Научная статья на тему 'MILLIY URF ODATLARNI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI'

MILLIY URF ODATLARNI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1140
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
etnik makon / milliy qadriyatlar tizimi / umumisoniy qadriyatlarni shakllantirish / taraqqiyot / madaniyati / ma‟naviyati / urf-odatlari / an‟analari / barkamol avlod. / ethnic space / system of national values / formation of universal values / development / culture / spirituality / customs / traditions / harmoniously developed generation.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — E’zozxon Muzaffarovna Xamrayeva

Bugungi yosh avlodlarimiz o„z taqdirini chinakkam egasi, o„z tarixining ijodkori, o„ziga xos milliy qadriyatlarini sohibi sifatida odob-ahloqimiz namunasi asosida ish tutadilar. Ushbu maqolada milliy urf odatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi ahamiyati xaqida so‟z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Today's young generation is the true owner of their destiny, the creator of their history, the owner of their own national values, acting on the basis of our morals. This article discusses the importance of national traditions in the upbringing of preschool children.

Текст научной работы на тему «MILLIY URF ODATLARNI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-927-931

MILLIY URF ODATLARNI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR

TARBIYASIDAGI AHAMIYATI

E'zozxon Muzaffarovna Xamrayeva

Jizzax davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Bugungi yosh avlodlarimiz o„z taqdirini chinakkam egasi, o„z tarixining ijodkori, o'ziga xos milliy qadriyatlarini sohibi sifatida odob-ahloqimiz namunasi asosida ish tutadilar. Ushbu maqolada milliy urf odatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi ahamiyati xaqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: etnik makon, milliy qadriyatlar tizimi, umumisoniy qadriyatlarni shakllantirish, taraqqiyot, madaniyati, ma'naviyati, urf-odatlari, an'analari, barkamol avlod.

ABSTRACT

Today's young generation is the true owner of their destiny, the creator of their history, the owner of their own national values, acting on the basis of our morals. This article discusses the importance of national traditions in the upbringing of preschool children.

Keywords: ethnic space, system of national values, formation of universal values, development, culture, spirituality, customs, traditions, harmoniously developed generation.

KIRISH

Milliy qadriyatlar va ularning aloqadorligini ifodasi bo'lgan qadriyatlar tizimi, millatning o'zi bilan birga tarix silsilalari, zamona zayillari, turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar orasidan o'tmishdan kelajakka tomon o'tib turadi. Bu qadriyatlar ko'proq millatning etnik xususiyatlari va etnik makoni bilan bog'liq. Xalqning ijtimoiy taraqqiyoti esa ularning milliy etnik qadriyatlari ravnaqi bilan o'zviy aloqadorlikda davom etadi. Har bir xalq yoki millat, o'ziga xos rang-barang qadriyatlarni takomillashtirib borishi natidasida, umumisoniy qadriyatlarni shakllantirib, uning qirralarini rivojlantirib boradi.Milliy qadriyatlar faqat qadriyatga ko'ra faqat tor doirada saqlanib qolmaydi, balki, ravnaq topib turmush jarayonida muttasil yangilanib, boshqa xalqlar qadriyatlarini yutuqlari bilan boyib boradi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-927-931

Milliy qadriyalar millatning tabiiy-tarixiy rivoji, ijtimoiy turmushi, yashash tarzi, o'tmishi, kelajagi, madaniyati, ma'naviyati, urf-odatlari, an'analari, tili u vujudga kelgan xudud va boshqalar bilan uzviy bog'langan. Ular xilma-xil shakllardan, bir-biri bilan uzviy aloqada namoyon bo'ladi, o'ziga xos milliy qadriyatlar tizimini tashkil qiladi. Bu tizimda tabiiy-tarixiy birlikni ta'minlovchi qadriyatlar - qon-qardoshlik, madaniy ma'naviy yaqinlik, o'tmish va ma'naviy meros, ona yurt urf odatsi va boshqalar nisbatan barqaror bo'lib xisoblanadi. Ular milliy qadriyatlar tizimida tarixiy jarayonlar davomida tez o'zgarib turadigan ba'zi kundalik yoki amaliy ahamiyatga molik bo'lgan qadriyatlarga nisbatan, milliy qadriyatlar tizimi, o'z o'rnini va ahamiyatini uzoqroq saqlab qolishi bilan bog'liq xususiyatni ifodalaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mustaqillik milliy g'urur, vatanga yurtga muhabbat, fidoiylik, mehr - shafqat, oqibat, ota - onaga hurmat urf odatlarini kamol toptirishda cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Mehr - shafqat, oqibat, o'zbekona hislat, hayot mazmuni. Dunyodagi xalqlar orasida aynan shu millatning borligi, mavjudligi, betakrorligi "Ko'hna tarix shodasida bitta marjon o'zbegim" (E.Vohidov) sifatida zohirligi har qanday kishi uchun ahamiyatga ega bo'lishi tabiiy. Millat har qanday milliy qadriyatning obyekti, milliy qadriyatlar tizimi tayanadigan ijtimoiy asosdir. "Millat" atamasi qadriyat obyekti sifatida tushunilganida, bir-biri bilan qon qardosh xalqlarga nisbatan ishlatiladigan "turkiy xalqlar", "slovyanlar", "roman xalqlari" kabilarga umummilliylik darajasi mos keladi. Millat bir tomondan, o'zining qadriyatlarini mutassil vujudga keltirib turadi, o'tmishdan kelajakka rivojlanish jarayonida ularni doimiy takomillatirib, yangi- yangi qirralarni shakllantirib turadi, ikkinchi tomondan esa, uning o'zi ham mavjud qadriyatlar tizimi ta'miri ostida o'zgarib va rivojlanib boradi. Millat-o'zining qadriyatlarini vujadga keltirib, ularning yangi-yangi qarralarini va jihatlarini sayqallashtirib, taraqqiyot jarayonida tamokillashtirib turio'i ma'nosida o'z qadriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilama xarakatdan iborat o'zgarishlar jarayonida ularni o'tmishdan kelajakka tomon yetkazib boradiga n eng asosiy obyektdir.Millatni milliy qadriyatlarning obyekti va subyekti sifatida tushunish, u bilan bog'liq milliy qadriyatlar tizimini ilmiy tahlil qilish, millatning o'zini ijtimoiy qadriyat sifatida qarash ikmonini beradi. Bu esa milliy qadriyatlarni ng namoyon bo'lishi, tarixiy rivojlanish jarayonida o'tmishdan kelajakka tomon xarakatini taxlil qilishga imkon yaratadi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-927-931

NATIJALAR

Milliy qadriyatlar: kishilarning tabiiy, tarixiy va ijtimoiy birligini ta'minlaydigan etnik makonda shakllanadi, rang-barang tarzda, tarli shakllarda namoyon bo'ladi, kishilarning ongiga, hayot tarziga o'ziga xos tarzda ta'sir qiladi:

• kishilarning o'zaro munosabalarida, ijtimmoiy faoliyatlarida ko'zga tashlanib turadi hamda ana shu munosabat, faoliyat, maqsad, ehtiyoj va intilishlar uchun ma'naviy asos bo'ladi;

• moddiy, ma'naviy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda muayyan natija sifatida yuzaga kelishlari, kishilar uchun zaruriyat s ifatida o'ziga xos ahamiyat kasb etishlari, ularga foyda keltirishlari xam mumkin;

• jtimoiy rivojlanish jarayonida o'zgarib, takomillashib, rang-barang jihatlar avloddan-avlodga o'tadi, meros qoladi.

Milliy qadriyatlar va ularning aloqadorligini ifodasi bo'lgan qadriyatlar tizimi, millatning o'zi bilan birga tarix silsilalari, zamona zayillari, turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar orasidan o'tmishdan kelajakka tomon o'tib turadi. Bu qadriyatlar ko'proq millatning etnik xususiyatlari va etnik makoni bilan bog'liq. Xalqning ijtimoiy taraqqiyoti esa ularning milliy etnik qadriyatlari ravnaqi bilan o'zviy aloqadorlikda davom etadi. Har bir xalq yoki millat, o'ziga xos rang-barang qadriyatlarni takomillashtirib borishi natidasida, umumisoniy qadriyatlarni shakllantirib, uning qirralarini rivojlantirib boradi.Milliy qadriyatlar faqat qadriyatga ko'ra faqat tor doirada saqlanib qolmaydi, balki, ravnaq topib turmush jarayonida muttasil yangilanib, boshqa xalqlar qadriyatlarini yutuqlari bilan boyib boradi.

MUHOKAMA

Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va yetuk, shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiya berishning bosh maqsadlaridan yana biri, maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarda milliy g'ururni shakllantirishdir.Milliy urf odatlarni maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari qalbiga singdirishdan maqsad: bolalar qalbiga sevish va faxrlanish, g'ururlanish urf odatsini o'yg'otish. Negaki milliy g'urur xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari, o„z ona tiliga asoslangan. Shu bois, maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirishning mavjud holati o'rganilishi lozim. Shunday ekan, biz tarbiya jarayonida inson sha'ni, g'ururi, uyati, or-nomusi va uni asrash, himoya

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-927-931

kilishni yosh avlodlarga o'rgatishimiz, hamda oldimizga asosiy maqsad qilib ko'yishimiz kerak. Bugungi yosh avlodlarimiz o'z taqdirini chinakkam egasi, o'z tarixining ijodkori, o'ziga xos milliy qadriyatlarini sohibi sifatida odob-ahloqimiz namunasi asosida ish tutadilar.Shu bois xalkimiz o'zligini anglab, mustaqillik poydevorini tobora mustahkamlab bormoqda. O'z navbatida ma'naviy-axloqiy yuksalish bilan birgalikda bir qancha o'z yechimini kutib turgan muammolar mavjud. Har bir davlatning istiqboli, xalqining farovonligi, osoyishta bo'lishi yosh avlod, umidli ug'il qizlariga bog'liq. Chunki ertangi kun ular qo'lida. Milliy g'urur -muayyan millatning tarixiy o'tmishidan, milliy qadriyatlardan, jahon miqyosida asrlar osha tan olinib kelinayotgan fan, din, adabiyot, san'at va madaniyat yutuklari va ularni yaratgan daxolardan tarixiy obida va yodgorliklardan milliy urf-odatlaridan faxrlana olish hissidir. Milliy urf odat shaxsda quyidagi shakllarda namoyon bo'ladi:

-I- millatning yutuqlar, obru-e'tibori bilan faxrlanish, ularning muammolariga befarq qarab turmaslik;

-I- o'z eli, millatiga jon kuyar, o'z millatining moddiy-ma'naviy me'rosini asrab-avaylash;

-I- Xalq odatlari, an'analari, qadriyatlarini hurmat qilish, ularni boyitish va takomillashtirish;

-I- o'z millatiga mehr muhabbatini amaliy faoliyatda namoyon qilish;

XULOSA

Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablarinining bajarilishiga erishishdan, ya'ni maktabga jismonan sog'lom, aqlan va ma'nan yetuk, jamiyatning turli a'zolari bilan muloqotda bo'la oladigan, borliqni aniq idrok etadigan, hayotga ijtimoiy jihatdan moslashuvchi, umummilliy qadriyatlarimizni qadrlaydigan, shuningdek, mustaqil va ongli yashaydigan bolani tayyorlashdan iborat. Bolalar qalbida o'z xalqiga muhabbat va hurmat urf odatlarini tarkib toptirish, milliy g'ururni tarbiyalash, ularga o'zbek xalqining mehr-oqibatli, mehmondo'st, mehnatsevar va kamtarin ekanligini singdirish, O'zbekistonning mustaqilligi, madhiyasi, gerbi va bayrog'i haqidagi bilimlarni shakllantirib borish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirish maqsadida o'tilayotgan mashg'ulotlar mavzulari bolaning har tomonlama rivojlanishiga, yuksak odob-axloqli, milliy g'ururli komil inson bo'lib tarbiyalashiga yordam bermog'i lozim.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-927-931

REFERENCE

1. Ozbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga qoyiladigan "Davlat talablari". 2018-yil 3-iyul, royxat raqami 3032.

2. "Ilk qadam" davlat oquv dasturi Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay'at yig'ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr etilgan dasturi.

3. Г.И.ХАСАНОВА "Таълим жараёнида дастурлаштирилган укитиш технологиясидан фойдаланишнинг афзалликлари" Жиззах: 2020. 420 бет. 223-225б

4.Хасанова, Г. (2021). Олий таълим муассасалари педагогларининг Креатив кобилиятларини ривожлантиришнинг мазмуни. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 778-782

5.М.Усмонова . Укувчи шахсига йуналтирилган педагогик технологиялар Таълим технологиялари. 2016 йил. 4-сон.

6.М.Усмонова .Педагогик жараён лойихаси - машFулотлар самарадорлигини таъминлаш воситаси сифатида Бошлаетич таълим ва жисмоний маданият йуналишида сифат ва самарадорликни ошириш: муаммо ва ечимлар Халкаро илмий конферентсия. Тошкент. 25 май, 2017 йил

7.Садиковна, у. м. (2013). Ali §ir Nevai Eserlerinde Bitki Adlari . Dil ve Edebiyat Ara§tirmalari , (8) , 0-0 . Retrieved from

8. Maxfuza Usmanova, THE CONCEPT OF EDUCATIONAL PROFESSIONAL COMPETENCE AND ITS YIELD FACTORS , Архив Научных Публикаций JSPI: 2020: Архив №54

9. Norquziyeva, M. (2020). The role of educational technology in shaping the professional stability of students. Архив Научных Публикаций JSPI.

10.Abdurakhmonovna, N. M. (2020). Methodology of giving professional knowledge to future teachers. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1378-1383.

11. Manzura, N. (2021). Sustainable Activity in the Teaching Profession and Its Foundations. PsychologyandEducationJournal, 58(2), 1339-1345.

12.Abdurahmonovna, N. M. (2021). Pedagogical and Psychological Aspects of Professional Sustainability of Future Teachers.

5.Xasanova, G. (2020). Мактабгача таълим ташкилотларида халк OFзаки ижоди воситаларидан фойдаланишнинг педагогик мазмуни. Архив Научных Публикаций JSPI.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.