AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
UDK. 656.073
TRANSPORT JARAYONIDA LOGISTIKA MARKAZLARINING TUTGAN O'RNI, ULARNING TERMINOLOGIK RIVOJLANISHI VA JOYLASHUV JOYINI TANLASH
SHARTLARI
Samatov G'affor Allakulovich TDTrU, Transport logistikasi kofedrasi, kafedra mudiri, professor, transpo [email protected]
Absattorov Isomiddin Xotam o'g'li Toshkent davlat transport universiteti doktaranti, [email protected]
Xakimov Diyorjon Qurbonali o'g'li TDTrU, Transport logistikasi kofedrasi, assistant, [email protected]
Matrasulov Kaxramon Shixnazarovich TDTrU, Transport logistikasi kofedrasi, assistant, kaxramonmatrasulov207@gmail. co m
Annotatsiya. Ushbu tadqiqot ishida logistika markazlarining transport jarayonida tutgan o'rni, ularning terminalogik rivojlanish ko'lami va joylashuv joyini tanlash masalasining muhumlilik darajasi yoritib berilgan. Maqolani yozishda tizimlilikni ta'minlash maqsadida tadqiqot ishi metadologiyasi shakillantirilgan. Maqolani yozishda nazariy tahlil usulidan foydalanilgan. Ilmiy maqolada logistika markazlarining, omborlar, tarqatish markazlari va terminallar ish faoliyatiga hamda turli xususiyatlariga ko'ra xizmat ko'rsatish chegaralari belgilab berilgan. Logistika markazi uchun joy tanlashda hisobga olish lozim b o'lgan mezonlar va ularning o'lchov birliklari sanab o'tilgan. Maqolada transport jarayoni ishtirokchilarining o'zaro ta'sirlashish chegarasi yoritib berilgan va ular asosida tegishli xulosalar shakillantirilgan.
Аннотация. В исследовании объясняется роль логистических центров в транспортном процессе, масштабы развития их терминалов и важность выбора места. В целях обеспечения систематичности написания статьи была сформирована методология исследовательской работы. При написании статьи использовался метод теоретического анализа. В научной статье определены лимиты обслуживания логистических центров, складов, распределительных центров и терминалов в зависимости от их работы и различных характеристик. Перечислены критерии и единицы их измерения, которые следует учитывать при выборе места для логистического центра. В статье выделены границы взаимодействия участников транспортного процесса и на их основе сформированы соответствующие выводы.
Abstract. The role of logistics centers in the transport process, the scale of their terminal development and the importance of choosing a location are explained in this research. In order to ensure systematicity in writing the article, the methodology of the research work was formed. The method of theoretical analysis was used in writing the article. The scientific article defines the service limits of logistics centers, warehouses, distribution centers and terminals according to their work and various characteristics. The criteria and their measurement units that should be taken into account when choosing a place for a logistics center are listed. In the article, the limits of interaction of the participants of the transport process are highlighted, and relevant conclusions are formed based on them.
Kalit so'zlar. Logistika markazi, ombor, terminal, joylashuv, joy tanlash, mezonlar, transport, saqlash, tashish, xizmatlar
Ключевые слова. Логистический центр, склад, терминал, местоположение, выбор
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
Scientific Journal Of Mechanics And Technology ISSN 2181-158Х, Volume 5, Issue 1, Special Issue 2024 AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI места, критерии, транспортировка, хранение, перевозка, услуги
Keywords. Logistics center, warehouse, terminal, location, location selection, criteria, transportation, storage, transportation, services
I. KIRISH
Bugungi kunda transport xizmatlariga bo'lgan talabning oshishi ichki va tashqi savdo aylanmasining ortib borishida namoyon bo'lmoqda. Mamlakatda transport xizmatlarining o'sishi iqtisodiyotga ijobit ta'sir ko'rsatadi. Hozzirgi davrda davlatlar o'rtasida o'zaro transport aloqalarini tashkil etish maqsadida transport infratuzulmasini rivojlantirishga katta etibor ko'rsatilmoqda. Tashish jarayoni to'g'ridan-to'g'ri tovar narxiga ta'sir o'tkazganligi sababli transport sohasida izchil va doimiy islohatlar o'tkazilishini talab qiladi. Transport jarayoning asosiy infratuzulma obyektlaridan biri logistika markazi xisoblanadi. Yuklarni xalqaro va malakat ichki yo'nalishlarida tashishda logistika markazlari xizmatlaridan foydalanish ananaviy tashuvlardan ko'ra samarali, sifatli va ishonchli xizmatlarni taqdim etadi. Bugungi kunda mavjud bo'lgan va logistika sohasiga aloqador bo'lgan darsliklar, monografiyalar va ilmiy maqolalar mualliflari tamonidan logistika markazi atamasiga turlicha ta'rif berilgan. Bu esa logistika markazi LM tushunchasining dunyo bo'ylab turlicha talqin qilinishiga olib keldi. Buning oqibatida logistika markazi va uning faoliyat darajasini baholashda aniq mezonlar va chegaralarning mavjud emasligi namoyon bo'ladi. Butun dunyoda har bir davlat o'zining ananviy, geografik iqtisodiy va hududiy transport infratuzulmasidan kelib chiqib turli nomlar bilan ataydilar. LMlari faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish bo'yicha Evropa ittifoqida izchil ishlar amalga oshirilib kelmoqda. Yevropa ittifoqi mamlakatlarida (LM)larini rivojlantirish bo'yocha 1991 yilda tashkil etilgan Europlatform (Europlatforms EEIG) dasturining ro'li juda muhum hisoblanadi. Europlatform butun Evropadagi logistika markazlari faoliyatini boshqaradi, shuningdek, butun dunyo uchun logistika markazlari kontseptsiyasini ishlab chiqadi. EUROPLATFORMS logistika markazini quyidagicha ta'riflaydi: "Logistika markazi - bu belgilangan hududdagi obekt bo'lib, uning doirasida transport, logistika va tovarlarni taqsimlash bilan bog'liq barcha faoliyatlar - milliy va xalqaro tranzit uchun turli operatorlar tomonidan tijorat asosida amalga oshiriladi. Operatorlar bu yerda qurilgan bino va inshootlarning (omborlar, tarqatish markazlari, terminallar, ofislar, yuk mashinalari xizmatlari va boshqalar) egalari yoki ijarachilari bo'lishi mumkin". Ushbu ilmiy maqola logistika markazlarining transport jarayonida tutgan o'rni va dunyoning turli davlatlarida rivonlanish darajasini ko'rsatib berishga qaratilgan.
II. ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODIKASI.
2.1. Adabiyotlar tahlili
Xorijiy ilmiy ishlarda LMlarining tipologiyasi va ierarxiyasiga katta e'tibor berilgan, va logistika markazlarini turli belgilariga ko'ra guruxlarga ajratish bo'yicha o'zlarining turli yondashuvlarini bayon qilgan.
1-jadval
Chei el adabiyotlarida LMlarining tipologiyasi va ierarxiyasi
Nashr yili va muolliflar F.I.SH. Turlarga ajratilish belgilari Logistika markazlarining turlari
1999, Weymans B. va boshqalar [1] Terminal o' lchami Asosiy port terminali, Xalqaro terminal, Milliy terminal, Mintaqaviy terminal, Mahalliy terminal
2007, Rimien K. and Grundy D.[2] Ta'minot zanjirida logistika markazlarining roli 1. Ombor, tarqatish markazi, transport terminali, logistika markazi, yuk qishlo g'i
2009, ESCAPE UN. [3] Ta'minot zanjiridagi dizayn, funktsiyalar Yuk qishloqi, quruqlik porti, intermodal terminal, konteyner terminali
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
va rol
2010, Fechner I. [4] Milliy logistika tarmog'ining logistika tugunlari turlari Dengiz porti. quruqlik porti, logistika markazi, ombor markazi, yuk tashish terminali, saralash kompleksi, qadoqlash va saralash majmuasi, ichki suv porti, ombor majmuasi
2012, Rodrigue Zh.-P. [5] Funksiyasi 1. Yuklarni taqsimlash klasteri yoki logistika zonalari (portga yo'naltirilgan logistika zonasi, ichki port, logistika parki, yuk qishlog'i) 2. Transfer markazi 3. Intermodal terminal
2019, Geitz, A., Launey, P., va Beziat, A. [6] Logistika integratsiyasi darajasi 1.Virtual logistika markazi 2. Jismoniy logistika markazi 3. Tarmoq logistika markazi
2008, E. Krykavskyi va boshqalar [7] Logistika markazining maydoni va xizmat ko'rsatish radiusi 1. Xalqaro (100-150 ga, 500-800 km) 2. Mintaqaviy (20-50 ga, 50-80 km) 3. Mahalliy va sanoat
2012, Stutynska I. [8] Ombor sinfi 1. Xalqaro (A sinf), milliy (A tsinf), mintaqaviy (A va B toifalari), mahalliy (A, B, C, D sinflari), kompaniyalar markazlari (A, B, C, D sinflari)
Yuqorida 1-jadvalda sanab o'tilgan barcha ta'riflarni tahlil qilib, shuni ta'kidlashimiz mumkunki, LMlariga nisbatan qo'llaniladigan atamalarning xilma-xilligining asosiy sabablari, birinchi navbatda, turli xil siyosiy, ijtimoiy, mintaqaviy va geografik jihatlar bilan uzviy bog'liqdir. 1-jadvalga asoslanib aytishimiz mumkunki ilmiy adabiyotlarda tadqiqotchilar tamonidan logistika markazlariga nisbatan turlicha qarashlar ilgari surulgan.
2.2. Tadqiqot metodalogiyasi Ushbu tadqiqot ishini amalga oshirishda nazariy tahlil usulidan foydalanildi. Tadqiqot ishini keng ko'lamli va tizimli tarzda tashkil etish maqsadida 1-rasmda ko'rsatilgan tartibda ishni bajarish darajasi belgilab olindi.
l.Rejalashtirish
2. Adabiyotlami yig'ish va saralash
3. Tadqiqot ishini amalga oshirish
1-rasm. Tadqiqot ishini amalga oshirishning uch bosqichli sxemasi (mualif ishlanmasi)
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
0
Scientific Journal Of Mechanics And Technology ISSN 2181-158X, Volume 5, Issue 1, Special Issue 2024 A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI III. Muhokama va natija
Mamlakatning transport infratuzulmasi jozibadorligini yanada oshirish maqsadida sohada mavjud muammolarni tizimli o'rganish va ularning yechimlarini taminlash talab etiladi. Transport sohasida logistika tizimining rivojlanishini ta'minlash maqsadida milliy logistika tizimining asosiy kompanentlarini alohida va birgalikda ishlash darajasini oshirish talab etiladi. Quyida 2-rasmda logistika tizimining asosiy komponentlari ya'ni, transport-odamlar-texnalogiyalar-logistika obyektlari o'rtasida bog'liqlik darajasi tasvirlangan.
2-rasm. Milliy logistika tizimining asosiy komponentlari
2-rasmda tasvirlangan asosiy logistika obyekti o'zida logistika markazlarini birlashtirib transport, odamlar va texnalogiyalarning ishini o'zida jamlaydi. LMlarini tashkil etishni rejalashtirish, qurish va ishlatish murakkab jarayon hisoblanadi. Ushbu jarayon o'zida quyidagi tamonlar manfaatlarini tutashtiradi: Hukumat, mintaqaviy va hududiy transport sohasi vakillari, u joylashgan hudud aholisi, xususiy investorlar, ishlab chiqaruvchilar va logistika operatorlari. Bugungi kunda zamonaviy LMlari tarmog'ini yaratish ishlari LMni shahar hududidan tashqarida, ammo shaharga yaqin bo'lgan joyda joylashtirish amaliyotini ilgari suradi. Zamonaviy LMlari tarmog'ini yaratish mamlakatimiz iqtisodiyotiga ko'plab dolzarb vazifalarni hal qilish imkonini beradi:
a) LMni shahar hududiga yaqin joyda qurish orqali shaharda transport tirbandligini kamaytirish.
b) shahar hududida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish;
v) shahar transportida yuk transporti ishtirokining kamayishi hisobiga atmosferaga chiqindilar miqdorini kamaytirish;
d) mamlakatning jahon tovar bozorlarida raqobatbardoshligini mustahkamlash;
e) yangi ish o'rinlarini yaratish hisobiga aholini ish bilan ta'minlash muammolarini hal
qilish;
f) shahar hududidan tashqaridagi joylarning nisbatan arzonligi hisobiga logistika markazini qurishda kamroq xarajat qilish.
Ilmiy adabiyotlarda logistika tushunchalarining xilma-xilligi "LM" tushunchasiga o'xshash ko'plab atamalarning paydo bo'lishiga olib keldi, ular: yuk qishloqlari, logistika platformasi, logistika parki, yuklarni tarqatish-yig'ish markazi, logistika markazi, terminal, ombor. Yuqorida takidlangan atamalarni umumiy funksiyalariga ko'ra ularning barchasini to'rt guruhga bo'lish mumkin: ombor, tarqatish markazi, terminal va logistika markazi.
Ularning asosiy farqi bajarilgan funktsiyalar va qo'shimcha qiymatni ta'minlaydigan xizmatlar hajmida namoyon bo'ladi. 3-rasmda LM, terminal, tarqatish markazi va omborning chegaralari tasvirlangan.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
3-rasm - "ombor", "tarqatish markazi", "terminal" va "logistika markazi" tushunchalarining funktsional-mezon ierarxiyasi [9]
"Logistika markazi" tarqatish logistika tarmog'ining eng yuqori bo'g'ini hisoblanadi va ma'lum bir hududda murakkab logistika (omborxona, yuklarni qayta ishlash va tarqatish), transport va transport vositalarini ta'minlaydigan bir nechta kompaniyalarning birlashishi sifatida tushunilishi kerak. Transport jarayonida yetkazib berish zanjirini tashkil etuvchi elementlarning o'zaro hamjihatlikda ishlashini to'g'ri tashkil etish juda muhum hisoblanadi. Bunga erishish uchun odatda logistika markazini tashkil va u orqali zanjir elementlarini boshqarish vazifasi qo'yiladi (4-rasm).
4-rasm. Transport jarayonida yetkazib berish zanjiri elementlari va ularning o'zaro ta'sir
doirasi.
Logistika markazlarining rivojlanish davri "logistika integratsiyasi darajasi" belgisi tarkibida namoyon bo'ladi. Bunda logistika markazlarining turlari rivojlanish bosqichlarini aks ettiradi (4-rasm).
5-rasm. Logistika markazlarining rivojlanish bosqichlari [10].
Logistika markazlarini bunday rivojlanish bosqichlariga ajratish, unda amalga oshiriladigan ishlarning hajmi va ko'lamiga qarab amalga oshirilgan. Transport bog'lami turli turdagi transportlarni ish faoliyatida davrida o'zaro tutashtiruvchi bo'g'in vazifasini bajaradi. Bugungi kunda turli rivojlangan davlatlar arzon ishchi kuchini yollash maqsadida boshqa davlatlar ishchilaridan outsourcing qilish orqali foydalanishmoqda. Logistika xizmmatlarining outsourcing asosida onlayn amalga oshirilishi virtual logistika markazi tushunchasini shakillantirdi. Jismoniy logistika markazi o'zida barcha xizmat turlarini jamlagan holda erkin faoliyat yuritadigan obyekt xisoblanadi. Bir nechta logistika markazlari birgalikda faoliyat
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XOJALIKMASHINALARI
yuritishi logistika markazlari tarmog'ini shakillantiradi. Logistika markazlarini tashkil etishda turli davlatlar o'zlarining geografik joylashuvi, transport infratuzulmasi imkoniyatlariga va milliy qarashlari bo'yicha xar xil yondashadilar. Osiyodagi logistika markazlari hozirda asosan dengiz porti hududida, yaqin atrofdagi zavodlar yoki aeroportlar hududlarida tashkil etilmoqda. Yaponiyada logistika markazlari xalqaro transport yo'laklari bo'ylab joylashgan bo'lib, bu yuk tashish hajmini va intermodal tashish imkoniyatlarini oshirish imkonini beradi. Shanxay va Singapur o'zida Janubi-Sharqiy Osiyodagi yetakchi xalqaro logistika markazlarini mujassamlaydi. Singapur barcha xalqaro savdoni logistika markazlari orqali amalga oshiradi. Boshqa yirik markazlar Malayziya va Tailandda joylashgan. Osiyoda logistika markazlarining rivojlanishi davlat tomonidan belgilangan mahalliy o'ziga xoslik va vazifalar asosida amalga oshiriladi. O'rta Osiyo mamlakatlarida xuxusan O'zbekistonda logistika markazlarini to'g'ridan-to'g'ri suv yo'llariga chiqish imkoni bo'lmaganligi sababli transport karidorlariga, yirik ishlab chiqarish markazlari va yirik shaharlar atrofiga qurish amaliyoti keng tarqalgan. Yevropada esa yirik po'rtlar va aeroportlar yaqiniga quriladi. Logistika markazlarini turli tasniflash xususiyatlariga ko'ra 2-jadvalda ko'rsatilgani kabi turlarga ajratish mumkun. 2-jadval logistika markazlari va ularning faoliyatiga bag'ishlangan adabiyotlar tahlili asosida shakillantirilgan.
2-jadval.
Tasniflash xususiyati Logistika markazlarining faoliyat turlari
Xizmat ko'rsatilayotgan hududning miqyosi va ma'muriy darajasi bo'yicha Xalqaro Mintaqaviy Respublika Shahar va mahalliy
Mulk turi bo'yicha Shaxsiy Davlat-xususiy sheriklik Davlat Tijorat tuzilmalari uyushmalari
Ishtirokchi transport turlari bo' yicha Temir yo'l - suv transporti Temir yo' l - avtomobil Temir yo'l -suv transporti Temir yo'l - avtomobil- suv transporti -havo transporti Avtomobil-suv transporti Havo transporti va boshqalar
Egallagan hududning kattaligi va bajarilgan funktsiyalari bo'yicha Kichik 5 gektardan kam O'rta 30 gektardan kam Katta 30 gektardan ortiq
Qayta ishlangan yuk turi bo' yicha Universal konteynerli Paketlangan yuk Suyuq yuk Maxsus saqlash va tashish usullari bilan Sanoat bo'yicha ixtisoslashgan (don, ko'mir, neft, o'rmon xo'jaligi, avtomobil qismlari va boshqalar)
Joylashuv o'rni bo'yicha Tashqi (chegara) Hududiy
Logistika markazlariga bo'lgan ehtiyojning oshib borayotganligini inobatga olgan ho
aytishimiz mumkunki logistika markazini tashkil etish bo'yicha qaror qabul qilingandan keyin, birinchi savol logistika markazi uchun eng munosib joyni aniqlash hisoblanadi. Joy tanlash uchun usullar va qaror mezonlari joy tanlash muammolarini bartaraf etishda hal qiluvchi
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
ahamiyatga ega.
Logistika markazlarining joylashuvini tanlash uni tashkil etishga katta miqdorda sarmoya kiritilishi va o'bektlarning mavjudligi bilan ham strategik va uzoq muddatli qaror hisoblanadi. 1994 yilga kelib logistiaka markazlarining joylashuv joyini tanlash logistika markazini tashkil etishda ta'sir qiluvchi mezonlar orasida qaror qabul qilishning hal qiluvchi elementi sifatida ko'rila boshlandi [11]. Joyni tanlash nafaqat operatsion faoliyatning muvaffaqiyatiga ta'sir qiladi [12], balki ta'minot zanjiri boshqaruvi va transport tarmog'ini rejalashtirishga ta'sir ko'rsatishi natijasida butun tarqatish tizimlariga ta'sir qiladi [13]. Natijada, logistika markazining optimal joylashuvi transport xarajatlarini kamaytirishga, ishlab chiqarish va iste'mol o'rtasidagi sinxronlashtirishni rag'batlantirishga, transport tizimlarining muvozanatli rivojlanishini ta'minlashga va umumiy afzalliklarga erishishga olib kelishi mumkin [14]. Logistika markazi uchun munosib joyni tanlash 40 foyizgacha samarali faoliyat yuritish imkonini beradi [15]. Yuqorida sanab o'tilgan masalalarning ahamiyatini hisobga olgan holda, ushbu tadqiqot ishida logistika markazlarining joylashuvi tanlashda hisobga olish lozim bo'lgan mezonlar va ularning birliklari kertirilgan.
3-jadval
Logistika markazining joylashuvini tanlash mezonlari
Guruh Mezonlar Birlik
Yalpi hududiy mahsulot (YaHM) tegishli yillardagi asosiy narxlarda Milliard so'm
Yalpi hududiy mahsulotning jismoniy hajmi indeksi Solishtirma narxlarda o'tgan yilga nisbatan %
Sanoat ishlab chiqarish indeksi Solishtirma narxlarda o'tgan yilga nisbatan %
Ishlab chiqarish indeksi (ishlab chiqarish) Solishtirma narxlarda o'tgan yilga nisbatan %
"Qurilish" iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha bajarilgan ishlar hajmi tegishli yillardagi narxlarda Milliard so'm
.si Faoliyat turlari bo'yicha ishlab chiqarish indeksi "Qurilish" Solishtirma narxlarda o'tgan yilga nisbatan %
© "-M Yil boshidan keyingi davr uchun iste'mol narxlari indeksi O'tgan yilning mos davriga nisbatan, %
HH Tegishli yillardagi narxlarda chakana tovar aylanmasi Milliard so'm
Chakana savdo aylanmasi Solishtirma narxlarda o'tgan yilga nisbatan %
Tashqi savdo aylanmasi, shu jumladan: tovarlar eksporti Million AQSh dollari
va importi
Kichik va o'rta korxonalar soni (yil yakuni bo'yicha) Ming birlik
Kichik va o'rta korxonalarning ishlab chiqarish quvvati Milliard so'm
Tegishli yillar narxlarida asosiy kapitalga qo'yilgan investitsiyalar Milliard so'm
Asosiy kapitalga qo'yilgan investitsiyalar fizik hajmi indeksi Solishtirma narxlarda o'tgan yilga nisbatan %
Iqtisodiy faol aholi Ming kishi
Ijtimoi y Iqtisodiyotda band bo'lganlarning o'rtacha yillik soni Ming kishi
Umuman mintaqa bo'yicha o'rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi Million so'm
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
Umuman mintaqa bo'yicha o'rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi O'tgan yilga nisbatan %
Ro'yxatga olingan ishsizlik darajasi (yil oxiri) %
Tashkilotlar xodimlarining o'rtacha soni Ming kishi
Aholining yosh tarkibi Yosh guruhlari bo'yicha %da
Ta'lim darajasi indeksi Og'irlik
iy Siyosiy barqarorlik darajasi Ball
5T S Bojxona organlari faoliyati samaradorligi Ball
T S -= « > '¡n © si 33 hududiy yaxlitlik (suverenitetni tan olmaydigan yoki boshqa davlatlar tomonidan bosib olingan hududlar soni) Dona
Davlat hokimiyati suverenitetining to'liqligi (chegaradagi nizolar, harbiy mojarolar, siyosiy separatizm) Dona
Aholi (o'rtacha yillik) Ming kishi
¿a iS eg es O Aholi zichligi Odamlar/1km2
Rivojlanish uchun erkin hudud maydoni Gektar
eg _S Jami rivojlanish uchun bo'sh hududning ulushi %
8 "5 0 Iqlim holati Ball
Ekologik holat Ball
"-M « Qattiq yuzaga ega umumiy foydalanishdagi yo'llarning zichligi 1km/1000 km2
© -M -a Umumiy foydalanishdagi temir yo'llarning zichligi 1km/10000 km2
O f & SS Transport koridorlarigacha bo'lgan masofa Km
K S a Js « '¡3 H = « Aeroport/temir yo'l stansiyasi /avtomagistral/ichki suv yo'llariga nisbatan joylashuvi Km
Sanoat parklari va ishlab chiqaruvchilarga masofa Km
c a Transport turlari bo'yicha tijorat yuk aylanmasi Milyard. tkm
Transport xizmatlari eksportining tarkibi %
Yuqoridagi jadvaldan ma'lum bo'ladiki logistika markazlarini qurish uchun joy tanlash ko'p mezonlarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim ekan. Zotan logistika markazlari faoliyatini tashkil etish va ularni mumosib joylarda tashkil etish sohani rivojlantirishda mustahkam poydevor vazifasini bajaradi [16]. Buguni kunda dunyoning ko'plab mamlakatlarida logistika markazlarini kuchli infratuzulma bilan taminlash bo'yicha turli ko'rinishdagi islohatlar olib borilmoqda. Misol uchun logistika markazlarining faoliyatini tartibga solish va ularni rag'batlantirib borish bo'yicha Yevropa davlatlarida ko'plab ishlar amalga oshirilgan. Yevropa Ittifoqida logistika markazi faoliyati ishtirokchilarining tarkibi, hajmi, joylashuvi va faoliyat maqsadiga bog'liq logistika markazlarining umumiy tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqilgan (5-rasm). Kiruvchi biznes bo'linmalari, transport kompaniyalari va yordamchi xizmatlar ko'rsatuvchi nologistika kompaniyalarining faoliyati ishtirokchilarning to'liq o'zaro ta'siriga asoslanadi, bu esa sinergik effektning paydo bo'lishiga olib keladi. Bunday mahalliylashtirish bozorning barcha ishtirokchilari ishini muvofiqlashtirishga yordam beradi. 6-rasmda ombor majmualari va yuk terminallari logistika markazining bir qismi ekanligi ko'rsatilgan. Shunday qilib, logistika markazining asosiy maqsadi murakkab logistika, transport va qo'llab-quvvatlash xizmatlarini ko'rsatish uchun bir nechta kompaniyalarni bir hududga yo'naltirishdir.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XOJALIKMASHINALARI
Logistika markazi
Bmolar yoki jiliozlarni ta ' mir lasli
ishlatisli 1
Yangi faoliyat yoki xizmatlarni islilab cliiqisli va amalga oslairish
t
JVlustacjil biznes birliklari
— yuk terminali
— tarqatisli markazi
— omborxona maj muo s i
— markaziy terminal
— maxsus harorat rej imili terminali
— xizmat markazi
— axborot-tahlil markazi
— tadqiqot va o'quv markazi
— xafli yuklarni saqlash
— yig'isli va qadoqlasli
t
Transport komp a n 1 y a lar 1
— tas Itu v c li i 1 a r
— eksp editor lair
— yuk tashisli komp aniy alar i
— yuklarni kemalarga yuklasli yoki tuslairisli bilan sliug'iallanadigan kompamyalar
— kema brolcerlari
— avtomobillarda ta shuvchi 1 ar
— ternir yo'l operatorlari
— kema egalari
— havo transporti ta shwvcliilari
— terminal operatorlari
t
Qo ' shimcha qiymatli xizmatlar
— bojxona
— poclata
— veterinariya xizmati
— sug'urta
— bank:
— avtomobillar ijarasi
— yoqilg'i quyisli shoxobchalari
— xizmat ko'rsatish stantsiyalari
— ijtimoiy himoya xizmati
— moliyaviy va iqtisodiy xizmat
6-rasm. Logistika markazi faoliyati ishtirokchilari [17].
Logistika markazi sifatli va raqobatbardosh xizmatlarni taqdim etishi uchun o'zida barcha tegishli faoliyat ishtirokchilarini jamlashi, hamda ularning o'zaro aloqalarini ta'minlashi lozim. Logistika markazlarining samarali faoliyat yuritishi mamlakat uchun ham iqtisodiy ham ijtimoiy ahamiyat kasb etadi[18]. Logistika markazlarini rivojlantirish bo'yicha amlaga oshiriladigan ishlarga asosiy dasturiy amal vazifasini sohaga oid tadqiqot ishlari ilmiy asoslangan natijalari bajaradi.
IV. Xulosa
Transport jarayonini amalga oshirishda yetkazlib berish zanjirining eng katta bo'g'inlaridan biri logistika markazlari hisoblanadi. Tashish jarayonini logistika markazi orqali amalga oshirish transpot jarayonini markazlashtirish imkoniyatini beradi. Bugungi kunda dunyonig sanoqli malakatlaridagina logistika markazlari uchun umumiy davlat talablari o'rbatilgan. Aksariyat davlatlar logistika markazlari faoliyatiga aralashish erkin biznes darajasiga ta'sir o'tkazish deb hisoblashadi. Logistika markazlariga nisbatan davlat tomonidan tegishli talablar belgilanish muhum deb hisoblayman. Chunki maqolada takidlab o'tganimdek bugungi kunda ombor, tarqatish markazi, terminal va logistika markazi atamalari bir xil ma'noda qo'llanilish holatlari juda ko'p uchramoqda. Ushbu terminlarni bir biridan xizmatlar sohasi va faoliyati bo'yicha chegaralash umumiy transport jarayoniga ta'sirlarini baholash imkonini beradi shuningdek ularning har birini aolhida va birgalikda rivojlantirish uchun imtiyozlar ajratish imkonini beradi. Logistika markazlarini rivojlantirish mamlakat transport infratuzulmasi jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. Logistika markazi samarali faoliyat yuritishi uchun har tamonlama qulay joyda joylashgan bo'lishi lozim. Shu esa joy tanlashda hisobga olish lozim bo'lgan mezonlarni shakillantirish va ular asosida chuqur tahlillar o'tkazishni taqozo qiladi. Maqolada logistika markazi uchun joy tanlashda ta'sir qiluvchi mezonlar va ularning birliklari keltirilgan. Shuningdek logistika markazlari turli xususiyatlariga ko'ra turlarga ajratilgan. Ushbu maqola transport-logistika markazlarini tashkil etishda joylashuv joyining ahamiyatini baholashga qaratilgan dissertatsiya ishi doirasida yozilgan vas hu sababli aytishimiz mumkunki ilmiy jihatdan yakuniy qarashlar to'liq bayon etilmaga. Mavzuga oida yangi ilmiy qarashlar va natijalar dissertatsiya ishi doirasidagi keyingi maqolalarda bayon etiladi.
ADABIYOTLAR
1. Wiegmans, Bart W., et al. "Container Terminals And Utilization Of Facilities." International Journal of Transport Economics / Rivista Internazionale Di Economia Dei Trasporti,
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI vol. 31, no. 3, 2004, 313-39.
2. Rimiene K., and Grundey D. Logistics Center Concept Through Evolution and Definition. Economics, Vol. 4, No. 54, 2007, 87-95.
3. Transport and Communications Bulletin for Asia and the Pacific No. 78 Development of Dry Ports United Nations publication 2009 https://www.unescap.org/sites/default/d8files/bulletin78_Fulltext.pdf
4.Fechner, I. Role of logistics centers in national logistics system. LogForum. 2010. No. 2. URL:http://www.logforum.net/pdf/6_2_2_10.pdf
5. Rodrigue, J.-P. Freight Terminal Hierarchy and Added Value. URL:http://people.hofstra.edu/geotrans/eng/ch4en/conc4en/ terminaladdedvalluehierar chy.html
6.Heitz, A., Launay, P., & Beziat, A. Heterogeneity of logistics facilities: an issue for a better understanding and planning of the location of logistics facilities. European Transport Research Review, 2019, 11(5). https://doi.org/10.1186/s12544-018-0341-5.
7. E. V. Krykavskyi Logistics center is a nodal object of logistics networks. Logistics: problems and solutions. 2008. No. 5. 38-39.
8. Strutynska I. Classification signs in the activity of logistics centers. Socio-economic problems and the state. 2012. No. 2. 299-307.
9. O. Zagurskyi, T. Pokusa, M. Duczmal, M. Ohiienko, S. Zagurska, L. Titova, I. Rogovskii, A. Ohiienko. Logistics centers: status and development trends. Monograph. Opole:Academy of Applied Sciences Academy of Management and Administration in Opole, 2023; ISBN 978-83-66567-51-1; pp. 136, illus., tabs., bibls.
10. Heitz A., Launay P. & Beziat, A. Heterogeneity of logistics facilities: an issue for a better understanding and planning of the location of logistics facilities. Eur. Transp. Res. 2019. Rev. 11, 5. https://doi.org/10.1186/s12544-018-0341-5
11. Dubke Af & Pizzolato Nd.. Location model of specialized terminals for soybean exports in Brazil. Pesquisa Operacional, 31(1): 21-40. 2011.
12. Tu C-S, Chen K-K, Chang C-T & Lu H-A. Applying an AHP - QFD conceptual model and zero-one goal programming to requirement-based site selection for an airport cargo logistics center. International Journal of Information and Management Sciences, 21(4): 407-430.2010
13. Melo Mt, Nickel S & Saldanha-Da-Gama F. Facility location and supply chain man- agement - A review. European Journal of Operational Research, 196(2): 401-412.2009
14. S" Krinjar Jp, Rogic' K & Stancovic' R. Location of urban logistic terminals as hub location problem. Promet - Traffic - Traffico, 24(5): 433-440.2012
15. G'. A. Samatov, I.X.Absattorov, D.Q.Xakimov. Logistika markazlari va ularning joylashuv o'rinlarini asoslash: adabiyotlar tizimli tahlili. "Turkiy davlatlarning o'zaro manfaatli integratsiyasi -barqaror taraqqiyot kafolati" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. Toshkent davlat transport universiteti. Toshkent 2024. 487-494 b.
16. Sabina Kauf, Aleksandra Laskowska-Rutkowska. The location of an international logistics center in poland as a part of the one belt one road initiative. http://doi.org/10.17270/J.LOG.2019.311. LogForum. Scientific Journal of Logistics. 2019, 15 (1), 71-83. p-ISSN 1895-2038 e-ISSN 1734-459X. http://www.logforum.net
17. Service Concept Report for Logistic Centers / NeLoC. - Aalborg, 2004. 55.
18. Samatov G'.A., Absattorov I.X., Xakimov D.Q. Logistika markazi va uning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati. International scientific-practical conference «green economy - the economy of the future: innovations, investments and prospects» April 24, 2024. https://doi.org/10.5281/zenodo.11005252.https://scholar.google.com/scholar?hl=en&as_sdt=0% 2C5&q=%222181 -3337%22&oq=
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son