Научная статья на тему 'IJODKOR SHAXS OBRAZINING BADIIY TALQINI (OMON MUXTOR IJODI MISOLIDA)'

IJODKOR SHAXS OBRAZINING BADIIY TALQINI (OMON MUXTOR IJODI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
469
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
ijodkor shaxs / obraz / Navoiy obrazi / peyzaj / creative personality / image / image of Navoi / landscape

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Madinaxon Egamberdi Qizi Yusupova

Maqolada yozuvchi Omon Muxtorning “Navoiy va rassom Abulxayr” roman-dilogiyasi misolida ijodkor shaxs Navoiy obrazi hamda uning ruhiy olami ifodasi badiiy talqin etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AN ARTISTIC INTERPRETATION OF THE IMAGE OF THE CREATIVE PERSON (ON THE EXAMPLE OF OMON MUHTOR'S CREATION)

The article is an artistic interpretation of the image of Navoi and his spiritual world on the example of the novel-dilogy “Navoi and the artist Abulkhair” by the author Omon Mukhtor.

Текст научной работы на тему «IJODKOR SHAXS OBRAZINING BADIIY TALQINI (OMON MUXTOR IJODI MISOLIDA)»

IJODKOR SHAXS OBRAZINING BADIIY TALQINI (OMON MUXTOR IJODI

MISOLIDA)

Madinaxon Egamberdi qizi Yusupova

Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti yusupova 92@mail.ru

ANNOTATSIYA

Maqolada yozuvchi Omon Muxtorning "Navoiy va rassom Abulxayr" roman-dilogiyasi misolida ijodkor shaxs Navoiy obrazi hamda uning ruhiy olami ifodasi badiiy talqin etiladi.

Kalit so'zlar: ijodkor shaxs, obraz, Navoiy obrazi, peyzaj

AN ARTISTIC INTERPRETATION OF THE IMAGE OF THE CREATIVE

PERSON (ON THE EXAMPLE OF OMON MUHTOR'S CREATION)

Madinakhon Egamberdi kizi Yusupova

Doctoral student at Fergana State University yusupova 92@mail.ru

ABSTRACT

The article is an artistic interpretation of the image of Navoi and his spiritual world on the example of the novel-dilogy "Navoi and the artist Abulkhair" by the author Omon Mukhtor.

Keywords and expressions: creative personality, image, image of Navoi, landscape

KIRISH

Ijodkor shaxs obrazining badiiy talqini, ko'pincha, yozma adabiyot namunalarida ba'zan personaj, ba'zan asosiy qahramon sifatida tasvirlangan ijodkor timsoli muallif g'oyaviy-badiiy niyatini ifodalashda muhim rol o'ynaydi. Ichki monologlar, dialoglar, interyer va peyzaj tasvirlari orqali muallifning murakkab va nozik xarakteri teran ifodalanadi. So'nggi yillar adabiyotida bu obrazni jiddiy talqin etish, inson ruhiy olamining o'ziga xos qatlamlariga kirib borish, umr mazmuni haqida mulohaza qilishga e'tibor ancha ortib borayotganini ko'rish mumkin.

Omon Muxtor "Navoiy va rassom Abulxayr" roman-dilogiyasida ijodkor shaxs obrazining badiiy talqinida tarixiy shaxs bo'lmish Navoiy obrazini uning ruhiy olami ifodasini aks ettirish orqali o'ziga xos tarzda yangicha talqin yo'lidan bordi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Omon Muxtor Navoiy obrazini ham insonparvar, ham ijodkor shaxs sifatida, ham "o'zgacha inson" qiyofasini tasvir etish bilan muallif hamda hikoyachi-qahramon nigohi bilan talqin etadi:

"O'zni o'zgacha ko'rsatish-oson . O'zgacha bo'lish-oson emas.

Alisher umr bo'yi odamlar orasida "o'zgacha bo'lib" yashadi. Bu - taqdir belgisi, tug'ma tarbiyami yoki avvaldan o'zi shunday shakllandimi?! -harholda, u yoshlikdan hamma narsani Adolat va Haqiqat mezonida o'lchamga o'rgandi." [1.B.157].

"O'zni o'zgacha ko'rsatish-oson"- inson asliyatidan o'zgacha ko'rinishlarda bo'lishi mumkindir, ammo "O'zgacha bo'lish-oson emas", Navoiy esa "o'zgacha" bo'la oldi. Buyuk mutafakkir faqat ilm sohasida emas, balki siyosat sohasida ham "o'zgacha" edi. Yozuvchi buni shunday tasvirlaydi: "Alisher - Husayn davrida yashagan shoir emas, Husayn - Alisher davrida yashagan shohdir!"[1.B.106]. Bu qiyos orqali Navoiyning podshohdan ham ulug'roqligi anglashiladi. Tasvirning qiyosiy yo'sinda berilganligi Husaynni podshoh nomiga munosib bo'lishida shoirning hissasi beqiyos ekanligi holatini ta 'sirchan ifodalashga xizmat qilgan.

MUHOKAMA

Muallif Navoiyning badiiy qiyofasini yaratib borar ekan, rassom Abulxar o'y-xayollari orqali ijodkor shaxsning o'ziga xos sifatlarini tasvirlaydi: "Shaxs- Katta Bo'lgani sayin, Bir Xil Holatdan KO'P HOLATLARga qarab boraveradi. Goh tashqi, goh ichki, goh ichki va tashqi HOLAT qarama-qarshiligi (ZIDDIYAT) Inso nning Buyukligini belgilaydi... Alisherning "muloyim"ligi ("xafaqon"ligi) yashirin tug'yonlar(boy, rangin Holat) oldida tortilib turgan pardadir. Menga rassomlar hali "parda orqasiga" o'tmagandek tuyuladi"[1.B.45]. Hali hech bir rassom "rangin Holat''ni ko'rgani yo'q(uni tasvirlay olgani yo'q), Navoiyni tashqi sur'atida hali ichki siyrat aks etgani yo'q, shuning uchun ham asar davomida rassom Abulxayrning "parda orqasiga" o'tish uchun egallagan bilimlari Navoiy siymosini yangicha talqinda badiiy aks ettirishda yozuvchi mahoratini ko'rsatib bergan.

Omon Muxtor Navoiyning ijodkor sifatidagi siymosini, murakkab ruhiy-ma'naviy olamini ijodiy asarlari asosida ochib berishga e'tibor qaratadi. Ya'ni uning ijodiy olami, buyuk inson sifatidagi fazilatlarini hayrat va havas bilan kashf etadi.

NATIJA

"Haqiqiy san'at asari tabiat yaratgan mo'jizalar kabi hamisha bizning aql-idrokimiz uchun beadad sirli mohiyatga ega bo'lib qolaveradi. Ana shu mohiyatga yetib borish

uchun ijodkor yaratgan xarakterda aks etgan ideal va ana shu xarakter kechinmalari, xatti-harakatida ifodalangan ma'noni belgilash, qolaversa, asardagi obrazlarning tashqi va ichki qiyofasining go'zallik qonuniyatlariga qay darajada mos kelishiga baholash kerak bo'ladi.Chunki haqiqiy badiiy asar alohida olinganda to'la mustaqil va o'zgalar tahlilida osonlikcha talqinga berilmaydigan yumuq holda bo'ladi."[2.B.82] Demak, yozuvchi muayyan shaxs timsoli vositasida inson hayotining o'ziga xos falsafasini yaratishga, uning mohiyati-yu ma'nosini ochib berishga, turmushdagi ofatlarning, shaxsiy fojealarining sabablarini aniqlashga intiladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Omon Muxtorning "Navoiy va rassom Abulxayr" roman-dilogiyasida rassom Abulxayr obrazi ham, Navoiy timsoli ham oq va yorug' ranglar bilan beriladi. Bu oqlik, yorug'lik rassomning ko'ngli, qalbi, orzulari, maqsadlari kabi yorug'. Mazkur obraz asardagi asosiy qahramonlar ruhiyatini yoritishda, undagi shodlik va iztiroblarni romantik ifodalashda, asosiy qahramon xarakteridagi muayyan sifatlarni ochib berishda vosita vazifasini bajargan. Roman-dilogiya ijodkor shaxs obrazining "tashqi va ichki qiyofasi" go'zal aks ettirilganligi va "Navoiy obrazining ham tarixiy shaxs, ham ijodkor shaxs sifatida gavdalanishi bilan ahamiyatlidir"[3. DOI:https://doi.org/10.47100/.vli2.203]. Asarda Navoiy ham, rassom Abulxayr ham ijodkor(san'atkor) shaxs, biri - so'z san'atkori, biri esa rang-tasvir san'atkori.

Ushbu asarda asosiy qahramon tarixiy shaxs yoki t o'qima obrazning ijodkor sifatidagi asliyatini, tafakkur va ruhiyat olamini va uning jamiyat bilan munosabati masalalarini ifodalash barobarida muallifning g'oyaviy-badiiy niyatini aks ettirgan.

REFERENCES

1. Muxtorov O. Navoiy va rassom Abulxayr. - Toshkent.2006.

2. Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari. - Toshkent. 2004.

3. Yusupova M. Tarixiy shaxs obrazining badiiy talqini. DOI:https://doi.org/10.47100/.vli2.203

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.