Научная статья на тему 'MAKKAJO‘XORI ETISHTIRISHDA TURLI FOSFORLI O‘G‘ITLAR SAMARADORLIGI'

MAKKAJO‘XORI ETISHTIRISHDA TURLI FOSFORLI O‘G‘ITLAR SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

81
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tipik bo‘z tuproq / oziqa rejimi / mineral o‘g‘it / azotli o‘g‘it / fosfor saqlovchi o‘g‘itlar / ammofos / NKFU / superfosfat / suprefos-NS / kaliyli o‘g‘it / o‘g‘it me’yori / makkajo‘xori / hosildorlik / Typical gray soil / nutrient regime / mineral fertilizer / nitrogen fertilizer / phosphorus fertilizers / ammophos / NCPhF / superphosphate / suprefos-NS / potash fertilizer / fertilizer 'it rate / corn / productivity.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — S. S. Qozoqboyev, M. I. Mashrabov

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida turli fosforli o‘g‘itlarning tuproqning oziqlanish rejimi va makkajo‘xori unumdorligiga ta’siri o‘rganildi. Turli xil fosforli o‘g‘itlar tipik bo‘z tuproqlarning fosforli rejimini yaxshilagan, makkajo‘xori hosili 66,2-71,3 s/ga tashkil etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In the conditions of typical gray soils of Pastdargom district of Samarkand region, the effect of different phosphorus fertilizers on soil nutrition regime and corn productivity was studied. Various phosphorus fertilizers improved the phosphate regime of typical gray soils, and corn yield was 66.2-71.3 s/ha.

Текст научной работы на тему «MAKKAJO‘XORI ETISHTIRISHDA TURLI FOSFORLI O‘G‘ITLAR SAMARADORLIGI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

MAKKAJO'XORI ETISHTIRISHDA TURLI FOSFORLI O'G'ITLAR

SAMARADORLIGI

S. S. Qozoqboyev

assistent ToshDAU SF

M. I. Mashrabov

q.x.f.f.d., dotsent ToshDAU SF

ANNOTATSIYA

Samarqand viloyati Pastdarg'om tumanining tipik bo'z tuproqlari sharoitida turli fosforli o'g'itlarning tuproqning oziqlanish rejimi va makkajo'xori unumdorligiga ta'siri o'rganildi. Turli xil fosforli o'g'itlar tipik bo'z tuproqlarning fosforli rejimini yaxshilagan, makkajo'xori hosili 66,2-71,3 s/ga tashkil etgan.

Kalit so'zlar. Tipik bo'z tuproq, oziqa rejimi, mineral o'g'it, azotli o'g'it, fosfor saqlovchi o'g'itlar, ammofos, NKFU, superfosfat, suprefos-NS, kaliyli o'g'it, o'g'it me'yori, makkajo'xori, hosildorlik

ABSTRACT

In the conditions of typical gray soils of Pastdargom district of Samarkand region, the effect of different phosphorus fertilizers on soil nutrition regime and corn productivity was studied. Various phosphorus fertilizers improved the phosphate regime of typical gray soils, and corn yield was 66.2-71.3 s/ha.

Keywords. Typical gray soil, nutrient regime, mineral fertilizer, nitrogen fertilizer, phosphorus fertilizers, ammophos, NCPhF, superphosphate, suprefos-NS, potash fertilizer, fertilizer 'it rate, corn, productivity.

Kirish. Makkajo'xori dunyoda eng ko'p yetishtiriladigan va tarqalgan donli ekinlardan biri hisoblanadi. U oziq ovqat, yem-xashak va texnikaviy ekindir. Dunyo bo'yicha yetishtiriladigan makkajo'xori donining 20 % oziq - ovqat, 15-20 % texnikaviy va qolgan qismi ya'ni uchdan ikki qismi yem-xashak maqsadlarida ishlatiladi. Don tarkibida 65-70 % uglevodlar, 9-12 % oqsil, 4-8 % yog', shuningdek, mineral tuzlar va vitaminlar saqlaydi. Makkajo'xorining doni, yashil massasi, silosi, so'tasi va uni ajoyib oziqa bo'lib, 1 kg donida 1,34 oziqa birligi va 78 g hazmlanadigan protein bor. Omixta yem tayyorlashda makkajo'xori qimmatli komponent [2, 3, 4].

May 12-13

1155

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Amerika Qo'shma Shtatlari Qishloq xo'jaligi Departamenti (USDA) ning bergan malumotlariga ko'ra, 2021 yilda butun dunyo bo'yicha 202,82 mln gektar yerga makkajo'xori ekilgan. Ekin maydoni bo'yicha Xitoy davlati (43,32 mln ga) birinchi o'rinda, AQSh esa (34,56 mln ga) ikkinchi o'rinda turibdi. 2021 yilda butun dunyo bo'yicha 1206,96 mln tonna makkajo'xori doni yetishtirilgan [3, 6, 7, 8].

Respublikamizda 2021 yilda asosiy ekin sifatida 51,331 ming ga maydonga makkajo'xori don uchun, 158,504 ming ga maydonga esa makkajo'xori silos uchun ekilgan. G'alladan bo'shagan yerlarga takroriy ekin sifatida esa mos ravishda 295,899 ming ga va 161,266 ming ga ni tashkil etgan [1]. Samarqand viloyatida makkajo'xori don uchun 6,115 ming ga, makkajo'xori silos uchun esa 5,047 ming ga ekilgan. Viloyatda makkajo'xori don uchun yetishtirishda Pastdarg'om tumani yetakchi o'rinda turadi (1,223 ming ga tashkil etadi.).Makkajo'xori o'g'itlarga talabchan. Makkajo'xori 1 st don hosil qilishi uchun 2,2-3,4 kg azot, 1,0-1,2 kg fosfor, 2,5-3,7 kg kaliy o'zlashtiradi. O'rtacha 2,8 kg azot, 1,1 kg fosfor, 3,1 kg kaliy deb olinsa 65 st don hosili, 500-700 s yashil massa olish uchun o'rtacha 182 kg azot, 71,5 kg fosfor va 201,5 kg kaliyni o'zlashtiradi [2, 4, 5].

Makkajo'xori ekini boshqa donli ekinlarga nisbatan oziq moddalarni ko'p o'zlashtirib ketadi, shuning uchun uni yetishtirishda tuproq oziq rejimini o'rganish orqali yuqori va sifatli hosil yetishtirish qishloq xo'jaligida dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Foydalanilgan materiallar va usullar. Dala tajribalari Samarqand viloyati Pastdarg'om tumani tipik bo'z tuproqlar sharoitida 6 variant 4 qaytariqda sistematik to'rt yarusda joylashtirildi. Bitta paykalning eni 2,8 metr, uzunligi 40 metr, umumiy maydoni 112 m . Bitta paykalda 4 ta qator bo'lib, shundan 2 tasi hisob-kitob qatori, ikki chetdan bittadan 2 tasi himoya qatorlari hisoblanadi. Azotli o'g'itlar ammiakli selitra - NH4NO3 (34,6% N), fosforli o'g'it sifatida oddiy superfosfat -CaH2PO4*H2Ü + CaSO4 (19-21 % P2O5) NKFU - (6-8 % N va 14-16 % P2O5), ammofos - NH4H2PO4 (11% N va 46% P2O5), seprefos-NS - (12-13 % N va 24-26 % P2O5) va kaliyli o'g'it kaliy xlorid - KCl (56% K2O) qo'llanildi.

Samarqand viloyati Pastdarg'om tumani tipik bo'z tuproqlar sharoitida tadqiqot o'tkazishdan oldin namunalar olindi va tuproqning agrokimyoviy xususiyatlari laboratoriyada tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko'ra, tuproqning haydov qatlamida gumus miqdori 1,10 % ni tashkil etgan bo'lib, haydov osti qatlamida 0,73 % bo'lganligi aniqlandi. Umumiy oziq moddalar (NPK) miqdori mos ravishda 0,09: 0,10; 2,79 %, harakatchan oziq moddalar bilan

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

juda kam va o'rtacha ta'minlagan tuproqlar guruhiga mansub ekan.

Oziq moddalarining o'simliklar o'zlashtira oladigan shaklga o'tishi yana iqlim sharoitlari tuproqning mineralogik tarkibi, olib boriladigan agrotexnik tadbirlarning sifati, beriladigan o'g'it (organik va mineral o'g'it)lar miqdori va turi kabi bir qat or omillarga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham barcha tuproq tiplarida qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligini oshirish uchun albatta o'g'itlardan foydalanishga to'g'ri keladi.

Olingan natijalar va ularning tahlili. Tipik bo'z tuproqlar oziq rejimi (harakatchan fosfor miqdori) ga qo'llanilgan fosfor saqlovchi o'g'itlar turlicha ta'sir ko'rsatar ekan. O'g'itlashdan oldin tajriba dalasi tuprog'i tarkibida harakatchan fosfor miqdori 14,5 mg/kg ni bo'lgan. O'g'itsiz nazorat variantida fosfor miqdori makkajo'xorining rivojlanish fazalari bo'yicha miqdori kamayib borgan bo'lsa, N250K175 - fon variantida biroz oshganligi kuzatildi. Turli fosfor saqlovchi o'g'itlar qo'llanilganda harakatcha fosfor miqdori eng yuqori bo'lganligi aniqlandi.

Oddiy superfosfat qo'llanilgan variantda o'g'itlashdan oldin 14,3 mg, 4-6 barg hosil qilish fazasida 57,2 mg, 8-10 barg hosil qilishda esa 50,2 mg, gullash fazasida 35,5 mg/kgni tashkil etgan bo'lib, pishish fazasida 16,7 mg/kg bo'lganligi aniqlandi. 175 kg/ga qo'llanilganda dastlabki miqdoriga nisbatan 2 mg/kg oshgan. Boshqa fosfor saqlovchi o'g'itlar qo'llanilgan variantlarda ham oddiy superfosfat miqdoriga nisbatan biroz yuqori bo'lganligi aniqlandi (1 - rasm).

70 60 50 40 30 20 10 0

•Nazorat- o'g'itsiz Fon + P175 (NKFU)

N250 K125-Fon

Fon + P175 (suprefos NS)

Fon + P175 (o. superfosfat) Fon + P175 (ammofos)

o'g'itlashdan oldin

4-6 barg hosil qilish 8-10 barg hosil qilish Rivojlanish fazalari

gullash

pishish

1 - rasm. Turli fosfor saqlovchi o'g'itlarni harakatchan fosfor

miqdoriga ta'siri, mg/kg

May 12-13

1157

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Turli fosfor saqlovchi o'g'itlar harakatchan fosfor miqdoriga turlicha ta'sir qo'rsatdi. Makkajo'xorini 8-10 barg hosil qilish fazasida oddiy superfosfor qo'llanilgan variantda nazoratga nisbatan 36,9 mg/kg oshgan bo'lsa, NKFU qo'llanilgan variantda 38,1 mg/kg, Suprefos qo'llanilgan variantda 39,4 mg va ammofos o'g'iti qo'llanilganda esa 41 mg/kg oshganligi aniqlandi. Fosfor saqlovchi o'g'itlar ichida eng yuqori qo'rsatkich ammofos qo'llanilganda kuzatildi.

Turli fosfor saqlovchi o'g'itlar makkajo'xori hosildorligiga ijobiy ta'sir ko'satdi, jumladan o'g'itsiz nazorat variantida o'rtacha hosildorlik 27,3 s/ga olingan bo'lsa, N250K125 variantida 54,8 s/ga olindi. Turli fosfor saqlovchi o'g'itlar qo'llanilganda hosildorlik 66,2 - 71,3 s/ga olindi. Nazorat variantiga nisbatan 38,9 - 44,0 s/ga qo'shimcha hosil olindi.

Xulosa. Tipik bo'z tuproqlar sharoitida turli fosfor saqlovchi o'g'itlar tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor miqdoriga turlicha ta'sir ko'rsatar ekan. Oddiy superfosfat, NKFU va suprefos NS kabi o'g'itlar tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor miqdoriga ta'siri bo'yicha ammofos o'g'itidan qolishmaydi va butun vegetasiya davomida yetarli miqdorda fosfor bilan ta'minlar ekan. Eng yuqori hosil ammofos o'g'iti qo'llanilgan variantda 72,1 s/ga olindi. Oddiy superfosfat, NKFU va suprefos - NS o'g'itlari teng ahamiyatga ega bo'ldi. Tipik bo'z tuproqlar sharoitida turli fosfor saqlovchi o'g'itlar makkajo'xori hosildorligiga turlicha ta'sir kildi. Eng yuqori hosil ammofos o'g'iti qo'llanilganda o'rtacha 72,1 s/ga, nazorat variantiga nisbatan esa 46,1 s/ga qo'shimcha hosil olish mumkin ekan.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 17 aprel Qishloq xo'jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi farmoni Toshkent shahri, 2019 yil 17 aprel https://lex.uz/docs/-4291908.

2. Машрабов М.И., Махматмуродов А.У. Турли даражада унумдорликка эга булган типик буз тупрокдар шароитида маккажухорининг яшил массасидан юкори хосил олиш. // AGRO ILM - OZBEKISTON QISHLOQ VA SUV XO'JALIGI. Тошкент. 2022 йил. - №3. - Б. 76-77.

3. Махматмуродов А.У., Умурзаков Э. Рост и развитие корневой системы кукурузы при разных фосфатных режимах. // Актуальные проблемы современной науки. // Москва, 2017, ноябр.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

4. Махматмуродов А.У., Умурзаков Э. Влияние норм и форм фосфорных удобрений на ассимиляционную продуктивность кукурузы повторного посева. // Актуальные проблемы современной науки // Москва, 2017, ноябр

5. Sultanbekova, R., Ortiqov, T. Q, Shoniyozov B.K Azotli o'g'itlar me'yorlarining tuproqdagi mineral azot miqdoriga ta'siri. O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 5-6 oktabr, 2022 yil. Academic research in educational sciences (ARES). Volume 3. -P. 665-668

6. Shoniyozov B.K, Ortiqov B.K, Usmonov R Mineral va organik o'g'itlarni amarant yetishtirishda oziq moddalar balansiga ta'siri. O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 5-6 oktabr, 2022 yil. Academic research in educational sciences (ARES). Volume 3. -P. -659-664

7. Shoniyozov B.K.,Hoshimov, F. H., Ortiqov, T. Q., & Usmonov, R. Amarant etishtirishda oziq moddalar balansiga azotli o'g'itlarning ta'siri. O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 5-6 oktabr, 2022 yil. Academic research in educational sciences (ARES). Volume 3. -P. 861-867.

8. https://apps.fas.usda.gov/psdonline/circulars/production.pdf

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.