Научная статья на тему 'SABZAVOTCHILIKDA MINERAL O‘G‘ITLARNI TUPROQ OSTIGA SOLADIGAN SOSHNIK TUMSHUG‘INING PARAMETRLARINI NAZARIY ASOSLASH'

SABZAVOTCHILIKDA MINERAL O‘G‘ITLARNI TUPROQ OSTIGA SOLADIGAN SOSHNIK TUMSHUG‘INING PARAMETRLARINI NAZARIY ASOSLASH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
soshnik / sabzavot / pushta / mineral o‘g‘it / tumshuq / tig‘ / egrilik radiusi / o‘tkirlanish burchagi / kuch / ishqalanish burchagi. / soshnik / sabzavot / pushta / mineral o‘g‘it / tumshuq / tig‘ / egrilik radiusi / o‘tkirlanish burchagi / kuch / ishqalanish burchagi.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Turdaliyev Voxidjon Maxsudovich, Maxkamov G‘ulomjon Usmonjonovich, Eksanova Santalatxon Sharobidinovna

Ushbu maqolada pushtaga ekilgan sabzavotlarga mineral o‘g‘itlarni tuproq ostiga lokal soladigan soshnik konstruksiyasi keltirilgan. Shu bilan bir qatorda, soshnik tumshug‘ining egrilik radiusini va soshnik tumshug‘i tig‘ining o‘tkirlanish burchagini nazariy asoslashga doir o‘tkazilgan tadqiqot natijalari berilgan. Tadqiqot natijalaridan olingan analitik ifodalarni sonli yechimlari asosida parametrlarining maqbul qiymatlari tavsiya etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Theoretical justification of the parameters of the opener nose for intrasoil application of mineral fertilizers in vegetable growing

В этой статье приведена конструкция сошника, для внутрипочвенного локального внесение минеральных удобрений при подкормки овощных культур. В качестве альтернативы приводятся результаты исследования по теоретическому обоснованию радиуса кривизны и угла заточки лезвий носока сошника. Рекомендуются оптимальные значения их параметров на основе численных решений аналитических выражений, полученных по результатам исследования.

Текст научной работы на тему «SABZAVOTCHILIKDA MINERAL O‘G‘ITLARNI TUPROQ OSTIGA SOLADIGAN SOSHNIK TUMSHUG‘INING PARAMETRLARINI NAZARIY ASOSLASH»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

UDK: 635.13.

SABZAVOTCHILIKDA MINERAL O'G'ITLARNI TUPROQ OSTIGA SOLADIGAN

SOSHNIK TUMSHUG'INING PARAMETRLARINI NAZARIY ASOSLASH

Turdaliyev Voxidjon Maxsudovich NamMQI, t.f.d., professor, [email protected]

Maxkamov G'ulomjon Usmonjonovich NamMQI, t.f.f.d., mgulomjon [email protected]

Eksanova Santalatxon Sharobidinovna NamMQI, tayanch doktorant, [email protected]

Annotatsiya. Ushbu maqolada pushtaga ekilgan sabzavotlarga mineral o'g'itlarni tuproq ostiga lokal soladigan soshnik konstruksiyasi keltirilgan. Shu bilan bir qatorda, soshnik tumshug'ining egrilik radiusini va soshnik tumshug'i tig'ining o'tkirlanish burchagini nazariy asoslashga doir o'tkazilgan tadqiqot natijalari berilgan. Tadqiqot natijalaridan olingan analitik ifodalarni sonli yechimlari asosida parametrlarining maqbul qiymatlari tavsiya etilgan.

Аннотация. В этой статье приведена конструкция сошника, для внутрипочвенного локального внесение минеральных удобрений при подкормки овощных культур. В качестве альтернативы приводятся результаты исследования по теоретическому обоснованию радиуса кривизны и угла заточки лезвий носока сошника. Рекомендуются оптимальные значения их параметров на основе численных решений аналитических выражений, полученных по результатам исследования.

Abstract. The article presents a design of a coulter that applies mineral fertilizers under the soil for vegetables planted in rows. Additionally, the results of theoretical research conducted to justify the curvature radius of the coulter tip and the sharpening angle of the coulter blade are provided. Based on the numerical solutions of the analytical expressions obtained from the research results, optimal values of the parameters are recommended.

Kalit so'zlar: soshnik, sabzavot, pushta, mineral o'g'it, tumshuq, tig', egrilik radiusi, o'tkirlanish burchagi, kuch, ishqalanish burchagi.

Ключевые слова: сошник, овощь, борозда, минеральное удобрение, носок, лезвия, радиус кривизны, угол заточки, сила, угол трения.

Key words: coulter, vegetable, furrow, mineral fertilizer, snout, blades, radius of curvature, sharpening angle, force, friction angle.

Respublikamizda sharoitida sabzavot ekinlari pushtalarda yetishtiriladi. Chunki ekilgan urug'larni unib chiqishi va nihollarni rivojlanishi uchun suv va issiqlik rejimini yaxshilash uchun qulay sharoit yaratiladi.

Adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, sabzavot ekinlari urug'larini pushtaga ekish quyidagi afzalliklarga ega ekan [1-4]:

- urug'lar turli mashina yoki agregatlar bilan ezilmagan tuproq qatlamiga ekish imkoniyati yaratiladi;

- pushtalarda tuproqning issiqlik qabul qilish yuzasi tekis yuzaga nisbatan 1,5 martagacha ortadi, buning natijasida ekilgan urug'larning unib chiqishi uchun zarur bo'lgan issiqlik tuproqqa tezroq to'planadi;

- pushtaga ekilgan urug'lar unib chiqqanda ularning ildizlari rivojlanadigan tuproqli zona hajmi ortadi;

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

- pushta olingan maydonlarda urug'larni tasma usulida ko'p qatorlab va donalab ekish imkoniyati yaratiladi;

- yomg'ir suvlarini pushta yon tomonlaridan sug'orish egatlariga oqib tushishi natijasida pushta ustida ortiqcha nam to'planmasligi, urug'larni bo'kib qolishi natijasidagi chirishi va tuproqni qatqaloq bo'lishining oldi olinadi;

- pushta hosil qilinganda sug'orish egatlari shakllanadi, buning natijasida ular orqali suv oqizib urug'larni undirish imkoniyati yaratiladi;

- qator oralariga ishlov berishda yetarli darajada rivojlanib ulgurmagan nihollarni tuproq bilan ko'milishining oldi olinadi.

O'simliklar o'sish davrida ozuqa moddalariga bo'lgan talabi oshadi, shuning uchun o'g'itlarni ekishdan oldin yoki o'simliklar rivojlanishining dastlabki bosqichlarida amalga oshirilishi tavsiya etiladi.

Yuqoridagilarni inobatga oladigan bo'lsak, pushtaga lentasimon usulda ekilgan sabzavotlarga mineral o'g'itlarni tuproq ostiga soladigan soshnik konstruksiyasini ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslash muhim hisoblanadi.

O'tkazilgan tadqiqotlar asosida mineral o'g'itlarni tuproq ostiga lokal solish uchun soshnik konstruktsiyasi ishlab chiqildi (1-rasm).

a

b v

1-rasm. Mineral o'g'itlarni tuproq ostiga lokal solish uchun soshnik

1a-rasmda mineral o'g'itni tuproq ostiga lokal solish uchun soshnikning yon tomondan

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI ko'rinishi, 1é-rasmda tepa tomondan ko'rinishi va 1v-rasmda esa orqa tomondan ko'rinishi keltirilgan.

Mineral o'g'itni tuproq ostiga lokal solish uchun soshnik ustun 1, unga mahkamlangan qirquvchi old qirrasi 2 segmentsimon shakldagi soshnik 3 va soshnik 3 ning orqa qismiga ustun 1 dan keyin mahkamlangan o'g'it yo'naltirgich 4 bilan jihozlangan urug' o'tkazgich 5 lardan iborat. Bunda soshnik 3 ning qanoti 6 bo'ylama tekislikka nisbatan a burchak ostida o'rnatilgan va qanot 6 qirquvchi pichoq 7 lar bilan jihozlangan.

O'g'itni tuproq ostiga lokal soluvchi qurilma quyidagi tartibda ishlaydi: Ish jarayonida soshnik 3 sabzavot ekilgan pushtaning yon qismini (shakllarda ko'rsatilmagan) qirquvchi old qirrasi 2 bilan qirqadi. Shundan so'ng qirqib olingan tuproq palaxsasi soshnik 3 qanoti 6 sirtida harakatlanib, qanot 6 oxirida joylashgan qirquvchi pichoq 7 lar yordamida qirqilishi natijasida tuproq palaxsasi uch bo'lakka bo'linadi va shu bilan birga tor ariqchalar ochiladi. Bunda soshnik

3 qanoti 6 a burchak ostida o'rnatilganligi sababli qirqib olingan tuproq palaxsasi deformatsiyalanib, maydalanishi yaxshilanadi. Shu bilan birga qanot 6 ning oxirida joylashgan qirquvchi pichoq 7 lar yordamida tuproq palaxsasi bo'laklarga bo'linishi natijasida tuproqni maydalanish darajasi jadallashadi hamda begona o'tlar yo'qotiladi. Bundan tashqari pushtalarning yon qismlari kesilganligi sababli sabzavot qator oralariga ishlov beradigan ishchi organ uchun ochiq kesish sharoitida ishlashi uchun imkoniyat yaratiladi. Ekish apparatidan tushayotgan o'g'itlar ustun 1 orqasiga o'rnatilgan urug' o'tkazgich 5 orqali tushib, yo'naltirgich

4 yordamida soshnik 3 ochgan tor ariqchalarga yo'naltirilib, lentali usulda solishga erishiladi.

Tavsiya etilayotgan o'g'itni tuproq ostiga lokal solish uchun qurilma sabzavot ekilgan pushtaning yon qismidagi begona o'tlarni yo'qotishni, o'g'itlarni tuproq ostiga solishni va qator oralariga ishlov beradigan ishchi organ uchun ochiq kesish sharoitida ishlash imkoniyatini yaratadi.

Dastlabki tadqiqotlarimizda ishlab chiqilgan soshnik tumshug'ining parametrlarini asoslaymiz. Ish jarayonida soshnik tumshug'i mineral o'g'it solish uchun tor ariqchalar ochish imkoniyatini yaratish maqsadida pushtaning yon qismini qirqadi va bunda tuproq palaxsasini ma'lum darajada deformatsiyalaydi. Demak, soshnik pushta bo'ylab harakatlanganda uning tumshug'i pushtaning yon qismidagi tuproq palaxsasini kesishi natijasida chuqurlik bo'yicha soshnik tumshug'ining yuzasiga ma'lum bir elementar F kuchlar ta'sir etadi. Bunda soshnik tumshug'iga ta'sir etuvchi kuchning umumiy kattaligi barcha elementar kuchlarning yig'indisiga teng bo'ladi

e

F=JdF, (1)

0

bunda 6-AB yoyning markaziy burchagi, grad; dF-elementar kuch, N.

Soshnik tumshug'iga ta'sir etuvchi elementar kuchni quyidagicha ifodalaymiz

dF = q0dV, (2)

bunda ^0-tuproqning hajmiy ezilish koeffitsiyenti, N/m3; dF-soshnik tumshug'idagi elementar hajm, m3.

Soshnik tumshug'idagi elementar hajmni quyidagicha ifodalaymiz

dV = Stdlt, (3)

bunda dlt-yoy uzunligining orttirmasi, m; St-soshnik tumshug'ining ko'ndalang kesim yuzasi, m2

2a-rasmga, asosan, soshnik tumshug'ining ko'ndalang kesim yuzasini quyidagicha aniqlaymiz

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

Hcbc

b.

2

+

b

2

tgYc 2tgYc ,

(4)

bunda Hc-soshnik balandligi, m; bs-soshnik qalinligi, m; y^-soshnik tumshug'i tig'ining o'tkirlanish burchagi, grad.

2b-rasmdan foydalanib, yoy uzunligining orttirmasini quyidagicha aniqlaymiz

dlt = OAd60 = OBd60

bunda, OA va OD soshnik tumshug'ining egrilik radiuslari, m.

(5)

a

b

2-rasm. Mineral o'g'itlar solish uchun tor ariqchalar ochadigan soshnik tumshug'iga

ta'sir etuvchi tashqi kuchlar

Soshnik tumshug'ining egrilik radiusini [5] ga ko'ra quyidagicha ifodalaymiz:

OA = OB > H

n ■''—7, (6)

(1 -sin^t)'

bunda ^t-tuproqning soshnik tumshug'i tig'iga ishqalanish burchagi, grad.

(6) ifodani sonli yechimini amalga oshirib, soshnik tumshug'ining egrilik radiusini aniqlaymiz. Ma'lumki, soshnikning bosh vazifasi mineral o'g'itlar uchun tor ariqchalar ochishdan iborat. [6] adabiyotda keltirilishicha, asosiy o'g'itlashda fosforli o'g'it yerga 10 sm dan chuqurroq solinsa o'simliklar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi. Lekin [7] adabiyotda keltirilishicha esa, keng qatorlab ekilgan ekinlar qator orasiga ishlov berilayotganda o'g'it 8-12 sm chuqurlikka solinadi deb ta'kidlangan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, hisoblashlarda soshnik balandligini shartli ravishda 12 sm deb qabul qilamiz, ya'ni, Hs=12 cm. Tuproqning soshnik tumshug'i tig'iga ishqalanish burchagini [5] ga ko'ra, ^t=31°-38° oralig'ida qabul qilamiz. Hisoblashlar natijasi shuni ko'rsatdiki, soshnik tumshug'ining egrilik radiusi kamida 25-31 sm oralig'ida bo'lishi kerakligi aniqlandi.

(4), (5) va (6) tenglik va tengsizliklarni inobatga olib, (3) tenglikni quyidagicha yozamiz

i i i \ H

dV = Hcbcde0

(1 - sinVt)

b

b

tg/c 2tgyt

(7)

c J

Demak, elementar kuchni (7) ifodani inobatga olib quyidagicha ifodalaymiz

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

i r r A

dF =

Hcbc%d°o

(1 - sin p)

Bundan

F =

Hcbc%d°o

(1 - sin p)

H --

b

b

tS7c 2tgr

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

H

|J de.

h

+

h

tg/c 2tg/c

Hbqe e

c c -10

c J 0

(1 - sinPt)

c J

H-

b

■ + ■

b

tS7c 2tgr

(8)

(9)

cJ

Tadqiqotlarning keyingi bosqichida (9) ifodadagi noma'lum bo'lgan soshnik tumshug'i tig'ining o'tkirlanish burchagini aniqlaymiz. Soshnik tumshug'i tig'ining o'tkirlanish burchagining maqbul qiymatini nazariy asoslashda unga tuproq yopishib qolmaslik shartidan foydalanamiz. Shuning uchun tig' bilan tuproq orasidagi o'zaro ta'sir jarayonini ko'rib chiqamiz. Vertikal tekislikda tuproq palaxsasiga soshnik tumshug'i tig'i tomonidan normal reaksiya Nt va ishqalanish Fishq kuchlari ta'sir etadi. Normal reaksiya kuchi Nt ni ikkita tashkil etuvchilarga, ya'ni soshnikning harakat yo'nalishi bo'yicha ta'sir etuvchi Nit va soshnik tumshug'i tig'ining sirti bo'ylab ta'sir etuvchi N21 kuchlarga ajratamiz (3-rasm).

3-rasm. Soshnik tumshug'i tig'ining o'tkirlanish burchagini aniqlashga doir sxema

3-rasmdan foydalanib quyidagilarni yozamiz.

N

N - f

it

sin rc

va

N2t = Nctgrc.

(10)

(11)

Soshnik tumshug'ining tig'iga tuproq yopishib qolmaslik shartini [8] ga ko'ra quyidagicha yozamiz

N2t > Fishq .

(12)

Amonton qonuniga binoan, ishqalanish kuchini quyidagicha ifodalaymiz [9]

Fishq = N = N,tgp, (13)

(11) va (13) tengliklarni inobatga olib, (14) tengsizlikni quyidagicha yozamiz

N,etgrc > N.ctg(90 -p,) (14)

yoki

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

rc <(90-p, ) . (15)

Soshnik tumshug'i tig'ining o'tkirlanish burchagi asosiy parametrlardan biri sanalganligi sababli, uning qiymatini aniqlash muhimdir. Uning qiymatini (15) tengsizlikni sonli yechimini amalga oshirib aniqlaymiz. [10] ga ko'ra, tuproqning soshnik tumshug'i tig'iga ishqalanish burchagini 310-380 oralig'ida qabul qilamiz. Hisoblarga ko'ra, soshnik tumshug'i tig'ini o'tkirlanish burchagining qiymati 520-590 oralig'idan kichik bo'lishi lozim ekan.

Xulosa. O'tkazilgan tadqiqotlar asosida shuni ta'kidlash mumkinki, soshnik sabzavot ekilgan pushtaning yon tomonini qirqib o'g'it uchun tor ariqchalarni ochishida kam energiya sarflab va soshnik tumshug'iga tuproq yopishib qolmasdan ishlashi uchun soshnik tumshug'ining egrilik radiusi kamida 25-35 sm oralig'ida va soshnik tumshug'i tig'ining o'tkirlanish burchagining qiymati 520-590 oralig'idan kichik bo'lishi lozim ekan.

ADABIYOTLAR

1. Boymetov R.I., To'xtaqo'ziev A., Xudoyorov A.N., Mamadaliev M.X., Egamberdiev A.O'. Tuproqqa minimal ishlov berish texnologiyasi va uni amalga oshiruvchi kombinatsiyalashgan agregat // Fermer xo'jaliklarida paxtachilik va g'allachilikni rivojlantirishning ilmiy asoslari: Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya ma'ruzalari to'plami. -Toshkent, 2006. - 169. - B. 17-20.

2. Маматов Ф.М., Худояров Б.М., Хайдаров ЭА. Минимизация подготовки почвы из-под хлопчатника на гребнях // Научные труды ВИМ. Москва: 2003. - С. 61-67.

3. Худойбердиев Т.С., Худоёров A.K Новый способ обработки почвы и техническое устройства для его реализации // Aктyальные вопросы аграрной науки и образования: Материалы межд.научно-практической конференции. - Ульяновск, 2008. -С. 85-88.

4. Xасанова Ф. Пушта олиш технологияси // Узбекистон кишлок хужалик журнали. - Тошкент: 2009. - №12. -Б. 5.

5. Эшдавлатов A3. Пиёз уругларини каторлаб экадиган сеялка эккичи ва кумгичининг параметрларини асослаш: Тех. фанлари буйича фал. док. диссертация. -Гулбах,ор: 2021. - 132 б.; 58-б.

6. ^ишлок хужалигида ишлатиладиган угитлар ва уларни куллаш. 100 китоб туплами. 91-китоб. Илмий нашр / «Агробанк» AТБ. - Тошкент: Тасвир, 2021. -134 б.; 18 б.

7. Отабоева Х. Усимликшунослик. -Тошкент: Мех,нат, 2000. -270 б.; 24 б.

8. Хайдарова Ш. Fyза катор ораларига органоминерал угитларни соладиган иш органини такомиллаштириш ва параметрларини асослаш: Тех.фан.фалс.докт.дисс. (05.07.01). - Aндижон, 2022. - 138 б.

9. Справочник по физике. Яворский Б.М., Детлаф A.A. -М.: Наука, 1979, -944 с.;

54-б.

10. Шербоев М.Ф. Пиёз уругини каторлаб экадиган машина конструкциясини ишлаб чикиш ва тадкик этиш. Тех. фанлари буйича фал. док. диссертация. Наманган, -2024, 54-б.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 4-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.