UDK 656.130
SHAHAR YO'L TARIF PAKETLARINI ISHLAB CHIQISHNING IQTISODIY
SAMARADORLIK TAHLILI
Xidirov Ulug'bek Xabibullaevich katta o'qituvchi, Namangan muhandislik-qurilish instituti [email protected]
Annotatsiya. Ushbu maqolada shahar jamoat transporti uchun yo'l tarif paketlarini ishlab chiqish, multmodal tashishlar uchun mo'ljallangan kombinatsiyalar ishlab chiqish texnologiyalari batafsil yoritilgan.
Аннотация. В данной статье подробно рассмотрены технологии разработки дорожных тарифных пакетов для городского общественного транспорта, разработки комбинаций, предназначенных для мультимодальных перевозок.
Abstract. This article details technologies for the development of road tariff packages for urban public transport, the development of combinations designed for multmodal transport.
Tayanch so'zlar. Jamoat transporti, shahar transporting yo'l tarmog'i, tarif tizimlari, yo'l kira xaqi, yo'lovchilar oqimi.
Ключевые слова. Общественный транспорт, городской транспорт, дорожная сеть, тарифные системы, плата за проезд, пассажиропоток.
Key words. Public transport, urban transport, road network, tariff systems, road kira khaki, passenger flow.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 noyabrdagi 948-son qaroriga muvofiq umumiy foydalaniladigan transportda yo'lovchi tashish uchun yo'lkira xaqi to'lashning avtomatlashtirilgan tizimi 2020 yil 1 yanvardan boshlab amaliyotda joriy etilayotganligi belgilangan [1].
2020-yil 1-sentabrga qadar jamoat transportida yo'nalishni rejalashtiruvchi «Mening yo'nalishim» elektron tizimini joriy etishni;
2020-yil 1-dekabrga qadar:
shahar avtobuslari (keyingi o'rinlarda-avtobuslar) salonlarida bekatlarni avtomatik ravishda e'lon qilib borish tizimini joriy etishni;
Yirik avtobus bekatlarida yo'nalishlar harakati jadvali va avtobusning ейЬ kelish vaqtini ko'rsatib turuvchi elektron-axborot tablolar bilan jihozlanishi rejalashtirilgan [2,3].
Maqolada shahar jamoat transporti uchun yo'l tarif paketlarini ishlab chiqish, multmodal tashishlar uchun mo'ljallangan kombinatsiyalar ishlab chiqish texnologiyalari keltirilgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy xarajatlarning umumiy qiymatini ikki qismga ajratishimiz mumkin. Bu yo'lovchi va transportning manzilga borishdagi sarflagan pul va pul bo'lmagan ko'rinishdagi xarajatlaridan iborat [3,4].
Manzilga borishda safar xarajatlarining pul ko'rinishini barcha tomonlar uchun samarali qabul qiladi. Ya'ni yo'lning umumiy pul qiymati narxlarini (yo'l kira xaqi) belgilash bilan bog'liq qarorlarni qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. Bir qarashda masofa tariflaridan kelib chiqib, yo'l kirani belgilash adolatli usuli bo'lib tuyulishi mumkin, ammo xizmat ko'rsatilganda boshqa jihatlarini inobatga olinishini talab qiladi. Tig'iz paytida har 10 daqiqada bir marotaba keladigan yoki yarim soat bir marta to'lib yoki bo'sh keladigan transportlar yo'lovchiga noqulaylik tug'dirish holati uchun bir xil miqdorda haq to'lanishi adolatli bo'lmaydi. Jamoat transporti xarajatlari osonlikcha aniqlash mumkin, chunki odatda yo'l haqi ma'lum va transport vositalarini ekspluatatsiya qilishdagi xarajatlaridan kelib chiqiladi, ya'ni transport vositasining amortizatsiyasi, sug'urtasi, yonilg'-moy maxsulotlari, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlari hamda boshqalarni o'z ichiga oladi [5,6,7].
Xarajatning ikkinchi ko'rinishi esa sarflangan vaqt, belgilangan manzilga borishda yo'lovchining transportga sarflagan vaqti va transport xizmati ishonchligi kabi xarajatlar qamrab olishi mumkin. Safar vaqtini o'lchash mumkin bo'lsada, har bir manzilga borishda farqlanishi, chunki har bir kishi o'z vaqtini boshqacha baholaydi. Shuningdek, manzilga borishda yoki safarning maqsadiga qarab, yo'lovchilarning vaqtlari ham turlicha. Xuddi shu yo'lovchi manzilga borishi uchun vaqtni qanday qadrlashi bilan bog'liq [8,9,10].
Agar manzilga borish vaqti, xizmat ko'rsatish ishonchsiz bo'lsa, bu ham foydalanuvchiga, ham operator kompaniya xarajatlariga ta'sir qiladi. Masalan, agar transport tirbandlikda bo'lishi va boshqa sabablarga ko'ra 20 daqiqaga kechiktirilsa, bu qo'shimcha yo'lovchilarning boshqa muqobil xizmat turlaridan foydalanishi yoki izlashlariga olib kelishi mumkin [11,12].
Avtomobil transportida yo'lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo'nalishlar bo'yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya varaqalari berilganligi uchun undiriladigan davlat boji miqdorlari belgilangan. (Quyida 1-jadvalda keltirilgan).
1-Jadval
T/r Faoliyat turi Sig'imi (yo'lovchi o'rni va yuk ko'tarish quvvati) Avtomototransport vositasining bir birligi uchun 1 yilga davlat boji summasi (bazaviy hisoblash miqdori karraligida)
1. Yo'lovchilarni shaharda avtobuslarda tashish 14 o'ringacha 1,0
14 o'rindan ortiq 2,5
2. Yo'lovchilarni shaharda mikroavtobuslarda tashish 1 ta transport vositasi uchun 8,0
3. Yo'lovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish 4 o'ringacha 2,0
4 o'rindan ortiq 3,5
4. Yo'lovchilarni shahar atrofida avtobuslarda tashish 19 o'ringacha 2,0
19 o'rindan ortiq 4,0
5. Yo'lovchilarni shahar atrofida mikroavtobuslarda tashish 1 ta transport vositasi uchun 8,0
6. Yo'lovchilarni shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish 4 o'ringacha 2,0
4 o'rindan ortiq 3,5
7. Yo'lovchilarni shaharlararo yo'nalishlar bo'yicha avtobuslarda tashish 30 o'ringacha 6,0
30 o'rindan ortiq 16,5
8. Yo'lovchilarni shaharlararo yo'nalishlar bo'yicha mikroavtobuslarda tashish 1 ta transport vositasi uchun 19,5
9. Yo'lovchilarni shaharlararo yo'nalishlar bo'yicha yengil avtomobillarda tashish 1 ta transport vositasi uchun 5,5
10. Yo'lovchilarni xalqaro yo'nalishlar bo'yicha avtobuslarda tashish 12 o'rindan ortiq 28,0
11. Yo'lovchilarni xalqaro yo'nalishlar bo'yicha mikroavtobuslarda tashish 1 ta transport vositasi uchun 22,0
12. Yo'lovchilarni xalqaro yo'nalishlar bo'yicha engil avtomobillarda tashish 1 ta transport vositasi uchun 7,0
Ushbu xarajatlar turli shaxslar uchun har xil, kompaniyalar uchun yanada foydalanuvchilari miqdori kamayib ketadi. Shuningdek aholining ijtimoiy ahvoliga ham bog'liq. Ushbu manzilga borishi uchun qancha miqdorda to'lashga tayyor va imkoniyati mavjud. Agar to'lash imkoniyati safarning umumiy xarajatlaridan ko'proq bo'lsa, u holda bu farq operator kompaniya va iste'molchiga ortiqcha foyda sifatida qabul qilinadi.
Multimodal tashish xizmat foydalanilsa, ya'ni piyoda, avtobus va mikro avtobus transport turi kombinatsiyasi orqali tashish samaradorligi yanada oshirish mumkin [13, 14].
Xorijda ba'zi transport kompaniyaliklari xizmat turlariga qarab tariflarni belgilaydilar. Xizmat turlarining tizimlashgan aniq ro'yxati mavjud emas va barcha xizmatlar umumiy tendensiyalarga ega bo'lgan imkoniyatlari orqali amalga oshirilgan.
1-rasm. Multimodal tashish xizmati sxemasi Boshlang'ich o'rganishlardan kelib chiqib, mavjud transport vositalaridan samarali foydalanish, transport xarajatlari kamaytirish orqali yilkira haqini orzonlashtirish mumkin.
Shahri aholisi uchun yo'lovchilarga turli xil motivlar mavjud bo'lgan xizmat turiga qarab avtobus yo'nalishlarini uchta toifaga ajratish va mos ravishda yo'l kira tariflarni joriy etish bo'yicha takliflar keltirildi, shu jumladan:
• 1-toifali yo'nalishlar uzunligi 5-6 km gacha (yetkazib beruvchi yo'nalishlar)
• 2-toifali yo'nalishlar uzunligi 7-13 km atrofida (markaziy transport bog'lamalariga etkazuvchi)
• 3-toifali yo'nalishlar uzunligi 14 km dan ortiq (tumanlararo, markazlarni bog'lovchi yo' nalishlar)
1. 120 minut mobaynida KO'P MARTA peresadka qiladiganlar yo'lovchilar uchun maxsus tarif (D tarif paketi)
1-transport uchun 2—transport uchun 3—transport uchun 4-- transport uchun 5- transport uchun
1700 co'm 700 co'm 0 so'm 0 so'm 0 so'm
2. Oldindan to'lov qiladigan uchun maxsus tarif (Ye tarif paketi)
1 kunlik 7 000 so'm
5kunlik * 27 000 so'm
7 kunlik * 34 000 so'm
10 kunlik * 34 000 so'm
15 kunlik * 81 000 so'm *
20 kunlik * 108 000 so'm *
30 kunlik * 160000 so'm *
90 kunlik * 436000 so'm *
180 kunlik * 811 000 so'm *
365 kunlik * 1 497 000 so'm *
* Pensionerlar, nogironlar, talabalar va o'quvchilaruchun (50% chegirma)
Sotib olingan chiptalar foydalanilgan kundan boshlab hisoblanadi)
Shartli ravishda quyidagi 3-rasm 2500 kishi uchun hisob kitobni amalga oshiramiz. Bunda korxonaga tushadigan tushim 2500*1700 so'm = 4250 so'm tashkil etadi. Endi yo'nalish sxemasini an'anaviy yondoshuvdan magistral va etkazib beruvchi yondoshuvga o'tkazilgan holatni ko'ramiz. Aytaylik qisqa masofaga boradigan yo'lovchilarning peresadka qilish ehtimolligi yo'q, o'rta masofaga boradiganlar ehtimolligi 50% va undan ortiq foiz bilan kamida bir marta peresadka qilsin, o'zoq masofaga boradiganlar esa ikki va undan ortiq peresadka qiladi deb faraz qilamiz [15,16,17].
Bunday sharoitda foydalanuvchilarning 56% yo'lovchilar uchun yilkira haqini to'laganda A tarif va D tarif paketi bo'yicha farq bo'lmaydi. Bir xil miqdorda transport uchun sarf xarajat qiladilar (2 500 *56/100 )*1700 so'm. Shu sababdan ular 120 minut mobaynida KO'P MARTA peresadka qiladiganlar yo'lovchilar uchun maxsus D tarif paketini olish ehtimolligi yuqori.
Qolgan o'rta masofali transport foydalanuvchilarning yarmi uchun yilkira haqi A tarif o'rniga va V tarif paketiga o'tishga majbur bo'lishadi, ya'ni (2500 15/100 )*2000 +(2500 *15/100 )*1700 so'm sarflaydilar.
Uzoq masofaga boruvchi esa A tarif o'rniga va S tarif paketiga o'tishga majbur bo'lishadi, ya'ni (2500 *(10)/100 )*3000 so'm sarflaydilar.
Qolgan barcha (4%) foydalanuvchilar KO'P MARTA peresadka qiladiganlar yo'lovchilar uchun maxsus D tarif paketini olishga majbur bo'ladilar.
Yangi tarif tizimi Pensionerlar, nogironlar, talabalar va o'quvchilar uchun asosan oldindan to'lov qiladigan uchun maxsus Ye tarif paketi olish ehtimolligi yuqori, eski amaldagi tarifga nisbatan orzonligi va qulayligi yuqori.
Yangi yondoshuvdagi barcha tushimlar yig'indisi: 2500 * [(0.56 * 1700) + (0.15 * 2000 + 0.15 * 1700) + (0.1 * 3000)
Xulosa qilib shuni aytish kerakki bozor munosabatlariga o'tishda shahar yo'lovchi tashish transportining roli va ahamiyatining oshishi sanoat va aholining shaharlarga to'planishi jarayonlarining kuchayishi, yangi sanoat markazlarining shakllanishi, shaharlar infratuzilmasini kompleks rivojlantirishni, aholining jamoat transportidan keng foydalanishini ta'minlash zaruriyati bilan belgilanadi.
Hozirda shaharning bir nuqtasidan boshqa nuqtalarga bir yo'nalishdaagi avtobusda borish imkoniyatining juda kamligi sababli, shahar aholisi bir nechta avtobus yo'nalishlaridan foydalanishga majbur bo'lmoqda, transport uchun sarf xarajatlari yuqori bo'lmoqda. Ushbu parametrlarni inobatga olib, quyidagilarni taklif berish mumkin:
Oddiy tarif xizmat ko'rsatish doirasidagi turli darajadagi xizmatlarni aks ettirmaydi. Differensial tariflarni amalga oshirishning afzalliklari mijozlarga tushunish, soddalik va moslashuvchanlik xarajatlariga qarab belgilanadi.
Multimodal jamoat transporti turlarini jalb qilishni muvozanatlash uchun tariflar darajasiga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Har bir yo'l tarif paketini ishlab chiqishda elektron ma'lumotlar bazasi shaklidagi yig'ma ma'lumotlar hududiy supervayzerlar bankini shakllantirish lozim. Bunda olingan barcha ma'lumotlar ular tomonidan tegishli uslubiy tavsiyalarga muvofiq kuzatilgan shaxslarning umumiy sonini shakllantirish va tashish faoliyatini amalga oshiruvchi shaxsiy avtotransport egalari tomonidan ko'rsatilgan avtomobil transporti faoliyati hajmini aniqlash uchun foydalaniladi.
Shahar yo'lovchi tashish transportida bir qator, ko'pincha qarama-qarshi bo'lgan ehtiyoj va talablarga javob berishi kerak. Budjet cheklovlari va subsidiyalarning kamayishi, mulk egalariga dividendlar, xavfsiz ishonchli transport xizmatlarini yaxshilash va hokazo. Boshqa tomondan, aholining ijtimoiy ahvoli, imtiyozli foydalanuvchilari va boshqalar.
З-jild, З-son 267
Jamoat transportida qo'llaniladigan tarif tizimlari bir nechta ko'rinishlari mavjud.
Ular: Oddiy tarif tizimi bu yagona bir tekis tarifdir. Bunday holda, barcha qatnovlar masofasi qancha bo'lishidan qat'iy nazar bir xil tarif bo'ladi. Birlik tarifini boshqarish juda osonligi, ammo jamoatchilik ko'pincha ikkita qo'shni stansiya orasidagi qisqa safar butun tizimdagi uzoq safar bilan teng bo'lishini qabul qilmaydi. Ushbu holatlarni o'rgangan holatda, yangi zamonaviy e-toll platformasi ko'rinishidagi, (namunasidagi) jamoat transportidan foydalanishning yangicha milliy namunasini yaratish kerak.
Shahar jamoat transporti doimiy ravishda dotatsiyada turishini inobatga olib, natijada ushbu soha doimiy ravishda kapital fondlarini talab etadi. Buni nazorat qilish esa yangi intellektual transport tizimlarini amaliyotda qo'llashni talab etadi.
ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 noyabrdagi
"Toshkent shahrida 2030 yilgacha bo'lgan davrda yo'lovchi tashish transportini
rivojlantirish konsepsiyasi to'g'risida"gi qarori.
2. X Ataxonov, M A'zamboev, U Xidirov, "Разработка и опробование программ по учету и финансовой отчетности по расходам топлива" Економика и сотсиум., 2019, 6 (61) ЕИССН: 2225-1545.
3.D.X.Kupaysinov. J.Mannonov, U.X.Xidirov. Avtotransport vositalarining ishlash notekisligini hisobga olgan holda yuklarni tashishni tezkor rejalashtirishda muqobil energiyaning ahamiyati, NamMTI ilmiy-texnika jurnali 6 tom. №3 2021.
4. Mannonov Jahongir Adashboyevich, Imomnazarov Sarvar Qoviljanovich, Ismoilov Hasanboy Abduvali o'g'li, Xidirov Ulug'bek Xabibullaevich. Avtomobil qismlariga qo'llaniladigan sirt qotib qolishning zamonaviy texnologiyasi. - Nveo-Natural Volatiles & Essential Oils, 2021 Y.
5. Солиев Х. и др. Организация скоростных пассажирских маршрутов //Естественно научный журнал «Точная наука. - 2022. - №. 129. - С. 9-11.
6. To'xtabaev M. A., Mamirov U. X., Turg'unov Z. X. Jamoat transportida yo'lovchi tashish samaradorligi //Mexanika i texnologiya. - 2022. - №. 2. - S. 62-67.
7. Normirzaev A., Mamirov U., Turgunov Z. O'zbekiston transport tizmini xozirgi kundagi xolati taxlili //Mexanika i texnologiya. - 2022. - S. 513-517.
8. Mamirov U. X., Soliev X. M., Turg'unov Z. X. Namangan shahrida transport oqimini oshirishda infratuzilmalarni loyihalash // Mexanika texnologiya. - 2023. - T. 1. - №. 10. - S. 130-135.
9. Raximjonovich, u. A. (2023). Toshkent shahar jamoat transportini rivojlantirish-dagi muammolar va ularni keltirib chiqaruvchi omillar. Xalqaro ilmiy-texnik anjumani "avtomobil yo'llarida inson xavfsizligini ta'minlashning innovatsion usullari".
10. Ataxonov, X. (2022). Namangan shahrida avtobus transportida yo'lovchilarga transport xizmati ko'rsatish sifati me'yorlari. Scienceweb academic papers collection.
11. RAXIMJONOVICH, U. A. (2018). Yo'lovchilarni mikroavtobuslarda tashishni tashkil qilish. Scienceweb academic papers collection.
12. Xidirov, U. X. (2022). Jamoat transporti yo'lovchilar oqimi va uni o'rganish usullari. Mexanika i texnologiya, (Spesvbipusk 2), 87-91.
13. XABIBULLAYEVICH, X. U. B. (2022). SHAXAR KO 'CHALARIDA HARAKATLANISH QULAYLIGINI TA'MINLASH MEZONI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI. Scienceweb academic papers collection.
14. XABIBULLAYEVICH, X. U. B. (2021). Avtotransport vositalarining ishlash notekisligini hisobga olgan holda yuklarni tashishni tezkor rejalashtirishda muqobil energiyaning ahamiyati. Scienceweb academic papers collection.
3-jild, 3-son
268
15. Saidyusupov M. B., Xidirov U. X., Mamirov U. X. KATTA SHAHARLARDA YO'LOVCHI TRANSPORTINING MARSHRUT SAXMASINI TAKMONLASH NAZARIYASI//Iqtisodiyot va jamiyat. - 2023. - Yo'q. 6-1 (109). - 992-997-betlar.
16. Saidyusupov, M. B., Xidirov, U. X. va Mamirov, U. X. (2023). Katta shaharlarda yo'lovchi tashishning yo'nalish sxemasini takomilashtirish metodologiyasi. Mexanika va texnologiya , (Maxsus nashr 1 (4)), 117-121.
17. Saidyusupov M. B., Sidiqov O. A., Qayumov N. K. YO 'LOVCHI TASHISH XIZMATLARINING ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI //Экономика и социум. - 2023. - №. 6-1 (109). - С. 410-415.
3-jild, 3-son 269