARAMETRLARINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
4
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ko‗ndalang pol / moslamaning konctpyktiv cxemaci / moslamaning agrotexnik va energetik ish ko‗rsatkichlariga ta‘sir ko‗rsatadigan parametrlari / yuqori va pastki o‗qyoysimon panjalar / egatochkich / tayanch g‗ildirak. / поперечных пал / конструктивная схема приспособления / параметры / оказывающие влияние на агротехнические и энергетические показатели работа приспособления / верхняя и нижняя стрельчатые лапы / бороздорез / опорное колесо.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — To‗xtaqo‗ziyev Abdusalim, Olimov Hamid Haydarovich

Ushbu maqolada g‗o‗za qatorlari oralaridagi ko‗ndalang pollarni buzadigan moslamaning parametrlarini aniqlash bo‗yicha o‗tkazilgan nazariy tadqiqot natijalari keltirilgan va bunda moslamaning yuqorigi va pastki o‗qyoysimon panjalari orasidagi tik masofa 12 cm, ularning qamrash kengligi mos ravishda ko‗pi bilan 30 va 16 cm, ular orasidagi bo‗ylama masofa kamida 30 cm va pastki o‗qyoysimon panja bilan egatochkich orasidagi bo‗ylama masofa kamida 36,3 sm bo‗lishi lozimligi aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Determination of parameters of a device for deforming transwerse pawls between cotton rows

В статье приведены результаты теоритических исследований по обоснованию параметров приспособления для разрушение поперечных палов в междурядьях холопчатника, при этом устоновлено, что вертикалбное расстояние между верхней и нижней стрельчатых лап должно быт приспособлены 12 см их ширина захвата соотвественно – 30 и 16 см, продольное расстояние между ними – не менее 30 см и продольное расстояние между нижней стрельчатей лапой и бороздорезом – не менее 36,3 см.

Текст научной работы на тему «G‘O‘ZA QATOR ORALARIDAGI KO‘NDALANG POLLARNI BUZADIGAN MOSLAMANING PARAMETRLARINI ANIQLASH»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

UDK 631.315.4

G'O'ZA QATOR ORALARIDAGI KO'NDALANG POLLARNI BUZADIGAN MOSLAMANING PARAMETRLARINI ANIQLASH

To'xtaqo'ziyev Abdusalim Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot instituti professori, t.f.d.

Olimov Hamid Haydarovich

Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot instituti doktoranti. Phd, dotsent, [email protected].

Annotatsiya. Ushbu maqolada g'o'za qatorlari oralaridagi ko'ndalang pollarni buzadigan moslamaning parametrlarini aniqlash bo'yicha o'tkazilgan nazariy tadqiqot natijalari keltirilgan va bunda moslamaning yuqorigi va pastki o'qyoysimon panjalari orasidagi tik masofa 12 cm, ularning qamrash kengligi mos ravishda ko'pi bilan 30 va 16 cm, ular orasidagi bo'ylama masofa kamida 30 cm va pastki o'qyoysimon panja bilan egatochkich orasidagi bo'ylama masofa kamida 36,3 sm bo'lishi lozimligi aniqlangan.

Аннотация. В статье приведены результаты теоритических исследований по обоснованию параметров приспособления для разрушение поперечных палов в междурядьях холопчатника, при этом устоновлено, что вертикалбное расстояние между верхней и нижней стрельчатых лап должно быт приспособлены 12 см их ширина захвата соотвественно - 30 и 16 см, продольное расстояние между ними - не менее 30 см и продольное расстояние между нижней стрельчатей лапой и бороздорезом - не менее 36,3 см.

Annotation. The article presents the results of theoretical studies on the substantiation of the parameters of the device for the destruction of transverse pawls between cotton rows, while it is established that the vertical distance between the upper and lower wing paws of the device should be 12 cm, their width of capture, respectively, is 30 and 16 cm, the longitudinal distance between them is not less than 30 cm and the longitudinal distance between the lower wing paw and the furrow cutter is not less than 36.3 cm.

Kalit so'zlar: ko'ndalang pol, moslamaning konctpyktiv cxemaci, moslamaning agrotexnik va energetik ish ko'rsatkichlariga ta'sir ko'rsatadigan parametrlari, yuqori va pastki o'qyoysimon panjalar, egatochkich, tayanch g'ildirak.

Ключевые слова: поперечных пал, конструктивная схема приспособления, параметры, оказывающие влияние на агротехнические и энергетические показатели работа приспособления, верхняя и нижняя стрельчатые лапы, бороздорез, опорное колесо.

Key words: transverse pawl, constructional scheme of device, parameters, effect on agrotechnical and energetic performance of device, Upper and lower arrow paws, furrow cutter, support wheel.

Respublikamiz paxtachilik hududlaridagi sug'oriladigan yerlar tabiiy iqlim va tuproq sharoitlari, tuproqning mexanik tarkibi, unga ishlov berish texnologiyasi va qo'llaniladigan mashinalarning turlari, ularga qo'yilgan agrotexnik talablarga ko'ra uch mintaqaga bo'lingan. Uchinchi mintaqaga kiradigan tuprog'i sho'rlangan Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasida paxta yetishtirish davrida g'o'za qator oralarida bo'ylama va ko'ndalang pollar olinadi va ular orqali g'o'za maydonlari kichik bo'laklarga bo'linib, bostirib sug'oriladi. Chunki ushbu hududlarda ekinlarni bostirib sug'orish usulini qo'llabgina ulardan yetarli darajada hosil olish mumkin. Aks holda, ya'ni ekinlar bostirib sug'orilmasa tuproq sho'rining dala yuzasiga ko'tarilishi natijasida o'simliklarning rivojlanishi yomonlashadi (hattoki

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI ularning qurib qolish holatlari kuzatiladi), hosildorlik pasayadi [1, 2].

Bo'ylama pollar butun mavsum uchun birinchi sug'orishdan oldin bir marta olinsa, ko'ndalang pollar esa har sug'orishdan oldin hosil qilinadi va sug'orishdan keyin g'o'za qator oralariga ishlov berishdan oldin buziladi. Chunki ular buzilmasa kultivator ish organlarining ishlov berish chuqurligi bo'yicha barqaror ishlashi ta'minlanmaydi, ishchi organlarga yuklanish ortadi va natijada ularning deformatsiyalanishi va sinishi kuzatiladi. Shu sababli har bir sug'orishdan keyin tuproq yetilishi bilanoq ko'ndalang pollar buzib tashlanadi va shundan keyin qator oralariga kultivator bilan ishlov beriladi. Navbatdagi sug'orishdan oldin ko'ndalang pollar yana olinadi.

Hozirgi kunda bo'ylama pollarni olish uchun chopiq traktorlariga osib ishlatiladigan turli qurilmalar ishlab chiqilgan va bu jarayon mexanizatsiyalashgan usulda bajarilmoqda [3-5]. Ammo bugungi kunga qadar ko'ndalang pollarni olish va buzish mexanizatsiyalashmagan va qo'l kuchi bilan bajarilib kelinmoqda hamda bu paxta yetishtirishda mahsulot tannarxining oshishiga sabab bo'lmoqda.

Shulardan kelib chiqqan holda QXMITIda paxtachilik kultivatoriga g'o'za qatorlari orasidagi ko'ndalang pollarni buzadigan moslama ishlab chiqildi.

1-pacmda ishlab chiqilgan g'o'za qatorlari orasidagi ko'ndalang pollarni buzadigan moslama bilan jihozlangan paxtachilik kultivatorining konstpyktiv cxemasi keltirilgan.

1-ko'ndalang pol; 2-traktorning lonjeronlariga mahkamlangan old rama; 3-gidrotsilindr; 4-parallelogramm mexanizm; 5-seksiya gryadili; 6, 7-yuqori va pastki o'qyoysimon panjalar; 8-

egatochkich; 9-tayanch g'ildirak 1-pacm. Ko'ndalang pollarni buzadigan moslama bilan jihozlangan kultivatorning konctpyktiv cxemaci

Ko'ndalang pollarni buzadigan moslama kultivatorning oldingi o'ng va chap ramalari va qo'shimcha ramaga ishchi organlar o'rnatilgan beshta seksiyadan tashkil topgan bo'lib, ular bir-biriga nisbatan qator oralarining kengligiga teng bo'lgan ko'ndalang masofada joylashgan va gidrosilindrlar bilan ko'tarilib-tushiriladi. Ish organlari pog'onasimon joylashgan yuqorigi va pastki o'qyoysimon panjalar va egatochkichdan tashkil topgan bo'lib, ular ko'ndalang pollarga qatlamlab ishlov beradi. Moslamaning o'rta seksiyasi traktorning lonjeronlariga o'rnatilgan old ramaga, qolgan yon seksiyalari esa paxtachilik kultivatorining old ramalariga parallelogramm mexanizmlar bilan o'rnatilgan. Seksiyalar tayanch g'ildiraklar bilan jihozlangan. Moslama konstruksiyasiga O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 3-son, 2024

A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI markazining FAP 02229 raqamli patenti olingan [6].

Ko'ndalang pollarni buzish sug'orishlardan keyin g'o'za qator oralariga kultivator bilan ishlov berish bilan birgalikda olib boriladi. Moslama kultivatorning ish jarayoniga xalaqit bermaydi. Unga texnik xizmatni traktorchining o'zi ko'rsatadi va ortiqcha ishchi talab etilmaydi.

Quyidagilar g'o'za qator oralarida ko'ndalang pollarni buzadigan moslamaning agrotexnik va energetik ish ko'rsatkichlariga ta'sir ko'rsadigan parametrlari hisoblanadi (2 -rasm):

hT - o'qyoysimon panjalar orasidagi tik masofa;

byu - yuqorigi o'qyoysimon panjaning qamrov kengligi;

bp - pastki o'qyoysimon panjaning qamrov kengligi;

lb - yuqorigi va pastki o'qyoysimon panjalar orasidagi bo'ylama masofa;

le - pastki o'qyoysimon panja va egatochkich orasidagi bo'ylama masofa.

2-rasm. Ko'ndalang pollarni buzadigan moslamaning asosiy parametrlari

Ko'ndalang pollarni buzadigan moslamaning parametrlarini aniqlash bo'yicha nazariy tadqiqotlar olib borildi.

Yuqorigi va pastki o'qyoysimon panjalar orasidagi tik masofa hT ni (3-rasm)

pol balandligi hp ning yarmiga teng, ya'ni

hr = 0,5hP (1)

etib qabul qilamiz. Chunki bunda polning butun balandligi bo'yicha tuprog'ini bir xil darajada uvalanishi ta'minlanadi.

Agrotexnik talablar bo'yicha hp=24 sm. Bu qiymatni (1)ga qo'yib, o'qyoysimon panjalar orasidagi tik masofa 12 sm bo'lishi lozimligini aniqlaymiz.

O'qyoysimon panjalarning qamrash kengliklari byu va bp ni ular g'o'za nihollarini shikastlamasligi shartidan quyidagi ifodalar bo'yicha aniqlaymiz

K <M-2A-K*gve

p

va

b < M - 2A- 2htgy.,

' p ' ' ' ~p~o t e">

bunda M - g'o'za qator oralarining kengligi, m;

A - g'o'za nihollari himoya zonasining kengligi, m;

We - tuproqning yonbosh sinish burchagi,

(2) (3)

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 3-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI M = 0,6 m, A = 0,08 m, hp = 0,24 m va = 30° qabul qilinib, (2) va (3) ifodalar

bo'yicha yuqorigi va pastki o'qyoysimon panjalarning qamrash kengliklari mos ravishda ko'pi bilan 30 va 16 cm bo'lishi lozimligini aniqlaymiz. Shular asosida ko'ndalang pollarni buzish uchun KXU-4B universal kultivatorining qamrash kengligi 260 va 150 mm bo'lgan yassi kesuvchi panjalarini yoki KXM-4 paxtachilik kultivatorining qamrash kengligi 267 va 150 mm

bo'lgan o'qyoysimon panjalarini qabul qilish mumkin.

2

A / '/d

A / ^ / V / lo ,

V / \

f .

->

jS / K A

jr .a C, a.

N. ^ | j j~ V

1-ko'ndalang pol; 2-o'qyoysimon panjalar. 3-rasm. Yuqori va pastki o'qyoysimon panjalarning qamrash kengligi, ular orasidagi tik va bo'ylama masofalarni aniqlashga doir sxema

O'qyoysimon panjalar orasidagi bo'ylama masofa lb ni ular orasiga tuproq tiqilib qolmasligi shartidan aniqlaymiz. Buning uchun 3-rasmda keltirilgan sxemaga binoan quyidagi shart bajarilishi lozim

h - lo + ld , (4)

bunda lo - yuqorigi o'qyoysimon panjaning uzunligi, m;

ld - pastki o'qyoysimon panjaning ta'siri ostida tuproq deformatsiyasining bo'ylama

yo'nalishda tarqalish masofasi, m.

3-rasmda keltirilgan sxemaga bo'yicha

lo = 0,5byuCtSYy (5)

va

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

lg = 0,5hpctgy, (6)

bunda y/ - tuproqning bo'ylama yo'nalishda sinish burchagi, Adabiyotlardan ma'lumki [7]

1

2 2

bunda

a = arctg (tga9 sin ); (8)

(\,(2 - tuproqni o'qyoysimon panjaning ishchi sirtiga tashqi va ichki ishqalanish

burchaklari, °.

(7) va (8) ni hisobga olganda (6) ifoda quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi

y = 1 (a+(+(2) > (7)

lg = 0,5hptg1Larctg (tgas sin ys ) ■+ ( + (

2

va ld ni (9) ifod

natijani olamiz

(9)

l0 ni (5) va ld ni (9) ifodalar bo'yicha qiymatlarini (4) ga qo'yib, quyidagi yakuniy

4 > ctgrf + 0,5hptg 2 (tga ^)+(, +(2;

(10)

Bu ifodaga byu =0,26 m, Yy =35°, hp = 0,24 m, ay =25°, ( =30° va (2 =40°

qiymatlarni qo'yib, ish organlari orasidagi bo'ylama masofa kamida 30 sm bo'lishi lozimligini aniqlaymiz.

Orqangi o'qyoysimon panja va egatochkichning orasidagi bo'ylama masofa egatochkichning oldida uyulgan tuproq o'qyoysimon panjaga yetib bormaslik shartidan quyidagi ifoda bo'yicha aniqlaymiz:

h > lp + Hctgß, (11)

bunda lp - pastki o'qyoysimon panjaning uzunligi, m;

H - egatochkichning oldida uyulgan tuproqning balandligi, m. ^ - tuproqning tabiiy to'kilish burchagi,°. (5) ifodadagidek:

lp = 0,5bpctgYy. (12)

Buni hisobga olganda (11) ifodani quyidagi ko'rinishda yozamiz:

4 ^ ^ 5bpctgYy + HctgM' (13)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Bu ifodaga b =0,15 m, Yy =35°, H = 0,2 m va ^ =38° qiymatlarni qabul qilib va ularni

(13) ifodaga qo'yib, pastki ish organi va uni orqasida joylashgan egatochkich orasidagi bo'ylama masofa kamida 36,3 cm bo'lishi lozimligini aniqlaymiz.

O'tkazilgan nazariy tadqiqotlarning natijalari bo'yicha yuqorigi va pastki o'qyoysimon panjalar orasidagi tik masofa 12 cm, ularning qamrash kengligi mos ravishda ko'pi bilan 30 va

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI 16 cm, ular orasidagi bo'ylama masofa kamida 30 cm va pastki o'qyoysimon panja bilan egatochkich orasidagi bo'ylama masofa kamida 36,3 sm bo'lishi lozim.

ADABIYOTLAR

1. Murodov N.M., Olimov H.H., Murtazoev A.N. G'o'za qator oralarida buylama pol xosil kilish texnologik jarayonini mexanizatsiyalash masalalari // Buxoroning iqtidorli yoshlari. Ilmiy-ommabop jurnal. - Buxoro, 2011.- №2. - 46-49 b.

2. Olimov H.H., Abdualiev N.H., Murtazoev A.N. Paxta yetishtirishda sug'orishdan oldin bo'ylama va ko'ndalang pollar hosil qilishning ahamiyati // AgroILM (O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali ilmiy ilovasi). - Toshkent, 2019. - №1. -61-62 b..

3. H.H.Olimov. G'o'za qator oralarida suv va energiyatejamkor bo'ylama pol hosil qilish qurilmasining ilmiy-texnik yechimlari // Monografiya. - Buxoro: Durdona, 2021. - B. 17-20.

4. To'xtaqo'ziev A. Olimov H.H. G'o'za qator oralaridagi ko'ndalang pollarni buzish jarayonini mexanizatsiyalashtirish // "Yuqori samarali qishloq xo'jaligi mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovatsion yechimlari" mavzusidagi Xalqaro ilmiy-texnik konferentsiyasi materiallar to'plami. - Gulbahor, 2022. - S. 168-170.

5. To'xtaqo'ziev A. Olimov H.H. Ko'ndalang pollarni olish davrida tuproqning namligi, qattiqligi va zichligi //"Zamonoviy mashinasozlikda innovatsion texnologiyalarni qo'llashning ilmiy asoslari: tajriba va istiqbollar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. - Namangan, 2022.- B. 414-417.

6. Patent UZ FAP № 02229. / 31.03.2023. To'xtaqo'ziev A. Olimov H.H. Murtazoev A.N. Jo'raev A.A., Ostonov SH.S., Dinimova A.X. Sobirov K.S. CHopiq agregati // O'zbekiston respublikasi patenti, 2023. - Byul. №3.

7. H.H.Olimov. G'o'za qator oralarida bo'ylama pol hosil qiladigan qurilmaning texnologiya ish jarayoni va parametrlarini asoslash: Texn. fan. fal. dok. diss. - Buxoro: 2019. -168 b.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.