Научная статья на тему 'ADABIYOTSHUNOSLIKDA BADIIY PSIXOLOGIZM TUSHUNCHASI VA MASALANING TARIXI'

ADABIYOTSHUNOSLIKDA BADIIY PSIXOLOGIZM TUSHUNCHASI VA MASALANING TARIXI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
6200
695
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy psixologizm / badiiy obraz / ruhiyat / psixologik tahlil / psixoanaliz / analitik prinsip / dinamik prinsip / tipologik prinsip / epos / lirika / drama. / artistic psychologism / artistic image / psychological analysis / psychoanalysis / analytical principle / dynamic principle / typological principle / epic / lyrics / drama.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdullaeva, Dilafruz Suratillaevna

Mazkur maqolada bugungi adabiyotshunoslikda dolzarb bo‘lgan masalalardan biri – badiiy psixologizm tushunchasi hamda ushbu masalaning tarixi borasida fikr yuritilgan. Badiiy psixologizmning adabiyotshunoslik ilmiga kirib kelishi, bu sohada amalga oshirilgan ilk tadqiqotlar, rus va o‘zbek adabiyotshunos olimlarining nazariy qarashlariga alohida to‘xtab o‘tilgan hamda badiiy psixologizm va psixologik tahlil terminlariga munosabat bildirilgan. Shuningdek, badiiy psixolgizmning analitik, dinamik va tipologik prinsiplari va ularning adabiy turlar hamda janrlar kesimidagi o‘rni tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF ARTISTIC PSYCHOLOGY IN LITERATURE AND THE HISTORY OF THE ISSUE

The article examines one of the most pressing issues of modern literature the concept of artistic psychology and the history of the issue. The introduction of artistic psychology into the study of literature, the first studies in this area, the theoretical views of Russian and Uzbek literary scholars, the interpretation of the terms “artistic psychology” and “psychological analysis”. He also analyzes the analytical, dynamic and typological principles of art psychology and their place in literary types and genres.

Текст научной работы на тему «ADABIYOTSHUNOSLIKDA BADIIY PSIXOLOGIZM TUSHUNCHASI VA MASALANING TARIXI»

Scientific Journal Impact Factor

ADABIYOTSHUNOSLIKDA BADIIY PSIXOLOGIZM TUSHUNCHASI

VA MASALANING TARIXI

Abdullaeva Dilafruz Suratillaevna

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, tayanch doktorant

Mazkur maqolada bugungi adabiyotshunoslikda dolzarb bo 'lgan masalalardan biri - badiiy psixologizm tushunchasi hamda ushbu masalaning tarixi borasida fikr yuritilgan. Badiiy psixologizmning adabiyotshunoslik ilmiga kirib kelishi, bu sohada amalga oshirilgan ilk tadqiqotlar, rus va o 'zbek adabiyotshunos olimlarining nazariy qarashlariga alohida to 'xtab o 'tilgan hamda badiiy psixologizm va psixologik tahlil terminlariga munosabat bildirilgan. Shuningdek, badiiy psixolgizmning analitik, dinamik va tipologikprinsiplari va ularning adabiy turlar hamda janrlar kesimidagi o 'rni tahlil etilgan.

Tayanch so'zlar: badiiy psixologizm, badiiy obraz, ruhiyat, psixologik tahlil, psixoanaliz, analitikprinsip, dinamikprinsip, tipologikprinsip, epos, lirika, drama.

В статье рассматривается один из актуальных вопросов современной литературы - концепция художественной психологии и история вопроса, введение художественной психологии в изучение литературы, первые исследования в этой области, теоретические взгляды русских и узбекских литературоведов, трактовка терминов «художественная психология» и «психологический анализ». Также анализируются аналитические, динамические и типологические принципы художественной психологии и их место в литературных типах и жанрах.

Ключевые слова: художественный психологизм, художественный образ, психологический анализ, психоанализ, аналитический принцип, динамический принцип, типологический принцип, эпос, лирика, драма.

The article examines one of the most pressing issues of modern literature - the concept of artistic psychology and the history of the issue. The introduction of artistic psychology into the study of literature, the first studies in this area, the theoretical views of Russian and Uzbek literary scholars, the interpretation of the terms "artistic psychology " and "psychological analysis ". He also analyzes the analytical, dynamic and typological principles of art psychology and their place in literary types and genres.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor

Keywords: artistic psychologism, artistic image, psychological analysis, psychoanalysis, analytical principle, dynamic principle, typological principle, epic, lyrics, drama.

Badiiy asar - ijodkor tafakkuri mahsuli bo'lib, unda inson va jamiyat hayoti, uning taqdir yo'li va qismati o'z tasvirini topadi. Har bir badiiy asarda hayotimizda sodir bo'lib o'tgan yoki bo'lishi mumkin bo'lgan voqea-xodisalar muallif tomonidan o'quvchi-kitobxonga badiiylik qonuniyatlariga asoslanib yetkazilar ekan, mazkur badiiylik qonuniyatlari turli davrlarda sayqallanib, an'anaviylik va novatorlik orasida muntazam shakllanishda davom etadi. Badiiy asarlarda ko'tarilayotgan muammolar, o'quvchi e'tiboriga va xukmiga havola qilinayotgan masalalar - badiiy asar mavzusi va mazmuni bevosita asar yaratilgan davr ijtimoiy muhiti bilan chambarchas bog'liqdir. Ma'lum bir davr va uning vakillari haqida qiziqarli va muhim voqealarni to'xtovsiz so'zlash mumkin, ammo voqealarning shunchaki bayoni badiiy asar darajasiga ko'tarilishi uchun ijodkor turli badiiy tasvir vositalaridan foydalangan xolda voqealar bayonini san'at asari darajasiga olib chiqadi. Asardagi badiiy obraz xarakterini chuqur va to'liq ochib berishda muallif badiiy tasvir vositalari bilan qatorda psixologik tasvir vositalaridan ham foydalandi. Asarda muallif tomonidan qahramon ichki dunyosiga chuqur kirib borish, obraz ruhiy olamining batafsil tavsifi, qalb kechinmalarining tasviri - "badiiy psixologizm" deb yuritiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Psixologizm atamasi psixologik tahlil, psixologik tasvir, psixologik obraz, psixologik roman, psixologik hikoya va psixologiya kabi atamalar bilan bog'liq. A. B. Yesin ta'biri bilan aytganda, badiiy psixologizm - bu asar personajining hayolot olami, fikrlari, mulohazalarining o'ziga xos badiiy vositalardan foydalangan xolda juda to'liq, batafsil va chuqur ifodalab berish [7].

Rus adabiyotshunoslik ilmida ruhiyat mavzusida birinchilardan bo'lib tadqiqot olib borgan N.G. Chernishevskiy psixologik tahlil xilma-xil bo'lishi mumkin deydi va bir muallif xarakter qirralariri ochib berishga urinsa, boshqasi - xarakter shakllanishiga jamiyat va turmush ta'sirini ko'rsatib beradi; uchinchisi - xatti-harakatlarning his-tuyg'ular bilan aloqadorligini; to'rtinchisi - ehtiroslar tahlili tasvirlaydi [5].

Rus adabiyotshunosligiga psixologizm tushunchasi qariyb ikki yuz yil avval kirib ketgan bo'lsa, bu muammoni ilm dunyosiga olimlar A.A. Potebney, D.N. Ovsyaniko-Kulikovskiy olib kirgan, adabiyotshunoslikda M.M. Baxtin, JI.Ya.

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

Ginzburg, A.B. Yesin, D.S. Lixachev, psixologiya fanida esa L.S. Vigotskiy, I.V. Straxoviy, G.G. Granik, O.V. Soboleva tomonidan chuqur tadqiq qilingan.

Adabiyotda psixologizmning rivojlanish tarixini tavsiflab, adabiyotshunos olim L.Ya.Ginzburg "mavjud adabiy janrlarda psixologik yangiliklar endigina nish urayotgan bir vaqtda, badiiy adabiyotning yondosh janrlari bo'lmish - rasoil, kundaliklar, memuarlar va avtobiografik janrlarda psixologizm allakachon o'rnashib bo'lgan edi" deb yozadi[1, 29].

O'z o'rnida psixologizm atamasi turlicha ta'riflarga ega. Rus adabiyotshunolsik terminlari qomusida "Psixologizm (adabiyotda) - qahramonlar ichki olami: ularning o'y-xayollari, orzu-umidlari, iztiroblarining chuqur va batafsil tasviri"[2] . L.Ya.Ginzburg esa "... ko'ngil olami ziddiyatlarining chuqur tadqiqi" deya ta'riflasa, A.B. Yesin psixologizmni keng va tor ma'nolari mavjud ekanligiga to'xtalib o'tadi -keng ma'noda inson hayotini tarannum etuvchi va xarakterini tasvirlab beruvchi barcha san'at turlarining xususiyati tushunilsa, tor ma'noda esa inson ichki olamidagi hayot va jarayonlarning tasviri deyiladi [3, 10].

O'zbek adabiyotshunos olimlari tomonidan tuzilgan adabiyotshunoslik terminlari lug'atida badiiy psixologizm atamasiga "badiiy asarda to'laqonli inson obrazini yaratishning muhim vositalaridan biri; personaj ruhiyatining ochib berilishi, xatti-harakatlari va gap-so'zlarining psixologik jihatdan asoslanishi, shu maqsadlarga xizmat qiluvchi usul va vositalarning jamlanmasi" [4, 48] deya ta'rif berilgan.

O'zbek adabiyotshunosligida badiiy psixologizm masalasi ilmiy maydonga o'tgan asrning o'rtalarida kirib kelib, Milliy adabiyotshunosligimizda bu atama sintez bo'lgan holda o'zining ruhiyat (psixologizm), ruhiyat tasviri (psixologik tasvir), ruhiyat talqini (psixologik talqin), ruhiyat tahlili (psixologik tahlili)- kabi nomlariga ega bo'ldi. "Ruhiyat" atamasining "psixologizm" (yun. psyche - qalb; logos -o'rganmoq) termini bilan sinonim sifatida qo'llanilishini joiz deyish mumkin, sababi 5 jildli "O'zbek tilining izohli lug'ati" [6]da ruhga - "jon", ruhiyatga esa - "jonning holati", deya izoh berilgan. Bu izoh albatta adabiy termin uchun nomukammal bo'lsada, ammo ma'no jihatdan ikkila termin ham bir mazmunni beradi.

O'zbek adabiyotshunos olimlari XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab badiiy psixologizm va psixologik tahlil masalasiga bag'ishlangan izlanishlar olib bordilar. Jumladan, A.Rasulovning "Xarakter molodeji v sovremennix uzbekskix sovetskix povestyax" , N.Shodievning "Abdulla Qahhorning asarlarida psixologik tahlil mahorati" , N.Yuldashevning "Problemi psixologicheskogo analiza v uzbekskoy proze (Vnutrenniy monolog v romanax A.Kadiri, Aybeka, A.Kaxxara, A.Yakubova) nomzodliy dissertasiyalari, X.Umurovning "O'zbek romanlarida ruhiy tahlil

Scientific Journal Impact Factor

muammosi" doktorlik dissertasiyasi , A.Xolmurodovning "Odil Yoqubov romanlarida psixologizm" , P.Kenjaevaning "Hozirgi o'zbek hikoyalarida qahramon ruhiyatini tasvirlash tamoyillari" nomzodlik dissertasiyasi hamda monografiyasida , M.Boboxonovning "Hozirgi o'zbek qissachiligida badiiy psixologizm" nomzodlik dissertasiyasida, M.Sheralievaning "Hozirgi o'zbek nasrida kinoya (ijtimoiy-psixologik omillari, poetik tizimdagi o'rni)" , Yu.Eshmatovaning "Istiqlol davri o'zbek qissachiligida ayol ruhiyatining badiiy talqini , Sh.Botirovaning "Hozirgi o'zbek romanlarida badiiy psixologizm (Ulug'bek Hamdamning "Muvozanat", "Isyon va itoat", "Sabo va Samandar" romanlari misolida) filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissersiyalarida badiiy psixologizm va psixologik tahlil masalalarini turli aspektlarini tadqiq etgan bo'lsalar, M.Kilichevaning "Ingliz va o'zbek adabiyotida psixologik holatlar talqinida adabiy ta'sir muammosi (yolg'izlik motivi misolida)" , N.Qobilovaning "Jek London va Abdulla Qahhor ijodida badiiy psixologizm" mavzusidagi filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissersiyalarida badiiy psixologizm va ruhiyat mavzularida qiyosiy tadqiqot olib borganlar.

Garchi, o'zbek adabiyotshunosligi ilmiy davralarida psixologizm hamda ruhiyat bilan bog'liq tushunchalar XX asrning o'rtalarida e'tirof etila boshlagan bo'lsada, shaxs ruhiyati talqini va tahlili Sharq mumtoz adabiyoti vakillari ijodida ham yetakchi o'rinni egallagan. Birgina o'zbek adabiyotining o'zida Alisher Navoiy tomonidan epik dostonlarda, lirik asarlarda inson ruhiyatining qavat-qavat sirlari ochilgani, Sharqning buyuk shoiri tomonidan badiiy psixologizmning xilma-xil usul va vositalari qo'llangani ham haqiqat [8, 63-81; 9, 128-130]

Ammo, ayrim adabiyotshunos olimlarning fikriga ko'ra, adabiyotshunoslikda badiiy psixologizm masalasi xali-xanuz to'liq nazariy asoslab berilmagan va "adabiyotshunoslik ilmida semantik jihatdan yetarli darajada aniq emas" [10, 6].

Adabiyotshunoslikka oid ilmiy manbalarda badiiy psixologizmning uchta asosiy prinsiplari - dinamik prinsip, analitik prinsip va tipologik prinsip ajratib ko'rsatiladi. Dinamik prinsipda qahramon ruhiyati uning xatti-harakatlari, mimika va qiliklari, turli hayotiy vaziyatlarda o'zini tutishi va gap-so'zlari orqali ifodalab beriladi, "mohiyatan bu dramatik asar personajlari ruhiyatini ochish usuliga o'xshash, shu boisdan dinamik prinsip ba'zan psixologik tahlilning dramaturgik uchuli deb ta'riflanadi [4, 49]. Tipologik prinsipda obraz ruhiyati uni shakllantirgan va qurshab turgan muhit shart-sharoitlari bilan bog'lab tasvirlab beriladi. Analitik prinsipda qahramon ichki kechinmalari, qalbidagi his-tuyg'ulari, tafakkur va mulohazasi, o'y-fikrlari dinamikasi tasvirlanadi. "Bunda bir hisdan boshqa his, bir o'ydan boshqa fikr

Scientific Journal Impact Factor

o'sib chiqadi, ular bir-birini to'ldiradi, sifat jihatidan o'zgartiradi" [4, 49]. Bu shakl personajlar taqdiri va tafakkurida keskin burilishlarni ko'rsatib berishga imkon beradi, shu sababli ham ayrim tadqiqotchilar "qalb dialektikasi" shakli deb ham ataydilar.

Ta'kidlab o'tish joizki, muallif badiiy obraz xarakteri va uning ruhiyatini ochib berishda yuqorida zikr etilgan uchchala shakldan birgalikda, bir-birini to'ldirgan holda foydalanishi mumkin. Bunda prinsiplardan biri yetakchi bo'lsa, qolgan ikkitasi uni to'ldirish uchun xizmat qiladi. Umumman olganda, badiiy psixologizmga oid tadqiqotlarda "xarakter" tushunchasi yetakchi o'rinni egallaydi. Sababi, bu yo'nalishdagi tadqiqotlar adabiyotshunoslik ilmiga oid bo'lsada, bir tomondan ruhiyatshunoslik ilmi bilan bevosita bog'liq bo'lib, mazkur ikki soha kesishmasiga asoslanadi. Bu esa o'z navbatida "xarakter" tushunchasini ham adabiyotshunoslik, ham ruhiyatshunoslik nuqtai nazaridan aniqlashtirib olishni taqazo etadi.

Adabiyotshunoslik terminlar lug'atida "xarakter" (yun. character - belgi, farqlovchi xususiyat) tushunchasiga quyidagicha ta'rif berilgan - "muayyan davr va muhit kishilariga xos eng muhim umumiy xususiyatlar bilan alohida shaxsga xos individual xususiyatlarni o'zida uyg'un mujassam etgan inson obrazi" [4, 352]. Rus olimlari taqdim etgan adabiyotshunoslik terminlari ensiklopediyasida esa xaraakter atamasiga ta'rif berib, uni quyidagicha toifalarga ajratib kursatadi - "xarakter bu adabiyotda va san'atda obrazning aniqligidir: ijtimoiy, milliy, maishiy, psixologik. Agar tip bu - umumiylikni individuallikda ko'rsatib berish bo'lsa, xarater- eng avvalo individuallikni namoyon qiladi" [2].

Yuqoridagi ta'riflarning ikkisi ham xarakterning ruhiyatshunoslik nuqtai nazarini ta'kidlamoqda; ruhiyatshunoslik lug'atlarida xarakter - "shaxsning xatti-harakati va atrof muhitga munosabatida namoyon bo'ladigan individual xususiyati [11]" deya ta'riflanadi. Rus ruhiyatshunoslik ilmi darg'asi S. JI. Rubinshteyn "Xarakter haqida gapirganda, u odatda shaxsning barcha ko'rinishlarida ma'lum bir iz qoldiradigan va unga dunyoga, avvalambor, boshqa odamlarga nisbatan o'ziga xos munosabatini bildiradigan xususiyatlar jamlanmasini anglatadi [12]" deb ta'rif beradi va "shaxsning ichki xususiyatlari" deya terminga yanada aniqlik kiritadi. Shunday qilib, ruhiyatshunoslik fani shaxs axloqiy asosining xarakter shakllanishidagi ahamiyatini ta'kidlaydi. Badiiy adabiyotda asarning g'oyaviy-estetik ahamiyatini personajlar xarakteri ochib bersa, personaj xarakterining yozuvchi tomonidan ochib berilishi psixologik tahlil vositasi hisoblanadi. Badiiy asarda asosiy urg'u qahramon ichki olami, botiniy hayoti, o'y-kechinmalariga qaratilmagan bo'lsa, u xolda har qanday obraz xarakteri xam badiiy psixologizm namunasi bo'la olmaydi. Chunki, "psixologizm - adabiy asar badiiyatining asosiy, ammo yagona bo'lmagan mezoni

Scientific Journal Impact Factor

[13]" hisoblanib, "psixologizm - agar badiiy asar uchun botinan zarur bo'lsagina, u asarning yutug'i bo'la oladi [3]".

Yozuvchi personaj xarakterini yaratar ekan, uni ruhiyatini bevosita yoki bilvosita ochb berishi mumkin. Personaj uy-kechinmalari, his-tuygularining "ichki monolog", "ong oqimi" tarzida yoki muallif tilidan (o'ziniki bulmagan avtor gapi) bayon qilinishi psixologik tasvirning bevosita shakli xisoblanadi. Asarda personaj ruhiyatining uning xatti-x;arakatlari, gap-so'zlari, yuz-ko'z ifodalari(mimikasi), undagi fiziologik o'zgarishlarni ko'rsatish orqali ochib berilishi bilvosita psixologik tasvirdir. Ruxiy tasvirning bu ikki ko'rinishi bir-birini to'ldiradi, shu bois ham muayyan personaj ruhiyatini tasvirlashda yozuvchi bularning har ikkisidan ham o'rni bilan unumli foydalanadi [14, 67].

Badiiy psixologizm tushunchasi bilan psixologik tahlil yoki psixologik tasvir kabi tushunchalarning o'zaro aloqasi bor-ki, olimlar va tadqiqotchilar o'rtasida baxsli xolatlarni yuzaga keltiradi. Ammo bu savollar nazariy jihatdan bugunga qadar ochiq qolmoqda - ayrim tadqiqotchilar bu terminlarga aniqlik kiritsalar, boshqa guruh olimlar bu nazariyani chetlab o'tishga harakat qiladi.

Psixologizm - Abdulla Qahhor tili bilan aytganda "Yozuvchi mahoratining muhim jihatidir" Bunda yozuvchi qahramon ichki dunyosini, psixologiyasini o'z uslubi orqali ochib beradi. Unda yozuvchi ichki monolog, nutqiy xarakteristika, psixologik portret, gallyusinasiya, tush kabi psixologik tasvir vositalaridan foydalanib, qahramon ichki olamini ochib beradi. Bunda yozuvchi qahramon tashqi dunyoga faqatgina ichki dunyosini yoritib berish uchungina murojaat qiladi. O'zbek adabiyotshunosligi va adabiy tanqidida "psixologizm" va "psixologik tahlil" terminlari farqlanmay ishlatiladi. Ammo bu ikki terminni bir ma'noda qo'llash noo'rindir, deya e'tirof etadi professor H.Umurov, - Psixologizm "psixologik tahlil" tushunchasiga nisbatan keng bo'lib, u o'zida bevosita avtorning psixologiyasini qamrab oladi. U adabiyotning o'ziga xos qonuniy hodisasi bo'lib, yozuvchining xohishiga bog'liq bo'lmagan holda namoyon bo'ladi. "Psixologik tahlil" esa, inson psixikasi jarayonlarini, uning fikr va hissiyotidagi turlituman "ohang"lar rivojini aks ettiruvchi, qahramon ruhiy dunyosini analitik prinsipda ochuvchi estetik kategoriyadir. Shuningdek, psixologizmga nisbatan psixologik tahlil o'zining ichki monolog, o'ziniki bo'lmagan nutq, psixologik portret, ikki syujetli diolog kabi aniq belgilariga ega. Shunday qilib, psixologizm adabiyotning qonuniy badiiy hodisasi, psixologik tahlil esa ana shu qonuniy badiiy hodisaning murakkab ko'rinishi (kategoriyasi)dir. Bundan tashqari, yuqoridagi terminlarning o'zbekcha variantlari ham ko'p bo'lib, ularning hammasi ham bir xil ma'noda qo'llanadi. Masalan,

Scientific Journal Impact Factor

"Adabiyot nazariyasi"da "psixologizm", "ichki dunyo tasviri", "psixologik analiz"; M.Abdurahmonovaning broshyurasida - "ruhiy dunyo tasviri", "ruhiy tahlil", "psixologik tasvir"; N.Shodievning "Ruhiyat rassomi" risolasida - "psixologik tahlil", "ichki hayot tasviri" kabi" [15, 17]. Bizningcha, psixologik tahlil obraz ruhiyatini, ichki olamini ochib berish yo'li bo'lsa, psixologizm uning yanada takomillashgan, chuqur hamda mukammalrok ishlangan ko'rinishidir.

"Psixologik analiz", "psixologik tahlil", "ruhiy tahlil" atamalari ham o'zaro ma'nodosh. Ammo "psixoanaliz" terminini "psixologik analiz"ning qisqartmasi tarzida bu qatorga qo'shib bo'lmaydi. Chunki bu so'z XIX asr oxiri - XX asr boshlarida avstriyalik vrach-psixoterapevt Zigmund Freyd asos solgan nazariy qarashlar tizimini anglatadi. Psixoanaliz - termindir [16, 20].

Psixologik tahlil hamda psixologik tasvir vositalariga keladigan bo'lsak, ijodkor personaj ruhiy holatini, uning ichki kechinmalari va ichki hayotini ko'rs atib berish uchun badiiyat qonuniyatlarga tayangan holda odatiy va noodatiy tasvir vositalaridan foydalanishi mumkin. Ichki monolog (monolog muhokama, monolog xotira, monolog-mulohaza), nutqiy xarakteristika, takror so'zlar, ong oqimi, psixologik portret (dinamik portret, statik portret), ramzlardan unumli foydalangan holda, noodatiy badiiy tasvir vositalari gallyusiyanasiya, shaxsiyatning ikkilanuvi, o'zi bilan suhbat, maktub va kundaliklari, tush kabilardan ham foydalanishi tez-tez kuzatiladi.

Adabiyotshunoslikda bugungi kunda badiiy psixologizmni tadqiq qilishning metodologiyasi to'liq ishlab chiqilgan. Bu masalaga bag'ishlangan deyarli barcha ilmiy tadqiqot ishlari adabiy asar yozilgan davr tarixiy-ijtimoiy jarayonlari, yozuvchining shaxsiy uslub va metodi inobatga olgan xolda bajarilgan. Rus adabiyotshunos olimasi M. JI. Bedrikova o'z tadqiqoti doirasida "psixologizm darajasi" atamasini kiritadi hamda uni quyidagicha kriteriylar asosida tasniflaydi:

1) matnda psixologizmni kuchaytiruvchi vositalar (psixologik detal', psixologik tafsilot, personajlarning psixologik hatti-xarakatlari, psixologiklashtirilgan (psixologizirovanniy) tavsif);

2) qahramonlarni tavsirlash vositalari (psixologik portret, psixologik xarakteristika, psixologik konflikt, psixologiklashtirilgan syujet, "qalb dialektikasi";

3) xarakter i vaziyat nisbati (qahramon tomonidan xronotopning "qalban" o'zlashtirilishi, qahramonnig o'z-o'zini anglashi, vaziyat taqazosi bilan qahramonni ruhan o'zgarishi) [17].

Badiiy asar psixologik darajasini belgilashda adabiy tur va janrlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, lirika - inson qalbi va ichki his-tuyg'ulari kuychisi ekanligi ma'lum, demak u bevosita ruhiyat tasviri bilan bog'liq holda shoir

Scientific Journal Impact Factor

psixologiyasi va ichki olamini tarannum etadi. Dramatik turda ruhiyatni tasvirlash dinamik prinsip asosiga qurilishi haqida yuqorida batafsil to'xtalib o'tgan edik .

Epos - inson ruhiyatini tasvirlashning xilma-xil vositalari, usullaridan iborat keng imkoniyatlarga ega. Epik turda lirika va dramadagi barcha usul va vositalar o'ziga xos ravishda sintezlashadi. Yozuvchi lirikadagi singari o'z qahramonining ichki dunyosidan turib ham, qahramonning o'z nutqi vositasida ham, tashqi xarakteristika va holatlar tasviri orqali ham ruhiyat dunyosiga daxl qilaveradi. Ayni paytda badiiy psixologizmdan foydalanish epik tur janrlariaro ham farqli xususiyatlarga ega . Epik janrlar orasida hikoya, xususan psixologik hikoyaning o'rni bugungi kun adabiy jarayonlarida yetakchilik qilmoqda. Hikoya - hayotning kichik bir parchasini aks ettirganidan, epizodik tarzda unda bir yoki bir necha hayotiy voqea qalamga olinganidan bu janrda qahramon ruhiy dunyosi izchil ravishda batafsil yoritish, "qalb dialektikasi"ni chuqur va to'liq ochib berish yozuvchidan katta mahorat va iste'dod talab qiladi. Roman va qissa kabi katta yoki o'rta hajmdagi nasriy asarlarda qaxramon xarakteri, uning ruhiyati, botiniy hayoti va ichki kechinmalarini ochib berish uchun yozuvchida imkoniyat va vaqt ko'proq bo'ladi [16, 19]. Epik janrlar orasida hikoya, xususan psixologik hikoyaning o'rni bugungi kun adabiy jarayonlarida yetakchilik qilmoqda. Hikoya - hayotning kichik bir parchasini aks ettirganidan, epizodik tarzda unda bir yoki bir necha hayotiy voqea qalamga olinganidan bu janrda qahramon ruhiy dunyosi izchil ravishda batafsil yoritish, "qalb dialektikasi"ni chuqur va to'liq ochib berish yozuvchidan katta mahorat va iste'dod talab qiladi. Roman va qissa kabi katta yoki o'rta hajmdagi nasriy asarlarda qaxramon xarakteri, uning ruhiyati, botiniy hayoti va ichki kechinmalarini ochib berish uchun yozuvchida imkoniyat va vaqt ko'proq bo'ladi.

Badiiy psixologizm masalasi tarixini rus va o'zbek adabiyotshunosligi doirasida qo'rib chiqar ekanmiz, o'zbek adabiyotshunosligida bu masalada amalga oshirilishi lozim bo'lgan ilmiy tadqiqotlar bugungi kunda dolzarb va zarur ekanligining guvohi bo'lamiz. Rus adabiyotshunos-olimlarining ilmiy tadqiqotlarida badiiy psixologizm muammosi nisbatan ancha chuqur o'rganilgan bo'lib, mazkur nazariyaga oid qarashlari batafsil ochib berilgan. Jahon adabiy jarayonlari shiddat bilan rivojlanib, o'sib va kun sayin o'zgarib borayotgan modern adabiyoti namunalari orasida psixologik roman, psixologik qissa va psixologik hikoya kabi nasriy janrlarni har bir xalq adabiyoti doirasida tadqiq etish va o'rganish bugungi kun fani oldidagi dolzarb masalalardan biridir.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

REFERENCES

1. Гинзбург, Л. Я. О психологической прозе. О литературном герое.СПб.: Азбука, 2016.

2. Литературная энциклопедия терминов и понятий ; под ред. А. Н. Николюкина. М.: 2001 (https://www.academia.edu/37372082/ ).

3. Есин А. Б. Психологизм русской классической литературы : учебное пособие. — М. : Флинта : Наука, 2011.

4. Адабиётшунослик лугати. ДДуронов ва б. Т.: Академнашр, 2013.

5. Н. Г. Чернышевский. Собрание сочинений в пяти томах. Том 3. Литературная критика. Библиотека "Огонек". М.: "Правда", 1974 (http: //az.lib.ru/c/chernyshewskij_n_g/text_0240. shtml).

6. "Узбекистон миллий энциклопедияси" нашриёти, 2007.

7. http://www.litmind.ru/milits-616-1.html

8. Исходов Ё. Навоий поэтикаси. - Т.: Фан. 1983; яна: "Хамса"да бадиий психологизм типлари // Алишер Навоий "Хамса"си (тадкикотлар). - Т.: Фан,

9. Машрабова Г. Навоийнинг "Лайли ва Мажнун" достонида рухият тасвири // Навоийга армугон. - Т.: АДодирий номидаги Хал; мероси нашриёти, 2003.

10. Золотухина, О. Б. Психологизм в литературе : пособие по спецкурсу для студ. спец. —Гродно : ГрГУ, 2009.

11. https://qomus.info/encyclopedia/cat-x/xarakter-uz/

12. С.Л. Рубинштейн. Учение о характере/Отрывок из монографии С.Л. Рубинштейна "Основы общей психологии" (.https://www.psychology-online.net/articles/doc-451 .html)

13. Барабаш О.В. Психологизм как конструктивный компонент поэтики романа Л.Н. Толстого "Анна Каренина": диссертация ... кандидата филологических наук. - Москва, 2008 (http://www.dslib.net/russkaja-literatura/psihologizm-kak-konstruktivnyj-komponent-pojetiki-romana-l-n-tolstogo-anna.html).

14. Куронов Д. Адабиётшуносликка кириш. - А.: Хдёт нашриёти, 2002.

15. Умуров X,. Бадиий психологизм ва хозирги узбек романчилиги. - Т., Фан,

16. НДобилова. Жек Лондон ва Абдулла ^аххор ижодида бадиий психологизм. Филол. фанлари буйича фалсафа доктори (РКО)дисс. - Бухоро, 2020.

17. https://www.dissercat.com/content/osobennosti-psikhologizma-russkoi-prozy-vtoroi-poloviny-1980-kh-godov-tvorchestvo-v-astafeva

1986.

1983.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.