Научная статья на тему 'MAHALLA MA'NAVIY QADRIYATLARNI ASRAB-AVAYLASH VA RIVOJLANISH MASKANI'

MAHALLA MA'NAVIY QADRIYATLARNI ASRAB-AVAYLASH VA RIVOJLANISH MASKANI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
39
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mahalla / ma'naviy qadriyatlar / milliy an'analar / urf-odatlar / jamiyat / tarbiya / madaniyat / rivojlanish.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Madraximov Jahongir

Ushbu maqolada mahallaning ma'naviy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirishdagi o'rni tahlil qilinadi. Mahalla tizimining milliy an'analar va urf-odatlarni saqlashdagi ahamiyati, shuningdek, zamonaviy jamiyatdagi roli o'rganiladi. Tadqiqot natijalari mahalla orqali ma'naviy qadriyatlarni yangi avlodga o'rgatishning samarali usullarini ko'rsatadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAHALLA MA'NAVIY QADRIYATLARNI ASRAB-AVAYLASH VA RIVOJLANISH MASKANI»

MAHALLA MA'NAVIY QADRIYATLARNI ASRAB-AVAYLASH VA RIVOJLANISH MASKANI

Madraximov Jahongir

Namangan davlat universiteti, Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi MIG'-AU-21 guruh talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13253319

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 23-February 2024 yil Ma'qullandi: 25- February 2024 yil Nashr qilindi: 28- February 2024 yil

KEYWORDS

Mahalla, ma'naviy qadriyatlar, milliy an'analar, urf-odatlar, jamiyat, tarbiya, madaniyat, rivojlanish.

ABSTRACT

Ushbu maqolada mahallaning ma'naviy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirishdagi o'rni tahlil qilinadi. Mahalla tizimining milliy an'analar va urf-odatlarni saqlashdagi ahamiyati, shuningdek, zamonaviy jamiyatdagi roli o'rganiladi. Tadqiqot natijalari mahalla orqali ma'naviy qadriyatlarni yangi avlodga o'rgatishning samarali usullarini ko'rsatadi.

Mahalla tizimi o'zbek xalqining madaniy va ijtimoiy hayotida alohida o'rin tutadi. Mahallalar nafaqat ijtimoiy hayotning markazi, balki milliy qadriyatlar va an'analarni asrab-avaylashda muhim maskanlardir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "«Mahalla — fuqarolik jamiyatining asosi»"1. Ushbu maqolada mahallaning ma'naviy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirishdagi o'rni tahlil qilinadi.

Metodlar: Ushbu tadqiqotda adabiyot tahlili va empirik tadqiqot usullaridan foydalanilgan. Asosiy e'tibor mahallalarning ijtimoiy roli va qadriyatlarni saqlashdagi o'rnini o'rganishga qaratilgan.

Natijalar: Qadriyatlar paydo bo'lishi insoniyat hayotidagi eng qadimiy hodisalaridan biri bo'lgani uchun ularni o'rganish oson emas. Ana shu murakkablikdan kelib chiqqan holda, biz urf-odatlarning paydo bo'lishi jarayonini mavjud bo'lgan manbalar asosida shartli ravishda ikki qismga bo'lib o'rganamiz.

«... tabiiy boshlang'ichlar ta'siri ostida kamol topib insonga aylanishgina kifoya qilmaydi, chunki inson bo'lib, insoniy kamolotga erishuvi uchun so'zlash va kasb-hunarga muhtojdir».2 Qadimda insonlar to'da bo'lib yashagan, bular sovuqdan saqlanish, yirtqich hayvonlar, tabiiy ofatlarga qarshi kurashishda qo'l kelgan. Har bir to'dani yetakchilar boshqargan. Ma'lum vaqtlar o'tib to'da boshliqlari o'zlari uchun imtiyozlar yarata boshladi. Bu esa to'da boshlig'i bo'lishga davralarni ko'payishiga olib keldi. Shu bilan birgalikda to'da rahbarlari va da'vogarlar o'rtasida kelishmovchiliklar paydo bo'la boshlandi. Bunday kelishmovchiliklar

1 Shavkat Mirziyoyevning Yangi hayot mahallasiga tashrifidagi nutqidan. 2024-yil. https://uz.kursiv.media/uz/2024-02-16/shavkat-mirziyoyev-mahalla-fuqarolik-jamiyatining-asosi/

2 fflepMy^aMegoB .3. «YpTa Ocne MyTa^aKKHp^apuHUHr axmn^HR Ba Smoh^hk ^a^n^arn ^apam^apn. T.: «®arn>, 1970. E. 20

janglar bilan tugar, bu kabi xunrezliklarga chek qo'yish hamda urug' ichidagi munosabatlarni tartibga solish uchun ibtidoiy jamoa tuzumidagilar jamiyat a'zolari uchun manfaatli qonunlar yaratildi. Bular esa vaqt o'tgan sari odatga, urfga aylandi. Qadimiy davrlarda paydo bo'lgan odatlardan biri bu "erkaklikka o'tish" odatidir. Marosimga o'spirin yigit katta tayyorgarlik ko'rgan. Urf-odatga ko'ra o'spirin qiynoqqa solib ham sinalgan. O'ziga xos bu imtihondan o'ta olmaganlar o'limga mahkum etilgan. Erkaklikka o'tish marosimidan so'ng "to'y bola" sunnat qilingan. So'ng u bolalik odatlarini tashlab kattalarga qo'shilgan.

Qadim odatlarni o'rganishda tug'ilishga, ulg'ayishga nisbatan o'limga oid ma'lumotlar ko'proq topilgan. Chunki qadimdan saqlanib qolgan qabristonlarni o'rganib, u davrdagi odamlarni dafn qilish odatlari haqida tasavvurga ega bo'lish mumkin. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodot massagetlarning dafn marosimi haqida shunday deydi: Odam juda qariganida qarindoshlari uni qurbon qilishadi va u bilan qo'y, echki so'yib ziyofat uyushtirishadi va qurbon bo'lib o'lgan inson baxtli o'lim topgan inson deb atalgan.

Odamlarda turmush tarzi oshgan sari tabiat sirlarini yanada chuqurroq tushinishga intilgan. Qadimgi jamiyatda turli hil odatlar paydo bo'la boshladi. Bu odatlar zamirida tevarak-atrofdagi hodisalarni anglash va his qilishga intilish yotadi. Yuqorida aytganimizdek, paydo bo'lgan odatlardan biri bu - Fetishistik - Fetishizm - bu qadimiy diniy tasavvurlaridan biri. Fetishga e'tiqod qilganlar turli jism, modda, buyum-narsalarning sehrli kuchi borligiga ishonishgan va undan himoya vositasi sifatida foydalanishgan. Fetishizm paydo bo'lib taraqqiy eta boshladi va fetish-buyumlarga taalluqli maxsus buyumlar yaratildi. Qadim fetish odatlari biri bizgacha yetib kelgani bu isiriq tutatish odati. Isiriq ko'z tegmasligi, ins-jinslarni qochirish, inson ruhiyatiga ijobiy ta'sir etish maqsadida keng qo'llanilgan. Ko'zmunchoq va tumor singari fetish buyumlar taqib yurish odati O'rta Osiyo xalqlarida hozir ham odat tusiga aylanib bo'lgan. Ular mahalliy xalqlarning orzu-niyatlarini ham ifoda etib, an'anaviy badiiy bezaklarga aylangan.

Qadimiy odamlarning turmushi bilan bog'liq an'analar, jamoa bo'lib yashash sardorlik, erkaklikka o'tish, oila va to'y marosimlari poydevori bo'lgan polligam, egzogam, monogam odatlari kabilar taraqqiyotda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, odatlarning, urflarning eng qadimiy davrlardan boshlab hayotning barcha sohalarida, tabiatga oqilona madaniy munosabatda bo'lish borasidagi tajriba yutuq va muvofaqqiyatlarni asrab-avaylashda, ularni avloddan-avlodga o'tishida, ajdodlar hayotining ma'no-mazmunini anglashda juda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Urf-odat - kishilarning turmushiga singib ketgan. Ma'lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko'pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari, ko'nikmasidir. Masalan, kichiklarning kattalarga salom berishi, uy-hovlini tartibga keltirib qo'yish, mehmonlarga alohida hurmat ko'rsatish, bayram arafasida keksa, qariyalar, kasal, ojiz, qiynalgan kishilar holidan xabar olish qo'ni-qo'shnilarning biror ishiga yordam berish, hasharga borish kabilar o'zbek xalqiga xos yaxshi odatlar hisoblanadi.

"Odat" degan tushuncha psixologiyada ham mavjud bo'lib, u ma'lum sharoit ta'sirida vujudga kelib, kishining fe'l-atvorida mustahkamlanib qolgan va keyinchalik o'z-o'zidan beixtiyor bajariladigan harakat ma'nosini bildiradi.

An'ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatning barcha sohalariga xos hodisa sifatida juda keng doirani qamrab oladi. Muayyan bir jamoaning turmush tarzi, xatti-harakati, xulq-atvori, muloqoti va oilaviy munosabatlarida namoyon bo'ladi.

Marosim - inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy ko'tarinkilik vaziyatda o'tadigan, umum qabul qilingan tartib-qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi.

Masalan, ism qo'yish, nikohdan o'tish, dafn qilish, xotirlash, ekishga kirishish (urug' qadash), o'rishga kirishish marosimlaridir.

Odat kundalik hayotda doimo kuzatilsa, marosim esa inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo'lganida vujudga keladi. Marosim kishilar hayotidagi eng muhim voqealarni tug'ilish, uylanish, o'lim kabilarini qayd etadi, rasmiylashtiradi. Marosimlarni o'tkazishda avloddan-avlodga o'tadigan, ramziy va rasmiy an'analar, qoidalarga amal qilinadi.

Marosimga, bo'layotgan voqeaga "guvoh" sifatida odamlar chaqiriladi. Odamlar kimningdir g'ami yoki quvonchiga sherik bo'lishadi, kelajak uchun yaxshi niyatlar qilishadi. Har bir marosimning o'ziga xos umum qabul qilingan tuzilishi (boshlanishi, o'rtasi, oxiri) bo'ladi. Inson hayotida bo'lib o'tayotgan muhim voqeani nishonlash jrayonida an'ana ham, odat ham marosim ham mujassamlashadi.

Buni quyidagi misolda ko'rish mumkin. Yoshlar voyaga yetganida - yigitlar uylanadi, qizlar turmushga chiqadi. Bu avloddan-avlodga o'tib keladigan an'ana sanaladi. Yigit-qizning oila qurishi uchun nikoh to'yi o'tkaziladi. Nikoh to'yi o'tkazish esa insoniyat hayotiga singgan, muayyan qoidaga, ma'lum tartibga ega bo'lgan urf-odat hisoblanadi. Nikoh to'ylarining asosiy shartlaridan biri kuyov va kelinning nikohdan o'tishidir. Har bir davrda bu to'y bilan bog'liq o'ziga xos odatlar vujudga keladi. Masalan, hozirgi payta maxsus bezatilgan mashinalarda ko'chalarda yurish, guvohlar bilan "Baxt uyi"ga borish, nikohdan o'tayotganda davlat madhiyasining yangrashi, "Baxt uyi" xodimlarining savollariga javob berish, kerakli xujjatlarga imzo chekish, nikoh uzuklarini almashish kabi odatlarga amal qilinadi. Bu rasmiy va tantanali ravishda o'tadigan marosimdir. Bu rasmiy nikoh to'yidagi odatlarning ado etilishi kelin-kuyov, ularning shodiyona kunida qarindosh-urug'i, yoru-do'stlari uchun haqiqiy shodiyona sanaladi. "Qadriyat"; "An'ana", "odat", "marosim" bir-biri bilan bevosita bog'liq hodisa hisoblanadi. Shu bois an'analarning tarkibiy qismi odat, odatning tarkibiy qismi esa marosim ham bo'lishi mumkin.

Masalan, bilim yurtini bitirgan yosh mutaxassislarning ishlab chiqarishga borib ish boshlashi odat tusiga kirib qolgan. Bu muhim voqea munosabati bilan an'anaviy tadbirlar tashkil qilish mumkin. Bu odatning tarkibiy qismi - yoshlarni tantanali ravishda mehnat jamoasiga qabul qilish o'z-o'zidan marosimga aylanadi.

Ba'zi xolatlarda "an'ana", "odat" va "marosim" tushunchalari alohida ishlatilsa, ular mavhum ma'noni anglatishi ham mumkin. Bunday paytda ularga aniqlovchi so'zlar qo'shilib, masalan, "an'anaviy bayram", "an'anaviy festival", "an'anaviy kecha" yoki "mukofotlash marosimi", "to'y marosimi", "nafaqaga kuzatish marosimi" tarzida qo'llaniladi. "Marosim" so'zi jamoatchilik ishtirokida o'tkaziladigan katta tadbir ma'nosini bildiradi.

Oilaviy urf-odatlar oila paydo bo'lishi bilan vujudga kelgan. Shu bilan birga o'zgargan, rivoj topgan. Taraqqiyot, zamon talabiga javob bergan urf-odat yanada kuchayib zamonga qarab rivojlanib bormoqda.

O'zbek xalqining oilaviy marosimlari ham tarixiy zaruriyat asosida vujudga kelgan va zamon chig'iriqlaridan o'tib, muhim ma'naviy qadriyat sifatida ravnaq topgan. Urf-odatlarimizga aylanib qolgan chaqaloqni beshikka solish kabi urflarimiz mavjud. Urflarimizga aylanib qolgan beshik to'yini yoritar ekanmiz, beshik to'yi qadim zamonlardan har bir oilada o'tkazilib

kelingani tufayli, bu marosim xalq madaniy hayotining ajralmas qismiga aylanib qolgan. Beshik to'yi haqida ma'lumot berishdan oldin beshik to'g'risidagi tushunchani yoritib o'tamiz. Chaqaloq tug'ilishidan keyingi muhim urf-odatlarimizdan biri - bolani beshikka solish marosimi va beshik to'yidir. Mazkur to'y ayrim joylarda kichik oilaviy bir marosim shaklida o'tkaziladi. Mana shunday urf-odatlarimiz hozirga qadar saqlanib kelmoqda. Hozirga kelib o'zbek xalqi hayotida ham yaqin yoshlar ichida avvallari mavjud bo'lgan ko'plab ijtimoiy va shaxsiy-oilaviy an'ana, urf marosim va bayramlarga yana yangiliklar kiritilib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishganidan so'ng turmush va tarbiya jarayonida an'ana, urf-odat va marosimlar masalalariga alohida e'tibor berilmoqda. Mustaqil Respublika fuqarolarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, ular ongida ijtimoiy dunyoqarashni shakllantirishda, urf-odat, an'ana va marosimlar ta'sirchan vositalardan biri bo'lib qoldi. Ijtimoiy taraqqiyotda kishilarning urf-odat va marosimlari shakllandi. Chunki ular muayyan g'oyalar, qarashlar, axloq normalarini ifodalaydi. Ilg'or an'analar, urf-odat va marosimlar jamiyatimiz hayotida, kundalik turmushimizda, mehnat va ishlab chiqarishda, ilmiy va badiiy ijodda, oila va o'quv dargohlariga tarbiyaviy ishlarimizda, shaxsiy xulq-atvorda o'ziga xos ijtimoiy vazifalarni o'taydi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Oila - muqaddas" degan azaliy va ezgu g'oya qadrsizlanib, ming yillik milliy qadriyatlarimiz zavol topar ekan, bu kabi og'riqli holatlarni kamaytirib bo'lmaydi. Buning uchun mahalla katta ijtimoiy kuch sifatida maydonga chiqishi kerak. Chunki faollar, ko'pni ko'rgan oqsoqollar, tajribali nuroniylarimiz, agar istasa, jamoatchilik bilan birgalikda har qanday muammoni hal qilishga, xato qilgan yoshlarni to'g'ri yo'lga solishga qodir, - deb takidlagan.3

Xalq va jamiyat o'z ehtiyojlariga yarasha an'ana, urf-odat, marosim va rasm-rusumlarni yaratar ekan, doimo nafosat va go'zallik qonunlariga, qaxramonlik va ulug'vorlik, ijtimoiy hamjihatlik prinsiplariga qat'iy amal qiladi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so'ng xalqimizning unutilayozgan an'analari, marosimlari va urf-odatlari yana hayotga qaytarildi. Ular xalqimiz turmushidagi unutilmas hodisalarni o'z negizida mujassamlashtirdi. Shuning uchun Respublikamiz hukumati xalqimizning hayotga tarixan singib kelayotgan an'ana, marosim va urf-odatlarini qaytadan qaror toptirishga doimo ahamiyat bermoqda. Urf-odat va marosimlar barqaror bo'lishiga qaramay, yangi davr, yangi tuzum ehtiyojlariga muvofiq o'zgarib boradi. Mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, do'stlik. Jasorat, mehmondo'stlik, bolajonlik singari an'analar mamlakatimiz hududida azaldan mavjud. Ammo bu an'analar mustaqillikka erishganimizdan keyin yangi ma'no kasb etmoqda.

An'analar, urf-odat va marosimlar shaklida namoyon bo'ladi. Urf-odat nisbatan o'xshash, ma'lum darajada takrorlanib turadigan holatlarda muayyan xatti-harakatlarning aynan takrorlanishi, unga so'zsiz amal qilinishini bildiradi.

Kishilarimizning shaxsiy va oilaviy hayotida sodir bo'ladigan unutilmas voqealarni, yaxshi kunlarni xursandchilik nishonlashga bo'lgan intilishlari yangi-yangi an'ana va marosimlarni yuzaga keltirmoqda. Chunonchi, kishi hayotida eng muhim davrlar - tug'ilgan kun, maktabga borish, balog'atga yetish, nikohdan o'tish va shu kabilar fuqarolik marosimlari saqlanib,

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yil 12-fevral kuni mahalla tizimini takomillashtirish, mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish masalalari

bo'yicha videoselektor yig'ilishidagi nutqidan. https://president.uz/oz/3351

ularning har biri kishi oldiga yangi talablar qo'yadi, yangi huquqlar beradi va nihoyat uning jismoniy va aqliy kamolotiga yetishida muhim bosqich bo'lib hizmat qiladi. Barcha marosim va bayramlarning ana shu tomonlariga alohida e'tibor berish ijtimoiy taraqqiyotda tarixiy ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.

Urf-odatlar ijtimoiy taraqqiyotning o'ziga xos amaliy negizidir. Ular turg'un va barqaror harakterga ega bo'lib, ayrim yoki yakka shaxslar tomonidan emas, balki ko'pchilik tomonidan ro'yobga chiqariladi. Masalan, ota-onaga hurmat, keksalarga ehtirom, mehmondo'stlik kabilar xalqimizning asosiy urf-odatlaridan bo'lib, bularga xalq an'analarining bir ko'rinishi sifatida amal qilinadi. Marosim tushunchasi muayyan so'z va harakatlarning qaytarilishini bildiradi, lekin bunda so'z va harakatlar shartli ramziylik kasb etadi. Urf-odatlarda so'z va harakatlar moddiylashgan bo'lsa, marosimlarda moddiy olamning, predmetlarning o'rnini shartli -harakatlar, so'zlar, tasvirlar egallashi mumkin bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, marosimlar, urf-odatlarning barqarorlashgan shaklidir. Marosimlar ichki yaxlitlilik, kompozitsion birlilik, shaklan bejirimlikka ega bo'ladi. Uning asosiy xususiyatlaridan biri nazokat va latofatligidir. Masalan, hosil bayramlarini, paxta bayramini, gul va bahor bayramlarini, uzum, qovun sayllarini, nikoh to'ylari marosimlarini olaylik. Bu sayl va bayramlar shodlik, to'kin-sochinlik, nafosat tantanasi sifatida amalga oshiriladi.

Bir butun marosim bir-biriga bog'liq bo'lgan bir qancha kichik marosimlarni, urf-odatlarni o'z ichiga oladi. Bular marosimchilik deb ataladi.

"Rasm-rusum" tushunchasi marosimchilik urf-odatlari doirasiga mansub bo'lgan konkret so'z va harakat shakllarini, ularning o'zaro bir-biriga nisbatan bo'lgan rolini, joyini, munosabatini anglatadi. Demak, rasm-rusumlar marosimchilik va urf-odatlarning namoyon bo'lish shaklidir. Masalan: to'y, mehmon kutish, dafn bilan bog'liq urf-odatlar va marosimlar umumiy tomonlar bilan bir qatorda har bir yerda, har bir millatda so'z va harakatlar bilan ajralib turadigan o'ziga xos tomonlarga , ya'ni rasm-rusumlarga ham egadir.

Hashar, mehmondo'stlik, mardlik, jasorat, halollik, do'stlik, mehnatsevarlik, san'atsevarlik, turli millatlarga hurmat va qardoshlik kabi an'ana, odatlar qadimiy va ijtimoiy taraqqiyotda ular haqidagi bo'lgani uchun tarixiy ahamiyatga egadir va doimo saqlanib boraveradi. Azaldan davom etib kelayotgan urf-odatlar, chunonchi, hashar, nikoh marosimlari, navro'z, bahor bayramlari, uzum-qovun sayllari va hokazolar yangicha mazmun kashf etmoqda. Hozirgi kunda chaqaloqlarni tantanali ravishda ro'yxatga olish, yosh go'dakka nom qo'yish, 16 yoshga yetgan o'smirlarga pasport topshirish, mehnat fahriylarini tantana bilan nafaqaga kuzatish yangi an'analardandir.

Xalqimizning eng yaxshi, ajoyib milliy an'analari qadimdan davom etib, avlodan-avlodga o'tib, mustaqil yurtimizdagi ijtimoiy munosabatlar shakllanayotgan jamiyatda yangi mazmun kasb etmoqda, boyimoqda, mustaqilligimizni mustahkamlashda yosh avlodni tarbiyalashda hayot maktabi bo'lib xizmat qilmoqda. Zamonlar va avlodlar o'rtasidagi aloqa, ang'analar orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy hayotimizni isloh qilish va yangilash boshlanib ketganligi bois ma'naviy madaniyatning qudratli qatlamlari ochildi.Ular xalq ruhiyatini vatanparvarlik,milliy iftixor,butun dunyo uchun bag'rikenglik tomon keskin o'zgartirib yubordi4. Qimmatli urf-odatlar shu an'analardan o'zining to'la ifodasini topadi. Ota-bobolarimizning donishmandligini aks ettirgan va azaldan oddiy mehnatkashlarga xos bo'lgan olijanob

4 Karimov I.A.O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida,Xavfsizlikka tahdid,barqarorlik shartlqari va taraqqiyot kafolatlari. T: "O'zbekiston"1997. B. 326

tuyg'ularni e'zozlaydigan xalq urf-odatlari bu an'analar orasida eng fahrli va muhim o'rin tutadi. Shuning uchun xalq an'analarini rivojlantirishga obektiv yordam beradigan eng yaxshi, eng qimmatli milliy urf-odat va marosimlarni tanlab olish kerak. Keksalarni, xotin-qizlarni izzat-hurmat qilish, mehmondo'stlik, o'zaro yordam va bolalarga mehr-muhabbat tuyg'ularini ifoda etuvchi an'analar barcha xalqlar hayotida uzoq zamonlardan beri davom etib kelyapti. Insonning kamol topishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan an'analardan kishilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda muntazam foydalanish zarur. Xalqimizning ijobiy an'analaridan biri -keksalarni hurmat qilish juda katta tarbiyaviy hamda ijobiy ahamiyatga ega. Hukumatimiz keksa avlodning xizmatlarini qadrlab kelmoqda. Davlat tomonidan berilayotgan pensiyalar, juda ko'p imtiyozlar, unvonlar, davolanish, dam olish uchun sanatoriylar, shifoxonalar va boshqa imtiyozlar mustaqil yurtimizning keksalar to'g'risidagi beqiyos g'amxo'rligining guvohidir. Tobelikda '«qullik kishaniga ko'nikib, xor-zor yurgan kezlarida xalqimiz juda ko'p narsa yo'qotdi. Lekin g'ururini saqlab qola bildi5.

Odamlarning bir-birlariga mehr-oqibatlari, samimiy, to'g'ri munosabati, iltifoti va ehtiromi mustaqil O'zbekistonimiz fuqarosining ichki go'zalligini, boy ma'naviy qiyofasini belgilaydi. Milliy an'analarimizning ijtimoiy taraqqiyotdagi ahamiyatiga e'tibor beradigan bo'lsak, xalqimizning "Mehmon otangdek ulug'", "Mehmondan ulug' kishi yo'q", "Mehmon kelsa mushugingni ham pisht! dema" degan hikmatlari mehmondo'stlikka undaydi. "Mehmon kirsa eshikdan, rizqi kelar teshikdan" degan iborasi esa har qanday sharoitda ham mehmonni beminnat, samimiy kutib olish kerakligini anglatadi.

Yana bir yaxshi odat - insonparvarlikdir. Chin inson pok qalbli, sofdil, diyonatli, vijdonli, chuqur irodali, oqil kishi bo'lishi bilan birga yurt, Vatan, jamiyat manfaati, tashvishi yo'lida jon fido qiladigan, kishilar osoyishtaligi, tinchligi va baxt-saodati yo'lida doimo qayg'uradigan bo'lmog'i kerak. Shundagina uning haqiqiy insonparvarligi, insoniyligi, boy ma'naviy go'zalligi to'laligi bilan namoyon bo'ladi.

Insonparvarlik - jamiyatimizda qaror topgan, tobora yangi mazmun kasb etayotgan milliy an'analarning yuksak ko'rinishlaridan biridir. Inson mustaqil O'zbekistonda shu zaminda qadr topdi va izzat-hurmat ko'rdi. Respublikamiz hukumatining olib borayotgan siyosatida "Hamma narsa inson uchun, insonning baxt-saodati uchun" degan g'oya amalga oshirilmoqda. Insonning oliyjanobligi, odamiyligi uning tanishga ham, notanishga ham beg'araz yordam qo'lini cho'zishi bilan belgilanadi. Millatimizning turmush tarzi odamlarning bir-biriga do'st, mehribon, g'amxo'r, jonkuyar va hamdard bo'lishidir. Ana shu insoniy fazilatlar bilan jamiyatimiz yanada jipslashmoqda, kamolot yo'lidan bormoqda. Shu borada Qirg'iziston Respublikasi Osh, Qorasuv va boshqa shaharlarida bo'lib o'tgan vaxshiyona xunrezliklarni oqibatida begunoh odamlar oilasidan, uy-joyidan, yaqinlaridan ajradi. O'zbekiston Respublikasi juda katta insonparvarlik ishlarini olib bordi. Oziq-ovqat, yotishga boshpana va hokazolar bo'yicha yordam qo'lini cho'zdi.

Bu borada aytib o'tish kerakki, O'zbekiston xalqi va hukumati insonparvar, mehr-oqibatli, samimiy, diyonatli, kishilar osoyishtaligi, yurt tinchligi yo'lida doimo qayg'uradigan yurt ekanligi yaqqol ko'rindi. Mustaqil yurtimiz fuqarolari qaysi millat yoki xalqqa mansub bo'lmasin, hammasining Vatani bir, maqsadlari, manfaatlari bir. Xalqimizning do'stlashishi -jamiyatimizning ulug'vor kuchidir, bizning juda katta boyligimizdir. Bu do'stlik asosan ikkinchi jahon urushi yillari chiniqdi. O'zbekiston xalqi bir burda nonini boshqalar bilan

5 Qurbonov M. "Odobnoma" Toshkent, "O'qituvchi", 1995 yil, 18-19-betlar.

baham ko'rdi. Xalqimizda "Do'stlik barcha boyliklardan afzal", "Arpa, bug'doy bir kuningga yaraydi, sodiq do'sting o'lguningcha yaraydi", "Do'st achitib gapirar, dushman - kuldirib", "Do'st - do'stning tayanchi", "Do'st - do'stini kulfatda sinar", "Do'st yomon kunda bilinadi", "Do'stdan molini ayamagan, eldan jonini ayamas" kabi ko'pgina maqollar borki, bularda do'stlikni qadrlash masalasi ifodalangan. Eng yaxshi o'lmas urf-odatlar bora-bora an'anaga aylanadi. Urf-odatlar odamlar turmushidagi ijtimoiy munosabatlarning barqaror bir turi sifatida namoyon bo'ladi. Salomlashuv burchiga sodiqlik bizda yaxshi an'anaga aylanib qolgan. "Assalomu alaykum - ham qarz, ham farz" maqoli zamirida burchga sodiqlik an'anasi yotadi. Salomlashuvda mehr-muhabbat, qadr-qimmat, oqibat kabi insoniy xislat aks etib turadi. Salom beruvchi va alik oluvchining qiyofasi shu an'anaviy odat orqali namoyon bo'ladi.

"Noyob tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta'mirlash, o'zbek xalqi yaratgan va milliy boylik bo'lgan san'at asarlarini izlab topish, ularni O'zbekistonga qaytarish ma'naviyat dasturimizning muhim bo'lagini tashkil etadi. Bu milliy boylik bizga ota-bobolarimizdan meros bo'lib qolgan. Binobarin, biz ham uni ko'z qorachig'iday asrab-avaylashimiz va farzandlarimizga meros qilib qoldirishimiz kerak.

Xulosa: Mahalla tizimi milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirishda muhim o'ringa ega. Ushbu tadqiqot natijalari mahallaning milliy an'ana va qadriyatlarni saqlashdagi o'rnini va zamonaviy jamiyatdagi rolini yoritadi. Ta'lim muassasalari, madaniyat markazlari va mahalla oqsoqollari tomonidan o'tkaziladigan ta'limiy va madaniy tadbirlar milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirishga katta hissa qo'shadi. Kelgusida bu yo'nalishda yana chuqurroq ilmiy tadqiqotlar o'tkazilishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Shavkat Mirziyoyevning Yangi hayot mahallasiga tashrifidagi nutqidan. 2024-yil. https://uz.kursiv.media/uz/2024-02-16/shavkat-mirziyoyev-mahalla-fuqarolik-jamiyatining-asosi/

2.nepMyx,aMegoB fl. «YpTa Ocue MyTa$aKKHp.flapHHHHr axmHJHK Ba bmokahk x,aKHgarH ^apam^apH. T.: «OaH», 1970. B. 20

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yil 12-fevral kuni mahalla tizimini takomillashtirish, mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishidagi nutqidan. https://president.uz/oz/3351

4. Karimov I.A.O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida,Xavfsizlikka tahdid,barqarorlik shartlqari va taraqqiyot kafolatlari. T: "O'zbekiston"1997. B. 326

5.Qurbonov M. "Odobnoma" Toshkent, "O'qituvchi", 1995 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.