YANGI KONSTITUTSIYA - TARAQQIYOT QOMUSI
Sodiqjon Akram o'g'li Hazratqulov
Toshkent davlat transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Inagamova Mafura
Muxtarxanova
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqola 30-apreldagi referendumda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to'g'risida"gi konstitutsiyaviy qonuniga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan eng muhim o'zgarishlar va ularning ahamiyatiga bag"ishlanadi.
Kalit so'zlar: yangi konstitutsiya, huquq, erkinlik, referendum, vakolat, demokratiya, xavfsizlik
Konstitutsiya lotincha "constitution" so'zidan olingan bo'lib, "tuzilish", "o'rnatish" ma'nolarini anglatadi. Qomus alohida yuridik xususiyatga ega yagona siyosiy-huquqiy hujjat sifatida shaxs, jamiyat va davlat o'rtasidagi munosabatning asosiy tamoyilini o'rnatadi, davlat hokimiyatining tuzilishi, sub'ektini, hokimiyatni amalga oshirish mexanizmini belgilaydi, jamiyat, inson, fuqarolarning davlat tomonidan qo'riqlanadigan huquqi va erkinligini mustahkamlaydi.
Konstitutsiyaning mamlakat hayotidagi ahamiyatiga to'xtalar ekanmiz, avvalo, qomusimiz mohiyatini anglab yetish zarur. Har bir mamlakat huquq tizimida muhim ahamiyatga ega mazkur asosiy qonun oliy yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.1 Muayyan davlatdagi xech bir qonun hujjati me'yori Qomusda qayd etilgan normaga zid kelishi mumkin emas. Konstitutsiyada davlat tuzilishi, shuningdek qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi organlar va sud hokimiyati vakolati, saylov tizimi, fuqaroning huquqi, burchi va majburiyati, jamiyat va shaxs, davlat va fuqaro o'rtasidagi munosabatga doir eng muhim jihatlar qat'iy belgilab qo'yiladi.
Hayotimiz qomusi - Konstitutsiyamiz mustaqillik davrida erishgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo'lib kelayotganini hammamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi negizida ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi o'tgan qisqa muddatda davlat va jamiyatni rivojlantirishning mutlaqo yangi bosqichiga asos soldi. Hozir Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan
1 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: // O'zbekiston Respublikasi qonuni. O'zbekiston Respublikasi Toshkent shahri 01.05.2023 19-modda. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son
2024-yil, 7-dekabr
169
Yangi O'zbekistonni barpo etish yo'lida keng ko'lamli, ulkan islohotlar olib borilyapti. Ushbu strategiyani amalga oshirishda Bosh Qomusimiz beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Sababi, Yangi O'zbekiston strategiyasining barcha yetti yo'nalishining amaliyotga joriy etilishi qomusimiz bilan chambarchas bog'liq. Xususan, strategiyaning ikkinchi yo'nalishi adolat va qonun ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan bo'lib, ushbu jihat xalqchil davlat qurish, inson qadr-qimmatini ta'minlashning asosiy va zarur sharti sifatida aytib o'tilgan.
O'zbekistonni barpo etishdek oliy maqsad sari qadam qo'yish jarayoni, albatta, Asosiy qonunimizni yangilash zarurligini taqozo etadi. Qonun, avvalo, Konstitutsiya demak. Prezidentimiz Konstitutsiyani qayta ishlab chiqishda bevosita xalq takliflarini e'tiborga olish, qonun loyihasini referendumga qo'yish orqali qabul qilish zarurligini bildirgan edi.2
Referendum - O'zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir. Referendumning saylovdan asosiy farqi shundaki, Referendum o'tkazilayotganda biror lavozimga nomzod yoki nomzodlar ro'yxati uchun ovoz berilmaydi, balki muayyan masala - qonun, qonun loyihasi, konstitutsiya, konstitutsiyaga tuzatish kiritishga oid savol qo'yiladi. Referendumda qabul qilingan qaror oliy yuridik kuchga ega bo'ladi va faqat referendum yo'li bilan bekor qilinishi yoki o'zgartirilishi mumkin.
Konstitutsiyaning 1-moddasida davlat qurilishining yangi strategik maqsadi suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurish ekanligi qat'iy belgilandi, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etildi. Ayniqsa, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlangani e'tiborga sazovor.
Eng asosiysi, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning: birinchidan, mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga egaligi;
ikkinchidan, to'g'ridan-to'g'ri amal qilishi; uchinchidan, yagona huquqiy makonning asosini tashkil etishiga taalluqli konstitutsiyaviy normalar mustahkamlab qo'yildi. Eski tahrirdagi matnda Konstitutsiya normalarini to'g'ridan-to'g'ri qo'llashga doir ushbu mexanizmlar mavjud emasdi.
Bosh qomusimizning "Konstitutsiya va qonunning ustunligi" bobidagi 15-16-moddalarning yangi va eski matnidagi normalari o'zaro qiyoslansa, bu
2 Inagamova M.M. Konstitutsiyaviy islohatlarda inson-jamiyat davlat masalalarining rivojlanish bosqichlari // "O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati" mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiyasi. Toshkent. 01.12.2023 yil 59-64 b.
2024-yil, 7-dekabr
170
fikrlarimiz qanchalik haqqoniy ekani o'z tasdig'ini topadi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 15-moddasiga muvofiq: "O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya 7-moddasi birinchi bandida «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai», degan norma belgilab qo'yilgan. Bu norma timsolida O'zbekiston Respublikasida jahon miqyosida umume'tirof etilgan xalq hokimiyatchiligi prinsipi, ya'ni xalq suverenitetning tashuvchisi va davlat hokimiyatining yagona manbai ekanini anglatuvchi tamoyil mustahkamlab qo'yilgan.
Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda Yangi O'zbekiston inson sha'ni va qadr-qimmati, huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari oliy qadriyat hisoblangan davlat bo'lishi; xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi; «odamlar tashvishi bilan yashash», xalqimizning qonuniy talab-istaklari va xohish-irodasini ro'yobga chiqarish davlat organlari faoliyatini baholashning eng muhim mezoniga aylanishi; barcha muhim qarorlar aholi ishtirokida, fuqarolik jamiyati institutlari3 bilan maslahatlashuv asosida qabul qilinishi kabi prinsip va g'oyalarni hayotga tatbiq etishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Demokratiyaning talabu taomili va ustunligi ham shunda. Bunda qonun chiqaruvchi va ijro organlaridan inson huquqlarini ta'minlash; demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlament va siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish; hokimiyat tarmoqlarini tiyib turish va muvozanatni saqlashda parlament rolini oshirish; davlat xizmatlari sifati va samaradorligini yaxshilash, davlat organlari faoliyatining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda parlament va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalga tatbiq etish masalalariga alohida e'tibor qaratish talab etiladi.
Yuqorida aytib o'tilgan moddaning ikkinchi bandi birinchi qismida belgilab berilgan O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko'zlab amalga oshirilishi to'g'risidagi norma ham aytib o'tilgan fikrlarning tasdig'idir. Hech shubhasiz, ushbu normalar mamlakatimizda xalq hokimiyatchiligining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlash bilan bir qatorda xalqimiz xohish-irodasi va insonlarning qonuniy manfaatlarini ta'minlashga ham xizmat qiladi.
Mazkur moddaning ikkinchi bandida yana bir umume'tirof etilgan tamoyil mustahkamlangan. Unga ko'ra davlat hokimiyati faqat «O'zbekiston Respublikasi
3 O'zbekiston Respublikasining yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida qonun ustuvorligini ta'minlash va mahalla institut faoliyatining samaradorligini oshirishning tashkiliy -huquqiy masalalari (tahliliy statistik ma'lumotlar asosida) // Multidisciplinary Scientific Journal Octaber. 2022 yil 315-321
2024-yil, 7-dekabr
171
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^T^eCOnSti
Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan organlar tomonidangina amalga oshiriladi».
Konstitutsiyadagi ushbu qoidalar 10-moddaning «O'zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin», degan birinchi bandida yanada aniq ifoda etilgan va chuqur ochib berilgan. Ya'ni jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O'zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas.
Ushbu normalar talqini asnosida shuni ta'kidlash o'rinliki, insoniyat tajribasi negizida demokratiyaning ikki turi ishlab chiqilgan. Bulardan biri — to'g'ridan-to'g'ri, ya'ni bevosita demokratiya bo'lsa, ikkinchisi — saylangan vakillarning tegishli muassasalari orqali amalga oshiriladigan vakillik demokratiyasidir.
Shunga ko'ra O'zbekistonda boshqaruv davlat hokimiyatining uch tarmoqdan iborat tizimi orqali amalga oshiriladi: Oliy Majlis qonun chiqaruvchi vakillik organi sifatida qonunlarni qabul qiladi, Vazirlar Mahkamasi boshchiligidagi ijro hokimiyati ularning ijrosini ta'minlaydi, sudlar odil sudlov organlari sifatida nizolarni qonun asosida hal qiladi. Ushbu organlarning har biri muayyan doiradagi vakolatlarga egadir.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 7-moddasi uchinchi bandida: «Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o'zlashtirish, hokimiyat organlari faoliyatini to'xtatib qo'yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo'ladi», deb belgilangan. Bu normalar Yangi O'zbekiston demokratik huquqiy davlat hisoblanib, mamlakatda hokimiyat almashishi faqat Konstitutsiya va qonunlar asosida ta'minlanadi, degan tamoyil hayotga tatbiq etilishining kafolatidir. Davlatning huquqiy siyosati insonparvarlik, demokratiya, ijtimoiy adolat va siyosiy xilma-xillik prinsiplariga asoslanadi.
Yangi O'zbekistonda xalqimizning boy tajribasi va madaniy an'analariga asoslangan demokratiya o'rnatilmoqda, bunda aholining turli ijtimoiy guruhlari va qatlamlari manfaatlari hisobga olinadi. Zo'ravonlikka asoslangan eskicha ma'muriy-buyruqbozlik tizimi qoldiqlari nihoyat barham topdi, ko'ppartiyaviylik, g'oya va fikrlar xilma-xilligi odatiy holga aylanib bormoqda. O'z navbatida, ushbu konstitutsiyaviy normalar umume'tirof etilgan bir qator prinsiplarga ham to'la mos keladi.
Xususan, «Konstitutsiya va qonunlar ustunligi» prinsipini olaylik. Davlat organlarining vakolatlari Prezident, parlament yoki hukumatning har xil normativ-huquqiy hujjatlari bilan emas, balki faqat Konstitutsiya va qonunlar bilan belgilanadi.
172
2024-yil, 7-dekabr
Davlat organlari Konstitutsiya va qonunlarga so'zsiz bo'ysunishi va o'z vakolatlarini shu huquqiy negizdagina amalga oshirishi shart. Bu qat'iy mezon qonun ustuvorligining ham muhim belgisi hisoblanadi. Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs tomonidan «davlat hokimiyatining tortib olinishi»ga yo'l qo'yilmaydi.
Yangi O'zbekistonda xalqimizning boy tajribasi va madaniy an'analariga asoslangan demokratiya o'rnatilmoqda, bunda aholining turli ijtimoiy guruhlari va qatlamlari manfaatlari hisobga olinadi. Zo'ravonlikka asoslangan eskicha ma'muriy-buyruqbozlik tizimi qoldiqlari nihoyat barham topdi, ko'ppartiyaviylik, g'oya va fikrlar xilma-xilligi odatiy holga aylanib bormoqda. Shunday qilib, ushbu konstitutsiyaviy normalar umume'tirof etilgan bir qator prinsiplarga ham to'la mos keladi.
Xususan: birinchidan, «Konstitutsiya va qonunlar ustunligi» prinsipini olaylik. Davlat organlarining vakolatlari Prezident, parlament yoki Hukumatning har xil normativ-huquqiy hujjatlari bilan emas, balki faqat Konstitutsiya va qonunlar bilan belgilanadi. Davlat organlari Konstitutsiya va qonunlarga so'zsiz bo'ysunishi va o'z vakolatlarini shu huquqiy negizdagina amalga oshirishi shart. Bu qat'iy mezon qonun ustuvorligining ham muhim belgisi hisoblanadi;
ikkinchidan, jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs tomonidan «davlat hokimiyatining tortib olinishi»ga yo'l qo'yilmaydi;
uchinchidan, insonning siyosiy va boshqa huquq va erkinliklarini amalga oshirishi, davlat organlarining demokratik asosda shakllanishini ta'minlash, jamiyatning demokratik siyosiy tizimini shakllantirishga ko'maklashish hamda demokratik institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari4 rolini kuchaytirish uchun qulay shart-sharoit yaratish kafolatlanadi.
Insonning konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo'yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo'yishga hech kim haqli emas. Fuqarolar o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.
Konstitutsiyaning yangi tahririda yuqoridagi ikkita norma deyarli o'zgarishsiz saqlab qolindi. Shu bilan birga, quyidagicha yangi norma qo'shildi: insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining
4 O'zbekiston Respublikasining yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida qonun ustuvorligini ta'minlash va mahalla institut faoliyatining samaradorligini oshirishning tashkiliy huquqiy masalalari (tahliliy statistik ma'lumotlar asosida) // Multidisciplinary Scientific Journal Octaber. 2022 yil 315-321
2024-yil, 7-dekabr
173
sog'ligini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta'minlash maqsadida zarur bo'lgan doirada cheklanishi mumkin. Huquqlar cheklanishiga doir bu me'yorlar, yangi konstitutsiyaning boshqa bir moddasiga asosan, so'z erkinligi huquqiga ham tegishli. Ya'ni axborot izlash, olish va tarqatish huquqi faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholi sog'ligini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligi va tartibini ta'minlash, davlat sirlari yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirning oshkor etilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida cheklanishi mumkin. Ta'kidlash lozim, "ijtimoiy axloq" tushunchasi O'zbekiston qonunchiligiga hali kiritilmagan. Ushbu tushuncha hamda mazkur modda bo'yicha inson huquqlari "jamoat tartibini ta'minlash maqsadida" cheklanishi bo'yicha vakolatli organning huquqiy sharhiga zarurat bor. Huquqlar ta'minlanishi bilan ijtimoiy axloq va jamoat tartibini saqlash o'rtasidagi oltin o'rtalik aniq belgilab qo'yilishi kerak. Shu bilan birga, yuqorida aytganimizdek, konstitutsiyaga binoan endilikda barcha noaniqliklar inson foydasiga hal etiladi.
Shu o'rinda, namoyishlarga oid moddani ham eslatib o'tish o'rinli. Bu modda avvalgi holida, o'zgarishlarsiz saqlab qolindi: Fuqarolar o'z ijtimoiy faolliklarini O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o'tkazilishini to'xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak mamlakatning buguni va ertasiga befarq bo'lmagan fuqaro sifatida ayta olamanki, yangi Konstitutsiya, shuningdek, Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, Bosh qomusimiz yangilanishida faol ishtirok etgan mehnatkash va ko'p millatli O'zbekiston xalqining ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos, ishonchli kafolati bo'lishiga ishonaman. Bugun biz jonajon Vatanimizni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga olib chiqishdek yuksak maqsad yo'lida keng qamrovli islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Ishonchim komil, ana shu olijanob maqsadlarga erishishda davlat organlari, keng jamoatchilik, barcha fuqarolarimiz o'zining munosib hissasini qo'shadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Konstitutsiyaga amal qilinishining kafili sifatida jamiyatimizda qonun ustuvorligini ta'minlashni, har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilishni o'zimning nafaqat vazifam, eng avvalo, muqaddas burchim, deb hisoblayman. Hech shubhasiz, oradan yillar, asrlar o'tadi, lekin xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi bo'lgan Konstitutsiyamiz yangi-yangi avlodlar uchun hayot qomusi, davrning o'zi o'rtaga qo'yadigan dolzarb
174
2024-yil, 7-dekabr
muammolarni yechish yo'lida mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi
REFERENCES
1. Инагамова М.М. Сифатли таълим тизимини ривожлантиришнинг баъзи стратегик асослари //Республикаси ИИВ Малака ошириш институти ахборотномаси. Т.- 2023. № 3. 63-70 б.
2. Инагамоыв М.М .Узбекистонда аёлларга нисбатан зуравонлик масалалари: муаммолар, ютуклар ва истикболлар/Лnternational Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. Р. 107-112
3. Инагамова М.М., Журабоев Н. Ю. . Туркистонлик аёлларнинг сиёсий макоми//Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. Б.78-90
4. Инагамова М.М Оила, никох муносабатларида махалла институининг ташкилий-хукукий жихатлари/ZYangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55
5. Инагамова М.М . Конституциявий ислохотларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш боскичлари//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.
6. Инагамова М.М Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчлик ва тараккиёт кафолати: Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиллиги байрамини нишонлаш максадида утказилган Республика илмий-амалий конференция материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б. 121-125.
7. Узбекистоннинг максадли тараккиёт стратегияси уюшган жиноятчилик, экстремизм ва терроризмга карши курашишнинг хукуки кафолати//Трансмиллий уюшган жиноятчилик, терроризм ва экстремизмга карши курашда ички ишлар органларининг роли хамда хамкорлик йуналишлари: Республика илмий-амалий конференция туплами / Масъул мухаррир техника фанлари номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Малака ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.
175
2024-yil, 7-dekabr
8. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o'zgartishlar va qo„shimchalar kiritish to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 24.04.2003 yildagi 470-II-son// https://www.lex.Uz
9. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (yangi tahriri 30.04.2023)// https://www.lex.Uz
10. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.:O'zbekiston, 2017.
11. 2022 -2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi// https://www.lex.Uz
12. Дадашева А.А. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. Р. 203-207.
13. Дадашева А.А. Янги Узбекистонда махаллий ижро органлари фаолиятида жамоатчилик назорати// Фалсафа ва хукук. 2022/2. Б-137-138.
14. Дадашева А.А. Давлат хизматини ислох килиш шароитида хокимлар фаолияти устидан жамоатчилик назоратини амалга оширишнинг асосий йуналишлари// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . Б. 117-122.
15. Дадашева А. А. Жамоатчилик фикри-фукаролик жамиятини ривожлантиришнинг мухим омили// Узбекистон Республикаси Президент хузуридаги давлат бошкаруви академияси. Жамият ва бошкаруви. Тошкент. № 2 (92). 2020. Б-125-129.
16. Дадашева А.А. Махаллий ижро хокимияти фаолияти устидан жамоатчилик назоратини натижадорлигини оширишнинг илмий-назарий ечимлари// Хукукий тадкикотлар журнали. 2-махсус сон. Тошкент. 2020. Б-227-232
176
2024-yil, 7-dekabr