YANGILANGAN KONSTITUTSIYA DEMOKRATIK JAMIYATNING
POYDEVORI
Sanjar Ibodulla o'g'li Soriyev
Toshkent davlat transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Mafura Muxtarxanova
Inagamova
ANNOTATSIYA
Mazkur maqola Konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotidagi ahamiyatiga bag'ishlangan. Unda Konstitutsiyaning huquqiy asos sifatida inson huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash va davlat boshqaruvini tartibga solishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va unga kiritilgan 2023-yilgi islohotlarning mazmuni, hamda ijtimoiy -siyosiy hayotga ta'siri yoritilgan. Maqola jamiyatning barqaror rivojlanishini ta'minlashda Konstitutsiyaga hurmat va unga rioya qilishning ahamiyatini ta'kidlaydi.
Kalit so'zlar: konstitutsiya , huquqiy davlat, inson huquqlari Demokratiya, qonun ustuvorligi ijtimoiy adolat, tenglik, O'zbekiston Konstitutsiyasi, davlat boshqaruvi, fuqarolik mas'uliyati, konstitutsiyaviy islohotlar, 2023-yilgi islohotlar, huquqiy barqarorlik, ekologik xavfsizlik, milliy qadriyatlar, yangilangan Konstitutsiya, ijtimoiy davlat , inson - jamiyat - davlat.
Konstitutsiya har bir davlatning huquqiy va ijtimoiy hayotining asosi hisoblanadi. U fuqarolar huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni, davlat boshqaruvining asosiy tamoyillarini belgilab beradi.
Yangi O'zbekistonning yangilangan konstitutsiyasi inson qadrini ulug'lashga xizmat qiluvchi konstitutsiyalardan biri bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Referendum natijalarida ham, fuqarolarimizdan kelib tushgan taklif va xulosalardan ham buni bilib olish qiyin emas.Mamlakatimiz fuqarolari ushbu referendumda juda faol qatnashishdi bu haqda yurtboshimiz ham alohida ta'kidlab o'tdilar "Konstitutsiyamiz loyihasini muhokama qilishdan boshlab to uni qabul qilguncha bo'lgan davrda o'tkazilgan umumxalq muhokamalarida millionlab yurtdoshlarimiz faol ishtirok etdilar. Shu nuqtai nazardan qaraganda, yangilangan Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz bo'ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Eng muhimi, endi islohotlarimiz yo'lidan hech qachon ortga
236
2024-yil, 7-dekabr
qaytmaymiz, "inson - jamiyat - davlat", degan yangi tizim asosida faqat va faqat oldinga qarab boramiz," - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Inson -jamiyat - davlat deya takidlandi bundan qanday xulosa chiqarshimiz mumkin deb o'ylaysiz ? Bu savolga javobni konstitutsiysmizning 2-moddasidan topsangiz bo'ladi "Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'uldirlar."Avvalo inson manfaati ustun qo'yilmoqda, davlatni uning fuqarolari manfaatlariga xizmat qiluvchi tizim sifatida qaralmoqda, yana e'tiborga loyiq jihati shundaki konstitutsiyamizning 1-moddasida ham O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy davlat ekanligi belgilab qo'yildi bu ham mamlakatimizning faoliyatining asosiy qismi jamiyat maanfatlariga xizmat qilish hamda fuqarolarining ijtimoiy hayotini yaxshilash davlatimizning bosh maqsadlaridan biri ekanligini ko'rsatadi.Mamlakatimiz prizidenti ham bu haqda konstitutsiya muhokamasi bag'shlangan yig'ilishlardan birida ta'kidlab o'tdilar;
"Yangilangan Konstitutsiyada O'zbekiston "ijtimoiy davlat" degan tamoyil muhrlanib, davlatning bu sohadagi majburiyatlari bilan bog'liq normalar 3 baravarga oshdi.
- Bu raqamni aytish oson, lekin uni amalda ta'minlash uchun juda ko'p ishlashimiz zarur. Bunga davlat budjetidan har yili qo'shimcha 30-40 trillion so'm ajratish kerak bo'ladi. Buning hisobidan, har yili yuzlab yangi bog'chalar, maktab va shifoxonalar qurishimiz lozim.
Yoshlar siyosatini, ta'lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida yuqori bosqichga ko'tarish bo'yicha ham yangi imkoniyatlarni safarbar etamiz.1
Nuroniylar, yolg'iz keksalar, nogironligi bo'lgan insonlar, alohida e'tiborga muhtoj aholi qatlamiga ijtimoiy xizmatlar ko'lamini yanada kengaytiramiz. Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdorini muntazam oshirib boramiz," - dedi Prezident.Ijtimoiy hayoti yaxshilangan davlatning iqtsodi ham uning farovonligi ham ortadi, eng muhimi xalq hukumatdan rozi holatda umr kechradi, albattaki buning asosi bo'lib bosh qomusimiz bo'lmish konstitutsiyamiz hisoblanadi.
Konstitutsiyada fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirok etish huquqi belgilangan. Bu huquq saylash va saylanish erkinligi orqali amalga oshiriladi. O'zbekistonning demokratik jamiyat qurishdagi intilishlari ham aynan ushbu prinsipga asoslanadi.Shu bilan birga bugungi kundagi konstitutsiyamizda Umuminsoniy qadryatlar, insonnig sha'ni davlatimizning asosiy prinsipi etib
1 HHaraMOBa M.M. Cn^araH Ta*MHM th3HMHHH pHBO^aHTHpnmHHHr 6ai3H cipaierHK acoc^apn //Pecny6^HKacn HHB Ma^aKa omnpnm HHCTHTyin ax60p0TH0Macn. T.- 2023. № 3. 63-70 6.
2024-yil, 7-dekabr
237
belgilangan.Konstitutsiyamizning 13-moddasini buning isboti sifatida ko'rishimiz mumkin, "O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.Bunday prinsiplar asosida jamiyat demokratik islohotlarning me'mori bo'ladi.
Konstitutsiyada davlatning ijtimoiy yo'naltirilganligini belgilab beruvchi tamoyillar o'z aksini topgan. Bunda aholini qo'llab-quvvatlash, imkoniyati cheklangan shaxslarni himoya qilish va ijtimoiy tenglikni ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.2 Yangilangan qomusimizda o'zgarishlar demokratik islohotlarning natijasidan darak beradi desak xato bo'lmaydi.Konstitutsiyamizga 65% o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi vaqt o'tishi bilan mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga mos ravishda takomillashtirilib bordi. Xususan, 2023-yilda Konstitutsiyaga kiritilgan islohotlar3 xalq manfaatlarini ko'zlab, quyidagi yangiliklarni o'z ichiga oldi:
• Fuqarolar huquqlarini kengaytirish: Ta'lim va sog'liqni saqlash sohalarida keng imkoniyatlar yaratildi.
• Davlat boshqaruvini demokratlashtirish: Prezidentlik muddati qisqartirilib, fuqarolarning saylov tizimidagi ishtiroki mustahkamlandi.
• Atrof-muhit muhofazasi: Ekologik xavfsizlik masalalari konstitutsiyaviy darajada kafolatlandi.
• O'qituvchi kasbining alohida e'tiborga olinishi.
Har bir jamiyat rivojlanar ekan uning rivojlanishining asosini albattaki bilim tashkil qiladi bu bilimning manbai bo'lmish o'qituvchilarga alohida e'tibor berilishi ularning mavqeini yanada ko'tarishi konstitutsiyamizning 52-moddasidasida o'z aksinini topdi."O'zbekiston Respublikasida o'qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog'lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma'naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e'tirof etiladi.
Davlat o'qituvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o'sishi to'g'risida g'amxo'rlik qiladi.
2 Inagamova M.M O'zbekiston Respublikasi yangi konstitutsiyasida ayol huquqlari himoyasining ayrim jihatlari // yangi O'zbekistonning yangi konstitutiyasi: Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to'plami / O'zbekiston Respublikasi IIB malaka oshirish instituti, 2023 yil 103-106 b.
3 Инагамова М.М .Конституциявий исло^отларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш боскичлари//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.
2024-yil, 7-dekabr
238
"2023-yilgi konstitutsiyaviy o'zgartirishlar davlat boshqaruvini demokratlashtirish va ijtimoiy tenglikni oshirishga qaratilgan edi" deydi o'zining kitobida A. Nurmatov. Bu yangilanishlar davlatning rivojlanishi va xalq manfaatlarini himoya qilishda muhim qadam bo'ldi.4
Bu islohotlar hamda o'zgarishlarda meni diqqatimni tortgan hamda xursand qilgan qismi bu har qandaynoaniqliklar inson foydasiga hal qilinishi bo'ldi.Ya'ni Inson bilan davlat organlarining o'zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyat va noaniqliklar fuqaro foydasiga hal qilinishi belgilab qo'yildi.Konstitutsiya nafaqat huquqlarni, balki majburiyatlarni ham belgilaydi. Har bir fuqaro qonunlarga rioya qilish, davlatga soliqlarni o'z vaqtida to'lash, ekologiyani himoya qilish kabi mas'uliyatlarni bajarishi shart. Bu tamoyillarga rioya qilish jamiyatni barqaror rivojlantirish uchun zarurdir.
XULOSA
Yuqoridagi fikrlardan so'ng, shunday fikrga kelish mumkinki, konstitutsiya -davlat va jamiyatning huquqiy va ijtimoiy hayotining poydevori. U fuqarolar huquqlarini himoya qilishni kafolatlab, davlat hokimiyatini adolatli boshqarishni ta'minlaydi. O'zbekiston Konstitutsiyasi milliy qadriyatlarni xalqaro standartlar bilan uyg'unlashtirgan holda jamiyat barqarorligini mustahkamlaydi. Konstitutsiyaga hurmat va unga amal qilish har bir fuqaroning burchi bo'lib, bu davlat va jamiyatning uzluksiz taraqqiyotini ta'minlashga xizmat qiladi.
REFERENCES
1. Инагамова М.М. Сифатли таълим тизимини ривожлантиришнинг баъзи стратегик асослари //Республикаси ИИВ Малака ошириш институти ахборотномаси. Т.- 2023. № 3. 63-70 б.
2. Инагамоыв М.М .Узбекистонда аёлларга нисбатан зуравонлик масалалари: муаммолар, ютуклар ва истикболлар/Лnternational Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. Р. 107-112
3. Инагамова М.М., Журабоев Н. Ю. . Туркистонлик аёлларнинг сиёсий макоми//Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. Б.78-90
4 O'zbekiston Respublikasi yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyada "Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash" (tahliliy strategiya asosida) 25.07.2022
PF - 175 - son Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son; 03.01.2024-y., 06/24/221/0003 -son.
2024-yil, 7-dekabr
239
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
Tashken^^ammTtmmmPmr^Umammtm^
4. Инагамова М.М Оила, никох муносабатларида махалла институининг ташкилий-хукукий жихатлари/ZYangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55
5. Инагамова М.М . Конституциявий ислохотларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш боскичлари//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.
6. Инагамова М.М Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчлик ва тараккиёт кафолати: Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиллиги байрамини нишонлаш максадида утказилган Республика илмий-амалий конференция материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б. 121-125.
7. Узбекистоннинг максадли тараккиёт стратегияси уюшган жиноятчилик, экстремизм ва терроризмга карши курашишнинг хукуки кафолати//Трансмиллий уюшган жиноятчилик, терроризм ва экстремизмга карши курашда ички ишлар органларининг роли хамда хамкорлик йуналишлари: Республика илмий-амалий конференция туплами / Масъул мухаррир техника фанлари номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Малака ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.
8. Nurmatov A. Konstitutsiyaviy islohotlar va ularning ahamiyati. - Toshkent: Akademnashr, 2023.
9. O'zbekiston Respublikasi yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyada "Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash" (tahliliy strategiya asosida) 25.07.2022
10. Инагамова М.М .Конституциявий ислохотларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш боскичлари//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.
11. Inagamova M.M O'zbekiston Respublikasi yangi konstitutsiyasida ayol huquqlari himoyasining ayrim jihatlari // yangi O'zbekistonning yangi konstitutiyasi: Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to'plami / O'zbekiston Respublikasi IIB malaka oshirish instituti, 2023 yil 103-106 b.
240
2024-yil, 7-dekabr
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
Tshkn—ammmTmmmSmmm^in
12. ^agameBa A.A. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. P. 203-207.
13. ^agameBa A.A. ^Hrn Y36eKHCTOHga Maxannnfi n^po opraHnapn ^aonnaraga ®;aMoaTHHnHK Ha3opara// Oanca^a Ba xyKyK. 2022/2. E-137-138.
14. ^agameBa A.A. ^aBnar xH3MaTHHH ncnox, Knnnm mapomnga xpKnMnap ^aonnaTH ycTngaH ^aMoainnnnK Ha3opaTHHH aManra omnpnmHHHr acocnfi HyHannmnapn// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . E. 117-122.
15. ^agameBa A.A. ^aMoarnnnHK $HKpn-$yK;aponHK ^aMHATHHH pHBO^naHTHpnmHHHr MyxnM omhhh// Y36eKncTOH Pecny6nnKacn npe3ngeHT xy3ypngarn gaBnar 6om;apyBH aKageMnacn. ^aMH^T Ba 6om;apyBH. TomKeHT. № 2 (92). 2020. E-125-129.
16. ^agameBa A.A. Maxannnfi n^po xpkhmhath ^ao-marn ycTngaH ^aMoaTHnnnK HasoparaHn нaтн^agopпнгннн omнpнmнннг нпмнн-нaзapнн ennMnapn// XyKyKnft Tag^n^oTnap ^ypHann. 2-Maxcyc coh. TomKeHT. 2020. E-227-232
241
2024-yil, 7-dekabr