Scientific Journal Impact Factor
HOZIRGI DAVR O'ZBEK SHE'RIYATIDA BADIIY KONSEPSIYA
MASALALARI ( Zebo Mirzo va Halima Ahmedova ijodi misolida.)
Berdiyeva Zulayxo Ochilovna
QarDu Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi Adabiyotshunoslik kafedrasi 2-bosqich magistranti Ilmiy rahbar: f.f.d., professor Yo'ldoshev Boynazar
Ushbu maqolada hozirgi davr o 'zbek she'riyatida badiiy konsepsiya masalalari, shoir va shoiralar she'riyatidagi o 'ziga xosliklar, ijodkor "men " ining she'riyatda aks etishi haqida so'z boradi. Bunda Zebo Mirzoning rangin bo'yoqlar bilan yo'g'rilgan she'rlari hamda Halima Ahmedovaning eng sara ijodiy na'munalari asosida badiiy konsepsiyaning mohiyatini ochib berishga harakat qildik.
Kalit so'zlar: Konsepsiya, badiiy g'oya, portret, psixologizm, xarakter, hayot haqiqati, davr muammolari, estetik ideal, pafos.
This article deals with the issues of artistic concept in modern Uzbek poetry, the peculiarities of the poetry ofpoets and poetesses, the reflection of the creative "I" in poetry. At the same time, we tried to reveal the essence of the artistic concept on the basis of Zebo Mirzo's colorful poems and the best creative examples of Halima Ahmedova.
Keywords: Concept, artistic idea, portrait, psychologism, character, reality of life, problems of the period, aesthetic ideal, pathos.
B ^атье рассматриваются вапросы художественного замысла в современной узбекской поэзии особенности поэзии поэтов и поэтесс б отражение творческого " Я" в поэзии. При этом мы постаралось раскрить суть художественной концепции на оснаве красочных стихотворерий Зебо Мирзо и лучших творческехпримеров Халима Ахмедовой.
Ключевые слова: Концепция, художественная идея, портрет, психологизм,персонаж, реальность жизни, проблемы природа, естетических идеал, пафос.
Har bir davr adabiyotda mohiyati, ma'no-mazmuni bilan o'z nafasini qoldiradi. Mustaqillik davr o'zbek she'riyati ham abiyotimiz gulshanida o'zining salmoqli
189
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
AННОТАЦИЯ
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
o'miga egadir. Bugunning shoir va shoiralari she'riy asar yaratishda butunlay yangicha ruh va kayfiyat bilan qalam tebratmoqdalar.
Yaratilayotgan har bir yangi ijod mahsuli shaxs ruhiyati uning ichki kechinmalarining yorqin ifodachisi bo'ladi. Istiqlol davr she'riyatinig boshqa davrlar she'riyatidan farqli jihati shundaki, bu davr she'riyatida milliy o'zlikni anglash, erkin fikrlash ruhi yetakchilik qiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ushbu maqolada adabiyotimizning eng betakror janri bo'lgan lirik asarlar, bugungi kun she'riyatining o'ziga xos jihatlari haqida yirik adabiyotshunos olimlarning fikrlariga tayangan holda iste'dodli shoiralarimiz Zebo Mirzo va Halima Ahmedovalarning ijod na'munalarining badiiy konseptual xususiyatlarini tahlil qilamiz. Bu jarayonda ilmiy bilishning mantiqiylik, psixologik, izchillik hamda tavsifiy yondashuvlaridan foydalanamiz.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Mustaqillik davri o'zbek she'riyatiga nazar solar ekanmiz, yangicha ruh, yangicha yondashuvlar, erkin va hur fikrlar oqimi, hayotdan zavqlanib yashash, vatanga bo'lgan muhabbat, insoniy tuyg'ular tarannumi, muhabbat va sadoqat tuyg'ularining rangin satrlar ila qalamga olinganiga guvoh bo'lamiz. Bugungi kunda o'zbek she'riyati gulshanida qalam tebratayotgan iste'dodli shoiralarimiz Zebo Mirzo va Halima Ahmedovalarning ijodi o'zining rangin bo'yoqdorligi, serqirraligi hamda badiiy konsepsion jihatdan nihoyatda puxtaligi bilan ajralib turadi.
Endilikda ramzlar, timsollar, metoforalar asosoida mushohada yuritish va badiiy umumlashmalarda falsafiy teranlikka intilish hozirgi davr she'riy madaniyatining galdagi ustuvor xususiyatlaridan hisoblanadi. Badiiy umumlashtirilgan ramzli obrazlilik bu she'riyatning bosh fazilatiga aylandi.
Bugungi davr she'riyatida badiiy konsepsiya masalalariga toxtalishdan avval konsepsiya va badiiy konsepsiya o'zi nima? degan savolga javob beramiz.
Konsepsiya (lot. conceptio- , tizim)- biror bir sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; adabiyotda- biror asarning asosiy g'oyasi.
Badiiy konsepsiya- badiiy asar mohiyatini, ijodkorning "meni"ni ifoda etadi. Biroq badiiy asar konsepsiyasi ayrim holatlarda muallifning subyektiv qarashlaridan keng qamrovli bo'lishi mumkin. Ba'zan muallif mo'ljaliga zid holat yuz bersa ham, mohiyat e'tibori bilan asar o'z konsepsiyasiga ko'ra muallifning badiiy- estetik olamiga tegishli bo'ladi.
Scientific Journal Impact Factor
Halima Ahmedova ijodiga nazar soladigan bo'lsak, uning she'rlaridagi bosh qahramon inson va uning ko'ngli ruhoniyatidir. Inson botini, siyratining sirlari, ruhoniy dunyosi evrilishlari tahlil qilinadi. Badiiy tadqiqotchilikning tabiati shundaki, qalbni o'rganish - Haq ishqini bilishdan, haqiqatni anglashdan, tuyg'ular tarixini akslantirishdan iborat.
Shunisi jozibki ,shoira she'rlarida Haq ishqi ezgulik, adolat, go'zallikning yam-yashil yashnoq timsoli sifatida talqin qilinadi. Ular borlik va yo'qlik oralig'idagi hayotning yorug'ligini, ko'ngillardaginur-ziyoning poydorligini ta'minlab kelayotgan ma'naviy-axloqiy qadriyatlar enagasidir. Va lekin lirik qahramon ko'nglini qayg'u kemiradi; dar-alam og'ritadi. Boisi shundaki, ma'naviy zulm xillariga toqati yo'q (" Pardoz-andozi zo'r yolg'on so'zlarni, ikki dunyoda ham olmagayman tan. Kelisha olmasam nima qilayin, bedavo kapalak ko'ngillar bilan"). Lirik qahramon qalbida mangu mung hukmron emasham emas, Aksincha, ma'naviy qashshoqlikka qarshi qahr , millat munglariga o'kinch-alamkashlik bor. Dardkashlik ruhi shoira she'rlarida badiiyatning muhim xususiyatlaridan biri sifatida bo'y ko'rsatadi.
Shoira ijodida badiiy konsepsiyaning namoyon bo'lishi Haq ishqi adolatning beqiyos, benazir, buyuk timsoli sifatida poetik tadqiq etiladi.Lirik qahramon dilidagi haq ishqining cheksizligiga ishonadi.U o'zinianglash orqali ko'nglining tub -tubida ko'kargan, gullayotgan ishonchni tanib boradi. Bundan anglashiladiki, ishonch, mehr, e'tiqod, ham yuksak ma'naviy-axloqiy qadriyat sifatida ezgulikka kamarbasta; ezgulik xizmatidadir. Banda haq ishqiga suyanib o'zligini topmoqda; botinidagi ma'naviy tayanch kuchlarini yuzaga chiqarmoqda, namoyon etmoqda.
Demak, bandaning o'z-o'ziga bo'lgan ishonchi ham ortmoqda. Insonparvarlik, dunyoga mehr, e'tiqod, yurtsevarlik tuyg'ularining ildizi bandaning o'zida, o'zligidadir.
Halima Ahmedovaning talqiniga ko'ra inson komillikka muhtoj. Ma'nan takomilga hamisha tashna. Haq ishqi banda tabiatidagi kemtiklar o'rnida ma'naviyat chechaklarini ko'kartiradi; ahloqiy qadriyatlar ( ishonch, mehr, muhabbat, oqibat, e'tiqod va h.k) kabi kurtaklarni undiradi. Shoira haqiqatning buyuk timsolini ilohiylik iroda erki, ruh erkinligi bilan tutash, bog'liq holda deya talqin etadi. Uning she'rlaridagi pokiza ruhiyat dunyosining jilvalanishi o'z davri uchun katta ma'naviy boylik bo'lib hisoblanadi.
Dardkashlik ruhi shoira she'rlarida badiiyatning muhim xususiyatlaridan biri sifatida bo'y ko'rsatadi.
" Bozorlar shovqini, mozor jimligi Dunyoni to'ldirib turgan bir chog'da.
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 7
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Nega sen o'zingni ko'rmaysan axir,
Ko'ngling ichidagi qop-qora dog'da"- deb yozadi link qahramon. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, demak, banda tor-shaxsiy mayllaridan, xohish-istaklardan baland ko'tarilgan taqdirdagina haqiqatni xolis izlashga, anglashga qodir.
Halima Ahmedova lirikasida ranglar ( yashil, oq, pushti, sariq, moviy, qora va h.k) , dov-daraxtlar, qushlar, maysa-o'simliklar, tuproq, shabboda ramzi asarlari badiyaatining asosiy konsepsiyalaridan biri hisoblanadi.
Shoira Halima Ahmedova o'z she'rlari orqali qalb tug'yonlarini baralla kuylaydi. Insoniy kechinmalarni go'zal satrlar jilosi ila tasvirlab beradi. Uning quyidagi she'rida baxt, insonning bu hayotda nima uchun yashayotganl igi hamda nima qilsa o'zidan yaxshi nom qoldira olishi haqida so'z boradi.
Mendan olislarda tentiraydi baxt, Mendan olislarda quvonch sargardon. Ko'nglimni quyoshga aylantirib ber, Agar osmonliging rost bo'lsa osmon.
Sezdim Qahr bilan kelar qahraton Derazam ko'zida muzlaydi afsun, Va borliq qalbida ko'pirgan ishqni Allaqayerlarga olib ketar kun.
Ammo, muzlayotgan bu men emasman, Emasman, umiddan qochgan muhojir.
Va tuman ortida ufqsiz qolgan Beshavqat tuyg'uga bo'lmagan asir. Hali yodimda bor quyosh nigohi Va dilimni suygan nur qahqahasi. Ishqning ohangiga solay umrimni, To ko'nglim quyoshga aylangunicha, Asrayin jon degan tomchi nurimni. Mendan olislarda tentiraydi baxt, Mendan olislarda quvonch sargardon. Ko'nglimni quyoshga aylantirib ber, Agar osmonliging rost bo'lsa osmon.
Yuqorida keltirilgan she'rda shoiraning bu hayotga bo'lgan umidi, ko'ngil torlarida jilvalanayotgan hayotga, yashashga bo'lgan muhabbati aks etgan. U osmonga murojaat qilib" ko'nglimni quyoshga aylantirib ber "-deydi. Har bir inson
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 7
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
bu hayotga kelar ekan, shunday yashashi kerakki, uning ko'ngli huddi quyosh kabi iliq, beg'ubor, pok bo'lishi kerak. Ammo bu mashaqqatli hayot yo'llarida doim ham inson qalbini pok saqlashi imkonsizdek tuyuladi. Shunday vaziyatlarga qaramasdan, inson o'zligini, qalbinnig tub-tubida bir zarradek bo'lsa ham yashirinib yotgan mehr-muhabbat tuyg'usini, yaratganga bo'lgan ishonchini, iymon hamda e'tiqodini saqlab qolmog'i shart. Ana shundagina behudaga yashamayotgandek his etadi o'zini. Shoiraning bu satrlar orqali aytmoqchi bo'lgani ham har qanday vaziyatda ham inson umidini saqlab qolishi kerakligi nazarda tutilgan.
Qahr bilan kelar qahraton Derazam ko'zida muzlaydi afsun Ammo muzlayotgan bu men emasman Emasman umiddan qochgan muhojir Shoira qishning qahratoni ham mening umidimni, hayotga bo'lgan muhabbatimni, yashashga bo'lgan umidimni muzlatolmaydi deb yozadi. Inson konsepsiyasi hamisha san'atkorning dunyoqarashi, hayotiy ideali hamda ijodiy pozitsiyasidan tarkib topadi. Inson shaxsiyatidagi komillik xususiyatllarining asosini belgilovchi ezgulik, e'tiqod, adolat tuyg'ularini tarbiyalash va shakllantirishda har tomonlama barkamol shaxs konsepsiyasiga oid nuqtai- nazarni va badiiy tadqiqotchilik prinsiplarini ko'rsatadi. Zero, har bir she'rning badiiy barkamolligi, qahramon psixologiyasi, voqea-hodisaning ta'sirchan tarzda aks ettirilganligi bilan belgilanadi. Bugungi davr she'riyatida badiiyhago'ylikdan ko'ra fikr- mulohaza, kechinma, tuyg'ularni ochiq tarzda tasvirlab berish kuchli.
Har bir inson, shu jumladan shoir-shoiralar o'z e'tiqodidan kelib chiqib, bu yorug' dunyoni ham o'z tushunchasidagi yaxshi odamni ham muayyan o'z ideali nuqtai nazarida tasavvur qiladi. Shunga ko'ra, insonning psixologiyasi, fikriy saviyasi, atrof-tevaragini o'z rayiga qarab o'zgartirishga harakat qiladi. Shoira ham o'z she'rlari orqali o'z qalb kechinmalarini, o'zligini aks ettirgan.
Zebo Mirzo ijodiga yuzlanadigan bo'lsak, uning she'rlarida ham haqiqiy o'zbek ayollariga xos bo'lgan vafo, sadoqat, oqilalik tuyg'ularining tarannumini, vatanga bo'lgan muhabbat, onaga bo'lgan mehr, do'stlik, oilaga bo'lgan e'tibor, tabiat mo'jizalaridan hayratlanish, zavqlanish kabi tuyg'u va kechinmalarnig ta'sirchan tasviriga guvoh bo'lamiz.
ONAMGA
Oq sochlari oppoq tun uning,
Umri halol ishqqa bayroqdir.
Ox, yuzlari dunyoyi dunning
Oriental Renaissance: Innovative, R
educational, natural and social sciences ( )
Scientific Journal Impact Factor
Go'zalidan chiroyliroqdir.
* * *
( Bo'lolmadim hassasichalik),
Otam dardin ko'targan mohim.
Ushoqqina onam ko'ngliga
Bir hovuch nur bergin, ilohim! * * *
O'zi potrab chiqqan chashmaday
Yoningizdan oqdimu ketdim.
O'zgalarga daryo tutdimu,
Oh, onam-a sizni unutdim. * * *
Qaldirg'ochlar mendan yaxshiroq
Baxt to'kadi hur quchog'iga
Men ham uning tirnog'imanu
Arzimayman, lek tirnog'iga.
* * *
Ismaloqlar bo'yini tarab,
Bahor shoshsa yurgan joyiga,
Robbim meni gul qilib yarat,
Hech bo'lmasa, uning poyiga!..
Shoiraning yuqorida keltirilgan she'ri juda ham ta'sirchan hamda mazmunli. She'rda ona siymosi, uning fidokorligi, farzandiga bo'lgan muhabbati, farzandning onasining xizmatida bo'la olmaganligidan afsus chekishi, kabi g'oyalar ilgari surilgan. Shoiraning badiiy-estetik g'oyalari o'ziga xos tarzda she'rda aks etgan, hamda chuqur mazmun kasb etgan.
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, hozirgi davr o'zbek she'riyatida qalam tebratayotgan ko'plab shoir va shoiralar ijodida badiiy konsepsiya tamoyillari o'zinig yorqin ifodasini topgan. Davrlar o'tishi bilan she'riyatdagi mavzular ko'lami hamda g'oyasi ham o'zgarib bormoqda. Bugungi kun shoirlari o'z fikrlarini erkin ifodalay olishlari, hurfikrlikni tarannum etishlari bilan ko'plab ustunliklarga egadirlar.
Scientific Journal Impact Factor
REFERENCES
1. "Konsepsiya asoslari" O'zME Ikkinchi jild. Toshkent.2000.
2. "Hozirgi adabiy jarayonda badiiy konsepsiya" Ukim, bu nima Qomus
3. Halima Ahmedova ,, Dil ustiga ko'prik qurib" Abdulla Ulug'ov 2000.
4. ,, O'zbek adiblari" S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent. G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 2016-yil.
5. Halima Ahmedova " Yashil " Toshkent-" 0'zbekiston"-2016.