Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
"SUNBULANING ILK SHANBASI" QISSASIDA XARAKTER VA
RUHIYAT IFODASI
Safarova Dildora
Samarqand davlat universiteti magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Abduqayum Yo'ldoshevning "Sunbulaning ilk shanbasi" asarining ruhiyat talqini tahlil qilinadi. Asar qaxramoning o'z-o'zi bilan betinim olishayotgan damlarida qay bir nuqtalar bilan uning qirralarini ochishga turtki bo 'lgan qahramonlar qismatini yoritadi. Hikoyalarida shaxs uchun muhim bo 'lgan e'tiqod masalalari ruhiy olamida kechayotgan gunohkorlik hissi asarda qahramon misolida aks ettiriladi. Hikoyada Abduqayum akaning xonadoshining o 'lim oldidgi holati kishini befarq qoldirmaydi.Xonadoshining betobligi tufayli Abduqayum aka unga qalban yaqinlashadi. Shu tariqa yozuvchi hayot va mamot muammosini inson ruhoniy olamining taftishi misolida hal qilishga urinadi. Umr yakuni sifatida taqdim etilayotgan pallalarda uning halovatga erishuvi, o'zi anglamagani holda o'zga olamga intilishi ishonarli asoslangan.
Kalitso'zlar. Ruhiyat, shaxs konsepsiyasi, solihyo'li, ma'naviyat.
ABSTRACT
In this paper analyzes the psyche interpretation of Abdukayum Yuldashev's poet "The first Saturday of Sunbula". The work sheds light on the fate of the protagonists, who at some point in the moments when the protagonist is confronted with himself, is motivated to reveal its edges. In his stories, the feelings of guilt in the spiritual world, which are important for the person, are reflected in the example of the hero of the century. tries to solve. In the stages presented as the end of life, his attainment of bliss, his aspiration to another world without realizing it, is convincingly based.
Keywords. Spirituality, the concept of personality, the righteous way, spirituality.
АННОТАЦИЯ
В статье анализируется психическая интерпретация поэта Абдукаюма Юлдашева «Первая суббота Санбулы». Работа проливает свет на судьбу главных героев, которые в какой-то момент, когда главный герой сталкивается с самим собой, мотивированы раскрыть свои грани. В его рассказах на примере героя века отражены важные для человека чувства вины в духовном мире. пытается решить. На этапах, представленных как конец жизни, его достижение блаженства, его стремление к другому миру, не осознавая этого, убедительно обосновано.
Scientific Journal Impact Factor
Ключевые слова. Духовность, понятие личности, праведный путь, духовность.
Davr va inson muammosi adabiyotshunoslikda muhim o'rin egallab kelayotgani, inson xarakteri va ijodkor badiiy olamining mushtarakligi, ijodkor badiiy dunyosining hali ilg'anmagan jihatlarini, ochilmagan qirralarini tadqiq qilish zarurligini taqozo etmoqda. 1 Abduqayum Yo'ldoshev ijodini kuzatar ekanmiz, hikoyachilikda, qissachilikda bungacha kuzatilmagan holatlar mavjud. A.Yo'ldoshevning asarlarini kuzatar ekanmiz, unda bosh qahramon hayotida kechayotgan ruhiy evrilishlarga duch kelamiz. "Sunbulaning ilk shanbasi", "Shoirning muhabbati" kabi hikoyalari yozuvchining ijodiy shaxs konsepsiyasini belgilab beruvchi asarlar deb ayta olamiz. Bugungi kunda adibning bir qator sara qissalari hikoyalari nashr qilindi. Har bir asari matbuot yuzini ko'rar ekan kitobxon qalbini zabt eta oldi. Adib asarlarini o'quvchi o'z hayollarida hamda asar voqealarini ko'z o'ngida aks ettira oladi. Adib asosan o'z hayotidagi ko'rgan bilgan voqealarga tayanib voqea rivojini aks ettiradi. Buni biz "Sunbulaning ilk shanbasi", "Shoirning muhabbati" asarlarida ko'rishimiz mumkin. "Sunbulaning ilk shanbasi" 2019 yilda nashr ettirildi.Adabiy qahramonning nafaqat hayotini ,balki ruhiyatda kechayotgan talotumlarni ham bot-bot taftish qilishga urinishi, o'zini va o'zgani tushunib borishi, o'zlikni anglash yo'lidagi solihligini bildiradi. Solihning yo'li ruhiyat iqlimidagi ma'naviyat va ma'rifat yo'lidir. U o'zining shakl ko'rinishi bilan emas, asar qaxramonlari qismatida aks ettirilgan yevrilishlarning yoritilishi bilan ham istiqlol davri adabiyotida o'ziga xos asar bo'ldi. Abduqayum Yo'ldoshev asarlaridagi qahramonlar o'zligida bo'lgan xatoliklarni yengishga harakat qilayotgan shaxslarni ko'rishimiz mumkin. Hikoyalarida shaxs uchun muhim bo'lgan e'tiqod masalalari ruhiy olamida kechayotgan gunohkorlik hissi asrda qahramon misolida aks ettiriladi. Asarlardagi qahramonlar ruhiyatini tasvirlashda yozuvchining badiiyatdagi ruhiyati tafakkur imkoniyatlarini ochib berishga qaratilgan. Abduqayum Yo'ldoshev asarlarida davr va inson muammosining yoritilishi, yozuvchi nuqtai nazari va qahramon tabiati, xarakterlar rangbarangligi va ruhiyat tasviri, maishiy hayot tasvirini gavdalantirishda yozuvchining individual uslubi, nasr va janr imkoniyatlari, badiiy til vositalarining adib ijodidagi o'rni tashkil qiladi. Asarlarda yozuvchi qahramonlarning ichki va tashqi qiyofadoshligi, adibning poetik mahorati, individual poetik uslubga
1 Крбулова Нодира "Эркин Аъзам насрида давр ва инсон концепцияси" филология фанлари буйича фалсафа доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация, Самарканд, 2020 й.
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
xos ruhiy psixologik ijod manerasining muayyan kombinatsiyalari aniqlangan. Abduqayum Yo'ldoshev asarlarida bosh qahramon deb adib tomonidan so'zlanayotgan obrazni hisoblanadi. "Sunbulaning ilk shanbasi" hikoyasidagi Abduqayum aka hamda xonadoshi o'rtasidagi munosabatida ichki hamda tashqi ruhiyatini rang-barangligini ko'rishimiz mumkin. Asar boshlarida "Hamxonam chindan ham badbaxt so'qirlik balosidan sekin-asta mosuvo bo'lib borayotgan baxtiyor dovdir misoli menga, xonadagi almisoqdan qolgan buyumlarga, derazaga, osmonga stolida uyulib yotgan qog'ozlarga -go'yo bularning barisini endi-endi ko'rib turganday-tashnalik, ixlos bilan to'ymay tiqilar; ba'zida derazaga kelib qo'ngan bitta pashsha ham uning hayajonini vulqoni otilishiga bahona bo'laverar, shunday fursatlarda u o'rnidan otilib turib oyna qoshiga kelardi-di: buni Abduqayum aka, "Buni qarang a!"."2 Bu satrlardagi oddiygina pashsha ham xonadoshining qalbida jo'sh urayotgan sevgini yanada alanga olishga ham turtki bo'la oldi. U o'zligini topa olmayotgan shaxsdir, sevgisi ishiqida yonib, shanba kunini kutayotgan oshiqdir. "Inson-umumiy tushuncha. Inson deganda biz ko'proq unda mujassamlashgan umuminsoniy abadiyatga dahldor tomonlarni nazarda tutamiz".3 Har qanday insonning umumiyligi uning insoniiyligidadir lekin uning ichki ruhiyati turli xildir. Birgina yoqimsiz pashsha xonadoshining anchagina yillar oldin bo'lgan ichki his tuyg'ularini to'lqinlantirib yubordi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ma'lumki, hayotdagi har bir o'zgarish inson faoliyatisiz kechmaydi. Barcha o'zgarishlar, yaratishlar inson sa'y-harakati, uning dunyo qarashi, konsepsiyasiga bog'liq. Akademik L.S.Lixachev qayd etganidek, "Davr insonni chetlab, hech narsa yarata olmaydi. Davr inson va uning maqsadi orqali ta'sir omiliga aylanadi. Bunda har kimga har xil ta'sir etadi. Chunki turli davrda insonlarning jamiyatda tutgan o'rni turlichadir" 4 Darhaqiqat, inson sa'yi-harakati uning bir umrlik hayotinig o'zgarilishida burilish yasaydi. Abduqayum aka xonadoshining o'g'ir betobligi tufayli uning iltimoslariga rozi bo'ladi, shanba kuning sirlari haqida qidira boshlaydi. "Hikoya boshidanoq ma'lumki, qahramon hayollari chalkash qandaydir qayg'u ichini kamirayotgandek edi. Shu xayollari isyonda bo'lgan xonadoshini Abduqayum aka "dovdir" deb atardi. Abduqayum aka xonadoshi moddiy va ruhiy muvozanatni saqlashga urinayotgan shaxs, lekin u o'zining hatti-harakati tufayli
2 Абдудаюм Йулдошев, "Ишд афсунлари" Тошкент, "Янги аср авлоди", 2019 й. 6-бет
3Хакимжон Назаров, «Кечаги Узбек насрида хает хадикати ва инсон концепцияси (70-80 -йиллар)», Тошкент, "Янги нашр", 2018 й. 3-бет
4 Хакимжон Назаров, «Кечаги Узбек насрида хает хадикати ва инсон концепцияси (70-80 -йиллар)», Тошкент, "Янги нашр", 2018 й. 3-бет.
Scientific Journal Impact Factor
ruhiy olamini yuzaga chiqarib qo'yayotgandek edi. Shaxs-keng qamrovli kategoriya bo'lib adabiyotning barcha turlarida, shu bilan birga, lirikada ham o'zining mazmun-mohiyatini namoyon qiladi. 5 Shaxslarning xarakterini ochib berish bu albatta, yozuvchi mahoratiga bog'liq. Abduqayum Yo'ldoshev o'zing asarlarida shu nuqtaga erisha olgan yozuvchidir. U "Sunbulaning ilk shanbasi"dagi yana ayrim satrlarni keltirib o'tadigan bo'lsak, Abduqayum aka xonadoshining savollariga "Ha, jo'ra zo'r, zo'r juda zo'r", deyman.6 O'z fikrining tasdig'ini eshitib yana to'liqib ketgan, yuz-ko'zlari battarroq lovullab yona boshlagan hamxonam qandaydir qog'ozlarni ko'tarib chiqib ketar-ketmas (hoynahoy, u quyulib kelgan ko'z yoshlarini yashirish uchun shunday yo'l tutardi), qarshimda endi bemalol yalpayib o'tirib olgan bezbet muallifning "Qo'shningiz anaqaroqmi deyman-a?" deya shahodat barmog'ini chakkasiga nuqib,aylantirishini ko'rmaslik,o'zining shunday emasligidan mamnunlik,huzur tuyg'ulari mana men deb sezilib turgan palag'da ovozni yeshitmaslik uchunoq, hech gapdan hech gap yo'q ,stolimning barcha tortmalarini birin-ketin qarsillatib ochib-yopishga tushaman" 7-degani jumlalari Abduqayum akaning hatti-harakatlari orqali xonasiga kirgan muallifni yoqtirmayotganligi ko'rsatib berilgan. Xonadoshining yuzini burib tashqariga chiqib ketganini Abduqayum aka uning yuzining burib chiqib ketganligidan darhol sezdi. Har bir inson o'zining jamiyati bilan o'zining xulq-atvori hamda ruhiy kechinmalari bilan yashaydi. Bu xonadoshining ruhiy kechinmalarini asarni o'qigan kitobxon darhol anglaydi. Atrofida bo'layotgan voqea-hodisaga turlicha qaraydi. Abduqayum aka xonadoshi ham o'zining bir necha yillik ichki kechinmalari bilan yashayotgan qahramon. U xonajoshining ichki kechinmalari dardga to'la ekanligini bilardi, ammo nimaligini tushunmasdi. Shu bir necha yillik muhabbati ortidan yashayotgan shaxs o'zligini sehrli shanba kunidan qidirardi. Ichidagi og'ir dardi tufayli jismoniy dardini ham his eta olmadi.
Abduqayum Yo'ldoshev nasrida davr va inson muammosi, davming inson xarakteriga ta'siri va yozuvchining barqaror xarakterlar yaratish mahorati ochib berilgan. Abduqayum Yo'ldoshev yaratgan xarakterlarni tushunish uchun uning birgina asarini o'qib chiqish kifoya qilmaydi, chunki, bir asarida yaratgan xarakter boshqa bir asarida yaratilgan xarakterning mantiqiy davomidek tuyuladi.
5 Хакимжон Назаров, «Кечаги Узбек насрида хает хакикати ва инсон концепцияси (70-80 -йиллар)», Тошкент, "Янги нашр", 2018 й. 4-бет.
6 Абдукаюм Йулдошев, "Ишк афсунлари" Тошкент, "Янги аср авлоди", 2019 й. 7-бет.
7Абдукаюм Йулдошев, "Ишк афсунлари" Тошкент, "Янги аср авлоди", 2019 й. 7-бет.
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
REFERENCES
1. Кобулова Нодира, "Эркин Аъзам насрида давр ва инсон концепцияси" филология фанлари буйича фалсафа доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация, Самарканд, 2020 й.
2. Абдукаюм Йулдошев, "Ишк афсунлари" Тошкент, "Янги аср авлоди", 2019
3. Хакимжон Назаров, «Кечаги Узбек насрида хает хакикати ва инсон концепцияси (70-80 -йиллар)», Тошкент, "Янги нашр", 2018 й., 318 б.
й., 318 б.