Научная статья на тему 'TURLI FOSFORLI OG'ITLARNING OQBOSH VA GULKARAM EKINLARIGA TA'SIR SAMARADORLIGINI ORGANISH'

TURLI FOSFORLI OG'ITLARNING OQBOSH VA GULKARAM EKINLARIGA TA'SIR SAMARADORLIGINI ORGANISH Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

67
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tipik bo„z tuproq / dala tajribasi / fosfor saqlovchi o„g„it / Ammofos / Superfosfat / Nitrofos / Ps-agro / harakatchan fosfor / oqbosh karam / gulkaram / samaradorlik / Typical gray soil / field experience / phosphorus-retaining fertilizer / Ammophos / Superphosphate / Nitrophos / Ps-agro / mobile phosphorus / white cabbage / cauliflower / efficiency.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — D. Aslamov, M. I. Mashrabov, A. O. Maxmatmurodov

Samarqand viloyati tipik bo„z tuproqlar sharoitida turli fosfor saqlovchi o„g„itlar oqbosh va gul karam yetishtirishdagi samaradorligi o„rganilgan. Turli fosfor saqlovchi o„g„itlar qulay fosfat rejimini hosil qilishi aniqlangan. Turli fosfor saqlovchi o„g„itlar qo„llanilishi tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor miqdorini 40,5 mg/kg gacha oshishiga olib kelgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The effectiveness of various phosphorus-containing fertilizers in the cultivation of white cabbage and cauliflower was studied in the conditions of typical gray soils of Samarkand region. Various phosphorus-containing fertilizers have been found to produce a favorable phosphate regime. The use of various phosphorus-retaining fertilizers increased the amount of mobile phosphorus in the soil up to 40.5 mg/kg.

Текст научной работы на тему «TURLI FOSFORLI OG'ITLARNING OQBOSH VA GULKARAM EKINLARIGA TA'SIR SAMARADORLIGINI ORGANISH»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

TURLI FOSFORLI OG'ITLARNING OQBOSH VA GULKARAM EKINLARIGA TA'SIR SAMARADORLIGINI ORGANISH

D. Aslamov

doktorant ToshDAU SF

M. I. Mashrabov

dosent ToshDAU SF

A. O. Maxmatmurodov

dosent ToshDAU SF

ANNOTATSIYA

Samarqand viloyati tipik bo„z tuproqlar sharoitida turli fosfor saqlovchi o'g'itlar oqbosh va gul karam yetishtirishdagi samaradorligi o'rganilgan. Turli fosfor saqlovchi o'g'itlar qulay fosfat rejimini hosil qilishi aniqlangan. Turli fosfor saqlovchi o'g'itlar qo'llanilishi tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor miqdorini 40,5 mg/kg gacha oshishiga olib kelgan.

Kalit so'zlar. Tipik bo'z tuproq, dala tajribasi, fosfor saqlovchi o'g'it, Ammofos, Superfosfat, Nitrofos, Ps-agro, harakatchan fosfor, oqbosh karam, gulkaram, samaradorlik

ABSTRACT

The effectiveness of various phosphorus-containing fertilizers in the cultivation of white cabbage and cauliflower was studied in the conditions of typical gray soils of Samarkand region. Various phosphorus-containing fertilizers have been found to produce a favorable phosphate regime. The use of various phosphorus-retaining fertilizers increased the amount of mobile phosphorus in the soil up to 40.5 mg/kg.

Key words. Typical gray soil, field experience, phosphorus-retaining fertilizer, Ammophos, Superphosphate, Nitrophos, Ps-agro, mobile phosphorus, white cabbage, cauliflower, efficiency.

Kirish. Oqbosh karam inson salomatligi uchun juda foydali hisoblanib, uning tarkibida kandlar, kislotalar, vitaminlar (S, P, B, B2, PP, K, E) va kartin, pantoten kabi kislotalar, fermentlar, kaliy, kalsiy, yod,

May 12-13

1088

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

margans, ternir va boshqa elementlarning tuzlari bor. Karam turlari ichida tarkibining qimmatliligi bo'yicha gulkaram birinchi o'rinda turadi. Gulkaramda 9,65 % quruq modda, 1,2-5,0% qand, 1,4% gacha kletchatka, 1,5-3,3% oqsil saqlaydi. Oqsildag aminokislotalar tarkibi, sifati va nisbati jihatidan mol go'shtidan qolishmaydi. Gulkaram tarkibidagi almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar bor. Bundan tashqari C, B1, B2, B6, B9, B12, PP vitaminlariga, foliy kislotasi va kaliy, fosfor, kalsiy, natriy, magniy, temir mineral moddalariga juda boy.

Respublikamizda 2021 yilda asosiy maydonga (erta bahorda) jami 7009 ga oqbosh karam, 1867 ga maydonga esa gulkaram ekilgan bo'lsa, to'qsonbosti ekin sifatida 3501 ga maydonga oqbosh karam va 1071 ga gulkaram ekilgan. Takrooriy ekin sifatida esa mos ravishda 12641 va 2205 ga maydongan oqbosh va gulkram ekinlari ekilgan.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, meva-sabzavot eksportida oqbosh karam muhim o'rin tutadi. 2022-yilda Ozbekiston yetkazib berish bo'yicha rekordni yangiladi - 121 ming tonna, bu 2021-yildagi ko'rsatkichdan 28 foizga oshibgan.

1 tonna hosil bilan tuproqdan oqbosh karam o'rtacha 4,4 kg N, 0,98 kg P va 3,05 kg kaliyni, gulkaram esa mos ravishda 4,1; 1,4 va 4,9 kg NPK o'zlashtirib ketadi. Ortacha hosil oqbosh va gulkaram 40 tonna bo'lsa, tuproqdan katta miqdorda oziq moddalarni olib chiqib ketadi. Sabzavot ekinlari ichida oqbosh va gulkaramdan yuqori va sifati hosil yetishtirishda turli fosfor saqlovchi o'g'itlar samaradorligini o'rganish dolzarb hisoblanadi.

Samarqand viloyati tipik bo'z tuproqlar sharoitida sabzavot ekinlarini yetishtirishda turli fosfor saqlovchi o'g'itlarni tuproqqa ta'siri, jumlandan oqbosh va gul karam ekinlarini o'sishi, rivojlanishi, hosildorligi va hosil sifatiga turli fosfor saqlovchi o'g'itlarning ta'siri o'rganish bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Foydalanilgan materiallar va usullar. Dala tajribalari Samarqand viloyati Samarqand tumani sharoitida 6 variant 4 takrorlikda, turli fosfor saqlovchi o'g'itlar samaradorligi o'rganilmoqda. Tajribalar umumqabul qilingan «Биологический контрол в селском хозяйстве», «Методика физиологических исследований в овощеводстве и бахчеводстве», «Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o'tkazish metodikasi», «Ekinlarni oziqlantirishda mineral va mahalliy o'g'itlardan foydalanish bo'yicha tavsiyanomalar» asosida olib borilmoqda. Olingan ma'lumotlar B.A.Dospexov (1985) bo'yicha dispersion va V.G.Mineyev bo'yicha bioenergetik samaradorlik tahlil qilinadi.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Tuproq va o'simlik tahlillari «Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в поливных хлопковых районах», «Агрохимические методы исследования почв», «Методы агрохимических исследований почв», «Практикум по агрохимии», «Tuproqning tarkibi xossalari va analizi» kabi ilmiy qo'llanmalar asosida bajarilmoqda.

Olingan natijalar va ularning tahlili. Ozbekiston Respublikasi sharoitida oqbosh karamdan gektaridan 25-30 t hosil olish uchun bo'z tuproqli yerlarda gektariga - 150-200 kg azot, 100-150 kg fosfor hamda 75-100 kg kaliy o'tloq hamda o'tloq - botqoqli yerlarga 120-150 kg azot, 120-150 kg fosfor hamda 60-100 kg kaliy miqdorda mineral o'g'itlar solish tavsiya etilgan.

Dala tajribasi tipik bo'z tuproqlar sharoitida olib borilmoqda. Azotli o'g'itlar sifatida ammiakli selitra, fosforli o'g'itlar sifatida esa Ammofos, Superfosfat, Nitrofos va Ps-agro o'g'itlari olingan bo'lsa, kaliyli o'g'it sifatida esa kaliy xlor qo'llanildi. Tajriba dalasida mineral o'g'itlar mintaqa uchun tavsiya etilgan me'yorlarda qo'llanildi. Bunda fosforning 70-75 foizi, kaliy 50 foizi yerni haydashda qo'llanildi. Fosforning qolgan 25-30 foizi ko'chat o'tqazish vaqtida, azotning 40 foizi ko'chat tutgach birinchi oziqlantirishda, qolgan 60 foiz azot va 50 foiz kaliy karambosh o'ray boshlaganda berish rejalashtirilmoqda. Oqbosh karamning Buxarest navi va gulkaramni Kasper F1 duragaylari ekildi.

Turli qishloq xo'jalik ekinlarini qulay o'sishi, rivojlanishi, yuqori hosil berishi, beriladigan mineral o'g'itlar me'yorlari ham tuproq tarkibidagi oziq moddalar miqdoriga bevosita bog'liqdir. Dala tajribasi maydonidan tuproq namunalari olindi va ToshDAU SF o'simlik-tuproq-o'g'it tahlillari laboratoriyasida agrokimyoviy ko'rsatkichlari aniqlandi.

Tuproqning haydov qatlamida gumus 1,12 %, yalpi oziq moddalar 0,11;0,10 va 2,1 % bo'lgan bo'lsa, harakatchan oziq moddalar bilan juda kam, kam va o'rtacha ta'minlangan ekanligi aniqlandi. Tuproqning haydov osti qatlamiga tushib borgan sari oziq moddalar miqdorlarni kamayishi kuzatildi. (1 - jadval).

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State

Agrarian University

Theoretical and practical foundations of

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023 O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy

1 - jadval

Dala tajribasi tuprog'ining agrokimyoviy ko'rsatkichlari

Tuproq qatlami, sm Gumus, % pH Yalpi miqdori, % Harakatchan miqdori, mg/kg

N P K NO3 NH4 P2O5 K2O

0-30 1,12 7,2 0,11 0,10 2,1 14,3 13,2 15,3 208

30-60 0,92 7,3 0,08 0,07 1,8 12,1 11,9 13,8 186

Fosfor saqlovchi o'g'itlarning tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor miqdoriga ta'siri o'g'it turi, me'yori va o'tmishdosh ekin turiga, hamda tuproq sharoitlariga bog'liq.

Og'itlashdan oldin tuproq tarkibida harakatchan fosfor miqdori bir xil, ya'ni o'rtacha 15,3 mg/kg ni tashkil etgan bo'lsa, ko'chat o'tqazish vaqtida mineral o'g'itlar qo'llanilgan variantlarda harakatchan fosfor miqdori 19,6 - 40,5 mg/kg gacha oshganligi aniqlandi.

Xulosa. Samarqand viloyati tipik bo'z tuproqlar sharoitida oqbosh va gul karam yetishtirishda turli fosfor saqlovchi o'g'itlar qulay fosfat rejimini hosil qilar ekan. Jumladan ko'chatni dalaga o'tqazish davrida turli fosfor saqlovchi o'g'itlar tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor miqdorini 39,8 - 40,5 mg/kg gacha oshishiga olib keldi.

REFERENCES

1. Азимов Б.Ж., Азимов Б.Б. Сабзавотчилик, полизчилик ва картошкачиликда тажрибалар утказиш методикаси. - Тошкент. 2002. - 224 б.

2. Хайитов М.А., Машрабов М.И. Зарафшон водийси сугориладиган тупроклари фосфат режими шаклланишининг илмий асослари. Монография. "Навруз" - 2018. - 238 б.

3. Буриев Х., Зуев В., Кодирхужаев о., Мухамедов М. Карам усимликлари. "Очик жойда сабзавот экинлари етиштиришнинг прогрессив технологияси" -Т.: Уз МЭ., 2002. - Б. 221-225.

4. Хайитов М., Машрабов М. Фосфор сакловчи угитларни самарали куллаш меъёрлари // Узбекистон кишлок хужалиги. - Тошкент, 2017. - № 1. - Б 48.

5. Хайитов М.А. Машрабов М.И., Нурвафоева Д. Сабзавотчиликда экологик тоза, юкори сифатли махсулот олиш - давр талаби // Экология хабарномаси. Тошкент 2017. - №2. - Б. 30-31.

6. Рахимов А.Р.,Бобомирзаев П.Х.Фотосинтетическая

May 12-13

1091

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

г

активность твердой пшеницы в зависимости от сроков и норм посева. Аграрная наука. Ежемесячный научно-теоритический и производственный журнал. -Россия, 2017, № 7, С. 12-14.

7. Каршиев А.Э., Бобомирзаев П.Х. Роль сорта, сроков инорм посева в технологии выращивания твердой пшеницы на богарах. Актуальные проблемы современной науки, Москва, 2022, № 4 (127). - С.44-47.

8. Bozorov, K. S., & Aralova, D. (2022). IRRIGATSIYA EROZIYASIGA UCHRAGAN TIPIK BO „Z TUPROQLAR SHAROITIDA KUZGI BUG „DOYNING O „SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA MINERAL O „G „ITLARNING TA'SIRI. Academic research in educational sciences, (Conference),

9. Бозоров, К. Ш., & Муминова, З. К. (2019). Продуктивность озимой пшеницы в зависимости от способа основной обработки почвы и норм фосфорных удобрений на эродированных типичных сероземах. Актуальные проблемы современной науки, (2), 127-130.

10. Бозоров, К. Ш., & Муминова, З. К. (2018). ВЛИЯНИЕ РАЗЛИЧНЫХ СПОСОБОВ ОСНОВНОЙ ОБРАБОТКИ ПОЧВЫ НА УРОЖАЙНОСТЬ ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ НА ЭРОДИРОВАННЫХ ТИПИЧНЫХ СЕРОЗЕМАХ. Актуальные вопросы науки, (46), 129-132.

11. Sultanbekova, R., Ortiqov, T. Q, Shoniyozov B.K Azotli o'g'itlar me'yorlarining tuproqdagi mineral azot miqdoriga ta'siri. O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 5-6 oktabr, 2022 yil. Academic research in educational sciences (ARES). Volume 3. -P. 665-668

12. Shoniyozov B.K, Ortiqov B.K, Usmonov R Mineral va organik o'g'itlarni amarant yetishtirishda oziq moddalar balansiga ta'siri. O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 5-6 oktabr, 2022 yil. Academic research in educational sciences (ARES). Volume 3. -P. -659-664.

562-566.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.