Научная статья на тему 'SUG‘ORISH EROZIYASIGA UCHRAGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA KUZGI BUG‘DOY DON HOSILI VA HOSIL STRUKTURASIGA FOSFORLI O‘G‘ITLARNING TA’SIRI'

SUG‘ORISH EROZIYASIGA UCHRAGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA KUZGI BUG‘DOY DON HOSILI VA HOSIL STRUKTURASIGA FOSFORLI O‘G‘ITLARNING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

27
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sug„orish eroziyasi / tipik bo„z tuproq / kuzgi bug„doy / fosforli o„g„it / yuvilmagan / yuvilgan / oqova to„plangan / hosil strukturasi / hosildorlik. / Irrigation erosion / typical gray soil / winter wheat / phosphorus fertilizer / unwashed / washed / runoff / crop structure / productivity

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — D. Aralova, K. Bozorov

Sug„orish eroziyasiga uchragan tipik bo„z tuproqlar sharoitida kuzgi bug„doyni oziqlantirishda fosforli o„g„itlarni N200K100 kg/ga fonida fosforli o„g„itlarni maydonning tuprog„i yuvilish darajasiga qarab tabaqalashtirib qo„llash hisobiga ekin maydonining tuprog„i yuvilgan qismida ham tuprog„i yuvilmagan maydondagi kabi yuqori hamda sifatli don hosili yetishtirish mumkinligi tadqiqot natijalari asosida aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The soil of the crop field due to the application of phosphorous fertilizers at the rate of N200K100 kg/ha in winter wheat feeding under the conditions of typical gray soils subjected to irrigation erosion, stratified according to the degree of leaching of the soil of the field Based on the results of the research, it was determined that it is possible to grow high-quality grain crops in the washed area as well as in the unwashed area.

Текст научной работы на тему «SUG‘ORISH EROZIYASIGA UCHRAGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA KUZGI BUG‘DOY DON HOSILI VA HOSIL STRUKTURASIGA FOSFORLI O‘G‘ITLARNING TA’SIRI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

SUG'ORISH EROZIYASIGA UCHRAGAN TIPIK BO'Z TUPROQLAR SHAROITIDA KUZGI BUG'DOY DON HOSILI VA HOSIL STRUKTURASIGA FOSFORLI O'G'ITLARNING TA'SIRI

D. Aralova

TDAU Samarqand filiali magistranti

K. Bozorov

TDAU Samarqand filiali dotsenti

ANNOTATSIYA

Sug'orish eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlar sharoitida kuzgi bug'doyni oziqlantirishda fosforli o'g'itlarni N200K100 kg/ga fonida fosforli o'g'itlarni maydonning tuprog'i yuvilish darajasiga qarab tabaqalashtirib qo'llash hisobiga ekin maydonining tuprog'i yuvilgan qismida ham tuprog'i yuvilmagan maydondagi kabi yuqori hamda sifatli don hosili yetishtirish mumkinligi tadqiqot natijalari asosida aniqlangan.

Kalit so'zlar: Sug'orish eroziyasi, tipik bo'z tuproq, kuzgi bug'doy, fosforli o'g'it, yuvilmagan, yuvilgan, oqova to'plangan, hosil strukturasi, hosildorlik.

ABSTRACT

The soil of the crop field due to the application of phosphorous fertilizers at the rate of N200K100 kg/ha in winter wheat feeding under the conditions of typical gray soils subjected to irrigation erosion, stratified according to the degree of leaching of the soil of the field Based on the results of the research, it was determined that it is possible to grow high-quality grain crops in the washed area as well as in the unwashed area.

Keywords: Irrigation erosion, typical gray soil, winter wheat, phosphorus fertilizer, unwashed, washed, runoff, crop structure, productivity

Kirish. Bugungi kunda Samarqand viloyatida sug'orish eroziyasiga uchragan maydonlar 121,9 ming/ga teng bo'lib, ushbu maydonlarda yetishtirilayotgan g'o'za, bug'doy, makkajo'xori va boshqa ekinlar hosildorligi eroziyaga chalinmagan yerlardagiga nisbatan o'rtacha 25-30, ayrim maydonlarda 30-40 % ga kam hamda yetishtirilgan mahsulot sifati juda past bo'ladi.

May 12-13

1084

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Eroziya jarayonlari bo'z tuproqlar unumdorligini keskin pasaytirib yuboradi hamda ekin maydonlarining rel'efi hisobga olinmay, agrotexnologik tadbirlarni o'tkazilishi, zamonaviy texnikalar bilan qayta-qayta tuproqqa ishlov berilishi natijasida tuproqning haydalma qatlamini haddan tashqari zichlanishiga va suvni tuproqqa singishini qiyinlashishiga sabab bo'ladi. Bu esa, unumdor tuproqni oqova bilan zovur va kanallarga tushishiga hamda ushbu tuproqlar tarkibidagi o'simlik uchun zarur bo'lgan oziqa moddlarni daladan oqizilib ketishiga olib keladi. Bu jarayon, o'z navbatida, bo'z tuproqlarning suv-fizikaviy, agrokimyoviy, mikrobiologik xossa-xususiyatlarini yomonlashuviga, ekin maydonlari tuproqlarining unumdorligini pasayib ketishiga olib keladi va natijada, bunday sharoitda yetishtirilayotgan kuzgi bug'doyning don hosilini kamaytirib, don sifatini buzilishi qishloq xo'jaligi uchun katta iqtissodiy-ekologik zarar keltiradi.

Bugungi kunda sug'orish eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlar sharoitida o'stirilayotgan kuzgi bug'doy uchun yerlarni shudgorlash usullarini va fosforli o'g'itlar me'yorlarini tuproq unumdorligi (tuprog'i yuvilmagan, yuvilgan va oqova to'plangan) turlicha bo'lgan yerlarda ilmiy amaliy jihatdan asoslash hamda bunday yerlarda yetishtirilayotgan kuzgi bug'doy hosildorligini va don sifatini oshirish davr talabi bo'lib, mavzuni g'allachilikni eng dolzarb masalalaridan biriga qaratilganini ko'rsatadi.

Material va metodlar. 2021-2022 yillarda Samarqand viloyati Bulun 'ur tumanining "Rustambek" fermer xo'jaligining irrigatsiya eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlari sharoitida dala tajribalari o'tkazildi. Tajriba dalasida har bir paykalchaning umumiy maydoni 560 m (egat uzunligi 100 m, eni 8 qator 5,6 m), shundan hisobga olingani 280 m . Variantlar soni 5 ta, tajriba 4 qaytariqda bo'lib, variantlar sistematik ravishda bir yarusda joylashtirilib, ilmiy tadqiqot ishlarimiz respublikamizda umumqabul qilingan uslubiy qo'llanmalar va tavsiyalar bo'yicha olib borildi. Tajriba dalasiga viloyatda asosiy maydonlarga rejalashtirilgan kuzgi bug'doyning "Zimnitsa" navini urug'lari qator orasi 60x60 sm qilib, SZ seyalkasida 4-5 sm chuqurlikka, gektariga 5 mln dona unuvchan urug' hisobida oktyabr oyining birinchi va ikkinchi o'n kunliklarida ekildi. Mineral o'g'itlar quyidagicha qo'llanildi: fosforli o'g'itlarning yillik me'yorini 80 % shudgor ostiga, qolgan 20 % urug'larni ekish bilan bir vaqtda, kaliyning barcha yillik me'yori shudgor ostiga, azotli o'g'itlarning yillik me'yori teng ikkiga bo'linib, o'simlikning amal davrida berildi.

Natijalar va ularning tahlili. O'zbekistonning ma'lum tuproq iqlim sharoitiga ega bo'lgan hududlarida ekiladigan

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

qishloq xo'jalik ekinlari, shu jumladan,kuzgi bug'doyni hosildorligini oshirishning muhim omillaridan hisoblanadigan oziqlanish sharoitini to'g'ri belgilash, eng maqbul fosforli o'g'itlar meyorlarini to'g'ri belgilash muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun xam sug'oriladigan eroziyaga uchragan tipik bo'z tuproqlar sharoitida kuzgi bug'doyning fosforli oziqlanishini tuproqni yuvilish darajasini hisobga olgan holda o'rganish va aniqlash dolzarb muammo hisoblanadi. Bizning 2021 yil kuzidan boshlab o'tkazgan tajribalarimizning asosiy maqsadi shu muammoni yechishga qaratildi.

Sug'orish eroziyasiga uchragan yerlarda qo'llanilgan tuproqqa ishlov berish usullari va fosforli o'g'itlar meyorlari kuzgi bug'doy donlarining shakllanishi va yetilish darajalariga samarali tasir ko'rsatadi. Sug'orish eroziyasiga uchramagan, yani tuprog'i sug'orish tasirida yuvilmagan maydonlarda, nazorat paykalchalarda o'stirilgan kuzgi bug'doy boshoqlarining uzunligi 8,3 sm, undagi boshoqchalar soni 17,5; boshoqdagi donlar miqdori 46,6 donani va don vazni 1,65 grammni tashkil qildi. Ko'rsatib o'tilgan maydonlarda, gektariga 200 kg azot va 100 kg kaliy qo'llanilgan paykalchalarda esa bu ko'rsatkichlar mos ravishda 8,7 sm; 19,7; 47,5 dona va 1,72 grammga teng bo'ldi. Ushbu maydonlarda N200K100 kg/ga fonida fosforni 60 kg dan 140 kg gacha oshirib qo'llanilganda boshoq uzunligi 9,0-10,5 sm, boshoqdagi boshoqchalar 20,6-22,5, undagi donlar soni 49,3-50,8 donani hamda bir boshoqdagi donlar massasi 1,78-1,94 grammga teng bo'ldi.

Sug'orish eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlar sharoitida o'stirilgan kuzgi bug'doyning hosildorlik ko'rsatkichi bilan bir qatorda, yetishtirilgan donlarning sifati ham muhim ahamiyatga ega. Bunday sharoitda yetishtirilgan bug'doy donidan tayyorlanadigan non va har xil oziq-ovqat mahsulotlarining to'yimdorlik darajasi donning kimyoviy tarkibiga, eng muhimi, undagi oqsil va kleykovina miqdoriga bog'liq.

Keltirilgan jadval ma'lumotlarining ko'rsatishicha, don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdorlari tuproqlarning yuvilish darajasi va qo'llanilgan tuproqa ishlov berish usullari va fosforli o'g'itlar me'yorlariga bog'liq holda o'zgardi. Tajriba dalasining tuprog'i yuvilmagan maydonida o'g'it ishlatilmaganda yetishtirilgan bug'doy doni tarkibidagi oqsil 13,5% va kleykovina 28,3% ni tashkil etgan bo'lsa, faqat azot-kaliy qo'llanilganda bu ko'rsatkichlar mos ravishda 14,1 va 29,7% ga, ushbu fonda gektariga 60-100 kg P2O5 qo'llanilganda oqsil miqdori 14,6-15,6%, kleykovina 30,5-31,6% yoki har bir gektar hisobiga 645,3-805,4 kg oqsil va 1348-1637 kg kleykovina yetishtirildi.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Tuprog'i kuchli yuvilgan maydonlarda eng ko'p oqsil va kleykovina gektariga N200P140K100 kg qo'llanilgan variantlarida mos ravishda 15,8% va 31,7% yoki gektar hisobiga 769 kg oqsil va 11543,3 kg kleykovina olishni ta'minlandi. Oqova to'plangan maydonlarda oqsil va kleykovina miqdori bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichlar (15,9% va 31,7% mos ravishda) yoki 787 kg oqsil va 1569 kg kleykovina gektariga N200P60K100 kg ishlatilgan maydonlardan olindi.

Shunday qilib, Samarqand viloyatining sug'orish eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlari sharoitida yetishtirilgan kuzgi bug'doydan sifatli don yetishtirishda (oqsil 15,8%, kleykovina 31,7%) gektariga 200 kg azot, 100 kg kaliy fonida 140 kg P2O5 fosfor o'g'iti holida qo'llash shudgorlashni dalaning nishabligiga ko'ndalangiga o'tkazish eng yuqori samara berishi tajriba natijalari asosida aniqlandi.

Xulosalar. Sug'orish eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlar sharoitida kuzgi bug'doydan sifatli va yuqori don hosili yetishtirishda tuproqqa kontur usulida 32-35 sm chuqurlikda ishlov berilib, eroziyaga uchramagan, tuprog'i yuvilmagan maydonlarda 200 kg/ga azot 100 kg/ga kaliy fonida 100 kg/ga; eroziya ta 'sirida tuprogi kuchli yuvilgan yerlarda ko'rsatilgan azot-kaliy fonida 140 kg/ga, eroziya ta'sirida oqova toplangan maydonlarda azot va kaliy meyorlarini 30-40% ga kamaytirib, 60 kg/ga qo'llash hisobiga yuqori va ekologik toza don hosili yetishtirishni ta'minlaydi.

REFERENCES

1. Дала тажрибаларини утказиш услублари. - Т.,УзПИТИ, 2007.-135 б.

2. Сиддикрв Р., Рахимов М., Фосфорли угитларни куллаш усулларининг кузги бугдой дон хрсилига таъсири // O'zbekiston qishloq xo'jaligi. 2018. -№ 11. -Б.37.

3. Rizayev, Sh., Maxmatmurodov A., Djo'raev A., Sharifov K. Common weeds in winter wheat fields and measures to control them. Plant cell biotechnology and molecular biology, (2021). 551-558.5.

4. Dehqonov A. Eroziyaga uchragan yerlarda bug'doy yetishtirish. //J. O'zbekiston qishloq xo'jaligi - 2007 y.№ 6. 17-b.

5. Nurkabulov, Sh. (2022). kuzgi bug 'doy urug'larining don sifatlariga makro va mikro o'g'itlar hamda o'stiruvchi stimulyatorlarga bog'liqligi. academic research in educational sciences, 3(11), 617-622.

6. Tursunov Sh., Bobomirzayev P.X. Dates and norms of sowing new varieties of winter wheat on irrigated lands of the Zarafshan valley. Journal of Hunan University (Natural Sciences) Vol. 49. No. 01. January 2022.

May 12-13

1087

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.