Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
TaShhkenm^tmmmTmmnnmPPmm^n
YANGILANGAN KONSTITUTSIYADA YOSHLAR HUQUQLARINING
KAFOLATLARI
Beksulton Ilyos o'g'li O'razbayev
Toshkent davlat transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Mafura Muxtarxanova
Inagamova
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasining yangilangan konstitutsiyasida yoshlarga oid normalarning yangicha talqini, ularda yoshlarning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, shaxsiy, madaniy va ekologik huquqlarining kafolatlari haqida atroflicha fikr yuritiladi. Shuningdek, davlatimizda amalga oshirilgan islohotlar davrida yoshlarimizga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularga oid davlat siyosatiga bag'ishlanadi.
Kalit so'zlar: Yoshlarga oid davlat siyosati, Konstitutsiya, jamiyat, huquq, qonun, islohotlar, Yo'l xaritasi 2025, O'zbekiston 2030 strategiyasi.
KIRISH
Yoshlarga davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlar albatta ma'lum bir normative huquqiy hujjat yoki yuridik ahamiyatga ega qonun bilan belgilab, davlat tomonidan kafolatlangandagina, biz uni yoshlar huquqlari sifatida anglashimiz mumkin bo'ladi. Masalan, davlat tomonidan yoshlarga oid normalar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va u asosida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda o'z aksini topgan.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 79-modda: "Davlat yoshlarning shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi.
Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shaart-sharoitlar yaratadi".
O'zbekistonda yoshlarga har tomonlama va yuksak g'amxo'rlik ko'rsatish masalasi davlat siyosatining ustuvor sohalaridan biri hisoblanadi. Aholining teng yarmidan ko'pini tashkil etuvchi yoshlar jo'shqin va serg'ayrat ekani, mamlakatimizning zamonaviy asoslarda yanada taraqqiy etishining tayanch kuch-
277
2024-yil, 7-dekabr
qudrati sanalgani uchun davlatimiz va jamiyatimizning doimiy e'tiborida bo'lib kelmoqda.
Ayniqsa, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini har tomonlama qamrab olish hamda keng kafolatlashga alohida bob ajratildi. Asosiy qonunimizga yoshlarning ta'lim olish, sog'liqni saqlash, uy-joyga ega bo'lish, ishga joylashish, hordiq chiqarishga oid huquqlarini himoya qilish hamda shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoyasini ta'minlash, shuningdek, ularning jamiyat hayoti va davlat ishlarida faol ishtirok etishiga zarur sharoitlar yaratish yuzasidan davlat zimmasiga muayyan majburiyatlar yuklaydigan yangi normalar kiritilgani juda muhim.
Yangi O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida navqiron avlod vakillarining huquqlarini ta'minlash va qonuniy manfaatlarini kafolatlashga qaratilgan izchil va ko'lamdor chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayni yo'nalishdagi davlat siyosatining asosi hisoblanuvchi «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi qonunda davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo'nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi huquqiy negizda mustahkamlangan.
Davlatimiz rahbari mamlakatimizda 2021 yilni - "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" deb e'lon qilar ekan:
birinchidan, BMT shafeligida Yoshlar huquqlari bo'yicha butunjahon konferensiyasini o'tkazish;
ikkinchidan, BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining o'ninchi forumida Yoshlar huquqlari to'g'risidagi konvensiya loyihasini taqdim etish;
uchinchidan, BMTning Yoshlar huquqlari bo'yicha maxsus ma'ruzachisi institutini ta'sis etish tashabbuslarini ilgari surdi. 1
O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi,2 uni amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" qabul qilindi. Konsepsiyada hal etishga qaratilgan asosiy vazifalar qatoridan jismonan sog'lom, ma'nan rivojlangan yigit-qizlarni tarbiyalash, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatlarini
1O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqi. 20.01.2020y https://president.uz/uz/lists/view/3304.
2 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning "Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to'g'risida" // qonun 2019-yil 7-martdagi PF - 4235 - son Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 07/19/4235/2727-son,
20.07.2019-y., 06/19/5769/3450-son; 30.09.2019-y., 06/19/5840/3826-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son;
27.10.2020-y., 06/20/6094/1413 -son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, 07.03.2022-y., 06/22/87/0198-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son.
2024-yil, 7-dekabr
278
ro'yobga chiqarishga ko'maklashish, huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilish, yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy islohotlarga faol jalb etish masalalari o'rin olgan.
Milliy qonunchiligimizga ko'ra, 30 iyun - O'zbekiston Respublikasida Yoshlar kuni etib belgilangan. Shuningdek, 2020 yil 30 iyunda Prezident Farmoniga asosan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi -O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi. 3
Yoshlarni qo'llab-quvvatlash bilan bevosita shug'ullanadigan ushbu Agentlik o'z faoliyatida mahallalargacha kirib bordi. Natijada qisqa vaqt ichida 700 ming nafardan ziyod yigit-qizni rag'batlantirish uchun ularga "Yoshlar daftari" vositasida 650 milliard so'm mablag' ajratilgani e'tiborni tortadi.
Prezidentimizning 2022 yil 21 dekabrda qabul qilingan "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoniga muvofiq, ilk bor O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etildi. Davlatimiz rahbarining 2023 yil 7 apreldagi "Ma'muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori5 bilan ushbu vazirlik faoliyatining ustuvor yo'nalishlari belgilab berildi.
Mamlakatimizdagi yoshlar masalalari bilan bevosita shug'ullanadigan nodavlat notijorat tashkilotlari orasida O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi, Respublika yoshlar markazi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi, "Tafakkur" yoshlar targ'ibot markazi, "Meros" hunarmand yoshlar va bolalar jamoat birlashmasi, "To'maris" ayollar va yoshlar markazi, "Faol hayot" ayollar va yoshlar nodovlat notijorat tashkiloti, "Ayol va shodlik" ayollar va yoshlarni ijtimoiy himoya qilish markazini alohida qayd etish mumkin.
Shu bilan birga, O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi xorijdagi yoshlarimizning muammolari va intilishlarini tegishli tashkilotlar bilan birgalikda umumlashtirish va tahlil qilish hamda chet elda o'qish yoki ishlashni rejalashtirayotgan O'zbekiston yoshlari uchun o'quv qo'llanmalari tayyorlash yo'nalishidagi amaliy ishlar bilan mashg'ul. Hozirgi vaqtda Assotsiatsiya vakillari o'z faoliyatini Belgiya,
3 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi // Darslik / Toshkent: Yuridik adabiyotlar Publish, 2022-y. - 448-
bet.
4 Yakubov Sh.U. Inagamova M.M. Oliy ta'lim transformatsiyasi: Yuneskoning "oliy ta'limga oid malakalarni tan olish to'g'risida"gi global konvensiyasini ratifikatsiya qilish zarurati//Tuijin Jishu/Journal of Propulsion Technology. Vol. 45 No. 1 (2024). P 5503-5509
5 Inagamova M.M. Konstitutsiyaviy islohatlarda inson-jamiyat davlat masalalarining rivojlanish bosqichlari // "O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati" mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiyasi. Toshkent. 01.12.2023 yil 59-64 b.
2024-yil, 7-dekabr
279
Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Misr, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, Belarus, Latviya, Qozog'iston va Ukrainada amalga oshirmoqda.
O'zbekiston Prezidenti tashabbuslari bilan yoshlar huquqlari mavzusida bir qator xalqaro anjumanlar ham o'tkazildi. Xususan, O'zbekiston Prezidentining BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashi 46-sessiyasida ilgari surgan tashabbusi asosida 2021 yil 12-13 avgust kunlari Toshkentda "Global harakatlarga yoshlarni jalb qilish" mavzusida bo'lib o'tgan Yoshlar huquqlari bo'yicha butunjahon konferensiyasi shular sirasiga kiradi. Xalqaro anjuman yakunida qabul qilingan Toshkent Yoshlar deklaratsiyasida, jumladan, O'zbekistonning 3 ta xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik tashabbusi qo'llab-quvvatlandi. Bu o'rinda, birinchidan, Yoshlar huquqlari bo'yicha konvensiyani qabul qilish, ikkinchidan, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Yoshlar kengashini tashkil etish, uchinchidan, Markaziy Osiyo yoshlari forumini o'tkazish tashabbuslari haqida so'z bormoqda.
Yanada muhimi: Prezidentimizning 2023 yil 11 sentyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston - 2030" strategiyasida 5 ta ustuvor yo'nalish doirasida jami 100 ta maqsadga erishish ko'zda tutilganidan xabardorsiz. Xususan, har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan birinchi ustuvor yo'nalish tarkibiga 44 ta maqsad kiradi.
Bunda ta'lim, tibbiyot, ijtimoiy himoya, yoshlar siyosati, ma'naviyat masalalariga taalluqli 156 ta amaliy chora-tadbir va 70 ta vazifa qamrab olingan. Jumladan, "Top-500"ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo'shma ta'lim dasturi asosida "ikki diplomli tizim"ni joriy etish rejalashtirilmoqda.
Strategiyada insonning ta'lim olishga doir konstitutsiyaviy huquqini yanada ta'minlashga xizmat qiladigan bunday aniq maqsad-vazifalar anchagina. Bundan tashqari, Strategiya doirasida ilm-fan va innovatsiyalar sohasi, ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish, yoshlarga oid davlat siyosati va sportni ommalashtirish, ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha amalga oshiriladigan barcha islohotlarda inson, insonning qadri, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfatlari ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2023 yil 14 sentyabr kuni Dushanbe shahrida o'tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvida ham Markaziy Osiyo davlatlarining yoshlarga oid siyosatiga alohida e'tibor qaratdi. Davlatimiz rahbari yoshlarning bilim va malakasini rivojlantirish bo'yicha sa'y-harakatlarni birlashtirish, ularni yetuk malakali kadrlar qilib tayyorlash va bandligini ta'minlash maqsadida shu yo'nalishdagi xalqaro tashkilotlar ishtirokida Markaziy Osiyo yoshlari imkoniyatlarini kengaytirish va ularning salohiyatini ro'yobga chiqarish markazini tashkil etishni taklif etdi.
280
2024-yil, 7-dekabr
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Dushanbeda bo'lib o'tgan Maslahat uchrashuvi yakunida mintaqa yoshlari manfaatlarini ta'minlash yo'lida yana bir muhim amaliy qadam qo'yildi. Ya'ni, Qozog'iston Respublikasi, Qirg'iz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va O'zbekiston Respublikasi o'rtasida yoshlarga oid siyosatning umumiy yo'nalishlari to'g'risida bitim imzolandi.
Forumda milliy va xorijiy ekspertlar, yoshlar tashkilotlari yetakchilari, yoshlar parlamentlari, inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, yoshlar huquqlari bo'yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari - 1 ming nafarga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
Shunigdek, «Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari» mavzusidagi xalqaro forumda yakuniy hujjat - Yoshlar huquqlari bo'yicha Markaziy Osiyo deklaratsiyasi ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda. Unda Forumning asosiy natijalari va amaliy tavsiyalari o'z mujassamini topadiki, o'z navbatida, bunday muhim hujjat istiqbolda yoshlar huquqlari sohasidagi yangi sa'y-harakatlar va ilg'or tashabbuslar uchun mustahkam tagzamin vazifasini o'tashiga ishonchimiz komil. Chunki, ulug' nemis faylasufi Gyote ta'biri bilan aytganda, "Garchi butun dunyo olg'a harakat qilayotgan bo'lsa ham, yoshlar bu jarayonni har safar yangidan boshlashi kerak".
XULOSA
Biz bu mavzudan kelib chiqib, yoshlarning jamiyat va davlat hayotida tutgan o'rni nechog'lik muhim ekanligi, ular davlat taraqqiyoti va istiqbolining kelajagi ekanligini, davlat tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e'tibordan bilishimiz mumkin. Shu maqsad yo'lida davlat turli xil davlatlararo tuzilmalarga va ittifoqlarga a'zo bo'lgan. Ular orasida BMT alohida ajralib turadi. BMT tomonidan inson huquqlari masalasi bo'yicha BMT ning Inson huquqlari bo'yicha kengashi va Inson huquqlari bo'yicha komissar lavozimi joriy etilgan. Davlat tomonidan yoshlarga berilayotgan e'tibor sifatida, yoshlar huquqlari himoyasi bo'yicha nodavlat notijorat tashkilotlari tashkil etilgani, yoshlar huquqlari bo'yicha bir qator xalqaro anjumanlar o'tkazilishi, "Yoshlar konvensiyasi"ni qabul qilinishi, xorijdagi yoshlarimizning muammolari va intilishlari masalasini tegishli tashkilotlar bilan o'rganilishi va boshqalarni xalqaro miqyosda amalga oshirilayotgan ishlarga misol qilishimiz mumkin. Xulosa qilib aytganda, davlatning kelajagini yoshlarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi va ularga juda katta vakolatlar va huquqlar berilgan. Biz vaziyatni to'g'ri anglagan holatda o'z huquq va majburiyatlarimizni amalga oshirishimiz zarur.
281
2024-yil, 7-dekabr
Toshkent davlat transport universiteti Tashkent State
Konstitutsiya — inson qadri uchun The Constitution — for Human Dignity
REFERENCES
1. Инагамова М.М. Сифатли таълим тизимини ривожлантиришнинг баъзи стратегик асослари //Республикаси ИИВ Малака ошириш институти ахборотномаси. Т.- 2023. № 3. 63-70 б.
2. Инагамоыв М.М .Узбекистонда аёлларга нисбатан зуравонлик масалалари: муаммолар, ютуклар ва истикболлар/Лnternational Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. Р. 107-112
3. Инагамова М.М., Журабоев Н. Ю. . Туркистонлик аёлларнинг сиёсий макоми//Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. Б.78-90
4. Инагамова М.М Оила, никох муносабатларида махалла институининг ташкилий-хукукий жихатлари/ZYangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55
5. Инагамова М.М . Конституциявий ислохотларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш боскичлари//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.
6. Инагамова М.М Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчлик ва тараккиёт кафолати: Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиллиги байрамини нишонлаш максадида утказилган Республика илмий-амалий конференция материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б. 121-125.
7. Узбекистоннинг максадли тараккиёт стратегияси уюшган жиноятчилик, экстремизм ва терроризмга карши курашишнинг хукуки кафолати//Трансмиллий уюшган жиноятчилик, терроризм ва экстремизмга карши курашда ички ишлар органларининг роли хамда хамкорлик йуналишлари: Республика илмий-амалий конференция туплами / Масъул мухаррир техника фанлари номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Малака ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.
8. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston. 2023. - 126. b.
9. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqi. 20.01.2020y https: //president.uz/uz/lists/view/3304
282
2024-yil, 7-dekabr
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
^Yahkn^tamTrtmmmpmmm^^
10. O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.01.2021 yildagi 23-son
11. Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.12.2022 yildagi PF-269-son
12. Ma'muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.04.2023 yildagi PQ-114-son
13. "O'zbekiston — 2030" strategiyasi to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-son
14. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.24.01.2020-y. https://president.uz/uz/ lists/view/3324. 242 SH.A.SAYDULLAYEV
15. Internet manbasi: inson huquqlari Milliy markaz veb sayti http://nhrc.uz/oz
16. Дадашева А.А. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. Р. 203-207.
17. Дадашева А.А. Янги Узбекистонда махаллий ижро органлари фаолиятида жамоатчилик назорати// Фалсафа ва хукук. 2022/2. Б-137-138.
18. Дадашева А.А. Давлат хизматини ислох килиш шароитида хокимлар фаолияти устидан жамоатчилик назоратини амалга оширишнинг асосий йуналишлари// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . Б. 117-122.
19. Дадашева А.А. Жамоатчилик фикри-фукаролик жамиятини ривожлантиришнинг мухим омили// Узбекистон Республикаси Президент хузуридаги давлат бошкаруви академияси. Жамият ва бошкаруви. Тошкент. № 2 (92). 2020. Б-125-129.
20. Дадашева А.А. Махаллий ижро хокимияти фаолияти устидан жамоатчилик назоратини натижадорлигини оширишнинг илмий-назарий ечимлари// Хукукий тадкикотлар журнали. 2-махсус сон. Тошкент. 2020. Б-227-232
283
2024-yil, 7-dekabr