Научная статья на тему 'G‘O‘ZA QATOR ORALARIGA ORGANIK VA MINERAL O‘G‘ITLAR ARALASHMASINI SOLISHNING AHAMIYATI VA UNI SOLISHDA QO‘YILGAN AGROTEXNIK TALABLAR'

G‘O‘ZA QATOR ORALARIGA ORGANIK VA MINERAL O‘G‘ITLAR ARALASHMASINI SOLISHNING AHAMIYATI VA UNI SOLISHDA QO‘YILGAN AGROTEXNIK TALABLAR Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
g‘o‘za qator oralari / organo-mineral / vegetatsiya / oziqlantirish / agrofizikaviy / agrokimyoviy / samaradorlik / ish organi. / керосин / органо-минеральный / растительность / питание / агрофизический / агрохимический / продуктивность / рабочий орган.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Xaydarova Shaxnoza Zokirjonovna, Abdimominov Ikromjon Iminovich

Ushbu maqolada g‘o‘za qator oralariga organo-mineral o‘g‘itlar aralashmasini solishning ahamaiyati va uni solishda qo‘yilgan agrotexnik talablar g‘o‘zani organik va mineral o‘g‘itlar aralashmasi bilan vegetatsiya davrida oziqlantirish hosildorlikni ortishiga olib kelishini hisobga olib, o‘g‘it solish usuli va uni amalga oshiradigan ish organini asoslash uchun agrotexnik talablarga ma’lum o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The significance of putting a mixture of organic and mineral fertilizers between cotton rows and agrotechnical requirements for its application

В данной статье рассмотрена важность внесения смеси органо-минеральных удобрений междурядья хлопчатника и агротехнические требования к ее применению с учетом того, что подкормка хлопчатника смесью органических и минеральных удобрений в период вегетации приводит к увеличению, описаны некоторые изменения агротехнических требований по обоснованию способа внесения удобрений и рабочего органа, его реализующего, и дополнения.

Текст научной работы на тему «G‘O‘ZA QATOR ORALARIGA ORGANIK VA MINERAL O‘G‘ITLAR ARALASHMASINI SOLISHNING AHAMIYATI VA UNI SOLISHDA QO‘YILGAN AGROTEXNIK TALABLAR»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

UDK. 631.3.06

G'O'ZA QATOR ORALARIGA ORGANIK VA MINERAL O'G'ITLAR ARALASHMASINI SOLISHNING AHAMIYATI VA UNI SOLISHDA QO'YILGAN

AGROTEXNIK TALABLAR

Xaydarova Shaxnoza Zokirjonovna Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti,t.f.f.d (PhD), katta o'qituvchi, [email protected]

Abdimominov Ikromjon Iminovich Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, t.f.f.d (PhD) [email protected]

Annotatsiya. Ushbu maqolada g'o'za qator oralariga organo-mineral o'g'itlar aralashmasini solishning ahamaiyati va uni solishda qo'yilgan agrotexnik talablar g'o'zani organik va mineral o'g'itlar aralashmasi bilan vegetatsiya davrida oziqlantirish hosildorlikni ortishiga olib kelishini hisobga olib, o'g'it solish usuli va uni amalga oshiradigan ish organini asoslash uchun agrotexnik talablarga ma'lum o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish bayon etilgan.

Аннотация. В данной статье рассмотрена важность внесения смеси органо-минеральных удобрений междурядья хлопчатника и агротехнические требования к ее применению с учетом того, что подкормка хлопчатника смесью органических и минеральных удобрений в период вегетации приводит к увеличению, описаны некоторые изменения агротехнических требований по обоснованию способа внесения удобрений и рабочего органа, его реализующего, и дополнения.

Annotation. This article describes the importance of applying a mixture of organic and mineral fertilizers between cotton rows and the agrotechnical requirements for its application. Taking into account that feeding cotton with a mixture of organic and mineral fertilizers during the growing season leads to an increase in productivity, certain changes and additions to the agrotechnical requirements are made to justify the method of applying fertilizers and the working body that implements it.

Kalit so'zlar: g'o'za qator oralari, organo-mineral, vegetatsiya, oziqlantirish, agrofizikaviy, agrokimyoviy, samaradorlik, ish organi.

Ключевые слова: керосин, органо-минеральный, растительность, питание, агрофизический, агрохимический, продуктивность, рабочий орган.

Key words: kerosene, organo-mineral, vegetation, feeding, agro-physical, agro-chemical, efficiency, work organ.

Kirish. O'g'itlovchi ish organlariga agrotexnik talablar, shuningdek ulardan foydalanish shartlari A.Hadjiev [1] ishlarida asoslangan. A.Hadjiev tadqiqotlarida g'o'za parvarishi davrida mineral o'g'it soladigan ish organlari uchun agrotexnika talablari ishlab chiqilgan.

Agroximik olimlarning ta'qidlashicha, organik va mineral o'g'itlar birikmasi bilan o'simliklarni oziqlantirish muhim ahamiyatga ega.

Agrokimyo fanining asoschisi akademik D.M.Pryanishnikov o'simliklardan yuqori hosil olish uchun organik va mineral o'g'itlar aralashmasini qo'llanishi lozimligini ta'kidlangan [2].

Ma'lumotlar. O'zPITI o'tkazilgan (S.A.Kudrin, F.N.Skryabin) tajribalarda g'o'zaga organik va ma'dan o'g'itlar berilganda o'simlikning azotdan foydalanishi 51 va 49 %, fosfordan foydalanishi 36 % bo'lgan bo'lsa, organik o'g'itsiz azotning o'zlashtirilishi 43 va 48 %, fosforniki -14-15 % bo'lgan xolos [3].

AQSH olimlarining paxta yetishtirishdagi tajribalarida o'g'it dala yuzasiga sochib berilganda o'simlik uning 14 %, suv bilan oqizib berilganda 27% o'zlashtirgan bo'lsa,

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

tasmasimon etib tuproqqa ko'mib (lokal) berilganda esa 45 % o'zlashtirgan va eng yuqori hosil olingan [4].

O'zPITI olimlari (B.Niyazaliev) tomonidan o'tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijasiga ko'ra, organik o'g'itlar ma'danli o'g'itlar bilan birga ko'llanilganda tuproqning agrofizikaviy va agrokimyoviy xususiyatlari yaxshilangan. Buning natijasida o'simlik o'sishi va rivojlanishi avj olib, hosil elementalarining to'planishiga hamda ozuqa moddalarni o'zlashtirilishiga maqbul sharoit to'planishi va paxta hosilining oshishiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan [5].

M.P.Shapovalovani qayd etishicha, chirigan go'ng bilan mineral o'g'it aralashmasi g'o'zaga solinganda samaradorligi oshgan va hosildorlik 2,67-3,65 ts/ga ortgan [6].

N.P.Malinkin azot va fosforli o'g'itlar samaradorligini oshirishning bir yo'li, ulardan organik-mineral aralashma sifatida foydalanish lozimligini ta'kidlagan [7].

F.A.Skryabin va P.V.Protasovlarning ta'qidlashicha, organik va mineral o'g'itlar aralashmasidan foydalanish mineral o'g'itni o'zini solganga nisbatan paxta hosildorligini 10-15 % ga oshirgan [3]. Mualliflar buning sababini vegetatsiya davrida mikroorganizmlarning ko'p tug'ilishi bilan bog'liq deb tushintirishadi. Ular o'simliklar ildiz tizimining tarqalish qismida oziqa moddalarni ushlab qoladi hamda o'simliklarni yaxshi oziqlanishini ta'minlaydi.

F.A.Skryabinning aniqlashicha, go'ng solganda o'simlik azotni 36% o'zlashtiradi, NPK solganda - 43 %, go'ng bilan NPK birga solinganda 51% o'zlashtiradi.

A.Sultanov organik va mineral o'g'itlar aralashmasini bo'z tuproqqa ekilgan paxtalarga solingan holatni o'rganib aniqlashicha, organo-mineral o'g'itlar birga solinganda faqat mineral o'g'itlar solinganiga nisbatan gullar va g'unchalarni to'kilishi 3-11 % ga kamaygan [9]. SHu bilan birga hosildorlik 1,7 ts/ga dan 3,8 ts/ga cha oshgan.

T.P. Piroxunovning ta'qidlashicha, organik o'g'itlarni fosfor bilan birgalikda solish g'o'za ildizlarining massasini 21,4-37 % ga oshishini ta'minlagan [10].

Organik o'g'itlar fosforli o'g'itlarning samaradorligi oshishini ta'minlab, ularning miqdorini gektariga 225 kg dan 125 kg kamaytiradi. Turli xil me'yordagi organik va mineral o'g'itlar aralashmasini solish hamda bahorda ekishni mulchalash bilan birga olib borish g'o'za hosildorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan va nazoratdagiga taqqoslaganda gektariga 0,5-4,4 tsentnerga oshgan (1-jadval). Bunda g'o'za hosildorligi asosan organik va mineral o'g'itlar aralashmasini lokal solish evaziga oshgan. Masalan, nazoratdagi ekish qatorlarini go'ng (me'yori gektariga 1,5 tonna) bilan mulchalash (1-variant) da g'o'za hosildorligi gektariga 35,9 sentner bo'lgan. Pushtaga faqat kompostni gektariga 2 tonna me'yorda mulchalamasdan (4-variant) solinganda hosildorlik gektariga 39,3 sentner bo'lgan, ya'ni gektariga 3,4 tsentnerga oshdi. Kompost solinib va mulcha qilinganda (3-variant), hosildorlik gektariga 39,7 tsentnerni tashkil etib, gektariga 3,8 tsentnerga oshdi. Mulchalash hisobiga g'o'za hosildorligi faqat gektariga 0,4 sentnerga oshgan (3 va 4-variantlar) bo'lsa, kompostni gektariga 2 tonna me'yorda alohida solish hisobiga esa gektariga 3,4 tsentner (1 va 4-variant), birga solishda gektariga 3,8 sentnerni (1 va 3-variant) tashkil etgan.

Ammo, o'g'it me'yorini ikki martaga, ya'ni gektariga 2 tonnaga oshirganda hosildorlik faqat 0,6 s/ha oshgan, ya'ni 1,7 foiz. Shulardan kelib chiqib, pushta ostiga kompostni lokal solishning eng samarali me'yori, bu gektariga 2 tonna ekanligi aniqlangan. Shunga qaramay bu texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etish uchun ishonchli texnika hanuzgacha yaratilmagan.

1-jadval

Paxta hosilining solingan kompost va sochiluvchan go'ng me'yoriga bog'liq ko'rsatkichlari

Varia nt № Organik va mineral o'g'itlar aralashmasini Sochiluvchan go'ngni sepish miqdori, Paxta hosili, ha/s (qaytariq) O'rtacha hosil s/ha Nazoratga nisbatan og'ishi, %

I II III IV s/ha %

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

me'yori, ha/tonna ha/tonna

1 Nazorat 1,5 37,1 36,7 36,7 33,2 35,9 - 0

2 1,0 1,5 38,1 37,8 35,8 34,0 36,4 +0,5 1,4

3 2,0 1,5 40,9 41,2 36,8 40,0 39,7 +3,8 10,6

4 2,0 - 41,3 40,8 37,5 37,2 39,3 +3,4 9,5

5 4,0 1,5 39,1 38,6 41,7 41,6 40,3 +4,4 12,3

R = 2,3 %, NSR = ±2,8 ha/s

Keyingi tadqiqotchilar tomonidan olingan natijalarni va 1985-1986 yillarda O'zPITIda o'tkazilgan tadqiqotlar natijalarini umumlashtirib quyidagicha xulosa qilish mumkin: organik va mineral o'g'itlarni birgalikda qo'llanilishi organik moddalar bilan mineral o'g'itlarni mikroorganizmlar asosida biologik mustahkamlanishi hamda o'simliklar uchun maqbul bo'lgan shakldagi ozuqaga aylanishi bilan tushuntirish mumkin. Bu jarayon azotni tuproqning chuqur qatlamlarida siljishini va ustki qatlamiga ko'tarilishini kamaytiradi hamda o'zlashtiriladigan kislota miqdorini oshiradi, natijada o'simlikning azot, fosfor bilan oziqlanishi yaxshilanadi.

Natijalar. Yuqorida ta'kidlanganidek, g'o'zani organik va mineral o'g'itlar aralashmasi bilan vegetatsiya davrida oziqlantirish hosildorlikni ortishiga olib kelishini hisobga olib, o'g'it solish usuli va uni amalga oshiradigan ish organini asoslash uchun agrotexnik talablarga ma'lum o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish zarurati tug'ildi.

Organik va mineral o'g'itlar aralashmasini soladigan kultivator-oziqlantirgichning muhim tomonlarini hisobga olgan holda unga quyidagi agrotexnik talablarni qo'yish mumkin:

> ishlov berish chuqurligi 12-16 sm oralig'ida bo'lishi kerak.

> o'rtacha ishlov berish chuqurligining belgilangandan chetlanishi ±1 sm dan oshmasligi lozim.

> himoya zonasining kengligi 6-10 sm oralig'ida bo'lishi kerak.

> g'o'za ko'chatlarining shikastlanishi bir o'tishda ko'pi bilan bir foizdan, butun mavsum davomida besh foizdan oshmasligi kerak

> begona o'tlarni yo'qotilish darajasi kamida 98 foiz bo'lishi kerak.

> maqbul namlikdagi tuproqqa ishlov berilganda o'lchami 10 mm dan kichik fraktsiyalar miqdori kamida 55 foiz, o'lchami 50 mm dan katta fraktsiyalar miqdori ko'pi bilan 10 foiz bo'lishi mumkin.

> o'g'it sepish apparatlarining sepish notekisligi 10 foizdan oshmasligi lozim.

> o'g'it sepish apparatlarining o'tkazuvchanligi, kg/ha;

- superfosfat 100-300

- ammofos 40-60

- ammiak selitrasi 60-200

- mochevina 40-60

- ammiak selitrasi va supperfosfatning go'ng bilan aralashmasi 300-600

> o'g'itlarning solinish chuqurligi va ekin qatoridan uzoqligi mos ravishda 12-14 sm va 6-10 sm.

Xulosalar. 1. G'o'zaning vegetatsiya davrida o'g'itlarni samaradorligini oshirish uchun organik va mineral o'g'itlarni aralashmasini ildiz tizimi rivojlanadigan zonaga solish maqsadga muvofiq.

ADABIYOTLAR

1. Хаджиев А. Технологические основы механизации внесения

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI органоминеральных удобрений под хлопчатник. УзМЭИ. - Янгиюль, 2002.

- 170 с.

2. Прянишников Д.М. Избранные сочинения. - Т.1. М: «Сельхозгиз», 1952. - С.

567.

3. Скрябин Ф.А. Навоз в системе хлопчатника. - Ташкент «Фан», 1970. - С. 336.

4. Хвощева Б.Г. Эффективность местного внесения удобрений.

- Сельское хозяйство за рубежом. Издательство «Колос», - М.: 1974. № 10.

- С. 14.

5. Niyazaliev B.I. Organik o'g'itlarni har xil turlaridan samarali foydalanish omillari. -Toshkent: UzPITI, 2009. - B. 246-250.

6. Мухаммеджанов М.В. Агротехника хлопчатника. - Ташкент: Узбекистан, 1953.

- С. 154.

7. Малинкин В.А. Удобрения хлопчатника в условиях маловодия. - Ташкент, Госиздат УзССР, 1954. - С. 14-15.

8. Протасов П.Б., Кодирхужаев Ф.К. Приминение удобрений в хлопковостве. -Тошкент: Узбекистан, 1980. -144 б.

9. . Султанов А. Эффективность органо-минеральных удобрений под хлопчатник: Автореф.дис.. .канд.с.х.наук. - Ташкент, 1960. - 21 с.

10. Пирахунов Т.П. Фосфорное питание хлопчатника в различных почвенных условиях. - Ташкент: Фан, 1981. - 168 с.

11. Abdimominov Ikromjon Iminovich, Xaydarova SHaxnoza Zokirjonovna "G'o'za qator oralariga ishlov berishda himoya kengligini o'rganish" "journal of science-innovative research in uzbekistan" jurnali volume 2, Issue 5, 2024. May

12. Влияние ширины долота рабочего органа удобрителя на его рабочие показатели. Н.М Комилов, Ш.З Хайдарова, И.И Абдимоминов Universum: технические науки, 51-55

13. Takomillashtirilgan o'g'it soladigan ish organi bilan jihozlangan kultivator-oziqlantirgich. SH.Z.Xaydarova International Conference on Research Identity, Value and Ethics, 110-113

14. Рабочий орган для внесения органоминеральных удобрений между рядками хлопка. определение параметров/ Ш.З. Хайдарова, Д.А Дадажанова Universum: технические науки, 69-71

15. Ish organi iskanasining parametrlarini asoslash/ SH.Z. Xaydarova, F Ortiqova, M Davlitova, N Saidabdullaeva/ Gospodarka i Innowacje. 35, 31-33

16. G'o'za qator oralariga ishlov berishda himoya kengligini o'rganish/ Xaydarova SHaxnoza Zokirjonovna Abdimominov Ikromjon Iminovich/ Journal of science-innovative research in Uzbekistan" jurnali.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 4-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.