ZAMONAVIY O'ZBEK NASRIDA TASVIR VA TALQIN
Zahro Oskanova
TVCHDPI "O'zbek tili va adabiyoti" yo'nalishi talabasi
Ilmiy rahbar: dotsent Shaxlo Botirova
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Ulug'bek Hamdamning "Muvozanat" romani realistik asar sifatida yuzaga kelganligi, o'z navbatida tasvir, talqin va badiiy psixologizm muammolari, Muhammadjon aka, Yusuf, Amir, Sodiq kabi qahramonlarning psixologik jarayonlarda qalb, ruh, ong kechinmalari uyg'unlashib ketganligi tahlil qilingan. Roman ruhiga singdirilgan mantiq - mas'ullik mantig'i nafaqat har bir qahramon o'zi uchun, hech bo'lmasa yaqinlari, tug'ishganlari uchun mas'ul degan tushuncha bolam, qo'shnim, elim, ulusim, yurtim degan yuksak g'oyalar sari etaklashi yoinki Vatan -uyingning ostonasidan boshlanadi, degan purviqor fikr ham aslida har bir qahramonni alohida shaxs sifatida, yakdillikda bir millat sifatida yuksaltirishga qaratilgan.
Kalit so'zlar: realistik asar, tasvir, talqin, qahramon, psixologizm, badiiy psixologizm muammolari, psixologik jarayon, qalb, ruh, ong.
IMAGE AND INTERPRETATION IN MODERN UZBEK PROSE
Zahro Oskanova
Student of Uzbek language and literature, cspi
Supervisor: Associate Professor Shakhlo Botirova
ABSTRACT
In this article, Ulugbek Hamdam's novel "Balance" appeared as a realistic work, which in turn combines the problems of image, interpretation and artistic psychology, the emotions of heroes such as Muhammadjon aka, Yusuf, Amir, Sodiq in the psychological process. analyzed. The logic embodied in the spirit of the novel is the logic of responsibility, the notion that each hero is responsible not only for himself, but also for his relatives and friends, the child, the neighbor, the people, the nation, the country. The glorious idea that the Motherland begins at the threshold of the house is in fact aimed at raising each hero as an individual, as a nation in unity.
Keywords: realistic work, image, interpretation, hero, psychologism, problems of artistic psychology, psychological process, heart, soul, mind.
KIRISH
Yozuvchi badiiy talqin vositasida makon va zamonda yashayotgan inson muammolari xususida falsafiy mushohada yuritar ekan, uning hayot haqidagi mulohazalari, tabiiyki, sabab va oqibat, maqsad va mohiyatga asoslangan bo'ladi. Mazkur jihatlar yozuvchining o'ziga xos uslubini namoyon etadi. Ulug'bek Hamdamning "Muvozanat" romani realistik asar sifatida yuzaga kelgan. O'z navbatida badiiy qahramonlari ham realistik qahramon hisoblandi. Lekin unda ramziy-majoiy talqin bunda personajlarning psixologiyasidagi jarayonlari ham asar mazmunini ochishda muhim o'ringa ega. Masalan, Muhammadjon aka, YUsuf, Amir, Sodiq kabi qahramonlar talqin etilgan psixologik jarayonlarda qalb, ruh, ong kechinmalari uyg'unlashib ketadi: "Yusuf o'shaning (alamzadalikning) tabiatiga quloq tutdi... Shunda his qildiki, u erda dunyoga - tashqariga tomon yurish haqida shivir-shivirlar avji chiqayotgandi. Ya'ni xaos - tashqarining ta'sirida tashqariga nisbatan ichkarida paydo bo'lgan alg'ov-dalg'ovlik endi xuddi o'z egasini tishlab olgan bo'ri bolasi kabi tashqarini ham o'z kelbatiga o'xshatgisi kelardi"1 Mazkur parchada Yusuf voqelikni ramziy-majoziy tarzda anglashi va tushunishi ko'zga tashlanadi. Tasvir realistik uslubda berilgan, biroq, qalbidagi ilojsizlikdan tug'ilgan armon, alam uning ruhiyatidagi keskin o'zgarishlarga olib keldi. Natijada, u borliqni ramziy-majoziy tarzda idrok qilib, milliy xarakterini namoyon etdi.
O'quvchi romanni o'qish jarayonida, qahramonlar misolida inson o'zini, yaqinini, uni o'rab turgan atrof-olamni ko'rgandek bo'ladi. Borgan sari tasavvurlar tiniqlashib, ranglar oydinlashib teran ma'no kasb etadi. Badiiy matn tahlili orqali yozuvchi konsepsiyasining estetik vazifasi yuzaga chiqadi. Yozuvchining estetik ideali "Muvozanat" romanida ijtimoiy-axloqiy va ma'naviy-ruhiy asosda shakllanadi va namoyon bo'ladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Roman ruhiga singdirilgan mantiq - mas'ullik mantig'i nafaqat har bir qahramon o'zi uchun, hech bo'lmasa yaqinlari, tug'ishganlari uchun mas'ul degan tushuncha bolam, qo'shnim, elim, ulusim, yurtim degan yuksak g'oyalar sari etaklashi yoinki Vatan - uyingning ostonasidan boshlanadi, degan purviqor fikr ham aslida har bir qahramonni alohida shaxs sifatida, yakdillikda bir millat sifatida yuksaltiradi. Shunday ekan, romanga xos realistik tasvir hayotning badiiy in'ikosi sifatida talqin etilgan har bir qahramon hayoti, orzu - intilishlari, g'am - tashvishlari, topganlari va yo'qotganlari turfa xil taqdirlar misolida jonlanar ekan, makon va zamon badiiy in'ikosida milliy ruhiyat aks etadi. U.Hamdam yaratgan har bir xarakter yaralishidan yozuvchi badiiy
1 X,aMgaM, y^yr6eK. MyB03aHaT. -TomKeHT: fflapK, 2007. - B.155. ®ac^ga ym6y MaH6agaH o^HHraH ^aBO^a^ap cyrnruga ^aBC unuga khto6 caxu^acu Kernupu^agu.
tafakkurida qo'yma shakllangan va asar g'oyasini ochib berishga xizmat qiluvchi estetik ideal sifatida namoyon bo'ladi. Masalan, «Yusuf to'nini elkasiga tashlagancha ohista yurib tashqariga chiqdi. Havo kechagidan ham bahoriyroq edi. Tun bo'lishiga qaramay, osmonning qoraga moyil ko'kimtir rangini ilg'ash mumkin (ehtimol, «osmonning rangi ko'k» degan fikrning soyasidir bu!), yulduzlar ham shahardagidek uzoqda emas, balki tomboshiga chiqib sakrasang bir nechtasini uzib olgudeksan. Yengil epkin
л
hovlining etak tarafidan qiy hidini olib kelib dimoqqa urdi... » Mazkur parchada yozuvchi voqelikni realistik usulda tasvirlar ekan, undagi gap qurilishi va fikrlash tarziga sof milliy ruhit singlirib yuborgan. Bu ayniqsa, «to'nni elkasiga tashlab tashqariga chiqish», «tomboshiga chiqib sakrash» jumlalarida sof milliylik tafakkur tarzi mavjud. Chunki o'zbek milliy uylari pastroq bo'ladi va atrofiga tut, o'rik, jiyda, olma kabi daraxtlar ekaligi ularning mevani olish uchun tomga chiqish kerak bo'lgan. Shu holatdan foydalanib, yulduzlarni ham uzib olgudek degan xulosa kelinyapti. Shuningdek, bu erda ruhiy parallelizm ham qo'llangan. Bu usul «Havo kechagidan ham bahoriyroq edi. Tun bo'lishiga qaramay, osmonning qoraga moyil ko'kimtir rangini ilg'ash mumkin (ehtimol, «osmonning rangi ko'k» degan fikrning soyasidir bu!), yulduzlar ham shahardagidek uzoqda emas», degan gaplarda aniq bo'rtib turibdi. Mazkur usul ham personaj qalbidagi vataniy tuyg'uni, qadrdon uyini sog'inishi ifodalaydi. Yozuvchi shu erda vatan so'zi ishlatmasdan vatan mavzusini ham kiritib ketganki, bu parchadagi mazmuniy qatlamning teranligining ifodasi hisoblanadi.
Romanda qator ramzlar mavjud bo'lib, ular ko'pincha matn ostiga singdirib yuborilgan: "Muhammadjon aka dabdurustdan qo'rqib ketdi, u qushcha qulab tushadi, deb o'ylab, qulochini ochdiki, tutib qolay deb... Lekin yo'q! Qushning qanotlari erkin havo ta'mini his qilgani hamon avvaliga ishtiyoqsiz besh-olti "pir-pir" etib, so'ng dadil qanot silkib ko'kka ko'tarildi" (24-b). Lavhada qafasga o'rgangan qushning ozodlikni his qilish jarayoni qanchalar ishonarli tasvirlangan bo'lsa, tagmatndagi ishora - qullik iskanjasidagi insonning ozodlikka ko'nikishi hamda bu erk ulug' niyatlar, ulkan ishlar ramzida berilgan bo'lsa, «tobora ko'tarilib kelayotgan quyosh nurlari» yorug'lik, niyatga etkazadigan nurafshon kunlarning yaqinligini keltiruvchi mujda sifatida qabul qilinadi.
Yozuvchi olam va odam xususidagi mushohadakor fikrlar, har bir ziyoli tiynatidagi evrilishlar, jamiyat maqsadining kelajak sari talpinishigacha zukkolik bilan badiiy qamrab oladi. Ba'zan rumiyona fikrlari bilan islom dini falsafasiga xos shaxs qalbida alohida mehrni uyg'otadi. Tasvir usuli va bayondagi bunday o'ziga xoslik romandagi personajlar ichki olami va muallif psixologiyasidagi voqelikni badiiy idrok etish, sintez qilish va yakunda qat'iy xulosa sifatida o'quvchiga etkazish jarayonining
2 Х,амдам, Улугбек. Ватан хакида кушик: Мувозанат. - Тошкент: Akademnashr, 2014, - Б.55.
mukammallashuviga xizmat qiladi. Aynan shu mukammalashish zamirida muallif, personaj va o'quvchi psixologiyasining yaxlitlashuvi yuz beradi. Natijada asarning gedonistik, ruhiy-axloqiy, ijtimoiy-falsafiy mohiyati namoyon bo'ladi.
Psixologik tahlil muammosini o'zbek romanlari misolida tahlil qilgan munaqqid H.Umurov ta'riflaganidek: «inson ruhiyatining tahlili, uni chuqur tushunish va
"5
tasvirlash mahorati - adabiyotning tub mohiyatini belgilovchi xususiyatlaridan biri» hisoblanadi. Buni romandagi inson qalbining nozik jilolari: fe'l-atvori, ruhiyati, ko'ngil talpinishlari badiiy talqin etilganida kuzatish mumkin. Asarda har bir personaj (Yusuf, Amir, cho'pon, Sodiq, Ergash, Zahro, Oygul) o'z ziddiyatlari - botinan va zohiran kurashlari orqali talqin etilganki, asar qahramonlarini ijtimoiylik mahsuli deb qarashdan ko'ra, ma'naviy-axlokiy mezonlardan kelib chiqib baholash romanga xos xususiyat -voqea-hodisalar epik tasviriga nisbatan inson mukammalroq badiiy in'ikos qilinganini bildiradi.
Yozuvchi mahorati hayot materialini badiiy aks ettirishda rang-barang tasvir vositalaridan nechog'li unumli foydalana olganligi bilan o'lchanar ekan, roman janri cheksiz imkoniyatlarga egaligi bilan boshqa adabiy janrlardan jiddiy tavofutlanadi. Adib unda inson hayotining solnomasini mufassal ifodalashga diqqatini qaratadi. Boshqacha aytganda, odamzot takomilidagi muhim evrilishlar badiiy shakl miqyoslarini belgilab beradi. Epik tasvir turfaligi syujet qismlarini shartli va teran mohiyat sari yo'naltiradi. Natijada odamzot turmush tarzi haqqoniyligi tasvirni yaxlitlashtiradi. Shu nuqtai nazardan, «Muvozanat» romanida qahramon shaxsiyatiga katta falsafiy-ijtimoiy umumlashma singdirilganligiga amin bo'lamiz. Zero, asarda tasvir oshkor qatlamning mavjudligi ijodiy mustaqillik va mantiqiy tugallanganlikni uyg'unlashtirgan holda, yaxlit poetik tizimga jipslay boradi. Ham mazmuniy, ham shakliy, ham uslubiy butunlik badiiylik darajasini belgilaydi. Asarda estetik ma'rifat va estetik yuk o'rtasidagi keskinlikni tafovutlash joiz. Ijodiy individuallikdan badiiy umumlashmaga o'tish esa talqin o'ziga xosligini tashkil etadi. Adib aksar o'rinlarda qahramon xarakterini ham ruhiy, ham ijtimoiy mohiyatini ochib berishga intiladi. YUsuf kursdoshi Zahro bilan bo'lgan o'zaro munozarasida ko'ngil maishati uchun emas, balki borliq xususidagi mushohadalariga ham yuzma-yuz kelamiz. Aynan, ikki suhbatdosh jamiyatdagi og'ir kechmishlarni "vaqtinchalik" deb baholaydi. Bu esa, romandagi muvozanat sari qadam tashlayotgan qahramonlar xarakterida maromiga etadi:
"...Kuni kecha men poezdda bir nechta yoshlar bilan gaplashib keldim. Va iqror bo'ldimki, butunlay yangi avlod etishib kelyapti ekan. Ular tarbiyasida o'tmishga nisbatan keragidan ortiq tanqidiy ruh, bugunni esa behad ideallashtirishga o'xshagan qusurlarni payqagan bo'lishimga qaramay, mulohaza yurita-yurita oxiri sevinib ketdim.
3 Умуров X,. "Бадиий психологизм ва хозирги узбек романчилиги". - Т.: "Фан", 1983.34-6.
Sababki, ular o'tmishni qo'msab qiynalmaydi, bu yoqda do'ppi tor kelganda u yoqqa talpinib, o'zi shundoq ham qiyin ahvolni battar murakkablashtirmaydi, katta avlodlarga o'xshab har bir kishi o'z botinida ikkiga bo'linib ketmaydi, balki biri u sohada, kimi bunda o'zligini yangi kelajakni bunyod etish ishiga bag'ishlaydi. To ular bor ekan, ertaga - qurilayotgan yangi davlatda bugun oyoq osti bo'lib yotgan qadriyatlarning, qonun-qoidalaru tartib-intizomning qaytadan qad rostlashi muqarrar" (1-236).
Yoshligidan o'z muvozanatini saqlab qolishga intilgan YUsuf hali ruhiy sokinlikka erishishga vaqt borligini yozuvchi sirtdan baholab boradi. Romanning syujeti markazida realistik tasvir prinsipidan unumli foydalana olganini ko'rishimiz mumkin. Yusuf o'z yolg'izligidan siqilgan Zahroning tashvishlari bilan andarmon bo'lib, vaqtincha ichki iztiroblarini unutadi. U botinidan tushkun kayfiyatni quvib solgan hodisaning mantiqini anglashga urinar ekan, bunga hech bir ism topib berolmaydi. Binobarin, Yusuf ruhiy xotirjamlik bor joyda inson muvozanati doimo saqlanishini romanning bir necha o'rinlarida atrofidagilarga ta'kidlaydi. Ayni paytda, uning o'sha muvozanat sari ildam yurishi jamiyat hayotining ham iziga tusha borayotganidan dalolat beradi. Demak, YUsufga xos muvozanat jamiyat muvozanatini ham bildiradi.
Yozuvchi romanda ulkan imkoniyatlarning odam fe'liga ta'sirini alohida shaxsning parvozi hamda inqirozi ya'ni kuchli va ojiz tomonlari fonida ko'rsatishni maqsad qiladi. Bu esa, shubhasiz tabiiy chiqqan va buni Mirazim va Saidning hayoti misolida ko'rishimiz mumkin. Mansab pillapoyalaridan ko'tarilib borayotgan Saidning kutilmaganda «qulab tushishi» bu yorug' olamda hamma narsa omonat ekanligini anglab etishiga zamin hozirlaydi.
Adibning «Muvozanat» romani ham xilma-xil adabiy yo'sinning qorishuvidan tarkib topgan bo'lib, uni real mohiyatga ega realistik roman deyish to'ri bo'ladi. To'g'ri unda modernizmga xos kayfiyat ham o'z aksini topgan. CHunki voqelikni badiiy idrok etishning norealistik va realistik metodining ba'zi xususiyatlari bir-biriga o'tib turishi odatiy hodisa hisoblanadi. Mohiyat-e'tibori bilan aytganda, ifoda mustaqilligi, ruhiyat tasviri, an'anaviy-qodiriyona romaniy tafakkurning hissi, oybekona mushohadalarning teranligi, rumiyona fikrlar mantiqiyligi ko'zga tashlanadi. Ammo yozuvchining individual uslubi barchasini o'ziga simirib, real tasvir va badiiy psixologizm uyg'unligida ifoda etgan. Negaki, har qanday badiiy talqin inson ruhiy borlig'ini kashf etishga qaratilgan bo'ladi. Jumladan, YUsufning qaynoq hayot ichkarisida chorasiz qolishi, ko'ngil, oila xalovatining buzilishi, millat ruhiyatidagi muayyan evrilishlar davomiyligi romanda xilma-xil taqdirlar kesishuvida real mohiyat kasb etadi. Hammamiz his qilgan, ko'nikkan qadriyatlar zamonlar evrilishida boshqacha mohiyat kasb etishi mumkin. Oraliqda qolgan inson nafaqat azob chekadi, balki o'z hayotini izidan chiqarishi turgan gap. Ana shunday inson xarakterini, uning ruhiy olamini anglash va badiiy ochib berish juda murakkab va zahmattalab jarayon hisoblandi. Ulug'bek Hamdam «Muvozanat»
remanida o'zbek xalqi hayotining so'nggi o'n yilliklar, ya'ni asosan istiqlolga erishilgan pallalardagi «o'tish davri» qiyinchiliklaгini mohirona tasviгlaydi: "Hammalari dastuгxon atrofiga o'tirishganda duo o'qildi. So'ng Halima aya turib, non-choy keltiгdi. Elbekka Ыг hovuch yong'oq beгib, o'g'lim shulami chaqib kel, deya o'zi cho'kka tushib non ushata boshladi. Yusuf sumkasidan qand va pishloq olib dasturxonga qo'ydi. Odil aka haT doimgi joyida bo'lsa ham avvalgidek yonboshlab emas, balki tizzalarini omonatgina bukib, oyoqlarini iloji boricha o'ziga yaqin tortib o'tirardi" (39-b). Ushbu lavhadagi Odil akaning psixologik portreti moddiy qiyinchilik, yo'qchilikdan ruhan ezilgan otaning xijolati misolida gavdalanadi. SHuningdek realistik tasvir zamirida milliy ruhiyat Halima aya misolida yaxshi ochilgan. Odatda, o'zbek oilalarida dasturxon tuzash, borini imkon darajasida hamma bilan baham ko'rish uchun ayollar mas'ul hisoblanadi. Bu erda ham Halima aya nonushta qilish uchun zarur ozuqlik kamligini bilintirmaslikka harakat qilib, yong'oq chaqtiryapti, non ushatyapti.
Romanda asosiy e'tiborni tortadigan jihatlar, xususan, millat boshiga yog'dirilgan kulfatlar orqasida haq-huquqlarini to'la anglab etmagan, bunga imkoniyat bermagan sharoit va xalq mentaliteti aks etganligida ko'rinadi. Bunga misol tariqasida Muhammadjon aka hayotini tasvirlar ekan, uning o'tmishi yolg'onlar qurshovida o'tganligini o'ziga xos bo'yoqlarda aks ettiradi. Bu esa o'z navbatida kolonial siyosat manfaatlarining ifodasi bo'lib, hukmron mafkura targ'iboti aynan shuni taqozo etishiga diqqatni qaratadi. Jumladan, Muhammadjon aka tiynatiga xos chizgilar YUsufning keyingi hayoti arosatda o'tmasligiga ishora etadi. Romandagi har bir ijodiy talqinda mujassamlashgan muallif konsepsiyasi qahramon xarakteriga oydinlik kiritadi. Asosiy obraz tadriji tasavvur chiziqlarini markazlashtiradi, tasvir unsurlari esa epik maydon falsafiy teranliklarini badiiy umumlashtirishga xizmat qiladi. Muhammadjon akaning «Mening umrim yolg'on bilan kechdi. Yolg'onga bosh egib, yolg'onni yozganlarning, shuni istagan kimsalarning xizmatini qilib kechdi. Seniki shunday kechmasin»(26-b), deya kuyinishlari Yusuf tafakkurida milliy o'zligini anglashga turtki bo'ladi.
Ayniqsa, adib ijodida kuzatiladigan bir jihatni ta'kidlab o'tish joiz: ba'zan yozuvchi talqinida ruhiy tahlil muayyan izchillik kasb etmaydi, balki tarqoq qirralarga singdiriladi. Ushbu xususiyat Said va Manzura, Mairazim va Zahro, Yusuf va Oygul, Amir va Gulshoda kabi markaziy personajlar timsolida reallashadi. Bu holat zamirida hayotiy qonunlarning mantiqiy asoslanganligi yotadi. Mantiqiy asos muayyan tafsilotlar, turli shart-sharoit, milliy qadriyatlar ta'siri hosilasidir. Muallif romanning g'oyaviy tayanch markaziga birdaniga o'tmaydi. Yozuvchi o'quvchini asta-sekinlik bilan psixologik vaziyatga tayyorlab boradi. Davr ruhiyatini qahramon ichki nutqi vositasida ochib beradi. Inson mohiyati, hayot o'lchovi va yashashdan kuzatiladigan maqsad to'g'risida falsafiy mushohada yuritgan adib yangilanayotgan tafakkur va ijtimoiy sharoit taqozosini mohirlik bilan uyg'unlashtirib yuboradi. Butun hayot yo'lini
www.scientificprogress.uz
taftish qilayotgan Yusuf og'ir iztiroblar iskanjasida qovriladi. Uning ongida kechayotgan mushohadalar millat ruhiyatini ham taqdim etadi. Yozuvchi, shu tariqa, romaniy tafakkur unsurlari bilvosita jamiyatni harakatlantiruvchi kuch hisoblanadigan yangi shaxs konsepsiyasining ma'naviy-axloqiy mezonlarini qahramonlar hayoti orqali ochib beradi. Qolaversa, ularda aks etgan murakkab ruhiy iztiroblar shaxsning o'z-o'zini anglab etishi, xarakter namoyon bo'lishidagi nuqsonlar bilan beayov kurashishi singari muammolarni birinchi planga chiqaradi.
MUHOKAMA
Yozuvchining ijodiy muvaffaqiyatlaridan biri - qahramon nutqi xoslanganlik darajasining ustuvorligiga erishganligi bilan izohlanadi. Jumladan, Yusufning «Bizga berishi mumkin bo 'Iganlarning hech birida o 'sha savil yo 'qmish» nutqida zohir bo'lgan ichki «men»i, uning kayfiyatini to'laligicha namoyon etadi. Natijada qahramon tiynatida ob'ektga nisbatan rang-barang shaxsiy munosabatlar shakllanadi. Shunga asoslanib, aytish mumkinki, yozuvchining boshqa romanlaridan jiddiy tafovutlangan «Muvozanat» asari shakliy-mazmuniy-falsafiy jihatdan eng mukammal roman hisoblanadi. Chunki unda voqelik hamda epik ko'lamni baholashga yo'naltirilgan yaxlit nuqtai nazar izchilligi ta'minlangan. Ijodkor badiiy talqin jarayonida bayon qilishning xotira, ruhiy kechinma, lirik chekinish va mono-dialogik usullarni qo'llaydi.
Adabiyotshunos olim H.Umurov: «Romanda epik tasvir bilan his-tuyg'ular tasviri o'ziga xos uyg'unlashadi. Asarda tashqi voqelikning panoramasi - qahramonlar qalbidagi kechinmalarni reallashtirgani kabi, kechinma va fikrlar oqimi o'z navbatida tasvirlanayotgan hayotning mohiyatini ochadi»4, - deya ta'kidlaydi. Munaqqidning ushbu fikrlarini "Muvozanat" romaniga nisbatan ham qo'llash mumkin. Masalan, quyidagi parchada aynan shunga o'xshash vaziyat namoyon bo'lgan: «Mansur va uning ikki tanishi - oppoq xalatlardagi haligi do'xtirlar Muhammadjonning shundoq bosh tomonida bir-birlariga latifa aytib kulishardi. Yusuf umrida bundan xunukroq, bundan jirkanchroq manzarani ko'rmagandi. Tuyqusdan uning ko'ngli aynidi. Oshqozonida boshlangan g'alayon birpasda bo'g'zini yorib chiqdi, ko'zlari achishib yoshlandi, quloqlari bitdi, lekin og'zigasiz tupukkina keldi. U haqiqatdan ham bugun hech nima totmagandi»5. Parchaga diqqat qilinsa, yozuvchi epik tasvir bilan birga personajlarning epik kechinmalari, didlari, ma'naviy-axloqiy qiyofalarini ham birgalikda ko'rsatgan. Axir og'ir bemor bolaning tepasida o'zaro kulgi qilishlari antigumanizm hisoblanadi. Ishdan charchab kelib, kechga tomon xatni o'qigan va tanishlaridan qarz so'rab sarson kezib, bir amallab Rovotga kelgan Yusufning jismoniy charchoqlari bilan ruhiy qiynoqlari qo'shilib, ichida ko'ngil ozish yuz berdi. Eng fojeali jihati shundaki, aynan
4 умуров Д. Рисолaлaр, сaйлaнмaси. 1-жилд. -ТошкенгФэн, 2007. - Б.33.
5 Дшдш, Улугбек. BaTaH хaкидa кушщ: MyB03aHaT. - Тошкент: Akademnashr, 2014. - Б. 157
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5
www.scientificprogress.uz
shu palladan biroz o'tgach, muhammadjon ichagi yorilib, ana shu do'xtirlar qo'lida jon beradi. Bu erda yoshgina o'g'lining o'limini eshitgan Yusufning holatini tasavvur qilish qiyin emas.
NATIJA
U.Normatov "Amir romandagi eng konseptual obraz"6 degan fikriga qo'shilgan holda makon, zamon va inson muvozanati yozuvchi tomonidan turli xil obrazlar va ularning hayotga bo'lgan munosabatida aks etganiga amin bo'lamiz. Maslak va e'tiqod uyg'unligi Yusufda yashash maqsadi mohiyatidan kelib chiqqan bo'lsa, Amirda diniy tasavvuf ilmiga intilish, ammo uni to'g'ri anglamaslik, bilimsizligidan kelib chiqadi. Xo'sh, Amir konseptual obraz sifatida qanday badiiy vazifani bajaradi. Amirning ruhiy iztiroblari hayotdan ko'ngli to'lmaslik sababidan maydonga chiqmaydi, u to'la-to'kis sog'lom millat tafakkuri orzularining ro'yobga chiqayotganidan o'sib chiqqan ichki inqilob samarasi o'laroq yuzaga kelgan. Amir e'tiqodda o'zini ushlaganida edi, boshqacha bo'lardi. Adib Amirning dahshatli qiynoqlar ichra to'lg'onishini tasvirlar ekan, bunda ongli shuuriy hissiyot birinchi o'ringa chiqqanligini kuzatishimiz mumkin.
Badiiy asar real olam, voqelikka nisbatan yozuvchi munosabati hosilasi sifatida yuzaga kelar ekan, unda ob'ektiv borliq sub'ektiv anglash, tasvirlash, tahlil etish orqali namoyon bo'ladi. Yozuvchi asarda xarakter badiiy tadrijini shakllantirsa, ikkinchi tomondan jamiyat hayotining muhim kirralarini tasvirlay boradi, uchinchidan inson irodasini bukib turgan to'siqlarni ayovsiz taftish etadi. Aynan shu jihat, «Muvozanat»da etakchilik qilgan. Bunda birinchi galda yozuvchi insonlararo ma'naviy-axloqiy hamda milliy dunyoqarash, milliy ruhiyat masalalariga jiddiy e'tibor qaratadi.
XULOSA
Ko'rsatib o'tish joiz, hozirgi o'zbek nasrida ruhiy-falsafiy tasvir shartlarining etakchilik qilib borayotganligi e'tiborga molik hodisadir. Negaki, millat tafakkur tarzi har qachongidan ham evirilib, kundan-kunga o'zgarib borayotganligi, birinchi navbatda, adabiy-badiiy talqinlarda o'z ifodasini topadi. U.Hamdamning «Muvozanat» romanida zamon bilan hamnafas bo'lishga intilayotgan, boshidan o'tgan kechmishi qanday bo'lishidan qat'iy nazar, yangilikka intilayotgan va uni qabul qilishga botinan tayyor, ammo tashqi olam, jamiyatdagi ziddiyatlar bilan yuzma-yuz kelayotgan qahramon bilan yuzlashamiz. Mirazim va Saidning ruhiy kemtikliklari ham aslida o'z-o'zicha yolg'izligi tufaylidir. Hatto ular ham YUsuf o'z e'tiqodida sobit turishini istashadi, dunyoni Yusufdaqalar qutqaradi deb o'ylashadi. Boylikning izidan loqaydlik kasaliga uchragan Mirazimning "Oxirgi ilinjim Yusuf edi, - Mirazim xayolan o'z-o'ziga falsafa
6 Норматов У. Интернет материали: www.ulugbekhamdam.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5
so'qib qo'yardi, - u ham sob bo'lganga o'xshaydi. Man bilgan olimlarning hammasi o'zini pulga o'rib bo'lib edi, birgina YUsuf o'ziga gard yuqtirmay kelayotgandi. Uning ana shu tomonda turishi maning qatimdadir qandaydir muvozanatni ushlab ham turuvdi, chog'i" (114-b) kabi mulohazalari Yusufni bilgan, kim bo'lishidan qat'iy nazar har bir roman qahramoni uni bilgan odamlar nazaridagi bir so'zli, qat'iyatli, ulug' maqsadlar yo'lida ketayotgan Yusufning yo'lidan og'maslik tarafdori, hatto ular xayolan Yusuf bilan fikrlashadi, uni kutishadi, undan maslahat olishadi. Shu o'rinda me'yorini unutgan Mirazim o'zini YUsuf orqali oqlamoqchi bo'ladi, hayotiy aqidasiga aylangan "odamzot hamma vaqt kitobdan burun nonga qo'l cho'zib kelgan. Zero moddiyat hamisha birlamchi bo'lgan" kabi xulosalarini Yusuf misolida tasdiqdan o'tkazib oladi.
REFERENCES
1. Умуров X,. "Бадиий психологизм ва хозирги узбек романчилиги". - Т.: "Фан"
2. Отаули. «Рухий кадрият». Мустакиллик даври адабиёти. -Т.: «Адабиёт ва санъат нашриёти», 2006.
3. Умуров Рисолалар, сайланмаси. 1-жилд. - Тошкент.: "Фан", 2007.
4. Расулов А. Бадиийлик безавол янгилик. -Т.: «Шарк», 2007.
5. Хдмдам, Улугбек. Мувозанат. -Тошкент: Шарк, 2007.
6. Каримов Истиклол даври адабиёти. - Т.: «Yangi nashr», 2010.
7. Куронов Д. Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик лугати. - Тошкент: Akademnashr, 2010.
8. Сувон Мели. "Угригина бола"нинг иззати. // Узбек адабий танкиди.Антология.
9. Botirova Sh.I. (2020). Problematic Aspects Related To the Use of Educational Technologies And Interactive Methods In The Classroom. International Journal of Multidisciplinary Research, 6(8), 539-541.
10. Botirova Sh.I. (2020). The Relationship Between Symbolically Figurative Interpretation And Psychology. Asian Journal of Multidimensional Research, 9(9).
11. Botirova Sh.I. (2020). FORMING PATRIOTIC SPIRIT WITHIN PEDAGOGICAL EDUCATION CLUSTER. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, <5(10), 200-205.
12. Расулов Р. (2020). Валентность слова и синтаксическая связь. Тил, таълим, таржима. Халцаро журнал, 3(1), 8-16.
13. Rasulov R. (2020). Agency Valency of Voice Forms of the State Verbs (On the Material of the Uzbek Language). International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 7(7), 308-317.
14. Rasulov R. (2020). Kelajak - til sohiblariniki. Til va adabiyot ta 'limi, 7(7), 63-64.
15. Botirova, S. (2020). The Role of Artistic Psychology in the Metaphorical Harmony of Man And the Reality of Life. Asian Journal of Multidimensional Research, 9(4).