KONSTITUTSIYANING BETAKROR VA MURAKKAB YO'LI
Behzod Qomiddin o'g'li Boymurodov
Toshkent davlat transport universtiteti 3-kurs talabalari Fayzullo Jumaboy o'g'li Baxramov
Ilmiy rahbar: "Xalqaro ommaviy huquq" kafedrasi dots.v.b., N.Kh Egamberdiyeva
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada Konstitutsiyaning murakkab, ammo tiniq huquqiy tuzilishi tahlil qilinadi. Maqolada konstitutsiyaning ahamiyati va qabul qilinish bosqichlar haqida fikr yuritiladi. Qonunchilik jarayoni va uning fuqarolar hayotiga bevosita ta'siri yoritiladi. Konstitutsiyaning davlat boshqaruvida, huquqiy adolatni ta'minlashda, hamda fuqaro huquqlari va burchlari tartibini belgilashdagi ahamiyati ko'rsatiladi. Konstitutsiyaning betakror yo'li orqali davlat va jamiyatni muvozanatda ushlab turuvchi qonuniy poydevor sifatida qanday ishlashini yoritiladi. Hamda mavzu yuzasidan fikr va mulohazalar keltirib o'tiladi.
Kalit so'zlar: Konstitutsion islohotlar, inson qadri, huquqiy tizim, huquqiy barqarorlik, qonun va ijtimoiy tartib, yuridik aksept, milliy qadriyatlar, xalqaro huquqiy tamoyillar, huquq va majburiyatlar, Konstitutsiyaviy sud, markaziy boshqaruv bilan muvofiqlik.
ABSTRACT:
This article analyzes the complex but clear legal structure of the Constitution. The article presents several ideas about why a constitution is needed and the stages of its adoption. The legislative process and its direct impact on the lives of citizens are highlighted. The importance of the Constitution in state administration, ensuring legal justice, and determining the order of citizens' rights and duties is shown. The article explains how the Constitution, through its unique way, functions as a legal foundation that keeps the state and society in balance. It also presents thoughts and comments on this article.
Keywords: Constitutional reforms, human dignity, legal system, legal stability, law and social order, legal acceptance, national values, international legal principles, rights and obligations, Constitutional Court, compliance with the central government.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boshqa davlatlar Konstitutsiyalarini qabul qilinishi kabi murakkab va o'z tarixiga ega bo'lib, mamlakatning mustaqillikka erishishi va davlatning huquqiy asoslarini belgilash maqsadida yaratildi. 1991 yil 31
432
2024-yil, 7-dekabr
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
^ashkeni™iaie™rans^heConSmUion^^OrH^man^aiigniy
avgustda O'zbekiston o'z mustaqilligni e'lon qildi. Shu tariqa, yangi mustaqil davlat o'z huquqiy tizimini yaratishi va xalqaro maydonda suveren davlat sifatida faoliyat yuritishi uchun yangi Konstitutsiya zarur edi. Bu hujjat milliy huquqiy tizimning poydevori bo'lib, davlat tuzilishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini belgilashi kerak edi. Eng avvalo, Konstitutsiya tushunchasiga bir oz bo'lsada to'xtalib o'tsak, va bilimlarimizni takrorlab mustahkamlab olsak. Konstitutsiya (lotincha "Constitution" -tuzilish, tuzuk) - davlatning Asosiy qonunidir. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o'zaro munosabatlari shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o'zaro munosabatlarini belgilab beradi. Konstitutsiyani yaratilish masalasi davlat suverenitetini mustahkamlash va xalqaro miqyosda O'zbekistonni tan olinishida muhim qadam bo'ldi. Konstitutsiyani yaratish barchamizga ma'lum Ozbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov rahbarligi ostida amalga oshirirldi. Konstitutsiyani yaratish bir qancha bosqichlarni o'z ichiga olgan. Qolaversa, manfaatlarimiz va intilishlarimizdan kelib chiqqan holda, Asosiy Qonunimiz Sharq va G'arb, Janub va Shimolning 97 ta mamlakati to'plagan ilg'or konstitutsiyaviy tajribalarini hisobga olib yaratilgan. Bular:
> Mustaqillikka erishish va Konstitutsiyaga ehtiyoj ;
> Konstitutsiya loyiha tayyorlash j arayoni;
> Umumxalq muhokamalari;
> Konstitutsiyaning qabul qilinish sanasi;
> Konstitutsiyaning asosiy qoidalari.1
Zamonaviy o'zgarishlar va islohatlarni hsiobga olgan holda qoidalar tuzish va takomillashtirish masalalari kabi bir nechta o'ziga xos bosqichlarda amalga oshirilgan. Shu o'rinda Suveren O'zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va uning amal qilishi yo'lidagi 10 ta huquqiy qadamni bu boradagi eng muhim tarixiy voqealar sifatida sanab o'tish lozim. Zotan, Konstitutsiyani yaratish tarixi - bu mustaqillik uchun kurashning uzviy tarkibiy qismidir. Mana shunday qilib qonunlarimiz poydevori bo'lmish Konstitutsiyaning qanday vujudga kelganligi va qanday bosqichlarni boshidan kechirgani haqida qisman bo'lsada fikrlab oldik. Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi birinchi huquqiy qadam -o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir. Ushbu yaralishlar tarixi va huquqiy asoslarni o'z ichiga olgan holda Konstitutsiya vujudga keldi. Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi ikkinchi huquqiy qadam - Prezidentlik instituti ta'sis etilishi va yangi davlat ramzlarini tayyorlash bo'yicha komissiya tuzilishi bilan bog'liq. Konstitutsiyani
1 Ozbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov
2024-yil, 7-dekabr
433
yaratish yo'lidagi uchinchi huquqiy qadam -"Mustaqillik deklaratsiyasi"ning e'lon qilinishidir. O'zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1990 yil 20 iyunda e'lon qilingan "Mustaqillik deklaratsiyasi"ning 8-bandida O'zbekiston "o'zining taraqqiyot yo'lini, o'z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, madhiya) o'zi ta'sis etadi" degan qoida mustahkamlangan. Deklaratsiyaning 12-bandida esa ushbu hujjat respublikaning "yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun asos" bo'lishi qayd etilgan.
Albatta, Konstitutsiyani yaratishda bir qancha qo'shimcha va asosiy tamoyillar ham turtki bo'lgan. Asosiy tamoyillar haqida ham qisqacha aniqlik kiritb o'tsam: "Konstitutsiyaning huquqiy asosi davlat huquqiy tizimining eng muhim va bosh hujjati sifatida uning barcha qonunlari, siyosiy tuzumi va fuqarolar huquqiy munosabatlarini belgilab beradi".Ushbu huquqiy asoslar Konstitutsiyaga zid holatda boshqa huquqiy hujjat qabul qilinmasiligini belgilab beradi. Bu bosqichlarda Konstitutsiyaning juda ham muhim jihatlaridan biri Konstitutsiyaning tiniqligi va yuridik aspektlardir deb hisoblayman. Chunki qabul qilinadigan Konstitutsiya barcha uchun tushunarli bo'lishi, hech qanday yashirin munosabatlarni o'zida aks ettirmasligi lozim. Bu juda ham muhim bo'lgan jihatlardan hisoblanadi. Konstitutsiyaning shu qadar o'zgacha sirli va jozibador hislati borki u jamiki huquq sohalari tarmoqlarigacha kirib bora olishi va ularni adolatli muvozanatda ushlay olishidir. Ushbu maqolani yozish davomida bir qancha ushbu mavzuga taa'lluqli manbalar bilan tanishdik. Ular orasida eng o'zgacha taassurot qoldirgan fikrlar aynan shu hislati bilan bog'liq edi.
Ushbu o'rinda konstitutsiyaning yana bir muhim jihatlaridan biri uning murakkabligi haqida ozgina to'xtalib fikr bildirib o'tsak. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi murakkab huquqiy hujjat bo'lib, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oladi. U nafaqat mamlakatning siyosiy va huquqiy tizimini shakillantiradi, balki ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va xalqaro munosabatlarini ham tartibga soladi.
Konstitutsiyaning o'ziga xos tuzilishining ko'p qirraliligi: O'zbekiston Konstitutsiyasi 6 ta bo'lim, 27 bob va 155 ta moddadan iborat bo'lib, unda mamlakatning barcha asosiy huquqiy va ijtimoiy tuzilmalari qamrab olingan.2 Bu hujjatning murakkabligi quyidagi asosiy qismlarda yaqqol ko'rinadi: • davlatning siyosiy tizimi: Konstitutsiya davlat hokimiyatining asosiy tarmoqlarini, ularning o'zaro munosabatlari va vakolatlarini belgilaydi. Qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlari o'rtasidagi o'zaro muvozanatni saqlash masalasi huquqiy tizimda murakkab tuzilishga ega bo'lgan;
2 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi https://tstu.uz/
434
2024-yil, 7-dekabr
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
• fuqarolarning huquq va erkinliklari: Konstitutsiya inson huquqlarini xalqaro huquqiy tamoyillarga mos tarzda keng qamrovda belgilaydi. Fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlarini himoya qilish bo'yicha aniq mexanizmlar ishlab chiqilgan.
• iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar: Konstitutsiya iqtisodiy erkinlik, xususiy mulk huquqi, ijtimoiy himoya tizimi va ta'lim hamda sog'liqni saqlash tizimining huquqiy asoslarini belgilaydi.
Konstitutsiyaning murakkabligi uning milliy va xalqaro huquqiy tamoyillarni muvozanatli tarzda qamrab olganligida ham ko'rinadi. O'zbekiston mustaqilligini e'lon qilgan paytda, xalqaro hamjamiyatning bir qismi sifatida faoliyat ko'rsatishi zarur edi. Shu sababli Konstitutsiya:
Milliy qadriyatlar: O'zbek xalqining an'anaviy, tarixiy va madaniy qadriyatlarini huquqiy me'yorlarga moslashtirgan.
Xalqaro huquqiy tamoyillar: Inson huquqlari bo'yicha xalqaro konvensiyalar, xalqaro huquq tamoyillari Konstitutsiyaga moslashtirilgan. Masalan, inson huquqlari, mulk huquqi, so'z erkinligi kabi xalqaro tamoyillar qabul qilingan.
Konstitutsiya davlat hokimiyatining ijroiya, qonun chiqaruvchi va sud o'rtasidagi vakolatlar taqsimotini aniq belgilaydi. Bu hokimiyat tarmoqlari o'z vakolatlari doirasida bir-birini nazorat qiladi va muvozanatda turadi. Ushbu tizimning murakkabligi quyidagi jihatlarda namoyon bo'ladi:
Ijroiya hokimiyatining keng vakolatliligi: Prezident ijroiya hokimiyatining boshlig'i sifatida katta vakolatlarga ega bo'lsa-da, qonun chiqaruvchi organlarning faoliyatini cheklamasligi kerak. Qonun chiqaruvchi hokimiyatning mustaqilligi: Oliy Majlis qonun chiqarish huquqiga ega, lekin bu huquq ijroiya hokimiyati bilan muvozanatda bo'lishi zarur. Prezidentning qonun chiqaruvchi hokimiyatga ta'siri aniq qonuniy me'yorlar bilan cheklangan. Sud hokimiyatining mustaqilligi: Konstitutsiyada sud tizimining mustaqilligi kafolatlanadi, lekin sud hokimiyati boshqa hokimiyat tarmoqlari bilan muvofiq faoliyat yuritishi kerak.
O'zbekiston Konstitutsiyasi inson huquqlariga katta e'tibor qaratadi. Shu bilan birga, huquqlar va majburiyatlar o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash zarurati hujjatning murakkab jihatlaridan biridir:
Asosiy huquq va erkinliklar: Fuqarolarning so'z erkinligi, diniy e'tiqod, shaxsiy xavfsizlik kabi huquqlari kafolatlanadi. Ammo bu huquqlar davlat xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash doirasida cheklanishi mumkin.
Huquqlar va Majburiyatlar O'rtasidagi Muvozanat: Konstitutsiyada inson huquqlari va erkinliklari belgilanar ekan, ularning majburiyatlar bilan muvozanati ham ta'minlangan. Masalan, fuqarolar huquqlari keng miqyosda kafolatlanadi, lekin ular
2024-yil, 7-dekabr
davlat qonunlariga rioya qilish va majburiyatlarni bajarishlari shart. Konstitutsiya davlat boshqaruvida mahalliy va markaziy hokimiyat o'rtasidagi vakolatlar taqsimotini murakkab qilib belgilaydi.
Mahalliy boshqaruv organlari: Konstitutsiyada mahalliy hokimiyatlar, jumladan, viloyat, shahar va tuman hokimliklarining vakolatlari aniq belgilangan. Ular o'z hududlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda ma'lum darajada mustaqillikka ega bo'lishlari kerak.
Markaziy boshqaruv bilan muvofiqlik: Mahalliy hokimiyatlar markaziy hokimiyat bilan o'zaro hamkorlikda ishlashi kerak. Bu holat boshqaruvni murakkablashtiradi, chunki markaziy va mahalliy hokimiyatlar o'rtasidagi vakolatlar doimo bir-birini to'ldirishi va muvozanatda bo'lishi talab etiladi.
Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish jarayoni murakkab va ko'p bosqichli jarayon bo'lib, bu mamlakatning siyosiy va huquqiy tizimining o'zgarishlariga muvofiq amalga oshiriladi. Shu bilan birga, Konstitutsiyaviy nazorat organi bo'lib Konstitutsiyaviy sud — davlatning huquqiy tizimini himoya qiladi. Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish uchun qattiq huquqiy tartibotlar mavjud bo'lib, bu jarayonda qonun chiqaruvchi organlar, ijroiya hokimiyati va fuqarolar fikrlari hisobga olinadi. Har qanday o'zgarishlar milliy manfaatlarga va xalqning ehtiyojlariga mos kelishi kerak.
Konstitutsiyaviy sud: Bu sud Konstitutsiyaning ustuvorligini nazorat qilib, boshqa barcha qonunlar va hujjatlar unga mos bo'lishini ta'minlaydi. Bu holat qonunchilik tizimining uzluksizligini va huquqiy barqarorligini ta'minlaydi. Ushbu maqolada keltirilgan fikr-mulohaza va ma'lumotlardan kelib chiqib xulosa sifatida quyidagilarni bildirishimiz mumkin. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi murakkab huquqiy hujjat bo'lib, u davlat boshqaruvi, inson huquqlari, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar kabi ko'plab sohalarni qamrab oladi. Uning tuzilishi va qoidalari milliy qadriyatlar va xalqaro huquqiy tamoyillarga mos ravishda shakllantirilgan. Konstitutsiya davlat hokimiyatining mustaqilligini ta'minlash va inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha murakkab tizimlarni yaratadi. Bu murakkablik uni davlatning eng muhim va ta'sirchan huquqiy hujjatiga aylantiradi. Bunday jozibadorlikni boshqa normativ huquqiy hujjatlarda uchratish qiyin, ya'ni deyarli ilojsiz.
Н.Х.Эгамбердиева, Х.Э.Эгамбердиева. Academic research in educational sciences 3 (TSTU Conference 2), 65-71.
REFERENES:
l.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 01.05. 2023.
2. Узбекистан Республикасида ерларни хусусийлаштириш асослари ва тартиби.
436
2024-yil, 7-dekabr
3. O'zbekiston Prezidentining 2023 yil 8 maydagi "Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-67-son Farmoni // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 10.05.2023 y., 06/23/67/0269-son.
4. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 1992 yil 8 dekabr.
2024-yil, 7-dekabr