Научная статья на тему 'KONSTITUTSIYА – FUQАROLАRNING HUQUQ VА ERKINLIKLАRINING MUSTАHKАM POYDEVORI'

KONSTITUTSIYА – FUQАROLАRNING HUQUQ VА ERKINLIKLАRINING MUSTАHKАM POYDEVORI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
konstitutsiya / huquqiy poydevor / huquq va erkinliklar / yashash huquqi / o‘lim jazosi / deklaratsiya. / constitution / legal foundation / rights and freedoms / right to life / death penalty / declaration

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Malika Bekmurod Qizi Dilmurodova

Ushbu mаqolаdа Konstitutsiyаning yaratilish tarixi, fuqаrolаr hаyotidаgi o‘rni, uning аsosiy funksiyаlаri vа аhаmiyаti, konstitutsiyaga kiritilgan o’zgarishlar hаqidа fikr yuritilаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the history of the creation of the Constitution, its role in the lives of citizens, its main functions and importance, and changes made to the constitution.

Текст научной работы на тему «KONSTITUTSIYА – FUQАROLАRNING HUQUQ VА ERKINLIKLАRINING MUSTАHKАM POYDEVORI»

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

TaShhkenm^tmmmTmmnnmPPmm^n

KONSTITUTSIYA - FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINING MUSTAHKAM POYDEVORI

Malika Bekmurod qizi Dilmurodova

Toshkent davlat Transport universiteti, 3-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: "Xalqaro ommaviy huquq" kafedrasi yu.f.n., dots.v.b., N.Kh Egamberdiyeva

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, fuqarolar hayotidagi o'rni, uning asosiy funksiyalari va ahamiyati, konstitutsiyaga kiritilgan o'zgarishlar haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: konstitutsiya, huquqiy poydevor, huquq va erkinliklar, yashash huquqi, o'lim jazosi, deklaratsiya.

ABSTRACT:

This article discusses the history of the creation of the Constitution, its role in the lives of citizens, its main functions and importance, and changes made to the constitution.

Keywords: constitution, legal foundation, rights and freedoms, right to life, death penalty, declaration.

Konstitutsiya har bir davlatning bosh huquqiy hujjati sifatida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarini belgilaydi. U jamiyatdagi har bir insonning hayotini huquqiy asosda tartibga solib, davlat va fuqaro o'rtasidagi munosabatlarning poydevorini yaratadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, xususan, har bir fuqaroning qadr-qimmati va erkinligini oliy qadriyat sifatida e'tirof etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Biz jamiyatimizda shunday huquqiy madaniyatni shakllantirishimiz kerakki, unga muvofiq Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish, boshqalarning huquq va erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish majburiyat emas, balki kundalik qoida va odatga aylanishi shart. Muxtasar qilib aytganda, fuqarolarimiz qonunlarni buzishdan ko'ra, ularga amal qilishdan manfaatdor bo'lishlari lozim".

Avvalo, konstitutsiya tushunchasi qadim zamonlardan jamiyatni boshqarishning huquqiy mexanizmi sifatida shakllangan. Birinchi yozma konstitutsiya 1787 yilda AQShda qabul qilingan va u davlat hokimiyatini qonun bilan cheklash tamoyillarini belgilab berdi. Yevropa davlatlaridagi inqiloblar davrida konstitutsiyalar jamiyatda

399

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

erkinlik va tenglik tamoyillarini rivojlantirishda asosiy vosita sifatida qaraldi. Bir necha yillardan buyon konstitutsiyalar milliy manfaatlarni xalqaro huquq tamoyillari bilan uyg'unlashtirgan holda shakllanmoqda.

Yaqin o'tgan davrda, konstitutsiyamizning yarmidan ko'p qismi ya'ni 65 % yangilandi. Yangi O'zbekistonning yangilangan konstitutsiyasini to'laqonli ravishda demokratiyaning, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlanishing yorqin namunasi deyishimiz mumkin.

Yangi tahrirdagi konstitutsiyani qabul qilish jarayonida, fuqarolar tomonidan bir qancha takliflar kelib tushgan bo'lib, ularning asosida ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayot hamda davlat hokimiyat organlarida sezilarli o'zgarishlar sodir bo'ldi. Masalan, o'lim jazosini bosh qomusimizda ta'qiqlanganligi - inson qadr-qimmati, avvalo, yashash huquqida namoyon bo'lishini ko'rsatdi.

Shu o'rinda Prezidentimiz: "Yashash huquqi — har bir insonning tabiiy huquqi bo'lib, unga bu huquqni davlat emas, Yaratganning o'zi ato etgan. Agar sizlar qo'llab-quvvatlasangiz, Konstitutsiyamizga "O'zbekistonda o'lim jazosi taqiqlanadi", degan yana bir muhim normani kiritishni taklif qilaman. Shu tariqa, biz bu o'ta jiddiy masalada hech qachon ortga qaytmasligimizni, insonparvarlik g'oyalariga sodiq ekanimizni butun dunyoga yaqqol namoyon qilamiz", - deya ta'kidlagan.

Ikkinchi jahon urushidan so'ng dunyoda tinchlik o'rnatish, davlatlararo ziddiyatlarni tinchlik bilan hal etish maqsadida BMT tuzildi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" ning 3 va 5-bandlarida "har kim yashash huquqiga ega va hech kim qiynoqqa solinmasligi, shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazoga duchor bo'lmasligi"ni belgilab beradi.

Shuningdek, 10 oktyabr — Butunjahon o'lim jazosiga qarshi kurash kuni sifatida tanilgan. U 2003 yilda o'lim jazosini bekor qilish bo'yicha Butunjahon koalitsiyasi tashabbusi bilan dunyoda o'limga hukm qilinganlar sonini kamaytirish maqsadida tashkil etilgan va o'shandan beri har yili o'tkazib kelinadi. O'lim jazosiga qarshi jahon koalitsiyasi 2002 yilda Rimda tashkil etilgan. Bugungi kunda uning tarkibiga 150 dan ortiq milliy va xalqaro inson huquqlari tashkilotlari, jumladan Amnesty International nodavlat notijorat tashkilotlari, Advokatlar uyushmalari, Kasaba uyushmalari, mahalliy va mintaqaviy hokimiyat organlari kiradi. Koalitsiyaning global maqsadi o'lim jazosi mavjud bo'lgan barcha mamlakatlarda o'lim jazosi va qatllarni bekor qilishdir.

Sud-huquq tizimini liberallashtirish bo'yicha olib borilayotgan ishlarning natijalari sifatida o'lim jazosi bekor qilinishi hamda uni umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almashtirish maqsadida Prezidentning 2005

400

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Tashkent State

Konstitutsiya — inson qadri uchun The Constitution — for Human Dignity

yil 1 avgust kuni "O'zbekiston Respublikasida o'lim jazosini bekor qilish to'g'risida"gi Farmoni qabul qilindi. 2007 yil 11 iyulda qabul qilingan "O'lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonun 2008 yilning 1 yanvaridan e'tiboran kuchga kirdi. O'zbekiston 2008 yilning 1 yanvaridan o'lim jazosini bekor qilgan va bunday qadam qo'ygan dunyodagi 135 chi davlat bo'ldi.

Shuni ta'kidlash joizki, inson huquqlarini kamsituvchi, g'ayriinsoniy, jinoiy jazoning og'ir turi bo'lgan o'lim jazosini taqiqlab qo'yish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga yangi normani kiritilishi, hamda shaxsning sudlanganligi va undan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlarining huquqlarini cheklashga asos bo'lishi mumkin emasligi haqida qat'iy belgilab qo'yilishi, mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish yo'lidagi maqsadimizga xizmat qiladi.

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-T.:O'zbekiston, 2019.

2. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 217 A (III) ko'rsatmasi 1948 yil 10 dekabr.

3. https ://xs. uz/uz/po st

4. https://lex.uz/uz

REFERENCES:

401

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.