Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun Tashkent State Transport University_The Constitution — for Human Dignity
YANGI KONSTITUTSIYA - MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI
Ruslan Qosimov
Toshkent davlat transport universiteti talabasi
Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsent Inagamova Mafura
Muxtarxanovna
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola Mustaqil O'zbekistonning Yangi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, milliy qadriyatlarimiz, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llari, Konstitutsiyamizning bosh yo'nalishi - insonni va uning hayotini ulug'lash ekanligini, inson va uning hayoti, eriknligi, sha'ni, qadr- qimmati hamda boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishini yoritishga bag'ishlanadi.
Kalit so'zlar: Demokratiya, Konstitutsiya, qadr-qimmat, erkinlik, huquq, burch, qonun, jamiyat.
KIRISH
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.
O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun asos sifatida xizmat qilishi barchamizga ma'lum. Shu kunga qadar qabul qilingan qonunlar, qonunosti hujjatlari Konstitutsiyamiz ilg'or qoidalarining ifodasidir.
Konstitutsiyaning muqaddimasida O'zbekiston xalqi: inson huquqlariga va davlat suvereniteti g'oyalariga sodiqligini tantanavor e'lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas'uliyatni anglagan holda tarixiy, milliy qadriyatlarimizga tayanib, shuningdek xalqaro huquq sohasidagi umume'tirof etilgan prinsiplar asosida insonparvar demokratik huquqiy davlatni barpo etish maqsadida ushbu Konstitutsiyani qabul qilganligi e'tirof etilgan. Darhaqiqat, mustaqillik tufayli vujudga kelgan Qomusimiz bizga tilimizni, dinimizni, tariximizni, ma'naviyatimizni, insoniy huquqlarimizni qaytarib berdi va ularni o'zining hayotbaxsh normalarida mustahkamlab qo'ydi. Shu bilan birga u siyosiy qadriyatlarimizni-davlat hokimiyatini boshqarishdagi xalqning ishtirokini ta'minlab berdi.
99
2024-yil, 7-dekabr
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^T^eCOnSti
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida, O'zbekiston Respublikasining Yangi Konstitutsiyasi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida qonun, Sh.Mirziyoev asarlari hamda internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yangi Konstitutsiyaning ikkinchi bobi xalq hokimiyatchiligiga doir munosabatlrni tartibga soluvchi normalarni o'z ichiga oladi. Binobarin, 7-modada1 "Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir",deyiladi. Ya'ni, davlat hokimiyatining chinakam egasi-O'zbekiston xalqi. O'zbekistonda davlat hokimiyati xalq manfaatini ko'zlab va Konstitutsiyamiz hamda qonunlarimiz vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. O'zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Oliy Majlis va Prezidenti ish olib borishi mumkin. Demokratiyaning muhim belgilaridan biri bu xalq manfaatlariga xizmat qiladigan qonunlar va huquqiy tizimni shakllantirishdir. Yangi Konstitutsiya aynan shu tamoyillarga asoslanib ishlab chiqilgan bo'lib, unda inson huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat sifatida belgilangan. Jumladan:
Xalq hokimiyatchiligini mustahkamlash: Konstitutsiyaga kiritilgan yangiliklar orqali fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirok etish huquqi yanada kengaytirildi.
Ijtimoiy adolatni ta'minlash: Har bir fuqaroning ta'lim olish,2 sog'liqni saqlash va mehnat qilish huquqi kafolatlandi. Bu esa ijtimoiy tenglikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash: Yangi normalar orqali xususiy mulk va tadbirkorlik erkinligi kafolatlanib, iqtisodiyot rivoji uchun qulay sharoitlar yaratildi. Yangilanishlarning natijalari
Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi bilan mamlakatimizda huquqiy demokratik tamoyillar mustahkamlandi. Jumladan:
Fuqarolarning faolligi oshdi: Yangi qonunlar va tashabbuslar orqali fuqarolar davlat boshqaruvida faol ishtirok eta boshladi. Bu esa jamiyatdagi ijtimoiy birdamlikni oshiradi.
1 O zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: // O'zbekiston Respublikasi qonuni. O'zbekiston Respublikasi Toshkent shahri 01.05.2023 19-modda Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.
2 HHaraMOBa M.M. Cn^araH Ta*MHM th3HMHHH pHBO^raHTHpnmHHHr 6ai3H CTpaTernK acoc^apn //Pecny6^HKacH HHB Ma^axa omnpnm hhcthtyth ax60p0TH0Macn. T.- 2023. № 3. 63-70 6.
2024-yil, 7-dekabr Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
100
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
Chet el investitsiyalari jalb qilindi: Konstitutsiyada tadbirkorlik va xususiy mulk huquqlariga kafolat berilishi xorijiy investorlarni jalb qilishda muhim rol o'ynadi.
Adolatli sud tizimi shakllandi: Mustaqil sud hokimiyatining kuchaytirilishi fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishni yanada samarali qildi. Fuqarolarimizning Konstitutsiyaning 35-moddasida belgilab qo'yilgan vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqini ta'minlash maqsadida murojaatlarni ommaviy uchrashuvlar orqali qabul qilish jarayoni keng miqyosda amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda fuqarolarimiz mansabdorlar oldiga emas, balki mansabdor shaxslarning o'zlari xalqimiz oldiga borib, mahallalarda, ular istiqomat qilayotgan hududlarda vujudga kelgan muammolarni echimini topib, ularni ijobiy hal qilib berishmoqda. "Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak" degan prinsip barcha bo'g'indagi rahbarlar faoliyatida asosiy shiorga aylanmoqda. Asosiy Qonunimizning 36 moddasidagi "Har bir shaxs mulkdor bo'lishga haqli" yoki 53-moddasida mustahkamlab qo'yilgan " Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir" degan normalari hayotga tadbiq etilib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil instituti o'z faoliyatini amalga oshirilmoqda. Yangi Konstitutsiyadagi 49-moddaga muvofiq "Fuqarolar ekologik muhitni asrash majburiyatini oladilar."3 Bu norma ekologik madaniyatni oshirish va tabiiy resurslarni tejashga chaqiradi.4 Iqtisodiy siyosatning asoslarini belgilaydi va xususiy mulkning daxlsizligini ta'minlaydi. 53-modda "Xususiy mulk muqaddas va daxlsizdir." Bu norma mamlakatda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun asos yaratadi. 56-modda "Bozor iqtisodiyoti tamoyillari amalga oshiriladi." Ushbu modda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. Bu qoidaga ko'ra qonun oldida barcha barobar. Mamlakat qonunlariga yoshidan, mansabidan qat'i nazar -barcha fuqaro bo'ysunmog'i shart. Jamiyatda bunga erishi uchun davlat idoralari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar o'z ish faoliyatlarida Konstitutsiya va qonunlarga amal
3 Inagamova M.M. Konstitutsiyaviy islohatlarda inson-jamiyat davlat masalalarining rivojlanish bosqichlari // "O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati" mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiyasi. Toshkent. 01.12.2023 yil 59-64 b.
4 Muhammadjon Tursunov Toshkent davlat yuridik universiteti o'qituvchisi academic research in modern scienceinternational scientific-online conference "ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishda konstitutsiya normalarining roli" page 83
2024-yil, 7-dekabr
101
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^T^eCOnSti
qiladilar. O'zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning e'tirof etilgan umumiy maqomlari ustunligini tan oladi. Birorta qonun ham, me'yoriy huquqiy hujjat ham Konstitutsiya va qonunlarga zid bo'lmasligi kerak.
Ma'lumki, huquqiy demokratik davlatning eng muhim shartlaridan biri shaxs manfaatlarining muhofaza qilinishidir. Boshqacha qilib aytganda, davlat davlatligini ko'rsatmoqchi bo'lsa, fuqarolarini o'z muhofazasiga olishi zarur. Binobarin, Bosh qomusimizda ham inson, uning hayoti, erki, sha'ni, qadr-qimmati sifatida ulug'lanadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlash, sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, yuridik yordam va xizmat ko'rsatish tizimini takomillashtirish, aholi bandligi va real daromadl arini izchil oshirish, sog'liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-sièsiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish kabi vazifalarni bajara borib, insonni farovon yashashini ta'minlash, uni ijtimoiy muhofaza qilish, "Inson-jamiyat-davlat" degan yangi tamoyilni hayotga keng tadbiq qilishdan iborat. Konstitutsiyaning hayotimizdagi o'rni va ahamiyati nihoyatda kattadir. Rivojlangan demokratik davlatlarda hech bir fuqaro, hech bir shaxs o'z ijtimoiy shaxsiy hayotini, o'z qonuniy manfaatlarini himoya qilishni Konstitutsiyasiz tasavvur eta olmaydi. Barchamiz kundalik hayotimizda Konstitutsiya belgilab bergan normalarga tez-tez murojaat qilib turamiz. Chunki, aynan Qomusimizdagina insonning haq-huquqlarini himoya qilish ishonchli ravishda kafolatlangan. Shuning uchun Konstitutsiya qoidalarini puxta o'rganish, uni bilish va hurmat qilish zarur.
Yangi O'zbekistonda erkin va mustaqil fikrlaydigan, uning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etadigan, o'z so'zini aytishga qodir yoshlarimiz uchun ham bu Qomus kundalik hayotlarida asosiy dasturulamal bo'lib xizmat qiladi.
REFERENCES
1.Инагамова М.М. Сифатли таълим тизимини ривожлантиришнинг баъзи стратегик асослари //Республикаси ИИВ Малака ошириш институти ахборотномаси. Т.- 2023. № 3. 63-70 б.
2.Инагамоыв М.М .Узбекистонда аёлларга нисбатан зуравонлик масалалари: муаммолар, ютуклар ва истик;боллар/Лnternational Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. Р. 107-112
102
2024-yil, 7-dekabr
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
Tashkent^tate^ransfioiBeniveiBBBy^^^^^^^^^^^^e^eCons
3.Инагамова М.М., Журабоев Н. Ю. . Туркистонлик аёлларнинг сиёсий макоми//Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. Б.78-90
4.Инагамова М.М Оила, никох муносабатларида махалла институининг ташкилий-хукукий жихатлари/ZYangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55
5.Инагамова М.М . Конституциявий ислохотларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш боскичлари//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.
6.Инагамова М.М Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчлик ва тараккиёт кафолати: Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиллиги байрамини нишонлаш максадида утказилган Республика илмий-амалий конференция материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б. 121-12.
7.Узбекистоннинг максадли тараккиёт стратегияси уюшган жиноятчилик, экстремизм ва терроризмга карши курашишнинг хукуки кафолати//Трансмиллий уюшган жиноятчилик, терроризм ва экстремизмга карши курашда ички ишлар органларининг роли хамда хамкорлик йуналишлари: Республика илмий-амалий конференция туплами / Масъул мухаррир техника фанлари номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Малака ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.
8.O'zbekiston Respublikasining Yangi Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2023.
9.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. - T.: Sharq, 1997.
10. O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risida qonuni. - T.: O'zbekiston.
11. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - T.: O'zbekiston, 2016.
12. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.-T.:O'zbekiston, 2017.
13. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.:O'zbekiston, 2017.
14. Дадашева А.А. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. Р. 203-207.
103
2024-yil, 7-dekabr
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
15. Дадашева А.А. Янги Узбекистонда махаллий ижро органлари фаолиятида жамоатчилик назорати// Фалсафа ва хукук. 2022/2. Б-137-138.
16. Дадашева А.А. Давлат хизматини ислох килиш шароитида хокимлар фаолияти устидан жамоатчилик назоратини амалга оширишнинг асосий йуналишлари// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . Б. 117-122.
17. Дадашева А. А. Жамоатчилик фикри-фукаролик жамиятини ривожлантиришнинг мухим омили// Узбекистон Республикаси Президент хузуридаги давлат бошкаруви академияси. Жамият ва бошкаруви. Тошкент. № 2 (92). 2020. Б-125-129.
18. Дадашева А.А. Махаллий ижро хокимияти фаолияти устидан жамоатчилик назоратини натижадорлигини оширишнинг илмий-назарий ечимлари// Хукукий тадкикотлар журнали. 2-махсус сон. Тошкент. 2020. Б-227-232
104
2024-yil, 7-dekabr