Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
AMARANTNING HOSIL SIFATIGA FOSFOR MIQDORINING TA'SIRI
Suhrobjon Boynazarovich Tilovov
TDAUSF magistranti
ANNOTASIYA
Amarantni o'suv davrida turli xil oziq elementlarga talabchan bo'ladi. Jumladan bu oziq elementlar azot, fosfor va kaliy elementlari bo'lib. Maqolada amarantni fosforli oziq elementlarga bo'lgan talabini o'sish fazalarida o'rganish maqsadida tajribada fosforli o'g'itlar me'yorlari va tuproq tarkibidagi harakatchan shakldagi fosfor ta'siri o'rganilgan. Bu maqsadda fosforli mineral o'g'itlar miqdori o'simlik o'suv davrida o'rganilib borilgan.
Kalit so'zlar. tuproq, oziq modda, o'suv fazasi, dinamika, harakatchan fosfor, mineral o'g'it, amarant, mineral fosfor, tuproq oziq rejimi, bo'z tuproq, olib chiqib ketish, o'sish, rivojlanish, tuproq qatlami, agrokimyoviy ko'rsatkich, oqsil, moy.
ABSTRACT
Amaranth is a variety of products that are in demand for different products. These nutrients include nitrogen, phosphorus and potassium recycling. In the article, the effects of phosphorus fertilizer rates and mobile phosphorus in the soil were studied in the research phase of amaranth's demand for phosphorus nutrients. For this purpose, the amount of phosphorus mineral fertilizers was studied in advance of plant growth.
Keywords. , nutrient, growth phase, dynamics, soil mobile phosphorus, mineral fertilizer, amaranth, mineral phosphorus, soil nutrient regime, gray soil, removal, growth, product, soil layer, agrochemical appearance, production, oil.
Kirish. Amarant o'simligi oqsilga boy o'simliklar qatorida eng yuqori o'rinlarni egallab kelmoqda. Shuningdek o'simlik tanasida va urug'ida to'planadigan moylar miqdori ham yuqori hisoblanadi. Bu esa inson va hayvonot dunyosining oqsil va moylarga bo'lgan talabini yuqori darajada qondirishga yetarli va bu borada amarantning mahsuldorligi yuqori hisoblanadi. Amaranth donasi (Amaranthus cruentus L.) 800 dan ortiq turga ega Amaranthaceae oilasiga kiradi (Grubben, 1976). Amaranth donining urug'i makkajo'xori, bug'doy, jo'xori, arpa va javdar kabi asosiy oziq-ovqat donalariga nisbatan nisbatan yuqori
May 12-13
1168
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
to'yimli qiymati, ayniqsa oqsil miqdori uchun muhimdir (Luis, 1992). U ko'plab oziq-ovqat mahsulotlari, qo'shimchalar va qo'shimchalarga qayta ishlanadi (Bressani, 1988, 1989; Akingbala va boshqalar, 1994; Dehiya va Kapur, 1994; Ojo va boshq. 2007). Sanoatda amarant donidan o'simlik siyoh ishlab chiqarishda foydalanish mumkin va issiqqonli hayvonlar uchun ozuqa sifatida qayta ishlanishi mumkin. U qurg'oqchilikka chidamli va potensial ekin sifatida tropiklarga juda moslashadi (Piha, 1995). Shunday qilib, oziq-ovqat savatini diversifikatsiya qilish va yaxshilash, bu esa so'nggi o'ttiz yillikda aholi jon boshiga oziq-ovqat ishlab chiqarish doimiy ravishda pasayib ketgan Sahroi Kabir mintaqasining oziq-ovqat xavfsizligiga hissa qo'shish uchun muhimdir (XTTB, 1989). Tropik tuproqlarda ko'pincha mavjud fosfor (P) past bo'ladi va shuning uchun uni optimal ekinlar o'sishi va hosildorligi uchun, ayniqsa donli amaranth kabi tez o'sadigan yillik ekinlar uchun qo'llashni talab qiladi (Pritchett, 1976; Kanabor, 1978; Mokwunye, 1979; 1981; Zapata. Axmann, 1995; Casanova, 1995; Manske va boshqalar. 2002; Ojo, va boshqalar. 2007).
Foydalanilgan materiallar va usullar. Dala tajribalarini Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali o'quv tajriba xo'jaligi "Extension center"ning tuproqlarida o'tkazildi. Tadqiqot obyekti sifatida o'tloq bo'z tuproqlar va amarantning Xarkovskiy-1 navi olindi.
Amarantning asosiy ekin sifatida o'sib rivojlanishi, oziqlanishini o'rganish uchun dalaga ekiladi va o'suv fazalari bo'yicha biometrik o'lchashlar va fenologik kuzatuvlar o'tkazildi. Azotli o'g'itlar ammiakli selitra - NH4NO3 (34,5% N), fosforli o'g'it murakkab o'g'it bo'lgan ammofos - NH4H2PO4 (11% N va 46% P2O5), kaliyli Dala tajribasi obe'kti, metodlari va materiallar. Tajriba uchun jami 108 m maydon tanlandi va tajriba 6 ta variant va 4 ta takrorlikda olib borildi. Dala tajribalari va barcha tahlillar "Metodbi agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivntix xlopkovtix rayonax" qo'llanmalarida keltirilgan uslublar asosida amalga oshirildi va olingan ma'lumotlar B.A.Dospexov (1985) bo'yicha tahlil qilindi.
Olingan natijalar va ularning ahamiyati ma'nosi: Amarant uchun muhim oziq moddalardan biri tuproqdagi harakatchan fosfor hisoblanadi. O'tloqi bo'z tuproqlarda qabul qilingan tasnif bo'yicha tuproqda fosfor miqdori kam bo'lishi aniqlandi. Ushbu tuproqlarda tabiiy
May 12-13
1169
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
sharoitda fosforli mineral o'g'itlar miqdori oshirib borish asosida kuzatildi. Faqat, erta bahordan iyul oyining uchinchi dekadasigacha tuproqda harakatchan fosfor miqdori biroz ortib bordi, keyin esa biroz kamaydi. Bunda tuproqning harakatchan fosfor bo'yicha fosfat rejimi muhim ahamiyatga ega. Chunki fosforli o'g'itlardagi fosforning ko'p qisimini o'simlik o'zlashtira olmaydigan fosfatlarga o'tib ketishi extimoli juda yuqori. Tadqiqotlarni ko'rsatishicha o'g'itsiz nazorat variantida tabiiy holda tuproqda harakatchan fosfor miqdori kam bo'ladi. Uning miqdori erta bohorodan yoz oylarining oxirigacha ortib boradi. Amarantni o'suv davri oxiriga kelib kamaya boshladi. Fosforli o'g'itlar yuqori me'yorda qo'llanilgan variantlarda, ya'ni FON+R180 variantida tuproqda harakatchan fosfor miqdori sezilarli ortdi. Masalan, 2022 yil o'tkazilgan tadqiqotda nazorat variantida tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori 10-aprelda 10.3 mg/kg tuproqda, 10 mayda 12.6 mg/kg,10-iyunda 14.5 mg/kg, 10-avgustda 13.5 mg/kg tuproqda bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkichlar ushbu sanalarga mos ravishda N250K200 fon variantida 17.5; 18.6;19.8;14.6 mg/kg tuproqda bo'lishi ma'lum bo'ldi. Xuddi shunga o'xshash ma'lumotlar fosforli o'g'itlar qo'llanilgan tadqiqotlarda ham kuzatildi. N250K200 fonida fosforli o'g'itlarni 90; 120; 150 va 180 kg/ga me'yorlarda qo'llash tuproqdagi harakatchan fosfor miqdoriga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Bunda fosforli o'g'itlar me'yori ortib borishi bilan tuproqda harakatchan fosfor miqdori ham ortib bordi. Azotli va kaliyli o'g'itlar qo'llanilgan variant ya'ni N250K200 variantida o'tloq bo'z tuproqda harakatchan fosfor miqdori keskin kamaydi. Bu asosan fosforli o'g'itlarni qo'llash bilan bog'liq. Chunki fosforli o'g'itlar tuproqdagi harakatchan fosfor miqdorini keskin oshiradi.
Xulosalar. Demak, tabiiy xoldagi tuproqda harakatchan shakldagi fosfor miqdori kam bo'ladi. Bu tadqiqotlarimizni nazarot (o'g'itsiz) variantida kuzatildi. Fosforli o'g'itlar me'yorini 90-180 kg/gacha ortishi natijasida o'tloq bo'z tuproqlar tarkibidagi harakatchan fosfor miqdorini ishonarli oshiradi va fosfat rejimi va dinamikasiga ijobiy ta'sir qiladi.
REFERENCES
1. Шониёзов Б.К., Ортиков Т.К Внесение удобрений и формирование урожая амаранта //Журнал Актуалные проблемы современной науки, Москва, 2022 № 2 (125). -С.35-39
2. Дала тажрибаларини утказиш услуби. Т. УзПИТИ, 2007. -145 б.
3. Машрабов М.И., Хайитов М. Изменение фосфатного режима почв с карбонатно-магниевым засолением, под
May 12-13
1170
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
влиянием новых комплексных удобрений, при возделивании хлопчатника // Журнал Актуалные проблемы современной науки. № 4(95). Москва, 2017. - С.
4. Mashrabov M., Maxmatmurodov A EFFECTS OF PHOSPHOR STORAGE FERTILIZERS ON PHOSPHATE REGIME AND CABBAGE YIELD OF TYPICAL GRAY SOILS PLANT CELL BIOTECHNOLOGY AND MOLECULAR BIOLOGY. 2021 - Volume 22 [Issue 55-56]. EUROPE: International Knowledge Press, S107, 3 Hardman Square, Spinning fields, Manchester, M3 3EB, UK. Page: 33-41
5. Умурзаков Э.У., Пулатов О.А. Биоэкология и способы регулирования количествами насекомых на плантациях орехов в условиях Узбекистана // Ж. Актуальные проблемы современной науки, Москва,- 2019, 6, с.183-185.
267- 270
May 12-13