AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
UDK 656.073
XALQARO MARSHRUTLARDA YUK OQIMINI ANIQ O'Z MUDDATIDA YETKAZIB BERISHNI REJALASHTIRISHNING ANALITIK USULI
Samatov G'affor Allaqulovich Toshkent davlat transport universiteti, i.f.d,professor transportlo gistikasi@gmail. ru
Maxsumov Isroiljon Axmedovich Toshkent davlat transport universiteti assistent [email protected]
Matrasulov Kaxramon Shixnazarovich Toshkent davlat transport universiteti assistent kahramonmatrasulov785@gmail. com
Eksanova Santalatxon Sharobiddinovna NamMQI, tayanch doktorant
Annatatsiya. Maqolada transport sektori va kommunikatsiyalari rivojlanishi va muammolari tahlil etilgan. Shuningdek yukni aniq o'z muddatida yetkazishni rejalashtirish avtomobil, temir yo'l va daryo transporti vositalari va tarmog'idan samarali foydalanilgan holda etkazib berish masalasi qaralgan va ularga ketadigan vaqtini harajatini tahlil etilgan multimodan tashishlarda ko'rib chiqilgan. Endi yuqorida bayon etilgan "aniq o'z muddatida" va kam xarjda yetkazishni ishonchli rejalashtirish tamoyilini ro'yobga chiqarish uslubiyotini O'zbekiston Respublikasining markaziy Termiz-Mozori Sharif transport tarmog'i misolida qo'llaymiz. Mazkur tarmoq avtomobil, temir yo'l va daryo kommunikatsiyalarini o'z ichiga oladi.
Аннотация. В статье анализируются развитие и проблемы транспортной отрасли и связи. Также планирование доставки груза в срок рассматривалось при мультимодальных перевозках, где рассматривались вопросы доставки и анализировались затраты времени на них с эффективным использованием средств и сетей автомобильного, железнодорожного и речного транспорта. Теперь применим вышеизложенный метод реализации принципа надежного планирования «своевременной» и недорогой доставки на примере центральной транспортной сети Термиз-Мазари-Шариф Республики Узбекистан. Эта сеть включает в себя автомобильные, железнодорожные и речные коммуникации.
Abstract. The article analyzes the development and problems of the transport sector and communications. Also, the planning of the delivery of the cargo on time was considered in multimodal transportation, where the issue of delivery was considered and the time spent on them was analyzed with the effective use of road, railway and river transport means and networks. Now we will apply the above-mentioned method of implementing the principle of reliable planning of "on-time" and low-cost delivery on the example of the central Termiz-Mazari Sharif transport network of the Republic of Uzbekistan. This network includes road, railway and river communications.
Kalit so'zlar. Xalqaro yuklarni aniq muddatida yetkazib berish, avtomobil, temir yo'l, daryo transport, operatsiyalar, harajatlar, vaqt, logistik tsikl,
Ключевые слова. Своевременная доставка международных грузов автомобильным, железнодорожным, речным транспортом, операции, затраты, сроки, логистический цикл
Keywords. On-time delivery of international cargo, road, rail, river transport, operations, costs, time, logistics cycle
Logistikaning olti qoidasi mavjud bo'lib, shulardan biri yuk va yo'lovchilarni aniq o'z
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
muddatida yetkazish tamoyili - logistikada keng tarqalgan kontseptsiya hisoblanadi.
Ilmiy manbaalarda mazkur tushunchaga turli tariflar berilgan bo'lib, quyidagi 1-jadvalda mazkur tushunchaning turli variantdagi talqinlari V.A.Dolgov asari [10] asosida keltirilgan:
1-jadval
Turli talqinlar Jami
Manbalar Tizi m Tamoyil Yonda shuv Kontsep tsiya Usul Strategiya Model
1. RF
manbalari 11 10 3 5 3 2 2 22
2. Chet el
adabiyotlari 10 2 5 3 3 1 - 13
Jami 21 12 8 8 6 3 2 35
talqinlar
2-jadvalidan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkinligi Sh.A.Bo'taev tomonidan berilgan:
• "aniq o'z muddatida" tushunchasi adabiyotlarda bir xil talqin etilmagan;
• ko'pchilik olim va mutaxassislar "aniq o'z muddatida" tushunchasin
kontseptual bayon ko'rinishida yoki semantik darajada keltirganlar, faqat ikki manbada [2, 3] mazkur talab model darajasiga yetkazilgan. Ba'zi bir ilmiyi shlarda [3, 4] aniq o'z muddatida yetkazib berishga oid modellar tavsiya etilgan. Ayrim yondashuvlarda [3] yetkazib berishning haqiqiy muddati bilan rejalashtirilgan muddati orasidagi farqdan kelib chiqadigan yo'qotishlar narxini kamaytirish (minimallashtirish) masalasi qo'yilgan bo'lsa, boshqa ishlarda [4] yetkazib berish muddatining rejalashtirilgan qiymatini bajarish ehtimolini belgilangan darajada ta'minlash mezonini bajarish imkoniyatlari ko'rib chiqilgan.
Ilmiy adabiyotlarda "yukni aniq o'z muddatida yetkazishni rejalashtirish" tushunchasi integrallashgan logistikaning asosiy obyekti - logistik tsikl parametriga nisbatan qo'llaniladi. Turli manbalarda quyidagi operatsiyalar logistik tsiklning bosqichlari sifatida ko'rsatiladi [1]:
• buyurtmani tayyorlash va uzatish {tl ) ;
• buyurtmani olish va uni ishlash (t2) ;
• buyurtmani komplektlashtirish va tayyorlash (t3 ) ;
• buyurtmada ko'rsatilgan yuk partiyasini transport vositalariga ortish (t4 );
• buyurtmani tashish, uni chegaralar, bojxonalar va terminallardan olib o'tish (t 5 );
• buyurtmani oxirgi terminaldan buyurtmachi tashkilotga yetkazib berish va transport vositalaridan tushirib olish (t 6 ).
1-rasm. Logistik tsiklning bosqichlari.
Logistik tsikl va uning alohida bosqichlari bajarilish muddatlari turli olimlar tomonidan tahlil etilgan va ularning asarlarida keltirilgan: masalan, D.Dj. Bauersoks, D.Dj. Kloss, Dj. R. Stok, D.M. Lambert va M. Kristofer va boshqalar. Quyidagi 2.3. javdalda mazkur mualliflar asarlarida keltirilgan logistik tsiklning alohida bosqichlarini bajarishga sarflanadigan vaqt
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
muddatlarini [1] manba ma'lumotlariga asoslanib keltiramiz. Mazkur jadvaldan ko'rinib turibdiki, logistik tsiklning asosiy tarkib-bog'lanishlari, tugunlari va shu kabilar moddiy -texnik ta'minot, ishlab chiqarish va ta'minlash jarayonlari uchun bir xildir. Logistik tizim qanday murakkab bo'lishidan qat'i nazar muhim bog'lanishlarni aniqlash uchun alohida logistik tsiklning (tts) bosqichlari va konfiguratsiyasini tahlil etish kerak.
Logistik tsiklni tashkil etuvchi vaqt intervallari ma'lum taqsimlanish qonuniyati va parametrlariga ega bo'lgan tasodifiy kattaliklarni yuzaga keltiradi.
Logistik tsiklning yuqorida bayon etilgan xususiyatlarini hisobga olgan holda "aniq o'z muddatida yetqazish" modelini shakllantirish uchun birinchi navbatda quyidagi tahlillarni amalga oshirish lozim bo'ladi [5]:
1. Logistik tsiklning tarkibiy tuzilmasini aniqlash joiz. Bunda tsiklni tashkil etuvchi barcha operatsiyalar va ularni bajarish sxemasini asoslash kerak. Ayrim hollarda bir necha operatsiyalar (masalan, yuklarni komplektlashtirish va ularni rasmiylashtirish) bir vaqtda paralel kanallarda bajarilishi mumkin va ular muddati tasodifiy kattalik sifatida shakllanadi.
2. Logistik tsiklni tashkil etuvchi operatsiyalarni bajarish muddatlarining tasodifiy taqsimlanishini aniqlashtirish uchun statistik kuzatuvlar o'tkazish lozim.
3. O'tkazilgan statistik kuzatuvlar asosida tsiklni tashkil etuvchi operatsiyalarga sarflanadigan vaqtning har birini tasodifiy taqsimlanish qonuni va parametrlarini aniqlash zarur. Quyidagi 1. rasmda Sh.O. Butayev ilmiy tadqiqot ishlarida logistik tsiklni tashkil etuvchi operatsiyalarga sarflanadigan vaqtning tasodifiy kattalik sifatidagi taqsimlanish zichligi keltirilgan [5].
2-javdal
Logistik tsik bosqichlariga sarflanadigan vaqt muddatlari.
Logistik tsikl bosqichlari Logistik tsikl bosqichlari muddati
[30] manbaa [32] manbaa [33] manbaa
Qiymat intervali Kutilgan qiymat Qiymat intervali Kutilgan qiymat Qiymat intervali
1. Buyurtmani tayyorlash va uzatish ^ 0,5-3 1 0,5-1,5 1 1-5
2. Buyurtmani olish va uni ishlash t2 1-4 2 1-3 2 1-3
3. Buyurtmani komplektlashtirish va tayyorlash t3 1-20 2 1-9 1 1-9
4. Buyurtmani tashish, uni chegaralar, bojxonalar va terminallardan olib o'tish t4 2-10 4 1-9 3 1-5
5. Buyurtmani oxirgi terminaldan buyurtmachi tashkilotga yetkazib berish t5 0,5-3 1 0,5-3 1 1-3
Jami 5-40 10 3,5-20 8 5-25
Logistik tsikl elementlarining tasodifiy kattalik sifatida taqsimlanish qonunlari va parametrlari (1-jadval va 1-rasm1) aniqlangandan so'ng quyidagi statistik ko'rsatkichlarni hisoblash mumkin:
1 EyraeB O.A., CHaH^Ha3apoB K.M., MypogoB A.C., Ky3HeB A.Y. ^orHCTHKa (eTKa3H6 Sepnm 3aH®HpHga o^HM^apHH 6om^apnm). -TomKeHT: Extremum-Press, 2012.-577 6.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI 1. Logistik tsiklning statistik parametrlarini hisoblash [5]. Logistik tsiklning o'rtacha muddati tts uni tashkil etuvchi alohida operatsiyalar o'rtacha muddatlari ti ning yig'indisiga tengdir, ya'ni
N _
t4 = S *i ; 0)
i =1
2- rasm. Logistik tsiklning operatsiyalari vaqtini taqsimlanish zichligi: a) - uzatish; b)- ishlash ; v) - komplektlashtirish; g) - tashish; d) - iste'molchiga
yetkazish; e) - tsikl bo'yicha.
2. O'rtacha kvadrat chetlashuv <Jt:
J =
S < + 2S ri, .i<, (2)
i=1 i<j
bu yerda ti, j - logistik tsikl i - operatsiyasini bajarish muddatining o'rtacha qiymati va o'rtacha kvadratik chetlashuvi;
rtj - tsiklning i va j operatsiyalari orasidagi korrelyatsiya koeffitsienti.
i < j belgisi yig'indi barcha juft tasodifiy kattaliklar bo'yicha amalga oshirilishini ko'rsatadi. Agar ko'riladigan kattaliklar o'zaro korrelyatsion bog'lanishda bo'lmasa, unda ri}. = o bo'ladi va Jt kattalikni hisoblash formulasi soddalashadi, ya'ni
ж
SS Ji2 (3)
i=1
Buyurtmani bajarish tsikli uchun korrelyatsiya matritsasi tuzilishi mumkin, bunda operatsiyalar bajarilishi ketma-ketligini hisobga olsak, barcha i > j holda korrelyatsiya
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
Jt =
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XOJALIKMASHINALARI koeffitsienti nolga teng bo'ladi, ya'ni
r
i j
1 ri2 ri3
O 1 r23
O O 1
1N
r
r 3 N
O
O
O . . . 1
3. Berilgan ishonchlilik ehtimolini ta'minlaydigan logistik tsikl muddatini aniqlash. Logistik tsiklni tashkil etuvchi elementar operatsiyalar vaqtining tasodifiy shakllanishidan "aniq o'z muddatida yetkazish" tushunchasi tsikl vaqtining vujudga kelishiga ishonchlilik chegarasi nuqtai nazaridan yondashuvni taqoza etadi. Masalan, agar tsikl muddatining taqsimlanish funktsiyasi normal qonunga bo'ysunsa, buyurtmani bajarish tsikli vaqtining yuqori ishonchlilik darajasi quyidagicha aniqlanadi [8]:
= t + x(p) , (4)
bu yerda x(p) berilgan p ehtimoliga to'g'ri keladigan normal taqsimlanish qonuniga bo'ysunuvchi t ko'rsatkichning qiymati.
4. Logistik tsiklning "aniq o'z muddatida" bajarish vaqtini aniqlash. Amaliy holatlarda buyurtmachi tovarni aniq belgilangan muddatda yoki ma'lum bir muddatlar oralig'ida yetkazib berishni talab etishi mumkin.
Agar buyurtmachining "aniq o'z muddatida" yetkazib berish talabing vaqtni ma'lum bir aniq qiymati bilan belgilangan bo'lsa, unda buyurtmani bajarish tsikli berilgan ishonchlilik darajasining yuqori chegarasi (qiymati) bilan aniqlanadi va quyidagi formula asosida hisoblanadi [5]:
t™ = t6 + t + x(p)Ct (5)
bu yerda tm - tsikl vaqtining ishonchlilik ehtimolining yuqori chegarasi bo'yicha aniqlangan qiymati;
16 - logistik tsiklning boshlanish vaqti.
Agar aniq o'z muddatida yetkazishni bajarish talabi belgilangan muddat yoki vaqt ko'rinishida emas, balki ma'lum bir oraliq vaqt tarzida berilgan bo'lsa, u holda buyurtma bajarilishining nafaqat yuqori darajasini, shuningdek quyi darajasini ham baholash lozim bo'ladi, ya'ni
tKU = t6 + t - x(P) Ct > (6)
bu yerda tKH - tsikl vaqtining ishonchlilik ehtimolining quyi chegarasi bo'yicha aniqlangan qiymati.
5. Logistik tsiklni aniq o'z muddatida bajarish ehtimolini hisoblash. Mazkur ehtimol ikki holda - 1) berilgan muddatda yetkazib berish ehtimoli yoki 2) berilgan vaqt intervali orasida yetkazib berish ehtimolini hisoblash orqali amalga oshiriladi.
Agar buyurtmani bajarish ehtimoli tsiklning aniq muddati ko'rinishida belgilangan bo'lsa, unda vaqt chegaralarining faqat yuqori ishonchlilik darajasi hisoblanadi. Belgilangan muddatda buyurtmani bajarish ehtimoli quyidagi formula bilan aniqlanadi [5]:
it
p = ^f (7)
V J
bu yerda 0(...)normal taqsimlanish qonunining jadvallashtirilgan qiymati.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
r2 N
p (a < t <ß) = O () - -) (8)
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XOJALIKMASHINALARI
Logistik tsiklni bajarish muddatini ehtimoliy baholash uchun ehtimollar qo g'ozi deb ataladigan grafiklardan, ya'ni muddatning taqsimlanish funktsiyasi grafiklaridan foydalanish mumkin. Taqsimlanish funktsiyasi bo'yicha nafaqat buyurtmani bajarish muddatini aniqlash, balki buyurtmani bajarish muddatining turli qiymatlari ehtimollarini ham belgilash mumkin. Agar yukni yetkazib berish muddati ma'lum bir vaqt oralig'i ko'rinishida, ya'ni "ma'lum muddatdan kech va belgilangan boshqa muddatdan avval emas" shaklida berilsa yoki muddatning ma'lum bir qiymati atrofida va ma'lum bir chetlashuv (qo'shiladigan va ayriladigan) doirasida belgilansa, unda buyurtmani bajarish ehtimoli quyidagicha aniqlanadi [5]:
ß- t a - t
< ß) =°(
<t <t
bu yerda a va ß buyurtmani "aniq o'z vaqtida" bajarilish vaqtining belgilangan quyi va yuqori chegaralari, mos ravishda.
6. Logistik tsiklni "aniq o'z vaqtida" bajarishni optimallashtirish masalasining maqsad funktsiyasini shakllantirish.
Ma'lumki, logistik menejmentning asosiy muammosi - bu logistik tsiklning noaniqligini kamaytirishdir. Umumiy holda noaniqlikning asosiy manbai - bu logistik tsiklni tashkil etuvchi operatsiyalarni bajarilish muddatlari ti larning tasodifiy kattaliklar sifatida shakllanishidir.
Aniq o'z muddatida yetqazish tamoyiliga muvofiq tashkil etilayotgan logistik tsiklni bajarishni optimallashtirish masalasini optimallik mezoni quyidagicha ifodalanadi [8]:
jj Ci (t) - O (t, , < ) ^ min, (9)
i = 1
bu yerda Ci(t) logistik tsiklning i - operatsiyasini bajarishga ketadigan xarajatning mazkur operatsiyani bajarish muddatiga bog'liqligi funktsiyasi;
ti, < - i operatsiya muddatining tasodifiy kattalik sifatidagi parametrlari.
Logistik tsiklning tarkibiy operatsiyalarini bajarishda turli xarakter va yo'nalishdagi xarajatlar mavjudligi ularning yig'indisi minimumga ega bo'lgan funktsiya ekanligini ko'rsatadi. Masalan, har bir i operatsiyani bajarish vaqtini kamaytirish tadbirlari tovarni yetkazib berish xarajatlarini qisqartiradi yoki yuklarni terminal omborxonalarida saqlash vaqtini oshirish yukni olib borish xarajatlarini ko'paytiradi. Shu tufayli (2.8) yig'indisida
O(ti, < ) funktsiya operatsiyalarini bajarish vaqti ti ga va har bir operatsiyani bajarish vaqtini
berilgan ishonchlilik ehtimoliga bog'liq ravishda hamda C, (t) parametriga teskari yo'nalishda
ta'sir etadi.
Agar har bir i operatsiyasini o'tkazish muddatining o'rtacha qiymati ti = const bo'lsa, unda logistik tsiklning noaniqligi o'lchovi sifatida uning dispersiya <rf kattaligini olish mumkin. Bunda (2.8) bog'lanish quyidagicha tus oladi [5]:
N
j Ci (<) -< ^ min, (10)
i=1
bu yerda Ct (<) - tsiklning i - operatsiyasini bajarishga ketadigan xarajatlar bu operatsiyaga sarflanadigan muddat qiymatining tebranishi (noaniqligi) ga bog'liqligi funktsiyasi.
Endi yuqorida bayon etilgan "aniq o'z muddatida" va kam xarjda yetkazishni ishonchli rejalashtirish tamoyilini ro'yobga chiqarish uslubiyotini O'zbekiston Respublikasining markaziy Termiz-Mozori Sharif transport tarmog'i misolida qo'llaymiz. Mazkur tarmoq avtomobil, temir
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
yo'l va daryo kommunikatsiyalarini o'z ichiga oladi.
Aholi soni va turmush darajasining o'sishi natijasida mamlakatimiz yo'llarida transport vositalari jadaligining oshishi kuzatilmoqda. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan transport vositalari zamonaviy moslamalar va texnologiyalar bilan jihozlangan bo'lsa ham transport vositalarini boshqarish avvaldagilardek xavfliligacha qolmoqda. Chunki sodir bo'layotgan yo'l transport vositalarining soni va og'irlik darajasi keltirayotgan moddiy va ma'naviy zarar kamaygani yo'q [6].
Ma'lumki, katta shaharlarda va transport oqimi jadalligi katta bo'lgan avtomobil yo'llarida avariyali holat ehtimolligi yuqori bo'ladi. Mazkur tizim ko'p sonli elementlarga bog'liq va bu borada hech bir narsa o'z vaqtida amalga oshirilmasa noxush holatlarning oldini olish murakkablashadi. Shunga qaramasdan har doim ham ijobiy o'zgarishlar uchun imkoniyat topiladi, ya'ni tavakalchilik holatlardan chiqish va salbiy ta'sirlarni minimalla shtirish mumkin bo'ladi. Biroq, bu muammoni hal etishning qisqa muddatli, miqdoriy yechimi hisoblanadi, ya'ni uni butunlay bartaraf etishning imkoni bo'lmaydi, Chunki avtomobillarning soni trassada oshib boraveradi.
Respublika mahsulot ishlab chiqaruvchilarining o'z mahsulotini ichki va tashqi bozorlarga olib chiqish talablarini qondiruvchi xavfsiz va kam xarj transport tarmoqlarini rivojlantirish dolzarb masaladir.
Yuqorida keltirilganlarni hal yetish uchun ekspertlar tomonidan bir necha usullar A.O.Merenkov tomonidan tavsiya etilgan [11]:
-ekstensiv, yo'l infratuzilmasini qurish;
-intensiv, transport oqimini optimallashtirish va boshqarishda intellektual transport tizimlari (ITT)ni qo'llash.
Shuning uchun bu muammoni intellektual transport tizimi sifatli hal etishi mumkin, bunda fan va texnikaning yutuqlaridan samarali foydalaniladi. ITT barcha yo' l harakati ishtirokchilari uchun ma'lumotlarni yig'ish, qayta ishlash va yetkazishda zarur bo'lgan jihozlar, dasturiy ta'minot va tarmoqlarning birlashtirilishi yordamida bunday samaradorlikga erishiladi2.
Iqtisodiy hudud yoki mintaqada tashish oqimlarini samarali tashkil etish uchun transport kommunikatsiyalarini optimal joylashtirish va rivojlantirish masalalari doimo olimlar va mutaxassislar diqqat markazida bo'lgan. Ilgarilari bajarilgan ilmiy ishlarda transport tarmo g'ini rivojlantirishning oqilona variantini izlash muammolari umumiy ko'rinishda berilmagan. Transport tarmog'ini kelajakdagi rivojlantirish variantlarini belgilashda chuqur nazariy bilim va tajribaga asoslangan hamda muhandislik ishlanmalari talab etiladi.
Yuk va yo'lovchi tashishning asosiy vositasi bo'lgan avtomobil yo'llari tarmog'ini optimal rejalashtirish va shu asosda kamxarj yo'l tarmoqlarini loyihalash asoslari V.N.Obraztsov, D.A.Vulis, V.G.Nezabudkin, A.K.Birulya, Dj.K. Tenar, S.V. Meydj va boshqalar ilmiy tadqiqotlarida o'z aksini topgan.
Transport oqimi jadalligiga asoslangan holda transport tarmog'ini ratsional rivojlantirish doirasidagi keyingi ilmiy-tadqiqotlar Ye.M.Vasileva, A.S. Kudryavtsev, V.E.Kaganovich, S.V.Krapivin, G.A. Polyakov, Ya.V.Xomyak, V.N.Livshits, V.V.Silyanov, E.R. Domke, V.F.Babkov, B.S.Kozin, V.N.Bugromenko, A.A.Zenkin, B.A. Volkov, I.V.Turbin, M.Kwan, W.Foster, A.Valdes va shu kabi olimlar tomonidan bajarilgan. Yuqorida keltirilgan olimlarning ilmiy izlanishlarida samarali transport tarmog'ini shakllantirish uslublari mexanikaning talab va qoidalari inobatga olingan holda matematik modellashtirish usullaridan keng foydalanishni
2
1. " П Автомобиль транспортини бо lu кар и lu тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тугрисида/ Узбекистан Республикаси Президентининг Карори. Тошкент шахри, 2018 йил 6 март, ПК-3589-сонли.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
nazarda tutgan holda yaratilgan.
Bir necha yuk jo'natuvchi va qabul qiluvchi punktlar o'rtasida o'zaro aloqa yo'lini topish uchun asosiy magistral qurish uslubidan K.I.Andronikashvili foydalanish taklif etilgan.
Transport uchastkalarida yuk tashishga kam vaqt sarf etish shartidan kelib chiqib yo'llarning ayrilish nuqtalarini aniqlashni I.A.Romanenko tavsiya etganligi A.Kuziyev ishlarida keltirib o'tilgan.
Tashishga minimal vaqt sarf etish shartidan kelib chiqilgan holda yuqorida ko'rilgan uslublar deyarli ideallashtirilgan holatlarda yo'l tarmog'i ayrim uchastkalarining oqilona konfiguratsiyasini tuzishdan iborat. Aytilganlarga ko'ra yuqorida keltirilgan usullar sof ilmiy ishlanmalar doirasida qolgan bo'lib, ular amaliyotdagi oddiy holatlar uchun transport tarmog'ini yaratish masalalarini yechishda foydalanish mumkin [7].
Termiz-Mozori Sharif yo'nalishi bo'yicha yuk tashish vaqtlari turli xil tashish sxemalari uchun quyidagi jadvalda keltirilgan.
3-jadval
Avtomobil transportida tashish _
Vaqt davomiyligi, minut Bajarilgan ishga to'lov, so'm
1 Ro'yxatdan o'tish 10 30000
2 Deklaratsiya hujjatlarini rasmiylashtirish 15 500000
3 Bojxona xodimlari tomonidan yukni ko'rikdan o'tkazish 35
4 SES xodimlari tomonidan yuklar tahlili va ularning xulosasi 90 300000
5 Termiz-Mozori Sharif yo'nalishi bo'yicha harakatlanishi 120 2500000
jami 270 3330000
4-jadval
Avtomobil-Temir yo'l-Avtomobil sxemasida tashish_
Vaqt davomiyligi, minut Bajarilgan ishga to'lov, so'm
1 Ro'yxatdan o'tish 10 30000
2 Deklaratsiya hujjatlarini rasmiylashtirish 20 1000000
3 Bojxona xodimlari tomonidan yukni ko'rikdan o'tkazish 35
4 SES xodimlari tomonidan yuklar tahlili va ularning xulosasi 90 300000
5 Avtomobildan yuk omborga tushiriladi (25 tonna uchun) 70 300000
6 Yuklar omborda saqlanishi(1 kun) 1440 250000
7 Temir yo'l transportini qabul qilish (bir vagon uchun) 20 300000
8 Yuklarni temir yo'l transporti vositalariga yuklash 240 1400000
9 Termiz-Mozori Sharif yo'nalishi 120 5000000
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI
bo'yicha harakatlanishi
jami 2045 8580000
5-jadval
Avtomobil-Daryo porti-Avtomobil sxemasida tashish_
Vaqt davomiyligi, minut Bajarilgan ishga to'lov, so'm
1 Ro'yxatdan o'tish 10 30000
2 Deklaratsiya hujjatlarini rasmiylashtirish 20 500000
3 Bojxona xodimlari tomonidan yukni ko'rikdan o'tkazish 35
4 SES xodimlari tomonidan yuklar tahlili va ularning xulosasi 90 300000
5 Avtomobildan yuk omborga tushiriladi (25 tonna uchun) 70 300000
6 Yuklar omborda saqlanishi(1 kun) 1440 300000
7 Daryo transportini qabul qilish (bir vagon uchun) 30 300000
8 Yuklarni daryo transporti vositalariga yuklash 150 500000
9 Yuklarni daryo transporti vositalarida tashish 45
10 Yuklarni daryo transporti vositalaridan tushurish 35
11 Yuklarni maydonda saqlash 120 250000
12 Avtomobil transportiga yuklarni ortish 90 300000
13 Termiz-Mozori Sharif yo'nalishi bo'yicha harakatlanishi 150 500000
jami 2285 3280000
Har xil transport turlarida yuk tashishni optimal taqsimlash modellari
Mahalliy avtomobil yo'l tarmog'ini rivojlantirishni optimal rejalashtirish bo'yicha A.Kuziev ilmiy ishlarida keltirib o'tilgan bo'lib, bunda yuk tashish yo'l sxemasini loyihalash uchun transport bog'lanishlari ro'yxati, yuk jo'natuvchi va qabul qiluvchi punktlar va ularning ma'lumotlari ko'rsatilgan holdagi loyihalanayotgan hudud xaritasi boshlang'ich ma'lumotlar hisoblanishi keltirib o'tilgan va masalani yechish uchun maxsus jadval keltirilgan (jadval) [8].
6-jadval
Yo'l-transport aloqalarining maxsus jadvali __
1 2 3 4 5 6 7 n
l ll-2 l1-3 ll-4 ll-5 ll-6 ll-7 ll-n
Q Ql-2 Qi-3 Ql-4 Ql-5 Ql-6 Ql-7 Ql-n
lmin - - - - - - -
I Qn - - - - - - -
L L1-2 L1-3 Ll-4 Ll-5 Ll-6 Ll-7 Ll-n
Jadvalning ustunlarida yuk jo'natuvchi va qabul qiluvchi punktlarning raqamlari o'sib
borish tartibida joylashtirilgan. Birinchi qatorda tanlangan punktdan qolgan hamma
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI punktlargacha bo'lgan l masofa, ikkinchisida yuk jo'natuvchi va qabul qiluvchi punktlar Q o'lchami, uchinchisida lmin, to'rtinchida IQn va beshinchi qatorda - L uzunlik keltirilgan.
I Qn va L -uzunliklar l va Q qator ma'lumotlari bo'yicha aniqlanadi. Masala quyidagi
tartibda yechiladi 2.1-jadval bo'yicha li _ j ning eng kichik qiymati aniqlanadi. Faraz qilaylik bu li-4 bo'lsin. Shu bilan birinchi iteratsiya tugaydi va shu tartibda optimal yo'l sxemasi aniqlanmaguncha davom ettiriladi.
Tanlangan qisqa masofa va hisoblangan umumiy yuk miqdori asosida keltirilgan L uzunlik quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi va L qatoriga yoziladi [7].
'..... (ii)
L —
IQ
Masalani yechishning keyingi bosqichida "qo'shimcha tugunli nuqtalar" quyidagi formula bo'yicha aniqlanishi ko'rsatib o'tilgan.
_ Qni - Qn 2 )TM • b + a(AM-Aff 2 )
vUSw — / \
aM + bT (Qnl + Qn 2 ) bu yerda ^ _ asos sifatida qabul qilingan zvenodagi transportli tashish tannarxi;
T _ o'tish yo'li sifatida qabul qilingan zvenodagi transportda tashish tannarxi;
AM _ uchastkaning birikish nuqtasidan 1-nuqtasigacha yuk oqimi oshishiga asoslangan yo'l harajatlari;
AM _ xuddi shunday, uchastkaning birikish nuqtasidan 2-nuqtagacha yuk oqimi oshishiga asoslangan yo'l xarajatlari;
Q va b _ tarmoq samaradorligi normativ koeffitsientini va yuk oboroti o'sishning o'rtacha yillik koeffitsientini hisobga oluvchi koeffitsientlar, mos ravishda.
Avtomobil yo'l tarmog'ining optimal joylashgan tugun nuqtalarini aniqlash hozirgi vaqtda ham dolzarb hisoblanadi. Mazkur metod bo'yicha hisob ishlarini bajarishda katta hajmdagi parametrlarning mavjudligi ratsional yechimlar olishda noqulayliklarni keltirib chiqaradi.
Eng qisqa bog'lovchi tarmoqlarni biriktirish usulining kamchiligi ko'rilayotgan tarmoqning shakllanishida va turli peregonni hisobdan chiqarishda uchastkalar uchun tranzit hisoblangan qo'shimcha yuk oqimi paydo bo'ladi [9].
Bundan tashqari A.Kuziyev ilmiy-tadqiqot ishlarida kombinatorli tahlil modellari tahlil
etilgan.
Kombinatorli metodning afzalligi etib, loyihalashning dastlabki bosqichida optimal bo'lmagan yo'l tarmoqlari hisobdan chiqarilishi ko'rsatib o'tilgan.
Kombinatorli tahlil masalaning matritsa shaklini jadval ko'rinishida quyidagicha tasvirlash mumkinligi ko'rsatib o'tilgan (7-jadval)3.
1. Yechimning boshlang'ich varianti tanlanadi (masalan, transport aloqa sxemasi). Buning uchun transport va yo'lning umumiy xarajatlari qiymati aniqlanadi. Har bir yo'nalishdagi yo'lning mos kategoriyalari uchun boshlang'ich sxemalar qurish shartli qabul qilinadi.
7-jadval
1 2 J N n+1 n+2
1 P11 •Xn P12 12 P1j •X 1j P1n 1n n I nij •Xij j—1 D1 -Ü1
3 .Kuziyev.A.Yer usti transport tizimlarining rivojlantirish usullari(Surxondaryo viloyatida yuk misolida) dissertatsiya. -T. :2010.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI
2 P21 ^X21 P22 ^X22 P2j •X 2j P2n • X 2n n Z n 2, • X 2j j=1 D2 -U2
i P i1 •Xu P i2 •Xi2 P ij'Xi j P •X P in • Xin n Z n, ■X , j=1 Di •Ui
m P m1 •X m1 P m2 ^Xm2 P •X Pmj Xmj P •X P mn • Xmn n Yn . X Z mj mj j=1 Dm •Um
m+1 Z na • Xa 1=1 m Z n 2 • Xa i=i m Z n, •X j 1=1 m Z nn ■ X in 1=1 m n Z Z n ■ x, 1=1 j=1 m Z m 1 1=1
2. Variantlarni taqqoslash maxsus jadvalda amalga oshiriladi va ushbu ko'rsatkichlardan iborat: berilgan guruhning variant tartibi, chiqarilayotgan (qo'shilayotgan) uchastka nomi, variantlar bo'yicha yo'l xarajatlari qiymati, tashish xarajatlari qiymati. Vertikal grafalar soni berilgan guruhdagi variantlar sonidan aniqlanadi (8-jadval).
8-jadval
Variantlarni taqqoslashning maxsus jadvali_ _
Variantlar tartibi 0 1 2 I M
Hisobdan chiqarilayotgan uchastka - (i-2) (i-3) (i-l) (n-p)
Hisobdan chiqarilgan uchastkadagi yuk uchun yangi yo'nalish - (1-3)+(3+2) (1-2)+(2+3) (i-k)+(k-l) (n-o)+(0-p)
Yo'l xarajatlari ming.so'm Do D1 D2 Di Dm
Tashish bo'yicha xarajatlar, ming.so'm Po P1 P2 Pi Pm
Jami, ming.so'm To T1 T2 Ti Tm
Izoh
A.Kuziev kombinatorli usulning kamchiligi sifatida quyidagilarni ko'rsatib o'tgan: kerakli boshlang'ich ma'lumotlarni tayyorlash bo'yicha dastlabki ishlar hajmining kattaligi; transport aloqasi mavjud bo'lgan punktlar soni o'sishi bilan harakatlanish mumkin bo'lgan yo'l tarmog'ining variantlari oshadi va real sharoitlarda yo'l tarmog'ining optimal variantini izlashning murakkablashishi; yo'l sharoitlarini yaxshilash bo'yicha ko'rilayotgan dastlabki tadbirlarni belgilashda cheklanishning mavjudligi; hisoblash jarayonining qiyosan katta hajmdaligi.
Keyingi usullardan biri yuk oqimlarini optimallashtirish usullaridan biri mulbtitarmoq usuli hisoblanadi.
Yuk oqimlari multitarmoq yoyining o'tkazish qobiliyatini hisobga olgan holda qisqa yo'l bo'yicha taqsimlanadi. To'ldirish me'yori talabiga javob bergan yoy tarmoqdan o'chiriladi. Keyin qolgan yuk oqimi qisqa yo'l bo'yicha taqsimlanadi.
Multimodal tashish marshrutlarini rejalashtirish masalalarida qisqa yo'l algoritmi (KSP)dan foydalanish maqsadga muvofiqligi va optimal yechimlar olishda samara berish
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
Scientific Journal Of Mechanics And Technology ISSN 2181-158Х, Volume 5, Issue 1, Special Issue 2024 AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
imkoniyatlari Liu H., Jin C., Yang B., Zhou A. tadqiqotlarida aks etgan. Qisqa yo'l algoritmi (KSP) afzalliklarga ega ekanligi, u optimal va barqaror (stabil) yechimlar olish mumkinligini bayon etgan.
Shunday qilib, mazkur ishda bir nechta sxema olish uchun KSP algoritmi multimodal tashishning ko'pmarshrutli masalasini yechish uchun foydalaniladi.
Uzun o'lchovli va nogabarit yuklarni multimodal tashishning ko'p marshrutli masalasini yechishda transport tarmog'i vertual tarmoqga o'zgartirish, ya'ni ko'p prizmali tarmoq ko'rinishdagi yechimga olib kelingan va Yen J.Y. algoritmi takomillashtirilgan Yan Luo, Yinggui Zhang, Jiaxiao Huang, Huiyu Yang.
Umumiy xulosalar
1. Dastlabki bajarilgan ilmiy-tadqiqotlarda tashish-transport tarmog'i uchastkalari qurishning oddiy holatlarida qo'llaniladigan analitik, grafik va grafoanalitik usullar ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan.
2. Manzillarni eng qisqa yo'l bilan bog'laydigan tashish tarmoqlarini optimal shakllantirish borasida ishlab chiqilgan model va usullar tahlil etilgan.
3. Tahlilar asosida eng qisqa bog'lovchi tarmoqlarni biriktirish usulida ko'rilayotgan uchastka tranzit bo'lib o'tayotgan qo'shimcha yuk oqimi hisobga olinmasligi va bunday holat ko'zda tutilayotgan tashish xarajatlarini, olinadigan yechim optimalligini sezilarli darajada o'zgartirishi mumkinligi ko'rsatib o'tildi.
4. Tahlillar asosida tashish oqimlarini yo'l tarmog'i bo'yicha optimal taqsimlashning kombinatorli tahliliga asoslangan modeli shakllantirilgan va uni yechish tartibi ko'rsatib berilgan.
Me'yoriy manbaalarni o'rganish va transport tarmog'ini rivojlantirishning amaliy tajribalari hudud transport tarmog'ini rivojlantirish uchun qo'shimcha tadqiqotlar olib borish zarurligini ko'rsatdi.
ADABIYOTLAR
1. Кузиев А. Алгоритм распределения грузопотоков на единой транспортной мультисети для рационального развития полигона транспортной сети//Вестник ТГТУ -Ташкент, 2007. №1. -С.112-114
2. SHermuxamedov A., Kuziev A.O'., Tog'aev A.Multitarmoqda istiqbolli tashishning taqsimlanishi va transport tarmog'i poligonini rivojlantirish masalasini yechishning kompyuter dasturi/ (№DGU 07111).-2019.
3. Yan Luo, Yinggui Zhang, Jiaxiao Huang, Huiyu Yang. (2020) Multi-route planning of multimodal transportation for oversize and heavyweight cargo based on reconstruction//Computers and Operations Research. Рр. 1-13.
4. Бауэрсокс Дональд Дж., Клосс Дейвид Дж. Логистика: интегрированная цепь поставок.-М.: Олимп-Бизнес, 2001.-640 с.
5. Bo'taev SH.A., Sidiqnazarov Q.M., Murodov A.S., Qo'ziev A.O'. Logistika (etkazib berish zanjirida oqimlarni boshqarish).-Toshkent: Extremum-Press, 2012.-577 b.
6. Kuziev A., Shermukhamedov A. Solution of the problem of optimal distribution of cargo flows in the region and the development of its transport network. International Journal of Mechanical and Production Engineering Research and Development (IJMPERD) ISSN (P): © TJPRC Pvt. Ltd// http://www.tjprc.org/publishpapers/2-67-1599292919-IJMPERDJUN20201083.pdf
7. Кузиев А. О решении задачи оптимального развития единой транспортной сети//Вестник ТИИЖТ. -Ташкент, 2007, -№3/4.-С.85-88.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
8. Кузиев А. Структура программ алгоритма распределения грузопотоков на транспортной сети//Сбор. науч. трудов ТТИ. - Душанбе, 2007. -С. 46-49
9. Kuziev A.O'. Hududda istiqboldagi oqimlarni o'zlashtirishda multimodal tashishni qo'llash// Logistika va iqtisodiyot ilmiy elektron jurnali №3, 2021.-198-204 b.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son