Научная статья на тему 'SHIRIN QALAMPIR YETISHTIRISHDA FOSFOR SAQLOVCHI Ps-agro OʻGʻIT ME’YORLARINING TA’SIRI'

SHIRIN QALAMPIR YETISHTIRISHDA FOSFOR SAQLOVCHI Ps-agro OʻGʻIT ME’YORLARINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

18
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sabzavot / shirin qalampir / oziqlanish / mineral oʻgʻit / fosfor saqlovchi oʻgʻit / ammofos / Ps-agro / kaliyli o`g`it / o`g`it me‟yori / oʻsish / rivojlanish / hosildorlik / hosil sifati / olib chiqish. / Vegetables / sweet pepper / nutrition / mineral fertilizer / phosphorus-retaining fertilizer / ammophos / Ps-agro potash fertilizer / fertilizer rate / growth / development / productivity / crop quality / extraction.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Sh. Normamatov, M. I. Mashrabov

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani oʻtloqi-boʻz tuproqlar sharoitida shirin qalampir yetishtirishda fosfor saqlovchi oʻgʻitlar oʻrganilgan. PS-agro oʻgʻit me‟yorining oshib borishi bilan harakatchan fosfor miqdori ham parallel ravishda oshib bordi. Eng yuqori koʻrsatkich 140 kg/ga qoʻllanilgan variantda qulay fosfat rejimini hosil qilib, dastlabki miqdoriga nisbatan 1-3 mg/kg ga oshishiga olib kelgan. Fosfor saqlovchi oʻgʻitlar 100 kg/ga qoʻllanilgan Ammofos variantida 359,2 s/ga, Suprefos NS variantida 358,8 va PS-agro oʻgʻit qoʻllanilgan variantda esa 359 s/ga hosil olindi. Nazorat variantiga nisbatan mos ravishda 214,4; 214 va 214,2 s/ga qoʻshimcha hosil olingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Phosphorus-containing fertilizers were studied in the cultivation of sweet pepper in the conditions of meadow-gray soils of Okdarya district, Samarkand region. With the increase in the amount of PS-agro fertilizer, the amount of mobile phosphorus also increased in parallel. The highest rate was 140 kg/ha, which resulted in an increase of 1-3 mg/kg compared to the initial amount, creating a favorable phosphate regime. 359.2 s/ha were obtained in Ammofos option, 358.8 in Suprefos NS option, and 359 s/ha in the option where PS-agro fertilizer was used. 214.4, respectively, compared to the control variant; Additional yield of 214 and 214.2 s/ha was obtained.

Текст научной работы на тему «SHIRIN QALAMPIR YETISHTIRISHDA FOSFOR SAQLOVCHI Ps-agro OʻGʻIT ME’YORLARINING TA’SIRI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

SHIRIN QALAMPIR YETISHTIRISHDA FOSFOR SAQLOVCHI Ps-agro

O'G'IT ME'YORLARINING TA'SIRI

Sh. Normamatov

assistent ToshDAU SF

M. I. Mashrabov

q.x.f.f.d., dotsent ToshDAU SF

ANNOTATSIYA

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani o'tloqi-bo'z tuproqlar sharoitida shirin qalampir yetishtirishda fosfor saqlovchi o'g'itlar o'rganilgan. PS-agro o'g'it me'yorining oshib borishi bilan harakatchan fosfor miqdori ham parallel ravishda oshib bordi. Eng yuqori ko'rsatkich 140 kg/ga qo'llanilgan variantda qulay fosfat rejimini hosil qilib, dastlabki miqdoriga nisbatan 1-3 mg/kg ga oshishiga olib kelgan. Fosfor saqlovchi o'g'itlar 100 kg/ga qo'llanilgan Ammofos variantida 359,2 s/ga, Suprefos NS variantida 358,8 va PS-agro o'g'it qo'llanilgan variantda esa 359 s/ga hosil olindi. Nazorat variantiga nisbatan mos ravishda 214,4; 214 va 214,2 s/ga qo'shimcha hosil olingan.

Kalit so'zlar. Sabzavot, shirin qalampir, oziqlanish, mineral o'g'it, fosfor saqlovchi o'g'it, ammofos, Ps-agro, kaliyli o'g'it, o'g'it me'yori, o'sish, rivojlanish, hosildorlik, hosil sifati, olib chiqish.

ABSTRACT

Phosphorus-containing fertilizers were studied in the cultivation of sweet pepper in the conditions of meadow-gray soils of Okdarya district, Samarkand region. With the increase in the amount of PS-agro fertilizer, the amount of mobile phosphorus also increased in parallel. The highest rate was 140 kg/ha, which resulted in an increase of 1-3 mg/kg compared to the initial amount, creating a favorable phosphate regime. 359.2 s/ha were obtained in Ammofos option, 358.8 in Suprefos NS option, and 359 s/ha in the option where PS-agro fertilizer was used. 214.4, respectively, compared to the control variant; Additional yield of 214 and 214.2 s/ha was obtained.

Keywords. Vegetables, sweet pepper, nutrition, mineral fertilizer, phosphorus-retaining fertilizer, ammophos, Ps-agro,

May 12-13

1131

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

potash fertilizer, fertilizer rate, growth, development, productivity, crop quality, extraction.

Kirish. Shirin qalampir ituzumdoshlar oilasi - Solanaceae Pers., Capsicum Tourn. turkumiga mansub bir yillik ekin sifatida yetishtiriladi. Ammo, u tropik mamlakatlarda va himoyalangan maydonlarda ko'p yillik ekin sifatida yetishtirilishi mumkin. Uning vatani Meksika va Gvatemala mamlakatlaridir. Madaniy turlardan C.annuum L. juda polimorf bo'lib eng keng tarqalgan hisoblanadi. Bizning mamlakatimiz sabzavotchiligida ham u amaliy ahamiyatga ega bo'lgan yagona tur hisoblanadi.

Shirin qalampir tarkibida C vitamini boshqa sabzavotlarga nisbatan ko'p bo'lib, texnik pishganda uning miqdori 150-170 mg-%, biologik pishganda yoki qizil mevalarida esa 480 mg-% gacha bo'ladi. Karotin miqdori (9-12 mg-%) jihatidan u sabziga tenglashtiriladi. B guruhga kiruvchi vitaminlar miqdori jihatidan sabzavot ekinlari orasida yetakchi o'rinni egallaydi. Tarkibidagi Vitamin - antioksidantlar A, C, E va boshqalar inson immun tizimini shakllantirishda juda katta yordam beradi [2, 3, 7].

Dunyo bo'yicha 2020 yilda shirin qalampir yetishtirish bo'yicha Xitoy 16,65 mln tonna (53 %) bilan birinchi o'rinda turadi, Meksika 2,82 mln tonna (9 %), Indoneziya 2,77 mln tonna (8,8 %, Turkiya 2,64 (8,4%) 5 talikda o'rin egallaydi [4, 5, 6, 8].

Respublikamizda 2021 yilda jami 9629 ga asosiy ekin sifatida, 1799 ga maydonga takroriy ekin sifatida, bog' va uzumzor qator oralariga esa 1272 ga maydonga ekilgan [1].

Hozirgi vaqtda insonlar immun tizimini yaxshilash, sabzavot ekinlariga bo'lgan talabni qondirish uchun sabzavot ekinlaridan, jumladan shirin qalampirdan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda mineral o'g'itlarning ahamiyati juda katta. Shirin qalampirning oziqlanishida fosfor saqlovchi o'g'itlarni turli tuproq iqlim sharoitlarida qo'llash muddatlari va me'yorlarni o'rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Shirin qalampir bo'z tuproqlar sharoitida gektariga 120 - 200 kg azot, 140 -150 fosfor, 90 - 100 kg kaliy; o'tloq va o'tloq botqoq tuproqlarda esa azot 140 - 150, fosfor 140 - 150, kaliy 100 kg hisobida beriladi. Organik o'g'it (go'ng) bir gektar maydonga 20 - 30 tonna, fosfor yillik me'yorining 50 % i, kaliyning yillik me'yorini 50 % i shudgor ostiga, fosforning 25 % i bilan azotning 15 - 20 % i egat olishda beriladi. Qolgan azot va kaliy me'yorlarini teng

May 12-13

1132

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

yarmí ko'chatlar tutib olganda, qolgan ikkinchi yarmi esa meva tugish davrida solinadi [4, 5, 9, 10].

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani o'tloqi-bo'z tuproqlar sharoitida shirin qalampir yetishtirishda fosfor saqlovchi o'g'it turlari va me'yorlarini ta'siri o'rganish maqsadida dala tajribalari olib birolmoqda.

Foydalanilgan materiallar va usullar. Dala tajribalar 8 variant 4 takrorlikda, dalaning uzunligi 20 m, eni 2,8 m, bitta paykalning maydoni 56 m , hisobga olinadigan maydon esa 28 m , paykallar to'rt yarus qilib joylashtirildi.

Tajriba obyekti - Tadqiqot obyekti sifatida fosfor saqlovchi o'g'itlardan ammofos (Pam) 11-12 % N, 46 % - P2O5, Ps-agro (Pps-agro) 4-6 % N, 41-44 %, P2O5, 57 % SO3 saqlaydi. Azotli o'g'it sifatida NH4NO3 (N - 34,5) va kaliyli o'g'it sifatida KCl (K2O - 56-60 %) ishlatildi.

Dala va laboratoriya tadqiqotlari tuproqshunoslik va agrokimyoda umumqabul qilingan uslublar asosida olib borildi. Tuproq, o'simlik tahlillari umumqabul qilingan standart uslublar bo'yicha amalga oshirildi. Hosil barcha paykallarning hisob-kitob qatorlaridagi mahsulotni alohida yig'ishtirib olish yo'li bilan aniqlandi.

Olingan ma'lumotlar B.A. Dospexov bo'yicha dispersion tahlil yo'li bilan matematik-statistik tahlil qilindi.

Tuproqning haydov qatlamida gumus miqdori 1,15 %, yalpi oziq moddalar (NPK) mos ravishda 0,094; 0,10 va 2,1 % ni tashkil etgan bo'lsa, tuproqning muhit reaksiyasi 7,2 ga teng. Harakatchan oziq moddalar bilan juda kam, kam va o'rtacha ta'minlanganligi aniqlandi.

Olingan natijalar va ularning tahlili. Tadqiqotlarimizda tuproq tarkibidagi harakatchan fosforning dastlabki miqdori deyarli bir xil (21,5 mg/kg) bo'lgan bo'lsa, o'g'itsiz nazorat va N200K90 variantlarida shirin qalampirning dastlabki rivojlanish fazasida biroz oshib, keyingi rivojlanish fazalarida kamayib bordi. Turli fosfor saqlovchi o'g'itlar qo'llanilganda harakatchan fosfor miqdori deyarli bir xil bo'lgan bo'lsa, o'g'it me'yorining oshib borishi bilan harakatchan fosfor miqdori oshib bordi (1 - rasm.).

N200K90 fonida ammofos o'g'itini 100 kg/ga qo'llanilgan variantda o'g'itlashdan oldin 21,6 mg/kg bo'lgan bo'lsa, ko'chat o'tqazishda 46,3; gullash fazasida 40,4, texnik yetilish fazasida esa 32,7 mg/kg ni tashkil etib, vegetasiya oxirida 23,4 mg/kg, dastlabki miqdoriga nisbatan 1,8 mg/kg ko'p bo'lib, shirin qalampirning rivojlanish fazalari bo'yicha yetarli miqdorda fosfor bilan ta'minlab turdi.

May 12-13

1133

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

s 60

•s

o ■a

•ST 50

s

«

si

40

30

20

10

■O'g'itsiz -nazorat Fon + P ammofos (100 Kg/ga) Fon +P ps-agro (80 Kg/ga) Fon +P ps-agro (120 Kg/ga)

N200K90 - fon

Fon + P suprefos NS (100 Kg/ga) Fon +P ps-agro (100 Kg/ga) Fon +P ps-agro (140 Kg/ga)

O'g'itlashdan oldin Ko'chat o'tqazish

Gullash

Texnik etilish Vegetatsiya oxiri

Rivojlanish fazalari

1 - rasm. Fosfor saqlovchi o'g'itlarni tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor miqdoriga ta'siri, mg/kg R2O5

PS-agro o'g'it me'yorining oshib borishi bilan harakatchan fosfor miqdori ham parallel ravishda oshib bordi. Eng yuqori qo'rsatkich 140 kg/ga qo'llanilgan variantda aniqlandi. Qo'llanilgan fosfor saqlovchi o'g'it me'yorlarining oshib borishi bilan tuproqlar qulay fosfat rejimini hosil qilib, dastlabki miqdoriga nisbatan 1-3 mg/kg ga oshishiga olib keldi.

Tadqiqotlarmizda 2021 yili o'rtacha nazorat variantida 146,7 s/ga xosil olingan bo'lib, N200K90 variantida 268,1 s/ga ni tashkil etdi. Turli fosfor saqlovchi o'g'itlar qo'llanilganda 357,6 - 369,7 s/ga gacha hosil olindi. PS-agro o'g'it me'yorining oshib borishi bilan hosildorlik oshib bordi. Eng yuqori hosil PS-agro o'g'iti N200K90 fonida 140 kg/ga qo'llanilgan variantda 369,7 s/ga, o'g'itsiz nazorat variantiga nisbatan 223 s/ga hosil olindi (2 - rasm.). Ishonarli qo'shimcha hosil N200K90 fonida turli fosfor saqlovchi o'g'itlar100 kg/ga qo'llanilgan olindi.

0

May 12-13

1134

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

700 600 500 400 300 200 100 0

lO'rtacha hosil

i Nazoratga nisbatan qo'shimcha hosil

210,9

121

,4

268,1

357,6

206,3

353

179,5

326,6

209,9

356,6

215,8

360

223

369,7

N200K90 -fon

Fon + P Fon + P Fon +P ps- Fon +P ps- Fon +P ps- Fon +P ps-ammofos suprefos NS agro (80 agro (100 agro (120 agro (140 (100 Kg/ga) (100 Kg/ga) Kg/ga) Kg/ga) Kg/ga) Kg/ga)

2 - rasm. Fosforli o'g'it turlari va me'yorlarni shirin qalampir hosiliga ta'siri.

Turli fosfor saqlovchi o'g'itlar bir me'yorda qo'llanilganda deyarli bir xil hosil yetishtirildi. Jumladan. Fosfor saqlovchi o'g'itlar 100 kg/ga qo'llanilgan Ammofos variantida 359,2 s/ga, Suprefos NS variantida 358,8 va PS-agro o'g'it qo'llanilgan variantda esa 359 s/ga hosil olindi. Nazorat variantiga nisbatan mos ravishda 214,4; 214 va 214,2 s/ga qo'shimcha hosil olinganligi aniqlandi.

Xulosa. Samarqand viloyati o'tloqi - bo'z tuproqlar sharoitida qo'llanilgan fosfor saqlovchi o'g'it me'yorlarining oshib borishi bilan tuproqlar qulay fosfat rejimini hosil qilib, dastlabki miqdoriga nisbatan 3 mg/kg ga oshishiga olib keldi. Fosfor saqlovchi o'g'it me'yorlarining oshib borishi bilan shirin qalampir hosildorligi 326,6 - 369,7 s/ga oshib bordi. Fosfor saqlovchi o'g'itlar bir xil me'yorda qo'lllanilganda teng ahamiyatga ega bo'lgan. O'tloqi - bo'z tuproqlar sharoitida shirin qlampirdan yuqori va sifatli hosil yetishtirish uchun N200K90 fonida fosfor saqlaovchi o'g'itlarni 100 kg/ga qo'llash tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 mart, 121-sonli "Mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish va 2021 yil hosili uchun qishloq xo'jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish to'g'risida" gi qarori. Toshkent. 2021 yil 4 mart.

2. Mashrabov M.I. Normamatov Sh. Shirin qalampirdan yuqori hosil yetishtirish imkoniyati. O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari.

May 12-13

1135

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 5-6 oktabr, 2022 yil. Academic research in educational sciences (ARES). Volume 3. -P. 290-293.

3. Mashrabov M.I., Makhmatmurodov A.U., Kadirova G.A.THE CHANGING OF PHOSPHATE REGIME OF SOILS WITH CARBON-MAGNESIA SALTING UNDER THE INFLUENCE OF NEW COMPLEX FERTILIZERS AT COTTON CULTIVATION. Academic Research in Educational Sciences Volume 3. Special Issue 1. 2022. -Р. 64-74.

4. Xayitov M.A., Mashrabov M.I. Zarafshon vodiysi sug'oriladigan tuproqlari fosfat rejimi shakllanishining ilmiy asoslari. Monografiya. "Navro'z" 2018. 238 bet.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

5. Хайитов М, Машрабов М., Давирова М, Бобоева Х Зарафшон водийси типик буз тупрокларида ширин калампирни угитлаш. // Узбекистон кишлок хужалиги. Тошкент, 2018 йил. - №9. -Б. 39.

6. Хайитов М, Машрабов М. Сабзавот ва картошкада юкори ва сифатли хрсил етиштириш имконияти. // Agro ilm. O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi. Тошкент, 2021 йил. - №4 (74). -Б. 40-41.

7. Rizaev Sh., Maxmatmurodov A., Djuraev A., Sharipov K. Common weeds in winter wheat fields and measures to control them. Plant Cell Biotechnology and Molecular Biology 22(33&34): 551-558; England. 2021 ISSN: 0972-2025.

8. Sultanbekova, R., Ortiqov, T. Q, Shoniyozov B.K Azotli o'g'itlar me'yorlarining tuproqdagi mineral azot miqdoriga ta'siri. O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 5-6 oktabr, 2022 yil. Academic research in educational sciences (ARES). Volume 3. -P. 665-668

9. Shoniyozov B.K, Ortiqov B.K, Usmonov R Mineral va organik o'g'itlarni amarant yetishtirishda oziq moddalar balansiga ta'siri. O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 5-6 oktabr, 2022 yil. Academic research in educational sciences (ARES). Volume 3. -P. -659-664

10. Shoniyozov B.K., Hoshimov, F.H., Ortiqov, T.Q., & Usmonov, R. Amarant etishtirishda oziq moddalar balansiga azotli o'g'itlarning ta'siri. O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi. 5-6 oktabr, 2022 yil. Academic research in educational sciences (ARES). Volume 3. -P. 861-867

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.