Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY URF ODATLARNI SHAKLLANTIRISHDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING O’RNI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY URF ODATLARNI SHAKLLANTIRISHDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Urf-odat / an’ana / milliy qadriyatlar / rasm-rusumlar / milliy tuyg’u / komil inson / vatanparvarlik va boshqalar. / Urf-odat / an’ana / milliy qadriyatlar / rasm-rusumlar / milliy tuyg’u / komil inson / vatanparvarlik va boshqalar.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ergasheva D.M.

Ushbu maqolada bolalar qalbida o‘z xalqiga muhabbat va hurmat, urf-odatlarini tarkib toptirish, milliy g‘ururni tarbiyalash, ularga o‘zbek xalqining mehr-oqibatli, mehmondo‘st va kamtarin xalq ekanligini singdirish haqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS IN THE FORMATION OF NATIONAL TRADITIONS IN PRESCHOOL CHILDREN

This article is about loving and respecting the minority in the hearts of children, building their traditions, cultivating national pride, instilling in them that the Uzbek people are kind, hospitable and humble people.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY URF ODATLARNI SHAKLLANTIRISHDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING O’RNI»

Ergasheva D.M.

Termiz Davlat Pedagogika instituti maktabgacha va boshlang'icha ta'lim fakulteti o'qituvchisi

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY URF-ODATLARNI SHAKLLANTIRISHDA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINING O'RNI

Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalar qalbida o'z xalqiga muhabbat va hurmat, urf-odatlarini tarkib toptirish, milliy g'ururni tarbiyalash, ularga o'zbek xalqining mehr-oqibatli, mehmondo 'st va kamtarin xalq ekanligini singdirish haqida so 'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Urf-odat, an'ana, milliy qadriyatlar, rasm-rusumlar, milliy tuyg'u, komil inson, vatanparvarlik va boshqalar.

Ergasheva D.M.

Termez State Pedagogical Institute and the teacher of the Faculty of education at the beginning

THE ROLE OF PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS IN THE FORMATION OF NATIONAL TRADITIONS IN PRESCHOOL

CHILDREN

Annotation: This article is about loving and respecting the minority in the hearts of children, building their traditions, cultivating national pride, instilling in them that the Uzbek people are kind, hospitable and humble people.

Har bir xalqning ijtimoiy madaniy hayotida azaliy an'ana, urf-odatlar alohida o'rin tutadi. Ular kishilar turmush tarzining o'ziga xos hodisasi sifatida namoyon bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama mukammal inson bo'lib rivojlanishida miliy urf-odatlarni singdirib borish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.

An'ana - tarixiy taraqqiyot jarayonida va ijtimoiy ehtiyojlar orasida vujudga keladigan, avloddan avlodga meros bolib o'tadigan, kishilar ma'naviy hayotiga ta'sir ko'rsatadigan madaniy hodisasidir. An'ana o'ziga xos ijtimoiy hodisa majmuasi hisobanadi. Xalq an'analari-uzoq taraqqiyot jarayonida etnoslarning ijtimoiy ma'naviy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, ularning aqliy ijodiy faoliyati asosida, atrof muhit, tabiat, mehnat jarayoniga bog'liq holda avloddan avlodga o'tib, taraqqiy etgan va asrlararo ajdodlar fikri, orzu o'ylari, tajribalari, yutuqlari va boshqa qadriyatlarini mujassamlashtirgan bebaho ijtimoiy madaniy merosga bebaho ijtimoiy madaniy merosga aylangan.

Urf-odat kishilarning turmushiga singib ketgan, ma'lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko'pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari ko'nikmasidir. Masalan: Kichiklarning kattalarga salom berishi, kattalarni kichiklarni izzat qilishi, uy-xovlini tartibga keltirish, mehmonlarga alohida hurmat ko'rsatish, bayram arafasida keksa qariyalar, kasal ojiz, miskinlar holidan xabar olish, qo'ni- qo'shnilarni biror ishiga yordam berish, hasharga borish kabilar o'zbek xalqiga xos yaxshi odatlar hisoblanadi.6

Ozbek xalqi o'z hayoti, turmush tarzida eng oliyjanob g'oyalarni mujassam etgan axloq-odob qoidalariga, ma'naviy qadriyatlarga tayanib kelgan. Shu g'oyalar tufayli elimizda adolat, rostgo'ylik, halollik, pokizalik, miskinlar holidan xabar olish, birovning haqqiga xiyonat qilmaslik, nogironlarga mehrli bo'lish, odamiylik, qardoshlik, vatanparvarlik, shirinsuxanlik va boshqa insoniy fazilatlar rivoj topgan.

O'zbek xalqining g'ururini ifodalovchi bir qancha urf-odatlar, rasm rusumlar, marosimlar, odatlar, udumlar, an'analar mavjud. Jumladan, o'zbek xonadonlarida Otaning ko'ziga tik qaramaslik, otani yonida oyog'ini uzatib o'tirmaslik, xatto otasi uyni ichida bo'lsa uyni tomiga chiqmaslik, otaning o'rni naqadar ulug' shaxs sifatida e'tirof etilishi yaqqol namunasidir. Bu esa ajdodlarimizdan bizga meros bo'lib kelayotgan an'analardan biri hisoblanib, qon-qonimizgacha singib ketgan desak mubolag'a bo'lmaydi.

Milliy qadriyatlarning negizini urf-odatlar, rasm-rusumlar, bayramu-sayillar tashkil etadi. O'zbek milliy qadriyatlari mazmunida insonparvarlik g'oyalari yotadi. Uzoq tarix davomida o'zbeklarning o'zaro munosabatlarida, kundalik turmush tarzida o'zaro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o'zaro hurmat, bir-biriga suyanish va yaxshi qo'shnichilik, bolalarni sevish va ota-onaga hurmat, mehr-oqibat va sadoqat har tomonlama e'zozlanib kelinadi. Milliy qadriyatlar o'sha millatga mansub har bir kishi tomonidan yaratilgan, insoniylik, odamiylikka xos fazilatlar, xislatlar, xosiyatlarni milliy-madaniy meros xazinasiga qo'shgan hissasini ifodalovchi buyuk ko'rsatkichidir.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda milliy qadryatlarnini shakllantirish maqsadida o'tilayotgan faoliyatlar bolaning har tomonlama rivojlanishiga, yuksak odob axloqli, komil inson bo'lib tarbiyalashga yordam bermog'i lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf-odatlarni shakllantirishda nafaqat maktabgacha ta'lim tashkilotlari, balki oilaning ham o'rni nihoyatda muhim hisoblanadi. Chunki bolalarning bo'sh vaqti, asosan, uyda, oila davrasida o'tadi. Buni hisobga oladigan bo'lsak, yosh avlod tarbiyasida ota onaning burchi va majburiyati katta ahamiyat kasb etadi.

Milliy tuyg'uni maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari qalbiga singdirishdan maqsad: bolalar qalbiga sevish va faxrlanish, g'ururlanish tuyg'usini uyg'otish. Chunki milliy g'urur har bir xalqning milliy qadriyatlari, urf-odatlari, o'z ona tiliga asoslangan boladi. Shu bois, maktabgacha ta'lim

6 https://fayllar.org/termiz-davlat-universiteti-pedagogika-fakul.html?page=2

tashkiloti tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg'uni shakllantirish kata ahamiyat ksb etadi. Darhaqiqat, ta'lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, uning samarasi shunchalik erta namoyon bo'ladi va insonning butun hayoti tarziga ijobiy ta'sir qiladi.

Mutafakkir olimlarimiz xalqimizning qadimiy bayram an'analari, marosimlari va ular bilan bog'liq urf-odatlari haqida o'z asarlarida qimmatli ma'lumotlarini qoldirganlar. Ularda "Navro'z", "Mehrjon", Qurbon hayiti", "Ramazon hayiti" kabi bayramlar haqida ma'lumot berganlar. Bu bayramlar insonlarni bir-biriga mehr-muruvvatli, xayr-saxovatli bo'lish, yetim-yesirlar, qarindosh-urug'lar holidan xabar olish, o'zbekon odatlarimizga sodiqlik, Vatanni sevish va ardoqlash, u bilan bog'liq urf-odatlari Masalan: "Navro'z" bayramida shirinliklar hadya etish (hayotning shirin bo'lishini tilash), sovg'a-salomlar berish, gul sovg'a qilish (guldek nafis, go'zal hayot tilash), bir-birlariga suv sepish (suvdek mo'l bo'lsin, hosildorlik yuqori bo'sin degan ma'noda) va boshqa urf-odatlar joriy etilgan. Bularning barchasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg'uni shakllanishiga xizmat qiladi.

O'zbek xalqi o'ziga xos milliy urf-odat, an'analari, jasur, qahramon farzandlari, ilm-fan va san'at, davlat va jamoa buyuk namoyondalari, ona Vatani bilan faxrlanadi. Zero, o'tmishda bu buyuk ajdodlarimiz ko'rsatgan qahramonlik, fidoyilik, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy g'urur tuyg'usining shakllanishi va barqaror bo'lishiga xizmat qilishi tabiiydir. Shu sababli ham milliy g'urur ramzi bo'lgan millat, xaqlning o'zligini anglashi, o'zining milliy qadriyatlari, urf-odatlarini unutmasdan, ularni tiklab, avaylab, boyitib o'sib kelayotgan yosh avlodga yetkazish lozim

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ya'ni farzandlarimizning o'z yurtiga mehr-muhabbatli bo'lishi, uning mustaqilligini mustahkamlanishi, Vatanimiz shon-shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqish ruhida tarbiyalash pedagoglar, ota-ona va har birimizning muqaddas burchimizdir. Bunday ezgu maqsadlarni bajarishda har bir O'zbekiston fuqarosi g'urur va iftixor bilan yashaydi va uning me'yoriga amal qilib yashash ham qarz, ham farzdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xasanboeva O, "Maktabgacha tarbiya pedagogikasi", Toshkent 2006 yil.

2. Shodmonova Sh, "Maktabgacha pedagogika" Toshkent 2008 yil.

3. Qurbonov N.M. Milliy tarbiya T.: Ma'naviyat, 2007 yil

4."Maktabgacha Pedagogika" darslik F.Qodirova, Sh.Toshpo'latova, N. Qayumova, M.A'zamova "Tafakkur" nashriyoti Zangota tumani Toshkent 2019 yil.

5. Sodiqova Sh. "Maktabgacha pedagogika" darslik. Toshkent.2017 yil

6. Sh.A.Sodiqova "Maktabgacha pedagogika" "Tafakkur sarchashmalari" T.: 2013.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.