Научная статья на тему 'YANGI KONSTITUTSIYA ISLOHOTLARIDA SUD HOKIMIYATIDAGI O'ZGARISHLAR'

YANGI KONSTITUTSIYA ISLOHOTLARIDA SUD HOKIMIYATIDAGI O'ZGARISHLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Konstitutsiya / sud / huquq va majuriyatlar / hokimiyat / oliy sud / iqtisodiy sud / Instansiya.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Suhrobbek Allanazarov

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining sud hokimiyati va uning davlat boshqaruvidagi roli to'g'risidagi 23-bobining 1mazmuni va roli ko'rib chiqiladi. Maqolada sud hokimiyatining asosiy maqsadlari, tamoyillari, majburiyatlari va huquqiy davlatni barpo etishdagi roli ko'rib chiqilgan. Sud hokimiyatining mustaqilligi va qonun ustuvorligini ta'minlash, shuningdek, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi funksiyalari ko'rib chiqiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI KONSTITUTSIYA ISLOHOTLARIDA SUD HOKIMIYATIDAGI O'ZGARISHLAR»

YANGI KONSTITUTSIYA ISLOHOTLARIDA SUD HOKIMIYATIDAGI

O'ZGARISHLAR

Suhrobbek Allanazarov

Toshkent davlat transport universiteti talabasi Ilmiy raxbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Mafura Muxtarxanova

Inagamova

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining sud hokimiyati va uning davlat boshqaruvidagi roli to'g'risidagi 23-bobining 1mazmuni va roli ko'rib chiqiladi. Maqolada sud hokimiyatining asosiy maqsadlari, tamoyillari, majburiyatlari va huquqiy davlatni barpo etishdagi roli ko'rib chiqilgan. Sud hokimiyatining mustaqilligi va qonun ustuvorligini ta'minlash, shuningdek, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi funksiyalari ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zi: Konstitutsiya, sud, huquq va majuriyatlar, hokimiyat, oliy sud, iqtisodiy sud, Instansiya.

Ushbu moddada O'zbekiston Respublikasi sud tizimining tuzilishi, shu jumladan sudyalarni tanlash va tayinlash jarayonlari, ularning Konstitutsiyaga muvofiq faoliyati va ularning qonuniylik, adolat va tenglik tamoyillari asosida ishlashlari ko'rib chiqiladi. Konstitutsiyaning asosiy prinsiplaridan biri sud hokimiyatining qonun ustuvorligini ta'minlashdagi roli hisoblanadi. Shu bilan birga, demokratik islohotlar jarayonida sud hokimiyatining vazifalari, shuningdek, milliy sud tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish usullari muhokama qilinadi.

O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi (Oliy Majlis), ijro etuvchi (Vazirlar Mahkamasi) va sud hokimiyatlariga bo'linish prinsipi asosida tashkil etilgan. Shu sababli, sud hokimiyati davlat hokimiyatining mustaqil bo'lagi sifatida alohida o'rin egallaydi.

Mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda sud hokimiyatining huquqiy maqomini mustahkamlash, faoliyatini demokratlashtirish, uning mas'uliyati va mustaqilligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Demokratik huquqiy davlat

1 O zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: // O'zbekiston Respublikasi qonuni. O'zbekiston Respublikasi Toshkent shahri 01.05.2023 19-modda Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.

105

2024-yil, 7-dekabr

qurish yo'lini tanlagan O'zbekiston o'z rivojlanish jarayonida barcha sohalarni, jumladan, sud-huquq tizimini isloh qilishga alohida e'tibor qaratdi. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq, sud hokimiyatini alohida mustaqil tarmoq sifatida shakllantirish uchun zarur chora-tadbirlar ko'rildi. Bugungi kunda ham ushbu islohotlar o'z dolzarbligini yo'qotmagan holda davom etmoqda. Natijada, sud hokimiyati nafaqat davlat tuzumining ajralmas qismi, balki fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashda asosiy ustunlardan biri bo'lib xizmat qilmoqda.

O'zbekiston Respublikasida odil sudlov faqatgina sud tomonidan amalga oshiriladi. Sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan mustaqil holda faoliyat yuritadi. Bu esa sud hokimiyatining adolatli bo'lishi va fuqarolar manfaatlarini samarali himoya qilishi uchun mustahkam asos yaratadi. Sud hokimiyatining faoliyati qonun bilan tartibga solinib, u faqatgina qonunga bo'ysunadi. Mustaqillikka erishgach, davlat hokimiyati tizimida jahon tajribasida sinovdan o'tgan prinsiplarga tayanilib, sud hokimiyati konstitutsiyaviy darajada mustahkamlandi. O'tmishdagi totalitar tuzum davrida sudlar hukmron partiya manfaatlariga xizmat qilgan bo'lsa, mustaqillik davrida ular huquqiy davlatning muhim vositasiga aylantirildi.

Shuningdek yangilangan Konstitutsiyada qanday o'zgarishlar bo'lganini ko'rib chiqamiz. Birinchidan Oldingi tahrirda sudlar (masalan, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, iqtisodiy sudlar) aniq nomlangan bo'lsa, yangi tahrirda sud tizimini tashkil etish qonunga havola qilingan. Bu yondashuv tizimni zamon talablariga moslashuvchan qilishga xizmat qiladi. Masalan, kelajakda yangi turdagi sudlar tashkil etilishi zarurati tug'ilsa, bu jarayon qonun darajasida amalga oshirilishi mumkin. Ikkinchidan eski tahrirda Konstitutsiyaviy sudning vazifalari keng bo'lib, u ko'plab qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini nazorat qilgan. Yangi tahrirda esa fuqarolar va tashkilotlar Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega bo'ldi. Masalan, agar fuqaroning biror masala bo'yicha boshqa sudlarda huquqi tiklanmasa, u bevosita Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishi mumkin. Uchunchidan avvalgi tahrirda Oliy sud barcha sudlar ustidan nazorat qiluvchi va qarorlari qat'iy bo'lgan organ sifatida tasvirlangan. Yangi tahrirda esa Oliy sud raisi va uning o'rinbosarlari Prezident taqdimiga binoan Senat tomonidan besh yillik muddatga saylanadi. Shu bilan birga, bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq ushbu lavozimni egallay olmaydi. Bu esa boshqaruvda yangilik va adolatlilikni ta'minlashga qaratilgan.

Sud-huquq tizimini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish O'zbekiston Respublikasida kechayotgan islohotlarning muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. So'nggi yillarda sud hokimiyatining mustaqilligini ta'minlash, inson

106

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^T^eCOnSti

huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish va odil sudlov tizimini demokratlashtirish borasida sezilarli o'zgarishlar amalga oshirildi. Bu jarayonlarda yangi qonunlar qabul qilinib, sud hokimiyatining huquqiy asoslari takomillashtirildi va mavjud tizimga zamonaviy talablar asosida yondashildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 98-moddasi sud hokimiyatining vakolatlarini yanada kengaytirdi. Endilikda O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi va Konstitutsiyaviy Sudi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo'lib, ular qonun loyihalarini ishlab chiqish va amaldagi qonunlarga o'zgartirish kiritishni taklif etish huquqiga egadir. Bu esa sud hokimiyatining davlat boshqaruvidagi rolini oshiradi va mustaqilligini ta'minlaydi.

Sud tizimida gender tenglikni ta'minlashga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Ayol sudyalarni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida sud tizimidagi ayol sudyalar soni ortib bormoqda. 2Masalan, 2019-yilda 149 nafar ayol sudya faoliyat yuritgan bo'lsa, 2020-yilda bu ko'rsatkich 157 nafarga yetdi. 2021-yilning birinchi choragida jami 1214 nafar sudyadan 161 nafari ayollar bo'lib, bu umumiy tarkibning 15,3 foizini tashkil etdi. Ayniqsa, Oliy sudda faoliyat yuritayotgan sudyalarning 31,25 foizini ayollar tashkil etishi ushbu sohada gender tenglikning oshayotganini ko'rsatadi.3

Sud tizimini demokratlashtirish va isloh qilish jarayonlari doirasida muhim o'zgarishlar amalga oshirildi. O'zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashining tashkil etilishi, sudyalik lavozimlariga muddatsiz tayinlash tartibining joriy qilinishi va ma'muriy sudlarning tashkil etilishi sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamladi. Shu bilan birga, sud tizimining ichki muammolari, jumladan, sudlarning jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan yetarlicha ishlamasligi kabi kamchiliklar bartaraf etish zaruratini ko'rsatdi. Bu kamchiliklarni hal qilish uchun davlat sud-huquq sohasini rivojlantirishni ustuvor yo'nalish sifatida belgiladi. 2020-yilda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga oid farmon ushbu yo'nalishda yangi strategik vazifalarni belgilab berdi. Farmonga muvofiq, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish va odil sudlovga erishish darajasini oshirish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi. Bu islohotlar natijasida sud tizimida nazorat instansiyasi tugatildi va "Bir sud - bir instansiya" tamoyili joriy etildi. Tumanlararo sudlarning qarorlari viloyat sudlari

2 O'zbekiston Respublikasining qonuni "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan o'zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2012 y., 38-son, 433-modda.

3 Inagamova M.M O'zbekiston Respublikasi yangi konstitutsiyasida ayol huquqlari himoyasining ayrim jihatlari // yangi O'zbekistonning yangi konstitutiyasi: Respublika ilmiy-amaliy Respublikasi IIB malaka oshirish instituti, 2023 yil 103-106 b.

konferensiyasi to'plami / O'zbekiston

2024-yil, 7-dekabr

107

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^T^eCOnSti

tomonidan, viloyat sudlarining qarorlari esa Oliy sudning sudlov hay'ati tomonidan apellyatsiya tartibida ko'rib chiqiladigan tizim yaratildi.

O'zbekistonda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillari taraqqiyotning asosiy shartlaridan biri sifatida belgilangan bo'lib, bu maqsad 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasida o'z aksini topgan. Ushbu strategiya mamlakatda mulkiy huquqlarning daxlsizligini ta'minlash, davlat organlarining mulkiy munosabatlarga noqonuniy aralashuvini cheklash va qiynoqlarni oldini olishga qaratilgan mexanizmlarni takomillashtirishni o'z ichiga oladi. Shuningdek, sud tizimini raqamlashtirish va aholining odil sudlovga oson va tezkor murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.

Odil sudlovning faqat sudlar tomonidan amalga oshirilishi Konstitutsiyada qat'iy belgilangan. Sudyalar mustaqil bo'lib, faqat qonunga bo'ysunadi. Ularning faoliyatiga biror-bir tarzda aralashish qat'iyan taqiqlangan va bunday aralashuv qonuniy javobgarlikka olib keladi. Konstitutsiyaning 135-moddasida ta'kidlanganidek, Sudyalar oliy kengashi sudyalar korpusining mustaqilligini ta'minlash uchun javobgar bo'lib, bu organning konstitutsiyaviy maqomi sud hokimiyati mustaqilligini kafolatlashning muhim omili hisoblanadi.4 Sudyalar oliy kengashining faoliyati maxsus qonun bilan belgilangan bo'lib, bu xalqaro standartlarga mos keladi va rivojlangan demokratik davlatlar tajribasiga hamohangdir.

Mamlakatimizda fuqarolarning sudlarga murojaat qilish jarayonini soddalashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan yaratilgan "My.sud.uz" elektron platformasi joriy etildi. Ushbu portal orqali fuqarolar o'z ariza, taklif yoki shikoyatlarini elektron tarzda istalgan sudga yuborishi mumkin. Portalda sudga murojaat qilish bo'yicha namunalar ham mavjud bo'lib, ular butunlay bepul va interaktiv xizmat sifatida taklif etiladi. Bu kabi yechim boshqa mamlakatlar sud tizimida uchramasligi bilan ahamiyatlidir. Misol uchun, fuqarolar murojaat qilishni bilmagan taqdirda, namunaviy hujjatlardan foydalanib, o'z shikoyat yoki talabnomalarini to'g'ri rasmiylashtirish imkoniga ega bo'ladilar.

Sud-huquq tizimini takomillashtirish uchun xalqaro tajribani o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda O'zbekiston Buyuk Britaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Germaniya, Fransiya va AQSh kabi mamlakatlarning qonunchilik tizimi va sud amaliyotlarini chuqur tahlil qilib, milliy tizimga mos takliflarni ishlab

4 Ismoiljonova M., Mo'minov X. O'zbekistonda mustaqillik yillarida sud tizimi va bu sohada o 'tkazilgan islohatlar //Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры. - 2024. - Т. 4. - №. 1. - С. 59-64.

108

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tshkn^iamTmmmSmmm^^

chiqmoqda. Masalan, Fransiyaning birinchi instansiya sudlari, apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari hamda sud raislari tizimi O'zbekistonning milliy sud-huquq tizimi bilan o'xshashlikka ega. Bu esa xalqaro tajriba va milliy amaliyot o'rtasida samarali integratsiyaga zamin yaratadi. Sud tizimining ochiqligi va samaradorligini oshirish uchun islohotlar davom etmoqda. Sudyalar odil sudlovni ta'minlashda faqat qonunga tayanib ishlashlari lozimligi kafolatlandi. Bu jarayonda qonunlar qabul qilish tartibining muhimligi alohida qayd etildi. Har bir qonun davlat vakillik organi tomonidan bir necha ekspertizadan o'tadi, deputatlar va senatorlar ishtirokida muhokama qilinadi, Prezident tomonidan imzolanishi bilan kuchga kiradi.

Xulosa: Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirilgan o'zgarishlar sud-huquq tizimining demokratik tamoyillarini mustahkamlashga va ijtimoiy adolatni ta'minlashga qaratilgan. Bugungi davrning yuqori rivojlanish sur'ati har bir davlatdan huquqiy tizimni yangilash va optimallashtirish bo'yicha qat'iy choralarni talab qilmoqda. Agar davlat ushbu jarayondan ortda qolsa, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda qoloqlik yuzaga kelishi muqarrar Sud-huquq tizimidagi o'zgarishlar davlat boshqaruvining shaffofligi va samaradorligini oshiradi. Masalan, sudlarning mustaqilligi ta'minlanishi korrupsiya xavfini kamaytiradi va fuqarolar orasida adolatga bo'lgan ishonchni oshiradi. Niderlandiya va Belgiya tajribasini olsak, u yerda sud tizimining mustaqilligi tufayli qonun ustuvorligi kuchaygan, bu iqtisodiy rivojlanishga ham ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Innovatsion yondashuvlar har bir davlatning global miqyosda muvaffaqiyatli raqobatlashishiga xizmat qiladi. Masalan, Estoniyada elektron sud tizimi joriy etilishi sud jarayonlarini soddalashtirib, fuqarolar uchun yanada qulay bo'ldi. Bu mamlakatni zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalangan yetakchi davlatlardan biriga aylantirdi.

REFERENCES

1. Инагамова М.М. Сифатли таълим тизимини ривожлантиришнинг баъзи стратегик асослари //Республикаси ИИВ Малака ошириш институти ахборотномаси. Т.- 2023. № 3. 63-70 б.

2. Инагамоыв М.М .Узбекистонда аёлларга нисбатан зуравонлик масалалари: муаммолар, ютуклар ва истикболлар/Лnternational Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. Р. 107-112

3. Инагамова М.М., Журабоев Н. Ю. . Туркистонлик аёлларнинг сиёсий макоми//Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. Б.78-90

109

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tashkent^tate^ransfioiBeniveiBBBy^^^^^^^^^^^^e^eCons

4. Инагамова М.М Оила, никох муносабатларида махалла институининг ташкилий-хукукий жихатлари//Yangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55

5. Инагамова М.М . Конституциявий ислохотларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш боскичлари//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.

6. Инагамова М.М. Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчлик ва тараккиёт кафолати: Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиллиги байрамини нишонлаш максадида утказилган Республика илмий-амалий конференция материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б.121-125.

7. Инагамова М.М. Узбекистоннинг максадли тараккиёт стратегияси уюшган жиноятчилик, экстремизм ва терроризмга карши курашишнинг хукуки кафолати//Трансмиллий уюшган жиноятчилик, терроризм ва экстремизмга карши курашда ички ишлар органларининг роли хамда хамкорлик йуналишлари: Республика илмий-амалий конференция туплами / Масъул мухаррир техника фанлари номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Малака ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.

8. O'zbekiston Respublikasining Yangi taxrirdagi Konstitutsiyasi "Adolat" 2023.

9. O'zbekiston Respublikasining "Konstitutsiyaviy sudi to'g'risidagi qonuni. 2021

10. O'zbekiston Respublikasining qonuni "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan o'zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida" (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2012 y., 38-son, 433-modda)

11. O'zbekiston Respublikasining "Sudlar to'g'risida"gi qonuni 28.07.2021

12. 6.Konstitutsiyaviy huquq -O.T.Husanov "Yuridik adabiyotlar publish" 2020.

13. Egamberdiyevich F. T., Abdurashidovich S.Y. O'zbekistonda sud tizimi va huquq //образование наука и инновационные идеи в мире. - 2024. - Т. 37. - №. 2. - С. 83-85.

14. Ismoiljonova M., Mo'minov X. O'zbekistonda mustaqillik yillarida sud tizimi va bu sohada o 'tkazilgan islohatlar //Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры. - 2024. - Т. 4. - №. 1. - С. 59-64.

110

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun Tashkent State Transport University_The Constitution — for Human Dignity

15. Ilhomjon O'g'li B. M., Abduhalikovna A.M. yangi o'zbekiston Respublikasida sud tizimidagi islohotlar //pedagog. - 2024. - T. 7. - №. 2. - C. 199-204.

16. ^agameBa A.A. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. P. 203-207.

17. ^agameBa A.A. ^Hru y36eKucTOHga Maxarnufi u^po opraHnapu ^aonuarnga ®;aMoarHHnHK Ha3opara// Oanca^a Ba xyKyK. 2022/2. E-137-138.

18. ^agameBa A.A. ^aBnar xroMaraHu ucnox, Kunurn mapouTuga xpKuMnap ^aonuaTH ycTugaH ^aMoarnunuK Ha3opaTHHu aManra omupumHHHr acocufi fiyHanumnapu// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . E. 117-122.

19. ^agameBa A.A. ^aMoarnunuK ^HKpu-^yKaponuK ^aMuaTHHu puBO^naHTHpumHHHr MyxuM omhhh// Y3ÔeKHCTOH PecnyönuKacu npe3ugeHT xy3ypugaru gaBnaT öomKapyBH aKageMuacu. ^aMHAT Ba öomKapyBH. TomKeHT. № 2 (92). 2020. E-125-129.

20. ^agameBa A.A. Maxamufi u^po ^okumuatu ^aonuaTu ycTugaH ^aMoaraunuK Ha3opaTuHu Harn^agopnuruHu omupumHuHr unMufi-Hasapufi enuMnapu// XyKyKufi TagKKKoTnap ^ypHanu. 2-Maxcyc coh. TomKeHT. 2020. E-227-232

111

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.