Toshkent davlat transport universiteti Tashkent State
Konstitutsiya — inson qadri uchun The Constitution — for Human Dignity
YANGI O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI - PEDAGOG MAQOMINING
HUQUQIY HIMOYACHISI
Jasurjon Bahodirjon o'g'li Xamdamaliyev
Toshkent davlat transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Mafura Muxtarxanova
Inagamova
Ushbu maqola yangi Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining unga kiritilgan pedagoglar uchun belgilangan normalari keng miqyosda, turli xil fikr mulohazalar orqali yoritilgan. Undan tashqari, yangi kirirtilgan normalar ijtimoiy hayotda qanday ahamiyatga egaligi ko'rsatib o'tiladi.
Kalit so'zlar: Konstitutsiya, davlat, qonun, demokratiya, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat, ijtimoiy hayot, huquq va erkinliklar, pedagog, taraqqiyot strategiyasi, pedagog maqomi.
Mamlakatimiz Prezidentining tegishli farmoni bilan 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda uni «Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi. Ushbu hujjat kelgusi besh yilda mamlakatimizda «Harakatlar strategiyasidan -Taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyili asosida amalga oshiriladigan keng ko'lamli islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma'rifiy asoslarini yaratishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Ta'kidlash joizki, Taraqqiyot strategiyasi so'nggi yillarda mamlakatimizdagi tizimli ijobiy o'zgarishlarning asosiy huquqiy poydevori bo'lib xizmat qilgan «Harakatlar strategiyasi»ni hayotga tatbiq etish natijasida kelib chiqqan xulosalar hamda to'plangan ulkan tajriba va samarali xulosalar natijalari hamdir. Shu o'rinda inson qadrini yuksaltirish, erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish eng oliy qadriyat sifatida qaralgan ushbu hujjat loyihasining muhokamalarida Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraktsiyalari, qo'mitalar, komissiyalar, deputatlar va Yoshlar parlamenti a'zolari ham o'zlarining asoslantirilgan taklif hamda tavsiyalari bilan faol ishtirok etdi.
«Inson - jamiyat - davlat» degan tamoyil asosida shakllantirilgan «Inson qadri uchun», «Davlat - inson uchun» degan ezgu g'oyalarni hayotga tatbiq etish maqsadida ishlab chiqilgan ushbu hujjatda yaqin va istiqbolda mamlakatimizning rivojlanish tendentsiyalari qanday bo'lishi, bu boradagi ustuvor vazifalar belgilangan bo'lib, 7 ta
ANNOTATSIYA:
272
2024-yil, 7-dekabr
ustuvor yo'nalish yuzasidan keyingi besh yilda 100 ta maqsad va 398 ta vazifani amalga oshirish ko'zda tutilgan.
Yangi Ozbekiston Taraqqiyot strategiyasining "Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish" deb nom olgan bobi 42-maqsadida "Malakali o'qituvchilarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSh dollari ekvivalentiga yetkazish" va 43-maqsadida "Maktablarda ta'lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish" kabi ilg'or maqsadlarni davlat oz zimmasiga oldi.1 Ushbu maqsadlarga muvofiq tarzda vazifalar ham yuklatildi. Ushbu maqsad va vazifalar keyingi 5 yil davomida samarali bolishiga ishonchimiz komildir.
Ushbu belgilangan maqsadlarga muvofiq:
- Iqtidorli o'qituvchilarning ish haqlarini malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda oshirib borish;
- Maktabda faoliyat olib borishi uchun har bir fan bo'yicha mahalliy yoki xalqaro sertifikatsiya talablarini belgilash;
- Toifaga ega bo 'lmagan maktab o ' qituvchilarining bilim va ko ' nikmalarini diagnostikadan o'tkazish;
- Umumta'lim maktablarini, ayniqsa, chekka hududlardagi ta'lim maskanlarini oliy ma'lumotli pedagog kadrlar bilan to'ldirish ishlarini davom ettirish;
- Maktablarda direktor va uning o'rinbosarlarini tayinlash tizimini maktab o'qituvchilari va ota-onalarning ishtiroki ta'minlanishini nazarda tutgan holda yanada takomillashtirish;
- Xalq ta'limi tizimi tuman bo'linmalari faoliyatini to'liq raqamlashtirish hisobiga optimallashtirish va shu kabi bir qator vazifalar belgilandi.
Yuqorida takidlaganimizdek, o'qituvchi maqomiga shunday yuqori darajada qaralar ekan, mamlakatimizda o'qituvchilarning maqomi yuksaklarda koriladi va har bir o'quvchi yuksak, malakali, saviyasi yuqori bolgan pedagoglardan bilim olishi kafolatlanadi.
Xuddi shuningdek, o'qituvchi maqomi bosh qomusimiz bolgan Yangi Ozbekiston Konstitutsiyasi 52-moddasida ham alohida norma tarzida belgilandi. Unga ko'ra: "O'zbekiston Respublikasida o'qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog'lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning
1 O'zbekiston Respublikasining yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyada 43-maqsad: Malakali o'qituvchilarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSh dollari ekvivalentiga yetkazish. (tahliliy statistic ma'lumotlar asosida) //Multidisciplinary Scientific Journal. October, 2022. 315-321 Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son; 03.01.2024-y., 06/24/221/0003-son.
2024-yil, 7-dekabr
273
ma'naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e'tirof etiladi.
Davlat o'qituvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o'sishi to'g'risida g'amxo'rlik qiladi" 2 deb belgilandi.
Ushbu normada o'qituvchilar mehnati e'zozlanganligini, davlat tomonidan ularning sha'ni va qadr qimmatini himoya qilinishini, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi va kasbiy jihatdan o'sishi to'g'risida g'amxo'rlik qilinishini ko'rishimiz mumkin. Bu normaning belgilanishidan maqsad keyingi yillarda yosh avlod uchun ta'limning yuqori darajada olishini kafolatlovchi o'qituvchilarning maqomi yuksaklarga ko'tarilishi desak adashmaymiz. Shu asosda o'qituvchilar huquq sohasi vakili bo'lmagan, lekin oliy qonunda alohida tilga olingan kasb egalariga aylandi.
Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2024-yil 1-fevral sanasida "Pedagogning maqomi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunda Pedagogning maqomi haqidagi masalalar ilgari surilgan. Mazkur qonun pedagog maqomini huquqiy jihatdan mustahkamlashi barobarida, ijtimoiy-iqtisodiy qo'llab-quvvatlashga oid ishlarimizni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishiga ishonamiz.
Qonunning 3-moddasida pedagog maqomiga ta'rif quyidagicha berilgan: "Ta'lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta'lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda tegishli ma'lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan jismoniy shaxs pedagogdir" 3. Ushbu moddaning 3-bandida pedagogning huquqlari, sha'ni qadr-qimmati va ishchanlik obro'si davlat himoyasi ostida bo'lishi mustahkamlangan.
Biz ushbu normalarning qabul qilinishini pedagog maqomining huquqiy asosi deb aytsak mubolag'a bo'lmaydi. Qonunda alohida normalar sifatida pedagogning huquqlari, uning majburiyatlari, pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish, pedagog mehnatiga muvofiq haq to'lash, ularni rag'batlantirish, ijtimoiy himoya qilinishini belgilab, mustahkamlab qo'yilganligini ko'rishimiz mumkin.
Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, yangi qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi normalar ijtimoiy hayotni ko'pgina jabhalarini, sohalarining kafolatlarini ta'minlaydi. Bugungi kunda mamlakatda birgina xalq ta'limi
2 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: // O'zbekiston Respublikasi qonuni. O'zbekiston Respublikasi Toshkent shahri 01.05.2023 Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.
3 O'zbekiston Respublikasi "Pedagogning maqomi to'g'risida" // Qonun / qonunchilik palatasi, 01.02.2023 yil O'RQ - 901 - son Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.02.2024-y., 03/24/901/0082-son.
2024-yil, 7-dekabr
274
Toshkent davlat transport universiteti Tashkent State
Konstitutsiya — inson qadri uchun The Constitution — for Human Dignity
tizimidagi muassasalaming o'zida yarim milliondan ortiq pedagog xodimlar faoliyat yuritmoqda. Pedagog xodimlarni ijtimoiy, huquqiy va moddiy qo'llab-quvvatlash va ularga zarur shart-sharoit yaratish ta'lim va tarbiya jarayonining sifatini oshishida alohida ahamiyatga ega. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ham pedagog xodimning huquqiy maqomi va ijtimoiy himoyasi qonun darajasida belgilangan. Har bir fuqaroning jamiyat va davlat miqyosidagi masalalarni hal etishdagi ishtiroki jamiyatning fuqarolik jamiyati tomon yuksalishiga turtki bo'ladi desak mubolag'a bo'lmaydi. Ma'lumki, inson qadrini ulug'lash, har kimning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo'nalishiga aylandi. Ushbu jarayonda inson huquqlarini ta'minlashga qaratilgan yangi normalar, tartib va qoidalar o'zining ijobiy natijasini berish bilan birga jamiyatda hal etilishi kerak bo'lgan masalalarni ham ko'rsatdi. Biz esa yangi Konstitutsiyaning jamiyat va davlat ravnaqi yo'lida, kelajakka mustahkam poydevor sifatida xizmat qilishiga ishonamiz.
1. Инагамова М.М. Сифатли таълим тизимини ривожлантиришнинг баъзи стратегик асослари //Республикаси ИИВ Малака ошириш институти ахборотномаси. Т.- 2023. № 3. 63-70 б.
2. Инагамоыв М.М .Узбекистонда аёлларга нисбатан зуравонлик масалалари: муаммолар, ютуклар ва истик;боллар/ЛП:егтйопа1 Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. Р. 107-112
3. Инагамова М.М., Журабоев Н. Ю. . Туркистонлик аёлларнинг сиёсий макоми//Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. Б.78-90
4. Инагамова М.М Оила, никох муносабатларида махалла институининг ташкилий-хукукий жихатлари//Yangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55
5. Инагамова М.М . Конституциявий ислохотларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш боскичлари//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.
6. Инагамова М.М Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчлик ва тараккиёт кафолати: Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиллиги байрамини
REFERENCES
275
2024-yil, 7-dekabr
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
^Yashkn^tmmmTrtmmmPmmm^m^
нишонлаш максадида утказилган Республика илмий-амалий конференция материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б.121-125.
7. Узбекистоннинг максадли тараккиёт стратегияси уюшган жиноятчилик, экстремизм ва терроризмга карши курашишнинг хукуки кафолати//Трансмиллий уюшган жиноятчилик, терроризм ва экстремизмга карши курашда ички ишлар органларининг роли хамда хамкорлик йуналишлари: Республика илмий-амалий конференция туплами / Масъул мухаррир техника фанлари номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Малака ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.
8. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -Toshkent:"O'zbekiston" 01.05.2023
9. Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq. Darslik. Toshkent-2022. "Yuridik adabiyotlar publish"
10. O'zbekiston Respublikasi Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Qonun "2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Qonun
11. O'zbekiston Respublikasi "Pedagogning maqomi to'g'risida" Qonun qonunchilik palatasi, 01.02.2023 yil O'RQ - 901 - son
12. O'zbekiston Respublikasi milliy qonunchilik bazasi, Lex.uz
13. Дадашева А.А. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. Р. 203-207.
14. Дадашева А.А. Янги Узбекистонда махаллий ижро органлари фаолиятида жамоатчилик назорати// Фалсафа ва хукук. 2022/2. Б-137-138.
15. Дадашева А.А. Давлат хизматини ислох килиш шароитида хокимлар фаолияти устидан жамоатчилик назоратини амалга оширишнинг асосий йуналишлари// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . Б. 117-122.
16. Дадашева А.А. Жамоатчилик фикри-фукаролик жамиятини ривожлантиришнинг мухим омили// Узбекистон Республикаси Президент хузуридаги давлат бошкаруви академияси. Жамият ва бошкаруви. Тошкент. № 2 (92). 2020. Б-125-129.
276
2024-yil, 7-dekabr