CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
s ÍSSH^OÍO xxjis
mdmlz?
SIANUJUWMAI.OF OPCTfllRY RESEARCH AGEMENT STUDIES
O'ZBEK XALQINING MILLIY MADANIYATIDA AN'ANA, URF-ODAT VA MAROSIMLARNING O'RNI
Baxtiyorova Oltinoy Baxtiyor qizi
TTA Urganch filiali "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi
Soliyeva Shahnoza Rasul qizi
TTA Urganch filiali "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14039059
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 27th October 2024 Accepted:29th October 2024 Published:31st October 2024 KEYWORDS marosim, urf-odat, an'ana, bayram, milliy madaniyat, evolutsiya,
Mazkur maqolada o'zbek xalqining asrlar davomida saqlanib kelayotgan, o'zbek xalqining boshqa xalqlardan ajralib turuvchi milliy madaniyati urf-odat va an'analari xususida so'z bordi va ba'zi mulohazalaryoritib o'tildi.
Kirish. Etnologiya fanida «marosim», «urf-odat», «an'ana», «bayram»lar fanning asosiy tadqiqot obyekti sifatida keng qo'llaniladi. Chunki, har bir xalqning shakllanish jarayoni bilan birga unga xos va mos milliy-etnik an'analar, urf-odatlar, marosimlar va bayram va sayillar shakllanib taraqqiy etadi. Ular kishilar turmush tarzining muhim bir bo'g'ini shaklida tarkib topib boradi.
Masalaning mazmuni. Etnologiya fani shakllangan davrdan boshlab milliy an'analar, rasm-rusumlar va urf-odatlarni xalq madaniyatining fenomeni sifatida o 'rganish fanning dolzarb muammolaridan biri hisoblanib kelgan. Ayniqsa, respublikamizda milliy qadriyatlarimizga va ma'naviy merosimizga davlat miqyosida e 'tibor berilayotgan tarixiy birjarayonda mutaxassis olimlar tomonidan an'anaviy marosimlarimizni tadqiq qilishda ularning yozma tavsifini berish bilangina cheklanib qolmaslik darkor. Bu borada qadimiy tarixga ega bo'lgan milliy marosimlarning xalq turmushi va an'anaviy madaniyatida tutgan o'rni, ular genezisi va o 'ziga xos xususiyatlari hamda saqlanish omillari borasidagi tadqiqotlar muhim ilmiyamaliy ahamiyat kasb etib bormoqda. Lekin, hanuzgacha etnologiya, madaniyatshunoslik, folklorshunoslik va xalq turmush tarzi bilan shug'ullanuvchi fanlar doirasida yuqoridagi terminlarning ta'rifi va tavsifi hamda farqli xususiyatlari borasida mukammal nazariy-metodologik qarashlar ishlab chiqilmagan. Shu bois ba'zi hollarda ayrim tadqiqotchilar tomonidan «marosim» va «urf-odat», «an'ana» va «bayram» kabi qator terminlarni sinonim tarzida ishlatish yoki izchil farqlanmagan holda qo'llash holatlari ham uchramoqda. Shubhasiz bu o 'rinda "marosim", "urf-odat», "an'ana" va "bayram" atamalarining qanday o'xshashliklari va farqli xususiyatlari mavjud? degan savol tug'ilishi tabiiydir. Bizningcha, ushbu terminlar bir-biri bilan chambarchas bog'liq, ammo bir-biridan keskin farq qiluvchi tushunchalardir. Har bir milliy-etnik madaniyat o 'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi va o'ziga xoslik turli-tuman narsa, voqea, hodisa, jarayonlarda namoyon bo'lishi mumkin. Har bir etnik madaniyat o'ziga xos mantiqqa ega va aynan mazkur mantiq asosida ushbu madaniyatga xos
Volume 1, Issue 14, October 2024
asosiy o 'zgarmas va ikkinchi darajali o'zgaruvchan xususiyatlarni izohlash mumkin. An'anaviy milliy madaniyatni yaxlit va ko'p qirrali hodisa sifatida o 'rganish, uning tuzilishi, asosiy ko'rinishlari, shakl- larini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Shu bois biz etnom adaniyat evolutsiyasi va umumqabul qilingan madaniyat tasnifidan kelib chiqib, xalq madaniyatining asosiy sohalariga e 'tibor qaratamiz. Holbuki, etnomadaniyat va uning tarkibiy qismi bo'lgan an'anaviy xalq madaniyat tizimining tarkibiy qismida: xalq donishmandligi, xalq falsafasi, xalq e'tiqodi, xalq pedagogikasi, xalq odatlari, xalq ijodi, xalq o'yinlari, dam olish madaniyati, xalq pazandaligi, milliy liboslar, xalq
me'morchiligi, xalq amaliy san'ati, xalq tabobati, xalq turmush madaniyati kabi ko'plab sohalarni ajratsa bo'ladi.
Umuman olganda, insoniyatning bir necha ming yillik tarixi davomida turli-tuman madaniyatlar mavjud bo'lgan. Har bir madaniyat, shubhasiz, ma'lum bir etnos yoki etnik jamoa ta'sirida shakllanadi. Xilma-xil etnomadaniyatlar orasida olimlar an'anaviy madaniyatni alohida ajratib ko'rsatishadi. An'anaviy madaniyat deyilganda biz turli etnos namoyandalari, ya'ni bir necha avlod vakillari tomonidan asrlar mobaynida yig'ilgan va bir avlodning o'rgatilishi natijasida unutilib ketmagan urf-odatlami tushunamiz.
«Urf-odat» deyilganda kishilarning turmushiga singib ketgan, ma'lum muddat takrorlanib turuvchi xatti-harakat. ko'pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari ko'nikmasi tushuniladi. Demak, marosim va urf-odatga berilgan qisqacha qaydlardan ham ko'rinib turibdiki, urf-odat tushunchasi xalq hayotining barcha sohasini o 'z ichiga qamrab olsa, marosim tushunchasi hayotning muayyan sohalarigagina aloqador, xolos. Urf-odat bir vaqtning o 'zida bir shaxs yoki bolm asa ko'pchilik tomonidan bajarilishi majburiy qoida bo'lsa, marosim belgilangan shaxslar tomonidan bajarilishi lozim bo'lgan xatti-harakatdir. Jumladan, kichikning kattaga birinchi salom berishi yoki ko'pchilikka kamchilikning salom berishi yoxud mehmonlarga alohida hurmat ko'rsatish, bayram arafasida yaqinlari, keksa qariyalar, qo'ni qo'shnilar holidan xabar olish kabi ko'rinishlar o'zbeklarga xos milliy urf-odatlardir. Milliy urf-odatlar bolsa motam marosimida hasratli motam, sochlarini to'zg'itib qavg'uli ahvolda motam aytimlarini aytib motam marosimida ishtirok etayotgan ayrim kishilarnigina vazifasiga kiradi. Urf-odatlar bilan marosim orasidagi o'zaro farqni ular ichidagi ramziy harakatlarning qo'llanilishi darajasi orqali ham anglab olish mumkin. Jumladan, urf-odat o'z ichiga ramziy va ramziy bo'lmagan harakatlarni to'la qamrab olsa, marosim faqat ramziy xarakterdagi xatti-harakatlarnigina qamrab oladi. Qolaversa, urfodat muayyan xalq uchun asosan, bir xil - o'zgarmas qoida, norma bo'lsa, marosim bir xil xalq doirasida keskin lokal farqlanishlarga ham ega bo'ladi.
Urf-odat va marosimlar maishiy turmush va oila hayoti bilan bog'langan ijtimoiy hodisadir. Urf-odat va marosimlar jamiyattaraqqiyotining ilk davrlaridanoq shakllanib, rivojlanib kelgan. Kishilar o 'z hayotlari davomida ko'plab urf-odat va marosimlarda ishtirok etishga tortiladilar, bevosita uning qatnashchisiga aylanadilar. Har qanday urf-odat va marosimlar muayyan etnosning boshqa etnoslardan farqlanib turishini ta'minlovchi muhim etnografik belgilardan biridir. Ayni vaqtda ushbu urf-odat va marosimlarda inoetnik jihatlar ham aks etib turadi. Negaki, har bir etnosga xos madaniyat mazkur etnosning boshqa etnoslar bilan uzoq davom etgan etnogenetik va tarixiy-madaniy aloqalari natijasining mahsuliair. Bunday jarayon m a'naviy madaniyatda ham, jumladan, urf-odat va marosimlarda ham namoyon bo'ladi.
"An'ana"- tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlar asosida vujudga keladigan, ajdodlardan avlodlarga meros bo'lib o 'tadigan, kishilar madaniy hayotiga ta'sir o'tkazadigan madaniy hodisadir. An'ana o'ziga xos ijtimoiy qoida sifatida kishilar onggiga singgan (umum yoki ma'lum guruh tomonidan), qabul qilingan tartib va qoidalar majmuasi hisoblanadil. Urf-odat tushunchasi esa o 'ta keng bo'lib, u o 'z ichiga xalq hayotining barcha tomonini-oddiy
Volume 1, Issue 14, October 2024
Page 142
kundalik udum, rasmrusum, irim-sirimlar, o 'zaro muomala tarzi hamda barcha marosimlarni butunicha qamrab oladi. Marosim atamasi nisbatan tor tushuncha bo'lib, u shu xalq hayotining ma'lum sohalarida omma tomonidan qabul qilingan, ko'pincha ramziy xarakterga ega bo'lgan va m aium kishilar majmui tomonidan maxsus uyushtiriladigan namoyishlardan iborat. Shuningdek marosim -inson hayotining moddiy va ma'naviy turmushining talab va ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan va keladigan hodisadir.
Xulosa. Xulosa o'rnida aytishim mumkinki, nafaqat o'zbek xalqining balki butun dunyo xalqlarining milliy madaniyati bu - shu xalqlarningb o'zligini va xalqlar orasida alohida ajratib beruvchi belgisi ekanligini unutmasligi lozim. Asrlar osha avloddan avlodga milliy madaniyatimiz og'zaki va yozma shakllarda saqlanib kelmoqda. Biz bu madaniyat va urf-odat an'analarimizni asrashimiz keyingi avlodlarga yetkazishga mas'uldirmiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Ashirov A., Atajonov Sh. " Etnologiya" , Toshkent, 2007// O'zb Milliy kutubxona nashriyoti.
2. Jabborov I., O'zbek xalqi etnografiyasi, T., 1994;
3. Shoniyozov K., O'zbekxalqining shakllanish jarayoni, T., 2001;
4. Doniyorov A. X., O'zbekiston etnografiyasi tarixidan ayrim lavhalar, T., 2003;
5. Doniyorov A.X., Mustaqil O'zbekiston etnografiyasi tarixshunosligining ayrim masalalari, T., 2003;
6. O'zbekiston etnologiyasi: yangicha qarashlar va yondashuvlar, T., 2004.
7. Неразик Е.Е. К проблеме развития городов Хорезма //В кн.: Культура и искусство древнего Хорезма. — М.: «Наука», 1981, с. 219-227.
8. Abidova, Z. (2024). ZIYORATGOHLARDA IJTIMOIY AXLOQ MEZONLARI. TAMADDUN NURI JURNALI, 5(56), 9-11.
9. Абидова, З. К. (2018). Хоразм вох,аси зиёратгох,лари ва цадамжолари (тарихий-этнологик тадцицот). Тарих фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) даражасини олиш учун ёзилган диссертация.