Научная статья на тему 'AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YUKLARNI TASHISHDA ZAMONAVIY TIZIMLARINI JORIY ETISH SAMARADORLIGI'

AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YUKLARNI TASHISHDA ZAMONAVIY TIZIMLARINI JORIY ETISH SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
162
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
логистика сроки доставки / транспортная инфраструктура / организация международных перевозок / система навигации / поток автомобилей / грузооборот / направление движения / интеллектуальная транспортная система / автомобильный транспорт / безопасность дорожного движения / logistics delivery times / transport infrastructure / organization of international transport / navigation system / traffic flow / cargo turnover / direction of movement / intelligent transport system / road transport / road safety

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Israilov Fazil Ismailovich

Maqolada transport muammolarini hal qilish uchun linyadagi transport harakatini nazorat qilish jarayoniga aqilli tizimlarini joriy etish maqsadga muvofiqligiga, ulardan foydalanish avtomobil yoʻllarining tirbandligini kamaytiradi va ularning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshiradi, avtomobil transportidan foydalanishni optimallashtirish harakat yoʻnalishi va tezligini aniqlash; avtomobilning barcha harakati va holati toʻgʻrisida aniq maʼlumotlarni olish; avtomobil haydovchisining xavfsizligini oshirish; shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda harakatlanayotgan avtomobillarning ruxsat berilmagan toʻxtashlari va koʻzda tutilmagan harakatini cheklash; aniq maʼlumotlar asosida avtomobillarning harakat oqimi va moddiy oqimlar harakatini prognozlashtirish va boshqarish; oʻrnatilgan marshrutlardan cheklanishlarni nazorat qilish va umuman transport kompleksi xizmatlarining sifatini oshirish masalasiga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Effectiveness of implementing modern cargo transportation systems

В целях решения транспортных проблем в статье рассматривается целесообразность внедрения интеллектуальных систем в процесс управления движением на линии, их использование позволит уменьшить заторы на дорогах и увеличить их пропускную способность, оптимизировать использование дорожного движения, определять направление и скорость движения. ; получить точную информацию обо всех перемещениях и состоянии автомобиля; повысить безопасность водителя автомобиля; ограничение несанкционированных остановок и непреднамеренного движения автомобилей, движущихся по междугородным и международным маршрутам; прогнозирование и управление потоками транспортных средств и материальных потоков на основе точных данных; направлены на контроль ограничений на установленных маршрутах и повышение качества услуг транспортного комплекса в целом.

Текст научной работы на тему «AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YUKLARNI TASHISHDA ZAMONAVIY TIZIMLARINI JORIY ETISH SAMARADORLIGI»

УДК 656.073

AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YUKLARNI TASHISHDA ZAMONAVIY TIZIMLARINI JORIY ETISH SAMARADORLIGI

Israilov Fazil Ismailovich JizPI, katta o'qituvchi, +998933015871, [email protected]

Annotatsiya. Maqolada transport muammolarini hal qilish uchun linyadagi transport harakatini nazorat qilish jarayoniga aqilli tizimlarini joriy etish maqsadga muvofiqligiga, ulardan foydalanish avtomobil yo'llarining tirbandligini kamaytiradi va ularning o'tkazuvchanlik qobiliyatini oshiradi, avtomobil transportidan foydalanishni optimallashtirish harakat yo'nalishi va tezligini aniqlash; avtomobilning barcha harakati va holati t o'g'risida aniq ma'lumotlami olish; avtomobil haydovchisining xavfsizligini oshirish; shaharlararo va xalqaro yo'nalishlarda harakatlanayotgan avtomobillarning ruxsat berilmagan to'xtashlari va ko'zda tutilmagan harakatini cheklash; aniq ma'lumotlar asosida avtomobillarning harakat oqimi va moddiy oqimlar harakatini prognozlashtirish va boshqarish; o'rnatilgan marshrutlardan cheklanishlarni nazorat qilish va umuman transport kompleksi xizmatlarining sifatini oshirish masalasiga qaratilgan.

Аннотация. В целях решения транспортных проблем в статье рассматривается целесообразность внедрения интеллектуальных систем в процесс управления движением на линии, их использование позволит уменьшить заторы на дорогах и увеличить их пропускную способность, оптимизировать использование дорожного движения, определять направление и скорость движения. ; получить точную информацию обо всех перемещениях и состоянии автомобиля; повысить безопасность водителя автомобиля; ограничение несанкционированных остановок и непреднамеренного движения автомобилей, движущихся по междугородным и международным маршрутам; прогнозирование и управление потоками транспортных средств и материальных потоков на основе точных данных; направлены на контроль ограничений на установленных маршрутах и повышение качества услуг транспортного комплекса в целом.

Abstract. In order to solve transport problems, the article considers the feasibility of introducing intelligent systems into the process of traffic control on the line, their use will reduce traffic congestion and increase their capacity, optimize the use of traffic, determine the direction and speed of movement. ; get accurate information about all the movements and condition of the car; improve the safety of the driver of the car; limit unauthorized stops and unintentional movement of cars moving on intercity and international routes; forecasting and management of flows of vehicles and material flows based on accurate data; aimed at controlling restrictions on established routes and improving the quality of services of the transport complex as a whole.

Kalit so'zlar: logistika, yetkazib berish muddati, transport infratuzilmasi, xalqaro tashishlarni tashkil etish, navigatsiya tizimi, avtomobillarning harakat oqimi, yuk aylanmasi,

harakat yo'nalishi, aqlli transport tizimi, avtomobil transporti, harakat xavfsizligi.

Ключевые слова: логистика сроки доставки, транспортная инфраструктура, организация международных перевозок, система навигации, поток автомобилей, грузооборот, направление движения, интеллектуальная транспортная система, автомобильный транспорт, безопасность дорожного движения.

Keywords: logistics delivery times, transport infrastructure, organization of international transport, navigation system, traffic flow, cargo turnover, direction of movement, intelligent transport system, road transport, road safety.

KIRISH. Biz bugun axborotlashgan jamiyatlar dunyosida, tobora rivojlanayotgan globallashuv jarayonlari, axborot kommunikatsiya va internet texnologiyalari hamda intellektual taraqqiyot hal qiluvchu rol o'ynayotgan bir jamiyatda yashamoqdamiz. Respublikamizda davlat miqiyosida ushbu sohalarga alohida axamiyat berib kelmoqda. Hozirgi kunda inson faoliyatida ma'lumotlar bazasi kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim o'rin tutmoqda. Raqamli va axborot kommunikatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma'lumotlarning tez o'zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma'lumotlarni o'z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma'lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma'lumotlar bazasini yaratish, so'ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo'lib qolmoqda [1-3].

Logistikada iqtisodiy rayonlar, kompaniyalar, korxonalar va firmalarni bog'lash uchun transport alohida muhim rol o'ynaydi. Moddiy resurslar va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishdan sanoat yoki shaxsiy iste'mol sohasiga o'tkazib, transport moddiy ne'matlarni ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son farmonida "Mamlakatimizda transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta'minlash, transport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, soha uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo'naltirilgan keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi" - deb takidlaganlar va sohani yanada rivojlantirish uchun O'zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil qilindi [1]

ADABIYOTLAR TAHLILI

Ayni paytda logistika muammolarini hal qilishda ishtirok etmayotgan har qanday savdo yoki ishlab chiqarish korxonasini tasavvur qilish qiyin [6-15]. Shunday qilib, korxona faoliyatida logistika T. Allegri fikriga ko'ra, kompaniya tovar, moliyaviy va axborot oqimlarini optimallashtirish imkonini beradi "sezilarli xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar sotib olish va tovarlar yyetkazib berish o'rtasidagi vaqt oralig'ini kamaytirishdir".

TADQIQOT METADALOGIYASI

Bir qancha rivojlangan mamlakatlar, jumladan, АQSH, Yaponiya, Yevropa, Rossiya transport harakati oqimlarini boshqarishning tamoman yangi tamoyillarga asoslangan yangi

usullarini qo'llashga kirishdilar. Shu jumladan, O'zbekistonda ham istiqbolli bo'lgan global kosmik navigatsiya tizimini qo'llash yo'lga qo'yilmoqda[2]. Yuk tashish sohasida faoliyat yuritadigan har qanday transport kompaniyasining asosiy maqsadlaridan biri tashish tannarxini va amortizatsiya xarajatlarini kamaytirish yo'llarini topishdir. Tashiladigan tovarlarning turiga qarab, transport xarajatlari ushbu moddiy ne'matlarning umumiy qiymatining 40% dan ko'prog'ini tashkil qilishi mumkin [3]. Statistika ma'lumotlariga qaraganda yuk tashish hajmi va yuk aylanmasi avtomobil transportiga eng yuqori ko'rsatkich to'gri keladi (1-jadval) [4]. Bizga ma'lumki avtobil transportida yuk tashish boshqa transport turlariga nisbatan xavfi yuqori. Bundan ko'rinib turibdiki yuklarni tashish xavfsizlik darajasini oshirish muhim rol o'ynaydi.

1-jadval

Transport turlari bo'yicha yuk tashish va yuk aylanmasi

2018 2019 2020 2021 2022

Jo'natilgan yuklar, mln.t 1 243,0 1 319,8 1 366,7 1 420,2 1 398,9

Temir yo'l б8,4 7G,1 7G,6 72,G 73,б

Avtomobil 1 1G2,2 1 177,7 1 238,2 1 282,G 1 2б1,7

Quvur yo'li 72,4 72,G 57,9 бб,2 б3,5

Havo yo'li, ming 13,1 1G,4 5,3 9,1 1G,G

Yuk aylanmasi, mlrd. t-km 71,3 72,6 66,9 74,8 75,2

Temir yo'l 22,9 23,4 23,б 24,б 24,9

Avtomobil 14,б 15,9 1б,2 19,1 2G,2

Quvur yo'li 33,б 33,2 2б,8 3G,8 29,7

havo yo'li, mln. t-km 123,5 119,G 219,G 3G3,5 322,7

Nazariy jihatdan, tashilgan yukni o'z vaqtida manzilga yetib bormasligi, yoqilg'i sarfi me'yoridan ko'p sarflanishi, rejadan tashqari marshrutlar yoki haydovchining haddan ziyod tez-tez dam olishi ehtimoli holatlari mavjud. Bularning barchasi yukning shikastlanishi yoki sifati yo'qolishi xavfini oshiradi, bu esa o'z navbatida iqdisodiy ko'rsatkichlar samaradorligiga ta'sir qiladi. Yevropa davlatlari, AQSH, Yaponiya va boshqa ko'plab davlatlarda GPS tizimi avtomobilning standart uskunalaridan biriga aylangan va yaqin 5-6 yildan buyon samarali ishlatilib kelinmoqda. Bugungi kunda transportning barcha turlarini GPS tizimi orqali nazorat qilish mumkin (1-rasm). Xalqaro tajribadan ma'lumki, GPS tizimidan foydalanish yuqori samaradorligini ko'rsatmoqda. AQSHda.

1-rasm. Transport vositalarini GPS orqali nazorat qilish

50% dan ko'p logistik kompaniyalar ushbu tizimdan foydalanmoqda, yaqin yillarda yana 30% kompaniyalarning ulanishi ko'zda tutilgan. Polsha logistik kompaniyalarining 70 foizi ushbu tizimdan foydalanmoqda. Yaqin 2-3 yil ichida Xitoyda 500 mingga yaqin avtomobilni tizimga ulash rejalashtirilgan [5].

Transport infratuzilmasini rivojlantirish va transportning barcha turlarini navigatsiya bilan ta'minlashni geodeziya va kartografiya tomonidan yaratilgan va ta'minlangan. Yer yuzasidagi obyektlar to'g'risidagi zamonaviy. ishonchli ma'lumotlarsiz amalga oshirish mumkin emas.

Ushbu ma'lumot transportning barcha turlarida tashishni tashkil qilish uchun, birinchi navbatda, transportai navigatsiya tizimlari bilan ta'minlash masalasini joriy qilishda juda muhimdir. Navigatsiyaning asosiy maqsadi - berilgan koordinatalar tizimidagi obyektning aniq joylashishini doimiy ravishda aniqlash va uning navigatsiya parametrlarini va u harakatlanadigan relef haqidagi ma'lumotlarni olish va qayta ishlash asosida ushbu obyektl uchun optimal marshrutni topishdir. Navigatsiyaning eng zamonaviy usullari astronomik va radiotexnikadir. Astronomik usullar tanlangan koordinatalar tizimiga nisbatan ma'lum samoviy jismlarning o'rnini aniqlashga asoslangan. Radiotexnika usullari turli xil yerdagi vasun'iy yo'ldosh navigatsiya tizimlarining (GPS, GLONASS, Galileo) bort asboblariga har qanday ob-havo sharoitida joylashuvni va kerak bo'lganda tezlikni tez va avtomatik aniqlash va ko'rsatish imkonini beradi. Harakatda GPS, GLONASS va boshqalar sun'iy yo'ldosh tizimlari yordamida aniqlanadigan koordinatalar 5-10 m aniqlik berishi mumkin. Ularni yaxshilash uchun differensial stantsiyalar yoki koordinatalar doimiy ravishda kuzatib boriladigan va tuzatishlar kiritiladigan nuqtalar mavjud. Ushbu tuzatishlar taxminan 30-50 km masofada barqarordir va agar ularni harakatlanuvchi obyektga o'tkazilsa, ushbu obyektning koordinatalarini aniqlashning aniqligini oshirishi mumkin. Navigatsiyani qo'llab-quvvatlash tizimi - bu har qanday ob-havo sharoitida tezkor, yuqori aniqlikdagi, navigatsiya va kartografik-geodeziya vositalaridan foydalanish uchun mo'ljallangan tashkiliy, texnik, dasturiy ta'minot, axborot va texnologik vositalar to'plami hisoblanadi (2-rasm).

2-rasm. Yuk avtomobillarini GPS/GLONASS orqali monitoring qilish

GPS monitoring tizimi parkdagi barcha avtotransport vositalarining harakatini xaritada kuzatish va ularning har birining joriy holatini (tezlik, muzlatgichdagi harorat, yuk b o'limining ochilishi va hokazo) kuzatish imkonini beradi. Avtotransportning belgilangan linyadagi harakatlanish shartlaridan har qanday og'ishi darhol tizim foydalanuvchisiga xabar qilinadi.

Yoqilg'i sarfini nazorat qilishni haydovchilarning transport vositasini boshqarish samaradorligini oshirish orqali xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi. Avtotransportga o'rnatilgan GSM terminallari avtomobil signalizatsiyasini to'liq almashtirish yoki unga qo'shimcha sifatida ishlatilishi mumkin, bu esa ishonchli xavfsizlik tizimini tashkil qilish imkonini beradi [6]. GPS-monitoring tizimi avtomobil harakati haqida to'plangan ma'lumotlar asosida turli hisobotlarni olish mumkin. Bular yoqilg'i sarfi, yurgan masofasi, ish vaqti va to'xtab qolgan vaqtlar, amalga oshirilgan qatnovlar soni, tezlikni oshirish, maxsus mexanizmlarning ishlashi va boshqalar to'g'risidagi ma'lumotlar berib boriladi. Obyektning koordinatalari, tezligi, balandligi va boshqalar GPS texnologiyasi yordamida aniqlanadi, qolgan ma'lumotlar GSM/GPRS terminali orqali uzatiladi. GSM /GPRS terminalidan serverga olingan ma'lumotlar u tomonidan qayta ishlanadi va ma'lumotlar bazasida saqlanadi. Agar GSM/GPRS tarmog'i qamrovi bo'lmasa, u holda ma'lumotlar bazasida to'planadi va tarmoq paydo bo'lganda uzatiladi. Dasturiy ta'minot juda ko'p turli formatdagi elektron xaritalarni, shu jumladan Google, Yahoo, Yandex va boshqalar serverlaridan real vaqtda yuklab olingan Internet xaritalarini qo'llab-quvvatlaydi. GPS-ga qo'shimcha sensorlarni ulash orqali qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lgan keng qamrovli monitoring tizimini yaratishingiz mumkin:

> tezlikni boshqarish, ruxsat etilgan maksimal tezlikdan oshib ketganligi to'g'risida xabar berish.

> belgilangan diapazondan yuqori harorat haqida xabarnoma (haroratni nazorat qilishni talab qiladigan yuklarni tashishda muhim ahamiyatga ega).

> yoqilg'i quyilishini, uning darajasi va sarflanishini, shuningdek yoqilg'i quyish punktlarini nazorat qilish.

> yuk bo'linmasining ochilishi - yopilishini boshqarish.

> yuklangan uskunani aniqlash

> haydovchining shaxsini aniqlash va yuk mashinasi kabinasida yo'lovchining borligini tekshirish orqali.

> avtotransport vositalarining ruxsat etilgan vaqtidan oshib ketishi to'g'risida bildirishnoma.

ITT bu transport tizimlarini modellashtirish va transport oqimlarini tartibga solishda innovatsion ishlanmalardan foydalanadigan aqlli tizim bo'lib, so'ngi iste'molchilarga ko'proq ma'lumot va xavfsizlikni ta'minlaydi va an'anaviy transport tizimlariga nisbatan y o'l harakati ishtirokchilarining o'zaro ta'sirini sifat jihatidan oshiradi. ITTning rivojlanishining mohiyati, shu jumladan, haydovchi va yo'lovchining transport jarayonlarining hozirgi holati to'g'risidagi dolzarb va ishonchli transport ma'lumotlariga xizmat ko'rsatish va boshqaruv tizimlari orqali shahar bilan o'zaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga asoslangan infratuzilma obyektlari boshqaradi. Qabul qilingan ma'lumotlarga asoslanib, yo'l harakati qatnashchilari transport jarayonlarini boshqarish bo'yicha tezkor qarorlar qabul qilishlari mumkin, bu esa transport va ekologik xavfsizlikni yaxshilash imkonini beradi.

ITTning joriy etilishi yo'l-transport hodisalari dinamikasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Avtomobillar sonining ko'payishi bilan yo'l tarmog'ining transport va ekspluatatsiya holati o'rtasidagi tafovut, transport oqimlarining zamonaviy tarkibi va intensivligi uchun mo'ljallanmagan transport vositasini boshqarishda ko'pincha haydovchilarning noto'g'ri harakatlari doimiy psixo-emotsional stressiga olib keladi. ITT ning joriy etilishi avtomobil transportida tashish xavfsizligini ta'minlaydi, chunki dispetcherlar real vaqt rejimida har bir haydovchini kuzatib borishi va uning tezlikni oshirayotgani yoki yo'l harakati qoidalarini buzayotganini kuzatishi mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, transportda ITTdan foydalanish tegishli signal berish orqali haydovchini xavf haqida ogohlantirish va avariyaning oldini olish choralarini ko'rish zarurligini ta'minlaydi. Quruqlikdagi shahar yo'lovchi transportida tashish xavfsizligini oshirish maqsadida ITTga quyidagi funksional quyi tizimlarni joriy etish mumkin:

- yo'nalishdagi transport vositalarini kuzatish tizimlari;

- yo'nalishlar bo'ylab yo'lovchilar oqimining taqsimlanishini tahlil qilishtizimlari; -yo'lovchilarni yo'nalishda harakatlanuvchi tarkib mavjudligi va uning to'xtash joyiga yetib kelish vaqti to'g'risida ogohlantirish tizimlari;

- transport vositalarining salonida joylashtirilgan video nazorat tizimlari;

- yo'l tarmog'ining uchastkalari uchun transport oqimi tezligini avtomatik tahlil qilish.

Ilmiy-texnologik taraqqiyot natijasida moddiy va axborot oqimlari bilan ishlash uchun turli xil mehnat vositalari yaratilgan va keng tarqalgan. Logistika jarayonining o'ziga xos shartlariga mos uskunalardan foydalanish mumkin. Shu bilan birga, logistika jarayonlarini boshqarishni kompyuterlashtirish logistikani rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.

Ishlab chiqarish, transport va vositachilik aloqalari zanjiri orqali xom ashyoning asosiy manbalaridan yakuniy iste'molchiga o'tadigan moddiy oqimlar doimiy ravishda qimmatga

tushadi. Buyuk Britaniyada olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, yakuniy iste'molchiga tushgan mahsulot narxi 70% dan ko'proq moddiy oqimni ilgari surishni ta'minlaydigan saqlash, tashish, qadoqlash va boshqa operatsiyalar bilan bog'liq xarajatlardir.

Logistika yondashuvi o'tkazuvchi tizimning materiallarining ishlashining ko'plab boshqa ko'rsatkichlarini yaxshilash uchun sharoit yaratadi, chunki umumiy tashkilot yaxshilanadi, individual aloqalarning o'zaro aloqasi kuchayadi, boshqarish yaxshilanadi. XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda GPS-monitoring tizimini joriy qilish, yuk tashuvchi korxonalari uchun quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

- avtomobilning qayerda ekanligi, harakat yo'nalishi va tezligini aniqlash;

- avtomobilning barcha harakati va holati to'g'risida aniq ma'lumotlami olish;

- trevoga signali berish orqali avtomobil haydovchisining xavfsizligini oshirish;

- shaharlararo va xalqaro yo'nalishlarda harakatlanayotgan avtomobillarning ruxsat berilmagan to'xtashlari va ko'zda tutilmagan harakatini cheklash;

- aniq ma'lumotlar asosida avtomobillarning harakat oqimi va moddiy oqimlar harakatini prognozlashtirish va boshqarish;

- o'rnatilgan marshrutlardan cheklanishlarni nazorat qilish;

- yoqilg'i va moylash materiallarini 10-30 % iqtisod qilish; transport oqimlarini optimallashtirish hisobiga harakat vositalari sonini ko'paytirmay moddiy oqimlar miqdorini 5-20 % kamaytirish va boshqalar.

ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-sonli farmoni

2. Адлер Ю.П., Маркова Е.П., Грановский Ю.В. Планирование эксперимента при поиске оптимальных условий. - М.: Наука, 2011г.

3. Миротин Л. Б., Тышбаев Ы. Э. Системный анализ в логистике. М: Экзамен, 2004.

4. Davlat statistika qo'mitasi www.stat.uz ma'lumotlaridan foydalanildi

5. Дошина С.В. и др. Опыт работы транспортно-экспедиционных фирм за рубежом, их роль в организации логистических систем. - М.: АСМАП, 2014. С-44.

6. Кременец Ю. А. Технические средства организации дорожного движения. М. Транспорт

7. Urokovich, K. A., & Dostmurodovich, S. O. (2022). Issuing the Plan for the Development of the Automobile Road Network. International Journal of Inclusive and Sustainable Education, 1(5), 195-201

8. Suyunov, O., & Sherboyev, A. (2022). PTV VISSIM DASTURI YORDAMIDA AVTOMOBIL YO'LLARI VA SHAHAR KO'CHALARINING HARAKAT OQIMINI MODELLASHTIRISH. Eurasian Journal of Academic Research, 2(13), 261-266.

9. Kuziyev A.U., Suyunov O.D., Xurramov K.B., Improving the quality of passenger service in city public transport. International bulletin of engineering and technology, Volume 2, Issue 12, 157-161

10. Suyunov O.D, Oqnazarov J.T Yuk tashishda Glonass/Gps tizimlarini joriy etish samaradorligini baholash. EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH Innovative Academy Research Support Center, 120-124

11. Ф.И.Исроилов. Ф.Я.Норкулов. Юкларни истеъмолчи манзилига етказиб бериш жараенини бошцариш модели. Academic Research in Educational Scinces 2(1), 01.2021. 567574.

12. Модели и методы теории логистики: Учебное пособи. 2-e изд./Под ред. Лукинского В.С. СП: Питер. 2007. -448 С.

13. Raxmatullaev M. Qosimov S.X. Современные инновации и технологии организации перевозки. Ilmiy - texnik jurnal 23 (9) 167.

14. Aleksander Sladkowski. Intelligent transport systems-problems and perspectives. pringer.-2016. - 307 ps.

15. Barbara Flugge. Smart mobility - connecting everyone. 2017.

16. Ф.И.Исраилов, А.Халилов. Разработка и принятие интегрированных решений по рациональному и безопасному использованию различных видов городского транспорта. International Scientificand Practical Conference CHALLENGES IN SCIENCE OF NOWADAYS heldon July16-18, 2021 in Washington, USA

17. Qosimov, S. H. (2022). YUKLARNI TASHISHNI TASHKIL ETISH ASOSIDA HUDUDLARDA TERMINAL TEXNOLOGIYASINI QO 'LLASH LOGISTIK TIZIMINI SHAKLLANTIRISH. Экономика и социум, (12-1 (103)), Сайт: http://www.iupr.ru 214-217.

18. Qosimov S.H. (2022). YUKLARNI TASHISHNI TASHKIL ETISH ASOSIDA HUDUDLARDA TERMINAL TEXNOLOGIYASINI QO'LLASH LOGISTIK TIZIMINI SHAKLLANTIRISH. Экономика и социум, (12-1 (103)), 214-217.

19. Эргашева Камола Илхомжон цизи "ТРАНСПОРТ ЛОГИСТИКА ТИЗИМИНИНГ БОШКАРУВ СТРУКТУРАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ УСУЛЛАРИ". «Экономика и социум» 1 (декабрь, 2022). Сайт: http://www.iupr.ru 11221125

20. Мухамедов, Д., Умурзаков, А. Х., & Абдувахобов, Д. А. (2019). РЕЗУЛЬТАТЫ ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ ПО ОБОСНОВАНИЮ ПАРАМЕТРОВ ШАРНИРНО-ЗУБОВОЙ БОРОНЫ. In ВКЛАД УНИВЕРСИТЕТСКОЙ АГРАРНОЙ НАУКИ В ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ АГРОПРОМЫШЛЕННОГО КОМПЛЕКСА (pp. 291-295).

21. Abduvahidovich, A. D., Jobirhon, M., & Hakimovich, U. A. (2016). Layout diagram of the hinged oscillatory spike-tooth harrow and determination of its row-spacing width. European science review, (5-6), 175-176.

22. Imomqulov, U. B., Imomov, M. H., & Akbaraliyev, X. X. (2020). Theoretical Justification of Some Parameters of the Metering Device. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 7(11), 15879-15884.

23. Мухамедов, Д., & Махмудов, Ф. (2023). ОБОСНОВАНИЕ ПАРАМЕТРОВ КАТКОВ АГРЕГАТА ДЛЯ ПОСЕВА ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ В МЕЖДУРЯДИЯ ХЛОПЧАТНИКА. International Bulletin of Applied Science and Technology, 3(5), 478-483.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.