AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
UDK: 621.3.071.45
TIZIMLI TAHLIL ASOSIDA SHINA RESURSINI OSHIRISHDA INFORMATSION
MODELI
Melibaev Maxmudjon
Namangan muhandislik-qurilish instituti professori., t.f.n. [email protected]
Annotatsiya. Ushbu maqolada g'o'za qator oralariga ishlov beruvchi mashina-traktor agregatlarining yurish tizimi g'ildirak pnevmatik shinasining ishlash resursiga ta'sir etuvchi omillarning informatsion matematik modelb sifatida miqdoriy shaklda aniqlash usuli taqdim etilgan.
Аннотация. В этой статье представлен метод количественного определения рабочего ресурса колесной пневматической шины в виде информативной математической модели системы ходовых машинно-тракторных агрегатов, обрабатывающих промежуточные ряды.
Abstract. This article presents a method for quantitative determination of the working life of a wheeled pneumatic tire in the form of an informative mathematical model of a system of running machine-tractor units that process intermediate rows.
Tayanch so'zlar: mashina, traktor, agregat, qator, ob'ekt, shina, naqsh, shataksirash, yonilg'i, texnik xizmat ko'rsatish, protektor.
Ключевые слова: машина, трактор, агрегат, ряд, объект, шины, рисунок, буксование, топливо, техническое обслуживание, протектор.
Key words: machine, tractor, unit, row, object, tires, slipping, fuel, maintenance, tread.
Ma'lumki O'zbekiston sharoitida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishda mashina-traktor agregatlari (MTA)ni o'rni beqiyosdir, chunki ayniqsa g'o'za qator oralariga ishlov berish davrida agregatlar og'ir holatda, yuqori harorat, nishab-qiyalik, chang-to'zon, loy, ta'sir etuvchi kuchlarning o'zgaruvchangligi va boshqalarning o'ziga xos tuproq- iqlim sharoitlari texnikalarning ekspluatatsion chidamliligini pasayishiga hamda ularga texnik xizmat k o'rsatish xarajatlarining oshishiga olib keladigan asosiy sabablardan biridir [1].
Traktor agregatlarining yurish tizimi shina qismining ishlash resurslarni oshirish borasida ko'pchilik olimlar tomonidan tadqiqot va kuzatuv ishlari olib borilgan, lekin g'o'za qator oralariga ishlov beruvchi MTA larining shina qismi resursini oshirish bo'yicha deyarli ishlar olib borilmagan. O'tkazilgan kuzatuvlar va tahlillar shuni ko'rsatdiki, g'ildiraklarning shinalari har xil turdagi shikastlanishlarga uchraydi. Biroq turli xil nuqsonlar orasida shina protektorining yeyilishi barcha holatlarda boshqa shikastlanishlar bilan paralel ravishda sodir b o'lishi ma'lum bo'ldi (1-jadval).
1-jadval
Ta'sir etuvchi omillar
t/r Belgilanishi Nomlanishi
1 Ob'ektga ta'sir etuvchi boshqariladigan omillar: X1 - shina protektor naqshining yeyilishi ko'rsatkichlari; X2 - shinaning yuk ko'tarish qobiliyati; X3 - shataksirash xususiyati; X4 -agregatning yonilg'i sarfi xarajatlari; X5 - shinaning tuproqqa beradigan vertikal bosimi qiymatlari; X6 - shinaning geometrik o'lchamlari bo'yicha rusumlari; X7 - texnik xizmat ko'rsatishga sarflanadigan xarajatlari.
2 w W1 - tashqi muhit harorati; W2 - qator oralariga ishlov berishdagi texnologik jarayonlar;
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
Boshqarib bo'lmaydigan omillar: W3 - tuproqning tarkibi.
3 Resursning me'yoriy ko'rsatkichlari: Z1 - IATF 16949, ISO; Z2 - GOST 7463-2003; Z3 - OST. Z4 - TUlar bo'yicha.
4 Y CHiqish omillari: Y1 - shina protektor naqshining yeyilishining qiymatlari; Y2 - shinaning yuk qo'tarish qobiliyati; Y3 - shataksirashi; Y4 -agregatning yonilg'i sarfi; Y5 - shinaning tuproqqa vertikal bosimi; Y6 - shinaning geometrik o'lchamlari; Y7 - texnik xizmat ko'rsatishga sarflanadigan xarajatlarning kamayishi.
MTA ga ta'sir etuvchi omillar 1-jadvalga asosan, turli xil sharoitlarda bir necha yillar davomida o'tkazilgan ko'plab tajribalar asosida har bir ishlatilayotgan shinadagi protektor yeyilishi naqsh balandligi o'rtasidagi farq bilan belgilandi va kuzatuv natijalari asosida tuzilgan eksperimental model sxemalari asosida olib boramiz [2,3].
Bunda g'o'za qator oralariga ishlov berishda MTA shinasining xususiyati va holatini aniqlashdagi ta'sir etuvchi omillar orqali ta'riflanadi: [4,5,6].
MTA tizimning asosiy ish rejimi bu dinamik rejim hisoblanadi. CHunki bu rejimda tizimga har xil signallar ta'sir etib, tizim harakatda bo'ladi va bu harakat differentsial tenglama orqali ifodalanadi.
Tizimning dinamik holatini ya'ni (o'tkinchi jarayon) holatini ifodalovchi tenglamaga dinamik tenglama yordamida ifoda etiladi (1-rasm).
w
1-rasm. MTA shinasi strukturaviy sxemasi
MTA yurish tizimi elementlariga (ta'sir etuvchi omillarni) qo'yidagicha ta'riflaymiz: Demak dinamik rejimni ifoda etuvchi strukruraviy sxemadan ma'lum bo'lishicha shu holatning o'zini, harakat tezligini hamda harakatning tezlanishini ifoda etadi.
Y(x1, x2, x3, x4, x5, x6, X7, y1, y2, y3, y4, y5, y6, y7,) + f = 0 (1)
bunda x, f - kirish kattaligi; y - chiqish kattaligi. (1.1) tenglama dinamik rejimning tenglamasi.
1-rasmdan ma'lum bo'lishicha MTA ning t vaqt oraligida shinaning ishlash resursini To'rt. oshirish talab etilgan.
Shinalarning ishlash resursini oshirishda ko'p faktorli omillarga bog'liqligi orqali
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI aniqlanadi (2-rasm) [7,8,9].
-* X? MTA шинаси ресурс
x7 ->
2-rasm. MTA shinasi resursini oshirish modeli
G'ildirak shinasiga ta'sir etuvchi barcha omillarni aniqlash yordamida MTA shinasining ekspluatatsiya sharoitidagi ishlash resursini aniqlash imkoniyati yaratiladi.
Xulosa: G'o'za qator oralariga ishlov beruvchi MTA yurish tizimi shina qismining ishlash resurslarini oshirishning asoslash imkoniyatini beradi [10,11,12,13].
ADABIYOTLAR
1. Sh.U.Yo'ldoshev. Mashinalar ishonchliligi va ularni ta'mirlash asoslari. Toshkent. "O'zbekiston". 1994. -479 b.
2. Реброва И.А. Планирование эксперимента: учебное пособие. - Омск: СибАДИ, 2010. -105 с.
3. Melibaev M., Akbarov S. G'o'za qator orasiga ishlov beruvchi agregat pnevmatik shinasi resursini oshirishning ilmiy-texnik yechimlari bo'yicha adabiyotlardan tahlillar. Fan, ta'lim, madaniyat va innovatsiya [Jild: 02 Nashr: 03 (2023)] - P.46-52. www.mudarrisziyo.uz.
4. Мелибаев М., Йигиталиев Ж.А. Оценка безотказности пропашных колёсных тракторных шин. //Международном научно-практическое журнале "Экономика и социум" № 2 (81) 2021.https://www.iupr.ru/2-81-2021.
5. Melibayev M., Dadakhozhozhaev A. Rules for the characteristics of tractor tire parameters on a non-horizontal support surface. SJIF Impact Factor: 2021: 8/013| ISI I.F. Volue:1.241| Journal DOL: 10.36713/ISSN:2455-7838 (Online).EPRA International jounal of Research and Developmet (IJRD)|Volime:6|Issue:5| May 2021. - P. 124-136.
6. Нишонов Ф., Мелибаев М., Кидиров А. Тягово-сцепные показатели машинно-тракторного агрегата. //SCIENCE TIME. Общество Науки и творчества. //Международный научный журнал. - Казань. Выпуск. № 1. 2017. - С. 292-296.
7. Melibayev M., Akbarov S. Determination of the average resource of tires of cotton wheeled tractors. International congress of multidiscilinary studies in education and applied sciences. Istambul, - Turkey on April 27th. 2022. - P. 112-115.
8. Нишонов Ф., Мелибаев М., Кидиров А., Акбаров. Буксование ведущих колес пропашных трехколёсных тракторов. //Журнал «Научное знание современности». Материалы Международных научно-практических мероприятий Общества Науки и Творчества. - Казань. Выпуск № 4 (16). 2018. - С. 98-100.
9. Melibayev M., Yigitaliyev Jaloliddin Adkham ugli. Results of operational tests of tractor tires with increased service life and their technical and economic efficiency. Euro Asia Conferences. Euro Science: International Conference on Social and Humanitarian Research, Hosted from Cologne, - Germany. April 25rd-26th 2021. http://euroasiaconference.com. - P. 113118.
10. Melibayev M., Yigitaliyev Jaloliddin Adkham ugli. Determination of parameters affecting the performance of tracto tires. International Journal of Academic pedagogical Reseerch (IJAPR) ISSN: 2643-9123. Vol.5 Issue 5, May - 2021, Washgton DC,USA. http://www.ijeais.org/ijapr [email protected]. - P. 131-135.
11. Melibaev M., Dedaxodjaev A., Najmiddinova Yo. Shinani ilashish yuklamasini
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
tuproq kontakti miqdoriga bog'liqligini aniqlash mezonlari. //Agrotexnika dunyosi ilmiy-amaliy jurnali. - Toshkent. 2020. (01-26) yanvar. -B. 10 - 11.
12. Melibaev M., Akbarov S., Kudratov J. Pnevmatik shinalarining puxtalik miqdoriy ko'rsatkichlarini aniqlash. Iqro journal. 2023. Vol-1, ISSUE-2. https://wordlyknowledge.uz.
13. Akbarov S., Jumaeva M., Melibaev M. Qishloq xo'jaligi pnevmatik shinalariga ko'yiladigan ekspluatatsion va metrologik talablar. //Iqro jurnali / 2023 Vol-2, ISSUE-l.Guvohnoma № 060680 https: //wordlyknowledge.uz/ E-ISSN : 2181 - 4341.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son