AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
УДК 631.372
KICHIK O'LCHAMLI SABAZAVOTCHILIK TRAKTORNING O'TUVCHANLIGI, MANYOVRCHANLIGINI OSHIRISH XUSUSIYATLARI
Ashirov Vosit Rahmatulloyevich Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika unversiteti doktoranti [email protected]
Annotatsiya. Maqolada sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklari va agroklasterlar dalalarida sabzavot urug'lari va ko'chatlarini ekishdan tortib to qator oralariga ishlov berish, unib-o'sayotgan o'simliklarga avaylab ishlov berish, yetishtirilgan hosilni yig'ishtirib olish va tashish hamda boshqa ishlarda foydalanish uchun energiya-resurtejamkor kichik o'lchamli traktordan samarali foydalanishga doir ma'lumotlar keltirilgan.
Аннотация. В статье представлена информация о том, как эффективно использовать энергоресурсоэффективный малогабаритный трактор на полях хозяйств и агрокластеров, специализирующихся на овощеводстве, от посева семян и рассады овощей до междурядной обработки, бережной обработки проращиваемых растений, уборки и транспортировки выращенного урожая и других работ.
Annotation. The article provides information on how to effectively use an energy-efficient small-sized tractor in the fields of farms and agro-clusters specializing in vegetable growing, from sowing seeds and seedlings of vegetables to row-to-row processing, careful processing of germinated plants, harvesting and transportation of grown crops and other work.
Tayanch so'zlar: kichik o'lchamli traktor, sabzavotchilik, issiqxona, motoblok, koleya, oldingi va orqa ko'priklar, qator oralari, o'simlik, agrotexnik tirqish, samaradorlik.
Ключевое слова: малогабаритный трактор, овощевод, теплица, мотоблок, колея, передний и задний мосты, междурядья, агротехнический просвет.
Key words: small tractor, vegetable grower, greenhouse, tillers, track, front and rear axles, aisles, agrotechnical clearance
Respublikamiz aholisini sabzavot, poliz, kartoshka mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini to'la qondirish, shuningdek qayta ishlash korxonalarini xomashyo bilan ta'minlash maqsadida keyingi yillarda barcha toifadagi xo'jaliklarda 2935,5 ming tonna sabzavot yetishtirilgan bo'lsa, shuning bor-yo'g'i 706 ming tonnasi qishloq xo'jalik korxonalari va fermer xo'jaliklari hissasiga to'g'ri kelmoqda. Respublikamizda sabzavotga bo'lgan talabni qondirish maqsadida ayni paytda katta dalalarda foydalanibgina qolmasdan kichik konturli maydonlar va issiqxonalarda sabzavotlar yetishtirilmoqda.
Mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda kichik o'lchamli traktorlarga qishloq xo'jaligi mashinalarini agregatlab, issiqxonalar va dalalarga sabzavot urug'lari va ko'chatlarini ekishdan tortib to qator oralariga ishlov berish, yetishtirilgan hosilni yig'ishtirib olish va tashish va boshqa ishlarda foydalanish mumkin. Ayni vaqtda issiqxonalar va katta bo'lmagan dalalarda sabzavotlarni yetishtirishda asosan yuqori massa va quvvatga ega bo'lgan traktorlar qo'llanilmoqda, bu esa yonilg'i va boshqa xarajatlarni ortishiga sabab bo'lmoqda.
Issiqxonalar, kichik tomorqa xo'jaliklari maydonining kattaligi va o'simliklar qator oralari kengligining har xilligi hamda sabzavot ekinlari qatorida achchiq qalampir, baqlajon, pomidor va kartoshkalarning boshqa sabzavot ekinlari nisbatan baland bo'yli bo'lib o'sadi. Ayniqsa kartoshka o'simligiga vegetatsiya davomiyligida ildiz tuganaklarida hosil tugishi uchun ularni birnecha marotaba bosqichma-bosqich ko'mib borilishi lozim. Ko'pgina kichik maydonli aholi va tomorqa xo'jaliklarida motobloklardan foydalaniladi. Motoblokga kichik o'lchamli plug, faol ishchi organlar yordamida tuproqni ekishga tayyorlash, egat ochish, ekish, qator
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI oralariga ishlov berish, tirkamani taqib tashish ishlarini olib borish va h.k. bajariladi.[1]
O'sishi va hosil berishi uchun katta oziq maydoni, namlik va qator oralariga ishlov berish (tuproqni yumshatish), zararkunandalar, begona o'tlar va kasalliklarga qarshi kurashni talab etadigan ekinlar qatorida sabzavot ekinlaridan kartoshka va pomidor, poliz ekinlaridan esa (bodring) chopiq qilinadi. Bularning urug'lari (ko'chati) keng qatorlab (qator oralarini 40-70 cm da, ayrim hollarda 80 cm) ekiladi. O'suv davrida qator oralari kichik o'lchamli traktor va motobloklarga kultivatorlarni agregatlagan holda tuproqlar 2-6-marta yumshatiladi, pushtalari chopiq qilinadi, o'toq qilinadi, 2-9-marta sug'oriladi. Chopiq qilinadigan ekinlar ekilgan tuproqlar yuqoridagi texnikalar yordamida qanchalik ishlov berilib borilsa, tuprokning mikrobiologik faolligi ortadi, oziq moddalar ko'p to'planadi.[2]
Ma'lumki kartoshka yumshoq tuproqlarga moo'ljallangan o'simlik hisoblanadi. Uni boshqa ekinlarga nisbatan chuqur yumshatilgan tuproqqa, suv, havo va issiqlikka ehtiyoji ko'proq. Kartoshkaning ildiz tizimi tuproqqa nisbatan uncha chuqur kirmaydi. 20 cm gacha haydov qatlamida 60 foizga yaqin ildizlar, 20 dan 40 cm gacha qatlamda - 20 - 25 foiz, 40 dan 60 sm gacha qatlamda - 10-15 foiz, 80 sm va undan yuqori qatlamda - ayrim ildizlar joylashgan. Ildizlar yon tomonlarga 50 sm gacha radiusda tarqalgan bo'lib, tuproqning zichligiga bog'liq. 1-rasmda tugunaklar uyasi va ildiz tizimini tarqalish sxemasi keltirilgan.
40-50
1-rasm.Kartoshkaning ildiz tizimi va tugunaklarining pushtada joylashish sxemasi
Qumoq tuproqlarda ortiqcha namni yuqori qatlamda kamaytirish uchun kuzda pushta olish bilan birga pushta ostiga tirqish ochish yoki chuqur yumshatish taklif etiladi. Bu nafaqat yuqori qatlamda ortiqcha namni kamaytiradi, balki tuproqning pastki qatlamlarida nam zahiralarini yig'adi, bu esa quruq davrlarda undan to'liq foydalanish imkonini beradi. Ko'pchilik holatlarda o'simlikni o'sishi va rivojlanishi uchun keltirilgan omillar uning tomir tizimi rivojlanadigan tuproqning shakllangan zichligiga bog'liq. Tuproqni kartoshka ekishdan oldin shakllangan zichligi o'simlikni butun vegetatsiya davrida saqlanishi lozim.[3]
Kartoshka o'simligini turli xil kenglikda ekilishi natijasida uning kator oralariga ekish va ishlov berish hamda yig'ishtirishda kichik o'lchamli traktorning oldingi va orqa g'ildiraklarini koleyasi mos yoki rostlanadigan bo'lishi lozim.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
2-rasm. Kichik o'lchamli traktor g'ildiraklarining qatorlar oralig'iga joylashuv sxemasi
1 va 2-rasmlardan ko'rinib turibdiki pushta va kartoshka poyalarining balandligini e'tiborga olgan holda kichik o'lchamli traktorning oldingi va orqa ko'priklarining agrotexnik tirqishi 600 mm dan kam bo'lmasligi hamda 60, 70, 80 cm li qator oralarida ishlatish uchun koleyalari 1200, 1400 yoki 1600 mm da rostlanadigan bo'lishi kerak. Bundan kelib chiqadiki, kichik o'lchamli traktorning oldingi va orqa ko'priklari teleskopik turdagi konstruksiyada bo'lishi maqsadga muvofiq bo'ladi.[4]
Kichik o'lchamli traktor bilan o'simlik qator oralarga ishlov berishda kam yonilg'i sarflagan holda sabzavot hosilini yetishtirib-yig'ishtirib olishda kichik o'lchamli traktorlardan foydalanish muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, ko'pgina sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklari va agroklasterlar dala maydonlarining konturlarini kichikligi tufayli ularning boshi va oxiridagi qayrilish maydonlari sathiga imkon qadar o'simlik urug'lari va ko'chatlarini ekiladi. [5]
Hozirda xorijdan asosan respublikamiz qishloq xo'jaligining katta bo'lmagan maydonlariga ishlov berish uchun motobloklar va kichik o'lchamli traktorlarning yengil, o'rta va og'ir turdagi modellari kirib kelmoqda (1-jadvalga qarang).
Kichik o'lchamli traktorlar ham yuqorida keltirilgan motobloklarning vazifalarini to'la bajara oladi. Ularning asosiy afzalliklari mobilligi va xavfsiz ishlatilishi hisoblanib, unga qishloq xo'jalik mashinalarini agregatlab istalgan yaqin hududlardagi dala maydonlariga borib texnologik jarayonlarni amalga oshirish, transport hamda boshqa ishlarda foydalanish mumkin.[6]
1-jadval
Traktor turi Konstruksion massasi, kg Dvigatelning nominal quvvati, kVt Eng yuqori ishchi tezligi, km/soat Eng yuqori transport tezligi, km/soat Koleyasi, ko'pi bilan, mm Agrotexnik tirqishi, ko'pi bilan, mm
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
Bir o'qli kichik o'lchamli traktor (motoblok)
Yengil 70 gacha 3 gacha 130
O'rta 100 gacha 5 gacha 6 15 700 150
Og'ir 100 dan yuqori 5 dan ortiq 300
Ikki o'qli kichik o'lchamli traktor
Yengil 500 gacha 10 gacha 6 15 800 300
O'rta 650 gacha 14 gacha 6 25 800 300
Og'ir 650 dan yuqori 14 - 16 6 25 1200 300
Keltirilgan jadvaldan ko'rinib turibdiki, motobloklarning agrotexnik tirqishi (150-300 mm) yetarli bo'lmaganligi tufayli ularni unib o'sgan qator oralaridagi o'simliklarga ishlov berishda ayrim qiyinchiliklar tug'diradi.
Kichik o'lchamli traktorning agrotexnik tirqishi kamligi (300 mm atrofida) bois unib o'sgan o'simlik qator oralariga ishlov berish uchun yetarli darajada qanoatlantira olmaydi. Yengil, o'rta va og'ir turdagi kichik o'lchamli traktorlarning koleyalari 800 - 1200 mm oraliqda bo'lishini e'tiborga olgan holda ular 40, 50 va 60 sm li o'simlik qator oralariga kiraolib ishlov berishi mumkin. Hozirda sabzavotchilik ekinlari asosan 60 va 70 sm, ayrim joylarda esa 80 sm li qator oralariga ekilishi va ularga ishlov berilishi uchun kichik o'lchamli traktor oldingi va orqa ko'priklarining koleyasi 1200, 1400 va 1600 mm bo'lishi lozim.[7]
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar asosida bir o'qli motobloklar va ikki o'qli kichik o'lchamli traktorlarning afzalligi va kamchiliklarini e'tiborga olgan holda qator oralariga sabzavot ekinlari urug'lari va ko'chatlarini ekish va ularga avaylab ishlov berishda kichik o'lchamli traktor baland klirensli, g'ildiraklari koleyasi rostlanadigan bo'lishi lozim.
Bundan tashqari kichik o'lchamli traktorning quvvati kam bo'lgan holatlarda unga silindrlar ishchi diametri kattaroq bo'lgan, ya'ni quvvatliroq dvigatelni moslashtirish (adaptatsiyalash) yoki bir silindrli dvigatel o'rniga ikki silindrli dvigatelni o'rnatib ishlatish imkoniyati mavjud.[8]
Agar ushbu traktor sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer va dehqon xo'jaliklari hamda agroklasterlarga joriy etilsa, kichik yer maydonlaridan samarali foydalanish, kam qo'l kuchi mehnatini sarflab, yuqori hosil olish va yetishtirilgan mahsulotlarning tannarxini pasaytirish pirovardida mamlakatimiz ichki bozorini arzon qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan ta'minlab, ortiqcha mahsulotlarni xorijga eksport qilish imkonini beradi. Bundan tashqari qishloq xo'jaligi sohasida ishlovchilarning ijtimoiy ahvoli yaxshilanadi, qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashda energiya-resurstejamkor kichik o'lchamli traktorlardan foydalanish darajasi ortadi.[9]
Xorijdan olib kelinayotgan kichik o'lchamli traktorlar klirensining pastligi tufayli 16-18 sm li pushtadagi unib o'sgan o'simliklarni sidirishi, hosilining to'kilishi va uning shoxlarini shikastlashi, sinishi hamda g'ildiraklarining koleyasini qator oralariga moslab ishlatilishi birmuncha cheklangan. Yuqorida keltirilganlarni e'tiborga olgan holda sabzavotchilik va issiqxonalar uchun baland klirensli, g'ildiraklar koleyasi o'simlik qatorlariga moslanuvchan kichik o'lchamli traktorni joriy etish orqali dehqonlarning yumushi birmuncha kamayadi, ekinlardan mo'l hosil olinishiga erishiladi.
Agar sabzavotchilik va issiqxonalar uchun baland klirensli, g'ildiraklar koleyasi o'simlik qatorlariga moslanuvchan kichik o'lchamli traktorni joriy etilganda kichik maydonlarni haydash, tuproqni ekishga tayyorlash, ekish, qator oralariga ishlov berish, o'simliklar zararkunandalariga qarshi kurashish, hosilni yig'ishtirish va tashish ishlarida kichik tomorqa xo'jaliklarining asosiy dastyori sifatida foydalaniladi. Bundan tashqari ochiq maydonlarda 2-3 marotaba va yopiq maydonlardagi issiqhonalarda esa 4-5 marotaba sabzavotlar ekiladigan tuproqlarni tayyorlashdan tortib to yetishtirilgan hosilni yig'ishtirib olish, tashish ishlarini qisqa muddatlarda bajarilishiga
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI erishiladi hamda ish unumini 1,6-2 barobarga ortishiga olib keladi.
Bu fermer va dehqon xo'jaliklarining kichik yer maydonlaridan samarali foydalanish, kam qo'l kuchi mehnatini sarflab, yuqori hosil olish va yetishtirilgan mahsulotlarning tannarhini pasaytirish pirovardida mamlakatimiz ichki bozorini arzon qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan ta'minlab, ortiqcha mahsulotlarni xorijga eksport qilish imkonini beradi.[10]
Kichik o'lchamli traktorlarning boshqaruvchanligini baholash mezonlaridan biri - bu uning qator oraidan o'tuvchanligi va minimal burilish radiusidir. Ekin qator oralariga ishlov beradigan kichik o'lchamli traktor imkon qadar o'tuvchan va kichik burilish radiusiga ega bo'lishi lozim. Shundagina bu burilish yo'li va vaqti qisqaradi, smena vaqtidan samarali foydalanish hisobiga agregatning ish unumi ortadi.
GOST 30752-2001 talablari va ko'pgina ilmiy-tadqiqotlar bo'yicha kichik o'lchamli traktorning burilish markazi O dan (3-rasm) oldingi yo'naltiruvchi tashqi g'ildirakni tuproq bilan tutashgan yuzasining o'rtasigacha bo'lgan masofa traktorning minimal burilish radiusi Rt sifatida qabul qilingan Burilish radiusi 3 va 4-rasmlarda Rt simvol orqali belgilangan.
1-oldingi va 2-orqa g'ildiraklarning izlari as -sapfa o'qidan g'ildirak tekisligigacha bo'lgan eng qisqa masofa, Rn-nominal burilish radiusi 3-rasm. Kichik o'lchamli traktorning burilish sxemasi
Kichik o'lchamli traktorning minimal burilish radiuslari bevosita O nuqta atrofida amalga oshirilgan (3-rasm) holat uchun oldingi yo'naltiruvchi tashqi g'ildirak bo'yicha burilish radiusi Rt quyidagicha aniqlanadi:[11]
[I + aц • sinßT )
- (1)
Rt —
sin ßT
yoki
Rt —
L
■ + a„
sin ßT ц '
bunda as=(Vi-M)/2, m; L-traktorning bo'ylama bazasi, m.
(2)
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI
Vi va V2 - oldingi va orqa g'ildiraklar koleyasi, M-burish sapfalari vallarining o'qlari orasidagi masofa (shkvorenlar orasidagi masofa), Rt -tashqi va Ri -ichki g'ildiraklarni burilish radiuslari
4-rasm. Burilish radiusini hisoblash sxemasi
Ta'kidlangan burilish turida dala maydonining yuzasida to'rtta bir biriga ustma-ust tushmagan izlar hosil bo'ladi. Kichik o'lchamli traktorning orqa yetakchi ichki g'ildiragini tormozlab burilishi Oi nuqta atrofida amalga oshirilgan (2-rasm) holat uchun quyidagi ifodadan foydalanamiz.[12]
R =n--t , (3)
rnßp -se)+tgsc 2 J
bunda ßo'r- oldingi yo'naltiruvchi g'ildiraklarning o'rtacha burilish burchaklari, ßo'r.=0,5(ßT+ßi), °; ösva ÖS2-oldingi va orqa g'ildiraklarning yonga surilish burchaklari,
V.V.Guskov va boshqalarning ta'kidlashicha, kichik o'lchamli traktor shinalarining yonga surilish Ss burchaklari 3-5°dan oshmasa, ularning yonga sirpanishi kuzatilmaydi. Olib borilgan tajribalar asosida oldingi yo'naltiruvchi g'ildiraklar shinalarining yonga surilish burchaklari 3-5°dan oshmaydi deyishimiz mumkin. Traktorning faqat oldingi ko'prik g'ildiraklari yo'naltiruvchi bo'lgan holatda hamda orqa g'ildiraklar yonga surilmay harakatlanishini e'tiborga olib, Ss2=0 deb qabul qilamiz.
Yuqoridagilarni hisobga olganda, (3) ifoda quyidagicha yoziladi:[13]
R = L • ctgß - Sc). (4)
2-rasmdan oldingi ko'prikning tashqi yo'naltiruvchi g'ildiragining minimal burilish radiusi RTmin quyidagicha aniqlanadi:
R =JL2 +(R + 0,5M)2 + a . (5)
L min V V h 5 / ц ^^
Tajribalarda aniqlanganki, kichik o'lchamli traktorning minimal burilish radiusi RTmin ni orqa yetakchi ichki g'ildirakni tormozlash orqali ta'minlash mumkin. (2.) va (5) ifodalardan traktorning orqa yetakchi ichki g'ildiragini tormozlamagan va tormozlagan holat uchun burilish radiuslarining nazariy qiymatlari aniqlanadi.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI Kichik o'lchamli traktorning manyovrchanligi bevosita oldingi yo'naltiruvchi ichki ßI va tashqi ßT g'ildiraklarni burilish burchaklari, rul trapesiyalari konstruksiyalarining shakli, tuzilishi va parametrlarini to'g'ri tanlanishiga bog'liq.
Kichik o'lchamli traktorlarni turli xil burilish usullarini qo'llagan holda manyovrchanligini tadqiq etish uchun ularning minimal burilish radiuslarini aniqlaymiz. Buning uchun oldingi yo'naltiruvchi ichki g'ildiragi 90°gacha burilaoladigan simmetrik qirqilgan ko'ndalang tortqili rul trapesiyasi bilan jihozlangan traktorning minimal burilish radiusini ko'rib chiqamiz (5-rasm) [14]
5-rasm. Ko'ndalang tortqili rul trapesiyasi bilan jihozlangan kichik o'lchamli traktorning
burilish radiusini hisoblash sxemasi
5-rasmda yangi rul trapesiyasi bilan jihozlangan kichik o'lchamli traktorning burilish usuli bevosita orqa yetakchi ichki g'ildiragini tormozlagan holda O nuqta atrofida amalga oshiriladi Ushbu holatda oldingi yo'naltiruvchi ichki ßI va tashqi ßT g'ildiraklarni burilish burchaklari quyidagicha aniqlanadi:
L
ßT = arctg (—^, (6)
0,5B2 (1 + k )
ßH = arctg
L
0,5 B (1 - k ) !
(7)
bunda k=M/B2 - burish sapfalari vallarining o'qlari orasidagi masofa M ni orqa yetakchi g'ildirak koleyasi V2 ga nisbati.
U holda yo'naltiruvchi g'ildiraklarning o'rtacha og'ish burchagi:
„ _ L L
p. = 0.5 arctg-7-r + arctg-7-r . (8)
Hyp- _ g 0,5ß2 (1 + k) g 0,5ß2 (1 - k)_ ()
5-rasmga asosan kichik o'lchamli traktorning nominal Rn va minimal burilish radiusi Rt quyidagicha bo'ladi:
R = L • ctg(Pyp -Sc); (9)
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
Scientific Journal Of Mechanics And Technology ISSN 2181-158Х, Volume 5, Issue 2, Special Issue 2024 AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
L
rt + ац ■ (10)
sm рТ
(8-10) ifodalardan ko'rinib turibdiki, kichik o'lchamli traktorning nominal Rn va minimal Rt burilish radiuslari uning bo'ylama bazasi L, orqa yetakchi g'ildirak koleyasi V2, burish sapfalari vallarining o'qlari orasidagi masofa M ga bog'liq ekan.[15].
Xulosa
Yangidan ishlab chiqilgan va parametrlari asoslangan baland agrotexnik tirqishga ega oldingi va orqa ko'prik xamda minimal burilish radiusini ta'minlovchi rul yuritmasi bilan jihozlash evaziga kichik o'lchamli traktorning o'tuvchanligi va manyovrchanligini oshirish orqali ularni sabzvot ekinlar qator oralariga ishlov berish jarayonida qo'llash mumkin.
ADABIYOTLAR
1. Qishloq xo'jaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirish bo'yicha namunaviy texnologik kartalar. 2016-2020 yillar uchun (I-qism). - Toshkent: QXIITI, 2016. - 136 b.
2. 2018-2020 yillarda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalash uchuntexnologiyalar va mashinalar tizimi. I-qism, (Dehqonchilik). - Toshkent: QXMEI, 2018. -256 b.
3.Baymetov R.I. Perspektivbi razvitiya kompleksnoy mexanizatsii rastenievodstva i napravleniya nauchnbix issledovaniy // Respublika qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida zamonaviy texnologiya va texnikadan foydalanish samarasini oshirish yo'llari: Ilmiy-texnik konferensiya ma'ruzalarining tezislari. - Gulbahor: O'zMEI, 2000. - B. 1-3.
4. Selskoxozyaystvennaya texnika: Katalog Tom 1. «Energeticheskie, transportable i pogruzochnbie sredstva /Yo.B. Xoliyorov, M.N. Olmosov, F.M. Xasanova, R.M. Xayitov, F.K. Ganiev, S.X. Muratov, N.B. Muratov.- Tashkent: NIIMSX, 2020. - 303 s.
5. O'zbekiston qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish jarayonlarini 2020 yilgacha kompleks rivojlantirishning umumiy konsepsiyalari. - Toshkent: O'zMEI, 2011. -71 b.
6. http://www. Faculty of Agriculture.
7. Iofinov S.A., Lbishko G.P. Ekspluatatsiya mashinno-traktornogo parka. 2-ye izd. pererab. i dop. - M.: Kolos, 1984. - 351 s.
8. Chudakov D.A. Osnovbi teorii i rascheta traktora i avtomobilya. 2-ye izd. pererab. I dop.- M.: Kolos, 1972. - 384 s.
9. Chudakov D.A. Osnovbi teorii selskoxozyaystvennbix navesnbix agregatov. M.: Mashgiz, 1954.-175 s.
10. Lvov YeD. Teoriya traktora. 5-ye izd. pererab. i sokr. - Moskva: Mashgiz, 1960. -
252 s.
11. Mixaylovskiy YeV., simbalin VB. Teoriya traktora i avtomobilya. - M.: Selxozgiz, 1960. - 336 s.
12. Ivanov V.V., Ilarionov V.A., Morin M.M., Mastikov V.A. Osnovbi teorii avtomobilya traktora. - M.: Vbisshaya shkola, 1970. - 224 s.
13. Skotnikov V.A., Maщenskiy A.A., Solonskiy A.S. Osnovbi teorii i raschota traktora i avtomobilya. /Pod red. V.A.Skotnikova. - M.: Agropromizdat, 1986. - 383 s.
14. Pospelov Yu.A. Ustoychivost traktora. - M: Mashinostroenie, 1966. - 348 s.
15. Guskov V.V., Velev N.N., Atamanov Yu.Ye., Bocharov N.F., Ksenevich IP., Solonskiy A.S. Traktorb: teoriya. /Pod red. V.V.Guskova. - M.: Mashinostroenie, 1988. - 375 s.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son