Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHNING AHAMIYATI VA VAZIFALARI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHNING AHAMIYATI VA VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1991
190
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Maktabgacha ta‟lim tashkiloti” / “milliy tuyg„u” / “milliy ong” / “milliy histuyg„u” / “milliy madaniyat” / “milliy til” / “integratsiya”. / «организация дошкольного образования» / «национальное чувство» / «национальное сознание» / «национальное чувство» / «национальная культура» / «национальный язык» / «интеграция»«Национальная ценность

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы —

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy ruhda tarbiyalashning ahamiyati va vazifalari haqida atroflicha yoritilib berilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta‟limiga tayyorlashda milliy qadriyatlar asosida xulq madaniyatini shakllantirish. Tarbiyalanuvchilarni milliy ruhda tarbiyalashda oila, maktabgacha ta‟lim tashkiloti hamda mahallaning o„zaro integratsiyasi haqida yoritilib o„tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВАЖНОСТЬ И ЗАДАЧИ ВОСПИТАНИЯ ДОШКОЛЬНИ КОВВ НАЦИОНАЛЬНОМ Д УХЕ

В статье подробно рассматриваются важность и задачи воспитания дошкольников в национальном духе. Формирование культуры поведения на основе национальных ценностей при подготовке дошкольников к школьному обучению. Подчеркивается интеграция семьи, дошкольной организации и общества в воспитании учащихся в национальном духе.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHNING AHAMIYATI VA VAZIFALARI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHNING AHAMIYATI VA VAZIFALARI

Robiya Bekjonali qizi Nuridinova

TVChDPI Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 18\1 talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy ruhda tarbiyalashning ahamiyati va vazifalari haqida atroflicha yoritilib berilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda milliy qadriyatlar asosida xulq madaniyatini shakllantirish. Tarbiyalanuvchilarni milliy ruhda tarbiyalashda oila, maktabgacha ta'lim tashkiloti hamda mahallaning o'zaro integratsiyasi haqida yoritilib o'tilgan.

Tayanch so'zlar: "Maktabgacha ta'lim tashkiloti", "milliy tuyg'u", "milliy ong", "milliy his- tuyg'u", "milliy madaniyat", "milliy til", "integratsiya".

ВАЖНОСТЬ И ЗАДАЧИ ВОСПИТАНИЯ ДОШКОЛЬНИ КОВВ НАЦИОНАЛЬНОМ Д УХЕ

Аннотация: В статье подробно рассматриваются важность и задачи воспитания дошкольников в национальном духе. Формирование культуры поведения на основе национальных ценностей при подготовке дошкольников к школьному обучению. Подчеркивается интеграция семьи, дошкольной организации и общества в воспитании учащихся в национальном духе.

Ключевые слова: «организация дошкольного образования», «национальное чувство», «национальное сознание», «национальное чувство», «национальная культура», «национальный язык», «интеграция»«Национальная ценность

THE IMPORTANCE AND TASKS OF EDUCATING PRESCHOOL CHILDREN

IN THE NATIONAL SPIRIT

Abstract: This article discusses in detail the importance and tasks of educating preschool children in the national spirit. Forming a culture of values in preparing preschool children for school education. The integration of the family, the preschool organization and the community in the upbringing of students in the national behavior based on national spirit is highlighted

Keywords: "Preschool education organization", "national feeling", "national consciousness", "national feeling", "national culture", "national language", "integration"National value.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yosh bolalarni milliy va umuminsoniy

qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma'naviyat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, milliy o'zlikni anglash g'oyalarini yanada chuqur singdirish, "ommaviy madaniyat" ko'rinishidagi yot g'oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash hozirgi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Hozirgi davr, ya'ni " milliy o'zlik"ni anglashning o'sib borayotgan yosh avlodda ayniqsa, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida shakllanib borayotgan milliy tuyg'ularni yanada o'stirish, rivoj toptirishni talab etmoqda.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari xalqning boy ma'naviy va intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar asosida shaxs tarbiyasining insonparvarlik yo'nalishini joriy qilishni taqozo qiladi.

Milliy g'urur, milliy qadriyat, birdamlik va hamjihatlik tuyg'usi zaminida shakllangan vatanparvarlikni ham o'z ichiga oladi. Yosh avlodlarda ona zaminga bo'lgan muhabbat, u bilan faxrlanish qanchalik kuchli bo'lsa, Vatanni sevish, yuksak darajada e'zozlash kuchaysa, har bir inson o'z vatani tarixi, milliy qadriyatlari, o'zining ona tilisi, madaniyati, milliy urf-odatlari, an'analarini mukammal bilsa, millat taqdiri va istiqboli haqida chuqur tasavvurga ega bo'lsa, mustaqillik shunchalik mustahkam va barqaror bo'ladi. Mustaqillik milliy g'urur, vatanga, yurtga muhabbat, fidoiylik, mehr - shafqat, oqibat, ota - onaga hurmat tuyg'ularini kamol toptirishda cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Mehr - shafqat, oqibat, o'zbekona hislat, hayot mazmuni. Dunyodagi xalqlar orasida aynan shu millatning borligi, mavjudligi, betakrorligi " Ko'hna tarix shodasida bitta marjon o'zbegim" (E.Vohidov) sifatida zohirligi har qanday kishi uchun ahamiyatga ega bo'lishi tabiiy.

Millatni milliy qadriyatlarning obyekti va subyekti sifatida tushunish, u bilan bog'liq milliy qadriyatlar tizimini ilmiy tahlil qilish, millatning o'zini ijtimoiy qadriyat sifatida qarash imkonini beradi. Bu esa milliy qadriyatlarning namoyon bo'lishi, tarixiy rivojlanish jarayonida o'tmishdan kelajakka tomon harakatini tahlil qilishga imkon yaratadi. Milliy qadriyatlar:

- kishilarning tabiiy, tarixiy va ijtimoiy birligini ta'minlaydigan etnik makonda shakllanadi, rang-barang tarzda, turli shakllarda namoyon bo'ladi, kishilarning ongiga, hayot tarziga o'ziga xos tarzda ta'sir qiladi;

- kishilarning o'zaro munosabalarida, ijtimoiy faoliyatlarida ko'zga tashlanib turadi hamda ana shu munosabat, faoliyat, maqsad, ehtiyoj va intilishlar uchun ma'naviy asos bo'ladi;

- moddiy, ma'naviy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda muayyan natija sifatida yuzaga kelishlari, kishilar uchun zaruriyat sifatida o'ziga xos ahamiyat kasb etishlari, ularga foyda keltirishlari ham mumkin.

Milliy tuyg'u shaxsda quyidagi shakllarda namoyon bo'ladi:

- millatning yutuqlar, obro'-e'tibori bilan faxrlanish, ularning muammolariga befarq qarab turmaslik;

- o'z eli, millatiga jonkuyar, o'z millatining moddiy-ma'naviy me'rosini asrab-avaylash;

O'zbek xalqining g'ururini ifodalovchi bir qancha urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar, odatlar, udumlar, an'analar mavjud. Jumladan, o'zbek xonadonlarida ota nomi mag'rur va ulug' shaxs sifatida e'tirof etiladi. Ayniqsa, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, ya'ni farzandlarimizning o'z yurtiga mehr-muhabbatli bo'lishi, uning mustaqilligini mustahkamlashi, Vatanimiz shon-shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqish ruhida tarbiyalash pedagoglar, ota-ona va har birimizning muqaddas burchimizdir. Bunday ezgu maqsadlarni bajarishda har bir O'zbekiston fuqarosi g'urur va iftixor bilan yashaydi va uning me'yoriga amal qiladi. Bolalar qalbida o'z xalqiga muhabbat va hurmat tuyg'ularini tarkib toptirish, milliy g'ururni tarbiyalash, ularga o'zbek xalqining mehr-oqibatli, mehmondo'st, mehnatsevar va kamtarin ekanligini singdirish, O'zbekistonning mustaqilligi, madhiyasi, gerbi va bayrog'i haqidagi bilimlarni shakllantirib borish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg'uni shakllantirish maqsadida o'tilayotgan mashg'ulotlar mavzulari bolaning har tomonlama rivojlanishiga, yuksak odob-axloqli, milliy g'ururli komil inson bo'lib tarbiyalashiga yordam bermog'i lozim.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda milliy g'ururni shakllantirishda nafaqat maktabgacha ta'lim tashkilotlari, balki oilaning ham mavjud holatini o'rganish muhim ahamiyatni kasb etadi. Chunki, bolalarning bo'sh vaqti, asosan, uyda, oilada davrasida o'tadi. Buni hisobga olmaslik, yosh avlod tarbiyasida ota-onaning burchi va vazifalari haqida yanada chuqurroq o'ylamasak xato bo'ladi. Oila tarbiyasida doimiy ta'sirchan kuch oiladagi munosabat, oila muhiti, oila a'zolarining o'zaro aloqasi, ota-ona, aka-uka va boshqalarning xulq-atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, muomala madaniyati, oilaning daromadi, yashash sharoiti va boshqa holatlar bola kamolotiga ta'sir qiladigan asosiy omillardir. Oila qanchalik tartibli, yaxshi xulq-atvorli, uning a'zolarining o'zaro munosabatlari samimiy bo'lsa, oila tarbiyasi ham shunchalik samarali bo'ladi.

Maktabgacha talim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy g'urur va vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish zarur. Buning uchun:

-milliy g'urur, urf-odat va an'analarimizni maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilar hayotiga kengroq joriy etish; maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg'ularni shakllantirish maqsadida xalq

pedagogikasidan samarali foydalanish;

- umuminsoniy qadriyatlarimizni va milliy merosimizga oid ma'naviy va ma'rifiy tadbirlarni ko'paytirish zarur.

Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg'ularni shakllantirishning shakl va metodlari:

1. Bolalarni xalq og'zaki ijodi bilan tanishtirish.

Maqsad: Vatan tuyg'usini bolalarga ona allasi, bobolar o'giti oila tarbiyasi bilan singdirish.

2. Buyuk siymolar bilan tanishtirish. Maqsad: bolalarga ota-bobolarini tanisinlar, ulardan qolgan merosdan bahramand bo'lsinlar, ota-bobolardan faxrlansinlar. Bolalarga vatan tuyg'usini ota-bobolarimiz ibrati bilan singdirish.

3. Navoiyxonlik haftasi rejasini tuzish. Maqsad: bolalar qalbini Navoiy ijodi bilan sug'orish. Bolalarning ma'naviy qadriyatlarini rivojlantirish.

4. Konstitutsiya saboqlari bilan tanishtirish. Maqsad: Axloq va huquqiy tushunchalarining uzviy birligini anglashlik, odob-axloq, meyorlariga qat'iy amal qilish ko'nikmasini hosil qilishdir. Milliy muzey tashkil etish. Maqsad: bolalarga amaliy san'at namunalari, milliy kiyimlar, taqinchoqlar, idish-tovoqlar haqida ma'lumot berish.

5. Ma'naviyat xonasini tashkil etish. Maqsad: tarixiy siymolar, Prezident, madhiya, bayroq, gerb, haqida qisqacha ma'lumot berish.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg'ularni shakllantirishda xalq og'zaki ijodining marosim qo'shiqlari ham alohida o'rin tutadi. Marosim qo'shiqlari insonlarning tabiatga, voqelikka estetik munosabatlarini bildiruvchi tasavvurlari, ishonchlari, orzu-umidlari, axloqiy qarashlarini shakllantirishga yordam beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezident^Hr "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-sonli Farmoni

2. Xasanboeva O, "Maktabgacha tarbiya pedagogikasi", Toshkent 2006 yil.

3. Shodmonova Sh, "Maktabgacha pedagogika" Toshkent 2008 yil.

4. Qurbonov N.M. Milliy tarbiya T.: Ma'naviyat, 2007 yil

5. "Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" Toshkent,"O'zbekiston" 2000 yil.

6. Jumaboev M."O'zbek bolalar adabiyoti",Toshkent, "O'zbekiston" 2002y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.