KONSTITUTSIYANINNG HUQUQIY HIMOYASI BU - INSON HUQUQLARININNG HUQUQIY HIMOYASIDIR
Ramazon Ikrom o'g'li Rahmatullayev
Toshkent Davlat Transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti falsafa fanlari doktori (Phd) M.S.
Isakova
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolda konstitutsiyaning huquqiy himoyasi yani inson huquqlarining himoyasi ekanligini va ushbu huquqlarni himoya qilish tizimlari hamda istiqbollari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek ushbu maqolada inson huquqlarini himoya qilish va ularning himoya qilinishining huquqiy asoslari metodlari hamda uslublari yoritilgan. Konstitutsiyaning huquqiy himoyasiga oid kerakli xulosa va taklif keltirib o'tilgan.
Kalit so'zlar: Konstitutsiya, inson huquqlari, konstitutsiyaviy huquqiy himoya, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sud, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi.
ABSTRACT:
In this article, the legal protection of the constitution is the protection of human rights, and the systems and perspectives of protection of these rights are discussed. Also, this article describes the methods and methods of protecting human rights and the legal basis of their protection. Necessary conclusions and proposals regarding the legal protection of the Constitution are given.
Keywords: Constitution, human rights, constitutional legal protection, law enforcement agencies, court, Universal Declaration of Human Rights.
"Konstitutsiyaning kuchi butunlay har bir fuqaroning uni himoya qilishga qat 'iyat bilan intilishidadir. Konstitutsiyaviy huquqlar har bir fuqaro ushbu himoyaga hissa qo 'shishni o 'z burchi deb bilsagina himoya qilinadi " deb aytgan taniqli fizik olim Albert Eynshteyn. Demak, konstitutsiya bu bir inson uchun yaratilmagan, o'sha davlatning insonlari hamda aholisi uchun yaratilgan bolib, uning himoyasi ham o'sha davlatdagi har bir fuqaroning huquqlarini taminlab berar ekan uning himoyasini taminlash ham o'sha davlat fuqarolarining burchi bolishi zarur deb hisoblayman.
Respublikamizda bir qator huquqni muhofaza qiluvchi bir nechta organlar va xalqaro tashkilotlar mavjud bo lib, ular ham fuqarolarning huquqlarini va davlat
42
2024-yil, 7-dekabr
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^The^On
manfaatlarini himoya qiladi. Shu bilan birgalikda fuqarolar ham oz huquq va burchlarini anglagan holda harakat qilishlari va ozlarining huquqlarini taminlab bergan bosh qonunning himoyasida faol ishtirok eishlari zarur deb hisoblayman.
O'tgan qisqa davrda ichida, O'zbekistonda islohotllar samarasi o'laroq, inson qadrini ulug'lashga qaratilgan bir qator ishlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Shu asnoda, Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratish, Konstitutsiyaviy islohotlar natijadorligini ta'minlash va xalqchil islohotlarni davom ettirish maqsadida, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yangilanayotgan Konstitutsiyamizda quyidagi ustuvor yo'nalishlar belgilash taklif etilmoqda.
Xususan, «Yangi O'zbekiston - ijtimoiy davlat» tamoyilini konstitutsiyaviy norma sifatida eng avvalombor inson huquqlarini himoya qilishning amaldagi tizimining samaradorligini yanada oshirish, bolalar mehnatining oldini olish, nogironlar, keksa avlod vakillari huquqlarini ishonchli himoya qilish, inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlarini ishonchli himoyasini ta'minlash. Aytish kerakki, muhtaram yurtboshimiz tomonidan Yangilanayotgan Konstitutsiyamizga «O'zbekistonda o'lim jazosi taqiqlanadi», degan yana bir muhim normani kiritish taklif qilindi. Nega deganda, yashash huquqi - har bir insonning tabiiy va uzviy huquqi hisoblanadi.1
Shunday ekan har bir fuqaro o'zining yashash huquqidan tortib, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa bir qator huquqlarini taminlashga va ularni poymol bolmasligi uchun harakat qilishi va buning uchun yoshligidanoq har bir insonga oz huquqlari bosqichma bosqich o'rgatilishi zarur deb hisoblayman. Shu bilan birga o'rgatgandan ham keyin bu bilan to'xtab qolmasdan keyinchalik insonning o'zi harakatlari evaziga qanday huquqlari borligini anglashga intilishi juda zarur.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar davlat organlari va boshqa organlarning, mansabdor shaxslarning har qanday g'ayriqonuniy xatti-harakatlaridan (qarorlaridan), shuningdek hayoti va sog'lig'i, sha'ni va qadr-qimmati, shaxsiy erkinligi va mol-mulki, boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlardan sud himoyasida bo'lish huquqiga ega. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ham sud himoyasida bo'lish huquqiga egadir. Yani har bir shaxs oz huquqlari buzilgan deb hisoblagan taqdirda, tegishli tartibda fuqarolik, iqtisodiy, mamuriy, jinoiy ssudlarga tegishli tartibda murojaat qilishadi.
1 https://qoraqalpoq.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=54259 B.Avazmetov, Qoraqalpogiston Respublikasi adliya vazirligi veb sayti maqolasi 1-b.
2024-yil, 7-dekabr Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
43
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
^ashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^
"Inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini to'ldiradi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga ko'maklashadi.
Davlat inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar faoliyatini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratadi." Konstitutsiyamizning 56-moddasida inson huquqlari bo'yicha norma keltirib o'tilgan bo'lib, inson huquqlari himoya qilinishi shakllari, inson huquqlari bo'yicha madaniyat masalalari keng yoritilgan. Shuningdek, ushbu normaning tasdig'i sifatida "Inson ijtimioy xizmatlar markazi" hamda "Inson huquqlari bo'yicha ilmiy markaz"lar tashkil etilgani diqqatga sazovordir.
"Hamma odamlar o'z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo'lib tug'iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo'lishlari kerak."2 Inson huquqlari uumumjahon deklaratsiyasining 1-moddasida ushbu norma keltirilgan bo'lib, avvalo insonlar erkin va teng ekanliklari keltirib o'tilgan.
E'tiborli jihati shundaki, inson huquqlari Deklaratsiyasi 30 ta moddadan iborat bo'lib, ularning deyarli hammasi Konstitutsiyamizning 2-bo'limida o'z aksini topgan. Ya'ni barcha inson huquqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, gumanitar va boshqa huquq sohalri bo'yicha normalar asos qilib olinganini ko'rishimiz mumkin. Bu jihatlar albatta Konstitutsiyamizning kuchli va insonparvar konstitutsiyalar qatorida turishidan darak beradi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda inson huquqlarini himoya qilish bilan shug'ullanuvchi davlat tashkilotlari tizimi shakllandi. Bu tizimda an'anaviy sudlov va huquqni muhofaza qilish organlaridan iborat bo'lgan sudlov organlari bilan bir qatorda, inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar va nodavlat tashkilotlaridan iborat bo'lgan inson huquqlari bo'yicha nosudlov organlari ham shakllandi. Inson huquqlarini O'zbekiston Respublikasining sud organlari orqali himoya qilish inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmining tarkibiy va hal qiluvchi qismidir. Chunki, sud buzilgan inson huquqlari va erkinliklarini tiklash tizimida eng muhim vosita hisoblanadi. Har bir shaxsning huquq va erkinliklarini sud tomonidan muhofaza etilishi, davlat organlari, mansabdor shaxslar va jamoat birlashmalarining noqonuniy harakatlaridan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan va boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritishi e'lon qilindi.
: Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 1948-y Parij sh.1-modda
2024-yil, 7-dekabr Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
44
Mamlakatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimi davlat hokimiyatining an'naviy tizimi sifatida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi ishtiroki beqiyos hisoblanadi.3
Yangilangan Konstitutsiyamizda har bir shaxsning huquqlari va erkinliklari teng e'tirof etilgan va himoyalangan. Boshqacha aytganda, har bir insonning huquqlari ustuvor bo'lib, davlatning fuqarolarga nisbatan adolatli va teng munosabatda bo'lishini kafolatlaydi. Bu esa, o'z navbatida, davlatning qabul qilgan har bir qarori va harakati insonning fundamental huquqlari ta'minlanganligini anglatadi.4
Bosh qomusimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlari, xususan qonunlardagi noaniqliklarning inson foydasiga hal etilishi, "sukut saqlash" huquqining birinchi marotaba belgilanishi, advokatlar maqomi tergovchi va prokuror maqomiga tenglashtirilishi kabi samarali islohotlar yangi konstitutsiyaviy huquqiy makonning barpo etilishiga olib keldi. Mazkur yangilik va o'zgarishlar esa, o'z navbatida, inson huquqlarini himoya qilish va ularga rioya qilishni ta'minlash masalalari davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan ekanligidan dalolat beradi.
Qolaversa, Konstitutsiya normalari nisbatan so'zsiz itoatda bo'lish, unda mustahkamlab qo'yilgan ustuvor tamoyil va qoidalarni izchil ro'yobga chiqarish borasida inson huquqlari bo'yicha milliy institutlarning faoliyatiga ham alohida urg'u berildi.
Har qanday davlatdagi Ombudsman faoliyatining samaradorligini unga yuborilayotgan murojaatlar statistikasi va ularni ko'rib chiqish hamda xal etish natijalariga ko'ra baholash mumkin.5
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, inson huquqlari konstitutsiya darajasidagi huquqlar hisoblanib, ularni o'rganishimiz va uning huquqiy himoyasi bo'yicha kerakli izlanishlar olib borishiiz darkor. Buning uchun avvalo yoshlikdan yoshlarga konstitutsiyaviy huquqlarini o'rgatishimiz zarur. Shuningdek, ularning qiziqishlarini cheklamagan holda ularning huquqlarini Konstitutsiya qay darajada himoya qilayotganini tushunib yetishlari zarur. Konstitutsiyaning huquqmiy himoyasini amalga oshirishda har bir inson o'z huquqlarini talab qilishi hamda ushbu harakatlarni ham amalda ko'rsatishlari zarur. Bir so'z biln aytadigan bo'lsak
3 http://www.insonhuquqlari.uz/oz/menu/mehanizmY-zaschity-prav-cheloveka Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston respublikasi Milliy markazi veb sayti maqolasi
4 Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) Eshmatova F. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi davlat siyosati ombudsman faoliyatida. Uzinfocom electron veb sayti https://ombudsman.uz/oz/docs/inson-huquqlari-va-erkinliklarini-himoya-qilishdagi-davlat-siyosati-ombudsman-faoliyatida 2024-y 1-2-b.
5 Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) Eshmatova F. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi davlat siyosati ombudsman faoliyatida. Uzinfocom electron veb sayti https://ombudsman.uz/oz/docs/inson-huquqlari-va-erkinliklarini-himoya-qilishdagi-davlat-siyosati-ombudsman-faoliyatida 2024-y 1-2-b.
2024-yil, 7-dekabr
45
Konstitutsiyaning huquqiy himoyasi bu inson huquqlarinng himoyasidir. Inson huquqlari himoyasi ta'minlangan bo'lsa demak Konstitutsiyaning huquqiy himoyasi ham ta'minlangan hisoblanadi. Shu o'rinda Konstitutsiyaning huquqiy himoyasini ta'minlashda yoshlikdan boshlab, tarbiya va huquqlar ko'rsatilgan qiziqarli qo'llanmalar chop etish orqali amalga oshirish taklifini bermoqchiman.
REFERENCES:
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -Toshkent.: 01.05.2023 y 1-37b.
2. https://qoraqalpoq.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=54259 B.Avazmetov, Qoraqalpog'iston Respublikasi adliya vazirligi veb sayti maqolasi 1-b.
3. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 1948-y Parij sh.l-modda
4. http : //www.insonhuquqlari .uz/oz/menu/mehanizmy-zaschity-prav-cheloveka Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston respublikasi Milliy markazi veb sayti maqolasi 1-2-b
5. Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) Eshmatova F. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi davlat siyosati ombudsman faoliyatida. Uzinfocom electron veb sayti https://ombudsman.uz/oz/docs/inson-huquqlari-va-erkinliklarini-himoya-qilishdagi-davlat-siyosati-ombudsman-faoliyatida 2024-y 1-2-b.
6. Lex.uz
7. Advice.uz
46
2024-yil, 7-dekabr